Текст книги "Бир бола бор"
Автор книги: Умида Абдуазимова
Жанр: Поэзия, Поэзия и Драматургия
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 3 (всего у книги 3 страниц)
ORZULI CHECHAK
Oyim va dadam urishib qoldi,
Eshik oldida turishib qoldi.
Ular jahlini bosa olmadim,
Eshik oldini to‘sa olmadim.
Dadamlar ketib, kelmadi uzoq,
"Oyi" topgandir balki yaxshiroq?
Oyim ham ketib, kelmadi uzoq,
"Dada" topgandir balki yaxshiroq?
Xo‘rsinib men ham o‘tirdim uzoq,
Oyim va dadam kuttirdi uzoq.
xlab qolibman, oyim kelibdi,
Endi ketmasmish, doim kelibdi!
Dadam ham keldi sovg‘alar bilan,
Uydan ketdi g‘am g‘ovg‘alar bilan.
Axir men shunday zo‘r boladirman,
Orzuli chechak, gul-loladirman.
Otam-onamga kelajakdirman,
Ular bilan shod kulajakdirman.
Hayot elchisi, pokiza xayol,
Dunyo davomin bilajakdirman.
YONIMDA BO‘LING
Oyijon, oyijon, jon, oyi,
Yonimda bo‘ling har on, oyi.
Yonimda bo‘lsangiz, o‘ynayman,
Siz kulib tursangiz, o`ynamayman.
Sho‘xligim ortadi, chopaman,
O‘zimga ovunchoq topaman.
Hayiqmay qolaman hattoki
Urishsa akam va opamdan!
Oyijon, oyijon, jo-o-n oyi,
Yonimda bo‘ling har on, oyi.
Yonimda bo‘lsangiz hurramman,
Tillari ham burro-burroman.
Bog‘chamda o‘ynayman, kuylayman,
Istagan so‘zimni so‘ylayman.
Aytaman, «O‘yinchoq bering, deb,
Biz bilan band bo‘lib yuring,»– deb.
«Ey bog‘cha opalar, Bir qarang,
Nimaga asablar ko‘p tarang?
Har kuni har turli kiyasiz,
Sumkangiz to‘ldirib qiya siz?
Nimaga biz bilan gaplashmay,
Qo‘shiqlar o‘rgatmay, ham shoshmay,
Bemalol bolishga yonboshlab,
Uyquni berasiz siz boshlab?
Savdogar yo ona topilar,
Yo uch-to‘rt dugona topilar,
Bir gapga tushsangiz qip-qizil
Bu lablar, Oh, qachon yopilar?»..
Oyijon, oyijon, jon, oyi,
Yonimda bo‘ling har on, oyi.
OMON U ZAMON…
Onamdan gapirma, – deb
Tutab ketardi Omon.
Onamning gapi to‘g‘ri,
Doim, – derdi u Zamon.
Endi esa onasin
G‘iybat qilar do‘stiga:
-Uydan chiqa olmayman,
Qarashib kam-ko‘stiga.
Tomdan o‘tin tashla, der,
Olov qala tandirga.
Gulni chop, olmani ter,
Qarashib yubor kirga…
Do‘sti eshitadi jim,
Dilda so‘zi aylanib.
Tutaqib ketmaydi kim,
Bundan unga shaylanib?
Onang mador bo‘lar deb,
O‘stirdi seni, bilsang.
Yashaydi g‘amingni yeb.
Sen esa minnat qilsang -
Qilgan har bir ishingni,
Bajargan yumushingni!..
Onang sen deb yashar-ku
Soz qilib turmushingni.
Bir o‘zi uchun emas,
Uning urinishlari.
Turmush chorrahasida
Yelib-yugurishlari!
Kim kimga g‘iybat qilar,
Ayting, o‘z onasini?
Bir kun eshitadi u
Farzandin ta'nasini!
BUVILAR
Oyim ishga ketsalar,
Javratmaymiz buvimni.
"Ro‘molcham yuv" desalar,
Ivitamiz sovunni.
Uy supurish, pol artish
Bizlar uchun ish emas.
Rost, biroz pala-partash
Hech kim qilmayman demas.
Singan choynak, kosani
Yashirishga ustamiz.
Buvim kirib qolsami?..
Yo‘q, birimiz "postda"miz!
"Xola-xolakam" o‘ynab,
Uyda to‘p ham tepamiz.
Qog‘ozdan qushlar yasab,
Don-dununi sepamiz.
Gilam usti shakar, tuz.
Qorishtirib tashlaymiz.
Buvim charchasalar tez
Quvnoq qo‘shiq boshlaymiz.
Qo‘shig‘imiz eshitib,
Buvijonim sevinar.
Bir-biriga o‘xshaydi
Hamma yaxshi buvilar!.
