Читать книгу "TO‘POLONCHI CHUMCHUQLAR"
Автор книги: X. Shomurodov
Жанр: Книги для детей: прочее, Детские книги
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 1 (всего у книги 1 страниц)
Шрифт:
-
100%
+
Xudoybergan Shomurodov
TO‘POLONCHI CHUMCHUQLAR
She’rlar
BULBULCHA
Bulbul qo‘nib shoxchaga,
Sayrab berdi barchaga.
Hamma undan bo‘ldi shod,
Ko‘ngil ham bo‘ldi obod.
Hoy, bulbulcha, bulbulcha,
Mana senga gulg‘uncha.
Ko‘rib sen qilgin havas,
Shodlik bo‘lsin hamnafas.
Yurgin sen yayrab, yayrab,
Tong chog‘i sayrab, sayrab.
Quvnaylik ikkalamiz,
Bir-birimiz do‘st saylab.
UYQUCHI MUSHUK
Mushuk chiqdi oftobga,
O‘xshab go‘yo betobga.
Ayyorlik qilib qoldi,
Sichqonni tutib oldi.
Endi uning qorni to‘q,
Hech kim bilan ishi yo‘q.
Uyquni qilmas kanda,
U shundayin arzanda.
– Hoy Baroqvoy, Baroqvoy,
Tur o‘rningdan, turaqol.
Mana senga sut va non,
Maza qilib yeya qol.
Erinib turdi mushuk,
Shundayin qildi tushlik.
Uyquga to‘ymas har kun,
Mudrab yurar shuning-chun.

LAYLAK
Samoda uchar laylak,
Kiyib yangi oq ko‘ylak.
Libosiga bir qarang,
Tovlanadi oppoq rang.
Laylak qanot qoqadi,
Bo‘yniga dur taqadi.
Hamma unga boqadi,
Bu hol menga yoqadi.
Xayolimni oldi-ku,
Menga yoqib qoldi u.
Endi nima qilaman,
U bilan do‘st bo‘laman.

QURBAQAJON
– Qurbaqajon, qurbaqa,
Usting nega kir-chaqa.
– Cho‘milaman kunda men,
Rangim o‘zi shunaqa.
– Nega sekin yurasan?
Yoki sen kasalmisan?
– Men kasal emasman, yo‘q,
Hozir juda qornim to‘q.
– Pashsha, chivin ko‘paysa,
Senga ozor beradi.
– Ular mening nonushtam
Uchun kerak bo‘ladi.
Menga sira tegmagin,
Aslo ozor bermagin.
Zararimdan foydam ko‘p,
Chivinlarni yeyman xo‘p.
G‘OZ
G‘oz yuradi kerilib,
Xayollarga berilib.
Jo‘jalari izida,
Quloq solmas so‘ziga.
Ko‘chaning o‘rtasiga
Chiqib ketdi bittasi.
Mashina keldi birdan –
Tomoshaning kattasi.
Ko‘chada yurishni ham
O‘rganish kerak axir.
Ko‘chada ham bor qonun,
O‘rgatish kerak axir.
G‘oz aytibdi jo‘jaga:
– Quloq solgin so‘zimga.
Chiqsang agar ko‘chaga,
Qarab yurgin ko‘zingga.
QUYOSH
Chiqib kelar ertalab,
Tog‘ ortidan mo‘ralab.
Aytsam sizga bu – Quyosh,
Mehri cheksiz, beqiyos.
Nur sochib u olamga,
Jilmayib ham qo‘yadi.
Nur sochishi chiroyli,
Bag‘rin ochib suyadi.
Yog‘dusi taram-taram,
Unga sirli boqaman.
Quyoshni quchgim kelar,
Unga men ham yoqaman.
Hayot sururi kitob,
Ezgulikka u xitob.
Oftob – kitobga o‘xshar,
Kitob oftobga o‘xshar.
TO‘POLONCHI CHUMCHUQLAR
Chumchuq dedi chumchuqqa,
Tushiraymi tumshuqqa.
Unisi ham bo‘sh kelmay,
Yurgin dedi bu yoqqa.
Ikki chumchuq urishdi,
Patlarini yulishdi.
Bu tekin tomoshaga
Boshqalar ham kelishdi.
Bo‘ldi janjal, to‘polon,
Hali ular polapon.
Shunday bo‘lsa ham ular,
Bir-birini yumdalar.
Bu janjalkash chumchuqlar,
Don, suv uchun talashar.
Bir bahona izlashib,
Har tomonga qarashar.
Kelib qoldi onasi,
Kimdir aytgan chamasi.
