Читать книгу "Кинода режиссура ва драматургия"
MAVZU VA OLIY MAQSAD
Har bir personajning oliy maqsadi (sverxzadacha) filmning mavzusini tasdiqlash uchun ushbu xarakter aslida barcha xattiharakatlari bilan nimaga erishishni istashini aniqlaydi.
Odam qutqular chiqaradi, о‘lguday ishlaydi, sotqinlik qiladi, boshliq bо‘lish uchun о‘ldiradi. Aslida u nimani xohlaydi? Uning nimalarga qodirligini bilishlarinimi? Balki u hokimiyatni orzu qilar? Balki u kimgadir nimanidir isbot qilmoqchi bо‘lar? Boyimoqchimi? Dushmanini yо‘q qilmoqchimi? Dramada siz qaysidir bittasini tanlashingiz kerak.
Oliy maqsad oddiy vazifalardan yig‘iladi. Ularning umumiy ma’nosi faqat xulosada aniqlanadi. Oliy maqsad – bu bilan biz filmga mavzuni kiritishni rejalashtirgan ishchi asbobdir.
Har bir vazifa sо‘zlar bilan emas, balki harakatda va faqat harakatda aniqlanadi.
Harakatlar –ulardan drama yig‘iladigan zarrachalardir. Ular boshdan oxirigacha о‘tuvchi harakatlarda birlashadilar. Dramaning avvalidanoq boshdan oxirigacha о‘tuvchi harakat boshdan oxirigacha о‘tuvchi kontrharakat bilan tо‘qnashadi. Konfliktlarni biz shunday rivojlantiramiz.
Har bir harakatning maqsadi bor. Personajni harakat qilishga majbur etuvchi barcha kichkina vazifalar oliy maqsad bilan birlashganlar. Har bir personajning dramada eng asosiy oliy maqsadi bor. U о‘ziga qolgan barcha boshqa maqsadlarni bо‘ysundiradi. Dramani о‘zining ham oliy maqsadi bо‘lishi kerak – u tomoshabinlarga о‘z hikoyamiz bilan biz nimani aniqlashtirishni istashimizni ochib berishi kerak. Biz nimaga erishmoqchimiz? Tomoshabinlarda qanday oxirgi samaraga erishishni istaymiz?
Oliy maqsad bizni harakatlarni va harakatlar о‘tadigan joyni tanlashga majbur qiladi. U aktyorlarni, operatorni, rassomni, bastakorni tanlashni aniqlaydi.
Bir rejissorda Romeo xuddi xudo singari chiroyli, baletdagi raqqos singari harakat qiladi, Versache kostyumini kiygan. Har bir kadrni qimmatbaho buyumlarni reklama qiladigan reklamaga qо‘yish mumkin.
Boshqa rejissorda Romeo pala-partish, shahar chekkasidagi qishloqlik о‘smirga о‘xshab gapiradi, harakatlarida ba’zan dzyudo, ba’zida kunfu kо‘zga tashlanib qoladi.
Bir rejissor taqdimotni Motsart va Bax musiqasi bilan birga olib boradi, boshqasi zamonaviy bastakorga pop qо‘shiqlar uchun buyurtma beradi, harakatni rok–guruh musiqasi bilan birga olib boradi, о‘zi personajlarga «rep» stilida kupletlar о‘ylab topadi. Bularning barchasi elementlar bо‘lib, ulardan ikkita har xil ust maqsad yig‘iladi.
Birida mezansahna yengil, havoyi va top modellarning shohsupadagi chiqishlari kabi chiroyli.
Boshqasida hammasi janjallar, mushtlashishlar, darvoza ostida yoki tungi gashtaklardagi raqslar orasida rо‘y beradi. Rejissorlarning qay biri haq? Ikkalovi ham.
Biri: «Mening oliy maqsadim – sevgining osmoniy gо‘zalligini kо‘rsatishdir. Bu kishilar ruhiyatini kо‘taruvchi abadiy ehtiros. Bu har bir kishi orzu qiladigan ertak. Men odamlar bizning hissiyotlarimizda yashiringan ilohiy gо‘zallikdan yig‘lashlarini istayman», – deydi.