TONGDA
-Derazangni ochib sen,
Nimalar ko‘rding tongda?
-Ko‘zim qamashib ketdi,
Eng avval uyg‘onganda.
Keyin chiroqni ko‘rdim,
Nuri so‘nib qolibdi.
Jim quloq solib turdim,
Yomg‘ir tinib qolibdi.
Shovullagan daraxtda
Qushlar qo‘shiq aytardi.
Issiq mamlakatlardan
Turnajonlar qaytardi.
Bog‘dagi irmoqchamiz
To‘lib-to‘lib oqardi.
Oltin quyosh erkalab,
Bulutlarni yoqardi.
Toza havo, salqin yel
Kuchimga kuch qo‘shardi.
Keng hovlida chopqillab,
Mehnat zavqim oshardi.
-Shunchalar ko‘p narsalar
Ko‘rdingmi bir qarashda?
-Oyimlar non yoptilar,
Men ularga qarashdim.
ALLA
Alla jon, bolam,
Sen gulu lolam.
Tezroq katta bo‘l,
Mushtoqdir olam.
Yorqin kelajak
Seni kutajak.
Qo‘lingdan sening
Do‘stlar tutajak.
Toza qalbingga
Sevinch to‘lajak.
Oydin orzular
Senga bo‘lajak.
Erkatoyim-a,
Uxlab qolgin-a.
Yumshoq o‘rningda,
Orom olgin-a.
Bolajonginam,
Hayot elchisi.
Shirin umrimning
Sen davomchisi.
Mening hayotdan
Umidim bisyor.
Seni hayotda,
Ko‘rsam baxtiyor!
DO‘ST
Tanishlaring ko`p, ammo
Do‘stlaring-chi?
-Muammo!
Do‘stlaringni sanashga
Shoshma, bo‘lsin sinashta!
Do‘sting qarindoshingmas,
Varragin uchirtirgan.
Inshosin ko‘chirtirgan,
Yo, shaxmatda yutqazgan,
Vaqtingni hush o‘tkazgan.
Do‘sting-yondosh qo‘shningmas.
Do‘stbu sendan a`lodir,
Daf qilgay ne balodir.
Baxtli-baxtli kuningda,
Dardli-dardli tuningda.
Mushkul oson uning-la,
Yaxshi-yomon kuningda
Bizdan tez yetib borar,
Bag‘ring but etib borar…
Shunaqa!
Do‘st sinashda,
Shoshma, bo‘lsin sinashta!
MAQTANCHOQNING…
Maqtanchoqning uyiga bor,
Degan gap to‘g‘ri ekan.
Vaqtdan yutqazib yurgan
Rahmatjon o‘g‘ri ekan.
Ertadan to kechgacha
Maqtanib tinmas bola,
Uyiga bir kirsangiz,
Har bitta ishi chala.
Uy supursa, axlatni
Olmay tashlab qo‘yarkan.
Choy qaynatsa, choynagi
Esdan chiqib qo‘yarkan.
Izg‘ib yurar suvarak,
Idish-tovoq, gul tuvak,
Eh-he, turgan mung‘ayib,
Qator o‘yinchoq mayib.
Rahmatga rahmat demay
Qo‘ydik shu kundan boshlab.
Burnin tortib, to ishga
Kirishguncha ko‘z yoshlab.
O‘ZBEKCHA TUSH
Ustozim o‘z tilimda
So‘zlatar meni ravon.
Chunki o‘zbek tilida
So‘zlashar O‘zbekiston.
O‘zbek tili -Ona til,
Rus, nemis – jonona til.
Qaysi yurtda yashasang,
Shu yurt tilin hurmat qil.
Men ko‘p tilni o‘rganib,
Muomala qilaman.
Ammo kulsam, yig`lasam,
O‘z tilimni bilaman.
Enasoyning ertagi,
Go‘zal Oltoy chechagi,
Xun davridan G‘irotda
Kelgan tarix kechagi.
Bugunimni ortmoqlab,
Ertamga shoshiladi.
Borsa-qaytmas tomonga
Kelganini biladi.
O‘z tilimda o‘y surib,
O‘zbekcha tush ko‘raman.
O‘zbekman,-deb har yerda
G‘rurlanib yuraman.
KENG OLAM
Yerning usti, osmon osti
Uyimizdir, uyimiz.
Yo‘qotmoqlik kam-u ko‘stin
O‘yimizdir, oъyimiz.
Bu olamga har bir odam
Qo‘noq bo‘lsa, qo‘noq bo‘lsa,
Soz bo‘lardi barcha odam,
Inoq bo‘lsa, inoq bo‘lsa.
Urishmasdan, talashmasdan,
Yashayversak baxtiyor.
Yerning usti, osmon osti,
Kelmagaydir sira tor.
