Электронная библиотека » Adib Ahmad Yugnakiy » » онлайн чтение - страница 1

Текст книги "HIBAT UL-HAQOYIQ"


  • Текст добавлен: 16 мая 2023, 13:20


Автор книги: Adib Ahmad Yugnakiy


Жанр: Современная зарубежная литература, Современная проза


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 1 (всего у книги 1 страниц)

Шрифт:
- 100% +

Adib Ahmad Yugnakiy
Hibat ul-haqoyiq

AXLOQ MUALLIMI

XII asr oxiri − XIII asr birinchi yarmida yashab ijod qilgan, “Hibat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar tuhfasi”) asari bilan o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘rin tutadigan ulug‘ shoir va mutafakkir Adib Ahmad Yugnakiyning tarjimai holi haqida juda oz ma’lumotga egamiz. Asarining faqat bir yerida u o‘z nomini tilga oladi:

 
Adib Ahmad otim, adab-pand so‘zum,
So‘zum munda qolur, borur bu o‘zum11
  Ahmad Yugnakiy. Hibat ul-haqoyiq (Nashrga tayyorlovchi Q.Mahmudov). − Toshkent, 1971. 93-bet. Keyingi misollar ham shu nashrdan olinib, sahifasi qavs ichida ko‘rsatiladi − E.O.


[Закрыть]
.
 

“Hibat ul-haqoyiq”qa Adib Ahmad shaxsi, hayoti va faoliyatining ayrim nuqtalarini oydinlashtiruvchi noma’lum bir shoir va Amir Sayfiddinlarning to‘rtliklari hamda temuriy amaldorlardan Arslon Xo‘ja Tarxonning 10 baytlik masnaviysi ilova qilingan. Masnaviyda, jumladan, quyidagi ma’lumotlarni o‘qiymiz:

 
Adibning yeri oti Yugnak erur,
Safoliq ajib yer − ko‘nullar yorur.
 
 
Atosi oti Mahmud Yugnakiy,
Adib Ahmad o‘g‘li − yo‘q ul hech shaki.
 
 
Kitobining oti erur “Hibat ul-
Haqoyiq” − iborat arabdin o‘shul.
 
 
Tamomi erur koshg‘ariy til bila,
Ayitmish Adib riqqati22
  Riqqat − noziklik, latofat.


[Закрыть]
til bila (96-97).
 

Ma’lum bo‘ladiki, Adib Ahmad Yugnak degan so‘lim va bahavo joyda tug‘ilgan. Otasining oti Mahmud Yugnakiy bo‘lgan. Kitobining nomi arabcha bo‘lib, “Hibat ul-haqoyiq”. Koshg‘ariy tilda33
  Koshg‘ariy til − Qoraxoniylar davri adabiy tili. Bu adabiy tilni Mahmud Koshg‘ariy − xoqoniy tili, Yusuf Xos Hojib − bug‘raxon tili deb atagan edilar.


[Закрыть]
yozilgan bu kitobni shoir mahorat bilan nazm rishtasiga tergan. “Qutadg‘u bilig”dan bir-ikki asr keyin yaratilgan bu asar qadimiy va boy turkiy adabiyotning noyob durdonasi hisoblanadi. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida Adib Ahmadga alohida o‘rin ajratib, ham shaxsi, ham ijodi xususida yuksak fikrlarni bildirishi uning ham zabardast so‘z ustasi, ham mashhur tasavvuf namoyandasi bo‘lganligidan dalolat beradi44
  Qarang: Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. Yigirma jildlik. 17-jild (Nasoyim ul-muhabbat). − Toshkent, 2001. 426-427-betlar.


[Закрыть]
.

