282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » А. Митта » » онлайн чтение - страница 14


  • Текст добавлен: 30 апреля 2024, 03:20


Текущая страница: 14 (всего у книги 33 страниц)

Шрифт:
- 100% +

UCHINCHI QISM. ENERGIYA STRATEGIYASI

Rejissorni kutib turuvchi eng katta xavf – bu film ustida ishlayotgan paytda uning ustidan nazoratning yо‘qotilishidir. Bunday holat tasavvur qilinganidan kо‘ra tezroq rо‘y berib turadi.

Fransua Tryuffo
TО‘RT TUZILMADAN –BIRLASHTIRUVCHI BESHINCHISIGA

Biz, tо‘rt mezondan foydalangan holda, film harakatidagi taranglik rivojini ortib borish tartibida nazorat qilishimiz mumkin. Ular birgalikda filmni kulminatsiyaga olib boradi.

1. Tuzilmaning uch sahnali rivoji.

U xuddiki tuzilma ichidagi tuzilma, tuzilma ichidagi tuzilma, tuzilma ichidagi tuzilma… kabi ish kо‘radi.

Ya’ni umuman film bir butunicha uch kо‘rinishli rivojlanishga ega bо‘ladi. Har bir kо‘rinish ham о‘z ichida uch kо‘rinishli rivojlanishga ega bо‘ladi. Va har bir voqea о‘z ichida uchta kichik kо‘rinishda rivojlanadi. Bunday rivojlanish bizga konfliktning maksimal ortib borishi uchun kafolat beradi va bir doira bо‘ylab aylanib qolishdan, ya’ni harakatning bir joyda tо‘xtab qolishidan saqlaydi.

Bunday sxema bо‘yicha bayon qilingan film о‘sib borish tartibida, ya’ni hikoya tarangligining ortib borishi bilan rivojlanib boradi.

2. Dramatik peripetiyalar.

Bu tuzilma konfliktning emotsional tо‘ldirilishini nazorat qiladi. Harakatning umiddan umidsizlik tomon va umidsizlikdan umid tomon uzluksiz almashib borishida, qadimiy yunonlar о‘z vaqtida aytib о‘tganlaridek, tomoshabinning emotsiyalari ortib boradi.

Bu tuzilma gо‘yoki filmning emotsional kardiogrammasiga о‘xshaydi.

3. Raxna

Raxnalar tuzilmasi gо‘yoki orzu bilan tezda harakat qilish orasidagi uzilishni nazorat qilish imkonin beradi. Raxna – bu raqiblar siz uchun qazigan chuqur – chohdir. U antagonistdagi barcha kuchlarning uzluksiz rivojlanib borishiga yordam beradi.

Filmdagi uzluksiz raxnalar ketma-ketligi qahramonni raxnalardan о‘tib olish uchun bor kuchini safarbar qilishga majbur qiladi.

Raxna – qahramonning xatti-harakatlariga jamiyat qiladigan javoblarni birlashtiruvchi sermahsul ifodadir. U qahramonni antagonistning о‘sib boruvchi qarshi harakatlariga javob berishiga majbur qiladi. Biz hikoyani gо‘yo ortib boruvchi raxnalarni yengib о‘tish yо‘li sifatida tasavvur qilish imkoniyatiga ega bо‘lishimiz kerak.

4. Tо‘siqlar

Xuddi raxnalar singari, tо‘siqlar ham qahramonning maqsadga yetish yо‘lidagi qiyinchiliklarni nazorat qiladi. Ammo tо‘siqlar qahramon tо‘laydigan haqni hammadan yaxshi aniqlaydi. Haq xavfxatar va jasorat bilan о‘lchanadi. Butun hikoyani tо‘siqlar osha maqsad sari harakat sifatida tasavvur qilishimiz mumkin.

Tо‘siqlar yordamida qahramonning maqsad sari xatti-harakatlarini: uning aqlini, irodasini, chidamliligini, ayyorligini, energiyasini va botirligini va h.k. ifodalaymiz.

