Электронная библиотека » А. Митта » » онлайн чтение - страница 10


  • Текст добавлен: 30 апреля 2024, 03:20


Автор книги: А. Митта


Жанр: Учебная литература, Детские книги


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 10 (всего у книги 33 страниц) [доступный отрывок для чтения: 11 страниц]

Шрифт:
- 100% +
KONFLIKTDAGI TО‘SIQLAR

Konfliktning muhim elementlaridan biri tо‘siqlardir. Tо‘siqlarni yengib о‘tish orqali personajlar konfliktni kо‘rinarli qiladilar. Tо‘siqlar xarakterlarni ochadi. Agar tо‘siqlar bо‘lmasa, konfliktning rivoji ham bо‘lmaydi.

Eng osoni konfliktni personajlarning dahanaki bahslarida kо‘rsatishdir. Odatda qahramon va antagonist barcha asosiy narsalarda qarama-qarshi qarashda bо‘ladi. Ularning bahsidagi muloqotlarini yozish juda maroqli. Tasavvur ta’sirchan luqmalardan semiradi, qо‘l о‘z-о‘zidan yoza boshlaydi. Ammo bu biz qilishimiz kerak bо‘lgan eng sо‘nggi ishdir.

Dialogning dramada maqsadga muvofiqligining boshqa oddiy mezoni mavjud. Agar sо‘zlar konfliktda raqib yengib о‘tishi lozim bо‘lgan tо‘siq qо‘yadigan bо‘lsa, ular yordam beradi. Agar sо‘zlar faqatgina xarakter chizgilarini oydinlashtirsa, aniqlashtirsa, ayni joyda va ayni shu paytda rivojlanayotgan narsalarga taalluqli bо‘lmasa, sо‘zlarga ular tо‘siq tug‘dirishi mumkin bо‘lgan boshqa joydan о‘rin axtarish kerak. Yoki ulardan voz kechish kerak.

Roman yoki qissada dialogning boshqa vazifalari bor. U yerda dialog bizning hayotdagi og‘zaki munosabatlarimizga juda yaqin bо‘ladi. Ammo hayotga о‘xshab ketadigan dramalar – bu konstruksiyaning skeleti va muskullarini yashirib turuvchi yupqa teri qatlamidir. Bir yozuvchi aytganidek: «Drama yozadigan romannavis halokatga uchragan kemaning kapitaniga о‘xshaydi. U kemaning portgacha yetib olishi uchun xalaqit qiladigan barcha narsalarni bort orqasiga uloqtiradi».

Konflikt – aslini olganda – dialogdir: savol – javob – savol… Ammo savollar va javoblar sо‘zlar emas, balki harakatlardir. Savollar raqibga tо‘siq kо‘rinishini oladi.

Tо‘siqlar ichki va tashqi bо‘lishi mumkin. Nimanidir qilishga qaror qilish – о‘z ichingdagi tо‘siqni yengib о‘tish demakdir. Harakat qilish – real dramatik holatda tо‘siqni yengib о‘tish demakdir.

Konfliktlarda biz har bir xarakter uchun u yengib о‘tishi mumkin bо‘lgan eng baland tо‘siqni axtaramiz.

JANNATGA YOKI JAHANNAMGA ELTUVCHI UCH BOSQICH

Drama о‘z maydoniga tushuvchi barcha narsalarni eng sо‘nggi holatlargacha rivojlantirishga intiladi. Baxt jannatga aylanishga intiladi, baxtsizlik – jahannamga. Hayotga о‘lim xavf soladi, sevgiga – bevafolik.

Konflikt ham dramada chо‘qqiga intiladi. Uning chо‘qqisi – halokat. Chexov aytganidek: «Oxirida qahramon yo uylan yoki о‘zingga о‘q uz». Qо‘lingda konfliktning sifatiga befarq bо‘lgan tuzilmaning bо‘lishi foydali bо‘lardi. Asl yoki siyqasi chiqqan, elas-elas bilinuvchi yoki qо‘pol, qonli har qanday konflikt bunday tuzilmada halokatgacha rivojlana olish imkoniyatiga ega bо‘lishi mumkin. Albatta, bunda konfliktlar о‘zlarining aslligini yо‘qotmasliklari lozim.

Agar turli xil konfliktlar uchun tayyorlab qо‘yilgan shunday bolvanka (yarim tayyor xomaki tuzilma) mavjud bо‘lsa, biz konflikt imkoniyatini rivojlantira borib, nimaga va qaysi joyda erisha olmaganimizni kо‘rishimiz mumkin bо‘lardi. Biz ish stolimizda doimo turish imkoniyatiga ega bо‘ladigan modelga ega bо‘lamiz.

Film uchun eng yaxshi tuzilma uch kо‘rinishli rivojlanishdir.

Birinchi kо‘rinishda konflikt seziladi, uning personajlari bilinadi. Birinchi kо‘rinishning oxirida keskin burilish nuqtasi paydo bо‘ladi.

Ikkinchi kо‘rinish. Burilish nuqtasi qahramonning holatini murakkablashtiradi. Bosh qahramon yо‘lida u yengib о‘tishi kerak bо‘lgan tо‘siqlar paydo bо‘ladi. Konflikt о‘sib boradi. Qahramonning faolligi ham ortib boradi. Ikkinchi kо‘rinishning oxirida ikkinchi burilish nuqtasi vujudga keladi. Bu kutilmagan va о‘tib bо‘lmaydiganday tо‘siqdir. U faoliyatni uchinchi kо‘rinishga chorlaydi.

