Электронная библиотека » J. Hasanboyev » » онлайн чтение - страница 8

Текст книги "PEDAGOGIKA"


  • Текст добавлен: 13 февраля 2023, 16:22


Автор книги: J. Hasanboyev


Жанр: Прочая образовательная литература, Наука и Образование


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 8 (всего у книги 29 страниц) [доступный отрывок для чтения: 8 страниц]

Шрифт:
- 100% +

6-MAVZU: O‘QUVCHILAR JAMOASI – YAGONA PEDAGOGIK JARAYONNING ASOSIY SHAKLI

Reja:

1. Jamoa haqida tushuncha, uning xususiyatlari va vazifalari.

2. Jamoaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichlari.

3. O‘quvchi-yoshlar jamoasiga pedagogik rahbarlik.

Mavzuning maqsadi: o‘quvchilar jamoasi, uning turlari va vazifalari, o‘quvchilar va yoshlar jamoasining tuzilishi va tarkib topish mexanizmi bosqichlari haqida ilmiy tushuncha berish orqali o‘quvchi-yoshlar jamoasiga pedagogik rahbarlikni o‘rgatish.

Mavzuning vazifalari:

– jamoa va uning rivojlanish bosqichlarinini yoritish;

– jamoaning pedagogik vazifalari va funksiyalarini belgilash;

– jamoa turlari haqida tushuncha berish va o‘quvchilar jamoasiga pedagogik rahbarlikni uyushtirish va boshqalar.

Tayaneh ibora va atamalar: barkamol shaxs tarbiyasi, barkamol avlod tarbiyasini amalga oshirish bosqichlari, bakalavriat, magistratura, aspirantura, doktorantura, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar tayyorlash milliy modeli, jamoa, o‘quvchilar jamoasi.

6.1. Jamoa haqida tushuncha, uning xususiyatlari va vazifalari

«Jamoa» so‘zi lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma. omma. birgalikdagi majlis. birlashma, guruh ma’nolarini

anglatadi. Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, jamoa bu – kishilardan iborat guruh demakdir.

Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ish– latiladi. JBirinchidan, jamoa deganda kishilarning istalgan tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan, ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, xo‘jalik jamoasi va h.k.). Ikkkinchidan. jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, tarbiyalanuvchilarning birlashmasi o‘ziga xos muhim beigilariga egadir. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilar) borasida so‘z yuritamiz.

Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamovillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi ahamiyati to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki. mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhidan ajratib turadi.

Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi – intilishini o‘zaro birlik, uzvivlik, maqsadga muvofiqlik tashkil etadi.

Shu bois, jamoa hayotning bir (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalganligi uning yetakchi belgisi sanaladi.

Har bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi о‘rni va rolini baholay olish, umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatning birligini namoyon etadi hamda bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan birgalikda– gi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga ega.

Jamoa xususiyatini aniqlash kishilar guruhning yagona ijtimoiy tizimini oMnata olishdagi usuli, ya’ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a’zolari o‘rtasida ishchanlik, bir-biri uchun g‘amho‘rlik. O‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarlik hissi qaror topadi. Birgalikdagi faoliyat umum– jamiyat ishi uchun mas’uliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoaga hurmat hissining paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoa bilan munosabatda bo‘lish ehtiyojini oshiradi, jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro ruhiy yaqinlik, hissiy birlik (bir-birini yoqtirish), sispatiya yuzaga keladi. Ushbu munosabat, ko‘pincha, o‘z– o‘zidan paydo bo‘ladi hamda ular pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Ruhiy va hissiy birlik jamoa a’zolarning birgalikdagi faoliyatining mazmuniga, ular orasidagi hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir.

Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur tuzilma, bir tomondan, jamoa a’zolari qo‘yilgan ishchanlik munosabatlarini ifo– da etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi tarbiyachilar hamda jamoa a’zolari o‘rtasidagi mavjud boshqarish munosa– batlari mazmunini ifoda etadi.

Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma’naviy, psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil etuvchi ayrim a’zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. Tarbiyalanuvchi shaxsning jamoadagi o‘rni uning shakllanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga tashlangan o‘rinni egallagan holdagina u china– kam jamoa bo‘la oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy manfaatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lganda jamoa o‘zining chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.

Yashash joylarida o‘zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va inoq munosabat zaminida tashkil topgan bo‘lmasin, haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi. Chinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari o‘rtasida ijtimoiy ahamiyatli faoliyat, maqsad, ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabatlarni o‘rnata olishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga pedagogik rahbarlikning bo‘lishidir.