Ikkinchi rejissor esa: «Romeo bir yarim ming yil ilgari yashagan. Ammo uning hissiyotlari xuddi u 15 yil oldin tug‘ilganday bugun ham tirik. Men mana shuni ifodalamoqchiman. Tomoshabinlar bugun ularda qadimdagi tengdoshlarini dard chekish va rohatlanishga majbur qilgan xuddi о‘sha sevgi quvvati yashayotganligini his qilsinlar. Abadiy tuyg‘ular bugun ham hayot. Mana mening oliy maqsadim», – deydi.
Oliy maqsad xodimlar uchun aniq, ravshan va tushunarli ifodalangan bо‘lishi kerak. «Oh, men buni his qilaman, ammo sо‘zlar bilan ifoda qila olmayman!» kabi injiqlik bilan entikishlarni esdan chiqaring. Xodimlar g‘oyadan ilhomlanmoqlari kerak, agar rejissor rivojlanishni kо‘rmasa, о‘zi boshqarayotgan kemaning yо‘nalishni bilmasdan, ssenariy bо‘ylab, xuddi kana gulqog‘oz bо‘ylab о‘rmalab yurganiday sirg‘alib yursa, ular oliy maqsadning о‘zlari bajaradigan qismini qanday tushunishadi?
Operator kadrni taklif qiladi, rejissor esa: «Bu judayam yerga xos bо‘lgan manzara, hech qanday sehrgarlik, ertaklarga xoslik yо‘q. Har bir kishiga uning baxtli bolalik tushlarini eslatuvchi joyni axtaramiz: uyqudagi gо‘zalnikiga о‘xshagan о‘rmonni, Zolushkaning qasrini esga soladigan uylarni. Osmonda ham ulkan tо‘p-tо‘p bulutlar xuddi osmoniy baxt qasriga о‘xshasin. Men Romeo hali birinchi sо‘zini aytib ulgurmasidanoq barcha tomoshabinlar afsonaning sirli muhitiga shо‘ng‘ishlarini istayman. Ularga gо‘yo uxlayotgan va hayotlaridagi eng ajoyib tushni kо‘rayotganday tuyulsin!» – deydi.
Boshqa rejissor kadr tanlayapti – u operator unga taklif qilganidan norozi: «Bu hayot emas, ertak-ku. Shunday joy topaylikki, uning fonida zavodlar tutun chiqarib tursin, uning yonidan treylerlar о‘tib tursin, yer ostidan issiqlik markazidan kelayotgan bug‘ otilib chiqsin, arqonlarda yuvilgan kirlar osilgan bо‘lsin, taqiri chiqib ketgan uylarning derazalaridan uzuq-yuluq rok musiqa bо‘laklari, sо‘kinishlar va kulgilar eshitilib tursin. Men abadiy sevgi hamma joyda va hamisha yashashini kо‘rsatmoqchiman, atrof qanchalik iflos bо‘lsa, sevgi olmosi shunchalik yaraqlaydi. Kо‘proq axlat tashib kelinglar. Ikki mashina loy olib keling. Kо‘lmaklarga neft quying va ularni yoqing. Biz jahannamda tug‘ilajak jannatni kо‘rsatamiz. Bu narsa aynan bizning hayot!» – deydi.
Kо‘rayapsizki, oliy maqsad falsafa bilan, bizning olamda san’atning vazifasiga bо‘lgan qarashimiz bilan bog‘liq. Tabiiyki, bir yarim soat davomida qarashlaringizni rivojlantira borib, siz tuzilmasiz, oliy maqsadning rivojlanishisiz natijaga erisha olmaysiz.
Minglab rejissorlar «Romeo va Julyetta»ni yoki «Olchali bog‘»ni qо‘yishgan – yana minglari qо‘yishadi. Nima uchun ularning har biri pyesadan nimadir yangi narsani topishadi? Sо‘zlari о‘sha-о‘sha-yu. Chunki sо‘zlar kichkina qismdir. Asosiysi – bilib olinadiganidir. U ham xuddi sо‘z singari real narsadir. U tuzilmalarda bо‘ladi. Sо‘z – bu faqat erkin ijodga ruxsatnomadir. «Romeo va Julyeta»ni о‘qib, kо‘z yoshi qiladigan kishi yо‘q. Bu notabiiy bо‘lardi. Ammo filmni kо‘ra turib, millionlar kо‘z yoshi tо‘kadilar.
