Электронная библиотека » Abdulla Qodiriy » » онлайн чтение - страница 2

Текст книги "Mehrobdan chayon"


  • Текст добавлен: 16 мая 2023, 13:42


Автор книги: Abdulla Qodiriy


Жанр: Современная зарубежная литература, Современная проза


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 2 (всего у книги 20 страниц) [доступный отрывок для чтения: 7 страниц]

Шрифт:
- 100% +

6. NIGORXONIM

Nigorxonim boshda erdan yolchimadi. Avvalo erining faqirlig‘i, boyig‘andan so‘ng bo‘lsa uning zarbulmasal bo‘larliq xasisligi bechorani ko‘b yig‘latdi. “Xotin kishining boshi uy ichining og‘ir toshi” emish.. Hozir o‘zi qirq yoshqa kirgan bo‘lsa, yigirma besh yildan beri shu mumsuk er bilan tiriklik qilib keladir. Bu kun o‘n yetti yoshliq Ra’no kabi qizg‘a, sakkiz yoshliq Mahmud (Ra’no bilan Mahmud orasida ikki bola nobud bo‘lg‘an), olti yoshliq Mansur va beshikdagi Mas’udlarga ona bo‘ldi.

Nigorxonim Qo‘qonning ko‘b xotinlarig‘a qarag‘anda sabrlik va qanoatlik ekan. Dunyoda o‘z o‘g‘lining xasisligiga chidalmagan ona bo‘ladimi, holbuki maxdumning onasi – Mohlar oyim o‘g‘lining bu qadar ixna3939
  Ixna – sirtqi ko‘rinishiga e’tibor bermovchi.


[Закрыть]
va siqiqlig‘ig‘a toqat qilolmay noroziliq yuzasidan Marg‘ilondag‘i o‘g‘lining yonig‘a ko‘chib ketib, o‘sha yerda vafot etdi. Nigorxonim ersa tishni tishka qo‘ydi, erimdan yayrab-yashnamag‘an bo‘lsam, qizimdan va oldimg‘a qo‘yg‘an o‘g‘ullarimdan yolchirman, deb umidlandi. Darhaqiqat, sabrlik bu xonim hozirdanoq shu o‘z oldig‘a qo‘yg‘an bolalarining biri va to‘ng‘uchi bo‘lg‘an Ra’nosining tufaylidan bir qadar ro‘shnoliq ko‘rib boshladi va oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘ ekaniga ishondi.

Bir yamoqchi yoki mardikorchi o‘z xotinini uradir, so‘kadir, tepkilaydir. Bu hol ularda aksar faqirliq avjig‘a mingan kezlarda voqi’ bo‘ladir. Agar yamoqchi kekirarlik darajada tomoqni bopta qilsa, ishi o‘ngidan kelib istiqboli birmuncha ta’minlangandek bo‘lsa, darhol vaziyat ishonmasliq ravishda o‘zgarib ketadir: gap-so‘z joyida, xotinni urish o‘rnig‘a orqasini silash, so‘kish o‘rnig‘a yalinish va arzi muhabbat. Xotin ham kechagi kaltak zarbini unutkan, kina o‘rnig‘a sadoqat; go‘yo aytarsizkim, Yusuf Zulayxolarmi deb.

Yuqori tabaqa oilalarga kirib qarasaq, munda tamoman boshqacha manzara ko‘ramiz: qorin to‘q, birar narsaga ehtiyoj yo‘q, istiqbol ta’min va lekin boyag‘i foji’a bularda kuchlirak, shuning kabi bu foji’alar muvaqqatiy4040
  Muvaqqat – vaqtincha.


[Закрыть]
ham emas, sababini topish ham qiyin. Yaxshi, yamoqchiku yaramas tuzulishka qarshi bo‘lg‘an kekini ko‘zi tinib xotinidan olg‘an edi. Ammo keyingilarning turmush sharoitlari yaxshi, hamma narsa o‘z orzularicha, bas, shu holda ularning uy mojarolari va bola-chaqani it kabi siqishlari nimadan?..

Shunga o‘xshash bizning maxdumning ham g‘oyasi birni ikki qilish, beshni o‘n qilish edi. Yaxshi kechinish uchun turmas, ammo ko‘paytirish uchun yashar edi. Nigorxonimni urmas va lekin urg‘andan besh battar qilib siqar edi. Ikki yuz tillodan ko‘b oqchasi (bu oqchalarni husuli4141
  Husul – hosil bo‘lish.


[Закрыть]
to‘g‘risida keyin so‘z bo‘lur) va savodlik bo‘lg‘an bolalar ziyofatidan kiygan ikki sandiqcha sarposi bor edi. Oltindan sarf qilmag‘anida ham loaqal shu kiyimlardan na xotinini va na bolalarini foydalantirar va na o‘zini ihnaliqdan qutqarar edi. Buni ham qo‘yib turayliq, Nigor oyim yigirma-o‘ttuz qizni o‘qutib ulardan tushkan “ozodliq” va “panjshanbalik” pullarga ham ega bo‘lolmas, har kun deyarlik muhtarab maxdum pochchag‘a hisobini batamom topshurib turishqa majbur edi. Maxdum buning evaziga har yil bozorning eng dag‘al bo‘zidan bir par ko‘ylak lozim olib berar, yangi guppi bilan yozliq mursakni bo‘lsa, Nigor oyim besh-olti yilsiz ko‘rmas edi.

