Текст книги "PEDAGOGIKA"
Автор книги: J. Hasanboyev
Жанр: Прочая образовательная литература, Наука и Образование
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 9 (всего у книги 29 страниц) [доступный отрывок для чтения: 10 страниц]
7-MAVZU: TARBIYANING UMUMIY METODLARI
Reja:
1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Ularning maqsadi, mazmuni va tasnifi.
2. Tarbiyada ibrat-numana ko‘rsatishning tutgan o‘rni.
3. Tarbiyada rag‘batlantirish va jazolash metodlari.
Mavzuning maqsadi:
Tarbiya metodlari, tarbiya metodlarining maqsadi va vazifalari, tamoyillari hamda xususiyatlari, tarbiya metodlarining turlari va shakllari haqida ilmiy tushuncha berish orqali o‘quvchi-yoshlarda jamoaga uyushish va shakllanganlik darajasini belgilash.
Mavzuning vazifalari:
– tarbiya metodlari va ularning maqsad-vazifalari hamda turlari haqida tushunchalar berish;
– tarbiya metodlarini qo‘llashda o‘quvchilarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari, tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liqligini aniqlash;
– tarbiya metodlarining shaxsni shakllantirishdagi o‘rnini aniqlash va boshqalar.
Tayanch ibora va atamalar: tarbiya metodlari, tarbiya metodlarining turlari, ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar, odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodlari, tarbiyada rag‘batlantirish va jazolash metodlari.
7.1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
Ularning maqsadi, mazmuni va tasnifi
Tarbiya metodlari – pedagog-o‘qituvchilarning o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo‘ Ilaridir.
Tarbiya metodlari bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish maqsadi bilan belgilanadi va tarbiya jarayoniga taalluqli ko‘pgina tarbiyaviy ta’sirlarni o‘z ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tomonidan ta’lim muassalari oldiga har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxsni tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi.
Tarbiya metodlari bu o‘qituvchi (tarbiyachi) va jamoa tomonidan g‘oyaviy va ma’naviy e’tiqodlarini, ma’naviy his-tuyg‘u va odatlarni tarkib toptirish maqsadida qo‘Uaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llari demakdir.
Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiya metodlari barkamol shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanish– ning muhim shartlari hisoblanadi.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan tarbiya jarayonini olib borganda turli xil usul va metodlarni qo‘llaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, tasnif qilish zarurligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib guruhlarga ajratish mumkin (7.1.1 – shakl).
Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir o‘qituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta o‘zlashtirib olishi maqsadga muvofiqdir.
Birinchi guruh metodlarining vazifasi o‘quvchining ijtimoiy ongi– ga hayot, axloq, mehnat qilish munosabatlari qoida va me’yorlari haqida tushuncha hosil qilish va bilim berishdan iborat. Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar shaxsning e’tiqodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga aylanadi.
Ikkinchi guruh metodlari yordamida o‘quvchida ma’naviy mazmunga oid odatlar hosil qilinadi. O‘quvchi xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq ma’naviy odatlar asosida, faoliyat zamini– da tarkib topadi.
Faoliyat o‘quvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchi guruh metodlari orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli vazifalaming bajarilishi, ya’ni ijtimoiy xulq– atvor me’yorini ifodalash, u yoki bu faoliyatda qatnashib, bajarilishi zarur bo‘lgan aniq bir vazifani amalga oshirish, u yoki bu harakatni olib borishga undovchi bo‘lishi mumkin.
Talablar bevosita yoki bilvosita qo‘yilishi mumkin. Bevosita talablar qat’iy buyruq yoki ko‘rsatma, ishchanlik, yo‘l-yo‘riq beruvchi tavsifdagi ko‘rinishda bo‘ladi. Bilvosita talablar kechinma, intilish tuyg‘usini uyg‘otishi ko‘zda tutilgan holda maslahat, iltimos. ta’na qilish, faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘otish tarzida namoyon bo‘ladi. Talablar o‘quvchida u yoki bu darajaja ong, asos. maqsad hamda e’tiqod mavjudligini nazarda tutadi. Ayni vaqtda o‘qituvchi o‘quvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablarning me’yorida bo‘lishiga qat’iy ahamiyat berishi lozim. Bevosita va bilvosita talab o‘rtasidagi asosiy farq quyidagi chizmada ko‘rsatilgan (7.1,2-shakl).