Qolib ketar axir bir kun,
Uyimiz ham oyimiz.
Ifor bilan doъstlar, u kun
Taralsin hush boъyimiz.
Do‘stlarim, deb aytdim sizni,
Do‘st bo‘lingiz menga ham.
Qo‘lni bering, kutar bizni,
Barchamizga keng olam.
SEN BO‘LGIM KELAR
Qirmizi olmalarni
Sevar edim, bolakay.
Pashmag-u holvalarni
Sevar edim, bolakay.
Yaxshilikning quli men,
Yaxshilikka o‘ch edim.
Kurash-umr yo‘li, men,
Yomonlikka duch keldim.
Yolg‘on gaplar umrimning
Egovidir, bolakay.
Yomon, yolg‘on kunlar teng,
Ikkovi bir, bolakay.
Senga havas qilaman,
Gullolasan, bolakay.
Oshkor yig‘lab, oshkora
Kulolasan, bolakay…
Yomonlikni ko‘rganda
Men-sen bo‘lgim keladi.
Agar yig‘lasang yig‘lab,
Kulsang-kulgim keladi.
Yaxshilikni ko‘rsam ham
Shunday xayol suraman.
Soxtalikmas, men senda
Soddalikni ko‘raman.
Oq-qorani bolakay,
Oson hal qilajaksan,
Shu sabab ham hur bo‘lib
Yashashni bilajaksan.
"TONG YULDUZI"
"Tong yulduzi","Tong yulduzi"
Bizning bobo gazetamiz.
Aql ko‘zi, ong yulduzi,
Bizning dono gazetamiz.
Sen do‘st bo‘lding ilm uqqan,
Ishchi-dehqon, boy-bekka ham.
Senda ilk bor she'ri chiqqan,
G‘afur G‘ulom, Oybekka ham.
Bir-bir o‘qib sahifangni,
Sir ham aytdik qulog‘ingga.
Sevib bordik ilm-fanni,
Aylandik chin o‘rtog‘ingga.
Har yil senga yozilamiz,
Ko‘nglimizni yoz qilamiz.
O‘zimizga do‘st bilamiz.
O‘zimiz ham zo‘r bo‘lamiz,
"Tong yulduzi","Tong yulduzi",
Yorit kecha-kunduzimiz.
"Tong yulduzi","Tong yulduzi",
Bizga hamroh yulduzimiz.
BUGUN QANDAY KUN?
Oltin rang yaproqlar chaladi qarsak,
Oltin rang quyosh ham boqadi kulib.
Oltin rang hislardan jo‘shadi yurak,
Shabnamga yuz chayib so‘rayman to‘lib,
Bugun qanday kun?
Oltin rang olma-yu, anjir, husayni,
Oltin rang kuzimiz ne’matlari bu.
Anor ham pishibdi, nokdan uzaymi,
Dilimni erkalar bir shirin tuyg‘u,
Bugun qanday kun?
Paxtalar ochilgan, durlar sochilgan,
Oq, oydin yo‘llardan yurib boraman.
Ona Yer tugunin bandi yechilgan,
Katta to‘y orzusin surib boraman,
Bugun qanday kun?
Odamlar shoshadi, toshadi hislar,
Ko‘chani to‘ldirib qo‘shiq oqadi.
Qomatlar tik endi, bukilmas tizlar,
Shu’lavor orzular qanot qoqadi,
Bugun qanday kun?
BARKAMOL AVLOD
Biz barkamol avlodmiz,
Otalarga qanotmiz.
Shodlantirib bobolar,
Ruhini barhayotmiz.
Dunyoni kuzatamiz,
Do‘stga qo`l uzatamiz.
Yer, suv, havo tabibi,
Buzilsa tuzatamiz.
Mard maydonda bellashar,
El bo‘lganga ellashar.
Halollik, kamollikka
Bunda hamroh el yashar.
Ilm-u urfon ulashib,
Yaxshilarni qo‘llashib,
Yashaymiz bir-birovga
Tinch-omonlik yo‘llashib.
Bola bo‘lib tillashar,
Baxt-saodat tilashar,
Yurtimiz otalari
Boshimizni silashar.
Niyatlari ulug‘vor,
Biz barkamol avlodmiz.
Baxt-u saodat quchib,
Yashar buyuk davlatmiz.
Yangi avlod naslimiz,
Go‘yo bahor faslimiz.
Oldda qilar ishlar ko‘p,
Orzu-havas asli biz.
Hur Istiqlol kashf etdi,
Bizlardek o‘g‘il-qizni.
Ilm-u ijod, mehnatda
Xursand qilamiz sizni.
Yashaymiz yayrab, jo‘shib,
Yomonlik yo‘lin to‘sib.
Bo‘y ko‘rsatar iqtidor
Biz bilan birga o‘sib.