Shunday qilib, jamoa kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari o‘zaro birlik. a’zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo‘ysinish, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradi.

Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi. Namuna ko‘rsatish uni shakllantirish vositasi bo‘lib, uning yordamida jamoaning barcha yoki har bir a’zosini tarbiyalash yaxshi samara beradi. Jamoaning vetakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni hosil qilish, mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim hamda yangi turdagi ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish mas’uliyatli vazifa sanaladi. Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in – sinflar jamoalari sanaladi. Sinf jamoasi doirasida o‘quvchilar o‘rtasida mustahkam shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Bu bilan sinf jamoasi o‘z negizida maktab jamoasining shakllanishi uchun o‘ziga xos poydevor vazifasini bajaradi. Maktab jamoasi tarkibida o‘quvchilar jamoasi bu – ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni tashkil etish, shuningdek, umumiy saylov organlari va umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o‘zaro birlikka ega o‘quvchilar guruhidir. O‘quvchilar jamoasi pedagog-tarbiyachilar hamda bolalardan iborat. Jamoaning murakkab birlashmasi, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish jarayonini tashkil etuvchi mustaqil tizim, shuningdek, o‘zining psixologik muhitiga, an’analariga ega guruh hisoblanadi.

Demak, yuksak darajada o‘stirilgan jamoa o‘zida bir necha xususiyat belgilarini namoyon etadi. Ular quyidagilardir (6.1.1 – shakl).

6.1.1-shakl. Jamoani tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari.

6.2. Jamoaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichlari

Bir so‘z bilan aytganda, jamoa bolalarning bir guruhi emas, balki maxsus tashkil etilgan munosabatlar tizimidir.

Jamoa o‘z-o‘zini boshqarish va tartibga solish organlariga ega bo‘lib, ular barcha bolalarning va jamiyatning manfaatlarini ifodalovchi vakillardir. Jamoa maktab o‘quvchilarini umumiy maqsad, umumiy mehnat bilan hamda mehnatni umumiy tarzda tashkil etish bilan birlashtiradi.

Pedagog bolalar hayotini tashkil etishning shunday shaklini topish kerakki, uning yordamida barcha bolalar alohida olingan har bir shaxsga bir vaqtning o‘zida va bir xilda kuchli tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan bo‘lsin. Tashkil etilgan va muayyan an’analarga ega bo‘lgan jamoa pedagogning tashkil etilgan jamoa fikri yordamida barcha bolalarga va alohida olingan har bir bolaga ta’sir o‘tkazishga imkon beribgina qolmasdan, shu bilan birga. tarbiyachi yo‘q bo‘lgan vaqtda ham katta o‘quvchilarning kichik o‘quvchilarni to‘g‘ri tarbiyalashiga imkon beradi. Bolalar jamoasi metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilsa, katta tarbiyaviy kuch bo‘lib qoladi.

Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysinadigan uzoq muddatli, murakkab jarayondir. Jamoaning vujudga kelishi uchun to‘rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichida dastlab pedagog butun bir guruhga talab qo‘yadi, so‘ngra jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolariga talab qo‘yadi. butun jamoa alohida shaxsdan muayyan tarzda faoliyat olib borishni talab qiladi va nihoyat, shaxs o‘z-o‘ziga talab qo‘yadi. Ushbu jarayonni sxema tarzida quyidagicha bayon etish mumkin (6.2.1-shakl).

6.2.1-shakl. Jamoaning shakllanish tamoyillari.

Qo‘yilayotgan talablar mazmunidagi farq va jamoa rivojlanishi bosqichini aniqlovchi yorqin tashqi koMsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyat mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ijodiy hamkorligi a’zolarining xulq-atvor, axloqiy kamo– lot darajasini ko‘rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo‘ladi.

Jamoani shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonning mohiyatini inobatga olish zarur.

Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, chunki jamoaning bosqichlari chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay, pedagogik nuqtai nazardan jamoaning shakllanish bosqichlariga ajratish juda muhimdir.

Bolalar jamoasi rivojlanishning birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat pedagoglar tomonidan qo‘yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo‘lmay, balki tashkil etuvchi birlik (sinf, guruh)dir. Tarbiyalanuvchilar talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqali jamoa qaror topadi. Tarbiyalanuvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta-sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinadigan ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat birligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bo‘lishiga, tarbiyalanuvchi– lardan jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasidagi tajribalarga ega emasliklari bois, mazkur bosqichda pedagogning asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo‘ladi.