Shoir tug‘ilgan joy olimlar o‘rtasida ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Samarqand, Farg‘ona va Turkistonda Yugnak degan joy borligi aytilsa-da, ko‘pchilik uni Samarqand atrofida deyishga moyil va keyingi davrlarda ilmiy muomalaga kiritilgan adabiy-tarixiy manbalar bu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlayap-ti. Jumladan, XII asrda yashagan mashhur tarixchi Abdulkarim as-Sam’oniy “Al-Ansob” (“Nasabnoma”) kitobida yozadi: “Yug‘anak − Samarqand qishloqlaridan. Abu Homid Ahmad ibn Abu Ahmad al-Yug‘anakiy bu nisbat bilan mashhurdirlar. Bu kishi Samarqand ahlidan. Sohib ibn Muslim al-Balxiy, Abdurahim ibn Habib al-Bag‘dodiy va Abu Is’hoq Ibrohim ibn Is’hoq as-Samarqandiydan hadis rivoyat qilganlar. O‘zlaridan esa Abdulloh ibn Mas’ud ibn Komil as-Samarqandiy hadis rivoyat qilganlar”55
  Abdulkarim as – Sam’oniy. Nasabnoma (Tarjimonlar Hoji Abdulg‘afur Razzoq Buxoriy, Komiljon Rahimov). − Buxoro, 2003. 199-bet.


[Закрыть]
.

Bu ma’lumotlar Adib Ahmadning Samarqand atrofidagi Yug‘anak qishlog‘ida tug‘ilganligini oydinlashtiribgina qolmay, uning nafaqat zabardast shoir, ayni paytda, mashhur muhaddis ham bo‘lganligidan xabar beradi.

Adib Ahmad tug‘ma ko‘r bo‘lgan. “Tug‘a ko‘rmas edi Adibning ko‘zi” (95), − deyiladi bu haqda asarga ilova qilingan noma’lum shoirning to‘rtligida. Lekin, Navoiy ta’biri bilan aytganda, u nihoyatda ziyrak va zakiyligi bilan ajralib turgan: “Ammo bag‘oyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy66
  Muttaqiy − taqvodor, parhezli.


[Закрыть]
kishi ermish. Haq subhonahu va naolo agarchi zohir ko‘zin yopuq yaratqandur, ammo ko‘ngil ko‘zin bag‘oyat yoruq qilg‘ondur… Va aning tili turk alfozi77
  Alfoz − so‘zlar, iboralar, jumlalar.


[Закрыть]
bila mavoizu88
  Mavoiz − nasihatlar, pandlar, o‘gitlar.


[Закрыть]
nasoyihqa99
  Nasoyih − nasihatlar.


[Закрыть]
go‘yo ermish. Xeyli elning muqtadosi1010
  Muqtado − yo‘lboshchi.


[Закрыть]
ermish. Balki aksar turk ulusida1111
  Ulus − xalq, el, omma.


[Закрыть]
hikmat-u nuktalari1212
  Nukta − nozik va teran ma’noli so‘z, hikmat.


[Закрыть]
shoe’dur1313
  Shoe’ − yoyilgan, mashhur bo‘lgan.


[Закрыть]
. Nazm tariqi bila aytur ermish, aning favoididindur:1414
  Favoid − foydalar.


[Закрыть]

 
Ulug‘lar ne bersa, yemasman dema,
Ilik sun, og‘iz ur, yemasang-yema!
 

Va aningdurkim:

 
So‘ngakka ilikdur, eranga − bilik,
Biliksiz eran − ul iliksiz so‘ngak”1515
  Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 17-jild. 426-427-betlar.


[Закрыть]
.
 

Birinchi baytning mazmuni: “Ulug‘lar senga qutlug‘ dasturxondan bir nimani ilinsalar, harchand to‘q bo‘lsang ham yemayman deb ularning qo‘lini qaytarma, yemasang ham qo‘lingga olib, bir og‘iz tegizib qo‘y”.

Bu yerda ulug‘larini hurmat qilish ma’nosida so‘z borayapti.

Ikkinchi baytning mazmuni: “Suyak ilik bilan, er kishi bilim bilan ko‘rkli. Bilimsiz kishi iliksiz suyakka o‘xshaydi”.

Bu yerda ilm-ma‘rifat ulug‘lanayapti.

Asarning mavjud nusxalarida mazkur baytlarning yo‘qligi “Hibat ul-haqoyiq”ning asrlar davomida turli o‘zgarishlarga uchraganligini ko‘rsatadi.

Alisher Navoiy otasi Husayn Boyqaroga qarshi isyon ko‘targan Badiuzzamon Mirzoga pand-nasihat qilib yozgan maktubida ham Adib Ahmadning bir to‘rtligini keltiradi:

 
Atodin xato kelsa, ko‘rma xato,
Savob bil xato toki qilsa ato.
Atoning xatosini bilgil savob,
Seni yuz balodin qutqarg‘ay Xudo1616
  Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 14-jild (Mahbub ul-qulub. Munshaot. Vaqfiya). − Toshkent, 1998. 184-bet.


