Читать книгу "Belanchak"
Текущая страница: 1 (всего у книги 1 страниц)
Шрифт:
-
100%
+
Odil Abdurahmon
Belanchak
O'ZBEK ELIM
BUYUK TEMUR
Ona tuproq g‘aladonida
Uxlaydi sokin.
Buyuk Temur kimning qonida
Tirikday lekin.
Ulug‘bekni olib yoniga,
Bir o‘yga tolgan.
Osmonlarga tikilgancha
Yulduzday qolgan.
DO‘PPI
Do‘ppi kiygan bobo dehqon,
Parvarishlab paxta-yu, don.
Bog‘lab doim mahkam belni,
Kiyintirib boqar elni.
TINCHLIK BO‘LSIN
Bulutlarning qatida,
Oymomoni xatida:
Tinchlik bo‘lsin, deptilar.
Chaqmoq otni qamchilab,
Yerga yomg‘ir tomchilab:
Tinchlik bo‘lsin, deptilar.
Qushlar qaytib kelarkan,
Qo‘shiq aytib kelarkan:
Tinchlik bo‘lsin, deptilar.
Beshikdagi buvaklar,
Chuldirarkan buvaklar:
Tinchlik bo‘lsin, deptilar.
O‘ZBEK ELIM
O‘zbek elim,
Bek elim.
Senga nasib
Erk elim.
Peshonangga
Nur tegib,
Kamol topding
Baxt emib.
Bobom Temur
Suygan xalq,
Dunyo uzra
yayrab balq.
O‘zbek elim
Bek elim,
Senga nasib
Erk elim.
ONA HAQIDA AFSONA
O‘tsa ham ko‘p zamona,
Saqlanar shu afsona:
Onaga baxsh etib jon,
Yasharkan bir saxiy xon.
Ona hurmati uchun,
Sarf etsa-da bor kuchin.
G‘amlar yana kun va tun,
Uyqu bermas sira jo‘n.
Iloj topmay yurtda xon,
Chiqaribdi bir farmon:
Kim onani injitsa,
Oz bo‘lsada ranjitsa,
Bu hayotdan yosh ketar,
Farmonim shu bosh ketar!
Yana xayol etib band,
Chaqirtirgan donishmand.
So‘zla to‘g‘ri sen donish,
O‘ragan meni tashvish.
Yuzga kirgan onam bor,
Tetik yurgan onam bor.
Etmayin qancha hurmat,
Ko‘nglim to‘lmaydi faqat.
Onam tushmas tushimdan,
Ayrilyapman hushimdan…
Meni g‘amdan xalos et,
Istaganing olib ket.
Donish debdi: Ulug‘ xon,
Istaging menga ayon.
Ona suti bo‘lmish qarz,
Oqlamoqlik albat farz.
So‘zim tingla, bir yurt bor,
Bir vaqtda to‘rt fasl yor.
Umrga baxt aritmas,
O‘tsa ham yil qaritmas.
Maslahatim qabul et,
Unga onang olib ket.
Yo‘li olis oylik yo‘l,
To‘lib ketdi demay dil,
Va qaytarib olib kel,
Ham qiynalib tolib kel.
O‘sha kuni saxiy xon,
Bir umrga qiynab jon.
Rozi bo‘lsin deb ona,
Yo‘lga bo‘pti ravona.
Donish so‘zi emish haq:
Mana bog‘-rog‘, jannat naq.
To‘rt tomoni to‘rt fasl,
Go‘zallikda muttasil.
Onasiga saxiy xon,
Olib borayin qayon?
Aylaning ruxsat depti,
Onaga to‘lib quvonch,
O‘g‘liga ortib ishonch,
Bahorni ko‘rsat depti.
Ona bog‘ni kezarkan,
O‘zin qizday sezarkan,
Yoshlik yana qaytibdi,
Hatto qo‘shiq aytibdi.
O‘tganda yoz bog‘iga,
Qaytdi juvon chog‘iga.
O‘tganda kuz fasliga,
Qaytishdi o‘z asliga.
Ona so‘zlar orzumand:
O‘g‘lim ming-ming roziman.
Roziligim qabul et,
Endi yurtga olib ket.
Onani ko‘tarib xon,
Yo‘lga bo‘lipti ravon.
Xon kelib yurt kezibdi,
Qiziq holni sezibdi.
So‘rasa fuqarodan,
Yuz yil o‘tgan oradan.
Xon haqida har xona,
To‘qiganmish afsona.
Yashasang ham bo‘lib xon,
Onaga baxsh etib jon.
O‘tsa ham ko‘p zamona,
Saqlanar shu afsona.
MUALLIM – USTOZIM
Yuragimga yaqin bo‘lgan,
Gap so‘zlari chaqin bo‘lgan,
Olimga ham aql bo‘lgan,
Muallimim – ustozim.
Sirlar bilan sirlashgan,
Olam bilan tillashgan,
Minglab dilga birlashgan,
Muallimim – ustozim.
O‘qitgansiz dadamni.
Yana qancha odamni
Biz o‘rgandik odobni,
Muallimim – ustozim.
ROZIQ BOBO
Roziq bobo,
Qiziq, bobo.
Yuzi chandiq,
Chiziq, bobo.
Borar bo‘lsa
U qayoqqa,
Do‘qqillaydi
“Uch” oyoqda.
Bayram kuni
Ko‘rsam uni.
Ordenlari ko‘kragini –
Qator-qator
Bezab chiqar.
