Текст книги "PEDAGOGIKA"
Автор книги: J. Hasanboyev
Жанр: Прочая образовательная литература, Наука и Образование
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 10 (всего у книги 29 страниц) [доступный отрывок для чтения: 10 страниц]
Demak, Ona zaminimizda yashab o‘tgan ajdodlarimiz ilm-fanni puxta egallab. butun iymon-e’tiqodi biian bunyodkorlik ishlarining boshida turgan ekanlar. Bu borada nafaqat ulug‘ allomalar, balki davlat arboblari ham ilm-fan yutuqlariga tayanib. katta bunyodkorlik ishlarini olib borganlar.
Umuman olganda, «Agar fanni ulkan bir daraxt deb tasavvur qilsak. tadqiqotlar uning ildizini tashkil etadi. Zero, ildizqanchalik baquvvat, chuqur ketgan bo‘lsa, daraxt shunchalik barq urib vashnaydi. ko‘p hosil beradi». Yurtimizda ilmning baquvvat ildizlari azaldan mavjud bo‘lib, bugungi kunda bularga tayanib buyuk bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishga cheksiz imkoniyatlar mavjud. Hozirda yoshlarimiz uchun ilm olishga to‘liq imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan mamlakatlarda o‘z ilmiy salohiyatini oshirib kelmoqdalar yoki Vatanimizda yashayotgan xohlagan yoshlar uchun «INTERNET» orqali dunyoga chiqishning imkoniyati nihoyatda beqiyosdir. Bu borada ularni qo‘llab-quvvatlovchi avvalo muhtaram Birinchi Prezidenti miz bor.
Bu ulug‘ zotning yoshlar tarbiyasidagi shiori: «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!» dir. Shuning bilan birga «Mahalla», «Kamolot», «Sog‘lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug‘bek», «Umid», «Ustoz» jamg‘armalarining ta’lim– tarbiya sohasidagi ezgu ishlari, o‘sib kelayotgan avlodni ilmiy salohiyatli, jismonan sog‘lom va ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashga qo‘shayotgan hissalari ham bugun mamlakatimiz umumommasiga ma’lum va mashhurdir.
Hozirdagi mavjud xalqaro hayot jamiat taraqqiyotining shunday pallasiga ko‘tarilganki, bunda taraqqiyotni baquvvat harbiy yoki iqtisodiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, fikr, g‘oya, ta’limot va ular asosidagi ilg‘or texnologiyalar hal etadi.
Hozirdagi zamon ilmi, rivoji darajasi kishilarning iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy, aqliy, axloqiy, kasbiy saviyalari va faoliyatlari yo‘nalishlarida ham bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishga keng imkoniyatlar yaratib berdi. Ayniqsa, ilmiy-texnika ravnaqi, xususan axborot texnikalarining kishilik faoliyatining turli jabhalariga jadal sur’atlar bilan kirib borishi bunyodkorlik ishlarini qilishga kuchli turtki bo‘lmoqda.
Yoshlarimiz oldiga qo‘yilgan talablarga e’tibor berilsa va shu ketma-ketlikda ta’lim-tarbiya olib borilsa, muhtaram Birinchi Prezidenti miz I.A. Karimov orzu qilganidek, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» bo‘lishdan ezgu niyatlar amalga oshadi. Bu orzuni amalga oshirishda dastlab «Barkamol avlod orzusini», maqsadni quyidagicha ifodalab oldik: «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» – barkamol avlodni tayyorlashning qonuniy davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjati. Bunda, birinchidan, milliy dasturni to‘liq bajarishga erishish, ikkinchidan, butun xalqni mazkur ishga to‘liq jalb qilish, uchinchidan. umumommaning mazkur ishlarning mazmun-mohiyatiga tushunishiga erishish va nihoyat to‘rtinchidan, har xil fuqaroning belgilangan vazifalar bajarilishiga ishonch hosil qilishiga va bunda ishtirok etish istagini borligiga erishish.
