Электронная библиотека » J. Hasanboyev » » онлайн чтение - страница 7

Текст книги "PEDAGOGIKA"


  • Текст добавлен: 13 февраля 2023, 16:22


Автор книги: J. Hasanboyev


Жанр: Прочая образовательная литература, Наука и Образование


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 7 (всего у книги 29 страниц) [доступный отрывок для чтения: 8 страниц]

Шрифт:
- 100% +

5-MAVZU: TARBIYA JARAYONI MOHIYATI VA MAZMUNI. TARBIYA TAMOYILLARI

Reja:

1. Tarbiya jarayoni tushunchasi va tuzilishi.

2. Tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, maqsad va vazifalari hamda o‘ziga xos xususiyatlari.

3. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari, qoidalari va tamoyillari.

Mavzuning maqsadi:

Tarbiya jarayoni tushunchasi va tuzilishi, tarbiya jarayoni mohiyati, tizimi hamda uning qonuniyatlari, tarbiya tamoyillari va unga qo‘yiladigan talablar tasnifi to‘g‘risida ilmiy bilim berish orqali yoshlarda kasbiy malakalarni va sifatlarni rivojlantirish.

Mavzuning vazifalari:

– tarbiya jarayonining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish;

– tarbiya jarayoni tizimi va uning qonuniyatlarini o‘rganish;

– tarbiya tamoyillari va tasnifini ochib berish:

– tarbiya jarayonida har bir o‘quvchi shaxsining shaxsiy munosabat hamda yosh xususiyatlarini hisobga olish va ta’sir ko‘rsatish.

Tayanch ibora va atamalar: tarbiya tushunchasi, tarbiyaning tasnifi, tarbiya usullari, tarbiya maqsadi, vazifalari, tarbiyalanganlik, komil inson, tarbiya metodlari, metod tushunchasi, tarbiyaning maqsadi, vazifalari, tarbiyalanganlik, komil inson, kadr, mutaxassis, zamonaviy tarbiya mazmuni, tarbiya maqsadining aniqligi, bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati, o‘z-o‘zini anglash. Tarbiyaning yo‘naltiruvchanligi, ixtiyoriy tarbiya qonuniyatlari, tarbiya qoidalari, obyektiv va subyektiv omillar, demokratik tamoyil, faoliyat va munosabat birligi, ehtiyoj, ijtimoiy munosabat, faoliyat.

5.1. Tarbiya jarayoni tushunchasi va tuzilishi

Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari va tashkil etilishi masalalarini o‘rgatadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayon mazmunini ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, etika, estetika, fiziologiva, psixologiva kabi fanlar ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda maktabshunoslik bilan uzviy bog‘liq.

Tarbiya jarayoni shaxsning muayyan maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi tarixiy-ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boruvchi faoliyat jarayonidir. Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Аl hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». Ushbu likrlardan xulosa chiqarsak, shaxs tarbiyasi xususiy emas, balki ijtimoiy-milliy ilmdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy eti– shi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlarida, chunonchi, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» no‘lli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.

Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.

Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy. axloqiy. ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan hissiyotlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi.

Demak, tarbiya ijtimoiy hodisa bo‘lib, insoning shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qad– riyatdir.

Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki faoliyatni – o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongi shakllanib boradi. His-tuyg‘ulari rivojlanadi. Ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabati, bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirish emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qanday anglashni baholashi, his qilishni anglashi e’tiborga molikdir. Ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganligini bilishi zarur. Bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoada– gi munosabatlar jarayonida murakkablashib boradi. Tarbiya jarayoni o‘quvchining ongini emas, balki his-tuyg‘ilarini ham o‘stirib borishi, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan huquqiy malaka va odatlarni hosil qilishi lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongiga, hissiyotiga va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilay-

Di, ularni ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.

Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini – tarbiya jarayonining manbasini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Tarbiya jarayonida ichki va tashqi qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lib, u bevosita tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, qarama-qarshiliklar kuchayadi.

Tarbiya jarayonida uning maqsadi. shakli, vositalari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi (5.1.1-shakl).