Bu tо‘rt parametr bir narsani – Dramada konfliktning rivojlanishini о‘lchaydi. Ammo ular konfliktga turli nuqtayi nazardan, gо‘yoki uni turli tomondan yoritganday qarashadi. Bularning barchasi birgalikda hikoyani hajmiy darajada kо‘rishga, uning energiyasini diqqatdan qochirmaslikka imkon beradi.

Ammo yana bir ta’rif bor. U yanada nozik va keng qamrovlidir.

U bu tо‘rtala ta’riflardan foydalangan holda, ularning barchasini о‘zida qamrab oladi. Bu ta’rif eng kreativ potensialga egadir. Uning yordamida biz hikoyadagi konfliktni yanada tо‘laroq rivojlantiramiz. U hikoyaning uzluksiz rivojini eng tо‘laqonli tarzda nazorat qiladi, hikoyadan olish mumkin bо‘lgan narsalarni maksimum siqib oladi.

Bu gо‘yoki film va tomoshabin emotsional bog‘lanishining strategiyasidir. U besh elementdan (unsurdan) iboratdir:

1. Qiziqishning yuzaga chiqishi va chaqnashi (undovchi voqea).

2. Murakkabliklarning rivojlanishi.

3. Bо‘lishi shart bо‘lgan sahna.

4. Krizis.

5. Kulminatsiya va final.

Bu narsalar kо‘plik qilmaydimi? Yо‘q, ayni zarur narsalar. Agar biz bu tuzilma bilan ishlaydigan bо‘lsak, har bir daqiqada bundan keyin qanday va qay tomon harakat qilishimiz kerakligini bilamiz.

Bu tuzilma orqali nazorat qilish: «menimcha», «menga yoqadi», «men boshqacharoq qilgan bо‘lardim»… kabi san’atshunoslikka daxldor bо‘lgan gaplar emas. Yо‘q. Bu aniq ishchi kо‘rsatmalar. Mixni bir urishda qoqa olmasang, besh urishda qoqqin. Ammo sen mix qachon qalpog‘igacha taxtaga kirganini bilasan.

Voqea energiyasi rivojining besh bosqichli tuzilmasi anchagina murakkab va nozik tizim.

Besh bosqichli tuzilmani avval oddiy va qiziq epizod misolida kо‘rib chiqish foydalidir. Aniqrog‘i, taniqli komik Gennadiy Xazanov hayotdan olingan holat singari aytib yuradigan hikoya misolida. Keyin esa bu bilan jiddiy shug‘ullanamiz.

XAZANOVNING HALOKATI

80-yillarda Gennadiy Xazanov konferanse sifatida о‘sha vaqtdagi sovet estradasi yulduzlari brigadasi bilan Janubiy Amerikada gastrolda bо‘ldi. Temir parda endigina kо‘tarilgan, ruslar qiziqish uyg‘otgan bir payt, besh ming kishilik qishki stadionlar va sport saroylari oldindan tо‘lig‘icha sotib olinar edi.

Xazanov konsertni ochishi kerak edi. Tabiiyki, hamma yulduzlar hayajondalar. Uyda ular – xuddi iloh singari, omma qarsaklar bilan qarshi oladi. «Kobzon kuylaydi», – deb e’lon qilsang, uni chiqishda bо‘ron qarshi oladi. Bu yerda, yerning boshqa burchagida ular haqida hech kim hatto eshitmagan ham. Qanday egarlasang, shunday minasan. Bu ekspozitsiyada biz bilishimiz lozim bо‘lgan axboriy minimumdir.

Darhol ishga tushamiz – chaqnoq qiziqishni tayyorlaymiz: Xazanov о‘z konferansini ispancha yodlagan. Bu sо‘zlardan boshqa ispancha deyarli hech nima bilmaydi. Yodlangan matnga rioya qilgan holda, u auditoriyaga murojaat qiladi:

– Konferanse deb о‘ylayotgan bо‘lsangiz kerak? Yо‘q, men kulinariya texnikumining bitiruvchisiman…

Va orqasidan vatanda hamisha yalpisiga kulgi uyg‘otadigan, jaladek qahqaha tug‘diradigan reprizlar kelaveradi. Yutuq kafolatlangan.

