Текст книги "Барон Мюнхаузен саргузаштлари"
Автор книги: Рудольф Распе
Жанр: Книги для детей: прочее, Детские книги
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 3 (всего у книги 4 страниц)
MENING AJOYIB XIZMATKORLARIM
Meni qutqargan kema Turkiya poytaxtiga qarab yo‘l oldi. Men tushib qolgan joydagi italyanlar birdan ajoyib inson ekanligimdan xabar topib, kemada ular bilan birga qolishimni taklif qildilar. Men bunga rozi bo‘ldim va bir xaftadan keyin turk oroli sohillariga yetib keldik.
Turk sultoni mening tashrifimdan xabar topgach, albatta, tushlikka taklif qildi. U meni o‘z qasri ostonasida kutib olib, dedi:
– Sizni qadim poytaxtimizda ko‘rib turganimdek baxtliman, mening yoqimli do‘stim Myunxauzen! Umid qilamizki, salomatdirlar, albatta! Siz ko‘rsatgan ajoyib qahramonliklarning hammasidan xabardorman, men ham sizga bir mushkul ishni topshirmoq niyatidaman. Bu ishni sizdan bo‘lak hech kim eplay olmaydi, chunki siz dunyoda eng dono va uddaburon odamsiz. Siz darhol Misrga bora olurmisiz?
– Jonim bilan! – deb javob qildim men. – Men sayohat qilmoqni shunday yaxshi ko‘ramanki, hozir dunyoning nargi chekkasiga desangiz ham borishga tayyorman!
Mening javobim sultonga juda ma’qul tushdi va u menga bir topshiriq berdi. Bu topshiriq dunyo turguncha hammadan sir tutilishi lozim, shu vajdan uning nimadan iborat ekanligini oshkor qilib ayta olmayman. Ha, shundoq katta sirni sulton menga ishondi, chunki mening butun dunyoda eng ishonchli odam ekanligimni juda yaxshi bilardi. Men sultonga ta’zim qildim-da, darhol yo‘lga tushdim.
Turkiyaning poytaxtidan chiqib, salgina yurishim bilanoq ro‘paramdan kichkina bir odam chiqib qoldi. Ikkala oyog‘iga og‘ir qadoq tosh bog‘langan bo‘lishiga qaramasdan, u o‘qdek uchib borar edi.
– Hoy, qayoqqa boryapsan? – deb so‘radim men undan. – Oyoqlaringga nima uchun bu toshlarni bog‘lab olding? Axir, ular chopishingga xalaqit beradiku!
– Bundan uch minut ilgari men Venada edim, – deb javob qildi haligi kichkina kishi, – endi o‘zimga biror ish qidirib Stambulga ketayotibman. Haddan tashqari tez chopib ketmaslik uchun oyoqlarimga qadoq toshlar bog‘lab oldim, chunki, shoshilishimning hech bir hojati yo‘q.
Bu ajoyib uchqur odam menga juda-juda yoqib qoldi, uni men o‘zimga xizmatkor qilib oldim. U jonu dili bilan mening orqamdan ergashdi.
Ertasiga biz yo‘l bo‘yida muk tushib, qulog‘ini yerga berib, nimanidir eshitib yotgan bir kishini ko‘rib qoldik:
– Bu yerda nima qilyapsan? – deb so‘radim undan.
– Dalada o‘tlar qanday o‘sayotganiga quloq solib yotibman! – deb javob qildi u.
– Xo‘sh, eshityapsanmi?
– Juda yaxshi eshityapman. Menga bunaqa narsalar pisand emas!
– Unday bo‘lsa menga xizmatga kir, azizim! Sening sezgir quloqlaring safarda menga yarab qolar.
U rozi bo‘ldi, biz yo‘limizda yana davom etdik.
Oradan ko‘p o‘tmay, qo‘lida miltig‘i bor bir ovchini ko‘rib qoldik.
– Hoy, menga qara, dedim unga. – Nimaga qarab otyapsan? Hech bir joyda na biror yirtqich hayvon va na biror parranda ko‘rinmaydi.
– Berlindagi cherkov qo‘ng‘iroqxonasining tomida chumchuq qo‘nib o‘tirgan ekan, men unung xuddi ko‘zidan urdim.
