Электронная библиотека » Худойберди Тухтабоев » » онлайн чтение - страница 3


  • Текст добавлен: 28 апреля 2024, 01:40


Автор книги: Худойберди Тухтабоев


Жанр: Сказки, Детские книги


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 3 (всего у книги 3 страниц)

Шрифт:
- 100% +

AQLSIZ BOLA

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim zamonda bir bola bo‘lgan ekan. U juda ham badxulq yomon bola ekan. Ovqatni to‘kib yer ekan. Bu ham yetmagandek ovqatni qo‘li bilan pashalar ekan. Bir kuni yotoqxonasini juda ham to‘zitib iflos qilib tashlabdi. Buni ko‘rgan oyisi:

– Voy o‘g‘lim, xonangni nima ahvolga solding? Tezda yig‘ishtirib qo‘y, men bozorga borib kelaman, – debdida onasi ketibdi.

Oyisi bozorga ketgach, xudbin bola xonasiga kirib uxlashga yotibdi. Tush ko‘ribdi. Tushida bir chol uni balchiqqa itaribdi. Qancha harakat qilmasin u balchiqdan chiqa olmabdi. Asta razm solib qarasa balchiq to‘plangan joy o‘z uyi ekan. Shunda chol:

– Agar uyingni iflos qilmaganingda seni balchiq o‘z domiga tortmasdi. Sen quloqsiz, xudbin bolasan, qachon oyingni aytganini qilsang, yengil tortasan, – debdi. Bola yig‘lab-yig‘lab uyg‘onib ketibdi. Qarasa uyi to‘zib ketgan, oyisini chaqira boshlabdi. So‘ng oyisining bozorga ketgani esiga tushib apil-tapil o‘rnidan turibdi-da uyini yig‘ishtira boshlabdi. Uyini tozalagach, o‘zi yuvinib, toza kiyimlarini kiyibdi. Uyiga bir dasta gul kirgizib, uy havosini almashtiribdi.

Onasi bozordan kelib qarasa, hamma yoq orasta qilib qo‘yilgan. Bola juda ham chiroyli kiyingan. Oyisini ochiq chehra bilan kutib olibdi. Onasi bu yangilikdan esankirab qolibdi va sekin o‘g‘lidan o‘zgarish sirini so‘rabdi. Bola oyisi bozorga ketgach yotib uxlaganini va tush ko‘rib, qo‘rqib ketganini aytib beribdi. So‘ng oyisini quchoqlab, kechirim so‘rabdi. Qayta bu xatolarini takrorlamaslikka so‘z beribdi. Oyisi o‘g‘lini aqlga kirib qolganidan xursand bo‘lib Ollohga shukronalik aytibdi. Aqlli o‘g‘li bilan baxtli yashab murod-maqsadiga yetibdi.

Qissadan hissa shuki: Bir yomonga bir yaxshi, bir yaxshiga bir yomon xislat hamroh bo‘lur.

Aytuvchi: Boltayev Xayri bobo. Navoiy viloyati, Karmana tumani.

Yozib oluvchi: Sheraliyeva Zarifa, 5-sinf o‘quvchisi.

QO‘NG‘IZ BEKACH ERTAGI

Bu voqea juda qadimda, hayvonlar, parranda-yu darrandalar, qurt-qumursqalar ham inson tilida so‘zlashadigan zamonda bo‘lib o‘tgan ekan.

Qo‘ng‘iz bekach ismli qiz bo‘lib, u husnda tengsiz, nihoyatda go‘zal ekan. Uning husni jamoli oldida, hatto oy ham xira tortar ekan. Qo‘ng‘iz bekach voyaga yetibdi va o‘ziga munosib yor axtarib yo‘lga chiqibdi. Dastlab yo‘lda podachiga duch kelibdi. Podachi unga:

– Menga turmushga chiqqin, – debdi. Shunda qo‘ng‘iz bekach:

– Agar aytganingni qilmasam nima qilasan, – deb so‘rabdi. Podachi unga:

– Qo‘limdagi shu kaltagim bilan uraman, – deb javob beribdi. Bu gapni eshitgan Qo‘ng‘izoy podachiga rad javobini berib yo‘lida davom etibdi.

Ancha yo‘l yurgandan so‘ng, bir temirchiga duch kelibdi. Temirchi ham unga turmushga chiqishini so‘rabdi. Qo‘ng‘iz bekach temirchidan ham, aytgan ishlaringni qilmasam nima qilasan, deb so‘rabdi. Temirchi unga qolidagi bolg‘asi bilan urishini aytibdi. Bu gapdan keyin Qo‘ng‘iz bekach, temirchiga ham rad javobini berib, yo‘lida davom etibdi.