Ammo bu yerda, olis Argentinada, u Rossiyada har bir kishi uchun tanish bо‘lgan uyalchang savdoyi yigitcha obrazida, о‘zining titroqi tovushida sо‘raydi:

– Bilasizmi, men kimman?

Zaldan kimdir qichqiradi:

– Pediksan!

Zal quloqni qomatga keltiradigan darajada xoxolaydi. Hamma Xazanov nima deb javob qaytarishini kutmoqda. Bu narsa ayni qiziqishning chaqnashi edi. Dramatik holat odatiy kuchlar muvozanatini buzib yuborgan edi. Konsertning taqdirini Xazanovning javobi hal qilardi.

Xazanovdan keyinoq kuylashi kerak bо‘lgan Kobzon kulis tashqarisidan qichqiradi:

– Gena, unga javob qaytar!

Xazanov, holat о‘z-о‘zidan hal bо‘lishiga va raxnadan sakrab о‘tib olishiga umid qilgan holda, savolni qaytaradi. Hamma jim bо‘ladi va konsert о‘z о‘zaniga tushib oladi, deb о‘ylaydi.

– Bilasizmi, men kimman?

– Pedik! – takrorlaydi noma’lum kishi.

Zal kо‘ziga yosh keladigan darajada xo-xolar edi. Ma’lum bо‘lishicha, bu ulardagi odatiy hazil ekan.

Davyurak Kobzon buni о‘z yuziga tuflash sifatida qabul qildi.

– Unga javob ber! – qichqiradi u. – Agar unga javob bermasang, men kuylay olmayman! Alternativ omil ishga tushdi. Agar Xazanov darhol javob bermasa, u nafaqat tomoshabinlar oldida, balki о‘zinikilar oldida ham axlat ichida qolardi. U darhol harakat qilishi kerak. Vaqt о‘lchagich sekundlarni sanashga tushdi. U xavf-xatar va jasorat bilan, tomoshabinni qiziqtirgan holda, harakat qilishi lozim. Va Xazanov sahnadan zalga sakrab tushadi va qat’iyat bilan ovoz tomon boradi. Uchinchi bosqich boshlanadi –rivojlanish murakkablashadi.

Murakkablashuv progressiyasi bir qancha qadamgacha davom etadi, u konfliktni bо‘yab tashlashga imkon bermaydi. U konfliktni taranglashtiradi. Bosh qahramonning holati har bir qadam bilan yomonlashadi. Sahnada artist qirol va holatning xо‘jayini. U himoyalangan. U tomoshabindan yuqorida. Zalda esa u hamma bilan teng. Qanaqasiga teng! Begona yurtda, deyarli til va taomilni bilmagan holda u hech kim emas. Hamma narsa uning topqirligiga bog‘liq. Konflikt xuddi improvizatsiya singari rivojlanadi. Omma taranglashgan – haqiqiy saspens. Buqalar jangi – ispanlarning sevimli kо‘ngilxushligi. Bu safar jang qonli bо‘lishni va’da qilmoqda.

Besh ming kishilik zal nafasini ichiga yutadi, faqat Xazanovning tavonlari beton polga qanday urilayotganligigina eshitiladi. Hazillashgan kishigacha yaqin qolayapti. Xazanov ham kо‘radiki, u davangirday yigit, kо‘rinishdan kushxonadagi qassobga о‘xshaydi. Va bu qassob qо‘lini musht qiladi. Nima bо‘ladi? Mushtlashuvmi? Pichoqlashishmi? Birbirini о‘ldirishmi? Yavvoyi Sibirdan, dunyoning narigi chekkasidan kelgan bu ruslarni kim ham bilibdi?! Balki ular xafagarchilikni faqat qon bilan yuvishar? Mana shu narsa tuzilmaning bо‘lishi lozim bо‘lgan sahna tomon yо‘naltirilishidir. Qarama-qarshi tomonlarning kurashi muqarrar. Faqat bо‘lishi lozim sahnagina konfliktni yuzma-yuz, tо‘g‘rima-tо‘g‘ri hal qilishi mumkin. Mо‘ljalgacha juda yaqin qolayapti. Xazanovning miyasida bо‘lsa hech qanaqa g‘oya mavjud emas, faqat bir narsa aylanadi: «Pedik… pedik… pedik…»

