282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » А. Митта » » онлайн чтение - страница 29


  • Текст добавлен: 30 апреля 2024, 03:20


Текущая страница: 29 (всего у книги 33 страниц)

Шрифт:
- 100% +
MIKO. SIRLI ICHIMLIK

Ikki aka-uka. Biri besh yoshda, ikkinchisi yettida. Bolalar «Asteriks» komiksini о‘qishadi. Kattasi dо‘stlari bilan о‘ynayapti, ular komiks qahramonlariga о‘xshab urishishyaptilar. Kichigiyam о‘ynamoqchi bо‘ladi. Undan qutilish uchun kattasi unga sirli quvvat ichimligi tayyorlab beradi. Tovoqqa soqol olishda ishlatiladigan krem, shampun, tish pastasi, losyonni siqib soladi. Aralashtirgach, «ich» deb uzatadi va yana: «Yengib bо‘lmas kishiga aylan», – deydi. Kichkintoy ichimlikni mushukka suradi – u darhol о‘kirayotgan yо‘lbarsga aylandi. U ichimlikni tomorqadagi tosh arslonga surtdi, u ham о‘kira boshlaydi – haqiqiy sehrli ichimlik. Kichkintoy tili bilan yalab kо‘radi va mo‘jiza rо‘y beradi! U kuchiga kuch qо‘shilayotganini his qiladi – mushtlari bilan daraxtlarni ursa, ular tag-tomirlari bilan osmonga kо‘tarilib qulab tushadilar. Ammo mо‘jiza tezgina о‘tib ketadi. Kichkintoy qayd qiladi. U о‘ziga keladi va о‘zini judayam baxtiyor his qiladi: men qahramon bо‘ldim!

Bu hikoyalar – improvizatsiyalardir. Men ular qanday tug‘ilgan bо‘lsalar, shundayligicha saqladim. Bu yerda asosiysi – detallar kо‘rinuvchan, tushunarli va reallikni fantastikaga aylantiradi. Siz bunday ishlarning ajoyib namunalarini yaxshi ishlangan dahshat filmlarida yoki «fentezi»da kо‘rishingiz mumkin.

SYUJET DETALI

Tryuffo Xichkokning «Badnomlik» («Durnaya slava») filmi haqida: «U qanday qilib minimum elementlar bilan maksimal effektga erishish mumkinligi nuqtayi nazaridan konstruksiya namunasi bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Saspensga ega barcha sahnalar ikki predmet – kalit va ichida uran bо‘lgan vino butilkalari atrofida aylanadi», – degan edi.

Bu predmetlar – filmning ikki asosiy detallaridir. Butilkalar haqida maxsus gaplashamiz. Kalit esa – haqiqatan ham syujetda butun boshli rolga ega bо‘lgan detal.

Avval bosh qahramonga vino yertо‘lasining kaliti judayam zarur ekanligi aniqlanadi. Bu yertо‘lada atom bombasi tayyorlashda qо‘llaniladigan о‘g‘irlangan uran namunalari saqlanadi. Kalit – bu xabar biti. Bilamizki, axborotni olish qanchalik qiyin bо‘lsa, u tomoshabin uchun shunchalik muhim. Shuning uchun FBR agenti Devlin (Kere Grand)ning yordamchisi Alisiya (Ingrid Bergman) bizni hayajonlanishga majbur qilganicha, juda qiyinchilik va о‘zini xavf-xatarga qо‘yib, kalitni eridan о‘g‘irlaydi. Keyin filmning eng effektli sahnalaridan birida Alisiya kalitni dо‘sti va sherigi, FBR agenti Devlinga beradi.

Kо‘p kishilik bayram sahnasida kamera pastga tomon о‘z yо‘lini mehmonlar bayram ziyofati uchun tо‘plangan katta zaldagi shipdan kо‘rinadigan umumiy plandan boshlaydi. U asta-sekinlik bilan to Alisiyaning siqilgan mushtigacha tushib keladi. Ingrid Bergman mushtni ochadi va bir zumga kalit butun ekranda paydo bо‘ladi. Xichkok bu plan haqida: «Bu yerda biz, odatga kо‘ra, dialogni kamera tili bilan almashtirdik. «Badnomlik»da kameraning bu harakati quyidagi fikrlar ifodalangan gapga о‘xshaydi: «Bu uyning ulkan mehmonxonasida ziyofat tashkil qilinayapti, ammo bu yerda hech kimning xayoliga kelmagan drama sodir bо‘layapti, sirli dramatik voqeaning eng markazida – kichkina predmet, mana shu kalit joylashgan», – degandi.

Judayam tushunarli qilingan. Kalit barcha harakatlarni taranglashtiradi. Bu esa ayni syujet detalining vazifasidir: ular voqealar rivojiga aniqlik va lо‘ndalik beradi.

Bu kalitning filmdagi tarixi uzun. Alesiyaning eri, nemis ayg‘oqchisi, bir qancha fursatdan keyin kalit yо‘qolganligini bilib qoladi. U xotinidan hammadan kо‘ra kamroq shubhalanadi. Ammo tunda, ular er-xotinlar yotadigan yotoqda yonma-yon uxlayotgan paytlarida kalit yana kalitlar dastasida paydo bо‘lib qoladi, er qо‘rquv ichida anglaydiki, uning sevimli xotini – amerika ayg‘oqchisi.