7.1.2-shakl
O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan talablar bora-bora jamoat talabiga aylanadi. Jamoat talabi ijtimoiy fikr tarzida namoyon bo‘ladi. Jamoa (jamoatchilik) fikri o‘zidajamoaning muayyan faoliyati, voqea-hodisaga nisbatan beriladigan bahona yoki muhokama natijasini ifodalaydi va faol ta’sir kuchi bo‘lib qoladi.
Foydali faoliyat va maxsus tashkil qilinadigan vazifalar jarayonida ijobiy xulq-atvor va xarakterlarga o‘rgatib boriladi.
O‘rgatish – bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish maqsadida o‘quvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir.
Xo‘sh, inson ongi va u borliqni, atrof-muhitni anglashi uchun qanday faoliyat darajasiga yetishi kerak?
Inson ongi – uning idroki, aql orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni fahmlash asosida ma’naviy istiqbolli faoliyat darajasidir.
Aql kishining o‘z idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni anglash va ularga o‘z faoliyatida ma’naviy-insoniy nuqtai nazardan amal qilishdir.
Uchinchi guruh metodlariga shunday metodlar kiradiki. Bularda tarbiyalanuvchilardagi ijobiy xulq-atvorni rag‘batlantirish, salbiy xislatlarni tuzatish yoki oldini olish, ularning his-tuyg‘ulari va maqsadlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishda foydalaniladi. Ushbu guruhga rag‘batlantirish va jazo berish kabi metodlar kiradi.
7.2. Tarbiyada ibrat-namuna ko‘rsatishning tutgan o‘rni
Ibrat tarbiyasi insonni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bu ayniqsa, mashhur yunon mutafakkirlari – Aflotun va Arastuning nomi bilan bog‘liq pandnomalaridan keng o‘rin olgan. Jumladan, Sharq mam– lakatlarida Aflotunning Arastuga, Arastuning Iskandarga nasihati va vasiyatnomalari yaxlit asar sifatida tarqalgan. Arastuning ayti– shicha, tarbiyachining o‘zi tarbiya ko‘rgan, insoniy fazilatlarni egallagan bo‘lishi darkor. «Shuni bilginki, – deydi Arastu, – ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi odam o‘zi tarbiya ko‘rmagan bo‘lsa, boshqalarni tarbiya qilolmaydi. Xulqi yaxshi kishi boshqalarni yaramas, va iflos ishlarga boshlay olmaydi. Agar sen o‘z o‘quvchingni tarbiyalamoqchi bo‘lsang, avval o‘z ruhingni yaxshilashdan boshla. Mabodo o‘zgalar aybini bartaraf etmoqni ixtiyor etsang, bundan oldin o‘z nafsingni nuqson va illatlardan tozalashing zarur. Ammo ko‘zi ojiz bo‘lgan kishi qanday qilib ko‘rga yo‘l ko‘rsata oladi? Xor va tuban kishi boshqalarga obro‘ va qadr-qimmat ato qila oladimi?»
Bulardan tashqari Sharq mamlakatlarida axloq va ta’lim-tarbiyaga oid «Ro‘shnoinoma», «Qobusnoma» Farididdin Attorning «Pandnoma» si, Ubayd Zakoniyning «Sad pand» kabi asarlari keng tarqalgan. Ilk o‘rta asrlarda Arastu va uning izdoshlarining risolalari arab tiliga tarjima qilindi va ularning ta’limotlari al-Kindiy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Umar Xayyo‘l, Nasriddin Tusiy, Jomiy, Navoiy va boshqa Sharq faylasuflari tomonidan o‘rganildi va boyitildi.
Demak, bugungi yoshlarimizning kamoloti va unga mos dunyoqarashi muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib borishida ibrat– namunaning o‘rni beqiyosdir. Bu, o‘z navbatida, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot yaratuvchilarining ongli a’zolarini tayyorlash– ni kafolatlaydi.
Rag‘batlantirish metodlari-o‘quvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni ko‘zda tutadi. Rag‘batlantirish quvonch, qoniqish, qanoat– lanish kechinmalarini paydo qiladi, tetiklik va g‘ayrat bag‘ishlaydi, o‘z kuchiga ishonchni mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni rag‘– batlantiradi, o‘z faoliyati va xulqiga mas’uliyatini oshiradi. Rag‘batlantirish metodlari xilma-xil bo‘lib, ular tarkibiga ma’qullash. Ko‘ngil ko‘tarish, dalda berish, ishonch bildirish. qayd qilish, og‘zaki va yozma tashakkur bildirish, mukofotlash va boshqalar kiradi.