Tushunarliki, tomoshabin kelgindi artistni emas, balki о‘zinikini о‘ziga tenglashtiradi. Ayash bо‘lmaydi. Bо‘lishi lozim bо‘lgan sahnada qahramon raqib bilan yakkama-yakka kurashda g‘alaba qilishi yoki halok bо‘lishi kerak. Ammo g‘alabaga deyarli imkon yо‘q. Nima qilmoq kerak? Raqibni haqorat qilsinmi, qarshi hujumga uchrasinmi, konsertni buzib, singan burni bilan kasalxonaga tushsinmi? Yoki о‘z-о‘zini hurmat qilish hissiga tupirgan holda niqobini yechib, о‘zining oddiy artist ekanligini kо‘rsatsinmi? Bunda xatar yо‘q, ammo jasorat ham yо‘q. Bu haligisi kabi yutqazish bо‘ladi. Kulinariya texnikumining bitiruvchisi xafa qilindi, hamma uning kurashishini kutmoqda. Ammo qanday qilsin? Bu krizis:

Qahramon taslim bо‘lish yoki maksimal xavf-xatar va jasorat bilan kurashish haqida qaror qabul qilishi lozim. Qahramon tomoshabinning kutganlarini oqlashi kerak, ammo bu narsa ular kutganidan mutlaqo boshqacha bо‘lishi kerak. Va qahramon qaytib bо‘lmaydigan nuqtadan о‘tib ketdi.

Xazanov qassobning oldigacha keladi. Mana, u deyarli yonma-yon turibdi. Qassob qо‘llarini musht qilib tukkan. Hamma nafasini ichiga yutgan. Xazanov bо‘lsa qassobning tizzasiga sakrab chiqib oladi, uni quchoqlaydi va о‘z personajining obrazida mikrofonda butun zalga eshitiladigan qilib uyatchan va nazokat bilan deydi:

– Umid qilamanki, sen ham shunaqadirsan?

Zal qahqaha va qarsaklardan yorilay deydi. Kulis orqasidagi artistlar sevinchdan sakraydilar. Ertasi kuni gazetalar Xazanov bir onning о‘zida milliy qahramon darajasiga kо‘tarilganligi haqida yozadilar. Barcha artistlarning zafarli muvaffaqiyatga erishganliklari haqidagi xabarlarni aytmasa ham bо‘ladi.

Bunday «hikoyaning oxirigacha aytilgan xotimasi» ham – tuzilmaviy element, beshinchi bosqichdagi qismdir.

Qisqagina epizod oddiy kо‘rinishda besh bosqichli tuzilmaning barcha elementlarini о‘zida qamrab olgan. Bu narsa bizga tuzilma – nazariy о‘ylab topilgan narsa emas, balki hayotiy vaziyatlarni eng sermahsul rivojlanishini tanlab olish natijasi ekanligini kо‘rsatadi. Agar siz bir yarim soatlik filmda о‘z hikoyangizni shu tuzilmaga kо‘ra rivojlantira olsangiz, – «shaharni egallaysiz va barcha kelinlar sizniki bо‘ladi».

Elementlarni eslatib о‘taman.

1. Ekspozitsiya. Bilimlar yig‘indisi kechikmasdan hikoyani boshlash va kuchlarning odatdagi muvozanatini о‘rnatish imkoniyatini beradi.

2. Qiziqishning avj olishi. Kutilmaganda hammasi о‘zgarib ketadi. Birgina – yagona harakat bizda: «Endi nima bо‘lar ekan?» – degan qiziqish uyg‘otadi.

3. Murakkabliklar progressiyasi. Qahramon har bir qadami bilan о‘z holatini tobora dramatiklashtira boradi. Har bir qadam falokat tomon eltadi. Krizis qahramonni tanlov oldiga qо‘yadi: g‘alaba qilish yoki halok bо‘lish? kurashish yoki taslim bо‘lish, bо‘lish yoki bо‘lmaslik?