Siz mening ovni juda yaxshi ko‘rganimni bilasizku. Men bu merganni qattiq quchoqladim-da, o‘zimga xizmatga kirishini taklif etdim. U xursand bo‘lib, men bilan birga ketdi.
Biz ko‘p mamlakatu shaharlardan o‘tib, katta bir o‘rmonga yaqinlashdik. Qarasak, yo‘l bo‘yida baland bo‘yli yo‘g‘on bir odam qo‘lida arqon ushlab turibdi, bu arqonni butun o‘rmonga sirtmoq qilib solib olibdi.
– Nimani sudrab chiqyapsan? – deb so‘radim men undan.
– O‘tin kesish kerak bolgan edi, boltam uyda qolgan ekan, —~deb javob qildi u. – Boltasiz ham ish bitirmoqchiman.
Bu odam arqonning bir uchidan zabti bilan tortgan edi, azamat eman daraxtlari, xuddi xasdek, osmonga uchib chiqdi-da, keyin yana qaytib yerga tushdi.
Men, albatta, pulni ayamasdan u azamat polvonga o‘sha zahotiyoq o‘zimga xizmatkor bo‘lishni taklif etdim.
Biz Misrga yetib kelganimizda shunday qattiq bo‘ron ko‘tarildiki aravamiz ot-potlari bilan yo‘lda chirpirak bo‘lib ketdi.
Uzoqda biz parraklari g‘irillab aylanayotgan yettita tegirmonni ko‘rib qoldik. Tepalik ustida bir odam barmog‘i bilan burnining chap teshigini qisib yotar edi. U bizni ko‘rib qolib, odob bilan menga salom berdi, bo‘ron ham bir teshigini qisib yotar edi. U bizni ko‘rib qolib, odob bilan menga salom berdi, bo‘ron ham bir zumda to‘xtadi-qoldi.
– Xo‘sh, sen bu yerda nima qilib yotibsan? – deb so‘radim undan.
– Xo‘jayininmning tegirmonlarini yurgizayapman, – deb javob qildi u. —Tegirmonlar sinib ketmasin deb men uncha qattiq pishqirmayapman: faqat burnimning bir teshigi bilangina pishqirayapman, xolos.
«Bu odam ham menga yarab qolar», deb o‘yladim va unga o‘zim bilan birga ketmoqni taklif etdim.
XITOY VINOSI
Misrda men sultonning hamma topshiriqlarini darrov bajardim. Ziyrakligim bu yerda ham menga asqotib qoldi. Bir haftadan keyin men o‘zimning ajoyib xizmatkorlarim bilan Turkiya poytaxtiga qaytib keldim.
Qaytib kelganimga sulton juda xursand bo‘ldi va Misrda qilgan ajoyib ishlarim uchun meni o‘lguday maqtadi.
– Siz mening hamma vazirlarimdan ham donosiz, azizim Myunxauzen! – dedi u va qo‘limni qattiq qisib qo‘ydi. – Bugun menga mehmon bo‘ling!
Ovqatlar juda mazali edi, ammo, nima deysizki, stol ustida vino ko‘rinmasdi, chunki qonunda turklarga vino ichish man qilingan. Men juda-juda ranjidim, sulton esa meni yupatmoq uchun ovqatdan keyin o‘z uyiga olib kirdi, yashirin javonini ochib, u yerdan bir shisha oldi.
Bunday ajoyib vinoni siz butun umringizda ham totib ko‘rmagan bo‘lsangiz kerak, azizim Myunxauzen! – dedi u stakan to‘latib menga vino quyayotib.
Rostdan ham, juda soz vino edi. Ammo men bir qultum ichganimdan keyin, Xitoyda xitoy bo‘g‘dixoni Fu Channing vinosi bundan ham yaxshiroq, dedim.
– Azizim Myunxauzen! – dedi sulton. – Men sizning har bir so‘zingizga ishonmoqqa odatlanganman, chunki, siz butun yer yuzida eng rostgo‘y odamsiz, ammo, qasamyod qilamanki, hozir siz yolg‘on gapiryapsiz: bu vinodan yaxshisi bo‘lmaydi!
– Men sizga isbot qilamanki, bo‘ladi!
