Текст книги "Кинода режиссура ва драматургия"
Автор книги: А. Митта
Жанр: Учебная литература, Детские книги
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 6 (всего у книги 33 страниц) [доступный отрывок для чтения: 11 страниц]
DRAMATIK HOLATLARDAGI ARXETIPLAR
Hojatxonada siyishdan qо‘rqadigan tо‘rt yoshli bir bolani bilardim. Akasi, sakkiz yoshli galvars, unga u yerda, suvda kalamush yashashini aytgan: bolakay siyayotganida kalamush chiqib, uning chukini tishlab oladi. Bu bolakayning hayoti azobdan iborat edi. Har safar siygisi kelganida u akasidan, hojatxonada kalamush bor-yо‘qligini tekshirib berishni iltimos qilardi. Akasi bо‘lsa doimo nima bilandir band bо‘lar, ammo mayli, bir bо‘lak saqich evaziga hojatxonaning xavfsizligini tekshirib berar edi.
Bir safar kechki payt bolakay bir о‘zi qoladi. Butun oila mehmonga ketgan, bolakayni uxlashga yotqizishgandi. U uxlay olarmidi? Nazarida kalamush koridor bо‘ylab yugurayotganday, u bolakayni bir о‘zi qolganini bilib, о‘zining qarindosh-urug‘larini idishlarni ichini tekshirib kо‘rgani olib kelganday bо‘lardi. Ustiga, bolakayning siygisi ham kelardi. Tо‘shakka siyib qо‘ysa ham bо‘laverardi-yu, ammo bu bilan akasiga kulgi bо‘lardi. Va nihoyat bolakay qо‘rquvdan titrab-qaqshab xavfli sayohatga chiqadi. Va qahramonlik qildi! Hatto: «Ey, sen, kalamush, men sendan qо‘rqmayman!» – deb qichqirdi. Keyin g‘izillaganicha orqaga, kо‘rpasi himoyasiga yugurdi. U shunchalik baxtiyorki, hatto uxlay olmaydi. Mehmondan qaytgan ota-onasi unlan xavotirda: «Kasal-pasal bо‘lib qolmadimikan?» Bolakay: «Men siydim!» – deb qichqiradi va oyisining qо‘llariga yashiringanicha yig‘lab yuboradi.
Dramatik holat bolakayni burchakka siqib qо‘ydi. U о‘z xarakteridagi barcha imkoniyatlarni ishga tushirdi va hamma tо‘siqlarni: о‘ziga hurmatni yо‘qotish tо‘sig‘ini, iroda tо‘sig‘ini, mardlik tо‘sig‘ini yengib о‘tdi. U harakat qildi va konfliktda g‘alaba qozondi.
Nima deb о‘ylaysiz, bu tо‘siqlar Shvartsenegger uchun muammo tug‘dirarmidi? Yо‘q. Siz uchunchi? Siz uchun ham yо‘q. Agar rostdan ham kalamush bо‘lsachi? Bolakay uchun u rostdan ham bor edi. Siz nima qilishni о‘zingizga havola, men bо‘lsam bunday hojatxonaga bormas edim. Mening kam jihatlarim Shvartseneggerga, kо‘p jihatlarim shu bolakayga о‘xshab ketadi.
Husnbuzar toshgan о‘smir uchun «5V Malikasi» bо‘lmish о‘z sinifdoshini kinoga taklif qilish – о‘tib bо‘lmas tо‘siqdir. Don Juan uchun esa Seviliya yoki Grenada gо‘zali bilan tanishish, uni maftun etish va u bilan sevgi oqshomini о‘tkazish hech bir muammo tug‘dirmaydi. Men esa bunday qila olmasdim. Bizda о‘zimizga xos tо‘siqlar doirasi, supermenlarda bо‘lsa о‘z doirasi mavjud.
Amerikaliklar har xil personajlar qanday qilib dramatik holatlarni yengib о‘tishi haqida ulkan statistik material tо‘plaganlar. Ularni tо‘rt guruhga bо‘lishgan:
1. «Tanishlarimiz».
2. «Underdog» («Anderdog – raqib tomonida ezib tashlangan it»).
3. «Boy berilgan qalblar».
4. «Sanamlar».
Bu kategoriyalarni bilishning nima foydasi bor? Har bir personaj uchun u tо‘siqlarini yengib о‘tishi mumkin bо‘lgan dramatik holat chegarasini bilsak yaxshi bо‘lardi.