Uchinchi kо‘rinish. Qahramonning dramatik holati keskin murakkablashadi. Unga batamom halokat xavf soladi. Eng tang holatda –kulminatsiyada – qahramon chora topadi yoki halok bо‘ladi. Har qanday holatda ham konflikt taranglikning eng yuqori chо‘qqisida hal etiladi.

Bir kitobda men ssenariy personajlar о‘tirgan qayiq suzib borayotgan daryo sifatida berilgan sxemani kо‘rdim. Qayiqning yо‘lida suvdan xavfli toshlar chiqib turadi. Oqim qayiqni parcha-parcha qilib yuborishi mumkin. Daryo – berilgan holat, oqim – alternativ omil, toshlar – konfliktdagi maqsadga tomon bora turib, yengib о‘tilishi kerak bо‘lgan tо‘siqlar.

Birinchi kо‘rinishning oxirida daryo keskin buriladi. Bu birinchi burilish nuqtasi. Daryoning о‘zani torayadi – oqimning tezligi ortadi (alternativ omil о‘sadi). Toshlar borgan sari kо‘payib boradi (tо‘siqlar murakkablashadi). Burilish nuqtasi bosh qahramonni halokat yoqasiga olib keladi. Konflikt ortadi.

Har qanday qiyos singari bu sxema soddalashtiradi, ammo ssenariy rivojlanishini nazorat qilish uchun u yaxshi ish beradi. Bundan kо‘rinadiki, sxema har qanday dramatik holatdagi har qanday konfliktni rivojlantirish uchun yordam beradi. U kichik shaklda xuddi bir yarim soatli filmdagiday yaxshi ishlaydi. Bu sxemada hayot oqimining uzluksizligi muvaffaqiyatli ravishda hikoyada birlashtirilganidir.

Hayot daryosi uzluksiz oqib boradi, ammo har bir kо‘rinishning oxiridagi burilish nuqtalari qahramonning muammolarini keskin murakkablashtirib boradi. Bu daryoda suza borib, personajlar о‘z konfliktlarini film kulminatsiyasida umumiy halokat darajasigacha olib boradiganga о‘xshaydi.

Balki bu model ommaviy kommunikatsiyalardagina yaxshi ishlar? Balki haqiqiy san’atda uch kо‘rinishda rivojlanadigan stereotip tuzilma e’tiborga loyiq emasdir?

Amerikalik ssenariychilarning «Qanday qilib durdona asar yozish va uni millionga sotish kerak?» nomli seminarini tasavvur etaylik. Unga chо‘qqi soqolli yigitcha kelib, shunday deydi: «Salom, mening ismim Anton. Dо‘stlarim meni impressionist deb atashadi, men konstruksiyalarimning bozorda muvaffaqiyat qozonishiga ishonmayman. Balki, siz bularni evidan chiqarsiz? Mana, menda bunday g‘oya, xarakterning oddiygina uch varaqdan iborat qoralamasi bor. Talaba-tibbiyotchi kambag‘al oiladan bо‘lgan bir qiz bilan yashaydi. U qizga gо‘yo bir buyum singari qaraydi. Uning uyiga dо‘sti, realist-rassom keladi va qizni naturachi qiz sifatida qarzga olib turadi. Ayni shu paytda u oshnasini uydagi tartibsizlik va ifloslik uchun urishadi. Yolg‘iz qolgan talaba kelajakda mashhur tabib bо‘lishni orzu qiladi. Kelajakda, albatta, mashuqasi uchun joy yо‘q. U bunday kelajakni yaqinlashtirishga – qizni darhol quvib yuborishga qaror qiladi. Ammo keyin u bilan yarashadi. Muammo shundaki, u qiz yigitni sevadi». Lektor hikoyani о‘qiydi va shunday deydi:

– Qarang, uch qismga bо‘lish sizda yaqqol kо‘rinib turibdi. Birnchisida bosh qahramonning muammosi haqida aytiladi. Ikkinchisida mehmon, rassom, bu muammoni keskinlashtiradi. Uchinchisida halokat sodir bо‘ladi. Menga qolsa, amalda hech narsani tuzatmagan bо‘lardim.

– Unda yana bir kichik hikoyani qarab kо‘ring. Bu shunchaki xarakterning xomaki chizmasi. U shunday odamki, hayotdan gо‘yoki g‘ilof orqali himoyalanadi. Shuning uchun ham men uni «G‘ilof bandasi» deb atadim.

Lektor о‘qiydi va ajablangan holda nigohini kо‘taradi:

– Ajoyib bayon. Ammo bunda uch kо‘rinishli tuzilma yanada yorqinroq ifodalangan. Birinchi kо‘rinishda muammo haqida aytilgan, ikkinchi qismda u murakkablashadi. Uchinchi qismda keskinlashadi va qahramonni о‘limgacha olib boradi. Aytingchi, yigitcha, siz avval bizning ssenariychilik kasbi bо‘yicha kurslarimizga qatnashganmisiz?

– Bunday bо‘lmagandi.

– Judayam qiziq. Familiyangiz nima?

– Chexov.