Bo‘g‘dixon Xitoy imperatori, podshosi.
– Myunxauzen, siz bo‘lmag‘ur gaplarni gapiryapsiz!
– Aslo, men rost gapiryapman, rosa bir soatdan keyin Bo‘g‘dixonning yertolasidan shunday bir shisha vino keltirishni o‘z zimmamga olamanki, uning oldida sizning vinongiz nordonlik qilib qoladi.
– Myunxauzen, siz esingizni yeb qo‘yibsiz! Men har qachon sizni dunyoda eng rostgo‘y odamlardan deb kelar edim, endi bilsam, siz g‘irt yolg‘onchi ekansiz.
– Undoq bo‘lsa, rost gapirayotganimga darhol ishonmog‘ingizni talab etaman!
– Roziman! – deb javob qildi sulton. – Basharti soat to‘rtgacha Xitoyda dunyoda eng yaxshi hisoblangan vinodan bir shisha olib keltirmasangiz, men sizning kallangizni uzdirib tashlayman.
– Juda soz! – dedim men. Shartingizga roziman. Ammo basharti soat to‘rtda o‘sha vino sizning stolingizda hozir qilinsa, siz xazinangizdan bir odam ko‘tara olgudek oltin berursiz. Sulton rozi bo‘ldi. Men Xitoy bo‘g‘dixoniga xat yozdim va bundan uch yil burun o‘zi meni mehmon qilgan o‘sha vinodan bir shisha in’om qilishini iltimos qildim. «Basharti siz mening iltimosimni rad qilsangiz, – deb yozdim men, – oshnangiz Myunxauzen jallod qo‘lida halok boiajak».
Xatni yozib bo‘lganimda soat uchdan besh minut o‘tgan edi. Men uchqurimni chaqirib, uni Xitoy poytaxtiga jo‘natdim. Uchqurim oyoqlaridagi qadoq toshlarini yechib tashlab, xatni oldi-da, bir zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Men sultonning uyiga qaytib keldim. Biz uchqurni kutib, hali o‘zimiz boshlagan shishadagi vinoni ichib tamomladik.
Soat uchdan chorak o‘tdi, keyin uch yarim bo‘ldi, keyin chorak kam to‘rt bo‘ldi, ammo, uchqurimdan darak yo‘q edi.
Sulton jallodni chaqirmoq uchun qo‘ng‘iroqcha ushlab turganini ko‘rganimda, esxonam chiqib ketayozgan edi.
Ruxsat etsangiz, boqqa chiqib sof havo olib kelsam! – dedim sultonga.
– Marhamat! – deb javob qildi sulton jilmayib.
Biroq, boqqa chiqayotib, men bilan izma-iz, mendan bir qadam ham keyinda qolmasdan allaqanday odamlar kelayotganini ko‘rib qoldim.
Bular sultonning jallodlari bo‘lib, har lahzada menga hujum qilib sho‘rlik kallamni chopib tashlashga tayyor turar edilar. Men xafa bo‘lib soatga qaradim. Soat besh minuti kam to‘rt edi! Nahotki, besh minutlik umrim qolgan bo‘lsa? Evoh, naqadar dahshat! Dalada o‘tlarning qanday o‘sishini eshita oladigan xizmatkorimni chaqirdim-da, undan uchqurimning oyoq sharpasini eshitmayapsanmi, deb so‘radim. U quloqlarini yerga berib, sho‘rimga sho‘rva to‘kilsin, dangasa uchqurning dang qotib uxlab yotganini xabar qildi.
– Ha, uxlab yotibdi. Men uning uzoq bir joyda xurrak otib yotganini eshityapman.
Qo‘rqqanimdan oyoqlarim qaltirab ketdi. Yana bir minut o‘tsa, vassalom, sharmisor bo‘lib o‘lib ketaman.
Men chumchuqni mo‘ljallab urgan xizmatkorimni chaqirdim; u o‘sha zahoti eng baland minoraga chiqib, oyoqlarining uchida turib, uzoq-uzoqlarga tikilib qaray boshladi.
– Xo‘sh, yaramasni ko‘ryapsanmi? – deb so‘radim men g‘azabim halqumimga kelib.