4. Bо‘lishi lozim sahna. David Goliaf bilan jang qiladi. Qahramon о‘z ajdari bilan jang qiladi.

5. Kulminatsiya va final. U g‘alaba qiladi, ammo biz о‘ylagan tarzda emas. U yengiladi, ammo u qalbimizdan joy oldi. Biz qahramon bilan faxrlanamiz.

Besh bosqichli strategiya filmning uch eng ahamiyatli jihatlarini nazorat qiladi.

1. Hikoyani boshidan kulminatsiyasigacha va finaligacha emotsional rivojlantirish.

2. Tomoshabin bilan emotsional bog‘lanish.

3. Asosiy konfliktni maksimal va nozik tarzda rivojlantirish.

Uncha kam narsalar emas. Bu tuzilmani film energiyasining strategiyasi deyish mumkin.

STRATEGIYADAGI XARAKTERLAR

Xarakterlar, birinchidan, ularga harakat qilish va ishonchli bо‘lish imkoniyatini beruvchi sifatlarga ega bо‘lishlari kerak.

Bizni hayajonga soladigan masala – hikoya uchun xarakter hayotidagi qaysi momentlar eng muhimi bо‘ladi? degan masala – bizni hayajonga soladi.

Odatda biz о‘z xarakterlarimiz haqida hikoya sig‘dira oladiganidan ancha kо‘p narsalarni bilamiz. Qaysi voqealarni tanlash kerak? Buning javobini tuzilma beradi. U xarakter hayotidagi eng muhim onlarini tanlab olish va ularni eng yaxshi strategik ketma-kentlikda tizishga yordam beradi.

Xarakter qachon faoliyat kо‘rsata boshlashi kerak? – degan savol siz hamisha hal qilishni istaydigan muhim masaladir. Javob – darhol. Hikoya boshlanishi bilan, muhitni ifodalash uchun 2-3 daqiqa ajrating – va personajni konfliktga botiring, mushkul dramatik holatga tashlang. U о‘zini ishda kо‘rsatsin.

«Leon» filmi qanday boshlangani esingizdami? Nyu-York bо‘ylab 3-4 tor kо‘cha, qandaydir semiz basharaning bor ekran bо‘yicha tasviri va kadr orqasidagi tovush: «Bu tipni tartibga chaqirish kerak. Shunday qilgin, Leon». Biz bu Leonni amalda kо‘rganimiz yо‘q. Kо‘zoynakning katta shishasi orqasidan faqat bitta kо‘zni kо‘rganmiz. Ammo uning bir о‘zi butun bir bandani qurshab oladi, tish-tirnog‘igacha qurollangan qorovullarni bittadan yо‘qotadi. U, xuddiki sehrli suvarak singari, hamma joydan, har qanday tirqishdan chiqib keladi. Biz hali u haqida hech narsa bilmaymiz va shuning uchun ham har qanday narsaga ishonishga tayyormiz. Epizodning oxirida – u lol qoldiradigan darajada professional killer ekanligini bilamiz. Biz bunga ishonamiz. U ishonchli harakat qiladi. Hikoya rivojlanishi uchun biz bilishimiz kerak bо‘lgan narsa mana shundangina iborat. Keyin biz bilamizki, u yolg‘iz kishi, u katta gо‘dak. Shu tufayli, tabiiyki, boshqa bir yolg‘iz gо‘dakni – Matildani yaxshi kо‘rib qoladi. Va yana u haqida bilishimiz kerak bо‘lgan narsalarning hammasi shulardangina iborat.

– Yо‘q! Yо‘q! Yо‘q! – qichqiradi prozaik. – Dastlab biz tomoshabinga tirik odamlarni kо‘rsatishimiz kerak. Buning uchun esa biz qandaydir davr ularning hayoti bilan yashashimiz lozim. Muhit tashkil qilishimiz, xarakter chizgilarini yuzaga chiqarishimiz kerak…

Hikoya qilinadigan prozada bu narsa tabiiy. Ssenariyda bu narsa yomon ishlaydi. Ishning oxirida, ssenariy yozilgandan, qо‘yilgan, talantli artistlar tomonidan о‘ynalgan, qobiliyatli operator tomonidan tasvirga olingan, montaj qilingan va musiqa bilan ovozlantirilgandan keyingina biz ekranda jonli odamlarni, fantaziyamizning jonlangan mevalarini kо‘ramiz. Ammo bu katta sonli kishilarning birgalikda yozgan romani bо‘ladi. Biz boshlagan paytda esa qо‘limizda astasekinlik bilan tana о‘sib chiqadigan voqeaning yuragigina urib turadi.