Ushbu bosqichda pedagogning talabchanligi, qat’iyligi, izchilligi, murosasizligi va jamoaning barcha a’zolariga talabni birday qo‘ya olishi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Bu vaziyatda o‘qituvchining «hukmdorlik» davri uzoq davom etishi mumkin emasligini, aks holda bir qarashdan intizomning vujudga kelganligi ma’lum bo‘lsada, guruh a’zolarining faolliklarini rivojlantirish uchun sharoitning mavjud emasligini hisobga olish zarur. Jamoa hayotining birinchi bos– qichida jamoa faollarining paydo bo‘lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday a’zolaridandirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar va pedagog faoliyati hamda talablariga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Faollar pedagogning yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar.

Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faoilarining pedagog talablarini qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘z navbatida uning o‘zi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiilanadi. Endilikda pedagogik jamoada paydo bo‘lgan va u bilan bog‘liq bo‘lgan muammo. masalalarni yolg‘iz o‘zlari hal qilmaydilar. Jamoa faol lari bilan maxsus tarbivaviy ish olib borish orqali bu ishga ularni jalb etadi. Jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi.

T’arbiyalanuvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrning muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini o‘quvchilar tomonidan muttasil rejalashtirishi, tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik. uni o‘tkazish hamda faoliyat natijalarni muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususiyatini ko‘rsatuvchi omillar sanaladi.

Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida faoliyat motivlari (rag‘batlari)ning paydo bo‘lishi. ijodiy hamkorlik va o‘zaro yordam rnunosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faoilarining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, namuna bo‘lishi, o‘z burchini aniq va puxta bajarishi hamda o‘z mavqelarini suiste’mol qilmasliklari juda muhimdir. Bu o‘rinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «Jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini eslab o‘tish joizdir. Jamoa faollari birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsada, ayni paytda uning o‘ziga oshirilgan talablarning qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.

Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuch jamoaning bir qismi xolos. Bordiyu jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa, jamoa faollari guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qo‘yish xavfi tug‘ilishi mumkin. Mazkur bosqichda jamoa moddiy va ma’naviy imkoniyatlarini to‘plab, mustahkamlanib va boyib borar ekan, shaxsning har tomonlama ulg‘ayishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni sekin-asta yaratib beradi.

Bu esa ikkinchi bosqichni – jamoa shaxsni har tomonlama kamolga yetkazishning obyektiv shakli asosida boshlashini taqozo etadi.

Bunda boshlang‘ich davr bekor ketmaydi, faqat salbiy jo‘shqinlikka emas, balki ijobiy jo‘shqinlikka ham ega bo‘ladi. Bir tomondan, u qiy inchi liklarga tayyorlanish imkonini beradi, bolada o‘z-o‘zini anglash va o‘zini idora qilishga intilishni tarbiyalaydi. Ikkinchi tomondan, bu bosqichni amalga oshirish kishini har tomonlama ulg‘ayishi uchun zarur bo‘lgan amaliy va ma’naviy munosabatlar tizimi vujudga keladi.

Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi jamoa faoliyatida anchagina sermahsul hisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniqlashicha, bu davrda butun jamoa «Ayrim o‘zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs» larga talab qo‘ya boshlaydi.

Jamoaga endilikda faqat faollargina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. Pedagog mazkur yo‘nalishdagi ishni maqsadga muvofiq va izchil olib borgan sharoitda ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu rrtaqsadda u yoki bu tadbir rejasini jamoaning birgalikdagi faoliyati yakuni uning a’zolari tomonidan jamoa bo‘lib muhokama qilinadi: turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy, g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va boshqa bilimlar targ‘ibi tashkil etiladi. Pedagog jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarini ijobiy tajribaga qo‘shish imkonini beradigan, o‘zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi. Jamoa o‘zining har bir a’zosida ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda shakllantirib borish, jamoa a’zofari orasida barqaror insoniy munosabatlarni tarkib toptirishga yordam beradi. Jamoada barqaror insoniy munosabatlarining yuzaga kelishining sababi – uning a’zolarini yuksak axloqiy mazmunga ega bo‘lgan ishlarni tashkil qilishda faol ishtirok etishlarining samarasidir.

Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichida ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu bosqichda faqat jamoa faoliyatini emas, balki jamoaning har bir a’zosi bir-birlariga axloqiy mazmundagi talablarni qo‘ya boshlaydi.