Detal bilan ishlash – bizning kinomaktabimizda birinchi talablik filmining asosidir. 5-7 daqiqa ichida rejissor syujetli novellani sо‘zsiz hikoya qilib beradi. Shunday ishlardan biri bо‘lgan «Kalit» detal sifatida kalit syujetidan foydalanadi.

Yigit о‘zi tashlab ketgan qizi oldiga narsalarini olish va kalitni qoldirish uchun keladi. Ammo qizi esa kalitni olib, u bilan eshikni qulflaydi va kalitni derazadan otib yuboradi. U yigitini ushlab qolish uchun shu paytning о‘zida sevgi bilan shug‘ullanishni istaydi. Ikkinchi kalit uning bо‘ynida osilib turibdi. Yigit u bilan mana shu kalit uchun kurashadi. Qiz о‘p va uni olaqol, deganday kalitni og‘ziga soladi. Yigit kalitni olishga harakat qiladi. Shunda qiz kalitni yutib yuboradi. Yigit qizi bilan mushtlashadi va sezilmagan holda mushtlashish quchoqlashishga aylanib ketadi.

Bu vaqtda kо‘chaga uloqtirilgan birinchi kalitni yigitning yangi qizi topib oladi. U kalit bilan eng mos kelmaydigan bir paytda uyni ochadi. Kalit syujet detali sifatida bu voqeaning barcha uch sahnasidagi burilish nuqtalarida aniqlik uchun yordam beradi.

Taassurot qoldirish uchun syujet detallariga qandaydir alohida xususiyatlar berish zarur emas. Ularning ahamiyati о‘ynashlari kerak bо‘lgan rol bilan aniqlanadi. Ular yordamida voqeaning burilish nuqtalari qat’iy tasvirlanadi. Syujet detali voqeaga ega bо‘lishi kerak, u konfliktda ishtirok etadi. Sirasini aytganda, u о‘zini personaj kabi tutadi. Shuning uchun ham u uchun uch sahnali rivojlanish yaxshi bо‘ladi. Savodli filmlarda ular о‘zlarini shunday tutadilar ham – о‘z voqealarini uch kо‘rinishda rivojlantiradilar.

Mana, rejissor Stiven Friersning «Taomildagi qahramon» («Normalniy geroy») filmidagi detallar sarguzashtlarining qisqacha bayoni. Yutuqlarga erishgan jurnalist ayol Geyl (Jina Devis) yil mukofoti – «Oltin mikrofon» bilan mukofotlanadi. Birinchi kо‘rinish – detalning ekspozitsiyasi. Geyl mukofotni oladi, u bilan uy tomon uchadi, ammo samolyot halokatga uchraydi. Daydi Barni (Dastin Xoffman) jurnalistni о‘limdan saqlab qoladi – ayni shu paytda «Oltin mikrofon»ni о‘g‘irlab qо‘yadi.

Detalning ikkinchi kо‘rinishi. Jurnalist ayol uni boshqa kishi qutqarganiga ishonadi. U о‘z qutqaruvchisini sevib qoladi va yolg‘ondakam qutqaruvchi daydining qahramonligini о‘ziniki qilib olganini bilmaydi. Ustiga-ustak, u daydi qutqaruvchisini shantaj qilayotganiga ishonadi. U daydinikiga uni fosh qilish uchun boradi, ammo uning kulbasida о‘z «Oltin mikrofon»ini topadi.

Uchinchi kо‘rinish. Muhabbatning halokati. О‘z mukofotiga qarab Geyl о‘ylashi kerak bо‘lgan narsa bor edi. Bir sо‘z ham aytmagan holda «Oltin mikrofon» odamlar tasavvurini о‘zgartirib yuboradi, kutilmaganda va bir onning о‘zida harakatlarda burilish hosil qiladi – bir sо‘z bilan aytganda, muhim rol о‘ynaydi.

Yaxshi filmlarda detallar ularga beg‘araz, sо‘zsiz yordam kо‘rsatganlaricha, aktyorlar bilan teng о‘ynashadi. Masalan, «Kakku ini ustidan nimadir uchib о‘tdi» («Kto-to proletel nad gnezdom kukushki») filmida olti aktyor va sigareta ishtirok etgan epizod mavjud. Har bir aktyor uchun lо‘nda qilib uch kо‘rinishdan iborat konfliktning rivojlanish tarixi yozilgan. Xuddi shuningdek, sigareta uchun ham uch kо‘rinishli voqea о‘ylab topilgan. Dastab shu yerda va ayni paytda sigaretaning muhim ekanligi aniqlanadi. Bemorlar sigaretadan mahrum etilgan, ammo yarim turmaga о‘xshash bu kasalxonada sigareta juda muhim, ular bemorlarga pul о‘rnini bosadi. Berilib о‘ynaladigan karta о‘yinida Mak Merfi bemorlarning sigaretalarini yutib oladi. Bemor Chadvik natijasiz ravishda undan sigaretasini qaytarib berishini sо‘raydi. Bemor Xarding esa о‘yinda undan kо‘ra omadliroq edi – uning hali sigaretasi bor. Sanitar namoyishkorona Xardingga sigaretasini yoqib olishga imkon beradi. U, butun ekranni tо‘ldirib, kayf qilib sigareta tortadi. Bu sigaretani ekspozitsiya qilish edi. Hamma Xardingdan, u bilan qо‘shib sigaretasidan ham nafratlanadi.