Nigor oyim qisqa bo‘yliq, pista po‘choq targ‘il ko‘zlik, zarcha tanlik, yuzidagi onda-sonda chechak o‘runlari bo‘lmag‘anda husndor bir xotin edi. O‘z bolalari bilangina emas, hatto shogirdlari bo‘lg‘an qizlar bilan ham juda yumshoq muomala qilar, ortiqcha achchig‘ilang‘an kezlarda “beting qursin” deb, qoshini chimirib olar edi. Eriga o‘xshash “ozodliq” uchun bolalarni siqmas, bil’aks “bo‘shlig‘i” uchun o‘zi maxdum tomonidan siqilar edi. Oz va ma’noliq qilib so‘zlar, xotinlar bilan muomalasini boshqa otinbibilardek yuqoridan turib qilmas, soddacha suhbatlashar edi. Xotinlar maxdum domlaning ba’zi qiliqlaridan kulishsalar ham Nigor oyimning orqasidan g‘iybat so‘zlamaslar, oldida qanday hurmatlasalar, keyinidan ham o‘shancha ehtiromlab, uning maxdumdek ziqna kishining qo‘lig‘a qaram bo‘lg‘anig‘a achinib “peshana aylanay, qol-u balo”, deyi-shar edilar.

7. RA’NO

Ism bilan jism aksar bir-birisiga muvofiq tushmaydir. Mening yosh vaqtim, ayniqsa, go‘zallik qidirg‘an mag‘rur chog‘larim edi. Oilamizdami, boshqa yerdami, baharhol xotiramda yaxshi qolmag‘an, Lola otlig‘ bir qizning chevarligi to‘g‘risida so‘z bo‘ldi. Majlis ahli menga yaqin, ya’ni ular oldida husndan bahs ochish uyat bo‘ladirg‘an kishilar edilar. Shuning uchun menga Lolaning chevarligidan ko‘ra muhimroq bo‘lg‘an “husn”i masalasida izohot so‘rashning imkoni bo‘lmadi. Lekin Lola ismining ostida bir malakni ko‘rgan – “Lolaning ismiga o‘xshash husni ham bor”, deb o‘ylag‘an edim. Shu kundan boshlab Lolani ko‘rish hajriga tushdim. Bo‘yi yetkan qizlarni ko‘ra olish bu kunlarda ham amri mahol bo‘lg‘anidek mundan o‘n yillar ilgarida yana mushkilroq, edi. Necha vaqt “hijron o‘tida yonib”, ko‘cha poylab, nihoyat, Lolani suv olish uchun ko‘za ushlab ko‘chaga chiqqan holatda uchratdim. Burnidagi buloqisidan boshqa (agar buloqi husnga qo‘shilsa) “Lola”likka arziydirgan hech gap yo‘q edi.

Yaqindag‘i bir boladan suv olg‘uchining kim ekanini so‘rag‘an edim:

– Lola opam, – dedi.

Bolaning talaffuzi menga “Mola opam” bo‘lib eshitildi. Bir necha kunlar bu qizning otini “Lola” deb qo‘yg‘anlari uchun achchig‘lanib yurdim. Chunki, afu etasiz, o‘sha kezlarda achchig‘lanishg‘a haqqim bor edi…

Ammo Ra’noning ismi – jismiga yoxud husniga juda muvofiq tushkan edi. Men rassom emasman. Agar menda shu san’at bo‘lg‘anda edi, so‘z bilan biljirab o‘lturmas, shu o‘runda sizga Ra’noning rasmini tortib ko‘rsatar, qo‘yar, faqat menga Ra’no gulining suvigina ko‘proq kerak bo‘lar edi.

Solih maxdum xasis, ta’magir, harholda sajiyasi e’tibori bilan uni yaxshilar qatorig‘a qo‘yib bo‘lmaydir. Va lekin tabi’at xasis emas, tikandan gul, aridan bol yarataberadir. Shunga o‘xshash tikanlik yog‘ochdan xush islik, latif ko‘runishlik Ra’no yaratilg‘an edi.

Bizning o‘zbeklarda, ayniqsa Qo‘qong‘a maxsus bir tus, sariqqa moyil bir tus bor. Lekin bu tusni kesdirib sariq deb bo‘lmaydir. Chunki biz og‘riq kishining tusini sariq deymiz. Zarcha, za’far tuslari ham bunga dag‘alliq qiladirlar. Ta’birimiz qo‘pol tushmasa, bu go‘zal qiz, och ra’no gulining tusida yoki oq sariq tusda yaratilg‘an edi. A’zoda o‘skan tuklarga ham haligi tusning ta’siri bo‘ladir. Ra’noning sochi gungurt-qora, ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko‘rinsa ham quyoshda bir oz sarg‘ish bo‘lib ko‘rinar edi. Shunga o‘xshash Ra’noning ko‘zida ham buning asari ko‘ruladir: mudavvarga4242
  Mudavvar – to‘garak.