Jamoa rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi. Bu bosqich uchinchi bosqichning bevosita davomi bo‘lib, uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan talablar asosida o‘z-o‘zlariga talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish mumkinki, har bir bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga muayyan talablar qo‘yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo‘yilgan har bir talab o‘ziga xos yo‘nalishi (masalan, o‘yinda umuminsoniyat baxti uchun kurashishga intilish o‘rtasidagi farq) bilan ajralib turadi. Xuddi shu jihatdan to‘rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo‘ya ol ish lari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojiga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga o‘sib o‘tadi. Biroq, u ayrim shaxsning yanada rivojlanishida jamoaning tutgan o‘rnini pasaytirmaydi. To‘rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldidagi istiqboli, yuksak va murakkab talablar qo‘yish uchun qulay sharoit yaratiladi:

Bugungi kunda pedagog olimlar bolalar jamoasi rivojlanishi jarayonini tahlil qilar ekan. uni quyidagi ikki bosqichga bo‘ladi:

• jamoani dastlabki jipslashtirish;

•jamoani shakllantirish – uning har bir a’zosini individual rivojlantirishning asosidir.

Jamoa hayotidagi har bir bosqichni ajratib ko‘rsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning yetakchi ahamiyatini ta’kidlaydi.

Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki jihatlariga katta ahamiyat bergan edi. U jamoada shakllangan quyidagi eng muhim belgilarni ajratib ko‘rsatgan edi:

1. Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyorligi;

2. O‘z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun g‘ururlanish asosida o‘z qadr-qiymatini anglash;

3. Uning a’zolari o‘rtasidagi do‘stona birlik;

4. Jamoaning har bir a’zosidagi do‘stona birlik;

5. Tartibli, ishchan harakatga yo‘llovchi faollik;

6. O‘z hissiyot va so‘zlarini boshqara olish ko‘nikmasi.

Jamoaning rivojlanishi – jamoa hayotining qonunidir. Xo‘sh, bolalar jamoasining olg‘a harakat qilib borishiga nima yordam beradi? Uning rivojlanishiga nima imkon beradi? Bunday kuch istiqboldir. Hayot shuni ko‘rsatadiki, kishining kelajakka umid va ishonch bilan intilishi, hayotiy istiqbolini yurtimizning taqdiri bilan bog‘lab, mustaqil diyorimizning bugungi jamiyat sharoitida ma’naviy va ma’rifiy qiyofasini yaratishda hissa qo‘shgan kishi va jamoa tobora shakllanib, rivojlanib boradi.

Bu intilish va hayotiy istiqbolda kishining ma’naviy va madaniy ehtiyojlarining jami, uning rivojlanganlik darajasi, butun ma’naviy qiyofasi aks etadi. «Istiqbolning eng muhim pedagogik xususiyatlaridan biri shuki, degandi A.S.Makarenko, u oldin– ga qo‘yilgan maqsad sifatida bolani istagan natijaga erishish imkoniyati bilan qiziqtiradi, unda kelajakni barpo etishda qatnashish istagini uyg‘otadi. Quvnoq kayfiyat va olg‘a intiluvchilikni vujudga keltiradi».

Pedagogik nuqtai nazardan istiqbol deganda, shaxsning bolalar guruhini. umuman jamoani rivojlantirishning ichki ehtiyojlariga javob beruvchi, uning a’zolarini rivojlanish darajasiga, ularning yosh va individual xususiyatlariga hamda jamiyatimiz vazifalariga mos keladigan vazifalar, maqsadlar, ishlari tushuniladi.

Jamoani vujudga keltirish va talaba-yoshlarni tarbiyalash maqsadi bilan tashkil etiladigan istiqbollar ularning hammasi uchun xarakterli bo‘lgan ayrim umumiy xususiyatlarga ega bo‘ladi:

1. Bevosita bolalarning qiziqishiga hamda vazifani bajarish uchun birgalikda jamoa bo‘lib kurash olib borishning quvonchli manzarasiga asoslangan ishlarning maroqli bo‘lishi;

2. Ishlarning ijtimoiy foydali qiymati va ularning butun xalqimiz olib borayotgan kurash bilan bog‘liqligi;

3. Istiqbol uchun kurashning borishini aniq tashkil etish;

4. Talaba-yoshlarda konkret axloqiy sifatlarni tarbiyalashda pedagogik maqsadga muvofiqlik.

Har xil istiqbollarni tashkil etishdagi asosiy metodik usul bolalarni birorta istiqbolga erishish uchun kurashga tayyorlashdan iboratdir. Bu tayyorgarlikka ish rejalari, loyihalar va boshqalarni muhokama qilish kiradi. So‘ngra istiqbol sari harakat qilishga yordam beradigan amaliy ish bajarilishi lozim. Bu ish jamoani tashkil etish va jipslashtirish jarayonidagi eng muhim bosqichlaridan biridir. Shunga erishish kerakki. barcha yoshlar umumiy faoliyatda ishtirok etsin va bu ishtirok etish faol, ijobiy xarakterga ega bo‘l sin.