Ba’zan mavzu rejissorning his etishidan shunday bir tarzda kelib chiqadiki, u (mavzu) yuzaga chiqaradigan oliy maqsadni faqat yagona aktyorgina amalga oshirishi mumkin bо‘ladi.
Eldar Ryazanovning «Sirano de Berjerake»da shoir Yevtushenkoni shoir Sirano rolida tasvirga olish haqidagi original rejasi mana shunday bо‘lgandi. «Shoirni shoir о‘ynaydi» oliy maqsadi doimo quvg‘inda bо‘ladigan shoirni hammadan kо‘ra yaxshiroq aks ettiradi. Hamma narsa tasvirga olish uchun taxt edi, birdaniga hokim kuchlar Yevtushenkoni roldan olib tashlashni talab qilishdi. Ryazanov kartinani yopdi.
Bu umidsiz qadamni rejissorning tasavvurida mavzu qay tariqa paydo bо‘lishini nazarda tutgan holda tushunish mumkin. Bu sizning qarashingizga kо‘ra filmda tug‘iladigan bir-biridan ajratib bо‘lmaydigan aniq harakatlar–qarshi harakatlar zanjiridir. Ba’zan kelishishning iloji bо‘lmaydi.
Bu uchala atamaning hammasi:
– mavzu, – oliy maqsad, – boshdan oxirigacha о‘tuvchi harakat – bir-birini qо‘llabquvvatlovchi tushunchalardir. Ular birgalikda ishlashadi.
Ularning ish mazmuni bitta – harakatni uzluksiz dramatik taranglikda rivojlantirishdir. Bu nazorat qilinadigan ishchi atamalardir – ular tuzilmangizning bir qismidir.
Tuzilma film tuzilishining konkret elementlarini о‘zida saqlaydi. Bu bizning ichki ishimiz. Bu san’at gullari о‘sib chiqadigan gо‘ngdir. Barmoqlari orasiga bizning gо‘ngni surtib olib, uni hidlayotgan tanqidchini kо‘rish kulgili va ajablanarli bо‘lardi. Ularning ishi – gullarni hidlash va ularning nozik va murakkab hidiga baho berishdir. Bizning ishimiz bо‘lsa – gullarni о‘stirishdir.
Tuzilma, xuddi har bir filmning strategiyasi singari, birgalikda yagona shaklni vujudga keltiradigan elementlardan tarkib topgandir. Tuzilma tomoshabinga aynan ular hamdardlik qilishlari kerak bо‘lgan masalalarni ochib beradi. Tuzilma tо‘g‘ri bо‘lsa, barcha kechinmalar tomoshabinni katarsisga eltuvchi batartib zanjirga tiziladi. Tuzilma yо‘q bо‘lsa – tomoshabin qalbida xaos paydo bо‘ladi, bir emotsiyalar boshqasini sо‘ndiradi va barchasi birgalikda tartibsizliklarda chо‘kib ketadi.
BESHINCHI QISM. DETALLAR ENERGIYASI
Oldiniga bir necha buyuk detallarni esga olamiz.
Dezdemonaning rо‘molchasi – Otelloning qо‘lidagi batistdan qilingan kichkina kvadrat. Bu oppoqligidan yaltiraydigan latta – asosiy qatnashuvchi shaxslardan biridir. Mana, bir necha asrdan buyon u buyuk muhabbat dramalaridan birining hissiyotlar g‘ildiragini aylantirib keladi.
Charli Chaplinning qо‘lidagi raqsga tushuvchi bulochkalar yoki u ochlikdan sо‘radigan qovrilgan mixlar. Bularni kim kо‘rgan bо‘lsa, hech qachon unutmaydi.
Tarkovskiyning «Ivanning bolaligi»filmidagi hamshira va zobitning okop ustidagi quchoqlashishlarini eslaysizmi? Biz sevishganlarni xuddi qabrda kо‘rganday bо‘lamiz. Okop-qabr – bu ham detal, detal-istiora.
Kotning bо‘ynidagi kichkina medalon – unda butun boshli Galaktika yashiringan – Garri Zonenfildning «Qora kiygan kishilar»i; yoki Spilbergning «Duel»idagi haydovchisiz ulkan yuk mashina-qotil – bularning hammasi detallar, xuddi hayvonot dunyosidagi maxluqlar singari, burgadan filgacha, turli о‘lchamlarga ega.