[Закрыть]
moyilroq jodu ko‘zi kishiga qattiq qarag‘anda qoraliqdan boshqacha yana bir turluk nur sochar edi. Kipraklari ostida nafis bir surma doirasi bor edi. Qoshi tutash kabi ko‘rinsa ham ko‘ndalang yotqan ikki qilich orasini nafis bir quyulib ko‘tarilish ajratib turar edi. Burni hech bir munaqqidg‘a4343
  Munaqqid – tanqidchi.


[Закрыть]
berishmaslik mutanosib, har zamon uyalish tabassumiga hozir turg‘an, nafis irinlarining yuqorig‘i qismida sezilar-sezilmas tuklar ko‘kargan edi. Yuzi cho‘ziq ham emas, oy kulcha ham deb bo‘lmas, kishiga kulib qarag‘anda qizil olma ostlarida ikkita zamma ravishlik shakl hosil bo‘lar, go‘yo bizga chin ra’no guli ochilg‘an holatda ko‘rinar edi. Sochlari juda quyuq, sanoqsiz kokillar Ra’noning orqa, o‘ngini tutib yotar, qaddi uzunliq bilan qisqaliqning o‘rtasi, do‘nduq barmoqlarining jimjilog‘ida xina gullari, harholda bu qiz yolg‘iz Qo‘qonningg‘ina emas, umuman Farg‘onaning kuylariga qo‘shulib maxtaladirg‘an go‘zallaridan edi.

Ra’no Nigor oyimning to‘ng‘uchi, bu yil o‘n yetti yoshni to‘lduradir. Savodni otasidan o‘qub, o‘n to‘rt yoshida ibtidoiy maktab pro‘g‘ramida bo‘lg‘an barcha darslarni bitirgan, masalan: diniy qismdan – “Haftiyak”, “Qur’on”, “Chahor kitob”, “So‘fi Olloyor”, “Maslaki muttaqin”, adabiyotdan– Navoiyning barcha asarlari, devoni Fuzuliy ma’a4444
  Ma’a – bilan.


[Закрыть]
Layli Majnun; Amiriy, Fazliy va shulardek, chig‘atoy-o‘zbek katta shoirlarining asarlari; forsiydan – Xoja Hofiz Sheroziy va Mirzo Bedil, xusnixat, insho va boshqalar. Bu kunlarda bo‘lsa bir tomondan, qizlarg‘a saboq berib onasig‘a ko‘maklashsa, ikkinchi tarafdan, otasida kofiya (arab nahv va sarfi) hamda Shayxi Sa’diyning “Guliston”idan dars oladir va shuning qatorida o‘zi yaxshi ko‘rgan chig‘atoy-o‘zbek shoirlarining badi’a asarlaridan alohida bir majmu’a tuzub yuriydir. Ba’zan “ovlog‘roq joylarda” o‘zicha manzumalar to‘qusa ham, biroq bularning isi o‘zidan chetka chiqmaydir. Agar to‘qug‘an she’r yoki manzumasi o‘ziga ma’quldek tushsa, faqat bir kishigagina ko‘rsatib oladir. Va ul kishi ham bu sirni chetka chiqarmaydirg‘an ishonchlik o‘z kishisi.

Qisqasi biz yuqorida Ra’noning she’riy bir husnini ko‘rganimizdek, uni fazl va zakovatda ham o‘tkan xon zamonlari asrining nodir uchraydirgan yakto fozila qizlaridan sanaymiz va sanashg‘a ham o‘zimizda majburiyat his etamiz.

Ra’no qancha jiddiy bo‘lsa ham yana unda bolalik tabi’ati butun ko‘yi saqlanadir: ukalarining o‘yunig‘a komil huquqli bir a’zo tariqasida ishtirok etadir, onasining ko‘zini chalg‘itib o‘qug‘uchi qizlar bilan janjallashib oladir, qizlar saboqlarini bilmasalar arazlab, ularni o‘qutmay tashlab ketkan chog‘lari, arzimagan gapdan tez mutaassir bo‘lg‘an kezlari ko‘b bo‘ladir. Ra’no o‘zining munday harakatlariga qarshi onasidan yaxshi-yomon mukofot olmasa ham, ko‘pincha otasidan tanbih eshitadir. Koyish eshitkani uchungina emas, uy-ro‘zg‘or to‘g‘rilarida onasini siqib ushlaganidan va fohish tangligidan4545
  Fohish tangligi – ortiqcha siquv.


[Закрыть]
ranjib otasini uncha xushlamaydir. Otasidan achchig‘lang‘an kezlarda onasig‘a jiddiy qilib: “Hamma ayb o‘zingizda, otamdan ko‘ra tuzukroq erni topib tegsangiz munchalik qiynalishib yurmas edik”, deb bo‘g‘ilg‘an Nigor oyimni kulduradir.

Qattig‘ ranjigan bir kun otasi – Solih maxdumga bag‘ishlab qiziq bir hajv yozg‘an va “o‘z kishisiga” ko‘rsatib uni kuldurgan edikim, biz kulgulik uchun bu o‘rung‘a bir necha misra’ini ko‘chiramiz:

 
Yog‘lar to‘kilsa yerga yotib yalar taqsirim,
Bo‘lsa bozorda pastlik sotib olar taqsirim.
Menim uchun bir zirak, Ra’nobonug‘a jevak4646
  Jevak – qizlarning bu kunda isti’moldan qolg‘an ko‘krak ziynati (mual.)