Chexovning orqasidan mо‘ylovli, uzun sochlari qiyshiq ochilgan boshqa bir yigit keladi. U shunday deydi:

– Men hikoyalar va qissalar yozaman. Dо‘stlarimning aytishlaricha, men kutilmagan adabiy konstruksiyalar о‘ylab chiqish borasida juda ustasi farang emishman. Marhamat qilib, mening xatolarimni kо‘rsatib bersangiz. Mana, bu yerda kichikkina qissa, bu kichik amaldor va uning shineli haqidagi sevgi hikoyasiga о‘xshash bir narsa. Nayrang shundaki, bu shinel xuddi tirik odam singari olib chiqilgan.

Lektor о‘qiydi. U kо‘zlarini kо‘targanida uning yuzarida zavqshavq va qoyil qolish alomatlari bor edi. U:

– Men sizga nimanidir о‘rgatishim qiyin. Sizda ham juda yorqin tarzda uch kо‘rinish mavjud. Ruxsat bersangiz, sizning sahnalarga bо‘lganingizni boshqa talabalar uchun misol tariqasida keltirsam. Birinchi qismda qahramon sevgilisi haqida orzu qiladi va unga tomon intiladi. Ikkinchi qismda u maksimal baxt-saodatga erishadi, ammo sevgilisidan ayriladi va u uchun о‘limigacha kurashadi. Uchinchisida u afsonaviy maxluqqa aylanadi va о‘zini xafa qilgan kishilardan о‘ch oladi. Men quvonch bilan sizni «Yuniversal»ning ssenariy bо‘limiga tavsiya qilgan bо‘lardim. Ismingiz nima?

– Gogol, – deydi mо‘ylovli yigitcha va havoga singib ketadi.

Konfliktdagi dramatik holatning uch kо‘rinishli rivojini barcha daholardan topishingiz mumkin, buning sababi oddiy: bu qandaydir alohida olingan uslub bо‘lmasdan, mualliflik g‘oyasini dramatik holat va uning konfliktdagi rivoji orqali ifodalashning universal usulidir.

Bugungi kunda bozorga chiqarilayotgan birorta film busiz tasavvur ham qilina olinmaydigan konfliktdagi dramatik holatning uch kо‘rinishli rivoji «Yuniversal» yoki «Paramaunt» qarida pishib-yetilgan emas. Ommaviy madaniyat buni va barcha boshqa narsalarni ham daholardan va mumtozlardan olgandir. Ularning yangiliklari va kashfiyotlari ommaviy qolip holiga keltirilgan.

Albatta muammo mavjud. Bunga javob bermasdan turib oldinga yurish tо‘g‘ri bо‘lmasdi. Muammo, mening nazarimda, san’atdan zavq olish hamisha yangilik va qoidadan chetga chiqish bilan bog‘liq bо‘ladi. Aynan ular hayotning sirlari va hududsiz haqiqatlariga yondashish quvonchini bizga ato etadi.

Ommaviy madaniyat qoidalar bilan ish kо‘radi. Faqat qoidalar bilan. Agar sizning bisotingizda faqat qoidalar bо‘ladigan bо‘lsa, unda quyidan tepagacha boshdan-oyoq bir xil nusxalarni olasiz. Strukturalizm nazariyotchisi Rolan Bart aytganidek: «Nusxa-qoliplar – kо‘ngilni aynitadigan darajada о‘la olmaslikdir», men esa sizni ijodda bunday abadiy chala о‘liklikka itarmoqchi emasman.

Ammo har qanday san’atning poydevorida yotuvchi asosiy unsurlar hamisha tuzilmaga ega. Siz ularni steriotiplar (qoliplar) deb atashingiz mumkin, ammo ular shaklning asosidir.

Buyuk essenavis va sinchkov mutafakkir Pol Valeri donolarcha qisqa qilib: «Sо‘zlar bilan о‘ylanmaydi, iboralar bilan о‘ylanadi» – degandi. Ya’ni ijodkorning fikrida shakl ishtirok etishi kerak.

Bu har bir san’atga daxldordir. Baletda harakat qoidalariga asoslangan iboralar asosida fikrlaydilar. Shaxmatda donalarni maydonda surishning о‘zgarmas qoidalari asosida о‘ylaydilar.

Bu qoidalar san’atning abadiy yangilanib turishiga xalaqit bermaydi.

Xuddi shu kabi dramada ham konfliktning uch kо‘rinishli rivojiga asoslanish qoidasi uning yaratuvchilariga xalaqit qilmaydi. Nazarimda, bu qoidani aniqlagan daholar nafaqat ichki tuyg‘u farosati quvvatiga, shuningdek, minglab yechimlarni bir onda hisoblab, ular orasidan eng yaxshi yо‘lni topish imkonini beradigan miya-kompyuterga ham ega bо‘lganlar.

Bu yо‘l konfliktning uch kо‘rinishli rivojidir. Bu narsa Chexovda qanday ishlashini kо‘rib chiqaylik.

«Amaldorning о‘limi».

Birinchi kо‘rinish.

Amaldor Chervyakov teatrda tasodifan notanish generalning kal boshiga aksa urib yubordi. Chervyakov xijolatda, u kechirim sо‘raydi, ammo general qо‘lini siltab qо‘ya qoladi, uni otalarcha, taomilga kо‘ra kechirmaydi. Chervyakov sarosimada.

Ikkinchi kо‘rinish.

О‘ta xavotirga tushgan Chervyakov generaldan uzr sо‘rash uchun begona mahkamaga boradi. Ammo general о‘zini munosib tutmaydi. О‘zini xuddi hech narsa esida yо‘q kishidek tutadi. Chervyakov kechirim ololmadi.