– Ko‘ryapman, ko‘ryapman! Pekin shahriga yaqin bir joyda eman daraxti tagidagi maysazorda yastanib yotib, bahuzur xurrak otmoqda. Yonida bir shisha ham bor… Shoshma, men seni uyg‘otaman!
U uchqurning tepasidagi eman daraxtining uchini mo‘ljallab o‘q otdi.
Daraxtdagi hakalaklar, barglar va shoxlar sinib ustiga tushib, uxlab yotgan uchqurni uyg‘otib yubordi.
Uchqur sapchib o‘rnidan turib, ko‘zlarini ishqaladida, jin quvgandek chopa ketdi.
Saroyga Xitoy vinosi solingan shishani ko‘targancha o‘qday uchib kirganida, soat to‘rt bo‘lishiga atigi yarim minut qolgan edi.
Qanchalik sevinib ketganimni tasavvur qila olasizmi? Sulton vinoni tatib ko‘rib, xursandlikdan qichqirib yubordi:
– Azizim Myunxauzen! Bu shishani sizning ko‘zingizdan nariroq bir yerga berkitib qo‘ymoqqa ruxsat eting. Bu vinoni yolg‘iz o‘zim ichmoqchiman. Men dunyoda shunday shirin va mazali vino bo‘lishini xayolimga ham keltirmagan edim.
Sulton shishani javonga yashirib, kalitini cho‘ntagiga solib olgach, darhol xazinachini chaqirishni amr qildi.
– Men oshnam Myunxauzenga o‘z xazinamdan bir odam bir safar ko‘tarishga qurbi yetgancha oltin olishiga ruxsat etaman, – dedi sulton.
Xazinachi sultonga egilib ta’zim qildi-da, meni saroyning yerto‘lasiga olib tushdi, yertolaning ichi gij-gij boylik edi.
Men olz polvonimni chaqirdim, u sultonning xazinasidagi bor oltinlarni yelkasiga ortib oldi va biz dengiz tomonga qarab qochdik. U yerda men katta bir kemani kiraga olib, unga baland qilib oltinni o‘rnatdim.
Sulton eshitib qolib, butun boyliklarni yana tortib olib qo‘ymasligi uchun, biz kema yelkanlarini ko‘tarib, ochiq dengizga chiqib olishga shoshildik.
IZ QUVIB
Biroq, voqea xuddi o‘zim o‘ylagandek bo‘ldi.
Biz endigina qirg‘oqdan jo‘nashimiz bilan xazinachi chopib borib, sultonga butun xazinani shupurib ketganimni aytibdi. Sulton darg‘azab bo‘lib, ketimdan butun harbiy kemalarini yubortiribdi.
Son-sanoqsiz harbiy kemalarni ko‘rgach, rostini aytsam, yurak-puragim chiqib ketdi. «Xo‘sh, Myunxauzen, – dedim men o‘z-o‘zimga,—vaqt-soating bitdi.
Endi qutulmoqning yo‘li yo‘q. Endi hiylakorliging asqotmaydi».
Nazarimda, endigina yelkamga mahkam o‘rnashib olgan boshim yana tanamdan judo bo‘layotganday tuyulib ketdi.
Shu onda oldimga burnining teshiklari karrakdek keladigan xiimatkorim kelib qoldi.
– Aslo qo‘rqmang, ular bizni quvib yetolmaydi, – dedi u kulib, keyin chopib kemaning orqa tomoniga o‘tib, burnining bir teshigini Turkiya kemalariga, ikkinchi teshigini esa bizning yelkanlarimizga qaratdi, so‘ngra shunday qattiq shamol ko‘tardiki, butun Turkiya kemalari bir lahzada qaytib borib, o‘z gavanlariga kirib ketdilar.
Mening zabardast xizmatkorim haydab ketayotgan kemamiz esa g‘izillaganicha bir kundan keyin Italiyaga yetib bordi.
NISHONGA TEKKIZISH
Men Italiyada badavlat hayot kechirdim. Ammo tinch va xotirjam hayot kechirish mening tabiatimga to‘g‘ri kelmas edi.
Men yangidan-yangi sarguzashtlarga, qahramonliklar ko‘rsatishga o‘ch edim.