Bizda «Barkamol avlod orzusini» ni amalga oshirishga zarur bo‘lgan asoslar mavjud. Ular:
– ajdodlarimiz orzusi;
– orzuga erishish maqsadi;
– orzuga erishish yo‘li va vositalari;
«Taraqqiyotning besh tamoyili»;
– «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun;
– «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»: «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (KTMD)ni amalga oshirish bosqichlari, uzluksiz ta’lim tarki– bi, uzluksiz ta’lim tizimi. KTMD milliy modeli;
– barkamol avlod tarbiyasining ma’naviy-ma’rifiy ildizlari;
– ta’lim-tarbiyani axborotlashtirishning yangi texnologiyalari;
– o‘quv rejalari va dasturlari;
– DTS;
– Mutaxassislik bo‘yicha tafsifnoma (kvalifikatsion xarakteris– tika).
Mazkur asosiarni e’tiborga olib. ilmiy bilishni deduksiva tamoyili asosida «Barkamol shaxs» ni shakllantirishga quyidagicha ifoda– lab o‘tdik. Bunda shaxs tarbiyasini rostlab turish maqsadida muntazam ravishda ilmiy-uslubiy ta’minotiga e’tibor berilib borildi va jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘zgarishlar bo‘yicha axborot ta’minotiga e’tibor qaratiiishi lozimligi aniqlandi.
Qo‘yilgan muammoning yechimini topishda quyidagi ishlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keldi:
– milliy g‘oyaning nazariy-tarixiy asoslari o‘rganilib chiqildi va ular Zardushtiylar ta’limoti, uyg‘onish davri ta’limoti, jadidchilik harakati namoyondalari ta’limotlari asosida uzluksizlikda (ketma-ketlikda) bitta tizimga keltirildi;
– milliy g‘oyaning tarixiy asoslarini e’tiborga olgan holda milliy-ma’naviy qadriyatiarni o‘rganish uchun «QADRIYATLAR» nomii kompyuterli tizim ishlab chiqildi;
– talabalarimizga bugungi kunda o‘qishda va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyat ko‘rsatishga Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqidagi ma’lumotlar bir tizimga keltirildi;
– bunyodkor va vayronkor g‘oyalar ta’riflari tayyorlandi va ular orasida talabada shakllanadigan burchlar va xislatlar ham yagona tizimga keltirildi;
– vayronkor g‘oyalar oqibatlari tasniflandi (sinflarga ajratildi, klassifikatsiya qilindi);
– yuqoridagi ketma-ketlikdagi ma’lumotlar asosida ma’lumotlar bazasi (bilimlar banki) tashkil etildi;
– ma’lumotlarni axborotga aylantirish mezoni ishlab chiqildi;
– tayyolangan axborotlarni kompyuterli tizimda ishlatish algoritmi ishlab chiqildi;
– «BUNYODKOR G‘OYALAR» no‘lli kompyuterli tizim tayyorlandi.
Mamlakatimizdagi ta’lim islohotlariga mos g‘oyaviy ta’lim-tarbiya ham «Taraqqiyotning o‘zbek modeli», «Kadrlar tayyorlash milliy dastur» lari asosida olib borilmoqda. Shuning bilan birgalikda, bu jarayon Milliy g‘oya (MG‘)ni talabalar qalbi va ongiga singdirishga, ta’lim-tarbiya, targ‘ib va tashviqotning samarali ilg‘or uslubiyatini, shakllarini, vositalarni ishlab chiqish, ularni hayotda amaliy joriy etishni taqozo etadi.