Kelajak bizlarniki,
Yosh o‘g‘il-qizlarniki.
Yurtni obod etgaymiz,
Murodlarga yetgaymiz.
KATTA TANAFFUS
Uyg‘otadi saharlar nuring,
Tabiatda tarovat, yalla…
Yashash zavqin tuyar shuuring,
Go‘zalliging bamisli alla.
– Assalom, quyosh,
Hayotga qiyos…
G‘unchalarda o‘ynaydi shabnam,
Qushlar yangi qo‘shig‘in kuylar.
Qarshilaydi jonajon maskan,
Sog‘lik -tuman boylik,
deb so‘ylar.
Assalom, maktab,
Yurarman maqtab!
Katta quvonch – katta tanaffus,
Shodumonlik hamrohdir bizga.
Ishonch bo‘lsa, bizlar mangu do‘st,
Kelgin, do‘stim, shod davramizga!
Assalom, do‘stlik,
Charog‘on yuzlik!
Do‘stlikdadir haqiqiy tuyg‘u,
Ko‘rmagaymiz shu bois qayg‘u,
Shodligimiz cheki yo‘q ummon,
Assalom, Hayot,qo‘shiq, kuy, bayot!
TA‘TIL
Ta‘tiling boshlandi, bolakay,
O‘qishning ta‘tili bo‘lurmi asli?
Seningsiz xuvillab turar harqalay,
Jonajon maktabing butun yoz fasli!
Sog‘inching ko‘nglingga sig‘mayapti, rost,
Seni qir, dalalar, tog‘lar kutmoqda.
Shaftoli, o‘rik yo giloslar qiyg‘os,
Pishmoqqa chog‘langan bog‘lar kutmoqda.
Buyuk Vataningdan ayamay nurin,
Bobo Quyosh soldi tilla belanchak.
Uni yoz tebratib, to‘kkanda qo‘rin,
Arziydi nurlarga cho‘mib, bezansak.
So‘lim qishloqlarda ish qaynar biram.
Oldda kuz, qishgacha ulgurishadi.
Hatto asalari-yu, chumolilar ham
Tirikchilik, deya yugurishadi.
Bahor senga xalta berar,– deyishar,
Yoz uni to‘ldirishga berar harakat.
Qanotim deb seni behad suyushar
Dillarga yon bo‘lsang, bilsang, barakat!
Bolajon, uyg‘otar seni saharlar,
Buloq suvlariga chayilgan, tiniq.
Onang qanotiga kirgan mahallar,
Otangning yurakdan kulgani aniq.
Uzum toklari ostida so‘ri,
Barglarda bir nima yaraqlamoqda.
Sening kitobingni qushchalar qo‘rib,
Yozning shamollari varaqlamoqda.
Dalalar qo‘ynida yovvoyi gulga,
Uchib, qo‘nib o‘ynar nafis kapalak.
Sen shoshil, sen ochil,anvoyi dilga
Iforlar ufursa qovun, xandalak.
Ey, sen kelajagi tong osmoniday,
Nurli va musaffo bolajon, sevin!
Senga yozning o‘tli nafasi nonday,
Jonday qutlug‘ va muborak kelsin!
UYIMIZDA HYECH KIM YO‘Q
Uyimizda yo‘q hech kim…
Qo‘yimiz ma’rayapti.
Bizga suv berar kim?,-deb,
Eshikka qarayapti.
Bolamga bo‘ldi uch kun…
Mushuk voy-voylayapti.
Og‘zida bir-bir tashib,
Taxmonga joylayapti.
U yoq, bu yoqqa chopib,
Huriyapti kuchukcha.
Qumdan chuvalchang topib,
Hursand o‘rdak – tumshuqcha.
Ukam olmani archmay,,
Qo‘lin yuvmay yeyapti.
Akam dorisin ichmay,
Menga ham ber, – deyapti.
Katta akam panada
Chilimmi, nos chekyapti.
Opam egnin yanada
Kalta kesib, tikyapti.
Dadam oshkor, xovliqib,
Pivosini ichyapti.
Yangam suv sepmay hovli
Supurib, chang sochyapti.
Hamma o‘zini bu on,
Hech kim yo‘qdek bilyapti.
O‘zi xon, soya maydon,
Hohlar ishin qilyapti.
Men ularni oynadan
Kuzatib o‘tiribman.
Darak bo‘lmay oyimdan,
Havotirda turibman.
Chek qo‘yar kelib oyim,
Barcha tartibsizlikka.
Biz,
Mushuk,
Sochilgan qum…
Dadam ham turar tikka!
Правообладателям!
Это произведение, предположительно, находится в статусе 'public domain'. Если это не так и размещение материала нарушает чьи-либо права, то сообщите нам об этом.