Rag‘batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo‘llanilishi lozim. Har qanday rag‘batlantirish o‘quvchining jamoa oldidagi chinakam xizmatlariga muvofiq bo‘lishi lozim. Rag‘batlantirish vaqtida o‘quvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan o‘rnini hisobga olish va u ketma-ket bo‘lmasligi kerak. Haddan oshirib maqtash, jamoaga nisbatan taqqoslash talabchanlikni bo‘shashtirib yubo– rish, bular o‘quvchida man-manlik, xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Rag‘batni tashkil etishda o‘quvchining muvaf– faqiyati bilan birga uning jamoadagi o‘rni, axloqiy qiyofasi, shuningdek, mehnatga. Jamoa topshiriqlariga, jamoaning o‘ziga munosabati borasidagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi.
Jazo berish metodlari – bu o‘quvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo berish axloq me’yorlariga qarama-qarshi faoliyat va xatti-harakatlarni muhokama etishni ifodalaydi. Jazo berish noma’qul xatti-harakatlarning oldini olish, axloqni tuzatishi, jamoa oldida uyalishi, o‘zini gunohkor deb bilish hissini uyg‘otishi mumkin. Jamoa tomonidan yoki uni qo‘llab-quvvatlashi asosida jazo berish metodlari ham xilma-xil bo‘lib, ular jumlasiga tanbeh berish, koyish, uyaltirish, qizartirish, xatti-harakatlarni jamoa o‘rtasida muhokama qilish, muayyan faoliyatdan chetlatish va boshqalar kiradi.
Jazo berish ham pedagogik talablarga amal qilish zarur. Berilayotgan jazo maqsadga muvofiq bo‘lib, o‘quvchilarning aybiga, salbiy xatti-harakatiga qarab berilishi lozim. Jazo berish chog‘ida salbiy xatti-harakatning sabablari uning jamoaga yetkazadigan zarari, o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish lozim.
Jazo berish o‘quvchining manfaatlaridan kelib chiqmasligi yoki uning uchun xizmat qilmasligi lozim. Jazo jamoa tomonidan ham berilishi mumkin. Barcha hollarda ham o‘quvchini jismoniy va ruhiy azobga solmasligi, uni tahqirlanmasligi, sha’nini yerga urmasligi, huquqini poymol etmasligi kerak.
Tarbiya metodlari sharoitni, vaqtni, shuningdek, o‘zaro bir-biriga ta’sirini hisobga olgan holda qo‘llash maqsadga muvofiq tarbiya metodlari, tarbiya vositalari bilan juda yaqin aloqada hatto, bir-biriga singib ketgan bo‘lsada, ular bir-biridan farq qiladi. Tarbiya vositalariga tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil qilingan faoliyat turiga kiradi.
O‘yin, o‘quv mehnati, sport va boshqa faoliyat turlari shunday vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari tarbiya jarayonida turli predmetlar, moddiy va ma’naviy madaniyat namunalari, axborot hamda texnik vositalardan ham tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi. Chunonchi, ko‘rgazmali-o‘quv qurollari, badiiy-ilmiy adabiyotlar, san’at asarlari, radio, televideniye, kompyuter, magnitofon, slayd, shuningdek, kishilar ham tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya metodlaridan foydalanishni taqozo etadi, chunki ular yordamida ong, his-tuyg‘u. xulq-atvor tarkib toptiriladi. O‘quvchining turli ko‘rinishdagi faoliyati uyushtiriladi.
Bugungi kunda tarbiya jarayonida axborot va texnika vositalaridan foydalanishga alohida diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Ulardan maqsadga muvofiq va samarali foydalanish o‘quvchilarning ma’naviy kamol topishiga olib keladi.
Tarbiya jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilgan yosh avlodni. har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari o‘zaro o‘xshash jihatlariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi. Tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan tarbiya vositalari metodlar ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Tarbiya metodlari deganda nimani tushunasiz?