Topshiriqlarni jamoaning barcha a’zolari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash bolalarni qiziqarii ishlarni bajarishga jalb qilishning asosiy yo‘lidir. Bolalarning aql-idroki emas, balki ularning xis-tuyg‘ulariga ham ta’sir ko‘rsatish uchun har qanday ish aniq tashkil etilishi, chiroyli jihozlanishi kerak. Ayniqsa, bayramlarni chiroyli va tantanali qilib tashkil etmoq kerak. Bu bayramlarda ota-onalar va mehmonlar ishtirok etsa, bayram davomida bolalar mukofotlansa, musobaqa yakunlari e’lon qilinsa, yaxshi bo‘ladi. Bolalarning tayyorgarlikda jamoa maqsadiga erishish jarayoniga jalb qilishning tarbiyaviy ahamiyati shu jihatdan kattaki, bu yo‘l bilan bolalarni maqsadga qaratilgan jamoa axloqiy xulq-atvorini egallashga mashq qildirish uchun shart-sharoit yaratiladi.

Jamoa hayotining me’yori umumiy maqsadga intilishga va qiziqarii ishlar bilan shug‘ullanishga emas, balki jamoada bolalar o‘rtasidagi munosabatlar usuliga, ularning tevarak-atrofdagi vaziyatga bo‘lgan munosabatlariga, jamoadan tashqaridagi aloqalariga ham bog‘liqdir. Har bir talaba-yoshda o‘z jamoasi uchun faxrlanish tuyg‘usini, shaxsiy qadr-qimmat hissini tarbiyalash zarur. Mazkur usul va uslublar jamoani shakllantirishga asosiy yo‘l va vosita sifatida asos bo‘ladi.

Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qo‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi.

Yagona talab bolalarning dars jarayonidagi tanaffus, jamoat joylari hamda uydagi xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi. Puxta o‘ylab qo‘yilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi o‘quv muassasasida muayyan tartibning o‘rnatilishini ta’minlaydi.

Pedagoglar tomonidan qo‘yiladigan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi:

1. Qo‘yilayotgan talablar ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish bilan qo‘shilishi kerak;

2. Qo‘yilayotgan talablar muayyan o‘quv muassasasidagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim;

3. Qo‘yilayotgan talablar aniq bo‘lishi kerak:

4. Talaba-yoshlarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart.

Xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda ancha murakkab ish, o‘quvchilar talablar mohiyatini yaxshi anglashi mumkin, biroq aksariyat hollarda rioya qilmaydilar. Shu bois, muntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulq-atvorni odatga aylan– tiradi.

Talablarning qo‘yilish jarayonida ularga ta’lim oluvchilarning amal qilish ustidan nazorat o‘rnatishi lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi. Nazorat haqqoniy va muntazam bo‘lishi kerak. Uning natijalaridan talaba-yoshlarni ogoh etib borish lozim.

• Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda faollarni tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liq. Har bir o‘qituvchining jamoani shakllantirish borasidagi harakati jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi.

Jamoa faollarini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi.

Ishonchli, ishchan faollarni yaratish uchun o‘qituvchi talabalar faoliyatini, ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulq-atvorini kuzatib borishi har bir talabaning ijtimoiy faoliyatini tashkil etish layoqatini aniqlashi zarur. Jamoa faollarini shakllantirishda talabalarning jamoadagi obro‘sini inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o‘zlari, albatta, pedagog ishtirokida va rahbarligida tanlasa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Pedagog jamoa faoli bilan maslahatlashib, olib boradi. Jamoa faoilarining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifa yuklash, ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish lozim. Pedagog ayni shu faolga oshirilgan talab qo‘yadi. Talabalar jamoasida faol rahbarligida o‘z-o‘zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. Shu bois, pedagog faolni maqsadga muvofiq ish yuritishini nazorat qilib borishi lozim.