Bu yerda har bir fanni o‘qitish orqali MG‘ni talabalar ongiga singdirish yo‘llari, usullari va vositalari to‘g‘risida batafsil to‘xtala olmaymiz, faqatgina dastlab ushbu yo‘nalishdagi ta’lim-tarbiyani olib borishda ilgari surish mumkin bo‘lgan quyidagi bunyodkor g‘oyalar kategoriyalarini keltirib o‘tamiz:
– Vatanparvarlik – yurtga sodiqlik, ona zaminga sadoqat, xalqning ezgu niyat bilan yashashi, ulug‘ ajdodlarimiz qahramonliklari va olimlar zaxmatkash mehnati mahsuliningjahonshumul ahamiyati hamda davlat arboblarining yurt ravnaqi, xalq farovonligi, ma’naviyati, yuksalishidagi buyuk xizmatlari va shu kabilar orqali singdiriladi;
– Milliy iftixor boy milliy madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy, harbiy-siyosiy barkamol millatning davomchisi bo‘lishdek faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish orqali singdiriladi;
– Insonparvarlik – insonni ulug‘lash va sevish ya’ni Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida tasvirlangandek shaxs bo‘lishga va hadischi olimlar asarlaridagi komillikka erishish borasidagi tadqiqot natijalari hamda «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» no‘lli risolada qayd etilgan talablarga javob beradigan shaxsni tarbiyalash jarayonida maqsadga erishiladi;
– Mehnatsevarlik – o‘z oilasida, mahallasida, faoliyat ko‘rsatayotgan jamoasida, jamoa topshiriqlarini sidqidildan bajarish jarayonida amalga oshiriladi, ya’ni Vatan ravnaqi uchun xizmat qilishda ushbu kategoriya shakllana boradi;
– Ivmon-e’tiqodlilik – yuksak ma’naviy kamolotga erishishga intilish jarayonida shakllanadi:
– Halollik – hayotning barcha jabhalarida bunyodkorlik g‘oyasi bilan sug‘orilgan ishlarni amalga oshirishdagi faoliyat orqali erishiladi:
– Erkinlik baxtimiz qomusida belgilab berilgan qonun-qoidalar asosida ish tutib, jamiyat taraqqiyotining faol ishtirokchisi bo‘lish orqali erishiladi:
– Ma’naviy poklik – odamlarni halollikka, bag‘rikenglikka, mehr-shafqatli bo‘lishga va bu borada o‘zi ibrat-namuna ko‘rsatish orqali erishiladi;
– Odillik – atrof-tevarakda yuz berayotgan voqea va hodisalarga xolisona (haqqoniy) yondashish, kishilar haqqidan qo‘rqish, jaravonlar haqida to‘g‘ri fikrni ayta olish qobiliyatlari shakllanishi natijasida erishiladi;
– Baynalmilalchilik – millati. elati, xalqi, urf-odatlaridan qat’i nazar, umuminsoniy qadriyatlarni hamina narsadan ustuvor deb bilish orqali erishiladi:
– Tashabbuskorlik – bunyodkor g‘oyalarni amalga oshirish borasida, oilada, mahallada, jamoada. kishilar o‘rtasida ijobiy ishlar, tadbirlar tashkiiotchisi bo‘lish va o‘zi ham ishtirokchisi bo‘lish orqali amalga oshiriladi;
– Taraqqiyparvarlik – taraqqiyotning samarali bosqichlari uchun jonbozlik ko‘rsatish, Vatan ravnaqi haqida tinmay qayg‘urish va kishilarni bunday buyuk g‘oyalarni amalga oshirishga jalb qilish orqali amalga oshiriladi;
– Ijodkorlik – yangilik uchun kurashish, fan-texnikaning eng so‘nggi yutuqlarini tahlil qila bilish va undan o‘zining faoliyatida oqilona foydalanishga erishish, doimo o‘z ustida ishlash orqali erishiladi;
– Bilimdonlik – o‘zi egallagan sohaning ustasi bo‘lish va bunda dunyo bo‘yicha bo‘layotgan ilg‘or bunyodkor g‘oyalarni muntazam ravishda kuzatib borish orqali erishiladi;
– Onglilik – o‘zi qilayotgan ishlarga munosabatlari va ularning o‘z faoliyatida ahamiyatini tahlil qilish, mehnatga, ijodga va taraqqiyot yo‘nalishlariga sog‘lom fikr bilan qarash orqali erishiladi;
– Jismoniy kamolot – muntazam ravishda o‘z sog‘ligi va atrof– muhitning tozaligini saqlash orqali erishiladi.