So‘rdi janjal sababin,
Nima deb bahonasi.
Tanbeh berib ularga
Dedi: – Bu qanday janjal.
Tartibsizlik, bedodlik
Qilasiz ketsam har gal.
Izza bo‘lgan chumchuqlar
Bir so‘z deyishmas emish.
Ammo o‘shandan beri
Janjal qilishmas emish.
TOYCHOG‘IM, O‘YINCHOG‘IM
Olib berdilar toychoq,
Tirik emas, o‘yinchoq.
Bo‘ynida bor qo‘ng‘iroq,
Yoli, dumi qo‘ng‘irroq.
O‘ynab aslo to‘ymayman,
Qo‘limdan hech qo‘ymayman.
Ukam yig‘lab, ber deydi,
Lekin bergim kelmaydi.
Agar bersam men unga,
Ustiga chiqib olar.
Unga qamchi uradi,
Toychog‘im yig‘lab qolar.
Desam: – Nega urasan?
– Axir u chopsin, deydi.
– Yugurishni bilmasa,
Boshqa ish topsin, deydi.
PASHSHA
Pashsha g‘uv-g‘uv etadi,
Iflos joyga o‘tadi.
Iflos joydan kir olib,
Yuz-qo‘liga surtadi.
Hamma joyni toza tut,
Pashsha tuxumin qurit.
Axlatlarni tashlamay,
Erinchoqlikni unut.

OLAPAR
Juda-juda yoqimtoy
Kuchugim bor Olapar.
Hovlida kutib meni,
Erkalaydi har safar.
Likillatib dumini,
Qulog‘ini, burnini.
Har xil qiliq qiladi,
Buni o‘zi biladi.
Kechikib qolsam goho,
Yo‘lim poylaydi tanho.
Udir menga vafodor,
Shu sabab men baxtiyor.
FIL YIG‘LADI
– Fil ham yig‘laydimi, otajon?
So‘rab qoldi qizim Guljahon.
– Qizim, nega unday deysan sen?
So‘roq qildim bo‘lib men hayron.
– Men ko‘rdim hayvonot bog‘ida,
Filni yig‘lab turgan chog‘ida.
– Balki sog‘ingandir otasin,
Sog‘ingandir balki onasin.
– Eh, tezroq kelishsin ishqilib,
Kasal bo‘lib yotib qolmasin.
BOBOM EKKAN OLMALAR
Bobom ekkan olmalar
Oy nurida tovlanar.
Terib keldi bir savat,
Oldik navbatma-navbat.
Maza qilib yedik biz,
So‘ngra rahmat dedik biz.
Qoyil qoldik barchamiz,
Yetishtirgan oltin kuz.
Bog‘bon otamga rahmat,
Siz ham keling, marhamat.
Ochiq doim dasturxon,
Sizni qilaman mehmon.
SHAFTOLI
Shaftolijon, shaftoli,
Shaftolingdan beraqol.
Maza qilib yeyman men,
So‘ngra rahmat, deyman men.
Shaftoli egib shoxin,
Mana, olaqol deydi.
Terib oldim bir etak,
Axir ukam ham yeydi.
Shaftoli shirin ekan,
Bularni dadam ekkan.
Mevasi yetilguncha,
Rosa parvarish etgan.
Gullari pushti, oq rang,
Hosiliga bir qarang.
Mevasin ko‘pligidan
Shoxlari tarang, tarang.
Meva pishib yetildi,
Terishga ham o‘tildi.
Xuddi dumaloq asal,
Yeng-u bo‘lmang hech kasal.

SICHQON
Uyda yashardi sichqon,
Qolmas edi butun non.
Oxiri qo‘ydim qopqon,
Lekin ilinmas sichqon.
Men esa bo‘lib hayron,
Kuzatdim uni obdon.
Qarab tursam bir mahal,
Xo‘rakka keldi sichqon.
Xo‘rak esa qattiq non,
Sichqonvoy ham issiq jon.
Yo‘l topib nonni oldi,
So‘ng esa qochib qoldi.
Endi nima qilaman?
Chorasini bilaman.
Uyga mushuk keltirdim,
Sichqon tutib yedirdim.
Mushugim miyovlaydi,
Sichqonlarni ovlaydi.
Erta-yu kech qidirib
Har teshikni kovlaydi.
Endi uyda sichqon yo‘q,
Bundan esa ko‘ngil to‘q.
Rahmat deyman mushukka,
Sut beraman tushlikka.
GULZODA
Gulzor ichra Gulzoda,
Gullarni saralaydi.
Oshiq bo‘lib ularga,
Sochlarini taraydi.