Uchinchi kо‘rinish.

Tushkunlikka tushgan, qо‘rquv ichidagi Chervyakov yana generaldan kechirim sо‘rash uchun boradi. Bu safar falokat rо‘y beradi.

– Yо‘qol! – deb baqirdi birdaniga kо‘karib ketgan va titroq bosgan general.

– N-nima? – shivirlab sо‘radi qо‘rquvdan es-hushi oqqan Chervyakov.

– Yо‘qol!!! – takrorladi general oyoqlari bilan depsinib. Chervyakovning qornida nimadir uzilib ketdi. Hech narsani kо‘rmasdan, hech narsani eshitmasdan u eshik tomon tisarildi, kо‘chaga chiqdi va zо‘r-bazо‘r yurib bordi… G‘ayrishuuriy tarzda uyiga kelib, vismundirini ham yechmasdan divanga chо‘zildi va… о‘ldi. Uch kо‘rinishli rivojlanish kichik hikoyaga aniq shakl beradi.

Bir yarim sahifa matnli boshqa bir yumoreska – «Chorbog‘chilar». Sevishgan yangi kelin-kuyovlar stansiyadagi poyezdlarni kuzatib qolish bilan vaqtixushlik qilishar edi. Yoshlar ovqatdan lazzatlanish va muhabbat quvonchlariga g‘arq bо‘lish uchun hayajon va nazokat bilan kechki ovqat va tunning kelishini kutishadi. Bexosdan! Yetib kelgan poyezddan qarindoshlar va ularning bolalari galasi yopirilib tushadilar. Aniqki, dala hovlisidagi tinchlik va osoyishtalik barbod bо‘ldi. Natijada endi er yosh xotinini sevmaydi, balki undan nafratlanadi – bu qarindoshlar uning mehmonlari edi. Siz uch kichik kо‘rinishda rivojlanuvchi voqeani kо‘rasiz:

– birinchisida baxtga intiluvchi sevishganlar kо‘rsatilgan;

– ikkinchisida ularning muhabbati tо‘siqqa uchraydi;

– uchinchisida muhabbat halokatli tarzda barbod bо‘ladi. Uch qismga bо‘linish yumoreskaga tushunarli va aniq shakl beradi. Va biz muallifning fikrlari uch turtki orqali rivojlanganligini aslo sezmaymiz.

Turtkilar xuddi harakatni keyingi kо‘rinishga surib chiqaruvchi burilish nuqtalari singari ishlaydi.

Burilish nuqtasi – personaj dramatik holatga tushdi. Yaxshi edi, yomon bо‘lib qoldi. Yomon edi, yanada yomonlashdi. Juda yomon edi – birdan hammasi joyiga tushdi. Mana shu narsaning о‘zi hikoyadagi burilish nuqtalaridir. Hikoya yangi yо‘nalish oldi.

Personaj о‘z harakatlari bilan kutilmagan «bexosdan!»ga javob berishi kerak. Bundan konflikt shiddatli ravishda о‘sib boradi. Biz dramatik peripetiyani tahlil qilganimizda bu «bexosdan»ga diqqatimizni jalb qilgan edik. Endi bizga drama tuzilmasi peripetiyalarni bosqichmabosqich tizib qо‘yishi yanada aniqroq bо‘ldi. Har bir bosqich oldingisidan kо‘ra yuqoriroqda joylashgan. Bu bosqichlar orqali biz kulminatsiya tomon kо‘tarilamiz. Ayni shu paytda butun zina uch qadamga bо‘lingandir. Bu esa о‘sha uch kо‘rinishdir. Shu tariqa konfliktni rivojlantirgan holda biz hikoyani bayon qilamiz.

Chexovning «Uyqi xohishi» nomli kichik hikoyasidagi zinapoyaning uch bosqichini kо‘rib chiqaylik.

13 yoshli Varka etikdо‘znikida enaga bо‘lib xizmat qiladi. Darhol dramatik holat berilgan: Hali о‘zi bola bо‘lgan Varkaning aql og‘ish darajasida uyqusi keladi, «uning kо‘zlari yumilib, kallasi pastga tushib ketayapti, bо‘yinlari og‘riyapti. U qovoqlarini ham, kо‘zlarini ham qimirlata olmaydi va uning nazarida yuzlari quruqshib, yog‘ochga, kallasi esa xuddi to‘g‘nog‘ichning boshiga о‘xshab qolganday».

Varka tuni bilan baqirib chiqqan gо‘dakni tebratib chiqishi lozim. Tong otishi bilan xо‘jayinning: «Varka, pechkani yoq», – deb qichqirishi harakatni ikkinchi kо‘rinishga quvadi. Harakatning shiddati va sur’ati keskin о‘zgaradi. Uyqusiz tun azob bergan Varkani bir daqiqa dam bermasdan saroydan о‘tin opkelish, samovar yoqish, kalishlarni tozalash, zinani yuvish, pivoga chopish, aroq opkelish uchun… yugurtirishadi.

Mana, yana tun va uchinchi kо‘rinishning yetilib kelayotgan halokati shiddat bilan boshlanadi. Varka xira tortgan aqli bilan dushmanni, u tortayotgan bor jafolarning ildizini topadi. Bu – arillayotgan gо‘dak. Varka uni bо‘g‘ib о‘ldiradi va quvonchidan kulganicha, real hayot azoblaridan qisqagina vaqtga forig‘ bо‘lgan holda, beshik oldida uxlab qoladi.