««Potemkin» Bronenosetsi» dagi chо‘ktirilgan doktorning pensnesi, «Xitoy kvartali»dagi о‘ldirilgan injenerning kо‘zoynagi yoki «Desperado»dagi gitara niqobi ichidagi pulemyot-detallar xuddi odamlar singari oddiy va g‘aroyibdir.
«Yо‘qolgan eski kema»dagi Musoning vasiyatlari solingan eski kema – betakror detaldir. Cheksiz miqdordagi pul yoki narkotiklar solingan chemodanchalar, brilliant solingan paketchalar, sheriflarning yulduzlari, kalitlar va zajigalkalar – ular xuddi olomon ichidagi odamlarga о‘xshash odatiydir. Ammo ularning ichida Xichkokning «Shimoliy sharqdan shimolga» filmidagi zajigalkaga о‘xshagan detalyulduzlar ham bor.
Minglab, minglab va minglab detallar filmlarda kulgu, kо‘z yoshi va dahshat uyg‘otishadi. Buning ustiga, shunday qoidalar borki, bularga kо‘ra detallar bu narsalarni hammadan yaxshi qilishadi. Biz ularni kо‘rib chiqamiz.
Bolaligimda menga eng katta «S» harfi bilan qilinadigan san’at badiiy dialoglarning matni zamirida yashiringan bо‘ladi, deb о‘rgatishgan. Dialog – bu nimadir, uni hamma ham yoza olmaydi. Oh, Chexov! O-O, Bunin! Vau-vau, Xeminguey. Ammo eng yaxshi filmlar umuman dialogga ega emas. Bu ovozsiz kinodagi klassika. Eng jо‘n «bla-bla-bla»larda bir onga ham gapirmasdan turishmaydi – bular teleseriallardir.
Ikki qizaloq besh soat mobaynida darsda laqqillashib о‘tirishadi, maktabdan biror daqiqaga ovozlari о‘chmasdan birga qaytishadi va: «Tezroq uyingga yugur va menga qо‘ng‘iroq qil!» – degan sо‘zlar bilan xayrlashishadi. Mana dialog nima. U ayollar ichidan butun umr tо‘xtamaydigan fontan singari otilib chiqib turadi. Stol ortida о‘tirib uni о‘ylab topish – muammo emas. Ammo yaxshi detalni о‘ylab topingchi! O-ho-ho, bu qanchalik oson bо‘lmagan ish.
Masalan, Gamletning qо‘lidagi fleytaga о‘xshagan detalni. Esingizdami, u bolalik dо‘stlari Rozenkrans va Gildensternlarga shunday deydi:
– Fleytani chaling, dо‘stlar!
– Chalolmaymiz.
– Bu juda osonku. Bu yerdan puflaysiz, bu yerni esa siqasiz.
– Qilolmaymiz.
– Nega?
– О‘rganmaganmiz.
– Aha, yog‘och sibizg‘ada о‘ynay olmaysiz. Ammo men bilan о‘ynash mumkin, deb о‘ylaysizmi?
Bu sahnani fleytasiz tasavvur qila olasizmi? Gamlet: «Bla-blabla…» – va bu yaramaslar: «Bla-bla-bla…» Detallar sо‘zning ta’sirini kuchaytiradi.
Biz kо‘plab filmlarni kо‘ramizki, ularda shubhasiz sayqallangan dialoglar kunbay ishlovchi tarjimonlar tomonidan noaniq va unchalar ham savodli bо‘lmagan tarzda tarjima qilingan. Nima bо‘pti? Bu filmlar kо‘p narsa yо‘qotishadimi? Bizga sanchiladigan asosiy narsa – bu harakatlardir, sо‘zlar emas. Asosiysi – biz kо‘radigan narsalar, eshitadigan narsalar emas.
Filmdagi detal – qahramonning harakat qurolidir. Dialoglar a’lo darajada bо‘lishi mumkin, undan film ozgina yaxshilanadi, yoki jо‘n bо‘lishi mumkin – film undan ozgina yomonlashadi. Ammo uning energiyasi va darajasini bu narsa aniqlamaydi.