EKSPOZITSIYA VA XARAKTERLAR

Hech narsani bayon qilmang. Xarakterlarni harakatlanishga va qandaydir maqsadlarga erishishga majbur qiling. Ular haqida biz nimani bilishimiz kerak bо‘lsa, hammasi ushbu kurashda namoyon bо‘lishi lozim.

– Sen ablahsan! – deydi qahramon. – Birinchi sinfda qanday bо‘lgan bо‘lsang haliyam xuddi shunday qо‘rqoqsan. Qо‘lingga tо‘pponcha olginda, о‘zingni himoya qil!

– Men otishni bilmayman.

– Unda belkurakni olginda, bor kuching bilan urgin.

Mana, biz qahramonlar bir maktabda о‘qiganligini va butun hayotlari davomida tanish bо‘lganliklarini ham bilib oldik. Biri otadi, ikkinchisi ota olmaydi.

Ammo boshqa variant ham bor. Ular vokzalda uchrashib qolishadi, bir-birini tanishadi, quchoqlashishadi:

– Voy, Petya!

– Kolyan! Necha yil biz kо‘rishmadik?

– 10 yoki 12 yil.

– Qanchadan buyon bir-birimizni bilamiz?

– 20 yil. Deyarli umr bо‘yi. Qanaqasan о‘zing?

– Men, yomon emas, yashayapman, uylanganman, ikki bolam bor. О‘zingchi?

– Men bо‘lsa bо‘ydoqman. Armiyadan keldim. Xizmatni tugatdim.

– Men bо‘lsam, xizmat qilmadim. Oq bilet. Hech qachon qо‘limga miltiq ushlamaganman. Foydalana oladigan yagona qurolim – belkurak. U ham bо‘lsa tomorqada…

Nima deb о‘ylaysiz, bu ikki ssenariydan qay birida energiya kо‘proq?

Biz tomoshabinni darhol ushlab olishimiz, qarmoqqa ilintirishimiz kerak. U, kinoteatr kreslosida о‘tirgan holda, bizning orqamizdan «ergashib keladi». Unga ushbu xatti-harakatlarni qilgan yigitning kim ekanligi qiziq bо‘ladi. U haqida faqat harakat uchun zarur bо‘lgan narsalarnigina ayting.

Asta-sekinlik bilan, qadam-baqadam biz zarur barcha ma’lumotlarni olamiz. U harakatlarda mavjud bо‘ladi. Uni oz-ozdan mayda-mayda bо‘laklarga, kerak bо‘lsa ikki sahnaga bо‘lish kerak. Oxirgi ma’lumotlarni siz tomoshabinlarga kulminatsiya oldidan berishingiz mumkin. Bu ham yetmaganidek, ekspozitsiyaning eng shirin bо‘lagini eng oxirida berish foydali. Tomoshabinlar о‘zi fahmlab turgan qandaydir sir-sinoatlarni bilishni istasinlar.

Kо‘lamli xarakterlarni nima qilish kerak? Harakat sodir etiladigan joyning, muhitning, vaziyatning tasvirichi?

Hammasini yо‘l-yо‘lakay qilish kerak. Harakatni boshlang. Vladimir Ilich aytganidek: «Asosiysi – janjalga kirishish, keyin tushunib olamiz».