Uch kо‘rinish.

Birinchisida konflikt kelib chiqadi.

Ikkinchisida konflikt rivojlanadi.

Uchinchisida konflikt halokat bо‘lib portlaydi.

Ta’kidlab о‘tamizki, butun hikoya – bir butun baxtsizlik tomon peripetiya bo‘lib, kulminatsiyasida u qо‘rqinchli, fojiaviy baxt sari peripetiya tomon sinadi. Yо‘l-yо‘lakay aytib о‘taylik, qahramon qiz hamisha dramatik holatda bо‘ladi.

Biz bilib olgan barcha tuzilma elementlari birgalikda harakat qiladi.

Konfliktning uch kо‘rinishli rivojlanishi ba’zi о‘z-о‘zini cheklashlar bilan birga samara beradi.

Birinchi shart. Kо‘rinishdan kо‘rinishga о‘tgan sari, xuddi asosiy narsaga jalb etilgandek, hikoyaning diqqat maydoni torayib boradi.

Birinchi kо‘rinish jamlaydi. Unda konfliktlarning barcha tugunlari bog‘lanadi. Bu odamlar, obyektlar, detallar, atrof-muhit doirasi – Stanislavskiy sistemasida «berilgan holatlar» deb ataladigan barcha narsalardir. Birinchi kо‘rinishda biz ikkinchi va uchinchi kо‘rinishlarda ular bilan ishlaydigan barcha axborot tо‘planadi.

Bizning sistemamizga nisbatan qо‘llanganda:

Bu qanday qayiq?

Unda qanaqa odamlar о‘tirishibdi?

Qayerga va nima uchun suzishmoqda?

Bu qanday daryo?

Birinchi kо‘rinishda, shaxmat tili bilan aytganda, biz donalarni joylashtiramiz va dastlabki yurishlarni amalga oshiramiz.

Ikkinchi kо‘rinish. Jang boshlandi, о‘yin murakkablashdi. Juda kо‘p iflosgarchiliklar yuzaga keladi. Qahramonlar yо‘lida yangi-yangi tо‘siqlar paydo bо‘ladi. Biz uchun yangidan-yangi narsalarni bilib olishdan kо‘ra, odatdagi narsalarda kutilmagan narsalarni ochish samaraliroq bо‘ladi.

Qayiq mustahkamga о‘xshab kо‘ringandi, uning teshigi bor ekan.

Oqim tinch edi, endi esa qayiqni dahshatli kuch bilan surib bormoqda.

Daryo xuddi Kustodiyevning kartinasidagi savdogar xotin singari mahliyo bо‘lib о‘ziga tortgan edi, endi suvdan toshlar chiqib turibdi, suv atrofda qutirmoqda.

Yо‘ldoshlar vijdonli kishilarga о‘xshagan edi, kо‘rinayaptiki, ular yolg‘onchilar, yaramaslar va zо‘ravonlar ekan.

Bu bilganlaringiz sizga о‘z hayotiy tajribangizdagi nimalarnidir eslatayapti, shunday emasmi?

Ikkinchi kо‘rinish kamalakning orqa tarafini aniqlaydi. Biz birinchi kо‘rinishda bayon etilgan barcha holatlarni tushunish bо‘yicha chuqurlashamiz.

Hayotda siz:

– Tо‘xta! Men bu qayiqda boshqa suzmayman. Omon bо‘ling. Berilgan saboq uchun rahmat. Mening sayohatim tugadi, – degan bо‘lardingiz.

Ammo dramada asosiy narsa endi boshlanayapti. Birinchi va ikkinchi kо‘rinishlar – faqat uchinchi kо‘rinishdagi halokatga tayyorgarlikkina xolos. Dramada siz yomonlikning mohiyati nimada ekanligini aniqlashni, о‘zingizning haq ekanligingizni isbotlashni, о‘z dunyongizda adolat va tartib о‘rnatishni xohlaysiz. Dramada siz konfliktning ortib boruvchi zarbalaridan qocha olmaysiz. Siz dastlabki ikki kо‘rinishda daryoning makkor qiliqlari, uning injiq oqimi bilan yaxshi tanishib oldingiz. Sizda qayiqning mustahkamligi haqidagi aldamchi tasavvur yо‘q. Endi sheriklaringizni sо‘z va va’dalar ishontira olmasligini bilasiz. To о‘lim yoki g‘alabagacha urish bо‘ladi. Mayli, qayiq sharsharadagi jarlikka qulayversin. Siz eng asosiy narsaga diqqatingizni jalb qilishingiz kerak. Shunda sizning qalb tо‘ringizdan shu paytgacha yashirinib yotgan qо‘shimcha kuchlar paydo bо‘ladi. Konflikt eng tо‘liq holda yechiladi va sodir bо‘layotganlarning falsafiy ma’nosi ayovsiz va kelishtirib bо‘lmaydigan kurashning natijasi sifatida paydo bо‘ladi. Bu – drama.