[Закрыть]
,
Desa oyim – “Ne kerak?!” yumma talar taqsirim.
“Quloq teshish fazl emas, pulni topish hazl emas,
Jevak taqish farz emas!” g‘avg‘o solar taqsirim.
 

Muhtaram o‘qug‘uchini qahramonlarimizning bir qismi bilan tanishdirishni shu yerda to‘xtatamiz.

Ularning ichki va tashqi tabi’atlari yaxshi yeshilmag‘an bo‘lsa, hikoyamizning davomida yana ham ochilib va kengayib borar, deb ortiqcha tafsiyaga kirishmadik.

8. BIR O‘RDALIQ

Maxdumning havlisi uch qabat edi. Ko‘chadan birin-chi qabatda mehmonxona, maktabxona va mashhxona edi. Ikkinchi qabat murabba’4747
  Murabba’ – to‘rtburchak, kvadrat.


[Закрыть]
, yarim tanob chamasi boqcha, bunda shaftolu, olma, anjir kabi mevalik daraxtlar va bir necha keksa so‘ri toklar qulp urib o‘sqan edilar. Maxdumning bolalar kuchidan yaxshi foydalang‘ani uchun bo‘lsa kerak, boqchaning har bir qarishi bo‘sh qolmag‘an, unda har turluk ko‘katlardan bor edi. O‘rtadag‘i so‘rining osti bir yarim gaz ko‘tarilib ishlangan sufa, sufaning uch tarafiga yoz gullari ekilgan, rayhon va boshqa chechaklar atrofka o‘z atriyotlarini ongqitib yotar edilar. Birinchi qabatdan kirgach, boq-chaning sufasiga hamda ichkariga yuruladirgan yo‘lkalar bor edi.

Hozir mezon4848
  Mezon – 22-sentabr – 21-oktabr.


[Закрыть]
oyining ikkinchi haftalari, boqchaning mevalari yetilinqirag‘an, ayniqsa so‘ridagi qora husayni uzumlardan qo‘yo bollar tomib yotar edi. Yo‘lkalarga suv sepilgan, sufaga gilam solinmasa ham gullik kiyiz to‘shalib, uch tarafiga ko‘rpachalar yozilg‘an edi.

Maxdum etni uyga berib chiqg‘andan keyin ikki soat chamasi husnixatdagi bolalar bilan shug‘ullandi, oradan “abjad” so‘zini durust yozib chiqarg‘an bir bolaning qo‘lini bog‘lab uyiga yubordi. Bola uyidan “qo‘l eshar” olib kelgandan so‘ng hammaga javob berib, bu kungi vazifasini tamomladi.

Maxdum mashqxonadan chiqib ichkari kirishga adim uzg‘an holatda darbozadan sipohi kiyimda bir kishi kirdi va maxdumga tabassum bilan salom berib, yaqing‘a yurib keldi. O‘rdaning devonxona xizmatchilari kiyimida bo‘lg‘an bu kishini maxdum o‘z umrida birinchi martaba ko‘rat edi. Javob salomdan keyin ko‘rishdilar. Maxdum taraddudlanib, maqsad so‘rashdan o‘ng‘aysizlanib mehmonni mehmonxonag‘a boshladi. Mehmon ham takalluflanmay domlaning orqasidan mehmonxonag‘a kirdi, o‘lturishdilar, so‘ng fotiha o‘quldi. O‘rdaliq tabassum ichida maxdumga qarag‘andan so‘ng yig‘ishtirinib oldi.

– Xato qilmasam janoblari mirzo Anvarning ustozlari bo‘lsalar kerak?

– Faqir…

– Uy ichlari bilan xo‘b salomatmilar?

– Alhamdulilloh.

Maxdumga kutulmagan ravishda mehribon muomala qilg‘uchi bu o‘rdaliq qirq yoshlar chamasida, uzun bo‘yliq, qora uzun soqolliq, simobi sallasining peshini tushirg‘an qoracha tuslik bir yigit edi.

– Kaminalari ham, – dedi o‘rdaliq, – Mirzo Anvar bilan birga devonxonada ishlayman. Balki quloqlarig‘a chatilg‘an bo‘lsa kerak, ismim Sultonali mirzo…

– Xo‘b, xo‘b, – dedi kulib maxdum, – Anvardan eshitkanim bor edi, janoblarining tavsiflarini eshitkanman. Nachuk xudo yorlaqadi? Faqirxonag‘a tashriflari bilan bisyor xushnud bo‘ldim.

– Adabsizlik bo‘lsa ham, – dedi mirzo Sultonali, – muborakxonalarig‘a bostirib keldim. Bunga ham burodarim Mirzo Anvarning muhabbati majbur qildi.

Sultonalining bu keyingi so‘zi maqsadni bir daraja domlag‘a onglata yozdi. Kayflanish, huzurlanish maxdumning yuzida o‘runlashqan edi. Ko‘zini qisinqirab Sultonaliga qaradi.

– Xo‘b, xo‘b, – dedi maxdum, – mulla Muham– mad Rajab marhumning o‘rnig‘a bosh munshiy ta’yin qilindimi, qo‘lim tegib bu to‘g‘rida Anvar bilan so‘zlasholmadim?