Ikkinchi kо‘rinish. Bemorlar Xardingning qо‘lidan sigaretani urib tushirmoqdalar. Sigareta uning og‘zida oliftalarcha osilib turgani yо‘q. U osmonda bir bemordan boshqasining qо‘liga uchayapti. Bemorlar janob Xardingning asabiga tekkan holda u bilan о‘ynayaptilar. Taranglik ortib borayapti. Bu sigaretaning ikkinchi kо‘rinishi – muammoning murakkablashuvi. Barcha munosabatlar sigaret orqali konfliktni о‘tkirlashtiradi.

Kutilmaganda sigareta yо‘qoladi. Bemorlardan hech kim uning qayerdaligini tushunmay qoladi. U bemorlardan birining pijamasi qatida yashirinib qolganini faqat biz bilamiz. U turgan joyini kuydirib, badan sari yо‘l ochayapti. Bu saspens. Nima bо‘lar ekan? Kutilmaganda bemor yovvoyi chinqiriq bilan о‘rnidan sapchib turadi va qо‘llarini silkitganicha sakray boshlaydi. Sanitarlar uning qutirish tutqanog‘i tutib qoldi deb о‘ylashib, uning ustiga tashlanishadi. Ammo sigareta kuydirib, teshik ochgan edi va qutirayotgan bemorning tanasini kuydirishda davom etardi. Bu uchinchi aktdagi halokat edi.

Qolgan barcha voqealar ham shu kabi dramatizmning uch kо‘rinishli ortib borishi tarzida bayon etilgan, ammo ularda aktyorlar ishtirok etishgan. Natijada yettita qisqa novella quturgancha aylanadigan halokatning ulkan zuvalasiga о‘ralib ketadi. Bu taranglikning ortishida detal muhim, har qanday tirik aktyorlardan hech bir qolishmaydigan, rol о‘ynagan.

Detal epizod syujetida asosiy kalit rolini о‘ynashi, balki butun syujetning asosini tashkil etishi mumkin. Butun voqea u bilan bog‘liq bо‘ladi. Odatda, bunday detal о‘q personaj, ya’ni voqealar markazida, voqeaning rivojlanish о‘qida joylashgan personaj rolida bо‘ladi. Detal qahramonni maqsadga erishish uchun harakat qilishga undaydi.

Mana bular ssenariynavis va rejissor-talabalarning syujetning о‘q detali topshirig‘i bо‘yicha bajargan vazifalari. Bir о‘q detalga ega bо‘lgan shunday voqea о‘ylab topish kerak ediki, personajlar bu detalni sevsinlar yoki undan nafratlansinlar, u tufayli baxtiyor yoki baxtsiz bо‘lsinlar. Detal voqea emotsiyasi rivojlanishiga yordam bersin.

TOMAS YOG‘OCH OT

Asrning boshi. Demi yetti yoshda. Juda semiz, yirik bola, ehtimol, ellik kilogramm chiqar. Har safar dо‘kon peshtaxtasida tebranuvchi yog‘och otni kо‘rganida, uning yuragi tо‘xtab qolardi. U xuddi kovboy singari bu otda chopishni va sariq qо‘shni qizning unga havasi kelishini orzu qiladi. Ammo uning ota-onasi kambag‘al – boshqa kimdir otni sotib oladi. Ot endi yо‘q. Demi shunchalik xafa bо‘ladiki, kechquruni bilan yig‘lab chiqadi. Ertalab esa u otni о‘z krovati oldida kо‘radi. Onasi uni Rojdestvoga sotib olibdi. Demi dо‘stlarini chaqiradi. Ular ot bilan о‘ynashadi. Demi otda chopadi, uning ustida sakraydi va shodligidan qichqiradi. Kutilmaganda ot parcha-parcha bо‘lib bо‘linib ketadi – Demi juda semiz, ot esa uncha yaxshi qilinmagan edi. Otning bо‘laklarini pechkaga tashlashadi. Demi uning faqat tumshug‘inigina saqlab qola oladi. U bilan hovlida о‘tinlar orasida о‘ynash zerikarli. Uning boshqa oti bо‘lmaydi.

Qо‘shnisi, bir qо‘lli askar, Demiga yangi ot yasashda yordamlashmoqchi. Uyning yertо‘lasida Demi qiziqib, uni yasash bilan band. U bir oy davom etadi. Demi oriqlaydi ham. Ot mustahkam, oldingisidan ancha pishiq chiqadi. Demi qо‘shni-dо‘stlarini chaqiradi. Ammo ularga endi otning qizig‘i yо‘q edi. Faqat sariq qizcha ajablanadi: «Nahotki buni о‘zing qilding? Uni yarmarkada, qо‘lbola о‘yinchoqlar tanlovida kо‘rsatishni istamaysanmi? Men u yerga qо‘lda yasalgan qо‘g‘irchog‘imni olib boraman. Dugonam Emi о‘zi pishirgan pirogini olib boradi».