MG‘ni talabalar qalbiga va ongiga singdirish SHAKLLARI hozirgi paytda quyidagi yo‘nalishlarda yaxshi natijalar bermoqda:
– yuqorida qayd etilganidek, turli fanlarni o‘qitish orqali;
– fan va ilmiy muassasalar hamda ularda yaratilayotgan darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy tavsiyanoma va ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali vositalar orqali;
– madaniy-ma’rifiy muassasalarda olib borilayotgan ommaviy tadbirlar orqali;
– adabiyot va san’at asarlari hamda ularning teatrlashtirlgan ko‘rinishlari, shuningdek, hujjatli filmlar orqali;
– hadis ilmidagi komillikka intilish g‘oyalarining bugungi hayotimizdagi talqini misolida;
– oila, mahalla, mehnat jamoalaridagi faoliyat orqali;
– jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha musobaqalarni (spartakiadalar, universiadalar va hokazolarni) tashkil qilish orqali;
– ommaviy axborot vositalaridagi ko‘rsatuv va eshittirishlar («Hidoyat sari», «Ziyo‘, «Ma’naviyat»…) orqali;
– nodavlat tashkilotlarning faoliyat yo‘nalishlari orqali.
MG‘ni talabalar qalbi va ongiga singdirish VOSITALARINI quyidagicha ifodalashni lozim topdik;
– ta’lim dargohidagi yoshlarni ularning yoshiga qarab MG‘ni singdirish bo‘yicha o‘quv dasturini yaratish;
– MG‘ni teran aks ettiruvchi o‘quv dasturlari, darslik, qo‘llanmalar va ko‘rgazmali qurollar yaratish;
– bugungi taraqqiyotni, oliyjanob orzu-umidlarimizni aks ettiradigan adabiyot, kino, musiqa va tasviriy san’at asarlarini yaratish;
– jismoniy tarbiya va sportga oid ommaviy tadbirlarni («Barkamol avlod orzusi» sport o‘yinlarini ko‘rigi, universiada, spartakiada va shu kabilar) uyushtirish:
– ta’lim-tarbiyaga informatsion texnikalarni (EHM masofaviy ta’lim, Internet kabilarni) qo‘llash:
– turli fanlarni o‘zlashtirishga qaratilgan ta’lim beruvchi, muloqotli dasturlar, kompyuterli tizimlar, avtolalashtirilgan tizimlarning MG‘ bilan sug‘orilgan variantlarini tayyorlash;
– ta’lim-tarbiyada jahonning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va joriy etish imkoniyatlarini yaratish;
MG‘ni talabalar qalbiga va ongiga singdirishning ilg‘or ta’lim texnologiyalarini yaratish.
MG‘ni talabalar qalbi va ongiga singdirish YO‘LLARI esa quyidagilardan iborat:
– talabalar ongida MG‘ni shakllantirish jarayonini uzluksiz, muntazam ravishda olib borish;
– muntazam ravishda professor-o‘qituvchilarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtira borishlariga erishish, bunda ilg‘or ta’lim texnologiyalaridan foydalanish;
– talabalarga ibrat-namuna bo‘la oladigan barkamol insonlar va davrimiz qahramonlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish;
– talabalarga ibrat-namuna bo‘ladigan barkamol insonlar, davrimiz qahramonlari obrazini yaratish orqali milliy g‘oyani ilgari surish;
– MG‘ga zid g‘oyalarning zararli mohiyatini ochib beruvchi adabiyot va san’at asarlarini yaratish:
– hadis ilmiga asoslangan poklik, mehr-oqibatlilik va hokazolar borasidagi ta’lim-tarbiya ko‘lamini kengaytirish;
– jismoniy tarbiya va sport orqali inson qalbida g‘alabaga ishonch, g‘ururva iftixor tuyg‘ularini shakllantirish;
– ta’lim-tarbiya jarayonida nazariy va amaliy darslarda ilmiy asoslangan sodda va samarali keng ko‘lamdagi ma’lumotlar berish:
– MG‘ni talabalar ongiga singdirishda ilmiy ko‘rgazmalikka e’tibor berish;
– o‘quv yurti bilan oila, mahalla va boshqa nufuzli tashkilotiar
o‘rtasida MG‘ning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va nufuzi borasida anjumanlar uyushtirish;
– MG‘ maqsad va vazifalari asosidagi bahs, munozara, davra suhbatlari, sahna ko‘rinishlari, bellashuvlar tashkil qilish;
– ommaviy axborot vositalari yordamida axborotlar oqimini muntazam ravishda kuzatib, tahlil qilib borish va kerakli joylarda ularning jamiyatimiz taraqqiyotiga ta’siri haqida chiqishlar qilish;
– MG‘ni talabalar ongiga singdirishga ularni MG‘ni targ‘ib– tashviq qilishga tayyorlashni ham e’tiborga olish;
– MG‘ni o‘rganganlik mezonini ishlab chiqish va joylarda ularni joriy qilish, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlarimizni «Vatan taraqqiyoti, yurt ozodligi. xalq farovonligi fidoyisi» deb e’lon qilib, rag‘batlantirish.