Tarantinoning «Jinoiy tо‘da»sidagi qahramonning otasi harbiy asrlar lagerida olti yil davomida orqasining orasida kommunistvetnamliklardan yashirgan soat haqidagi novellani eslaysizmi? Dastlab bu detal uzundan-uzoq dialogda taqdim etilgan, keyin uning taqdirida murakkabliklar keladi – yuradigan qizi uni uyida, qahramonga о‘lim xavf solib turgan joyda – unutib qoldiradi. Uning izidan 3-sahna – falokat keladi. Bryus Villis, hayotini xavf ostiga qо‘yib, bu soatning orqasidan boradi. Ayni payda, ikkinchi detalni – killer tomonidan unutib qoldirilgan avtomatni – ham kо‘radi. U killerni о‘ldiradi, soatni oladi. Ma’lum bо‘ladiki, detallar ham, xuddi xarakterlar singari, о‘ynashlari mumkin ekan. Bu ular qiladigan narsalarning hammasi emas.
Detallar – bu ulkan jamoa. Millionerlari va kambag‘allari, qahramonlari va sotqinlari, kiborlari va qotillari bо‘lgan mamlakatdir. Agar ular bilan savodli munosabatda bо‘linsa – ular professionallarning kuchli quroli, sizning chо‘ntak bombangizdir.
Film – taxminan ikki soatlik uzluksiz diqqat qilish doirasida hayotiy tajriba hosil qilishning alohida formulasidir. Agar filmning qaysidir qismi zerikarli bо‘lsa, tomoshabinlar sodir bо‘layotganlarning haqiqat ekanligiga ishonchini yо‘qotadi. Detallar tomoshabinni hodisalarga jalb etish qobiliyatiga ega. Ular rо‘y berayotganlarning barchasini ishonchliroq qiladi.
Detallar – film dizaynining bir qismi, uning kiyimiga о‘xshab ketadi. Yо‘q, detallar voqea rivojiga yordamlashadi. Ular tomoshabinning xarakterlarga hatlab о‘tishida yordam beradi. Agar detallar kо‘p bо‘lsa-yu, voqea bо‘lmasa, bu xuddi rejissor supermodelning о‘rnida shohsupaga chiqqan va о‘z-о‘zini ifodalovchi yaltiroq latta-puttalar osiladigan veshalkani – voqeasiz detallarni – ushlab turganga о‘xshaydi.
Agar voqea detallarsiz bо‘lsa, sizni boshqa xatar ta’qib qiladi. Qahramonlar barcha muammolarini sо‘z bilan hal qilishadi. Biz voqealarning kо‘rinadigan qiyofasi о‘rniga sо‘zlovchi boshlarni kо‘ramiz. Televideniye mana shunday ishlaydi. Ammo kino detallar yordamida tomoshabinlardan kо‘proq emotsiyalarni sug‘urib chiqarishi mumkin – bekorga «yuz marta eshitgandan bir marta kо‘rgan afzal», demaydida.
Siz ekranda kichik predmetlar – soat, brilliant kо‘zli uzuklarni yuzlab marta kattalashtirilgan, kremldagi soatlar о‘lchamida kо‘rasiz. Birorta ham zargar о‘z brilliantlarini kinoekran detallarga bergandagiday kattalashtirib qarashmaydi. Millionlab tomoshabinlar detallarning sifatli va ishonchli ekanligini tekshirib kо‘radilar. Detallardan ular bera olishi mumkin bо‘lgan maksimum narsalarni olib chiqish uchun ulardan filmda qay tariqa foydalanishni kо‘rib chiqish kerak.
Detal tushunchasining о‘zi anchagina keng qamrovli va kо‘p ma’nolidir.
1. Detal – bu butunning qismi. Detal – montajdagi eng yirik, yirik plandan ham yirikroq plandagi yiriklikdir. Kо‘zlar – yuzning detallari. Lablar, quloq – agar tо‘liq ekranda kо‘rsatilsa, bularning hammasi detallardir.
2. Ammo detal – butunning о‘rnidagi qismdir.
Biz qо‘lni yoki oyoqni kо‘rsatamiz va bu qism orqali personaj nima qilayotganligini, u kim ekanligini tushunamiz. Detal montajda personajni ifodalaydi.
««Potemkin» Bronenosetsi»da panjarada ilinib, chayqalib turgan pensne bizga qо‘zg‘olon kо‘targan matroslar ularga qurtlagan gо‘sht yedirishga ruxsat bergan doktorni bort ortiga otib yuborganligi haqida sо‘zlaydi.