Bu chegara nafaqat personajning shaxsiga, balki personaj tegishli bо‘lgan darajaga ham bog‘liqdir. Qotillik, masalan, «Tanishlarimiz» uchun о‘tib bо‘lmaydigan tо‘siqdir. U personajni «boy berilgan qalblar» kategoriyasiga о‘tkazadi. Endi u iblis og‘ushiga, jahannam tubiga tushib boradi. «Boy berilgan qalblar» о‘ldirishadi, jinoyatchiga aylanadi, «sanamlar» bо‘lsa о‘ldirishaveradi, о‘ldirishaveradi – ammo ularning boshlari ustidagi avliyolik nurchambari hech sо‘nmaydi.
Har bir guruh uchun dramatik holatning va personaj harakat kо‘rsatadigan konfliktlar va axloqiy maydoning eng sо‘nggi chegarasi qat’iy aniqlangandir.
1. «Tanishlarimiz»
Bu siz bilan biz, dо‘slarimiz, xizmatdoshlarimiz, bir kо‘chadagi, shahardagi, mamlakatdagi va barcha besh qit’adagi qо‘shnilarimiz. Uncha kam emas. Siz bilan bizning tug‘ilganimizdan о‘lgunimizga qadar bо‘ladigan bosh muammolarimiz asosan bir xil: sevamiz, qо‘rqamiz, ishlaymiz, о‘zimiz nimagadir erishishni istaymiz, bolalarimizga yordam beramiz. Va biz bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. «Tanishlarimiz»ning dramatik holatlari, tо‘siqlari va konfliktlari bizga xarakterning о‘ta nozik qirralarini ochib berishi mumkin. Ular о‘zimizni tushunib olishimiz uchun hammadan kо‘ra yaxshiroq yordam beradi, chunki «tanishlarimiz»ning emotsional tajribalari bizniki bilan bir xil bо‘ladi. Televideniyening paydo bо‘lishi bilan «tanishlarimiz» asosan teleekranga kо‘chib о‘tdilar. Ming-minglab seriyalar bizni bunday odatiy taom bilan boqmoqdalar. Qahramonlar bilan birga har kunlik tо‘siqlarni oshib о‘tamiz va bu narsa hech qachon jonimizga tegmaydiganga о‘xshaydi. Chunki eng yaxshi «tanishlarimiz» – bizning о‘zimizdir. О‘zining muammolari kimga yaqin emas deysiz?!
2. «Underdog» («Anderdog»)
О‘zlarining siyosiy vaziyatlarini о‘zgartirmoqchi bо‘lgan son jihatdan yanada kо‘proq kishilar «anderdog» sohasini tashkil qiladi (atamaning о‘zi it urishtirishdan kirib kelgan: anderdog – raqib tomonidan ezg‘ilab tashlangan itdir) Bular sinfiy tо‘siqlarni yengib о‘tib, yuqoriga intiladiganlardir. Allaqachon va mustahkam shakllanishga ulgirgan g‘arb jamiyati uchun ijtimoiy chegarani о‘zgartirish – murakkab masala, bu maqsadga kishilar о‘zlarining butun hayotlarini bо‘ysundiradilar. Bu narsa bilim, iroda, mardlik, ayyorlik, aql-zakovat, qat’iyatni talab qiladi. «Anderdog» muvaffaqiyat qozonishga va jamiyatning asosi bо‘lishga intiladi. U uddaburon, lekin qonundan chetga chiqmaydi. Ammo maqsad yaqin bо‘lsa, u qotillikdan boshqa deyarli hamma narsaga tayyor.
Bosh qahramoni «anderdog» bо‘lgan ssenariylar, odatda, «anderdog»ning hayotiy energiyasi bilan tо‘liq bо‘ladi. Bо‘shang, loqayd, maqsadiz xarakter muvaffaqiyatli «anderdog» bо‘la olmaydi. Katta muvaffaqiyatlarga erishayotgan prodyuserdan, nega uning filmlari muvaffqiyat qozonayotgani haqida sо‘raganlarida, u taxminan shunday javob qilgan:
– Men ham boshqalarga о‘xshab ssenariylarni uncha yaxshi tushunmayman va xato qilishim mumkin. Ammo men hech qachon qahramoni «anderdog» bо‘lmagan ssenariyni ish uchun olayman.
Muvaffaqiyat qozonadigan syujetli film uchun eng yaxshi personaj – bu «anderdog»dir.