Demak, ta’lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida MG‘ning bosh va asosiy g‘oyalarini talabalar qalbi va ongiga singdirishning shakllari, vositalari, yo‘llaridan keng foydalanish shubhasiz o‘zining ijobiy samaralarini beradi va kelajak jamiyat laraqqiyotiga mos bo‘lgan MG‘ni o‘rganish va targ‘ib qilishning turli xil ilg‘or shakl lari, vositalari, usullarini kashf qilishga va hayotga tatbiq qilishga ilho‘llantiradi.
8.6. Milliy g‘oyani o‘rganish va targ‘ib qilish barchaning ishi
Vatanimiz mustaqqilligi bugun bizga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishdek buyuk maqsadni amalga oshirishda qatnashish – vatanparvarlik burchimiz ekanligini va bunday ezgu maqsadga erishishda g‘oyaviy tarbiyaning ilg‘or samarali vosita va usullarini ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish har qachongidan ham zarurligini ta’kidlamoqda. Shu sababli ham mazkur ishga milliy mafkura (MM)ni talabalar ongiga singdirish va ularni targ‘ib qilishga tayyorlanishning ilmiy asoslarini yoritishni maqsad qilib qo‘ydik.
Buni amalga oshirishda esa «Milliy g‘oya» no‘lli o‘quv fanini joriy etish ayni muddao bo‘ldi Ta’lim-tarbiya muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha mutaxassislar, oliy ma’lumotlilar va ziyolilar bugungi kunda kelajagimiz bo‘lmish barkamol avlod tarbiyasida, ayniqsa, milliy istiqlol g‘oyasi (MG‘)ni o‘rgatishda quyidagilarga alohida e’tibor bermog‘i lozim:
– MG‘ni targ‘ib qilishning ilg‘or. zamonaviy uslublaridan foydalanish va ularni yoshlar ongiga ta’sirini nazorat qilish;
– MG‘ni targ‘ib qilishda tevarak-atrofdan amaliy misollar keltirib, bahs-munozarani suhbat tarzida olib borish va suhbat oxirida ularda shakllangan bilimlarni eshitish, aniqlash hamda baholash;
– o‘qituvchi va talaba orasida o‘tkazilayotgan mashg‘ulot bo‘yicha umumiy hamfikrlilikni o‘rnatish. ommaviy axborot vositalaridan tarqalayotgan dunyoning muhim voqealari bilan bog‘langan holda, iloji bo‘lsa Internet tarmog‘idan olingan ma’lumotlar asosida ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishda g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik;
– tevarak-atrofimizdagi voqealar asosida talabalarda bunyodkor va vayronkor g‘oyalarning jamiyat taraqqivotiga salbiy va ijobiy ta’sirlarini singdirish. Bular asosida talabalar ongiga insoniylik xislatlarining shakllanganligini (anketa, savol-javob. insho yozdirish, taniqli olimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va shu kabi tadbirlar asnosida) aniqlash;
– talabalar qalbi va ongiga MG‘da aks ettirilgan bosh va asosiy g‘oyalarning insonparvar g‘oyalar ekanligini ko‘rsata bilish va shu asosda mustaqilligimizni avaylab-asrash va mustahkamlash Vatan oldida oliy maqsadimiz hamda burchimiz ekanligini singdirishimiz kerak.