[Закрыть]
.
 

Ushbu dalillardan “Ahmad Yugnakiyning shaxsiyati va uning “Hibat ul-haqoyiq” asari XV-XVI asrlarda ham el orasida mashhur bo‘lgani ko‘rinadi”1717
  Mahmudov Q. “Hibat ul haqoyiq” asarining yozilish davri, g‘oyasi va uning muallifi haqida // Ahmad Yugnakiy. Hibat ul haqoyiq. − Toshkent, 1971. 8-bet.


[Закрыть]
.

Adib Ahmad “Hibat ul-haqoyiq”ni tugatib, uni hukmdori − “aqlu hush makoni-yu bilim va fazilat koni” (35) bo‘lmish Dod Sipohsolorbekka taqdim etadi:

 
Dod Sipohsolorbek uchun bu kitob −
Chiqartim ochunda oti qolsu(v) tep (38).
 

Dod Sipohsolorbekning kimligi to‘g‘risida bahs-munozaralar hali yakuniga yetmagan. Abdurauf Fitrat bu nom Sayfi Isfarangiy (1185-1268) qasida va hajviyalarida tilga olinganligidan kelib chiqib, u XII-XIII asrlar orasida Farg‘ona hokimi bo‘lgan, degan fikrni ilgari suradi. Xuddi shu Dod Sipohsolorbekni “Adib Ahmadning hukmdori deb qabul qilish kerak. Butun ehtimollarning kuchlisi shudir”1818
  Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 2-jild (Ilmiy asarlar). − Toshkent, 2000. 48-49-betlar.


[Закрыть]
.

Adib Ahmad “Hibat ul-haqoyiq” asari bilan o‘zbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shdi. Mashhur sharqshunos olim Y.E.Bertels bu asar qadimgi o‘zbek adabiy tilidan mumtoz o‘zbek adabiy tiliga o‘tishda bir ko‘prik bo‘lganini aytadi. Asarda qadimiy turkiy so‘zlar bilan bir qatorda, ko‘plab arab va fors so‘zlarining ham qo‘llangani shundan dalolat beradi. Taniqli tilshunos Qozoqboy Mahmudovning aniqlashicha, “Hibat ul-haqoyiq”da atoqli otlar va arab tilida yozilgan sarlavhalardan tashqari, 300 ga yaqin arab va fors so‘zlari mavjud bo‘lib, ular asardagi jami so‘zlarning 20 foizini tashkil etadi1919
  Mahmudov Q. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul haqoyiq” asari haqida. − Toshkent, 1972. 17-bet.


[Закрыть]
.

“Hibat ul-haqoyiq” ilk bor uyg‘ur yozuvida bitilgan. Uning nusxalari ko‘p bo‘lib, ularda asar hajmi turlicha. Hozircha ma’lum qo‘lyozmalardan 3 tasi to‘liq, qolgani parchalardan iborat. 1444 yili Samarqandda Zaynulobidin baxshi, 1480 yili Istanbulda Abdurazzoq baxshi va Turkiyaning To‘pqopi kutubxonasidagi noma’lum kotib tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmalar e’tiborli nusxalar hisoblanadi. Asarni birinchi marta turk olimi Najib Osimbek topib nashr ettirgan (qisqartirilgan nashri − 1906, to‘liq nashrlari − 1916, 1925). Keyin 1951 va 1992 yillarda uni Rashid Rahmati Arat so‘zboshi, izohlar va 6 ta nusxasining faksimilesi va Turkiyada XVI asrda ko‘chirilgan arab yozuvidagi nusxasining tarjimasi bilan chop ettiradi. O‘zbekistonda asardan parchalar Fitrat, Oybek, Porso Shamsiyev, Solih Mutallibovlar tomonidan o‘zbek adabiyoti namunalaridan tuzilgan majmualarda e’lon qilingan. So‘ng u Qozoqboy Mahmudov tomonidan alohida kitob sifatida nashr qilindi (1968; 1971). O‘tgan asr oxirlarida uyg‘ur olimlari H. Temur va T. Ayyub, qozoq olimlari E. Qurishjonov va B. Sog‘indiqovlar uni asl matni, tarjima va fotonusxalari bilan nashr ettirganlar. Shuningdek, Y. E.Bertels, Fitrat, Fuod Ko‘pruli, T. Takin, E. Rustamov, N. Mallayev, A. Qayumov, A. Hayitmetov, A. Rustamov, M. Imomnazarov, B. To‘xliyev, N. Rahmonov, I. Haqqul, G. Xo‘janova va boshqalar Ahmad Yugnakiy va “Hibat ul-haqoyiq” haqida u yoki bu darajada tadqiqot ishlarini olib borganlar.