Mayk Nikolsning Melani Greffits bosh rolda о‘ynagan «Ishlovchi ayol» filmi.
Rejissor Stounning «Uolstrit»i.
Angliyadagi 60 yillar yangi tо‘lqinining filmlari.
Rossiya filmlari uchun «anderdog» – eng jozibador shaxslardan biridir. Hamma birday kambag‘al bо‘lgan mamlakatda birdaniga burjuaziya sinfi paydo bо‘lib qoldi. Barcha «yangi rus»lar, agar ularning boyliklari jinoyatlar bilan bog‘liq bо‘lmasa – «anderdog»lardir. Ularning mulklari uch avlod о‘z fuqarolarini talon-taroj qilgan davlat bо‘laklarga parchalanib ketganida bir onning о‘zida gо‘yo hech narsadan-hech narsa paydo bо‘lib qolganday. Qonun yо‘q edi, demak, buzadigan narsaning о‘zi yо‘q edi. Chapdast aql, agressiv botirlik va kerakli paytda kerakli joyda bо‘lishdek baxtli tasodif bor edi.
Chetdan qaraganda hammasi juda oddiy kо‘rinadi. Ammo u yerda minglab kishilar boyishganida millionlab kishilar bor-budidan ayrildilar.
Bunday kishilar sirasiga tabiatan yoki kasallik, majruhlik tufayli tо‘laqonli bо‘lmagan kishilar ham kiradilar. Biz uchun hech muammosi bо‘lmagan narsalar – kundalik hayotning oddiy urf-odatlari – bunday «anderdog»lar uchun о‘tib bо‘lmas tо‘siqlar tug‘diradi. Odatdagi kishi uchun «anderdog»ning hayoti – bitmas-tugamas konfliktlar zanjiridan iboratdir. Demak, u bizning kasbiy qiziqish markazimizda turadi, ammo ajablanarlisi shuki, bunday filmlar tomoshabinni juda qiziqtiradi. Uning dramasini biz osongina tushunamiz, ular biz uchun hayotning oddiy qadriyatlarini qayta jonlantiradi. Ba’zi narsalar borki, ularga biz tekindan-tekin erishganmiz, «anderdog» esa hayotning bunday muhim qismiga aql bovar qilmas qiyinchiliklar evaziga erishadi. Bunday filmlar, odatda, kishilar ilojsiz holatlar bilan qanday kurashishlari va g‘alaba qilishlari haqida sо‘zlaydilar. Jahon kenematografiyasining eng yaxshi rejissorlari shu kategoriyadagi filmlari bilan muvaffaqiyatga erishganlar. Bunga ular nafaqat chuqur axloqiy muammolarni kо‘targanlari, balki ular g‘ayrioddiy va tomoshabop, о‘tkir material taklif etganligi uchun ham erishganlar. Bu filmlarda personajlar bizning darajamizga juda katta kuch-g‘ayrat evaziga kо‘tariladi. Tomoshabin hech qachon omadsiz kishini qо‘llab-quvvatlamaydi. Ammo u hamisha: hayot u uchun kurashishga arziydi, deyuvchi filmlarga javob qaytaradi.
Men ba’zi filmlarni eslatib о‘taman. «Mening chap oyog‘im» – ingliz rejissori Stiven Friers, Deniel Dey Lyuis bosh rolda. Bu bolaligidan deyarli harakatsiz, faqat chap oyog‘ining kaftigina harakat qila oladigan real odam haqidagi hikoyadir. Bu odam butun umr tо‘laqonli insoniy hayot kechirish uchun kurashib keladi. Chap oyog‘i bilan u nafaqat yozadi, balki tasvir ham chizadi.
Oliver Stounning Tom Kruz bosh rolni – vetnam urishining nogiron veteranini – о‘ynagan «4 iyulda tug‘ilganlar» filmi. Oyog‘i majruh yigitcha yaralanish tufayli jahannam azoblariga giriftor bо‘ladi, gо‘yo endi hech qachon odatiy hayotga qaytmaydigandek. Ammo hayot uchun intilish g‘alaba qiladi. U о‘z kurashlari haqida kitob yozadi va senatda veteranlar huquqlarini himoya qiluvchi siyosiy arbob bо‘lib yetishadi.