2. Tarbiyaning qanday metodlari bor?
3. Rag‘batlantirish metodi nima va uning qanday turlari mavjud?
4. Jazolash metodi va uning turlarini tushuntirib bering.
5. Tarbiya jarayonida metodlar nima uchun qo‘llaniladi?
Test savollari 1. Tarbiyaning usullarini ayting.
A) Maslahat. ko‘rgazmalilik, tushuntirish
B) So‘z orqali ifodalash, rag‘batlantirish, ko‘rgazmalilik, amaliy namuna
D) Jazo, rag‘batlantirish
E) Mas’uliyat, ko‘rgazmalilik
2. Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?
A) Ma’muriy ehtiyoj va qiziqtirish
B) Insoniy fazilatlarni tarkib toptirish
D) Har tomonlama ma’naviy rivojlanganlik, aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirsh
E) A va В javoblar to‘g‘ri
3. Xalq pedagogikasida qanday tarbiya usullari mavjud?
A) Tushuntirish, odob-axloq, tarbiya
B) Tushuntirish, namuna, nasihat
D) Qoralash, urishish, jazo
E) To‘g‘ri javob yo‘q
4. Tarbiyani demokratiyalash bu…
A) Tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish
B) Tarbiyalanuvchilar o‘rtasidaga o‘zaro ishonch
D) Bolalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish
E) O‘quvchilar bilan o‘qituvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatish
5. Jazoning turlari?
A) Tushuntirish, tanbeh berish
B) Uyaltirish, urishish
D) Ogohlantirish, tushuntirish
E) Hamma javob to‘g‘ri
6. Jazo nima?
A) Bolalarga tanbeh berish
B) Bolalarni noto‘g‘ri qilgan ishi uchun izza qilish
D) Ogohlantirish
E) Bolalarning noto‘g‘ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish
7. Maktabda bolalarni rag‘batlantirishning nechta turi qo‘llaniladi?
A) 5 ta B) 8 ta
D) 9 ta E) 7 ta
8. Tarbiya metodlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Rag‘batlantirish va jazo
B) Ogohlantirish, tanbeh berish, uyaltirish,
D) So‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmalilik, amaliy namuna, rag‘batlantirish va jazo
E) O‘rgatish, ogohlantirish, o‘qitish
Faqat bir ezgulik bor -
bu bilim va faqat bir yo‘lonlik
bor – jaholat.
Suqrot
8-MAVZU. TALABA-YOSHLARNI MILLIY MAFKURA RUHIDA TARBIYALASH
Reja:
1. G‘oya va mafkura tushunchalari
2. Milliy istiqlol mafkurasining mazmun-mohiyati
3. Milliy mafkuramizning bosh va asosiy g‘oyalari
4. G‘oya va mafkuraning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni
5. Barkamol avlod tarbiyasi va uni talabalar ongiga singdirishning zamonaviy axborot texnologiyalari
6. Milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganish va targ‘ibot qilish barchaning ishi
7. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanini o‘tish haqida uslubiy tavsiyalar
Mavzuning maqsadi:
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini tarbivalashning nazariy, ilmiy asoslari va metodlari haqida nazariy bilimlarni berish hamda ularda bu g‘oyalarni tashviqot-targ‘ibot qilish malakalarini shakllantirish.
Mavzuning vazifalari:
1. G‘oya va mafkura tushunchalari haqida ilmiy tasavvur paydo qilish.
2. Ularning mazmun-mohiyatini ochib berish.
3. G‘oya va mafkuraning inson va jamiyat hayotidagi o‘rnini ko‘rsatish.
4. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining amaliyotga tatbiq etish malakalarini shakllantirish.
Tayanch ibora va atamalar: g‘oya, mafkura, milliy mafkura, milliy mafkuraning mazmun-mohiyati, milliy mafkura g‘oyalari, bunyodkor g‘oya, milliy g‘oya targ‘iboti, milliy mafkuraning bosh va asosiy g‘oyalari, vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik.
8.1. G‘oya va mafkura tushunchalari
Insoniyat tarixi – g‘oyalar tarixi. G‘oya – inson tafakkurining mahsuli. Milliy g‘oya esa millat tafakkurining mahsulidir. Milliy g‘oya – inson va jamiyat hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuyidir.
Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari. maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu– intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir.