Yarmarkada qо‘lda qilingan eng yaxshi narsalar mukofot oladi. Sariq qiz ham, uning dugonasi Emi ham mukofot olishdi. Deyarli barcha mukofotlarni tarqatib bо‘lishdi, Demi esa hech narsa olmadi. Eng oxirgi – asosiy mukofot qoldi. Demi, uning otchasi jyuriga yoqmaganini tushundi. Ammo mukofot Demiga tegdi. Uning yorqin bо‘yoqlar bilan bо‘yalgan otchasi hammanikidan yoqib tushibdi. Demi qanday mukofot olar ekan? Parda ochiladi. Sahnaga kichkinagina tirik ponini olib chiqadilar. Demi shodligidan sal bо‘lmasa bо‘g‘ilib qolay deydi. Orzularida u yog‘och otni tiriltirar edi. Kutilmaganda uning orzusi haqiqiy otga aylandi. Undan baxtli bolani topib bо‘larmikan?

Bu voqeaning barcha harakatlari detallar orqali umiddan umidsizlikka, umidsizlikdan umidga tomon rivojlanadi.

SVENYA GVARNERI SKRIPKASI

Yosh skripkachi Klemans talantli, ammo kambag‘al. Uning puli faqat eng arzon skripka uchun yetadi, shu sababli u notalarni orkestrantlar oldiga qо‘yib chiqadi va konsert paytida faqat fikran ijro etadi. Ammo bir kuni uning omadi keldi – u taniqli orkestr bilan qatnashishi mumkin va bu uning starti bо‘ladi. Dirijyor: «Sizning skripkangiz dahshatli ovoz chiqaradi. Yaxshi skripka toping va siz mening orkestrim bilan chalasiz», – dedi.

Klemans umidsizlikka tushgan. Bankni о‘marsamikan. Baxt shundaygina qо‘llaridan chiqib ketayotir. Uning ustozida, keksa professorda, Gvarnerining skripkasi bor. Professor kо‘hna skripkani kо‘rsatadi. U skripkani eskirib qolgan g‘ilofdan oladi, unda qimmatbaho asbob diqqatni kamroq tortadi. Professor Klemansni eshitadi va unga skripkani beradi. Orkestrdagilar hayratga tushishgan: Klemans Gvarnerining skripkasida afsonaviy bir tarzda ijro etadi.

Ammo bosh repetitsiya paytida skripkani о‘g‘irlashadi. Klemans g‘amga botgan. U, xuddi ilgarigidek, orkestrantlar oldidagi notalarni qо‘yib chiqadi. Uning о‘rniga uning keksa professori ijro etadi. Professor tan olib aytadi:

– Men senga Gvarnelli skripkasini emas, balki oddiy yaxshi skripka bergan edim. Sen о‘zingga ishonishing uchun shunday skripka kerak edi. Sen ishonding. Unda skripka emas, balki sen yaxshi ijro etding. Mana u – haqiqiy Gvarneri. Endi men uni senga bera olaman.

Bu safar Klemans haqiqiy Gvarnerini oladi. Professor hayajon bilan sahna orqasidan uning ijrosini kuzatib borardi.

YANEK CHANG‘ILAR

Bola kichik plastik figuralar bilan о‘ynashni yaxshi kо‘radi. U plastikdan yasalgan qal’a haqida orzu qiladi. Yangi yilda esa ota-onasi unga uzun quticha sovg‘a qilishadi. Uning qopqog‘ida devorlar va qal’aning minoralari chizilgandi. Afsuski, qutidagi qal’a emas, balki qisqa chang‘ilar edi. Otasi о‘g‘lining chang‘ida ucha boshlashini xohlagan edi.

Bolaning chang‘ilarni kо‘rarga kо‘zi yо‘q. U askarlar, hindular, plastik ritsarlar bilan о‘ynashni istaydi. Buning о‘rniga otasi о‘g‘lini chang‘ida yurishga majbur qiladi. U о‘g‘li bilan о‘n kilometrlar chamasi uzoqdagi о‘rmonga boradi. Bola hiqqillaydi. U otasidan achchiqlangan. Kutilmaganda otasi tepalikdan qulab tushadi va oyog‘ini sindirib oladi. Bola vrachni olib kelish uchun chang‘ida yugurishi kerak. U о‘z yо‘lini noshudlarcha boshlaydi. Ammo bu safar bu narsa unga juda zarur, u otasini qutqazishi kerak va u о‘z yо‘lini xuddi usta sportchi singari tamomlaydi. Bu uning hayotidagi birinchi g‘alabasi edi. Ikki yildan keyin esa u Norvegiya chempioni bо‘ladi.

MIXAYELA MANFUR TELEVIZOR

Syuzi Rotman qirqdan oshgan. U gо‘zal, ammo asabiy ayol. Sevgida ustunlik qiladi, bola bо‘lishini istamaydi. U gimnaziyada dars beradi. Uning jazmani о‘zidan о‘n sakkiz yosh kichik. Syuzi uni «quyoncham» deb chaqiradi. Ayol uning bir narsasini: televizorga muhabbatini qabul qila olmaydi. Syuzi intellektual ayol. U televideniyeni ayblaganda yonib ketadi:

– Bu qanaqa madaniyat о‘zi!

Ammo «quyoncha» о‘ziga yangi jazman topadi va Syuzi о‘zi nafratlanadigan, «quyoncha» uni о‘zi bilan birga qoldirgan televizori bilan qoladi. Ekran oldida u о‘zining yolg‘izligini unutishga harakat qiladi. Televizor uning yashirin ehtirosiga aylanadi. U hamma narsani: filmlarni, «sovun kо‘piklari»ni va bolalar uchun kо‘rsatuvlarni kо‘rib boradi. Unga, ayniqsa, tanlovlar yoqadi. Ular uni orgazm darajasiga olib boradi. Ammo u qanchalik yashirin buzuqchilikka berilsa, shunchalik qizg‘in ommaviy ravishda: «Madaniyatning shomi yaqinlashmoqda», – deb televideniyeni ayblaydi va sо‘kadi.