Husni ham o‘ziga mos,
Gullarga qo‘ygan havas.
Zavq-shavq olib ulardan,
Taskin topadi biroz.
Chamanda gul yashnaydi,
Shoxda bulbul sayraydi.
Gulzor ichra Gulzoda
Mehr bilan yashaydi.
KUNGABOQAR
Kungaboqar kimga boqar,
Kunga emas, menga boqar.
Sababini aytsam agar,
Mening mehrim unga yoqar.
Endi kunga boqmaydi u,
Sababini bildingiz-ku.
Mehr qayda bo‘lsa agar,
U ham sizga qiyo boqar.
Haqiqatni aytay sizga,
Mehr bilan qarang bizga.
Boshqagamas, sizga boqar,
Aqli borlar mag‘zin chaqar.
BO‘RI
Men bo‘ri, bo‘ri,
Hayvonlar zo‘ri.
O‘rmondir joyim,
Mo‘ldir go‘sht-moyim.
Kengdir dalalar,
Tog‘lar, daralar..
Menga ko‘p maza
Ovchi bo‘lmasa…
QUMRI
Qumrijon,
Toldan tush.
Mana don,
Emas puch.
Unib-o‘s
Ulg‘ayib.
Yurma, do‘st,
Mung‘ayib.
Qanot qoq,
Osmon quch,
Niyat oq,
Armon puch.
Yurt obod,
Sen omon.
Tinc
...
конец ознакомительного фрагмента
Внимание! Это не конец книги.
Если начало книги вам понравилось, то полную версию можно приобрести у нашего партнёра - распространителя легального контента. Поддержите автора!
Страницы книги >> 1
Популярные книги за неделю
-
Говорят, что даже самая волшебная сказка заканчивается после свадьбы, а дальше начинается…
-
Деньги в дом. Как привлечь благополучие…
Говорят, что не в деньгах счастье, за них не купишь любовь и здоровье. Но мир так… -
Клуб джентльменов. Кто делает мужчину…
Эта книга в первую очередь, конечно же, для мужчин. Речь в ней пойдет о множестве очень… -
Роман о военном времени, о сложных судьбах и опасной работе неизвестных героев, вошедших…
-
В уютном дачном поселке молодая женщина умерла от отравления прямо во время празднования…
-
Один известный драматург сказал: вся жизнь – театр. А у Егора вся жизнь сплошное…
-
Вернувшись с фронта, капитан Павел Журбин устраивается на работу в уголовный розыск. И…
-
Русская ведьма. Скрытое наследие,…
Слишком красивая. Слишком умная. Слишком свободная. На Руси этого часто хватало, чтобы на… -
От автора культовых бестселлеров «Красные цепи» и «Молот ведьм». Новое дело Алины и…
-
Учение дона Хуана. Книги 1-5: Учение…
Новое издание Карлоса Кастанеды – наша благодарность автору и дар читателю. Феномен… -
Учение дона Хуана. Книги 6-10: Дар…
Дона Хуана больше нет на этой Земле. Ученики растеряны. Но все чаще в состоянии… -
Детективное агентство «Проект 213: учитель» срочно отправляется в Удмуртию найти…
-
– Слушай, мужик, иди-ка ты, – я притормаживаю свою пламенную речь, делаю глубокий вдох,…
-
Хроники Илькоры. Чертоги мертвых
Мир уже не тот, что был раньше. Природные ресурсы исчерпались, а новая планета, пригодная… -
Грозный я пережил, а доставку салата «Цезарь» – нет. Курьер на электровелосипеде, удар…
-
Психологические работы с обитателями…
Комплект из 3 книг – платите меньше, читайте больше! В состав входят: Курсовая работа по… -
Тайна, скрепленная свинцовой печатью. 1905 год. Николай Второй планирует…
-
– Ты должна знать, что Сэт – это бог войны и хаоса. – Ну а ты должен знать, что у него…
-
Настя – историк, хорошо знающий права женщины 19 века. Только, вот, настоящие мошенники…
-
Двадцать два несчастья. Книга 15
Вот и сказочке конец, а кто слушал – молодец! Когда история подходит к логическому концу,… -
Адаптация в новых телах вполне прошла, и Гена Струев, покинув Землю, готовиться…
-
Ромфант‑трио: любовь, драконы, интриги.…
Комплект из 3 книг – платите меньше, читайте больше! В состав входят: Бедствие в Академии… -
Я пойду к этому бандиту в поисках защиты, не понимая, что однажды мне понадобится защита…
-
Питер Джеймс – писатель-криминалист, автор бестселлеров по версии «The New York Times», а…