5.1.1-shakl

Tarbiya jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy shakli

Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli beqiyosdir.

5.2. Tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, maqsad va vazifalari hamda o‘ziga xos xususiyatlari

Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yon– dashish bilan muvaffaqiyatli tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin. Shaxsning xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o‘zaro mustahkam bog‘langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, balki yaxlit tarzda rivojlanadi. Bola o‘sib va rivojlanib borgan sari tarbiya vazifalari murakkablashib. chuqutiashib, tabaqalashib boradi.

Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga qaratilgan jarayonda quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:

a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashish, reja va amal birligi hissini uyg‘otish:

b) o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlardan ogoh etish, chuqur bilimga, tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, malakalarni tobora boyitish;

d) umuminsoniy axloq me’yorlarini anglashni (odamiylik, kamtarlik, o‘zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, adolatni yoqlash, axloqsizlikka qarshi nafrat va h.k.), muomala odobi, yuksak madaniyatni o‘quvchilarda qaror toptirishga erishish;

e) huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish, o‘quvchilarda fuqarolik tuyg‘usini, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish:

t) tarbiyani muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas’uliyatni tarkib toptirish;

g) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish, o‘zga millat va xalqlar qarashlariga hurmatni, huquq va burchlarni kamsitmaslik tuyg‘usini qaror toptirish;

h) mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rgatish;

j) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash. uning sha’ni, or-nomusi.

qadr-qimmati, huquq va burchlarini himoya qilishga o‘rgatish va boshqalar.

Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o^quvchilar tomonidan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar shaxs xulq-atvori hamda sifatlarning mohiyatini aks ettiradi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishi,lik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkura– si va g‘oyalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi g‘oyalar yotadi:

1. Tarbiya maqsadining aniqligi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, tarbiya maqsada aniq belgi– lab olingan edi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vosita – bu shaxsda umumiy madaniyatni tarkib toptirishdir, ya’ni shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, mafkuraviy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalash tarbiyaning bosh maqsadini amalga oshirish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutiladi.

2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchining bolalar bilan ma’naviy madaniyatining eng yaxshi namunasini izlashi, shu asosida tarbiyachi insonning hayotiy me’yor va qadriyatlarini ishlab chiqishi, o‘quvchining tarbiya jarayonida faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari hamda ularning shaxsiy namu– nalari katta tarbiyaviy ta’sirga ega.

3. O‘z-o‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim jihatlaridan biri – bu insonning hayotida o‘z-o‘zini anglashi, inson o‘z shaxsiy hayoti va baxtining subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotda fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash g‘oyalariga tayanib tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.

4. Tarbiyaningyo‘naltiruvchanligi. Mazkurg‘oya maktab (ta’lim muassasalari) amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlari, shakl, metod va vositalari emas, balki o‘quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos tavsifi o‘z qadr-qimmatini anglash tuyg‘ulari rivojlantirib borishi zarur.

5. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi va o‘quvchi ma’naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi (o‘qituvchi) o‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglashi, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini ko‘rib va anglay olsagina uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyatda samaraga erishadi.

6. Jamoat yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsning har tomonlama taraqqiyoti. Unda dunyoni anglash va uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va hamkorlik tuyg‘ularining yuzaga kelishi va rivojlanib borishi amalga oshiriladi.

Zamonaviy pedagogik jaravonda tarbiyalanuvchiga aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy. siyosiy. iqtisodiy. ekologik hamda diniy tarbiya olish lozimligini uqtirishning o‘zi ham samara beradi. Zamonaviy tarbiya mazmuni, g‘oyalari yaxlit tarzda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (5.2.1-shakl).

5.2.1-shakl. Zamonaviy tarbiya mazmuni va g‘oyalari.

Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarni amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini aniqlab olishi muhim ahamiyatga ega.

Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari

Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unga tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar ko‘zga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyoj lari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqari– lishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi.

Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati lining uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez suratda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati o‘zining uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni – bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi g‘oyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.

Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – bu uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtirila boriladi. shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik tavsifiga ega bo‘lishi lozim.