Shu sababdan Italiyaga yaqin joyda yangi urush boshlanganligini eshitganimda, juda sevinib ketdim: inglizlar bilan ispanlar urushmoqda edilar.
Bir lahza ham fursatni qo‘ldan bermay, otimga sapchib mindim-da, urush maydoniga qarab o‘qday uchib ketdim.
Ispanlar o‘sha vaqtda inglizlarning Gibraltar qal’asini qamal qilib olganliklaridan, men o‘sha topdayoq qal’aga kirib bordim.
Qal’ada qo‘mondonlik qilib turgan general mening yaqin oshnam edi. U meni quchoqlarini katta ochib qarshi oldi va o‘zi qurgan istehkomlarni ko‘rsata boshladi, chunki u mening unga yaxshi va foydali maslahatlar bera olishimni bilar edi.
Men Gibraltar qal’asining devori ustida turib, durbin bilan qarab, ispanlar o‘z to‘plarining og‘zini xuddi biz ikkovomiz turgan joyga to‘g‘rilayotganliklarini ko‘rib qoldim.
Fursatni bir joyga ham o‘tkazmay, mana shu joyga katta bir to‘p o‘rnatilsin, deb amr qildim.
– Nima uchun? – deb so‘radi general. Keyin bilasan! – deb javob qildim men.
To‘pni mening oldimga g‘ildiratib kelishlari bilanoq men uning og‘zini to‘ppa-to‘g‘ri dushmanning to‘pi og‘ziga to‘g‘riladim, ispan to‘pchisi pilikni yondirib, o‘z to‘pi oldiga olib kelganda, men qattiq baqirib;
– Otilsin! – deb komanda berdim. Ikkala to‘p ham baravariga gumburlab otildi. Voqea xuddi o‘zim kutgandek bo‘ldi: men belgilagan nuqtada ikki o‘q – bizniki bilan dushmanniki qattiq to‘qnashib, dushmanning o‘qi orqasiga, ispanlar ustiga qaytib ketdi.
Tushunyapsizmi: o‘q orqasiga – ispanlar ustiga qaytib ketdi.
U ispan to‘pchisining va o‘n oltita ispan soldatining kallasini shartta uzib tashladi.
Keyin, ispan qirg‘og‘ida turgan uchta kemaning machtalarini sindirib tashlab, o‘zi to‘ppa-to‘g‘ri Afrikaga qarab jo‘nadi.
Yana ikki yuz o‘n to‘rt chaqirim uchganidan keyin, bir qashshoq dehqonning tomiga borib tushibdi, unda bir kampir yashar ekan. Kampir chalqancha yotib uxlar, og‘zi ochiq ekan. O‘q tomni teshib o‘tib, to‘ppa-to‘g‘ri kampirning og‘ziga tushibdi-da, uning eng oxirgi tishini sindirib yuborib, tomog‘iga tiqilib qolibdi.
Kulbaga kampirning eri chopib kiribdi, u g‘ayratli va uddaburon odam ekan.
U qo‘lini kampirning tomog‘iga tiqib, o’qni olib tashlamoqchi bo‘libdi, ammo o‘q turgan joyidan hech qimirlamabdi.
Shunda chol fursatni bir lahza ham boy bermasdan, uning dimog‘iga bir chimdim tamaki olib kelib iskatibdi; kampir aksa uribdi – shunday qattiq aksiribdiki, o‘q derazadan ko‘chaga uchib chiqib ketibdi!
Men ketiga qaytarib yuborgan o‘q ispanlarning o‘ziga yana shuncha zarar yetkazibdi.
Bizning o‘qimiz ham bekor ketmabdi: u ispanlarning harbiy kemasiga borib tushib, uni dengizga botirib yuboribdi. Kemada esa ikki yuzta ispan matrosi bor ekan!
Shunday qilib, inglizlar bu urushda mening uddaburonligim soyasida yutib chiqdilar.
– Otangga rahmat, azizim Myunxauzen, – dedi menga general do‘stim va qo‘llarimni qattiq qisdi. – Agarda sen bo‘lmaganingda biz halok bo‘lar edik. Faqat sen tufayli biz bunday zo‘r g‘alabaga erishdik.