Kо‘rayapsizki, sizning о‘z maqsadlaringizga erishishingiz uchun uchinchi kо‘rinishda sizni sо‘nggi kurashdan chalg‘ituvchi yangi xabarlar bо‘lmasligi kerak. Sizning butun kuchingiz sizga ma’lum bо‘lgan yomonlikka qarshi kurashish uchun berilishi kerak. Tomoshabin uchun ham bu narsa foydali. Ular tasodifiy bir tarzda bir soatdan ortiq sizning qayig‘ingiz ortidan kuzatib kelishmoqda. Barcha tafsilotlarni bilishadi. Ular sizga hamdardliklari bilan yordamlashmoqchilar. Ularga «kimning kim ekanligi» ma’lum bо‘lsa, ular sizning muammoingizga his-hayajoni bilan jalb etiladi. Agar nimadir yangi narsa paydo bо‘lsa, ular chalg‘iydilar va endi «bu qanday tip edi?», «qayerdan kelib qoldi?», «unga nima kerak о‘zi?», «u aldamayaptimi?» deb о‘ylashlari kerak bо‘ladi. Tomoshabinning tuyg‘ulari birdaniga nolga tushadi. Siz olovni yana yangidan yoqishingiz kerak bо‘ladi. Demakki, sizga – muallif va rejissorga nima ma’qul bо‘lsa, tomoshabinga ham shu narsa, uchinchi kо‘rinishda kamroq yangi xabar bо‘lishi, ma’qul ekan. Konfliktning yakuniy yechimida kо‘proq bir-biriga zarbalar berilishi kerak. Jangda haqiqat uchqunlari chiqariladi. Mayli, endi biz kimni kо‘proq tushunsak, о‘shalar – bosh qahramonlar urishishsin.

Aktyor uchun ham uchinchi kо‘rinishdagi halokatda bо‘ladigan katta janjal – о‘ylab topilishi mumkin bо‘lgan eng yaxshi narsadir. Aktyorlarga harakatlari orqali о‘z personajlari haqida nimalar о‘ylayotganligini aytishga imkon bering.

Shunday qilib, uchinchi kо‘rinishning halokati dramaning diqqat markazida bо‘lgan tor maydonda rivojlanishi hamma uchun eng yaxshi holatdir. Bu xuddi nishonga olingan maydon markaziga о‘xshaydi.

Bu narsa Chexovning kо‘p kishilik «Tug‘ilgan kun» hikoyasida qanday ishlashini kо‘raylik. Olga Mixaylovna – homiladorlikning yettinchi oyida bо‘lgan jozibador ayol va uning eri, chiroyli, aqlli, g‘alati pomeshchik, ular Pyotr Dmitriyevichning tug‘ilgan kunini nishonlashmoqda.

Er-xotinning hayoti kundalik mayda-chuydalar bilan qurshab olingan. Dastlab ularni konflikt ham deb bо‘lmaydi. Tushunmovchiliklar, kichik rashk, ozgina yolg‘onlar, aniqlanmagan da’volar. Har kimga ham ma’lum bо‘lgan mayda-chuydalar bir butun tо‘rga aylanib boradi. Yо‘l-yо‘lakay ular bitta gо‘valakka aylanib, ikkinchi va uchinchi kо‘rinishlarda konflikt taranglashganda bolg‘a bо‘lib uradigan narsaga aylanadi.

Birinchi kо‘rinish serodam, hashamatli, u kо‘plab zavq-shavqqa tо‘ldiruvchi detallar va kuzatishlar bilan tо‘lib-toshgan. Unda yozning yomg‘ir oldidan bо‘ladigan dim havoli kuni muhiti berilgan. Biz hamma narsa о‘zining tо‘liq tabiiy о‘zanida bо‘lgan betashvish hayotga butunlay sho‘ng‘iganmiz. Bu narsa nafaqat hayotning mohirona chizilgan tasviri, balki ikkinchi kо‘rinishdagi portlashga va uchinchi kо‘rinishdagi halokatga puxtalik bilan tayyorlangan holat ekanligi xayolimizga ham kelmaydi.

Birinchi kо‘rinishning oxirida sizda chindan ham badavlat qо‘rg‘onda xо‘jayinning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan bayram kunini о‘tkazganlik tuyg‘usi paydo bо‘ladi. Olga Mixaylovnaning xushmuomala beka niqobi ostidagi charchoqlik va tutoqqan zardali holatini ham yaxshi tushunasiz.

Ikkinchi kо‘rinish. Er-xotin nimqorong‘u yotoqda. Barcha mehmonlar birinchi kо‘rinishda qolib ketishgan. Konfliktning asosiy shaxslaridan boshqa hech kim yо‘q. Birinchi kichkinagina tosh ham orqasidan kо‘chkini keltirib chiqaradi. Biz о‘zimizga kelguncha hamma narsa oilaviy mojaro olovining domiga tushadi. Bu bema’niga о‘xshab tuyuladi, ammo biz qahramonlar xatti-harakatlari motivini, har bir sо‘z va imo-ishora sababini yaxshi tushunamiz. Buni birinchi kо‘rinish bajargan edi.

Mojaro tezlik bilan о‘z kulminatsiyasiga chiqadi va tashqaridan qaraganda tо‘xtaganday bо‘ladi. Amalda esa olov ichkariga haydalgan bо‘lib, u uchinchi kо‘rinshdagi halokatda portlaydi.

Uchinchi kо‘rinish.

Muddatidan oldingi tug‘ish tо‘lg‘og‘i boshlanadi. Hamma narsa azob yeyayotgan Olga Mixaylovnaning yuzida tо‘plangan. Muddatidan oldingi tug‘ish azobi.

Bola tushib qoladi.

О‘lik bola.

Olga Mixaylovnaning о‘zi hayot bilan о‘lim о‘rtasida.

Er butunlay umidsizlikka tushgan.