“Hibat ul-haqoyiq” 14 bob, 512 misradan iborat. Dostonning birinchi bobi Olloh hamdi, ikkinchi bobi Muhammad alayhissalom na’ti va choryorlar ta’rifiga, uchinchi bobi Dod Sipohsolorbek madhiga bag‘ishlangan. To‘rtinchi bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Dastlabki to‘rt muqaddima bobdan so‘ng asosiy qismga o‘tiladi. Beshinchi bob − ma’rifatning foydasi-yu jaholatning zarari, oltinchi bob − til odobi, yettinchi bob − dunyoning o‘tkinchiligi, sakkizinchi bob − saxiylik va baxillik, to‘qqizinchi va o‘ninchi boblar turli masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘n birinchi bob − kitobning xotimasi (Asarning 1480 yili Istanbulda Abdurazzoq baxshi tomonidan ko‘chirilgan nusxasida 11 bob mavjud − uch bob yo tushib qolgan, yo boshqalariga qo‘shilib ketgan).

“Hibat ul-haqoyiq” ham “Shohnoma” va “ Qutadg‘u bilig” kabi mutaqoribi musammani maqsur (mahzuf) vaznida yozilgan. Asarning an’anaviy kirish qismlari qasida, g‘azal va qit’a shaklida (aa, ba, va) bo‘lib, asosiy qismlari to‘rtlik (aaba) shaklida davom etadi.

Adib Ahmad o‘zini shoir emas, balki adab muallimi deb hisoblangan. O‘ziga xos axloq kitobi bo‘lgan “Hibat ul-haqoyiq”da Qur’oni karim va Hadisi sharif ma’nolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan. Shunga muvofiq, asar ham asosan pand-nasihat usulida yozilgan. Bu haqda muallifning o‘zi shunday deydi:

 
Bezadim kitobi mavoiz, masal,
Boqig‘li, o‘qug‘li osig‘ olsu(v) tep (39).
 

Mazmuni: “Ko‘rgan, o‘qiganlar manfaat olsin, deb kitobimni turli xil maqol-matallar, pand-nasihatlar bilan bezadim”.

Ko‘pchilik bayt va misralarning hikmat kabi jaranglashi Adib Ahmadning shoirlik salohiyati chindan ham baland bo‘lganligidan dalolat beradi. Voqean, asarga ilova qilingan Amir Sayfiddinning to‘rtligida Yugnakiyning iste’dodi va maqomi xususida ham yuksak fikrlar bildiriladi:

 
Adiblar adibi, fozillar boshi,
Guhartin so‘z aymish odin so‘z bishi (96).
 

Mazmuni: “Adiblar adibi, fozillar sarvari gavhar kabi bebaho so‘zlarni nazm shodasiga tergan”.

“Bu faktlar, bir tomondan, Adib Ahmad Yugnakiyning yetuk shoir, zamonasining ulug‘ bilimdoni ekanligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, zamondosh shoirlar, adiblar oldida hurmatga sazovor ekanligini bildiradi. Adibning malik ush-shuaro bo‘lgani haqida ma’lumot bo‘lmasa ham, o‘zining hamkasblariga adabiyotdan ta’lim bergani ehtimoldan uzoq emas”2020
  Mahmudov Q. “Hibat ul-haqoyiq” asarining yozilish davri, g‘oyasi va uning muallifi haqida. 9-bet.


[Закрыть]
.

“Hibat ul-haqoyiq”ning o‘zbek mumtoz adabiyotining nodir namunalari qatoridan joy olganligi bejiz emas. Chunki asardagi axloqiy, ma’rifiy va falsafiy mazmundagi ko‘plab hikmatlar asrlarni bo‘ylab keldi va asrlar osha yana kelgusi avlod ma’naviy tarbiyasi uchun xizmat qilaveradi. Xususan, ilm-ma’rifat masalariga asosiy e’tibor qaratiladi. Mutafakkir shoir nuqtai nazariga ko‘ra:

 
Bilik birla bilnur saodat yo‘li,
Bilik bil, saodat yo‘lini bula (40).
 