– Nima qila qolibman juda! – dedim men. – O‘z do‘stlarimga xizmat qilmoqqa doim tayyorman.
Bu xizmatim evaziga ingliz generali menga polkovnik unvonini bermoqchi bo‘ldi, ammo men juda ham kamtarin odam bo‘lganim uchun bunchalik yuqori unvondan voz kechdim.
BIR KISHINING MING KISHIGA BAS KELGANI
Men generalga xuddi shunday dedim:
– Menga ordenning ham unvonning ham keragi yo‘q! Men sizga hech qanday ta’masiz, do‘stlik vajhidan yordam qilaman. Chunki men inglizlarni juda yaxshi ko‘raman.
– Barakalla senga, do‘stim Myunxauzen! – dedi general qo‘limni yana qisib. – Bundan keyin ham shunday yordam qilib tur.
– Jonim bilan, – deb javob qildim men va cholning yelkasiga urib qo‘ydim. Men Britaniya xalqiga xizmat qilishdan shodman.
Tez orada men ingliz do‘stlarimga yana yordam qilish sharafiga muyassar bo‘ldim.
Men ispan ruhoniysining kiyimini kiyib, kechasi dushman lageriga pisib o‘tdim.
Ispanlar dong qotib uxlab yotar edilar, meni hech kim payqamadi. Men sekin ishga kirishdim: ularning vahimali to‘plari turgan joyga borib, bu to‘plarni shoshib-pishib, birin-ketin qirg‘oqdan nariroqqa – dengizga uloqtiraverdim.
Bu ish unchalik yengil bo‘lmadi, chunki to‘plar uch yuzdan oshiqroq edi.
To‘plarning ishini bir yoqli qilib bo‘lib, men hamma zambilg‘altaklarni, to‘rt g‘ildirakli aravalarni, izvosh va lagerdagi jamiki shunaqa narsalarni lagerning o‘rtasiga sudrab kelib, bir yerga uydim-da, o‘t qo‘yib yubordim.
Ular xuddi poroxday lovillab yonib ketdi. Vahimali yong‘in boshlandi.
Ispanlar uyg‘onib, dovdiraganlaricha lagerda har tomonga qarab chopa boshladilar.
Ular hang-mang bo‘lganlaridan, kechasi lagerimizga inglizlarning yetti yoki sakkiz polki kelib-ketibdi, deb gumon qildilar.
Ular bu ish bir kishining qo‘lidan kelgan, deb xayollariga ham keltira olmagan edilar.
Ispanlarning bosh qo‘mondoni qo‘rqib ketganidan, to Madridga yetib olguncha, rosa ikki hafta orqasiga qaramay qochgan.
Uning hamma qo‘shini ham, hatto, orqasiga qayrilib qarashga yurak betlay olmay, uning ketidan qochgan.
Shunday qilib, mening dovyurakligim soyasida inglizlar dushmanni batamom tor-mor keltirdilar.
– Myunxauzen bo‘lmaganda bizlar nima ham qila olar edik, – deyishardi ular va qo‘llarimni qattiq qisib, meni ingliz armiyasining haloskori deb atardilar.
Qilgan yordamlarimdan juda minnatdor bo‘lgan inglizlar meni Londonda mehmon bo‘lishga taklif etdilar.
Men bu mamlakatda boshimdan nima hodisalar kechirishimni o‘ylab-netib o‘tirmasdan, jonu dilim bilan Angliyaga jo‘nab ketdim.
O‘Q-ODAM
Lekin men u yerda juda vahimali hodisalarni boshdan kechirgan edim.
Bir mahal Londonning chekka bir joyida sayr qilib yurib, juda charchadim-da, yonboshlab dam olgim kelib qoldi.
Yoz kuni edi, oftob ayamay kuydirardi; men biror sershox daraxt ostidagi soya-salqin yerni izlab qoldim. Ammo men eski bir to‘pning og‘ziga kirib yotdimda, darhol dong qotib uxlab qoldim.
Men sizga aytsam, inglizlar xuddi o‘sha kuni mening ispan armiyasi ustidan qozongan g‘alabamni bayram qilib xursandlik uchun hamma to‘plardan bir yo‘la otmoqda ekanlar.
Men uxlab yotgan to‘p oldiga ham to‘pchi keladida, gumburlab otib yuboradi.