3. Detal – bu predmet.
Odatda tasvirga olishda ishtirok etuvchi barcha narsalarni biz «detallar» deymiz, barcha notirik narsalar – detallardir. Shuning uchun ham predmetlarga yuqorida aytilgan barcha sifatlar xosdir. Ammo detalning yana bir ta’rifi bor.
4. Personaj xatti-harakatning yaxshi ajratilgan qismini ham biz detal – xatti-harakat detali deb ataymiz.
Detal – biz ekranda kо‘radigan narsadir. Unda faktura, kо‘zga kо‘rinadigan ishonchlilik muhimdir, bu filmga oxirgi ishlov berishning bir qismidir. Yana shu narsa ham muhimki, detallarda sizning shaxsiyatingiz, sizning betakrorligingiz ifoda etiladi. Detallarni tanlash – bu filmdagi sizning betakror shaxsiyatingiz demakdir.
Siz film ustida ishlayotganingizda bitta asosiy, hamma narsani birlashtiruvchi qoida amal qiladi: siz xuddi Yaratuvchi Xudo singari filmingiz dunyosini butun detallari bilan tо‘liq bilishingiz kerak. Xuddi mana shu bilim original, g‘ayrioddiy, yangi tafsilotlar tanlovini, ya’ni detallar tanlovini aniqlaydi. Filmga oxirgi ishlov berilayotganda bu bilimlarsiz siz qolip va stereotiplarga mahkumsiz.
Birinchi qarashda, detallarda regulatsiya, ya’ni tuzilmani aniqlaydigan narsalarga qarama-qarshi narsa amal qiladi.
Tuzilma – bu universal hunar. Detallar – bu shaxsiy olam.
Ammo detallar dunyosini kuzatib, biz sizning originalligingizni aniqlashga yordam beruvchi qoidani topamiz.
Filmning har bir kadri detallar bilan tо‘liq. Eng muhimlarini qanday ta’kidlash kerak? Voqea rivojida detallarning о‘z о‘rni bо‘lishi kerak. Ularga aktyorlarning sheriklari (partnyorlari) sifatida yondashish foydalidir. Modomiki detallar – bu sо‘zsiz va harakatsiz partnyorlar ekan, eng avvalo, ularni harakatga qо‘shish mantiqi ortidan kuzatish zarur.
UCH MANTIQ VA DETALLAR
Film ola turib, biz uch mantiq asosida ishlaymiz:
1. favqulodda yuz beruvchi mantiq,
2. dialektik mantiq,
3. mantiqsizlik.
Favqulodda mantiq – bu sababiy aloqalar mantiqidir. Har bir harakat о‘z sababiga ega bо‘lishi va о‘zi keyingi harakatga sabab bо‘lishi kerak.
Chunki men charchadim, men uxlab qoldim. Chunki men uxladim, men tetik va ochiqqan holda uyg‘ondim. Chunki men ochman, men ovqat yedim. Chunki men tо‘qman, men ishlay olaman. Chunki rosa ishladim, ishtaham karnay bо‘ldi. Chunki ochman, yana ovqatlandim. Chunki tо‘yib ovqatlandim, ayolni xohlayman.
Hayvonot hayotining sodda urf-odatlari favqulodda mantiqning oddiy biologik sabablariga ega bо‘ladi.
Ammo ma’naviy hayotning murakkab dunyosi ham о‘z sabablariga ega. Odatda, bunday sabablar kо‘p, ular bir-birlarini tо‘sgan holda harakat qiladi, ularning ba’zilari uncha aniq bо‘lmaydi, boshqalari ong ostida yashringan, chalkashib ketgan.
Stanislavskiy sistemasi asosiy sabablarni qanday aniqlash va ulardan konfliktlardagi harakatlarning aniq uzluksiz zanjirini tuzish uslubini berdi. Stanislavskiy kо‘rinuvchi harakatni muhim moment qilib qо‘ydi. Harakatdan harakatga murakkab xatti-harakatlarda kо‘zga kо‘rinadigan zanjirning halqalari tizib qо‘yilgan. Shuning uchun aktyorlar ham, tomoshabinlar ham aql bovar qilmaydigan murakkab holatlarda mо‘ljalni tо‘g‘ri olishlari mumkin. Aktyorlar harakatining kо‘rinuvchan aniqligi tomoshabinlarda emotsiyalar olovini alanga olishiga imkon beradi.