Ralf (48 yoshda), televideniye muharriri, Syuzini kо‘rsatuvga taklif qilmoqchi bо‘ladi. Ayblovlarini dushmanining yuziga aytsin. Syuzi televideniyeda kulgi bо‘lishini bilmaydi. Uning studiyadagi, odatdagiday, qizg‘in nutqi davomida uning yelkalari orqasida ikkita masxaraboz uni pantomimalar bilan parodiya qilib turadi. Bu studiyadagi tomoshabinlar masxarabozlar ustidan xoxolab kuladilar. Ekranda bо‘lsa, ular xuddi Syuzining sо‘zlari ustidan kulayotganday bо‘ladi.

Kо‘rsatuv oldidan Syuzi о‘zini yо‘qotib qо‘ygan. Millionlab teletomoshabinlarga u о‘zi ham ishonmaydigan narsalar haqida gapirishga haqqi bormi? Uning uchun yuzidagi intellektual ayol himoya niqobini olib tashlash qо‘rqinchli. U ulkan kо‘ngilochar tomoshalar mashinasi markazida edi. Uydagi oddiygina televizor о‘nlab monitorlarga kо‘payganday bо‘ldi. Uni kamera tomon itarishayapti. Syuzi butunlay о‘zini yо‘qotib qо‘ydi. Kutilmaganda u televizorni sevib qolganligi haqida gapiradi. U tomoshabinlar uning bu iqrori ustidan nega kulayotganlarini tushunmaydi. Syuzi ularni о‘zi tо‘g‘ri gapirayotganligiga ishontirishga harakat qiladi. U butunlay ochiqchasiga iqror bо‘ladi. Ammo tomoshabinlar yanada qattiqroq kuladilar. Syuzi ularning masxarabozlar ustidan kulayotganlarini bilmaydi. U tomoshabinlar о‘zining ustidan kulayapti, deb о‘ylaydi. U tomoshabinlarni ilgari qanchalik kuchli hayajon bilan televideniyeni yomonlagan bо‘lsa, shunchalik qizg‘in sо‘zlariga ishontirmoqchi bо‘ladi:

– Nega tushunmaysizlar? Televizor mening yagona dо‘stim bо‘lib qoldi! U meni nafaqat yolg‘izlikdan saqlaydi, u mening hayotimni saqlab qoladi! Mening haqiqiy dо‘stlarimdan hech birlari mening baxtsizligimda yordam bermadilar. Televizor bо‘lsa har kuni tongda men uchun hayotga yangi ishonch beradi! Ekrandagi bu uzoq kishilar mening asosiy dо‘stlarim bо‘lib qolishdi.

Apparatxonada muharrir Ralf ajablanib turibdi. Syuzi aytilishi kutilgan gaplardan butunlay boshqa gaplarni gapirayapti.

– Masxarabozlarni kо‘rsatishni bas qiling! Bu ayolning ustidan kulmang! – deydi u.

Rejissor uning sо‘zlarini bо‘ladi:

– Xalaqit qilma. Kо‘rsatuv ajoyib bо‘layapti… Tomoshabinlar ekran oldida xoxolashishyapti.

Boshqalar, intellektuallar, Syuzining dо‘stlari, о‘z uylarida kо‘rsatuvni sharhlashishmoqda:

– Qaragin, bu Syuzi qanchalik zukkolik bilan televideniye ustidan kulmoqda. U qanchalik kinoyador. Qanchalik artistlarcha mahoratli. Balli, Syuzi!

Ammo Syuzi qahramon bо‘lganini bilmaydi. U umidsizlikka tushgan. Uning nazarida u hamma narsasini yо‘qotdi. U о‘zini fosh qildi va kulgili keksa ayolga о‘xshadi.

Kadrdan chiqqanida u hо‘ngrab yig‘layotgan edi. Ralf uni studiyaning qorong‘u burchagida topadi. U о‘zini aybdor deb biladi va Syuzini tinchlantiradi:

– Siz mard ayolsiz. Siz о‘zingiz haqingizdagi haqiqatni aytishdan qо‘rqmadingiz. Sizni hech narsa tо‘xtata olmadi. Siz bilan faxrlanaman. Men hayotda mana shunday kuchli va gо‘zal dо‘st bilan birga bо‘lishni istardim.

Ralf ham yolg‘iz, u beva. Kim bilsin, balki u va Syuzi bir-birlarini topishgandir?

Agar biz peripetiyalar va tо‘siqlar sxemalariga qaraydigan bо‘lsak, mavzu va kontrmavzu о‘rtasidagi kurash markazida detal-sistemaga aylanadigan va Syuziga uning shaxsiyatini yо‘qqa chiqarish bilan xavf solib turgan detal turganligini kо‘ramiz.