MG‘ning asosiy maqsadi, birinchidan, xalqimizni buyuk kelajakka ishonch va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, ikkinchidan, jonajon vatanimizda yashovchi har bir insonni (ularning tili, dini, millatidan qat’i nazar) yagona maqsad. Vatan baxt-saodati yo‘lida vijdonan xizmat qilishga yo‘naltirish. uchinchidan. boy o‘tmish merosimizga, ya’ni ulug‘ avlod-ajdodlarimizga munosib bo‘lish. To‘rtinchidan. milliy qadriyatimizni va an’analarimizga munosib bo‘lishga erishish va nihoyat, beshinchidan, yuksak fazilatli barkamol avlodni tarbiyalash va ularni bunyodkorlik ishlariga jalb qilish hamda ona-Vatanimizni muqaddas deb bilish tuyg‘ularini mustahkamlashdan iboratdir.
Vatanimiz istiqlol mafkurasi xalqimizning asosiy maqsadi va
ezgu-tilaklarini ifodalaydigan, xalqlar tarixini kelajagi bilan bog‘laydigan buyuk g‘oyaviy qurolimizdir. Shu sababli ham MG‘ni ota-boboiarimizning qanchadan qancha qon to‘kishlari va boshqa turli mashaqqatli sa’y-harakatlari tufayli qo‘lga kiritilganligini yoshlar qalbi va ongiga singdirish, ularni turli reaksion oqimlar va guruhlarga qo‘shilib ketishidan saqlab qoiishda barcha fan o‘qituvchilari, ishchi va xodimlar, shuningdek, mahalladagi jamoalar ham mas’ul bo‘lishlari kerak.
Ular tomonidan «Ma’naviyat burchagi», «Ma’naviyat-ma’rifat xonasi». ko‘rgazmalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishga. ko‘rsatmalar, uslubiy tavsiyalar va MG‘ni o‘rganish va undagi turli fanlarni o‘rganishda foydalanish haqidagi takliflarni berib borish uchun «Takliflar va mulohazalar» qutichasi tashkil etish, bulardan tashqari turli ommaviy tadbirlar: davra suhbatlari («Men nechun sevaman O‘zbekistonni», «Mustaqil O‘zbekiston mafkurasi». «Birinchi Prezidentimiz – faxrimiz». «O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar mamlakati», «Boy o‘tmish merosimizga sodiq bo‘laylik», «O‘zbekiston – Vatanim manim» va boshqa shu kabilar); bahs-munozaralar («Mustaqillik bizga nima berdi?», «Mustaqillikni rmistahkamlashga men qanday hissa qo‘shdim?», «Baxtimiz qomusi – bizning himoyachimiz», «Qonun – ham qilich, ham qalqon». «Bugungi yoshlar dunyo bo‘ylab ilm olyaptilar», «Biz kecha qanday edik. Bugun qandaymiz, ertaga qanday bo‘lishimiz kerak?». «Milliy qadriyatlarimizga hurmat bajo keltira olyapmizmi?», «Men mustaqil davlat fuqarosiman, deb kirn aytishi kerak va qachon?» kabi mavzularda tadbirlar) o‘tkazish samara-natija beradi.
O‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar turli fanlarni o‘qitish jarayonini MG‘ni o‘rganishga vo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
8.7. «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyiliar» fanini o‘qitish haqida uslubiy tavsiyalar
Milliy mafkura yuzasidan mashg‘ulotlarni olib borish hamda mafkuraviy tarbiyani amalga oshirishda o‘quvchilarning yoshi diniy dunyoqarashi. shaxsiy psixologik xususiyatlarni hisobga olish
lozim. Buning uchun ushbu xususiyatlarining asosiy belgi va sifatlari haqida tegishli ilmiy ma’lumotlarni bilish talab qilinadi. Masalan, o‘quvchilarning yoshi, tafakkuri. idrok va qobiliyatlari darajasiga muvofiq ravishda tabaqalashtirilgan va bosqichma-bosqich ta’lim usullarini tanlash yaxshi samara berishi mumkin. Eng muhimi, mafkuraviy ta’limni shunday tashkil etish kerakki. O‘quvchilar ushbu mashg‘ulotlarda milliy istiqlol g‘oyasining hayotbaxsh kuchini, jozibasini chuqur his etib, uning mohiyatini teran darajada anglab yetsinlar.