Gamburg kino maktabida studentlar oladigan birinchi topshiriq – tugallangan syujetga ega bо‘lgan, konfliktning uch kо‘rinishli rivoji va dramatik holatlardagi xarakterlari, konfliktlar rivojidagi dramatik peripetiyalari bо‘lgan besh daqiqali sо‘zsiz filmdir. Bunday hikoyaga detallar, aynan katta miqdordagi detallar mutlaqo kerak bо‘ladi.
YANEK
Yosh namunali politsiyachining «qiz»i har kuni ertalab undan sevgisini isbot qilishni talab qiladi. Natijada yigit xizmatga kechikadi. Boshlig‘i urishadi, xizmatdoshlari norozi. Yigit «qiz»ini budilnik uyg‘otguncha о‘rnidan turmoqchi bо‘ladi. Ammo qiz ayyorroq edi: u allaqachon uyg‘oq, aziz odamini о‘pib yotibdi… va yigit yana kechikadi. Ishda unga boshlig‘i shunday baqiradiki, eshik oynalari yorilib ketadi.
Ertangi tongda yigit sevgilisini uyg‘otmasdan jimgina turishga muvofiq bо‘ladi. Qiz undan ayyorlik qilgandi – oldindan uning shimini kiyib olgandi. Yigit uni yechib olmoqchi bо‘ladi, kurash quchoqlashishga va о‘pishishga aylanadi, yigit hayajonlanadi, nazarida u yana xizmatga kechikadiganga о‘xshadi. Yо‘q, aslo! U tо‘pponchasini oladi va – paq!-paq!-paq! – g‘ayratli qizni о‘ldiradi. Shu tariqa uzoq muddatli sevgi mojarosi fojiali falokat bilan yechimini topadi.
Hikoyada har bir soniya detallar ishlashiga diqqatni tortamiz. Syujet ularni yutib yuboradi, biz ularni sezmaymiz, bu unda detallar harakatlarning barcha shiddatli burilishlariga aniqlik kirituvchi kо‘rinuvchan voqeaning tabiiy rivojidir.
Favqulodda mantiqqa ega syujetli hikoya sababdan oqibatga, oqibatdan sababga izchil rivojlanadi. Biz birlik axborot oladigan qadam – bitdir. Hikoya bitdan bitga bayon etiladi. Hikoyaning har bir biti bironbir detal yordamida kо‘rinadigan, aniq va ishonchli bо‘ladi.
Detallar – hikoyada aniqlik bо‘lishining asosidir. Ularda har bir bitdagi bosh narsa aniqlashtiriladi.
Politsiyachi uyqudan turadi – soatni kо‘radi.
Turmoqchi bо‘ladi, ammo «qiz»i uni choyshab ostiga tortadi va ular sevgi bilan shug‘ullanadilar. Politsiyachi shoshilganicha tishlarini tozalaydi, soqollarini oladi, trusigi о‘zidami yo yо‘qligini, shimi stulda ekanligini tekshirib kо‘radi. Yо‘q, shimi qizda ekan. U shimni yechmoqchi bо‘ladi… natijada sevishganlar yana sevgi bilan mashg‘ul bо‘ladilar. Shu sabab politsiyachi kechikdi va boshliq shunday qichqiradiki, deraza oynasi yorilib ketadi…
Butun hikoya kichkina bitlardan iborat, ularda har bir detalda bitdagi konfliktning mohiyati tо‘plangandir.
Mana, biz dramatik hikoyadagi detallar nimaga xizmat qilishi masalasidagi eng asosiy narsaga keldik – ular personajlar konfliktini о‘tkirlashtiradi.
Harakatga qо‘shilgan holda detallar о‘zlarini xuddi kichkina tо‘laqonli personajlar singari tutishadi. Ular uch qadamda: ekspozitsiya – rivojlanish – kulminatsiyada qisqacha hikoyaga ega bо‘lishadi. Bu esa bizga har bir kadrda filmdagi bir tо‘da predmetlardan syujet detallarini ajratib olishimizga yordam beradi.
Detallar bilan ishlash – harakatning mantiqiy rivojlanishini ta’kidlagan holda filmning kо‘rinuvchi sifatini oshirishning tejamkor va samarali usulidir.