Tarbiya jarayonining yaxlitlik. tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishni talab etadi.

Demak. tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi (5.2.1-shakl).

5.2.1-shakI. Tarbiya jarayoni tuzilmasi.

Demak, yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:

1. Tarbiya – yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayoni bo‘lib, har qanday ijtimoiy tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosiy bo‘lib kelgan.

2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.

3. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish ko‘zlangan maqsad va vazifalarning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

5.3. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari, qoidalari va tamoyillari

Tarbiyajarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarini chuqur o‘rganishni talab qiladi. Bu qonuniyatlar voqealarning muayyan rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat o‘rtasidagi muhim, zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy hayotning obyektiv talablari insonning ijtimoiy mohiyatini va tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi.

Tabiat yoki jamiyatdagi har qanday murakkab hodisada obyektiv ravishda mavjud bo‘ladigan barqaror aloqalar kuzatiladi. Bunday aloqalar «qonuniyat» deb ataladi. Bunday qonuniyatga tarbiya jarayonida ham amal qilinadi. Tarbiya qonuniyatlari mohiyati bir tomondan ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liqdir.

Tarbiyaning birinchi va eng muhim qonuniyati uning ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog‘liqligidir.

Tarbiyaning ikkinchi muhim qonuniyati uning shaxs rivojlanishi bilan birligi, o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligidir.

Shaxs rivojlanishi tarbiyaning g‘oyaviy mazmuni va sifat darajasiga bog‘liqdir. Ayni chog‘da tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari shaxsning rivojlanganlik darajasiga ham bog‘liq. Tarbiya jarayoni psixologiya fani asoslarini, shaxsning psixologik va fiziologik rivojlanish qonuniyatlarini bilishni talab qiladi. Tarbiyachi (o‘qituvchi) tarbiyalanuvchi (o‘quvchi) shaxsni har tomonlama o‘rganishi va shu asosida unga to‘g‘ri psixologik tavsif berishi hamda ta’sir ko‘rsatishi lozim. Tarbiyalanuvchining shaxsiy xususiyatlari va imkoniyatlari hisobga olinmas ekan, ularga har qanday tarbiyaviy ta’sir bir tomonlama yoki tasodifiy bo‘lib qoladi. Shuningdek, ular boshqa tarbiyaviy ta’sirlarga mos bo‘lmay qoladi.

Tarbiyaning uchinchi qonuniyati faoliyat va munosabat birligini e’tirof etish, shaxsning ijtimoiy ijobiy fazilatlarini shakllantirishning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyalanuvchilarning faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali, maqsadga muvofiq tashkil etilsa, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabat oqilona bo‘lsa, Tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo‘ladi.

Tarbiyaning to‘rtinchi qonuniyati tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklari, ularning o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishning mavjudligi sanaladi.

Tarbiyachi (o‘qituvchi)larning va o‘quvchilar jamoasining tarbiyalanuvchi (o‘quvchi)larga pedagogik ta’siri, ular faoliyati va munosabatlarini tizimli hamda rejali tarzda maqsadga muvofiq tashkil qilishni nazarda tutadi. Tarbiya jarayonida tarbiyachi (o‘qituvchi) va tarbiyalanuvchi (o‘quvchi)larning ijtimoiy roli bir xil emas. Tarbiyachi uchun tarbiyalanuvchi har vaqt tarbiyaviy obyekt hisoblanadi. Biroq, tarbiyalanuvchi tarbiyachi bilan ongli ravishda o‘zaro munosabatda bo‘lishga erishsa, tarbiyaviy munosabatlar faol xarakter kasb etadi.

Rivojlanuvchi (shaxsni rivoj lantirish), tarbiyalovchi (tarbiya maq– sadlarini amalga oshirish) va tashkilotchilik (faoliyat va munosabatlarni maqsadga muvofiq tashkil etish) vazifalari tarbiya jarayonida (tarbiyalanuvchilarning) asosiy vazifalari sanaladi.