Men ham tuppa-tuzuk o‘qday to‘p og‘zidan otilib chiqib ketdim-da, daryoning narigi qirg‘og‘iga uchib borib, allaqanday bir dehqonning hovlisiga tushdim. Xayriyatki, hovliga yumshoq pichan g‘aram qilib qo‘yilgan ekan.
Men eng katta g‘aramning qoq o‘rtasiga borib tushib, boshim bilan sanchilib qoldim. Sog‘-salomat qoldimu, ammo hushimdan ketibman.
Shu ahvolda uch oy hushsiz yotibman.
Kuzda pichanning narxi oshib, xo‘jayin pichanni sotmoqchi bo‘lib qolibdi. Men yotgan g‘aram atrofini xizmatkorlar o‘rab olib, uni panshaxa bilan ag‘darto‘ntar qila boshladilar. Men ularning g‘ovurg‘uvuridan uyg‘onib ketdim. Bir amallab boshimni chiqarib oldim-da, uyqusirab pastga dumalab ketdim va to‘ppa-to‘g‘ri xo‘jayinning boshiga borib tushib, bexosdan uning bo‘ynini sindirib yubordim, xo‘jayin birpasda o‘lib qoldi.
Biroq, xo‘jayinga hech kim ko‘z yoshi qilib ham o‘tirmadi. U juda insofsiz, xasis bir odam bo‘lib, xizmatkorlariga haq to‘lamas ekan. Buning ustiga juda ochko‘z savdogar ekan; bahosi juda oshib ketgandagina pichanni sotar ekan.
OQ AYIQLAR O‘RTASIDA
Mening tirik ekanimni ko‘rib, do‘stlarim sevinib ketishdi.
Umuman, mening do‘stlarim ko‘p bo‘lgan, ularning hammasi ham meni jonlaridan ortiq ko‘rardilar. Mening omon qolganimni eshitganlarida, qanday xursand bo‘lganlarini bir ko‘z oldingizga keltirsangiz edi. Ular meni allaqachon o‘lganga chiqarib qo‘ygan edilar.
Ayniqsa, mashhur sayyoh Fipps juda xursand bo‘lgan edi, bu odam xuddi shu paytlarda Shimoliy qutbga sayohat qilmoq uchun tayyorlanayotgan ekan.
– Azizim Myunxauzen, sizni quchoqlab ko‘rishmoqqa muyassar bo‘lganim uchun juda xursandman! – dedi Fipps uyining eshigi oldida paydo bo‘lishim bilanoq, – siz eng yaqin do‘stim sifatida darhol men bilan birga ketmog‘ingiz lozim! Yaxshi bilamanki, sizning dono maslahatlaringizsiz mening ishlarim o‘ngidan kelmaydi!
Men, albatta, o‘sha topdayoq rozi bo‘ldim, oradan bir oy o‘tgandan keyin biz qutbga yaqin bir joyga yetib bordik.
Bir kuni men kemaning sahnida turib yiroqdagi baland muz tog‘iga ko‘zim tushib qoldi, unda ikkita oq ayiq o‘ynashib yurar edi.
Darrov miltig‘imni oldim-da, kemadan to‘ppato‘g‘ri suzib ketayotgan muzga sakrab tushdim.
Har lahzada sirg‘anib ketib, tagi yo‘q chuqurlikka tushib ketish xavfi ostida, oynadek silliq, tikka muz qoyalarga tirmashib chiqish men uchun xiyla mashaqqat edi, ammo men to‘sqinliklarga qaramasdan muz tog‘ining cho‘qqisiga chiqib, ayiqlarga juda yaqin bordim.
Shunda birdan sho‘rim qurib qoldi-ku: miltiqni otaman deb muzda sirg‘anib ketib yiqildim, boshim muzga shunday qattiq tegdiki, shu ondayoq hushdan ketib qoldim.
Yarim soatdan keyin hushimga kelib, qo‘rqqanimdan dodlab yuborishimga sal qoldi: bahaybat ayiq meni tagiga bosib olib, og‘zini karrakdek ochganicha, yemoqqa tayyor turibdi.
Miltig‘im bo‘lsa uzoqda qorning ustida yotibdi.