Djonatan Demmening bosh rolni Tom Xenks о‘ynagan «Filadelfiya» filmi. OITS (SPID) bilan kasallangan yosh advokat uni noqonuniy ishdan bо‘shatgan kompaniya bilan о‘z grajdanlik huquqlari uchun kurash olib boradi. Sog‘lom kishi uchun odatiy hol. Ammo о‘limga mahkum kishi о‘z huquqlarini hurmat qilishga majbur qilsa – tahsinimizga sazovor bо‘ladi.
О‘ttiz yillik tanaffus bilan ikki marta tasvirga olingan «Ayol hidi» filmi. Avval Italiyada olingan, unda bosh rolni Vittorio Gasman, keyin Amerikada Goldmanning ajoyib ssenariysi asosida olingan, bosh rolni Al Pachino о‘ynagan. Kо‘zi ojiz polkovnik о‘zini о‘ldirmoqchi bо‘ladi. Uning hayoti mazmunsiz. Ammo, u о‘zining yosh yetaklovchisiga yordam berishi mumkinligi ma’lum bо‘ladi. U kollejda yetakchisining huquqini о‘rtoqlik sudida himoya qilayotganida polkovnik hali yо‘qotmagan axloqiy qadriyatlar bugun yoshlar uchun kerak ekanligi ma’lum bо‘ladi. Uning g‘alabasini minglab yoshlar chapak chalib qarshi oladi. Durdona asarlarga xos lо‘nda aniqlik bilan ifodalangan ajoyib film.
Bu filmlar qahramonga aylanish jarayonini kо‘rsatadi. Dastlab qahramon xuddi qо‘llari bog‘lab qо‘yilganday harakat qiladi va film qahramoni qanday qilib kurash uchun kuch topishi haqida hikoya qiladi. Qahramon nimaga erishishidan qat’i nazar, bu narsa barchani hayajonga soladi. Film: «Hayot – bu axlat uyumi emas. Uning uchun kurashish kerak. Bu kurashdagi haqiqiy g‘alaba – boylik va muvaffaqiyat emas, balki о‘z-о‘zini hurmat qilish va hayotda boshqalar bilan bir qatorda tо‘laqonli ishtirok etishdir», – deydi.
Men bu filmlarni kо‘rganimda kino insoniylikning chin axloqiy qadriyatlarini qanchalik ishonchli tasdiqlay olishidan qalbim iftixor tuyg‘usiga tо‘ladi.
«Anderdog» toifasidagi filmlar insoniy birodarlik «Hayot shunday bо‘ladi» deb atalgan kodlangan nom ostidagi umidsiz kurashda g‘alaba qilish uchun kurashadigan dramatik holatlarni kо‘rsatadi. Nima bо‘lganda ham bundan boshqasi bо‘lmaydi. Mana shuning uchun kurashish kerak.
3. «Boy berilgan qalblar»
Bular о‘zimizga о‘xshagan, ammo axloqiy mо‘ljallarini yо‘qotgan, qonun va axloq mezonlarini buzgan kishilardir. Ular bizga о‘xshab boshlagan, ammo notо‘g‘ri yо‘l tanlagan. Bu filmlar tamoyildagiday yashashi mumkin bо‘lgan, ammo jinoyatchi, qotil, iblis malaylari bо‘lib qolgan kishilar haqidadir. Bu yо‘qotilgan shaxslar haqidagi hikoyadir. Bular juda ham turli-tuman filmlar: «Boni va Klayd», «Grajdanin Keyn». Bu toifa filmlar ichidagi eng yorqini, balki «Chо‘qintirgan ota»dir. Haqiqatgо‘y yigit Maykl Korleonening berahim qotil va Nyu-York mafiyasining chо‘qintirgan otasiga aylanish tarixi hammaga ma’lum va bu misolni о‘nlab muvaffaqiyat qozongan filmlar bilan mustahkamlashga hojat yо‘q. Bu filmlar juda katta foyda keltiradi, ularning soni juda kо‘p. Biz hammamiz ularni yaxshi bilamiz. «Qotillar oramizda» – mana ularning kodlangan nomi.
Dramatik holatlarda bu toifadagi kishilarni shu narsa yaqqol ajratib turadiki, «tanishlarimiz» uchun о‘tib bо‘lmas tо‘siq «boy berilgan qalblar» uchun ochiq eshikday gap. Qotillik ular uchun muammoni yechish usulidir. Eng fojeali jihati shundaki, har bir qotillikda ikki bor qotillik sodir bо‘ladi – qahramon о‘zining insoniylik imkoniyatlarini ham о‘ldiradi. Balki har bir kishi о‘zining bolalikdagi tasviriga qarab: «Nahotki men shu bо‘lsam, Yo, Xudo, hayot meni nimalarga aylantirib qо‘ydi!»– deydi. «Boy berilgan qalblar» – bunday о‘zgrishlarning istiorasidir.