Demak, tarbiya jarayonining qonuniyatlari quyidagilardan iborat (5.3.2-shaklga qarang).

5.3.2-shakl

Tarbiya jarayonining qonuniyatlari bilan birga bola tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim qoidalari bo‘lib, ular quyidagilar:

– tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi;

– tarbiyani hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa deb bilish;

– shaxsning jamoada tarbiyalashga oid o‘rni;

– tarbiyalanuvchi shaxsiga nisbatan talabchan bo‘lishi va uning shaxsini hurmat qilish;

– tarbiyalanuvchi (o‘quvchi)ning tarbiya jarayonida yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;

– tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishiga e’tibor.

Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga ko‘ra ish ko‘rilayotganligiga ham bog‘liq.

Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg‘or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:

• tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi;

• tarbiyada demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustunligi;

• tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi;

• tarbiyada izchillik va tizimlilik;

• tarbiyaning ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish;

• tarbiyani mehnat bilan bog-lash;

• tarbiyalanuvchi shaxsni hurmat qilish;

• tarbiyada o‘quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish;

•jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;

• tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yo‘qotish.

Tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi o‘qituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur.

Yosh avlodni yuksak g‘oyaviylik ruhida tarbiyalash – ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat bo‘lishi mumkin emasligini singdirish, ularni vatanga, xalqqa muhab– bat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq ta’limi xodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis, komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda va maktabdan tashqari– da olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiril ishi zarur.

O‘qituvchi (tarbiyachi)lar jamoasi va har bir o‘qituvchi – tarbiyachining maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo‘lishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil o‘z vazifasini bajargan bo‘ladi.

Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustunligi – tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir

bola, o‘smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash. Uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu – tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘vish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. O‘qituvchi o‘quvchiga avvalgidek tarbiya obyekti emas, balki o‘zi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya’ni o‘quvchiga teng huquqli hamkor, hamfikr deb qarash lozim.

Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning diqqat markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya’ni bolalarda inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini shakllantirishdek faoliyat yotadi.

Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi – xalqning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an’analari. urf-odatlari, marosimlari, xalq og‘zaki ijodi, milliy o‘yinlar va ularda ifodalangan g‘oyalarni o‘quvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu g‘oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim.

Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli bo‘lgan, insoniyat o‘tmishi, buguni hamda kelajagi uchun daxldor qadr-qimmatga ega bo‘lgan an’analar, urf-odatlar haqida ma’lumotlar berish, ularda mehr– muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ezgu g‘oyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim.

Tarbiyada izchillik va tizimlilik – tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo‘naltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart.

Tarbiyada izchillik juda muhimdir. O‘quvchilarga birdaniga ko‘p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. O‘qituvchilar o‘quvchilarga bo‘lgan munosabat jarayonida o‘zaro bir-biriga zid harakatda bo lmasliklari, yagona talab qo‘yishiari lozim.

Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish. Mehnatning tarbiyaviy ta’siri g‘oyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish bilan shaxs o‘z qobiliyati va iste’dodini namoyon qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir. O‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini ta’minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-ma’naviy tarbiya berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Maktabda o‘qishning o‘zi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam bog‘langan.

Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish – o‘quvchilarni ijtimoiy tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri – ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart. Tajribalarning ko‘rsatishicha, qayerdaki o‘quvchilarga hurmat. muhabbat. ishonch bo‘lsa, shu yerda tarbiyaning ta’siri samarali bo‘ladi. Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qo‘shadi, o‘qituvchiga nisbatan hurmatni uyg‘otadi.

Tarbiyada o‘quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish – tarbiyaning mazmuni. shakl va metodlari bolalarning yosh va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha bo‘ladi. Bolalar maktabda rivojlanishning turli davrlarini – bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik bosqichlarini bosib o‘tadilar. Shu davrlar ichida bolaning axloqiy turg‘unligi rivojlanadi, xulqi va ongi o‘rtasidagi uyg‘unlik vujudga keladi. Tarbiya berishda har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy o‘sishida bir qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil bo‘ladi. Bu farqlar ularning xulqida, o‘qishi va mehnatida aks etadi.

