282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » А. Митта » » онлайн чтение - страница 33


  • Текст добавлен: 30 апреля 2024, 03:20


Текущая страница: 33 (всего у книги 33 страниц)

Шрифт:
- 100% +

Ssenariy – kinoda suratga olinadigan film, teatrda qо‘yiladigan pyesa, televideniyeda kо‘rsatiladigan tomosha va shu kabilarning plani, syujet sxemasi;

Syujet (fr. subjet – «predmet») – 1. adabiy asarning mazmuni; 2. badiiy asarning asosiy mazmunini va undagi qahramonlar xarakterini ochib beradigan о‘zaro uzviy bog‘langan voqea-hodisalarning ma’lum qoidaga kо‘ra tizilmasi. Odatda syujet ekspozitsiya (kirish), tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim va xulosani (postpozitsiya) hamda ba’zi asarlarda, prolog va epiloglarni о‘z ichiga oladi. Syujet tushunchasi fabula tushunchasi bilan bevosita bog‘langandir. Odatda «Syujet» atamasi bilan asardagi voqealar rivoji tushunilsa, «fabula» atamasi bilan ushbu voqealar rivoji tufayli rivojlanadigan asosiy badiiy konflikt tushuniladi.

Taklif etiladigan holatlar –bu aktyorlarga ular о‘z ijodlari davomida e’tiborga olishlari taklif etiladigan narsalar – pyesaning fabulasi, uning faktlari, voqealari, davri, vaqti va voqealar о‘tadigan joy, hayotiy sharoitlar, bizning pyesani aktyorlik va rejissorlik jihatidan tushunishimiz, unga о‘zimizdan qо‘shadigan narsalar, mezansahnalar, postanovka, rassomning bezaklari va kostyumlari, buteforiyalar, yoritish, shovqinlar, tovushlar va boshqalar, ya’ni siz hikoyangizga olib kiradigan hayot haqidagi takrorlanmas shaxsiy taassurotlaringizning yig‘indisidir. «Taklif etiladigan holatlar» atamasini rejissorlik amaliyotiga Stanislavskiy kiritgan.

Taklif etiladigan holatlar axboroti asarda emotsional atmosfera, psixologik teranlik, real voqeaning asoslanganligi va psixologik ishonchlilikni vujudga keltiradigan axborotlar.

«Tanishlarimiz»– bu siz bilan biz, dо‘stlarimiz, xizmatdoshlarimiz, bir kо‘chadagi, shahardagi, mamlakatdagi va barcha besh qit’adagi qо‘shnilarimiz.

Top model – supermodel.

Treyler – filmning anonsi yoki reklamasi uchun foydalaniladigan, filmning qisqa va eng tomoshabop fragmentlaridan tashkil topgan uncha katta bо‘lmagan videorolik. Bunda videoqator bir-biriga bog‘liq bо‘lmagan fragmentlardan kaleydoskop tamoyiliga kо‘ra tuziladi.

Trevelling – sarguzasht film.

Triller (ingl. thrill – titroq, hayajon) – 1. Tomoshabin yoki о‘quvchida tashvishli kutish, hayajon yoki qо‘rquv uyg‘otishga yо‘naltirilgan adabiyot yoki kino janri. Janrning aniq chegarasi mavjud emas, triller elementlari turli janrdagi kо‘plab asarlarda mavjud. Kinematografiyada trillerlarga odatda detektiv va josuslik filmlari, dahshat filmlar, sarguzasht filmlar, shuningdek, gangsterlik filmlari va nuar janridagi filmlar kiritiladi. 2. Tomoshabinda maxsus usullar bilan faol hamdardlik va kuchli emotsiyalar (tashvishli kutish, xavotir, qо‘rquv va shu kabilar) vujudga keltiruvchi sarguzasht filmlarining alohida turi. Bunday asarlarda urg‘u tashqi harakatlardan (quvdi-qochdi, ur-yiqitlardan) personajlarning jinoyatlar bilan bog‘liq psixologik kechinmalari tomon siljiydi. Trillerlarda hikoya jabrdiyda yoki jinoyatchi nuqtayi nazaridan bayon qilinadi.