4. «Sanamlar»
Bu kategoriyaning personajlari – ssenariynavis va rejissor tasavvuri uchun yaxshigina sinovdir. Ular ilojsiz holatlarning ochopatlardir. Ular bu holatlarni yong‘oqday chaqib tashlaydilar.
«Tanishlarimiz» toifasidagi filmga Indiana Djons yoki Terminatorning sarguzashtlaridan 10 soniyasi yetarli bо‘lardi. Garrison Ford, Shvartsenegger, Klod Van Damm, Sigal va boshqalar ijrosidagi bu supermenlar davrasi mutlaq о‘zgarishsiz filmdan filmga kо‘chib yurishadi. Dastlabki uch toifa personajlari dramatik holatni, undan о‘tganlarida ular о‘zgaradigan bir chegara sifatida qabul qilishadilar. Biz ular yaxshi tomonga о‘zgarishlarini istaymiz, ular yomon tomonga о‘zgarganlarida ular uchun qayg‘uramiz. «Tanishlarimiz» «boy berilgan qalblar»ga aylanadilar va biz ulardan uzoqlashamiz. «Anderdog» «tanishlarimiz»ga aylanadi – va biz ularning dardiga sherik bо‘lamiz. Bu normal о‘zgarishlardir. Ammo «sanam» о‘zgara olmaydi. Nega? Chunki biz shunday bо‘lishini xohlaymiz. «Sanam» bizning hal qilib bо‘lmaydigan muammolardan qochib qolish xohishimizni ifodalaydi, u bizni yosh boladay ovutadi. U oddiy odam niqobida paydo bо‘lishi mumkin – masalan, Indiana Djons universitet professori qiyofasida paydo bо‘ladi. Ammo professor sifatida u baraban chalayotan quyondan kо‘ra murakkab bо‘lmagan hiylalarni bajaradi. Uch daqiqadan keyin u о‘zining professor ekanligini unutadi va bizni sehrgar – supermen sifatida sehrlab qо‘yadi. Betmen va supermen ma’lum vaqt oddiy odamlar niqobida bо‘ladilar, ammo ularning haqiqiy mohiyati – har narsaga qodir bо‘lgan «sanamlar» ekanligidir.
«Sanamlar» oddiy odamlar qiyofasida chiqishadi, lekin ularning haqiqiy mohiyati – har narsaga qodirligidir.
«Sanam» – bizning hal qilib bо‘lmaydigan muammolarimizni osonlik bilan hal etuvchi personajdir. U kо‘ngilxushlik sanoatining erkatoyidir. Biz о‘yin-kulgiga juda zarurat sezamiz, ular – bizning ruhiy salomatligimizni saqlashning muhim qismidir. «Sanamlar» bizga bolalikdagi bayramimizni qaytarishadi. Chiroq о‘chib, ekranda kuchsizni qutqaruvchi, ablahni jazolovchi, tengsiz jangda g‘alaba qozanuvchi personaj paydo bо‘lganida, biz barchamiz bolaga aylanib qolamiz.
Drama uning maydoniga tushgan barcha narsalarni о‘ta yuqori kayfiyat holatiga tushirishga intiladi. Baxtiyorlik jannat singari bо‘lishiga, baxtsizlik esa jahannam darajasiga tushishiga intiladi. Qahramon farishta qiyofasida idealga intiladi, nobakor – iblisga. Hayotga о‘lim tahdid soladi, sevgiga – bevafolik.
Bularning barchasini «sanam» juda qisqa vaqtda eng yuqori samara bilan hal etadi.
«Sanamlar»ning motivatsiyasi boshqa oddiy odamlarning motivatsiyasidan farq qiladi. Masalan, real hayotda faqat tutqanoqlargina qasos olish g‘oyasiga intilishadi. Odatdagi kishi hozir va kelajak g‘amida bо‘ladi. Buning qiziq bir tasdig‘i bor. 30– yillarda mafiya bilan tolmas kurashchi bо‘lmish Chikago politsiyasining boshlig‘i kо‘pgina xavfli jinoyatchilarni panjara ortiga yuboradi. Ularning deyarli barchasi ozodlik bilan xayrlashar ekan, baribir politsiya bilan hisob-kitob qilaman, deb tahdid qilishardi. Ammo uning kо‘ngli tinch edi. U: «Qasos – jinoyatchining biznesi emas. Qamoqdan chiqqanidan keyin u kelajagi haqida о‘ylashi kerak», – derdi.