MAKGAFFIN – MANTIQ MARKAZIDAGI ABSURD

Xichkok birinchi bо‘lib syujetning ba’zi bir asosiy detallari о‘ziga xos, mantiqiy tushuntirib bо‘lmaydigan ta’sir etish quvvatiga ega bо‘lishiga diqqatni jalb qildi. Bu personajlarga alohida kuch olishga yordam beruvchi detallar, qaytarib bо‘lmas xavf-xatardan qutqarib qolishi yoki qandaydir bir dahshatli falokat bilan xavf solishi mumkin bо‘lgan detallardir. Bunday detallar uchun kurash, ayniqsa, keskin kо‘rinadi. Tomoshabin shunchalik kuchli hayajonga tushib, о‘zlari hamdardlik qilayotgan qahramonning g‘alabasini shu qadar istashadiki, bu detallarning qanchalik mantiqqa mos kelishi bilan ularning bir pullik ishlari ham bо‘lmaydi: ish qilib qahramon qutilib qolsa, g‘alaba qozonsa, dushmanini jazolasa, baxt-saodatga erishsa bо‘lgani.

Bu haqida Xichkokning о‘zi Fransua Tryuffo bilan bо‘lgan suhbatda mana, nima degan edi.

XICHKOK. «MakGaffinning tabiatini tushunishga harakat qilishning ma’nosi yо‘q, u mantiqqa bо‘ysunmaydi. Faqat bir narsa ma’noga ega: filmdagi rejalar, hujjatlar yoki sir-asrorlar personajlar uchun hayratomuz muhim kо‘rinsa bas. Men, hikoya qiluvchi kishi uchun esa, ularning hech qanday qizig‘i yо‘q.

Balki sizni bu sо‘z qayerdan olinganligini bilish qiziqtirar. Bu bir latifaning shotlandcha nomi bо‘lish ehtimoli bor. Ikki kishi poyezdda ketayapti. Biri: «Anavi, bagaj polkasida yotgan narsa nima?» – deb sо‘raydi. Ikkinchisi javob beradi: «O, bu MakGaffin». – «MakGaffin nima о‘zi?» – «Tog‘li Shotlandiyaning tog‘ arslonlarini tutish uchun moslamasi». – «Axir Shotlandiyada arslonlar bо‘lmaydiku!» – «Demak, hech qanaqa MakGaffin ham yо‘q». Shunday qilib, kо‘ribsizki, MakGaffin – aslida, hech narsa emas ekan.

TRYUFFO. Qiziq. G‘oya ajoyib.

XICHKOK. Men birinchi marta u yoki bu ssenariynavis bilan ishlay boshlaganimda ular xuddi MakGaffinning о‘zi bо‘lib qolishlari bundanda qiziq. Men unga bularning hammasi absolyut muhim emasligini aytishdan charchamasamda, u bularning hammasini miridan-sirigacha tushuntirish uchun yangidan-yangi loyihalarni olg‘a suraveradi.

TRYUFFO. Boshqacha qilib aytganda, MakGaffinning muhim yoki jiddiy bо‘lishiga hojat yо‘q, hatto uning qandaydir о‘z-о‘zidan tushunarli va hatto, xuddi mashhur «Lyudi ischezayut» qо‘shig‘idagidek, tuturiqsiz bо‘lishi yaxshiroq ekanda.

XICHKOK. Xuddi shunday. «39 pog‘onada» («39 stupenyax») filmida MakGaffin – samolyot motorini yasash uchun zarur mexanikaviy formuladir. Ayg‘oqchilar uni qog‘ozga yozib olish о‘rniga mister Mimorining miyasiga «yozib oladilar», shu asnoda bu sirni mamlakat tashqarisiga olib chiqib ketmoqchi bо‘ladilar.

TRYUFFO. Agar men sizni tо‘g‘ri tushungan bо‘lsam, har safar, kartaga inson hayoti tikilganida, dramaturgiya qoidalariga asosan, xavotirga tushish shunchalik taranglikka olib kelishi kerakki, MakGaffinni esdan chiqarib ham qо‘yishadi. Ammo bu strategiya juda xavfli, shunday emasmi? Axir, auditoriya shunday yechim bilan, ya’ni MakGaffin bilan, rozi bо‘lmasligi mumkinku? Darhaqiqat, men shunga e’tibor berdimki, siz uni eng oxiriga emas, unga boradigan yо‘lning qayeridadir, yechimni kutish hali unchalik kuch tо‘planmagan joyda joylashtirasiz.

XICHKOK. Bularning hammasi shunday, ammo men о‘zim uchun shu narsani bilib oldimki, MakGaffin – bu hech narsa. Men bunga ishonaman, ammo uni boshqalarga isbotlab bо‘lmaydi. Mening eng yaxshi (men uchun esa u bо‘m-bо‘sh, eng ahamiyatsiz va hatto bema’ni narsa) MakGaffinim – «Shimoliy-g‘arb orqali shimolga» filmida foydalanganimizdir. U, eslasangiz, ayg‘oqchilarga bag‘ishlangan film va u yerda javob berilishi kerak bо‘lgan asosiy masala – ayg‘oqchilar nimaning orqasidan quvib yuribdilar? – degan savol. Chikago aeroportida MRB (SRU)ning odami Keri Grantga vaziyatni tushuntirayapti, u esa talmovsirab, uni Jeyms Meyson deb о‘ylab, yonida turgan odamga murojaat qiladi: «U nima ish qiladi?» U kontrrazvedkachi: «Aytish mumkinki, import va eksport masalalari bilan», – deydi. – «U nima sotadi?» – «Davlat sirlarini». Kо‘rdingizmi, bu yerda MakGaffin о‘zining haqiqiy ifodasida – u aslida hech narsa emas!