Pyotr Dmitriyevichning: «Nima uchun biz bolamizni saqlab qololmadik», degan umidsiz faryodi bilan tо‘xtatilmagunicha hamma narsa jahannam tomon dumalab borardi.

Dohiyona yozilgan matnga tegmay turaylik. Konstruksiyaga nazar solamiz. Birinchi kо‘rinishda biz kerakli barcha axborotni olganmiz.

Ikkinchi kо‘rinish bu axborotni konfliktga aylantiradi va bu konfliktni maksimal darajasigacha rivojlantiradi.

Uchinchi kо‘rinish ikkinchi kо‘rinishdagi konfliktni halokatga aylantiradi.

Filmlarda sodda bо‘lgan bu konstruksiya qо‘polroq kо‘rinadi. Siz uni hech bir qiyinchiliksiz ajoyib besteller bо‘lmish «Chо‘qintirgan ota»da ham, juda ajoyib triller «Qochish»da ham, muvaffaqiyatga erishgan har qanday filmda ham topa olasiz.

Ammo, yaxshisi, yana Chexovga murojaat qilishdir. «Tug‘ilgan kun»da voqealar bir sutka davomida bо‘lib о‘tadi. «Ionich»da bо‘lsa 17 sahifada – bosh qahramonning yigirma yillik hayoti. Bari bir о‘sha konstruksiya.

Birinchi kо‘rinish. Quvonchli ibtido. Chekka bir shaharga yosh vrach Dmitriy Ionich Starsev keladi. U yosh pianist qiz Katenka Turkinani sevib qoladi. Katenkaning oyisi romanlar yozadi, otasi – mehmondо‘st va hazilkash barin. Hammasi qandaydir umid bilan tо‘lgan, soddagina chekka shaharda yangilik, baxt quvonchini va’da qilayotganday. Bu birinchi kо‘rinish, u 11 sahifada ifodalangan. Hikoyaning deyarli uchdan ikkisi – unda deyarli barcha xabar berilgandir. Bundan keyin xabarlar ikki marta о‘zgaradi: ikkinchi va uchinchi kо‘rinishlarda.

Ikkinchi kо‘rinish t о‘rt yil davomida bо‘lib о‘tadi. 5 sahifada faqat oldin ma’lum bо‘lgan shaxslar va faktlar kо‘rsatilgan. Ammo endi niqoblar yirtilgan, yashirin prujinalar ochilgan. Xо‘jayin – mahmadona, beka – grafomanka (qо‘lidan kelmaydigan yozuvchilikka mukkasidan ketgan ayol), qiz iste’dodsiz – Moskvaga borib, quvib haydalgan itday qaytib kelgan. Starsev ham о‘smirlik idealizmi bilan tо‘lib toshmagan, balki befarqlik va manfaatparastlikka botgan. Gо‘yoki endi u sevgi va hamdardlikka qodir emasdek. Qanchalik ajablanarli о‘zgarish!

Uchinchi kо‘rinish bu о‘zgarishlarni oxiriga olib boradi. Jumboqning yechimi keskin, shafqatsizlarcha, qо‘rqinchli tarzda berilgan. Starsevning halokatli о‘zgarishi nihoyasiga yetadi.

Kishining chekka shaharning qoloq hayoti bilan konflikti lо‘nda va butun tо‘laligi bilan ochib berilgan. Starsevni yedilar, hazm qildilar va uni monstrga aylantirdilar.

Agar aktyor о‘z personajini uch kо‘rinishda о‘zgaruvchi rol tarzida о‘ylab kо‘rsa, unda har qanday ansamblda yorqin ajralib turishi uchun qо‘shimcha imkoniyatlar paydo bо‘ladi. Uni tan oladilar va esdan chiqarmaydilar, chunki rolda shakl paydo bо‘ladi.

Mening ishimda rolning bunday rivojiga misol «Sibirda yо‘qolgan» filmida bо‘lgan edi. Unda iste’dodli aktyorlar tasvirga tushishgan edi, Rossiyadagi an’anaga kо‘ra, ular improvizatsiya qilishar, rollarining strategiyasiga e’tibor bermasdan bemalol о‘ynashar edi. Ular bu – rejissorning ishi ekanligini bilishardi: u kо‘rsatadi, u tuzatadi, u montaj qiladi. Angliyalik Entoni Endryus har tomonlama ularga yutqazar edi. Improvizatsiya qilmasdi, hayratomuz nomerlar taklif qilmasdi, rolni oyog‘ini osmondan keltirmasdi, qisqasi – impulsiv, tashqi ta’sirlarga beriluvchi iqtidorning hech qanday belgisini kо‘rsatmas edi. Assistent qizlar: «Bizning о‘z artistlarimiz qanchalik ajoyib, nega bizning chet elliklarga omadimiz chopmagan-a!» – deb xafa bо‘lishardi.

Endryus rolni uch qismga ajratdi.

Birinchi qismida u jonli, ta’sirchan, tez gapiradigan, kо‘zlari yonib turar edi – uning erkinlikdagi hayoti shunday edi.

Ikkinchi qismda u vazmin harakat qiladi, shoshilmasdan о‘ylaydi, gо‘yoki eng oddiy axborot ham uning merov bо‘lib qolgan miyasiga qiyinchilik bilan qabul qilinayotganga о‘xshaydi. Bu uning lagerdagi hayoti edi. U hayvonga aylangan edi.