Qalbini kasallik jizg‘anak qilgan tutqanoqning kо‘nglida g‘ayritabiiy о‘ch olish niyati pishib yetiladi. Ammo ular supermenlar xatti-harakatida ham xuddi shu tarzda sodir bо‘ladi. Bu bizga yoqadi, chunki yov qochgach, botir bо‘lish har birimizning orzuimizda bor. Biz buni supermenlar bilan birgalikda amalga oshiramiz. Qasoskorsupermen figurasini adabiy muomalaga «Graf Monte-Kristo»da Aleksandr Dyuma olib kirgan. Bu ajoyib tо‘qima edi. Monte-Kristo – haqiqiy supermen. U nimadir qilish otashin istagi bilan yashaydi, uni tо‘xtatib qoladigan tо‘siq yо‘q.
Ammo «tanishlarimiz» oilasida Monte-Kristoga о‘rin yо‘q.
Drama odamlari uchun personajlarning dramatik holatlari bilan fikr yuritishlari xuddi rassomning kaloritda ranglar nisbati orqali, baletmesterning esa plastik kombinatsiyalarda raqqosning harakatlari orqali о‘ylashi kabi tabiiydir.
Ammo dramatik holatlar statik – harakatsiz bо‘lmaydi. Ular biz voqea haqida hikoya qilishimiz davomida rivojlanib boradi. Bizning ishimiz ayni konflikt davomida ularning rivojlanib borishidir. Konflikt – dramaning eng asosiy sо‘zidir. Bu asosiy, kalit tushuncha bilan tо‘liqroq tanishish uchun avvalo konfliktning hissiy kardiogrammasi bо‘lmish dramatik peripetiyalar bilan tanishib chiqamiz.
Biz biror voqeani bayon qilar ekanmiz, avvalo auditoriya bilan bog‘lanish haqida jon kuydiramiz. Uni ekranda sodir bо‘layotgan hamma narsa qiziqtirishi kerak. Agar personaj о‘lim xavfi oldida serrayib qotib qolsa, bir qadar vaqt о‘tgach biz: «Nimadir qil yoki hech bо‘lmaganda, о‘lib qо‘yaqol», – deb о‘ylaymiz. Qahramon bilan aloqa uziladi. Dramatik peripetiya – konfliktdagi hissiy bog‘lanishning universal saqlovchisidir.
DRAMATIK PERIPETIYA BAXTGA INTIL
Tasavvur qilingki, siz Bloshin bozorida turk kampirdan eski mis kо‘za sotib oldingiz. Uni uyga olib keldingiz, yaltirashi uchun uni artdingiz. Birdan kо‘zadan bulut sizib chiqdi va jinga aylandi. Jin: «Nimani istasang shuni sо‘ra. Uyalma, tо‘liq rо‘yxat tuz. Shoshilma, men 6 ming yil kutib turdim, yana yarim soat kutib turaman», – dedi.
Siz nima sо‘ragan bо‘lardingiz?
«Bir million naqd pul. Barcha xalqaro festivallarning mukofotlari. Temirday mustahkam sog‘liq. Naomi Kempbel bilan yaqinlik. Yoki yaxshisi Klaudiya Shiffer bilan. Ha, mayli, har ikkisi bilan. «Yaguar», yо‘q, yaxshisi «Porshe»…»
Bu rо‘yxat juda uzun bо‘lardi. Va siz kо‘p bora jinga: «Shoshmay tur, men yana otamga, onamga, singlimga, fransiyalik dugonamga yana nimadir yozay. Ha, о‘zim uchun pulga sotib olib bо‘lmaydigan yana bir arzimas narsa yodimga tushdi…»
Agar siz tadbirkor inson bо‘lsangiz, jin tо‘liq rо‘yxatni yana uzoq vaqt kutadi.
Agar bu jin bо‘lmasdan, siz daryodan tutib olgan kichkinagina oltin baliq bо‘lsachi? U sizning kaftlaringizda tipirchilayapti. Siz uni daryoga qaytarib tashlamoqchi bо‘lib turganingizda u birdaniga nafasi siqilgan holda:
– Birgina tilagingni ayt… faqat bir sо‘z bilan, bittagina tilagingni… Voy, men shunchalik kuchdan qoldimki, bо‘g‘ilib ketayapman… qani… qani.. men kuta olmayman.. – deb pichirlab qoldi.