Xichkokning ijodiy laboratoriyasiga nazar tashlaymiz. U MakGaffin g‘oyasini qanday rivojlantiradi.

«Men Ben Xekt bilan birga «Bо‘lmag‘ur shuhrat» («Durnaya slava»)ning ssenariysi ustida ish boshlaganimda, uni MakGaffinni izlashdan boshladik va har safargiday, о‘zimizni u tomondan bu tomonga tashlab, hali u, hali bu narsalarni tanlay boshladik. Asosiy fikr bizga darrov keldi. Ingrid Bergmanga qahramon ayol roli, Keri Grantga esa natsist ayg‘oqchilar uyasiga kirib borib, ularning maqsadini aniqlash uchun borayotgan qahramon ayolni Lotin Amerikasiga kuzatib boradigan FBR xodimi roli tayinlandi. Dastlab biz filmga davlat xizmatchilarini va politsiyachilarni hamda Lotin Amerikasidagi yashirin lagerlarda armiya tuzish bilan mashg‘ul bо‘lgan butun boshli nemis emigrantlari guruhini kiritishni mо‘ljallagan edik. Ammo bizni, bunday armiya tuziladigan bо‘lsa, uning istiqboli masalasi dovdiratib qо‘ydi. Natijada biz bu g‘oyadan oddiy, ammo aniq bо‘lgan MakGaffin: vino butilkalariga yashirilgan uran foydasiga voz kechdik.

Prodyusser: «Xudo haqqi tushuntiringlar, bularning hammasi nima о‘zi?» – deb sо‘raydi.

Men: «Bu uran, bu shunday narsaki, undan atom bombasi yasashga urinishadi!» – deb javob beraman.

Shunda u: «Atom bombasi nima?» – deb sо‘raydi.

Yodingizda bо‘lsa, о‘shanda 1944-yil edi, Xirosimagacha bir yil qolgandi.

Prodyusser bunga ishonchsizlik bilan qaradi, unga syujet asosi sifatidagi atom bombasi fikri bema’nilik bо‘lib kо‘rindi. Men unga, bu syujetning asosi emasligi, bor-yо‘g‘i bir MakGaffin ekanligi va unga juda katta e’tibor qilish kerak emas, degan ma’noda javob qildim.

Nihoyat, men о‘z maddohligimni quyidagi sо‘zlar bilan yakunladim: «Menga qara, agar senga uran yoqmaydigan bо‘lsa, unda u nemislar qurol-yaroq ishlab chiqarishi uchun zarur sanoat olmosi bо‘laqolsin». Yana, agar «harbiy» syujet bо‘lmaydigan bо‘lsa, brilliantlarni о‘g‘irlash mojarosini aylantirish mumkin, demak, qahramon ayolning nima bilan qiziqayotganining hech bir ahamiyati yо‘q…, deb qо‘shib qо‘ydim.

«Bо‘lmag‘ur shuhrat» – vazifasiga kо‘ra boshqa kishining tо‘shagida yotishga, hatto unga turmushga chiqishga majbur bо‘lgan erkak va ayol о‘rtasidagi sevgi tarixidir.

Ammo men prodyusserlarni ishontira olmadim va bir necha haftadan keyin loyiha «RKO» studiyasiga sotib yuborildi. Boshqacha qilib aytganda, Ingrid Bergman, Keri Grant, ssenariynavis Ben Xekt va sizning sodiq qulingiz bir paketda sotib yuborildi. Bu xato ularga qimmatga tushdi, chunki film ikki million dollar turardi, prodyusserlar esa sakkiz million foyda olishdi».

Darvoqe, men ham shunga о‘xshash holatga tushgan edim: markazida sevgi uchburchagi bо‘lgan ssenariy yozdim. Xotin erga bevafolik qilib, unga xiyonat qiladi. Er xavf-xatar va raqiblari oldida chorasiz qoladi. Ammo xotini xatosini tushunib, qaytib kelganidan keyin eri bilan ikkalasi barcha dushmanlar ustidan g‘alaba qiladilar. Ya’ni film oilaviy qadriyatlar, er-xotin о‘rtasidagi oilaviy sevgi va dо‘stlik haqida. Bu qissada MakGaffin – er, Duma deputati, qо‘llab-quvvatlaydigan qandaydir qonun mavjud edi. Bu qanaqa qonun ekanligi aniqmas va bu muhim ham emas. Hamma gap sevgida, xiyonatda va uni kechirishda edi. Ammo filmni moliyalashtiruvchi bankirlar muhabbat qadriyatlarida yо‘nalishni tо‘g‘ri ola olmaydilar. Ular uchun yuqoridagi siyosiy bema’nilik muhimroq edi va ular:

«Yо‘q, bu yerda siyosat kо‘p ekan, biz qandaydir kо‘ngilochar narsani istaymiz», – deyishdi.

Ushbu siyosiy MakGaffinni hech bir muammosiz boshqa har qanday narsaga: qulay tarzda sotib olingan ulkan tankerga yoki alyumin zavodi aksiyalarining nazorat paketiga almashtirsa bо‘lardi. Afsuski, kо‘pchilikka bunday kasbiy yorqinlik nasib etavermaydi. Agar siz uning tuzilmasini kо‘ra olsangiz, ssenariyni yaxshilashingiz yoki uni yomonlashtirmasdan о‘zgartirishingiz mumkin. Shunda о‘zak g‘oya о‘zgarmay qoladi.