– Hozir ta’yin qiling‘uncha yo‘q, erta-indin ta’yin qilinar, deb turamiz.

– Ko‘b yaxshi, nomzadlar bordir?

– Bor, – dedi Sultonali, – bir necha nomzadlar hazrati xong‘a manzur qiling‘anlar, jumladan shoir Madhiy, mulla Shahodat mufti va boshqa yana bir nechalar. Masmux’ingiz4949
  Masmu’ – eshitilgan.


[Закрыть]
bo‘lsa kerak garchi o‘zi rizoliq bermasa ham bir necha mirzolar shogirdingiz Mirzo Anvarning ham nomzadini xolis ariza bilan janobga manzur qilg‘an edik. Umid xudodan, yorlig‘ Mirzo Anvarga qoyim5050
  Qoyim – qaror.


[Закрыть]
bo‘lur, deb turamiz.

Maxdum soqolini tutamlab shipka qaradi. Go‘yo Sultonalining keyingi ikki jumlasiga qaysi yo‘sun muqobala qilishdan ojiz edi.

– Bir necha yaxshilarning Anvarga bo‘lg‘an husni tavajjuhlarini eshitkan edim, – dedi maxdum minnatdor ohangda, – ammo faqirg‘a shunisi mushkilroq ko‘rinadirkim, basharti Anvar bosh munshiylik vazifasiga yorlig‘ olg‘undek bo‘lsa, bu lavozimotni ado qila olurmi, kaminaning nazarimda bosh munshiylik alalxusus ul janobning huzurlarida behad ulug‘ va mushkil ko‘rinadir?

Sultonali yengilcha kulib qo‘ydi:

– Bosh munshiylik lavozimoti borasidagi fikringiz darhaqiqat to‘g‘ri, – dedi, – ammo Mirzo Anvarning uhda qila olishi muhaqqaqdir5151
  Muhaqqaq – haqiqat.


[Закрыть]
. Zero, Anvarning bu boradagi iste’dodi janoblaridan ko‘ra kaminaga ma’lum– dir, bu to‘g‘ridan xotirjam’ bo‘lsinlar.

– Darvoqi’, Anvarga ko‘b mehnatim singgan, – dedi maxdum mahtang‘ansumon, – bir qarish yoshidan boshlab kaminaning ta’limida o‘sti, o‘z qo‘limda tarbiya topqan necha yuz, balki minglab shogirdlarim ichida ko‘b tavajjuhim5252
  Tavajjuh – e’tibor.


[Закрыть]
shu bolag‘a bo‘ldi. Ushbu sababdan ham munchalik musta’id5353
  Musta’id – qobiliyatli, iste’dodli.


[Закрыть]
bo‘lg‘an bo‘lsa ajab emas, deb o‘ylayman… Va lekin holog‘i5454
  Holog‘i – haligi.


[Закрыть]
so‘zim shuning uchundirkim, fazli va iste’dodi kofiy5555
  Kofiy – yetarli.


[Закрыть]
bo‘lsa ham yoshliq, kam tajribalik qilmasmukin, deb mulohaza qilurman.

– Bo‘stoni ma’rifat va gulshani haqiqat, – dedi Sultonali, – Imomi A’zam rahmatullohi alayhi5656
  Imomi A’zam (taxallusi, melodiy – 699–767) – ismi Abu Hanifa Nu’mon ibni Sobit. Islomdagi hanafiya mazhabining asos-chisi.


[Закрыть]
o‘n ikki yoshlarida darsgo‘lik qilib va hokazo kutubi mutabarraka ta’lifotig‘a ham ibtido qilg‘an5757
  Kutubi mutabarraka ta’lifotig‘a ham ibtido qilg‘an – tabarruk kitoblar yozishg‘a ham boshlag‘an ekanlar.


[Закрыть]
ekanlarkim, bu karomat janoblaridan po‘shida emasdir. Bas, indal’uqalo5858
  Indal’uqalo – oqillar nazdida.


[Закрыть]
yoshliqning hech bir nuqs va ahamiyati yo‘q, ammo fazl-u zakovat lozimdir. Masalan, kaminangiz tahsilda “Aqoid”g‘acha5959
  Ilgarigi tahsilda tolibning masalan: “Ozomil”, “Kofiya”, “Sharhi mullo Jomiy”, “Muxtasar” yuqoriroq darajada “Aqoid” (Ollohning borligini tasdiqlovchi ilm), so‘nggida esa “Tafsir” ilmlarini o‘qiganligiga qarab ilm darajasi belgilangan.


[Закрыть]
bordim va qariyb o‘n yildan beri mirzoliq qilurman. O‘z hunarimda yaxshi tajriba ham ortdirdim, shuning bilan birga nafsilamrni iqror etishka majburmankim shogirdingiz Mirzo Anvardan ko‘b daraja quyidaman: tahrirda6060
  Tahrir – yozish.


[Закрыть]
, taqrir6161
  Taqrir – matnning mazmunini tushuntirish.


[Закрыть]
va faroizda6262
  Faroiz – musulmonchilik qoidalarini o‘rganish ilmi.