Har qanday tushuncha fikr va qarash ham milliy g‘oya bo‘la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr o‘ziga xos bir qarashdir, ijtimoiy fikr esa, voqelikka nisbatan o‘zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. G‘oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug‘ilganda esa butun bir davrni tarixga aylantiradi.
Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda ikki kuch: bunyodkorlik va buzg‘unchilik g‘oyalari hamisha o‘zaro kurashadi.
Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Mazmun va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. Masalan, diniy g‘oyalar, ilmiy g‘oyalar, falsafiy g‘oyalar, ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar, milliy g‘oyalar, umuminsoniy g‘oyalar va boshqalar.
Yuqorida qayd qilingan g‘oyalarning har birini pedagogik nuqtai nazardan asoslash mumkin. Ya’ni, mazkur g‘oyalarning har biri inson, tabiat va jamiyatning o‘zaro uyg‘unligini munosabatlar, hamkorliklar va tarbiyaviy ishlarning o‘zaro bog‘liqligida amalga oshiradi va namoyon bo‘ladi.
Misol tariqasida ilmiy, g‘oyalar – fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan turli fan
sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalarini tashkil qiladigan ilmiy fikrlar deb ta’riflanadi.
Ta’rifning mohiyatiga chuqurroq e’tibor bersangiz, pedagogik qoida-qonunlarning barcha talablari shu yerda mujassam ekanligini anglaysiz. Bu esa fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksiz ekanligini, ta’limiy, tarbiyaviy ishlar esa bu taraqqiyotni harakatga keltiruvchi bosh omil ekanligini dalillaydi.
8.2. Milliy istiqlol mafkurasining mazmun-mohiyati
Milliy istiqlol mafkurasi o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o‘tmishi va kelajagini bir-biri bilan taqqoslaydigan asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimidir.
Milliy mafkuraning asosiy mohiyati xalqimizning azaliy an’analariga. udumlariga, tiliga, dirtiga mos g‘oyalar asosida odamlar ongiga kelajakka ishonch, mehr-oqibat. insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini singdirishdan iboratdir. Milliy mafkura avvalambor, o‘zligimizni. muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ta’kid– lashicha, «O‘zbekiston islohotini qurmoqchi bo‘lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta, o‘z milliy g‘oyasiga suyanishi va tayanishi kerak. Tarbiyaviy axloqiy masalalarda, ma’naviy hayotda kerak boisa milliy manfaatlarimizga mos keladigan siyosatni izchil olib borishda o‘z yo‘limizni yo‘qotmasligimiz uchun g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymasligimiz darkor».
Milliy mafkura birinchidan. O‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart.
Ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo‘lgan hilmaxil fikrlar va g‘oyalar, erkin qarashlardan. har qanday toifa va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, ularning barchasini yagona milliy hudud atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya-mafkura bo‘lishi kerak.
Uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o‘xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik; ularni kamsitish kayfiyati va qarashlardan mutlaqo xoli bo‘lib, qo‘shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatidagi xalqaro maydonda o‘zimizga xos, o‘zimizga mos obro‘ poydevor bo‘lishi darkor.
To‘rtinchidan, milliy g‘oya birinchi navbatda o‘z avlodlarini vatanparvarlik. El-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur».
Beshinchidan, u vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog‘lab turishga, o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimizning boqiy merosiiiing munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak.
Milliy g‘oya nafaqat shaxslarni, balki butun xalqni yuksak taraqqiyot sari yetaklaydi.
Milliy g‘oya – sadoqat ruhida tarbiyalash, ular qalbida insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizga yo‘l ochuvchi g‘oyadir.
Milliy g‘oya xalqning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi va uni o‘zida ifoda etadi.
«Sodda qilib aytganda, – deydi I.A.Karimov, – jamiyatimizning mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo‘lishi. oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bexatar, tinch-omon, farovon, badavlat turmushga erishish uchun g‘ayrat manbayi bo‘lishi lozim».
Demak, milliy istiqlol mafkurasi o‘z mohiyati va mazmuniga ko‘ra mustaqillikning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’naviy asoslarini mustahkamlar ekan. Milliy istiqlol mafkurasi O‘zbekistonni kelajakda buyuk davlatga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan ulkari vazifalarni ijro etishda mamlakatimiz xalqlari va millatlarini safarbar etadi, bir so‘z bilan aytganda milliy istiqlol mafkurasi:
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratik talablarga asoslanadi:
– xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas merosidan oziqlanadi;
– adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g‘oyalari hamda xalqimizning ishonch va e’tiqodini aks ettiradi;
– Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi;
– jamiyata’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi;
– millati, tili va dinidan qat’i nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va o‘zaro hurmat tuyg‘usini qaror toptiradi.