Darvoqe, miltiqning nafi ham tegmas edi, chunki ayiq butun og‘irligini menga tashlab, qimirlashga hech yo‘l qo‘ymas edi.
Ne-ne mashaqqatlar bilan cho‘ntagimdagi kichkina qalamtarosh pichoqchamni oldim-da, o‘ylab-netib o‘tirmay, keyingi oyog‘ining uchta barmog‘ini shartta kesib tashladim.
Ayiq og‘riqqa chidolmay, bo‘kirib yubordi va meni dahshatli quchog‘idan birpasgina bo‘shatdi.
Fursatdan foydalanib, odatdagi botirligim bilan chopib, miltiqning oldiga bordim-da, qonxo‘r yirtqichga qarab o‘q uzdim. Yirtqich gupillab, qorga yumalab tushdi.
Ammo, bu bilan mendan falokat arimadi: o‘q tovushi mendan sal-pal nariroqda uxlab yotgan bir necha ming ayiqni uyg‘otib yubordi.
O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, bir necha ming ayig – a ! Ular hammasi to‘p bo‘lib, menga qarab yopirilib kelishaverdi. Nima iloj qilishim kerak edi? Yana bir minut o‘tsa, yirtqich hayvonlar meni dabdala qilib tashlashlari turgan gap edi. Shu on xayolimga juda ham g‘alati bir fikr kelib qoldi. Pichoqchamni olib, chopqillaganimcha o‘lik ayiqning oldiga bordim-da, terisini shilib ustimga yopinib oldim. Ha, shundoq, ustimga ayiq terisini yopinib oldim! Ayiqlar tevaragimni o‘rab olishdi. Hozir ustimdagi terini sidirib olib, meni parcha-parcha qilib tashlashlari aniq, deb titrar edim. Ammo ular meni iskab ko‘rishdi-da, ayiq deb gumon qilib, indamay birin-ketin yonimdan o‘tib ketaverishdi.
Tezda ayiqdaqa bo‘kirishni ham o‘rganib oldim va panjamni xuddi ayiqday so‘ra boshladim.
Ayiqlar menga juda ishonib qoldilar, men ham bundan foydalanishga qaror qildim.
Bir doktor menga gardanga yetkazilgan jarohat darrov o‘ldiradi, deb hikoya qilgan edi. Men oldiginamda turgan ayiqqa yaqinlashdim-da, pichoqchamni naq gardaniga sanchdim! Basharti ayiq sog‘ qolsa, meni o‘sha zahotiyoq parcha-parcha qilib tashlashiga sira shubham yo‘q edi. Toleyimga, ishim o‘ngidan keldi. Ayiq, hatto, bo‘kirishga ham ulgurmay o‘ldi-qoldi.
Shunda men boshqa ayiqlarni ham shu taxlitda o‘ldirmoqqa qaror qildim. Bunda men ortiqcha mashaqqat tortmadim. Garchi ayiqlar sheriklari yiqilib tushayotganini ko‘rib turgan bo‘lsalar-da, ularni men o‘ldirayotganimga fahmlari yetmas edi, chunki meni ham ayiq deyishardi.
Hash-pash deguncha bir necha ming ayiqni cho‘ziltirib tashladim.
Ana shunday qahramonliklar qilgandan keyin oshnam Fippsning kemasiga qaytib bordim-da, butun voqeani unga hikoya qilib berdim.
U menga yuzta eng azamat matroslarni berdi, men ularni muz tog‘iga boshlab ketdim. Ular o‘ldirilgan ayiqlarning terisini shilib, ayiqlarning son go‘shtlarini kemaga tashiyverdilar.
Son go‘shtlari shu qadar ko‘p ediki, kema joyidan siljiy olmay qoldi. Biz boradigan joyimizga yetolmay, uyga qaytib ketishga majbur bo‘ldik.
Ana shu sababdan kapitan Fipps Shimoliy qutbni kashf etolmagan.
Ammo biz unga achinmadik, chunki biz olib kelgan ayiq go‘shtlari juda ham mazali ekan.
Правообладателям!
Это произведение, предположительно, находится в статусе 'public domain'. Если это не так и размещение материала нарушает чьи-либо права, то сообщите нам об этом.