Mazmuni: “Saodan yo‘li bilim bilan ochiladi. Shuning uchun bilim egallab, saodan yo‘lini izla”.

Bu mo‘jaz asardagi hikmatlarning mavzusi keng va rang-barang: ularda olam va odam munosabatlari, hayotning mazmuni, kishi umrining mohiyati, bilimning afzalligi, odob-axloqning inson kamoloti uchun ahamiyati, insoniy fazilat va qusurlar xususida chuqur bilim va katta hayotiy tajriba asosida, kundalik turmushdan olingan misollar vositasida teran mulohazalar yuritilib, ibratli xulosalar chiqariladi. Misol uchun, muallif hukmdorlarni adolat va muruvvatga chaqirar ekan, arzimas bir ayb bilan ham bosh kesilaversa, dunyoda tirik kishi qolmaydi deydi:

 
Bu bir aybdan o‘tru boshin kesguchi,
Ochunda tirilgu kishisiz qolur (79).
 

Saxovat va muruvvatdan xoli odamni mevasiz daraxtga qiyoslaydi − mevasiz daraxt esa kesib o‘tin qilishgagina yaraydi:

 
Yemishsiz yig‘ochtek karamsiz kishi,
Yemishsiz yig‘ochni kesip o‘rtagil (73).
 

U, ayniqsa, baxillikni qattiq qoralaydi. Chunki bu dunyoda baxilning qilmishidek tentakona qilmish, baxilning hayotidek bema’ni hayot bo‘lmasa kerak:

 
Baxil yig‘di zar-siym haromtin o‘kush,
Vabal ko‘tru bordi, uzala so‘kush.
 
 
Ulush bo‘ldi moli kishilar aro,
Baxil oldi andin so‘kunchtin ulush… (62)
 
 
Qamug‘ qozg‘onikli ochun molini
Yeyumadi, bordi − ko’rung holini (66).
 

Mazmuni: “Baxil haromdan hazar qilmay, oltin-kumush yig‘di. O‘zi o‘lib ketdi-yu, xalqning la’natiga sazovor bo‘lgani qoldi. Odamlar uning mol-dunyosini bo‘lishib oldilar, o‘ziga tekkan ulush esa elning qarg‘ishi bo‘ldi… Dunyo molini yig‘ib, o‘zi yeb-ichmagan kishining qismati ana shunaqa bo‘ladi”.

Shoir xalq maqollari, el ichida yurgan qanotli so‘zlarni ham mahorat bilan she’rlari qatiga singdirib yuboradi. Masalan, quyidagi misralarda “Qonni qon bilan yuvib bo‘lmaydi” maqolidan o‘zining badiiy maqsadini ifodalash uchun foydalanadi:

 
Jafo qildachingg‘a yonut qil vafo,
Arimas necha yuvsa qon birla qon (74).
 

Mazmuni: “Jafo qilganga ham vafo qil, chunki qonni qon bilan yuvib ketkazib bo‘lmaydi”.

Ko‘rinib turibdiki, bu pandu nasihatlar xuddi bugungi kunda aytilganday. Barcha davrlarda qimmatini yo‘qotmay kelgan bu teran o‘gitlar dunyo turguncha o‘z ahamiyati va ta’sir kuchini yo‘qotmasligi shubhasiz. Barkamol asarlarning barhayotligi shunda ko‘rinadi.

Qadim turkiy, arabiy, forsiy so‘zlarga boy “Hibat ul-haqoyiq” asarini o‘qib tushunish hozirgi o‘quvchiga qiyinchilik tug‘dirgani uchun shu paytgacha uning mazmuni zamonaviy o‘zbek tilida nasriy bayon qilinib kelgani ma’lum. Biz uni 11 hijoli barmoq vaznida she’riy tabdil qildik. Ushbu tabdilni “Hibat ul-haqoyiq”ning taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori Qozoqboy Mahmudov tomonidan tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni va uning nasriy bayoni asosida amalga oshirdik2121
  Qarang: Mahmudov Q. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari haqida (Kirish, fonetika, morfologiya, tanqidiy matn, transkripsiya, sharh, lug‘at). − Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1972.