Respublika ta’lim muassasalarida «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanini o‘qitishda ma’naviy yuksalishlar darajasini aniqlash, nazorat qilish mexanizmi nizomi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Mazkur nizomning ikkinchi bo‘lim, 2.1 bandiga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-4-sinflarida «Odobnoma», 5-6– sinflarida «Vatan tuyg‘usi»; 7-9-sinflarida «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fanlarini o‘zlashtirish asosida mustaqil o‘rganish va nazorat qilishning shakl va usullari bo‘yicha uslubiy tavsiyalar yaratildi.
O‘quvchilarning bu fanlardan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash mexanizmi ishlab chiqildi. Ushbu fanlar bo‘yicha mexanizm– da aks etgan dars shakllari, jumladan. «Sayohat», «Harakatli o‘vinlar», «Suhbat», «Bahs-munozara», «Davra suhbatlari», «Kichik guruhlar» tashkil etish, bayon, insho vozish, refaratlar tayyorlash hamda trening-mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlandi.
«Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fanini o‘tishda yangi pedagogik texnologiyalarning ilg‘or, ta’sirchan vositalari, innovatsion usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bular sirasiga asosan quyidagi noan’anaviy dars usullari kiradi:
1. Konferensiya darsi.
2. Seminar darsi.
3. Texnika vositalari yordamida dars o‘tish.
4. Badiiy o‘qish.
5. O‘ylab top («Evrika»).
6. Kasbga bogiab dars o‘tish.
7. Bahs-munozara, suhbat darsi.
8. Yozma ishlar olish.
9. Integratsiya.
10. Ilmiy-ommabop adabiyotlardan foydalanish.
«Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani mavzularini «Bahs-munozara» usulida o‘tishda quyidagi omillarga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:
• «Aqliy hujum» usuli
• Fikr va g‘oyalar to‘plami
• Fikr va g‘ovalarni guruhlashtirish
• Munozara o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar
• Tahlil
«Bahs-munozara» mashg‘ulotini o‘tkazish usuli:
1. O‘qituvchi bahs-munozara mashg‘ulotini o‘tkazish uchun mavzu tanlaydi va o‘quvchilarni bahs-munozarada faol ishtirok qilishga taklif etadi.
2. O‘qituvchi o‘quvchilarga mavzuni «aqliy hujum» usulida yechishni vazifa qilib yuklaydi va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi.
3. O‘qituvchi «aqliy hujum» vaqtida o‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikr va g‘oyalarni yozib borishni bolalardan biriga topshiradi. Bu bosqichda o‘qituvchi guruh qatnashchilarining har bir a’zosi o‘z fikrini erkin bildirishga sharoit yaratib beradi.
4. O‘qituvchi ikkinchi bosqichga o‘tishdan oldin qisqa tanaffus e’lon qiladi. Tanaffusdan so‘ng rnashg‘ulotning ikkinchi bosqichi boshlanadi.