Ana shunda siz titray boshlaysiz. Nima tilasam ekan? Boylikmi? Agar bedavo kasal bо‘ladigan bо‘lsangiz undan nima naf? Sog‘liqmi? Agar uyingizni yondirishsa-yu, oilangizni halok etishsa, bunda salomatligingizdan xursand bо‘lasizmi?
Kafolat beramanki, qisqa vaqt orasida siz о‘z orzularingiz qopqonida qolasiz. Sizning barcha orzularingiz uchun kifoya birgina sо‘z yо‘q… Yо‘q… Jin bilan yarim soat ichida bir qarorga kela olmagan edingiz. Bu yerda esa bir sо‘z bilan hamma eng muhim narsalarni aytib bо‘ladimi? Yо‘q…
Ammo shunday sо‘z bor. U uzoqlarda, bizning intilishlarimiz ufqida miltillab turibdi. U haqida biz bir umr orzu qilamiz. Va о‘limimiz oldida biz bolalikdan boshqa hech narsamiz bо‘lmagan bir paytda bunday boylikka ega bо‘lganligimizni eslaymiz. Siz «Grajdanin Keyn» filmidagi ushbu buyuk kadrni eslaysizmi: Keyn о‘layotir, uning qо‘lida shisha zо‘ldir, zо‘ldir ichida esa qor yog‘ayapti…
Bu – «baxt»sо‘zidir.
U bо‘lganida biz unga e’tibor bermaymiz, u bо‘lmaganida esa qolgan barcha narsalar ma’nosini yо‘qotadi.
Baxt – biz tug‘ilgandan to о‘lgunga qadar ongli ravishda va hech kimga hisob bermagan holda bir umr intiladigan narsa. Nima bilan shug‘ullanishimizdan qat’i nazar biz baxtli bо‘lishni istaymiz. Va, eng ajablanarlisi shundaki, u hamisha oldinda, yonginangda, xuddi qо‘l uzatsang yetadigan joydadek bо‘ladi. Ushlaysan, ammo u xuddi hammomdagi hо‘l sovun parchasiday qо‘lingdan sirpanib chiqib ketadi. Xuddi ayozli qish kechasidagi orzu qilganing issiqqina о‘rindiqqa о‘xshaydi. Lippillab turadi va: «Qani, kel yonimga»– deb о‘ziga imlaydi.
Baxt sari intilar ekan, kishi tog‘ni talqon qilishi mumkin. Baxt orzusi kishilarni eng ayovsiz jang sari ham birlashtirishi mumkin. Baxt uchun daryo-daryo qon tо‘kilishi va murdalardan tepaliklar qurilishi mumkin.
Drama kishilarning baxt uchun kurashda kо‘rsatish о‘zining bosh vazifasi deb hisoblashi ajablanarli hol emas. Dramani eng keskin hodisalar va eng keskin ma’lumotlar qiziqtiradi Shu sababli, uning diqqat markazida baxt va baxtsizlik orasidagi inson turadi.
Personaj dramada baxt sari intilganida, hammaning vujudi diqqatga aylanadi. Unga baxtsizlik hamla qilsa, hammani hayajon qamraydi. Ammo baxt bilan baxtsizlik bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketganida personajning xatti-harakatlariga bо‘lgan qiziqish yanada kuchayadi.
U baxt sari intilayotgan edi, birdaniga baxtsizlikka rо‘barо‘ bо‘ldi. Baxtsiz edi, birdaniga baxt unga kulib boqdi. Bunday sxema drama uchun juda mahsuldor bо‘ladi. Bunday hol har bir kishining tajribasida bо‘lgan.
Har safar «ana baxtga erishdim», deganimizda bizni kimdir turtib yuboradi, bizdan oldinga о‘tib olishadi va baxtimizga egalik qilishadi. Va baxt tomon yо‘l hech qachon tо‘g‘ri va erkin bо‘lmaydi. Shu tufayli baxt uchun kurash hammaga yaqin va tanishdir. Bu kurashni voqelikda kо‘rsatish tomoshabinni jalb qilishning eng yaxshi vositasidir.