Milliy mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, jamiyatning sog‘lom ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z muddaolariga erishish uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo‘lib kelgan.
8.3. Milliy mafkuramizning bosh g‘oyasi va asosiy g‘oyalari
Milliy mafkuraning bosh g‘oyasida ozodlik tushunchasining ustuvor va yetakchi o‘rinda turishi Vatan mustaqilligini barcha orzu– intilishlarimiz, amaliy faoliyatimiz va yorug‘ kelajagimizning asosi ekanidan dalolat beradi.
Milliy mafkuraning asosiy g‘oyalari xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasidan kelib chiqadi va o‘zining ma’no-mohiyati, falsafasi, jozibasi bilan uni xalqimizning qalbi va ongiga yanada chuqurroq singdirishga harakat qiladi.
Milliy mafkura o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini mustahkamlashni, Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlashni ko‘zda tutadi. Bunday ulug‘vor vazifani bajarish har bir fuqarodan erkin fikrlash, Vatan taqdiri, istiqloli
uchun mas’ullikni his qilishni talab etadi. Erkinlik bo‘lmagan joyda mas’uliyatsizlik, loqaydlik vujudga keladi.
Vatan ravnaqi. Vatan insonning kindik qoni to‘kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan, hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir. Vatanning ravnaqi, avvalo uning farzandlariga va ularning ahvoliga bog‘liq. Bu esa har bir yurtdoshimizning o‘zining ma’naviy kamoloti uchun yuksak mas’uliyatini his etishga, o‘z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib yashashga da’vat etadi.
Milliy g‘oya hech qachon Vatandan tashqarida ildiz otmaydi va rivojlanmaydi. Vatanning ravnaqiga xizmat qilmaydigan g‘oya hech qachon milliy g‘oya bo‘lolmaydi. Bugungi kunda jamiyatimizda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotganini. Xalqimizning iqtisodiy qudrati ortayotgani, xalqimizning ma’naviyati boyib, ilmiy salohiyati yuksalayotgani vatan ravnaqi asosi bo‘ladi.
Yurt tinchligi – bebaho ne’mat, ulug‘ saodatdir. Yurt tinchligi – barqaror taraqqiyot garovidir. O‘zbek xalqi tinchlikni yuksak qadrlaydi, uni o‘z orzu-intilishlari, maqsad-muddaolari ro‘yobga chiqishining kafolati deb biladi.
Yurt tinchligi – Vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Birovga qaram bo‘lgan xalq hech qachon erkin va farovon yashay olmaydi. Shuning uchun mustaqillik va tinchlikni asrash, mamlakatimizni tajovuzkor ko‘chlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz lozim. Yuksak ma’naviyat, siyosiy madaniyat, millatning g‘oyaviy va mafkuraviy yetukligi – yurt tinchligini saqlashning muhim omilidir.
Xalq farovonligi – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islo– hotlarning oliy maqsadi – xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratishdan iborat. Ya’ni, islohot inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak. Jamiyatimizda har qanday yangilanish, har qanday o‘zgarish mohiyatida ana shu ezgu maqsad mujassamdir. Milliy istiqlol mafkurasi mohiyat-e’tibori bilan fuqarolarimizda «har qanday inson va oila badavlat bo‘lsa, jamiyat va davlat ham kuchli va qudratli bo‘ladi», degan tushunchani tarbiyalashga xizmat qilmog‘i lozim.
Milliy g‘oyaning eng oliy maqsadi, vazifalari o‘z xususiyatlariga ega. Uning oliy maqsadi – yurtimizda obod va ozod Vatan, erkin va farovon hayot, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida xalqimizni jipslashtirish, kishilar ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik hissini kamol toptirish. komil insonni voyaga yetkazish, fuqarolarimizda mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib qolaveradi.
Komil inson. Erkin fuqarolik jamiyatini ma’naviy barkamol, ezgu g‘oyalari, hayotiy e’tiqodi bo‘lgan insonlargina bunyod eta oladi. Shuning uchun yangilanayotgan jamiyatimizda sog‘lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish. ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak darajaga ko‘tarish orqali barkamol insonlarni voyaga yetkazishga e’tibor qaratilmoqda.