5. O‘qituvchi o‘quvchilarning fikr, g‘oyalarini o‘tkazish orqali o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, vazifalarini amalga oshirib, quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni yanada mustaqkamlashga erisnadi:
Birinchidan, o‘quvchi «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasining ma’no-mazmunini chuqur o‘rganadi, bilimi yanada boyiydi, mustaqil dunyoqarashi, tafakkuri rivojlanib boradi;
Ikkinchidan. O‘zining fikrini erkin, mustaqil bavon etish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;
Uchinchidan. erkin tafakkur qilishi natijasida faolligi oshadi. Bunyodkorlik ishlariga ilho‘llantiruvchi omil, vositalarni bilib-o‘rganib boradi;
To‘rtinchidan, yangicha fikrlash, tashabbuskor va shiddatkor bo‘lish qobiliyatiga ega bo‘ladi;
Beshinchidan, qalbida mustahkam e’tiqod. mustaqil dunyoqarash asoslarini shakllantirish, rivoj lantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mustaqil mutolaa orqali malaka oshirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
– kasbiy mahoratni oshirish;
– metodik mahoratini oshirish;
– pedagogik va psixologik bilimlarni boyitish;
– milliy istiqlol g‘oyasi. ma’naviyat, ma’rifat masalalarini o‘qib– o‘zlashtirish, o‘quv jarayoniga tatbiq etish.
Mustaqil mutolaa jarayonida o‘qituvchi birinchi manbalar. xresto‘latiyalar, ma’lumotlar va boshqa adabiyotlar bilan ishlaydi. Birinchi navbatda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning mafkura, ma’naviyat masalalariga bag‘ishlangan asarlari, ma’ruza va nutqlarini o‘rganadi.
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. G‘oya va mafkura tushunchalarining mazmunini izohlab bering.
2. «Milliy mafkura» deganda nimani tushunasiz?
3. Milliy mafkuraning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
4. Milliy mafkuraning bosh va asosiy g‘oyalar ini tushuntirib bering.
5. Milliy mafkuraning asosiy g‘oyalari nimaga xizmat qiladi?
6. «Vatan ravnaqi» deganda nimani tushunasiz?
7. Yurt tinchligi nima uchun eng katta boylik hisoblanadi?
8. Xalq farovonligi nimaga asoslanadi?
9. G‘oyaviy bo‘shliq nima?
10. «Milliy g‘oya» deganda nimani tushunasiz?
11. Milliy g‘oyani singdirish vositalariga nimalar kiradi?
12. Milliy g‘oyaning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
13. «Bunyodkorlik» deganda nimani tushunasiz?
14. Bunyodkor g‘oyalar tushunchasini izohlah bering.
15. Bunyodkor g‘oyalarni singdirish yo‘llariga nimalar kiradi?
16. Bunyodkor g‘oyalarni singdirishda axborot texnologiyalarining rolini tushuntirib bering.
Test savollari 1. Komil inson bu…
A) O‘z vataniga halol xizmat qiluvchi kishi
B) O‘z xalqining ideallari uchun kurashuvchi kishi
D) Ozod shaxs, erkin fikr yurituvchi kishi
E) Barcha javoblar to‘g‘ri
2. Mafkura qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsati!gan?
A) Ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam g‘oyasi
B) Maqsad-muddao, manfaatlar yig‘indisi
D) Manfaatlar yig‘indisi
E) Ijtimoiy guruh, qatlam, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, maqsadlari, orzularini amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimi.
3. Milliy mafkuraning bosh g‘oyasi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Vatan ravnaqida. millatlararo totuvlikda
B) Yurt tinchligida, xalq farovonligida
D) Komil inson tarbiyasida
E) Barcha javoblarda milliy mafkuraning asosiy g‘oyasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan
4. Qaysi bir noan’anaviy dars usullari jarayonlarida «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fani o‘rganiladi?
A) Konferensiya, seminar darslari
B) Badiiy o‘qish, kasbga bog‘lab bahs-munozara darslarida, integratsiyada, konfrensiya, seminar darslarida
D) Ilmiy ommabop adabiyotlarini o‘rganishda
E) Axborot darslarida
Kimdaki aqldan biron satr bor. Umrin bir lahzasin o‘tkazmas bekor.
Umar Xayyom
Внимание! Это не конец книги.
Если начало книги вам понравилось, то полную версию можно приобрести у нашего партнёра - распространителя легального контента. Поддержите автора!Правообладателям!
Данное произведение размещено по согласованию с ООО "ЛитРес" (20% исходного текста). Если размещение книги нарушает чьи-либо права, то сообщите об этом.Читателям!
Оплатили, но не знаете что делать дальше?