Eng mashhur amerika filmlaridan biri bо‘lmish «Kasablanka»dagi MakGaffinga qaraymiz. Ajoyib film, e’tiqodiy film. Ellik yildan buyon ommabopligini yо‘qotmasdan kelayapti va hech qachon yо‘qotmaydiganga ham о‘xshaydi. Kо‘pchilik mutaxassislarning fikriga kо‘ra, barcha davrlar va xalqlarning о‘nta eng yaxshi filmlaridan biri. Sо‘zsiz shoh asar, amerika kinosining firma belgisi: g‘oyat kuchli aktyorlar, g‘oyat zо‘r tijorat yutug‘i, barcha ijodkorlarning g‘oyat zо‘r mahorati.

Kasablanka – jannat va jahannam о‘rtasidagi nuqta. Urush olovi va fashizm dahshati ichida qolgan Yevropa jahannamidan odamlar jannatga – erkin Amerikaga qochadilar. Unga borish uchun viza kerak. Butun Yevropadan kelgan minglab qochoqlar osmonga, bir tо‘da vizalilarni olib ketayotgan samolyot ortidan, havas bilan qarab qoladilar. Vizalar sotiladi va sotib olinadi, uning uchun katta pora berishadi. Chiroyli ayollar viza uchun о‘z tanalarini sotishga ham tayyor. Viza uchun о‘ldirishadi ham. Mana shundan boshlanadi film.

Fransiyadan viza olib kelayotgan ikkita kuryer о‘ldiriladi, vizalar esa о‘g‘irlanadi. Bular maxsus, supervizalar edi. Bu vizaga ega bо‘lganlar bir oyoqlari bilan jannatda bо‘ladilar va ularning ikkinchi oyoqlarini hech kim bosa olmaydi, chunki bu vizalarni bekor qilish mumkin emas. Shunday deyilgan eng avvalida.

Maxsus, kuryerlarning qotillarini topish uchun Berlindan nufuzli ayol xizmatchi keladi. Bu qotilni topadilar va ushlaydilar, ammo u vizalarni film qahramoni Rikka (Xemfri Bogartga) berishga ulgurgan. Endi qahramon uning oldingi jazmani Ilza (Ingrid Bergman) olmoqchi bо‘lgan qimmatbaho narsaga erishadi.

Tranzit viza – aynan MakGaffin. Filmdagi turli-tuman voqealarning markazida turuvchi aniq detal. Film esa – muhabbat qissasi, ham sarguzasht, ham musiqaviy film, ham detektivdir. Professionallarning bor mahoratlari ikki soatlik oliy sifatli kо‘ngilochar tomoshada tig‘iz joylangan. Detal ham oliy sifatli bо‘lmog‘i lozim.

Ammo bu vizalarga bir nazar solaylik. Ularni fransuz hokimiyati bergan, general de Golning о‘zi imzo chekkan. Ya’ni hujjatning muhimligini kо‘rsatuvchi juda muhim imzo. Demak, mamlakat о‘z nazorati ostida bо‘lgan fashistlar Qarshilik kuchlari boshlig‘i imzolagan vizalarni axtarishayotgan ekanda? Butunlay bо‘lmag‘ur gap. Xuddiki Rossiyaga urush paytida Gitler tomonidan imzolangan vizalarni yuborishday bir gap. Bunday kishini shu joyning о‘zida qamoqqa olishardi. U kishi bu vizani kо‘rsatib yura olmasdi ham. Mamlakatdan u bilan chiqib ham keta olmasdi.

Nega bu bо‘lmag‘ur narsa ajoyib filmning markaziga qо‘yilgan? Javob juda oddiy – chunki bu bо‘lmag‘ur narsa emas. MakGaffin – bu hamma erishishni istaydigan narsa, uni olganingizdan keyin u sizga kuch bag‘ishlaydi. Shu. Boshqasi muhim emas.

Xichkok buni boshqalardan yaxshiroq angladi va boshqalardan oldinroq MakGaffinni har qanday sarguzasht syujetning katalizatori qildi.

Vizaning bо‘lmag‘ur gap ekanligi muhim emas. Muhimi shuki, uni, qо‘pol qilib aytganda, tomoshabinlarga sotish mumkin. Chunki tomoshabin bahslashishni emas, ishonishni istaydi. Agar siz ularga qahramon taqdiri uchun hayajonlanish va hamdardlik qilish uchun asos bersangiz, u har qanday narsaga ishonishga tayyor.

Biz filmning avvalida shu vizalar uchun ikki odam о‘ldirilganligini kо‘rdik. Politsiya butun shaharni ostin-ustun qilib yuboradi, yuqori martabali nemislar maxsus Berlindan kelishadi. Uning ikki bosh personajlari – Rik va Ugarte – bu vizalar uchun jiddiy tashvishda, biz bilamizki, kim-kimu, bu kishilar ushbu film dunyosida nima muhim ekanligini bilishadi. Qanday qilib biz bu vizalarning muhimligiga shubha qilishimiz mumkin? Hech kim shubha qilmaydi ham. Oxirgi oltmish yilda filmni kо‘rgan bir necha yuz million tomoshabinlarning hammasi, balki ularning soni milliarddan oshiqdir, bu narsani zavq bilan hazm qilishdi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 | Следующая
  • 5 Оценок: 1


Популярные книги за неделю


Рекомендации