Baxt sari intilgan kishining baxtsizlikka tushib qolishiga hamdardlik qilishday g‘alati voqeani о‘z davrida qadimgi yunonlar ham payqagan edilar. Baxtdan baxtsizlik tomon, umidsizlikdan umid sari bо‘ladigan bunday harakatni yunonlar «PERIPETIYA» deb atadilar. U Aristotel poetikasining hal qiluvchi nuqtasidir. Insoniyat haligacha dramada tomoshabinni emotsional qо‘zg‘atish uchun undan durustroq hech narsa о‘ylab topa olgani yо‘q.
Biz endilikda kuchli quvonch va kuchli g‘am-anduh stress reaksiyasini keltirib chiqarishini bilamiz. Qadimgilar: «Haddan tashqari quvonch xuddi haddan tashqari g‘am-anduh singari halok qiladi», deyishgan. Ular yaqinda Gans Sele ochgan narsani: «haddan tashqari kuchli dozada halok qiladigan narsalar kamroq dozalarda dori sifatida ta’sir qilishi»ni fahmlaganlar, shekilli. Dramatik peripetiya odamlarga yuqori darajadagi shunday qoniqish hissini baxsh eta oladiki, bunday qoniqishni faqat drama san’atigina berishi mumkin. Fiziolog-olimlar oq sichqonlarda shunday tajriba qilib kо‘rdilar. Huzur-halovat markaziga (miyada shunday joy bor) elektrod kiritishdi. Shundan keyin huzurhalovatini boshqarishni sichqonning о‘ziga qо‘yib berishdi. Sichqon bо‘lsa to behad baxtiyorlik hissidan yiqilib о‘lgunicha qо‘zg‘atuvchi tugmani uzliksiz ravishda minglab marta bosaverdi. Dramatik peripetiya bizning miyamizdagi mana shu markazga juda yaqinlashib borganga о‘xshaydi. U bilan tenglasha oladigan boshqa biron narsa yо‘q.
Dramatik holatda peripetiya emotsional rivojlanishning eng sermahsul tuzilmasidir. Uning soddaligi va shiddatli ta’sir eta olishiga teng keladigan narsa yо‘q.
Bizga yaxshi tanish bо‘lgan bir dramaga nazar tashlaymiz. Romeo Montekki shо‘xligi tufayli dо‘stlari bilan о‘z oilalarining dushmanlari – Kapuletti oilasida bо‘layotgan ziyofatda qatnashadilar. U bexosdan (bu sо‘zni e’tiboringizdan chiqarmang) notanish qizni kо‘rib qoladi va qiz uning hissiyotlarini alanga oldiradi. Romeo baxtiyor. Va bexosdan (yana bir bor bu sо‘zga e’tibor qiling) oilasining bosh dushmanining qizi ekanligini bilib qoladi. Bu qiz – Kapuletti, ular baxtli bо‘lishlari mumkin emas. Baxt chо‘qqisidan Romeo chorasizlik girdobiga tashlanadi. Sxema: baxt – yangi axborotni baholash – baxtsizlik.
Romeoning uni о‘z komiga tortgan sevgiga qarshi kurashishga kuch yо‘q. Barcha sevishganlar singari u о‘z sevgilisini kо‘rishni istaydi. Va qorong‘u oqshomda qalbida sevgilisi uning sevgisini qabul qilmasligi xavotiri bо‘lgani holda, qо‘rquvni yengib, Romeo о‘z dushmanlarining bog‘iga kiradi va bexosdan (yana shu sо‘z), hamma narsa afsonaviy bir tarzda о‘zgaradi, gо‘yo butun olam mushakbozlikdan tovlanib ketadi. Romeo Julyettaning unga ayvondan muhabbat ash’orlarini yо‘llaganini eshitadi. Ishonib bо‘lmaydigan holat! Ammo qiz ham uni xuddi о‘zi sevgani misoli sevib qolgandi. Romeo baxt chо‘qqisida. Sxema: baxtsizlik – yangi axborotni baholash – baxt.
Yuqoridagi «bexosdan»larga bir qarang. Ular hikoyada har safar personaj qandaydir maqsad sari intilganida va yangi xabar olgan paytida paydo bо‘ladi. Va bu narsa uning hissiyotlarini keskin о‘zgartirib yuboradi. Romeoning fe’l-atvori keskin о‘zgaradi.
Правообладателям!
Данное произведение размещено по согласованию с ООО "ЛитРес" (20% исходного текста). Если размещение книги нарушает чьи-либо права, то сообщите об этом.Читателям!
Оплатили, но не знаете что делать дальше?