Millatlararo totuvlik. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Millatlararo totuvlik g‘oyasi umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Bir jamiyatda yashab yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elat vakillariga mansub kishilarni o‘zaro hurmat va hamjihatlik ruhida tarbiyalash – istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda, milliy istiqlol mafkurasi xalqning, jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsad-muddaolarini amalga osha borganligi, taraqqiyot tajribalari ortgani sari boyib, takomillashaveradi.
8.4. G‘oya va mafkuraning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni
G‘oyaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati juda muhim falsafiy-pedagogik masaladir. Inson o‘z g‘oyalarini yaratadi, ulardan kuch-qudrat oladi. O‘zi yaratgan g‘oyalar insonning ongi va shuurini, tafakkuri va e’tiqodini egallab. uning sohibiga aylanadi. Yuksak g‘oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari yetaklaydi. G‘oyasi yetuk. e’tiqodi butun. qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko‘rsata oladi.
Har bir xalqning tarixi shu xalqdan yetishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va fidoyi insonlar tarixi asosida bitiladi. Xalqimizning Shiroq va To‘maris, Spitamen va Muqanna, Temur Malik va Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Bobur Mirzo kabi mard far– zandlari – buyuk g‘oya sohiblaridir.
Ming yillar o‘tsa ham buyuk ajdodlarimizning matonati va qahramonligi xalqning xotirasidan o‘chmaydi, chunki ular yuksak g‘oyalar – Vatan ozodligi, el-yurt baxt-saodatligi, ilmu urfon rivoji yo‘lida jon fido qilganlar.
Muayyan bir g‘oya dastlab biron-bir shaxsning ongida paydo bo‘ladi. Ayni paytda u yuksak ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgan, jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettirgani bois umuminsoniy haqiqatga aylanadi.
Jahon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan nazariy ta’limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-zakovat, iste’dod va teran tafakkur sohiblari mislsiz zahmat chekkanini ko‘ramiz. Suqrot va Aflotun, Konfutsiy va Zardusht, Alisher Navoiy va Mahatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati buning yaqqol tasdig‘idir. Ularning har biri o‘z davrida o‘zi mansub bo‘lgan xalqni birlashtiradi– gan ulkan g‘oyalarni yaratish asnosida tarbiyaga, inson faoliyatini shakllantirishga doir qator pedagogik fikrlarni ham o‘rtaga tashlaganlar. Mazkur g‘oyalarga tayanib bunyodkorlik yo‘lida, ezgu maqsadga erishish uchun hormay-tolmay mehnat qilganlar va o‘zgalarni ham shu yo‘lga bag‘ishlaganlar.
8.5. Barkamol avlod tarbiya g‘oyasini talabalar ongiga singdirishning zamonaviy axborot texnologiyalari
Mustaqillik tufayli hozirda O‘zbekiston deb atalmish vatanimizning nafaqat Sharqda, balki butun jahonda sivilizatsiya beshiklari dan biri bo‘lganligini dunyo tan olmoqda. Bunga misol qilib xalqaro YuNESKO tashkiloti tomonidan Amur Temur, Mirzo Ulug‘bek. Abu Ali ibn Sino, al-Farg‘oniy. Forobiy, at-Termiziy, Imom Buxoriy kabi yetuk mutafakkir ota-bobolarimizning tavallud sanalarini yoki Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 villigini yoki «Alpomish» dostonining 1000 yilligini, yoki «Avesto no‘lli muqaddas kitobning 2700 villiklarini o‘tkazishdagi hamkorliklarini keltirishimiz mumkin.
Ajdodlarimizning ilmiy salohiyati va bunyodkorligi haqida Muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirishni lozim topdik: «Eramizgacha va undan key in qurilgan murakkab suv inshootlari. shu kungacha ko‘rku-fayzini, mahobatini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan. eng qadimiy tosh yozuvlar. bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinalarida saqlanayotgan 20 000 dan ortiq qo‘lvozma. ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olamiz».
Правообладателям!
Данное произведение размещено по согласованию с ООО "ЛитРес" (20% исходного текста). Если размещение книги нарушает чьи-либо права, то сообщите об этом.Читателям!
Оплатили, но не знаете что делать дальше?