Электронная библиотека » Народное творчество » » онлайн чтение - страница 1

Текст книги "Semurg"


  • Текст добавлен: 31 мая 2023, 14:14


Автор книги: Народное творчество


Жанр: Книги для детей: прочее, Детские книги


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 1 (всего у книги 1 страниц)

Шрифт:
- 100% +

Semurg‘

Bir qari ovchining uch o‘g‘li bo‘lgan ekan. Ovchi bolalarini ovchilik hunariga o‘rgatibdi. Kunlarning birida uch o‘g‘il o‘rmonga ovga chiqishibdi. Kechga yaqin kattasi ovqat qilishga urinibdi. O‘rtancha va kichik ukasi dam olib, uxlab qolishibdi. Katta aka ovqat endi pishay deb turganda, uyqu elitib uxlab qolibdi. Yarim kechada bir Yalmog‘iz kampir kelib qozondagi ovqatni yeb-ichib, qozonni to‘ntarib ketibdi. Ertalab o‘rinlaridan tursalar qozon to‘ntarilgan, ovqat yo‘q emish. Aka-ukalar ovqatni kim yeganini bilmay hayron bo‘lishibdi. Ikkinchi kun o‘rtanchasi ovqat qilibdi, unda ham shu ahvol ro‘y beribdi. Uchinchi kuni eng kichigi – Kenja botir ovqat qilibdi.




Uni-da mudroq bosgan ekan, jimjilog‘ini qonatib, tuz sepibdi. Og‘rig‘idan uxlayolmay turganida Yalmog‘iz kampirning sharpasi ko‘rinibdi. U o‘zini panaga olibdi. Yalmog‘iz qozondagi ovqatni yemoqchi bo‘lib turganda, Kenja botir panadan chiqib kampirning boshini shartta kesib tashlabdi. Qarasa tanasi bir yoqda qolib, kallasi dumalab ketayotgan emish. Kenja botir kalla ketidan quvlab ketibdi. Kalla dumalab-dumalab bir g‘orga tushib ketibdi.

U hayron bo‘lib qolibdi, o‘sha joyni belgilabdi-da, kelib akalarini uyg‘otibdi. Ovqatlanishayotganda tunda bo‘lgan voqeani ularga so‘zlab beribdi. Ular xursand bo‘lib ovqat yeyishibdi-da, so‘ngra kalla tushib ketgan g‘or og‘ziga kelishibdi. Akalari qorong‘i g‘orga tushishdan qo‘rqishibdi.



Kenja botir o‘zim tushaman, debdi-da, arqonni beliga mahkam bog‘labdi.

– Sizlar arqonni mahkam ushlab turinglar, – deb g‘orga tushib ketibdi. Qarasa g‘or zimiston emish. Uzoqdan bir chiroqni yorug‘i ko‘rinibdi. Sekin borib qarasa bir qiz o‘tirgan emish. Yalmog‘iz kampirning kallasi uni yonida turgan emish.

Kenja botir: – E qiz, sen nima qilib bu yerda o‘tiribsan? Bu kalla kimniki? – deb so‘rabdi.

Qiz: – E odamzod, bu Yalmog‘iz meni yer yuzidan olib qochib kelgan. Mana bu hujralar mol-dunyoga to‘la

...

конец ознакомительного фрагмента

Внимание! Это не конец книги.

Если начало книги вам понравилось, то полную версию можно приобрести у нашего партнёра - распространителя легального контента. Поддержите автора!

Страницы книги >> 1
  • 0 Оценок: 0

Правообладателям!

Данное произведение размещено по согласованию с ООО "ЛитРес" (20% исходного текста). Если размещение книги нарушает чьи-либо права, то сообщите об этом.

Читателям!

Оплатили, но не знаете что делать дальше?


Популярные книги за неделю


Рекомендации