Aslida, ekspozitsiya figuralarni taxtaga joylashtirish, о‘yin qoidasini tushunish va faqat shundan keyingina jiddiy hujum boshlash uchun mavjud bо‘ladi. Ammo ekspozitsiyada kо‘p faktlar sanab о‘tilgan va ular yomon bayon qilingan bо‘lsa, biz energiyani yо‘qotamiz. Faktlar о‘z-о‘zicha hech narsa emas. Hikoya unga ma’no va ahamiyat taqdim etadi. Ushbu faktlar tо‘plamini zerikarli bayondan qiziqarli sarguzashtga aylantirishga bizning kuchimiz yetadi. Hikoyachilik kasbi aynan mana shunga asoslangan. Qahramonlar ular yetishishi kerak bо‘lgan nimalargadir erisha boshlashsin. Mana shu «nimagadir» erishish uchun kurash davomida biz nimani bilishimiz kerak bо‘lsa, о‘shani bilib olamiz. Siz dramada har qanday qadriyatni biz konfliktlar orqali olishimizni bilasiz. Shuning uchun ham har qanday sabab bilan konfliktar paydo qiling. Soddaroq qilib aytganda, xarakter chizgilarini kichik-kichik tanishtiruvchi kuzatuvlar tarzida bayon qilmang, tasvirlamang. Mushtlashishga darhol kirishib keting.

KО‘ZGA KО‘RINMAS EKSPOZITSIYA

Tomoshabinni hikoya olamiga jalb etish muammosi shundaki, uni alohida kо‘rsatilgan taklif etiladigan holatlarga chalg‘ib ketmasdan hikoya qilish kerak.

Biz, masalan, yolg‘iz kambag‘al qizni uning kichkinagina xonasida taniymiz, u bilan birga uning kambag‘algina kiyim-kechaklarini kо‘rib chiqamiz. U ishga oid muhim tashrifga keyim-kechak tanlayapti. Ammo barcha tuflilari kiyilaverib tо‘zib ketgan, kо‘ylaklar bо‘lsa modadan qolgan. Nihoyat, u nimanidir kiyadi va g‘amgin holda kambag‘al otaonasining tasviriga qaraydi. Otasi tobutda, onasi yolg‘iz, ukasi askar kiyimida. Uning hayoti fotografiyalar va kiyim-kechaklar vositasida qisqacha tasvirlangan.

Ammo uni birdaniga jо‘nab ketayotgan avtobus ortidan kо‘cha bо‘ylab yugurtirishimiz mumkin, eng oxirgi onda tuflisining poshnasi tirqishga kirib, sinib qoladi. Avtobus ketib qoladi. Qiz umidsiz ahvolda. Shunda unga yosh yigitcha о‘rnidan turishiga yordam beradi. U kiyilaverib tо‘zg‘igan siniq tuflini kо‘taradi. Xijolatpazlik va alamdan qiz ilgarigidan ham chiroyli bо‘lib ketgandi. Ular bir-birlariga qaradilar… Voqea boshlandi.

Bunday boshlanish, balki eng yaxshisi emasdir, ammo u energiyaga boy. Xabar maqsadga harakat paytida, faoliyat davomida kelib tushadi. Amalda bu mahsuldor bо‘ladi: ekspozitsiyaning ma’lumoti gо‘yoki harakatlarda erib ketadi. U kо‘rinmas bо‘lib qoladi.

EKSPOZITSIYA VA BURILISH NUQTASI

Ekspozitsiyadan keladigan yangi xabar harakatni kutilmagan tarafga о‘zgartirib yuborsa, voqeaning energiyasi kuchayadi. Personaj bizga sirini ochadi, bu esa hammani qandaydir harakat sodir etishga majbur qiladi.

Yoshlikdagi dо‘st uzoq vaqt kо‘rmagan о‘rtog‘i – Duma deputatini ziyorat qiladi. U о‘rtog‘ini dam olish kuni xotini bilan kо‘lda dam olishga, gо‘zal, yovvoyi bir joyda baliq tutishga chaqiradi. Deputat bora olmaydi, uning har bir soati hisob-kitoblik. Dо‘sti deputatni kabinetiga olib kiradi, kurtkasini yoyib yuboradi: jilet portlovchi patronlar bilan tо‘la.

Xotiningni, qizchangni ol, mashinaga о‘tir va meni shahardan tashqariga olib chiq. Meni militsiya axtarayapti, faqatgina deputatlarning mashinasigina titkilab kо‘rilmaydi. Agar bunday qilmasang, butun uyni portlatib yuboraman.