Nevarasin boshlab chiqar.
Qaydan olgan, so‘ramoqqa,
Bir savolga o‘ramoqqa,
Tortinaman, qiziq bobo.
Yuzi ariq,
Chiziq, bobo.
BUVIMLAR
Buvimlar omon, omon
So‘rilari taxtiravon.
Oq ro‘molda ochilib,
O‘tirarlar qo‘r to‘kib.
Uch-to‘rt qavat to‘shaklar,
Olma, anor, turshaklar
Buvimlarga muhayyo.
Buvimlar – oppoq dunyo!
MUQIM
Kecha shoshqoloq Muqim,
O‘choqqa ko‘mdi tuhum.
Bir oz o‘tmay paq etdi,
Go‘yo baqa vaq etdi.
Mazza qildi o‘chog‘i,
Unga qoldi po‘chog‘i.
AVAZTOY
Hadeb yig‘lab
Avaztoy,
Bo‘lmay qolding
Havastoy.
Yo‘q, havastoy
Bo‘laman.
Qand bersangiz,
Kulaman.
USTA
Men ham kichik ustaman,
O‘z ishimga puxtaman.
Otam bilan ertalab,
Yog‘och taxta randalab.
Uycha qurdik tovuqqa,
Qolmasin deb sovuqqa.
BELANCHAK
Bizlar yotgan belanchak,
Olam uchun kelajak.
Ulg‘aysin deb bolalar,
Alla aytgan onalar.
Qalbi suvday erishib,
Yoshligini berishib,
Bizni taftga olishdi,
Ular qarib qolishdi.
“QIZIQARLI SANOQ SONLAR AQL QAYROG‘I”
0
Agar oldinda tursam,
Demang sonlarning puchi,
O‘tgan chog‘im ortiga,
Ortar miqdor-u kuchim.
1
Noldan keyin turaman,
Chizig‘ingga qarab boq!
Sonlar ichra doimo,
Birinchiman ey o‘rtoq.
2
Bilmasvoydan xafaman,
Baho bo‘lganim uchun.
Nuqul meni tanlaydi,
Sarf etolmay bor kuchin.
3
Bilimingni baholab,
“3” deya qoniqaman.
Mendan o‘tar “4”ga deb
Ko‘z tutib toliqaman.
4
Yaxshi, yaxshi deysan-a?
Daftaringga qo‘ndirib.
“A’loga” o‘tar eding,
O‘qisang sal do‘ndirib.
5
O‘qish qalay?! – desalar,
“Besh”, – deb javob beringlar!
Buning uchun fanlardan
Puxta o‘qib kelinglar.
...
конец ознакомительного фрагмента
Внимание! Это не конец книги.
Если начало книги вам понравилось, то полную версию можно приобрести у нашего партнёра - распространителя легального контента. Поддержите автора!
Страницы книги >> 1
Популярные книги за неделю
-
«Хроники Нарнии» – всемирно известный цикл английского писателя К. С. Льюиса о волшебной…
-
Третий том знаменитых американских лекций Владимира Набокова по литературе составил курс,…
-
Перед вами долгожданное переиздание легендарного сборника лучших мистических рассказов…
-
Ленивая злодейка на отборе невест
Перед смертью я увидела окно. Такое, ну похожее на системное. Некто предложил сыграть в… -
Казалось бы, обычная ситуация – в нашей школе сменился директор. Но кто же знал, что…
-
Как и было обещано, приступаю ко второй книге «Мушкетер поневоле». Первая закончилась на…
-
Балы, красавицы, дуэли, кутежи? На что ещё тратить вторую молодость, переродившись в…
-
Директор автобазы 1988. Том 2: Свой ход
Павел Серегин заставил автобазу работать. Теперь придётся научить её выживать без… -
Я руководил зоопарком, пока не попал под колёса. Теперь на календаре май 1988-го, мне…
-
Я думала, быть одной из десятка потенциальных невест императора, это сложно? Забудьте,…
-
Новое дело петербургского Шерлока Холмса – Родиона Ванзарова. Изощрённый интеллектуальный…
-
Продолжение приключений кубанского казака Андрея Громова в 1889 году. Он добрался до…
-
Если в вашей жизни началась полоса тотального везения, то это предвестник цунами…
-
МЕЛОДИЯ ЛЮБВИ НЕ ВСЕГДА ГАРМОНИЧНА Захватывающая драма о пути к славе, безумных чувствах…
-
Виктория Энтон, известная писательница, живет под вымышленными именами, переезжает с…
-
У графа Александра Суворова война честная, с пушками и ружьями. У графини Варвары…
-
Кортик. Бронзовая птица. Выстрел
Легендарная приключенческая трилогия Анатолия Рыбакова об обычных московских мальчишках,… -
Чтобы испортить ведьме Новый год, иногда достаточно одной серебряной почтовой…
-
Под бой курантов. Новогодние истории
До наступления Нового года остается совсем немного времени, вот-вот начнут свой… -
Дубравка, выросла в княжеском доме вместе с Мирославом, наследником Древочарского…
-
Ветеран войн попадает в магическое средневековье, где ему придётся начать свою новую…
-
За ошибки всегда приходится платить. Особенно, если ошибалась от души и со всей…
-
В старину существовали особые дни, когда живые поминали умерших и верили, что те могут…
-
Вольный лекарь. Студент. Том 8
Несмотря на козни одного профессора, я смог поступить в медицинскую академию. Однако мою…