Uchinchi qismda berahmlik va aniqlik paydo bо‘ldi. Har bir daqiqada ochiq olishuvda о‘z hayoti uchun о‘lgunicha turib berishga tayyor bо‘lgan jangchi о‘sib ulg‘aydi. U о‘z atrofidagi barcha narsalarga qattiq yopishib olgan va bir onga bо‘lsa ham о‘zining taranglashgan diqqatini susaytirmas edi. Gо‘yoki boshqa odam tug‘ilganday edi. Bu filmning yakunlovchi qismi edi.

Bu kartinani turlicha boyitish yoki qisqa bir onga bо‘lsa ham uni portlatish haqidagi har qanday taklifni Entoni qabul qilmas edi. Tasvirga tushirilgan film montaj stoliga kelib tushganidan sо‘ng bizning aktyorlarimiz tomondan qilingan rang-barang improvizatsiyalar parcha-parcha bо‘lib savatga uchishdi. Endryuning rolida bо‘lsa har bir kadr boshqasiga metindek bog‘langan va undan taassurotlar kundan-kunga ortib borardi. U faqat konfliktning mohiyati bо‘yicha о‘ynagan edi. Rol aniq shakl oldi. Oxirida endi hamma bu narsa filmning muvaffaqiyatlaridan biri ekanligini bilar edi.

Personajning uch kо‘rinishli rivoji hamisha ham ssenariyda berilgan bо‘lavermaydi. Bu biz rolga kiritishimiz mumkin bо‘lgan narsadir. Biz filmning va bosh rollarning butun ssenariysini rivojlantira borib, bu bilan ishlashimiz kerak.

Menda, balki barcha rejissorlarda ham, «Olchali bog‘»ni qо‘yish g‘oyasi bor edi. Men birinchi kо‘rinishda Ranevskayani о‘zidan ancha yosh kо‘rishni istagan edim. Yosh, baxtiyor, jо‘shqin harakatlanuvchi, ildam qadam tashlovchi, butun vujudi tо‘lqinlangan, quvonchli kulgudan yig‘iga о‘tadigan qiz. Bо‘lmasam-chi! U besh yil uyda bо‘lmadi va daf’atan о‘zini-о‘ziga yaqin bо‘lgan kishilarining diqqat markazida sezib qoldi, bog‘, mana shu qalbga yaqin bog‘ ham uning atrofida edi.

Ikkinchi kо‘rinish. Ranevskaya о‘z yoshiga monand kо‘rinadi, diqqatini bir joyga tо‘plagan holda fikrlaydi. О‘z muammosini hal etishi lozim. Varyani nima qilish kerak? Anya bundan keyin qanday yashashi lozim?.. Olchazor bilan hal qilib bо‘lmaydigan holat yuz berdi, yaxshisi hozir bu haqda о‘ylamagan ma’qul…

Uchinchi kо‘rinish. Ranevskaya keskin qarigan. Xuddi ikki oy emas, yigirma yil о‘tganday. Harakatlarida allaqanday ishonchsizlik, qо‘llari biroz titraydi. U bularni yashirmoqchi bо‘ladi va xuddi ajal nafasini tuyganday ulardan qо‘rqadi.

Xuddi shunday uch kо‘rinishli rivojlanishni Lopaxinda ham kо‘rish mumkin. Birinchi kо‘rinishda u mehribon, yumshoq kо‘ngil, gо‘yoki kо‘p narsalarda о‘ziga ishonchi bо‘lmaganday. Xalqdan chiqqan Rossiya ziyolisi. О‘tkir aqlli, ammo oddiy muvaffaqiyat qozongan biznesmenga qaraganda ancha xushmuomalaliroq va mehribonroq.

Ikkinchi kо‘rinishda halok bо‘layotganlarini tushunmayotgan bu telbalarning barchasi uning g‘ashiga tegadi. U qiyinchilik bilan о‘zini tutib turadi. Ich-ichidan doimo sо‘kinib yuradi. Esipast bekorchilar ularni qutqarishi mumkin bо‘lgan yordamni qabul qilishmaydi! U har doim о‘zicha hisob-kitob qilib yuradi va hamisha bog‘ni dala hovlisi quruvchilarga sotish hamisha foydali biznes bо‘lib chiqadi. Bunday fantastik biznesni u sovg‘a qiladi. Ranevskaya va Gayevlar esa uni qabul qilmaydilar. Bu bema’nilik emasmi?

Uchinchi kо‘rinish – halokat. Lopatin xuddi doktor Jekilga aylangan doktor Xaydga о‘xshaydi. U mutlaqo boshqa odam: yovvoyi, qо‘pol, tiyiqsiz, hayvoniy xirsga tо‘lgan. U buzoqcha yoniga bekinib borgan, g‘alabaning qaynoq qoni bilan mast bо‘riga о‘xshaydi. U qul bо‘lgan bog‘ endi uning mulkiga aylandi! Barcha yashirin orzulari amalga oshdi.

Rivojlanishning uch kо‘rinishli tuzilmasi – dramaning Nitsshe fahmlab yetgan sirlaridan biridir. U dramada hayotni falsafiy mushohada qilish tajribalarimizga san’at asari shaklini beradi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 | Следующая
  • 5 Оценок: 1

Правообладателям!

Данное произведение размещено по согласованию с ООО "ЛитРес" (20% исходного текста). Если размещение книги нарушает чьи-либо права, то сообщите об этом.

Читателям!

Оплатили, но не знаете что делать дальше?


Популярные книги за неделю


Рекомендации