Bir o‘quvchiga nisbatan foydali metodni boshqa o‘quvchiga nisbatan qo‘llaganda natijasiz bo‘lib chiqishi mumkin. Shuning uchun har bir o‘quvchining o‘zgarishga xos bo‘lgan xususiyatlarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir.

Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya jarayoni o‘quvchilarning jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, o‘zaro yordam tuyg‘usini o‘stirishga xizmat qilishi lozim. Tuyg‘u tashkil etilgan jamoa a’zolarining qobiliyat va iste’dodini rivojlantirish uchun keng yo‘l ochadi. Jamoada bola har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. O‘quvchilar aliil jamoa bo‘lib uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarini amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyatli bo‘ladi. har bir shaxsga ta’sir etadi. O‘z manfaatini jamiyat manfaati bilan qo‘shib olib borish, o‘zaro yordam kabi fazilatlar, avvalo. jamoada shakllanadi. O‘qituvchi hamma vaqt o‘quvchilar jamoasiga tayanmog‘i, ularni jamoa bo‘lib turli ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga o‘rgatib borishi lozim.

Tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini yo‘qotib borishga e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar o‘z o‘quvchilaring shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish ko‘radilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish. Uning salbiy sifatlarini yo‘qotish, yo‘lon odatlardan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning to‘g‘ri hal eti– lishiga ko‘p jihatdan bog‘liq.

Tarbiya jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan qo‘llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir.

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1. Tarbiya deganda nimani tushunasiz?

2. Tarbiya jarayonining asosiy qonuniyatlarini aytib bering.

3. Tarbiya jarayonining tamoyillari deganda nimani tushunasiz?

4. Tarbiya tamoyillari qanday qismlardan tashkil topgan?

5. Tarbiya izchillik va tizimlilik deganda nimani tushunasiz?

6. Tarbiya to‘g‘risida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy nima degan?

7. Tarbiya jarayonining tashkiliy tuzilmasini tushuntirib bering.

8. Komil inson tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?

9. Tarbiyaning asosiy vazifasi nimadan iborat?

10. Zamonaviy tarbiya deganda nima nazarda tutiladi?

11. Tarbiya jarayoniga ta’sir etadigan ichki va tashqi omillarni izohlang.

12. Tarbiya va ta’limning o‘zaro mushtarakligini tushuntirib bering.

13. Tarbiya jarayonining о‘ziga xos xususiyati nimadan iborat?

Test savollari 1. Tarbiya jarayonlarini aniqlang.

A) Yaxlit tizimlik talablar i. uzoq muudatii, ko‘p qirrali jarayon

B) Ikki tomonlama aloqa, qisqa muddatli jarayon

D) Faoliyat jarayoni

E) To‘g‘ri javob yo‘q

2. Tarbiya nechta xususiyatga ega?

A) 5 ta B) 6 ta D) 7 ta E) 4 ta

3. Tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Aqliy, axloqiy, jinsiy

B) Jimoniy, estetik

D) Mehnat, huquqiy, iqtisodiy va boshqalar

E) Yuqoridagilarning hammasi

4. Tarbiya qonuniyatlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Aniq maqsadga yo‘natirilgan jarayon, ko‘p qirrali jarayon, uzoq muddatli jarayon, uzluksiz jarayon, yaxlit tizimli jarayon, ikki tomonlama jarayon.

B) Texnologik jarayon, dialekiik jarayon, dinamik jarayon

D) Ijtimoiy munosabatlar jarayoni, uzluksiz jarayon

E) Barcha javoblar to‘g‘ri

Odamlarning eng yaxshisi odamlarga manfaat keltiradiganidir.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 | Следующая
  • 0 Оценок: 0

Правообладателям!

Данное произведение размещено по согласованию с ООО "ЛитРес" (20% исходного текста). Если размещение книги нарушает чьи-либо права, то сообщите об этом.

Читателям!

Оплатили, но не знаете что делать дальше?


Популярные книги за неделю


Рекомендации