[Закрыть]
. Boblar va ichki sarlavhalar nomi arabcha bo‘lgani uchun ularni Q.Mahmudov tarjimasi bo‘yicha qoldirdik. Yillar davomida asar mazmunidan nasriy bayon orqali xabardor bo‘lgan o‘quvchilar endi uning zamonaviy o‘zbek tilidagi she’riy tabdilini o‘qib, nazmiy jarangosidan ham bahramand bo‘ladilar, deb o‘ylaymiz.

Ergash OCHILOV,
filologiya fanlari nomzodi

Hibat ul-haqoyiq

Bismillohir rahmonir rahim
(Ollohning hamdi haqida)
 
Iloho, behad hamd ayturman senga,
Lutfing cheksiz − umid qilaman unga.
 
 
Loyiqmi hamdingni aytishga bu til,
Yolvorib so‘rayman − ko‘mak ber menga.
 
 
Jonsiz tabiat-u jonli mavjudot
Guvohlik beradi: sen borsan − shunga.
 
 
Oqil shak keltirmas − har bir ashyoda
Borligingga bordir dalil ming-ming-a!
 
Kengayish, qisqarish, o‘zgarish
va dunyoning birligi haqida
 
Yo‘q edim, bor qilding, yana yo‘q etib,
Qayta bor qilursan − iqrorman bunga.
 
 
Ey shubha-gumonning domida qolgan,
Qutqar o‘zni iymon keltirib Unga.
 
 
Xudoyim, yaratdi kun bilan tunni,
O‘rin almashadi o‘tib so‘l, o‘ngga.
 
 
Tonglar otaverar qayta va qayta
Kun tunga aylanib, tun yana kunga.
 
O‘lik va tiriklikning
almashinishi haqida
 
O‘likdan tirig-u tirikdan o‘lik −
Yaratar, hikmat bu har anglaganga.
 
 
Qudratda yagona ulug‘ Tangri bu,
O‘likni tirguzish oson O‘shanga.
 
Payg‘ambar alayhissalom
na’ti haqida
 
Aql-u hushing yig‘ib eshitgil, endi
Payg‘ambar fazlidan so‘z ochay senga.
 
 
Insonlar ichida eng afzali u,
Teng kelolmas hech bir payg‘ambar unga.
 
 
Nabiylar yuzidan yog‘iladi nur,
Bu jihatdan ular o‘xshaydi kunga.
 
 
Uning madhi bilan shirindir tilim,
Uning yodi huzur bag‘ishlar tanga.
 
 
Hamd aytayin, zora qiyomat kuni
Shafoat qo‘lini uzatsa menga2222
  Ma’lumki, Muhammad alayhissalomga qiyomatda bandalarini shafoat qilish − himoya qilish huquqi berilgan − bu yerda shunga ishora qilinayapti.


[Закрыть]
.
 
To‘rt xalifa madhi
 
Yana to‘rt do‘stingga ayturman salom,
Jonim fido bo‘lsin bu to‘rt eranga2323
  Eran − er, mard.


[Закрыть]
.
 
 
Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali −
Tengsiz bahodirdir kirganda jangga.
 
 
Bu haq yo‘lidagi to‘rt xalifaga
Kim e’tiqod qilmas − la’nat o‘shanga!
 
 
Kechirib kelgansan gunohim doim,
Afv et yana − rahm qil ojiz bandangga.
 
 
Barcha g‘am-azobdan qutular edim,
Agar fazl-u aqling yor bo‘lsa menga.
 
Ulug‘ Amir Dod Sipohsolorbek
Tangri yorlaqag‘urning madhi
 
Ey til, qani, madh et, aylayin tortiq
Shohimga − dovrug‘i tutmish dunyoni.
 <

...

конец ознакомительного фрагмента

Внимание! Это не конец книги.

Если начало книги вам понравилось, то полную версию можно приобрести у нашего партнёра - распространителя легального контента. Поддержите автора!

Страницы книги >> 1
  • 0 Оценок: 0

Правообладателям!

Данное произведение размещено по согласованию с ООО "ЛитРес" (20% исходного текста). Если размещение книги нарушает чьи-либо права, то сообщите об этом.

Читателям!

Оплатили, но не знаете что делать дальше?


Популярные книги за неделю

Рекомендации