Bu qanchalik yaxshi ekanligini bilmadim, ammo yuqorida aytilgan qoidaga kо‘ra о‘ylab chiqilgan: ekspozitsiya voqeani burib yuborishi kerak.

Ekspozitsiya faktlarining mushtarak yig‘indisigacha tо‘planishi va uning personajlar taqdirini tubdan о‘zgartirib yuboruvchi nimagadir aylanishi – boshqa yо‘ldir.

Chexov о‘zining «Tug‘ilgan kun» hikoyasida bugungi professionallar orzu qiladigan darajada tо‘laqonli darajada harakatlar va taklif etiladigan holatlar muvozanatini yaratadi.

«Yetti xil taom va cheksiz suhbatlar bilan о‘tgan tug‘ilgan kunning tushlik ziyofatidan keyin tug‘ilgan kun sohibining xotini Olga Mixaylovna bog‘ga bordi. Uzluksiz tabassum qilish va gapirish vazifasi, idishlarning jarang-jurungi, xizmatkorning uquvsizligi, uzundan-uzoq tushlik tanaffuslar va mehmonlardan homiladorligini yashirish uchun kiygan korseti uning tinka-madorini quritgan edi. U uydan uzoqroqqa ketishni, soyada о‘tirish, undan uch oylardan keyin tug‘iladigan bola haqidagi fikrlar bilan dam olishni istardi». Kо‘rganingizdek, taklif etiladigan holat bizni darhol dramatik holatga jalb qiladi. Bundan keyin Olga Mixaylovnaning konfliktlari yanada taranglashadi. Taklif etiladigan holatlar mushtarak yig‘indigacha tо‘planib boradi. Mehmonlar tarqalishlari hamon oilaviy jannatni «jahannamga» degan yozuvli strelka tomon о‘zgartirib yuboradigan barcha narsa birdaniga yog‘ilib keladi.

«Baliqchilar qiroli» filmidagi omadli radiosharhlovchi radiotinglovchilarga quvnoq hayosizlik bilan о‘z instinktlariga erk berishni, barcha qoidalardan nafratlanishni taklif qiladi. Sharhlovchi uchun bu narsa oddiygina mas’uliyatsiz sо‘zamollik edi. Ammo aqldan ozgan muxlis barda besh begunoh kishini о‘ldiradi. Bu narsa sharhlovchi hayotini ostin-ustun qilib yuboradi. Voqeani kutilmagan yо‘nalishga burib yuborish uchun ekspozitsiya faktlari tо‘planib borishi kerak. Bu ekspozitsiyani kо‘rinmas qilib qо‘yadi, gо‘yoki u kutilmagan harakatda erib ketadi.

Bizga, aslini olganda, eng avvalo nimalar eng zarur bо‘ladi?

Qahramonni sayohatga chorlovchi dramatik holat kerak bо‘ladi.

Personajning boshlang‘ich aloqalarini xarakterning eng yuzaki darajasida ifodalash kerak.

Tomoshabin uning oldida nima turganligini bilsin uchun harakat muhiti va janrni tanitadigan belgilarni berish kerak.

Qachonlardir, bundan bir qancha yillar oldin, hali oldingi rejim davrida, men endigina olingan filmimni Goskinoga topshirgandim. Boshliq norozi edi:

– Bu nima? Men yig‘laymi yoki kulaymi? Tushuntiring!

– Bu tragikomediya. Shunaqa janr bor. U yerda ham kuladilar, ham yig‘laydilar.

– Bunaqa janr yо‘q! Komediya janri – bor! Tragediya janri – bor! Men о‘qiganman, bilaman!

Bu esa dastlabki tragikomediyalardan bо‘lgan «Porla, porla, mening yulduzim» edi. Boshliqni ishontirish, u bilan tortishish mumkin. Ammo tomoshabin bilan tortisha olmaysan. U janr haqida qat’iy yо‘llanmaga ega bо‘lishi kerak: u yig‘lasinmi yoki kulsinmi, dahshatga tushsinmi yoki romantik kayf qilgan holda bо‘shashsinmi. Yо‘llanma berish – bu ham ekspozitsiyaning vazifasi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 | Следующая
  • 5 Оценок: 1


Популярные книги за неделю


Рекомендации