Tryuk –chaqqon, san’atkorona usul; chaqqon bajarilgan ish, xattiharakat; kutilmagan effektlardan foydalanish.

Tо‘siq xarakter maqsadga erisha borib, yengib о‘tishi kerak bо‘lgan narsadir. Tо‘siqlar xarakterlarning eng о‘ziga tortadigan mardlik, botirlik, xavf-xatarga oxirigacha qarshi bora olish jihatlarini vujudga keltiradi. Xuddi qahramonning tо‘siqlari singari, raqibning ham tо‘siqlari rivojlanib boradi. Ular raqibning qahramonga bо‘lgan qarshi kurashining bir butun zanjirini tashkil qiladi. Harakat va qarshi harakat birgalikda energiyasi о‘sib boruvchi yagona dramaga qо‘shilib ketadi. Drama energiyasining aynan shunday rivojlanishini Stanislavskiy kashf qilgan.

«Underdog» – о‘zlarining siyosiy vaziyatlarini о‘zgartirmoqchi bо‘lgan va son jihatdan anchagina kishilar «anderdog» sohasini tashkil qiladi (atamaning о‘zi it urishtirishdan kirib kelgan: anderdog – raqib tomonidan ezg‘ilab tashlangan itdir) Bular sinfiy tо‘siqlarni yengib о‘tib, yuqoriga intiladiganlardir. «Anderdog» muvaffaqiyat qozonishga va jamiyatning asosi bо‘lishga intiladigan kishidir. U uddaburon, lekin qonundan chetga chiqmaydi. Ammo maqsad yaqin bо‘lsa, u qotillikdan boshqa deyarli hamma narsaga tayyor.

Vestern (ingl. Western – g‘arbiy) – AQSHdagi san’at yо‘nalishi bо‘lib, о‘ziga turli janrlarni, masalan, komediyani, jangari filmlarni, detektivlarni, trillerlarni, hatto fantastikani qamrab olishi mumkin. Vesternning asosiy sharti – asar voqealari XIX asrning ikkinchi yarmida Yovvoyi G‘arbda – AQSHning bо‘lg‘usi g‘arbiy shtatlarida, shuningdek, G‘arbiy Kanada va Meksikada sodir bо‘ladi.

Voqea – 1. bо‘lib о‘tgan narsa, jamiyat yoki shaxs hayotidagi muhim hodisa; 2. film yoki spektaklda sodir bо‘ladigan biror hodisa.

Voqea yuragi – bu obrazli ifoda bо‘lib, u drama tuzilmasining emotsional markazidir.

Zaruriy sahna – qahramon va antagonist о‘rtasidagi hal qiluvchi kurash sifatida, filmning eng emotsional voqeasi sifatida murakkabliklar progressiyasining oxirida yuzaga chiqadi. U filmning asosiy g‘oyasini ifoda etadi. Unda mavzu va kontrmavzu о‘zining maksimal rivojlanish pallasida tо‘qnashadi. Zaruriy sahnada umid va umidsizlikning qaramaqarshiligi, filmning musbat va manfiy energiyalari о‘rtasidagi qarshilik maksimumga erishadi.

Zо‘ravonlik filmlari – otishmalar, quvdi-qochdilar, о‘ldirishlarga asoslangan, kuchning hukmronligini targ‘ib qiluvchi filmlar.

О‘q axborot – asarda voqeani olg‘a tomon itaradigan, uni rivojlantirishga xizmat qiladigan axborotlar.

О‘tib bо‘lmaydigan nuqtaaynan shu joydan inson tajribasining chegarasi о‘tadi. Qо‘rqoqlik va jasorat, haqiqat va yolg‘on, egoizm va о‘z muhabbatidan voz kechish mana shu yerda tо‘qnashadi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33
  • 5 Оценок: 1


Популярные книги за неделю


Рекомендации