Qo‘ng‘iz bekach yo‘l yursa ham, mo‘l yurib, bir gulzordan chiqib qolibdi. Gulzorda u bir Qo‘ng‘izvoyni ko‘ribdi. Qo‘ng‘izvoy Qo‘ng‘iz bekachga:

– Menga turmushga chiqqin, – debdi. Qo‘ng‘iz bekach undan ham:

– Jahlingni chiqarsam nima qilasan, – deb so‘rabdi. Qo‘ng‘izvoy unga:

– Mo‘ylovlarim bilan silab qo‘yaman, – deb javob beribdi. Shundan so‘ng Qo‘ng‘iz bekach Qo‘ng‘izvoyga turmushga chiqishga rozi bo‘libdi.

Ular gulzorda to‘y-tomosha qilibdi va baxtli hayot kechirib murod-maqsadlariga yetishibdi.

Normatova Momoxon

BAXT BILAN HASAD HAQIDA ERTAK

Qadim o‘tgan zamonda chol va kampir yashagan ekan. Ular yashagan yurt go‘zal, obod va insonlari bir-birlari bilan ahil inoq yashar ekanlar. Chol va kampir ham mana shunday baxtiyor oilalardan biri ekan. Ularning ikki qizi va ikki o‘g‘illari bo‘lib birbiridan aqlli va xushmuomala farzandlar ekan. Ularning oilasiga hammaning havasi kelar ekan. Mana shunday go‘zal yurtning bir chekka qishlog‘ida yovuz yalmog‘iz kampir yashar ekan. Jodugar yalmog‘iz kampirning qulog‘iga shu ahil oila haqidagi gaplar yetib boribdi. U hasad qilib baxtli oilaning shirin kunlariga chang solibdi. Kunlardan bir kun yalmog‘iz kampir qishloqqa kelibdi. Yalmog‘iz o‘zini och qolgan, bechora qilib ko‘rsatib baxtli oilani eshigini taqillatibdi. Eshikni kampir ochibdi va yalmog‘iz kampirga rahmi kelib uyiga kiritibdi. Unga non-choy, ovqat va yangi ko‘ylaklar beribdi. Kun kech bo‘lib qorong‘u tushibdi, chol daladan qaytibdi. Kampirni ko‘rib:

– Uyda mehmon bormi, – debdi. Yalmog‘iz shum niyatli bo‘lgani uchun kechqurun uxlamadi va tun yorishishidan oldin haligi dehqon cholni sehrlab, o‘g‘irlab ketibdi. Chunki yalmog‘iz, cholni qul qilib ishlatib o‘zi ham baxtli oilalarga o‘xshashni istabdi. Lekin yalmog‘iz kampir xohlaganidek bo‘lmabdi. Dehqon chol bolalarini sog‘inib kundan-kunga kuchdan ketib kasal bo‘lib boraveribdi. Buni ko‘rgan yalmog‘iz unga ish buyurar lekin cholni yaxshi ishlamagani va sog‘aymaganini ko‘rib kimsasiz bir cho‘lga tashlab ketibdi. Dehqon cholning kampiri farzandlarini qiyinchilik bilan katta qilibdi. Farzandlari mehnatkash, odobli, esli-xushli bo‘lib voyaga yetishibdi. Kampir qizlarini uzatib, o‘g‘illarini uylantiribdi.

Farzandlari otalarini izlashdan to‘xtamabdi. Bir kuni kenja o‘g‘li uzoq safarga chiqibdi. Karvon bilan cho‘lda ketishayotsa bir devona cholni uchratishibdi. Karvonboshidan cholni birga olib ketishni iltimos qilibdi. Karvonboshi rozi bo‘libdi. Safar vaqtida kenja o‘g‘il choldan nima uchun yolg‘iz yurganligini so‘rabdi. Chol boshidan o‘tganlarini aytib beribdi. Uning baxtli oilasi borligini aytibdi. Yalmog‘iz kampir uni shu ahvolga solganini aytibdi. Bu hikoyani eshitgan o‘g‘li chol o‘z otasi ekanligini bilibdi. O‘g‘li ham o‘zini tanishtiribdi. Shu onda ota bolasini topganidan xursand bo‘lib sevinch yoshlarini to‘kibdi. So‘ngra ular birgalikda o‘z yurtiga qaytishibdi va oilasi bilan baxtli hayot kechirishib murod maqsadiga yetishibdi.