Talabalarning obz-o‘zini boshqarish – bu pedagoglar tomonidan tashkil qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda talabalarni faol ishtirok etishidir. O‘z-o‘zini boshqarishning shakl lari orasida jamoa a’zolarining yig‘ilishi, konferensiyasi hamda turli komissiyalar faoliyati muhim o‘rin tutadi.

• Talabalar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoa an’analari – bu barqarotiashgan odat bo‘lib, ularni jamoa a’zolari birdek qo‘llab-quvvatlaydilar. Jamoa an’analari mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.

Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi:

1) Kundalik faoliyat an’analari;

2) Bayram an’analari.

Kundalik faoliyat an’analari talabalarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam) hamda mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi. Bayram an’analariga turli voqea-hodisalar bilan bog‘liq sanalarni nishoniash, xususan, «Mustaqillik bayrami», «Navro‘z bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar kiradi. An’anaviy bayramlar o‘quv muassasalarda turlicha o‘tkaziladi. Talabalar an’analar mohiyatini anglasalar. ularga nisbatan ongli munosabatda bo‘lsa, tadbirning ta’sir kuchi yuqori bo‘ladi.

An’analarni yuzaga kelishida talaba-yoshlarning unga nisbatan munosabati katta ahamiyatga ega. Shaxs va jamoa o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi borasida quyidagi andozaning yaratilishi ta’minlanadi (6.3.1-shakl).

6.3.1-shakl. Shaxs va jamoa o‘rtasidagi munosabatlar.

Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosaga kelish mumkin:

1. Jamoa kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, umumiy maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Jamoa o‘zida bir necha xususiyat (belgilar)ni namoyon etadi.

2. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysinadigan, uzoq muddatli, murakkab dinamik jarayon bo‘lib, ko‘pchilik pedagoglarning e’tirof etishlaricha, to‘rt bosqichli jarayonda qaror topadi.

3. Jamoani shakllantirish o‘ziga xos metodika asosida amalga oshiriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qo‘yilishi jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.

Jamoaning mustahkam bo‘lishi a’zolari o‘rtasida o‘zaro yordam, hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1. «Jamoa» so‘zining та’nosini tushuntiring.

2. «Jamoa orqali tarbiyalash» deganda nimani tushunasiz?

3. Jamoaning tuzilishi necha qismdan iborat bo‘ladi?

4. Jamoani tashkil etishning о‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

5. «Jamoaning rivojlanish bosqichi» deganda nimani tushunasiz?

6. «O‘quvchilar jamoasi» tushunchasini izohlab bering.

7. Jamoaning shakllanish tamoyillarini jadvalda ко‘rsating.

8. Jamoaning rivojlanish bosqichi necha qismdan iborat bo‘ladi?

9. Jamoani tashkil etishning та ‘nosini tushuntiring.

10. Istiqbol deganda nimani tushunasiz?

11. Jamoaning faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga nimalar kiradi?

12. «Jamoa an ‘analari» deganda nimani tushunasiz?

13. Shaxs va jamoa о‘rtasidagi munosahatni izohlang.

14. Shaxs va jamoa o‘rtasidagi munosabatlar shaklini chizmada ко‘rsating.

Test savollari

1. Jamoa an’analari 2 ta bo‘ladi. Bular qaysilar?

A) Kundalik faoliyat B) Qonunda belgilangan bayramlar

D) Qadimiy bayramlar E) A va В javoblar to‘g‘ri

2. Jamoa so‘zining ma’nosi nima?

A) Omma, yig‘ilma B) Xalq, yig‘im

D) Omma, xalq E) Jamiyat, birlashma

3. Jamoada tarbiyalash va jamoa munosabatlariga katta e‘tibor qaratgan olim.

A)Makarenko B) Ushinskiy

D)Suxo‘llinskiy E) Vigotskiy


Nafing agar xalqqa beshak durur, Bilki, bu naf o‘zunga ko‘prakdurur.

Alisher Navoiy

Внимание! Это не конец книги.

Если начало книги вам понравилось, то полную версию можно приобрести у нашего партнёра - распространителя легального контента. Поддержите автора!

Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8
  • 0 Оценок: 0

Правообладателям!

Данное произведение размещено по согласованию с ООО "ЛитРес" (20% исходного текста). Если размещение книги нарушает чьи-либо права, то сообщите об этом.

Читателям!

Оплатили, но не знаете что делать дальше?


Популярные книги за неделю


Рекомендации