[Закрыть]
Anvaringizning yordamig‘a muhtojman. Holbuki yoshim undan barobar katta, men o‘qug‘an darslarni ehtimol Anvar o‘qumag‘an… Anvarning zakovatiga yolg‘iz men emas marhum munshiy mulla Muhammad Rajabning o‘zi ham tahsin qilar, ajoyib o‘g‘lon deb qo‘yar edi. Meni Mirzo Anvarni bu o‘rung‘a sa’i qilishim6363
  Sa’i qilish – undash, da’vat etish.


[Закрыть]
bo‘lsa bir g‘araz yuzasidan emas, xolisonadir. Agar g‘arazg‘a hisoblansa, masalan: “Birarta noahlning qo‘l ostida ishlagandan, ahlining jag‘ida tishlangan ma’qul” so‘ziga binoandir. Lekin Mirzo Anvar nima uchundir biz bir necha mirzolarning ra’yimizga qarshi tushib, bizdan ranjib yuriydir. Hatto janobg‘a bir ariza kirgizib, menim nomzadim yanglish ko‘rsatilibdir, men bu vazifani uhda qilolmayman, deb uzr bayon qilmoqchi emish. Uning bu yo‘sun inodi nima uchun, bilalmadik… faqir, og‘aynilar tarafidan garchi adabsizlik bo‘lsa ham huzurlariga iltimos uchun keldim. Avvalo Mirzo Anvarga otaliqlari, soniyan ustozliqlari bor. Siz janob targ‘ib qilsangiz va kengash bersangiz qabul qilar, deb o‘yladiq.

– Habba! – dedi maxdum xursandlik bilan, – bu to‘g‘rida yaxshi so‘zlashmag‘an edik, so‘zlasharmiz, inshoolloh ko‘nar.

– Salomat bo‘lingiz, taqsir.

Maxdum soqolini ushlab ko‘zini qisdi:

– Boya peshin asnosida, – dedi, – qavmlar kaminadan istifsor6464
  Istifsor – so‘ramoq.


[Закрыть]
qilishdilarkim, “o‘g‘lingiz Anvar munshiy ta’yinlanar emish, ushbu axbor to‘g‘rimi?” deb… Mazmuni shaharga ham mashhur bo‘lg‘an ekan-da?

– Balki, – dedi kulib Sultonali va birozdan keyin ohista sir yo‘sunida qilib so‘zladi, – o‘rda ichidan bir nechalarimiz ustoz mulla Muhammad Niyoz domlag‘a6565
  Xudoy orning shog‘ovulboshisi – ilmiya vaziri, “Tarixi Shahruhiy”ning muallifi, shoir (mual.).


[Закрыть]
va haramdan Og‘acha oyimg‘a6666
  Xudoyorning suyukli xotuni (mual.).


[Закрыть]
Anvar to‘g‘risida iltimos qilishdiq. Shuning uchun Mirzo Anvarning bosh munshiy ta’yin qilinishig‘a shubha qilmaymiz. Faqat uni ko‘ndirilsa bas.

– Va lekin, – dedi maxdum nihoyatda ochilg‘an qiyofatda, – bu tadbirlaringiz beandoza ma’qul bo‘libdir, ya’ni masalan, janobg‘a domla shog‘ovul va malika xonimlarni vosita qilishlaringiz…

– Biz ham shunday o‘ylaymiz. Endi umid xudodan, natija ham orzumizcha bo‘lg‘ay.

– Inshoolloh.

– Demak, Mirzo Anvarni ko‘ndirish vazifasi odobsizliq bo‘lsa ham sizga qoldi-da, taqsir? – deb Sultonali takror so‘radi.

– Xotirjam’, – dedi, maxdum qanoat bilan, – albatta noinsofni ko‘ndirsamiz kerak.

Shundan so‘ng Sultonali o‘zining bu yerga kelganini Anvarga bildirmaslikni ta’kidlab, o‘rnidan turdi. Maxdumning aztahidil “mohazarimiz6767
  Mohazar – taom.


[Закрыть]
bor edi” deb qistashig‘a qarshi uzr aytib xayrlashdi. Maxdum aksar o‘z uyiga kelguchi kishilarga qilmaydirg‘an favqulodda bir takalluf bilan uni darbozag‘acha uzatib chiqdi.

9. O‘PKA VA HAZIL

Istiqbolning shirin xayollarig‘a ko‘milgan holda maxdum asr namozi uchun tahorat olar edi. Tahoratda tartibni nioya qilish sunnat6868
  Sunnat – odat.


[Закрыть]
, ammo maxdum tarki sunnat qilmoqda. Hatto o‘quladirg‘an duolarni ham o‘runsiz ishlatmakda edi. Maxdum shu yo‘sun betartib tahoratlanib ichkariga kirdi. Nigor oyim oshxonada mantilarni qasqong‘a terib qozong‘a uyar, Ra’no bo‘lsa ayvonda kichkina ukalari orasida o‘lturar edi.

Dadasi yo‘lakdan ko‘rinish bilan Ra’no Mas’udni ko‘tarib turdi. Va qoziqdag‘i salla-choponni olib ayvon muyushig‘a keldi. Bolalar ham dadalari oldida adablanishdilar.

– Anvar akang kelmadi, sufa yolg‘iz, – dedi maxdum, chopon, sallani kiya-kiya, – asrga borib kelgunimcha, sen sufaga chiqib tur-chi, Ra’no.

– Xo‘b.

Otasi chiqib, ketkach, Ra’no qo‘lida ukasi bilan tashqarig‘a yo‘l soldi. Uning ketidan Mahmud va Mansurlar ham chopishdilar.

– Ra’napa, Ra’napa! – deb Mansur yig‘i aralash o‘zidan chopib o‘tmakchi bo‘lg‘an Mahmudning ustidan Ra’no opasig‘a arz qildi. Ra’no boqchaning sufasiga yeta yozg‘an edi. Mansurning yig‘i shovquni yana ham kuchayib raqobat o‘ti yonib ketkach, Ra’no to‘xtab Mahmudni koyishka majbur bo‘ldi:

– Mahmud, Mahmud, esi yo‘q Mahmud!

Mahmud to‘xtadi, ammo Mansurdan olding‘a o‘tkan edi. Mansur bu mag‘lubiyatka chidalmay asabiylanib, yerga o‘lturib oldi va dunyoni buzub faryod qo‘pordi. Ra’no kelib Mansurni turg‘izdi va kiyimiga o‘lturgan changlarni qoqti:

– Yig‘lama, opasi, yig‘lama, – dedi, – hali dadasi Mahmudni dum-dum! Qarab tur-chi, sen Mahmud, otang kelganda aytmasammi?!

Mansur “Ra’napa”sining himoyasidan so‘ng uning yetagida sufaga qarab yurdi. Ammo Mahmud ancha ezilgan edi:

– Dadam yima6969
  Yima – nima (mual.).


[Закрыть]
qilardi? – deb so‘radi turg‘an joyidan.

– Kelsin-chi, hali. Tunovi kungi chiviq esingdan chiqdimi?

Mahmud javob beralmadi. Uning ko‘zida achchiq aralash qo‘rquv bor edi. Ra’no kichkina ukasi bag‘rida sufaga chiqib o‘lturdi. Mansur “Ra’nopa”sining yelkasiga suyanib, yo‘l ustida serrayib qolg‘an Mahmudga g‘olibona bir turda istehzo qilar edi. Mahmud bu holga ortiq chidab turolmadi. O‘zining yengilishga sababchi bo‘lg‘an Ra’nodan o‘ch olmoq maqsadida:

– Mullataning xotini, mullatning xotini… yey, yey, yey!

Ra’no kuldi:

– Qarab tur, qarab tur, sen adabsiz, – dedi va Mahmudga hujum qiladirg‘andek qo‘zg‘alib qo‘ydi.

– Bildim, bildim: mullataning xotini, mullataning xotini! – dedi Mahmud va ichkariga qarab qochti.

Ra’no kulimsirab Mansurga qaradi:

– Shundaymi, men mullataning xotinimi-a? – deb so‘radi. Mansur javob o‘rnig‘a yo‘lakka qaradi va so‘yunchi ichiga sig‘mag‘an holda sufaning zinasiga yugurdi va qichqirdi:

– Mullata, mullata telli, telli!

Ra’no ham yo‘lakka qarab qizarinib ketdi va oldig‘a tushib taribsizlangan sochini orqasig‘a tashlab tuzatindi. Yo‘lakda ko‘ringan yosh yigit (“mullata”) sufaning yo‘li bo‘yincha kelmakda edi. Qora chiviq beqasamdan harir to‘n kiygan mavzun qad Anvar birinchi qarashdayoq ko‘zga do‘ndiq va ko‘rkam ko‘rinar edi. Qora surmalik ko‘zi Ra’noda ekan, o‘ziga yugurib kelguchi Mansurga yo‘l ustida cho‘nqayib quchog‘ini ochti. Mansurning yuzidan o‘pkach, ko‘tarib sufaga yurdi. Anvarni qarshilamoq uchun bo‘lsa kerak, Ra’no ham o‘rnidan turib sufaning zinasiga yaqinlashdi. Va tabassum aralash – “Hormang‘“ dedi.

– Sog‘ bo‘ling.

Anvar sufaga chiqib, Mansurni yerga qo‘ydi. Kafshini yesha-yesha Ra’no tomong‘a engashib, o‘ziga talpinib turg‘an Mas’udning yuzidan o‘pti va uni Ra’nodan oldi. Mas’ud Anvarning qo‘lig‘a o‘tkach, sapchib guvrandi va qiyqirib tovlandi. Ra’no ikki qo‘lini uzatib “kel menga, kel” dedi. Mas’ud buralib Anvarning bag‘rig‘a siqildi. Kulishdilar. Anvar bolani o‘pib so‘ydi. Ra’no Mas’udni yandi: “Sen qarab tur, biji bola” dedi. Anvar bolani ko‘targancha ko‘rpachaga o‘lturdi. Chap tizzasiga Mansur yopishdi va uning yonig‘a Ra’no qo‘shildi… Shu yo‘sun ikki orada bir– muncha vaqt Mas’udni so‘yishdilar: Anvar bolani Ra’nog‘a bergandan keyin simobi shohi sallasini olib yostiqqa tashladi va ro‘ymoli bilan qop-qora bo‘lib chiqa boshlag‘an murtini tuzatdi. Ra’no qarshida tik turar edi.

– Tinchlikmi?

– Betinchlik, – dedi kulib Ra’no.

– Ayni muddao ekan bo‘lmasa… Ha, aytkandek, – dedi Anvar o‘lturgan sufasiga ishorat qilib, – bu kun joy katta soling‘an?

– Mehmon kelar emish.

– Yolg‘oning qursin, Ra’no, – dedi Anvar kulimsib, – qanday mehmon?

– Men qayoqdan bilay, qanday mehmon… fotihaga kishilar kelar emish, deb eshitdim.

– Fotihasi qanaqa?

– Bilmasam qanaqa?

Anvar o‘ylanib, yana kulimsidi:

– Sening fotihang bo‘lmasin?

– Menim qanday fotiham bo‘lsin, men hali tirikman.

– Teskariga burma, Ra’no, balki seni erga bermakchidirlar?

Ra’no qizarib turdi-da, yana gapni kulgulikka oldi:

– Meni kimga berar emishlar?

– Senimi? – dedi kulib Anvar, – seni xondan boshqa kim olsin?

Ra’no qo‘lidag‘i ukasiga qarag‘an holda:

– Siz shunga maslahat bersangiz… men qandog‘ qilay, – dedi va Mansurni chaqirdi, – tur Mansur, ketamiz.

Ra’noda achchig‘lanish namoyishi bor edi. Anvar Ra’nodagi bu o‘zgarishdan o‘ngg‘aysizliqqa tushdi:

– Ra’no, – dedi. Ra’no zinadan tushib boshlag‘an holda to‘xtadi, – chinini so‘zla, mehmon kelishi aniqmi?

– Mehmon kelishi aniq, ham keldi, – dedi Ra’no jiddiy.

Anvar ajablandi:

– Mehmon keldi?

– Keldi.

Anvar tevarakka qarandi:

– Qani mehmon?

Ra’no qo‘li bilan Anvarning o‘ziga ishorat qildi:

– Ana mehmon, – dedi.

Anvar kuldi:

– Me mehmonmi?

Ra’no jiddiy ravish bilan:

– Albatta, siz bizga mehmonsiz.

Anvar yana kuldi. Biroq uning bu so‘ngg‘i kulishida kuchlanish bor edi:

– Men sizga mehmonmi?

Ra’no kulimsib yer ostidan Anvarga qaradi va qo‘lidag‘i xarxasha qilib boshlag‘an bolani ovitish uchun tebrandi.

– Bilmasam…

Ra’noning yuzidan boyag‘i jiddiyat yo‘qolg‘andek edi. Anvar ham ma’noliq hazilni tashlab chin hazilga o‘tdi:

– Mehmonning qorni och, Ra’no, – dedi, – albatta qadrlik mehmon uchun tansiqroq taom pishirg‘andirsiz, deb o‘ylayman. Bu kungi taomingiz ismini lutfan marhamat qilsangiz edi.

– Mehmonning vazifasi, – dedi Ra’no javoban, – izzati bilan o‘lturish va oldig‘a qo‘yg‘an narsani maxtab-maxtab yeyishdir…

– To‘g‘ri aytasiz, otin bibi, – dedi Anvar, – biroq bu kungi mehmondorchilig‘ingiz ham kechagidek ugra bilan bo‘lsa, maxtab-maxtab qo‘lingizg‘a qaytarib berishim ham aniqdir.

Ra’no butun tovshini qo‘yib kulib yubordi:

– Bu kun qo‘g‘urma sho‘rbag‘a, – dedi Ra’no kulgi ichida, – qattig‘ non to‘g‘rab yeysiz, jaz o‘rnig‘a shalg‘am chaynaysiz.

– Ofarin, – dedi Anvar, – bu kungi mehmondorchilig‘ingizdan qariyb mamnun bo‘ladirg‘ang‘a o‘xshay-man. Agar mumkin bo‘lsa, shuni ham bilsamki, bu kungi shalg‘am sho‘rba katta otin bibining qo‘llaridan tanovul qilinadirmi yoki kichik otin bibining?

– Mehmon uchun buning farqi yo‘qdir…

– Biroz yanglishasiz Ra’nobonu, – dedi Anvar, – chunki qo‘ldan-qo‘lning katta farqi bor.

– Farqi bo‘lsa… bu kun kichik otin bibining qo‘llaridan shalg‘am sho‘rba tanovul qilasiz.

– Bu holda afu etasiz, Ra’nobonu… Basharti kichik otinbibining qo‘llaridan tanovul qiladirg‘an bo‘lsaq, shalg‘am sho‘rba emas, bizning uchun qush sho‘rbadir.

Bunga qarshi Ra’no nimadir aytmoqchi bo‘lg‘an edi, tashqaridan oyog‘ tovshini sezdi, Anvarga bir kulib qaradi-da, Mansurni yetaklab ichkariga chopdi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 | Следующая
  • 0 Оценок: 0

Правообладателям!

Данное произведение размещено по согласованию с ООО "ЛитРес" (20% исходного текста). Если размещение книги нарушает чьи-либо права, то сообщите об этом.

Читателям!

Оплатили, но не знаете что делать дальше?


Популярные книги за неделю


Рекомендации