Aytuvchi: Mirzayeva Muborak buvi.

Yozib oluvchi: Abdulhamidova Gavharoy, 5-sinf o‘quvchisi.

LOCHIN VA KO‘RSICHQON HAQIDA ERTAK

Bor ekan, yo‘q ekan, och ekanu to‘q ekan, qadim zamonda bir ko‘rsichqon yashagan ekan. Kunlardan bir kuni qattiq jala quyibdi. Ariq va soylarda suvlar to‘lib oqibdi. Ko‘rsichqon soy yoqasiga borib qolibdi. Qarasa suvda lochinning bitta polaponi oqib kelayotgan ekan. Shunda ko‘rsichqon polaponni suvdan qutqarib olibdi. Unga juda mehr qo‘yibdi. Polaponni oq yuvib, oq tarab tarbiya qila boshlabdi. Ko‘rsichqon yolg‘iz yashaganligi sababli, polaponga juda o‘rganib qolibdi. Kichkina lochincha ham Ko‘rsichqonni o‘z onasiday ko‘ribdi. Kunlar ketidan kunlar o‘tibdi. Polapon ulg‘ayib chiroyli Lochinga aylanibdi. Lochin har kuni o‘z uyi tepasida charx urib samoda parvoz etarkan. Buni ko‘rgan Ko‘rsichqon juda quvonar ekan. Kunlardan bir kuni Lochin bilan birgalikda yana bir Lochinning samoda uchayotganini ko‘ribdi. Ko‘rsichqon bundan taajjublanibdi. Bu hol har kuni takrorlanibdi. Ko‘rsichqon lochinning o‘z juftini topganini anglabdi. Kunlar o‘tib lochin qush o‘ziga o‘xshagan jajji polapon ochibdi. Buni ko‘rgan Ko‘rsichqon yanada quvonibdi. Sal o‘tgach polaponlar ulg‘ayibdi. Ular o‘z otasi va onalari bilan samoda parvoz etishibdi-da Ko‘rsichqon uyining tepasida bir necha marta aylanib, unga minnadorchilik bildirib uzoqlarga uchib ketishibdilar. Ko‘rsichqon esa xursand bo‘lib, ularning ortidan qarab qolibdi.

Aytuvchi: 70 yoshli Ergasheva Kimsanxon aya.

Yozib oluvchi: Najimiddinova Gulshanoy, 7-sinf o‘quvchisi.

ILM AFZAL

Bir bor ekan bir yo‘q ekan bir qishloqda bir oila bor ekan. Oilada 12 kishi istiqomat qilar ekan. Oilani boshi ota-ona – to‘qqiz o‘g‘li bir qizi bor edi. Farzandlar oila to‘kisligidan dangasa edi. Ota bir kuni kechqurun farzandlariga shunday savol berdi.

– Farzandlarim aytingchi ilm afzalmi yoki molu davlatmi? Farzandlar birin-ketin mol davlat afzalligi, hayotlari farovonligi ilm olish zarurat emasligini aytishibdi. Navbat to‘qqizinchi o‘g‘ilga kelibdi. Bola salmoqlab o‘ylanib:

– Otajonim mol davlatingiz bori juda yaxshi, hayotimiz farovon, turmushimiz go‘zal, ammo molu davlat sarflangan sari tugaydi. Lekin ilm aslo eskirmaydi. Shuning uchun men ilmni afzal ko‘raman, – debdi. Navbat yakka-yu yolg‘iz qizga kelibdi. Qiz kenja akasini gapini ma’qullabdi.

Ota kenja o‘g‘il va qizini ilm olishi uchun imkoniyat yaratib beribdi. Sakkiz o‘g‘il esa otasini mol davlatini saqlash uchun tinmay mehnat qilibdilar. Vaqtlar kelib ota-ona olamdan ko‘z yumib o‘tib ketibdilar. Farzandlar esa ota-onasi hayotlik davrida ilm egallagan uka va singlisiga havas bilan qarashar ekan. Chunki ularning hayoti farovon, turmushi chiroylik ekan.

Shuni aytadilarda, «Eb turganga tog‘ ham turish bermaydi, «Ilmli ming yashar, ilmsiz bir yashar»

Aytuvchi: Holtoji ona.

Yozib oluvchi: Jumaboev Shohijahon, 6-sinf o‘quvchisi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации