282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » А. Митта » » онлайн чтение - страница 17


  • Текст добавлен: 30 апреля 2024, 03:20


Текущая страница: 17 (всего у книги 33 страниц)

Шрифт:
- 100% +
KRIZIS. IBLIS VA FARISHTA О‘RTASIDA

Oshib boruvchi murakkabliklar xarakterni yetarlicha jiddiy sinovlardan о‘tkazgan paytda biz xarakterning avval tavsiflar niqobi ostida yashiringan imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bо‘lamiz. Endi krizis vaqti keladi. Bu shunday joyki, xarakter eng katta sinovdan о‘tadi. Bu paytda xarakter о‘zi uchun eng murakkab bо‘lgan narsani qilishi kerak. Bu esa bizga xarakterning haqiqiy teranligini ochib beradi. Biz krizis paytida hal qiluvchi tanlov oldida kо‘rib, xarakterni chuqurroq tushunishimiz mumkin.

Krizis – bu statik momentdir. Xarakter qaror qabul qiladi, u tanlaydi. Biz esa taranglashamiz: u nimani tanlar ekan? Qaysi yо‘lni? Mana, nima uchun krizisda ishonchsizlik energiyasi tо‘planadi.

Qoidalar: qahramon uchun eng dahshatli holatni axtar, – deydi. Uning oldida jahannam yastanib yotishi kerak. U sevgilisini qutqara turib, sharafini himoya qilib yoki о‘limdan saqlana turib, unga tashlanadi. Jahannam olovini antogonistlar yoqadi. U bularni barchasidan qanday qilib chiqib oladi?

Fransuz yozuvchisi Jyul Renar aytganiday: «Miya uyat nimaligini bilmaydi». Dramada biz oxirigacha borishimiz kerak. «Eng oxirgi aktlar va eng oxirgi faktlar» – bu bizning materialimizdir. San’at ushbu oxirgi nuqtalarni san’atkorona ichki hissiyot va nazokat bilan ifodalashdadir. Chexov Ranevskayaning kambag‘allikda yoki kamsitilishlar girdobida о‘zini о‘ldirganini, yoki real hayotda revolutsiya tomonidan vatandan itqitib tashlangan rus dvoryan ayollari qilganlaridek, hayot tomonidan ezg‘ilab tashlangan holda Parijdagi hojatxonalarni yuvayotganini kо‘rsatmaydi. Ammo biz olchazorni sotganidan keyingi uning halokatini fahmlaymiz. Qisqasi: biz nima jannat va nima qahramonning jahannami ekanligini tushunishimiz lozim.

Ammo nega biz qahramonning tanlovi orqasidan asabiylashgan holda kuzatib boramiz? Bu yerda ishonchsizlik energiyasi qani? U yaqin alternativalarni tanlaydi. Qahramonning tanlovi tomoshabinni hayajonlantirishi uchun biz unga bir-biriga teng, taqqoslab bо‘ladigan ikki baxtiyorlik obrazidan birini yoki ikki о‘zaro taqqoslana oladigan umidsizlik va azob-uqubat obrazidan birini tanlash imkonini berishimiz kerak.

Yaxshilik va yomonlik, baxt va alam о‘rtasidagi tanlov darrov aniq bо‘ladi va ishonchsizlik energiyasini ishlab chiqmaydi. Ammo inson zerikarli biznesdagi baxtiyorlik va och-nahor, ammo san’atkorning baxtiyor hayotidan birini tanlasa – bu ikki har xil baxtiyorlik bо‘ladi. Yoki turma jahannamida azob chekish о‘rniga hayotini xavf-xatarga qо‘yib, turmadan qochish. Bunday tanlov – tomoshabin uchun ishonchsizlik energiyasi manbaidir.

Bir muammoni, odatda, syujet taklif qiladi. Boshqasini biz xarakterning о‘tmishidan, uning tarjimai holidan axtaramiz. Bu ikkala muammoni biz konfliktda tо‘qnashtiramiz.

Yaponlarning samuraylar kodeksida shunday deyiladi: «Agar tanlash imkoni bо‘lsa, о‘limga olib boruvchi yо‘lni tanla». Ammo bizlar samuraylar emasmiz. Biz barcha harakatlarni ishonchli tarzda asoslashimiz lozim. Shunda «ayni joyda va ayni shu paytda» dramasi qahramonning о‘tmishi, uning tarjimai holi bilan bog‘lanadi. Ishonarli motivatsiya о‘sha yerdan keladi.

Barcha buyuk dramaturglar qahramonning krizisi drama poetikasining markazida turishini tushunganlar. Gamletning eng dramatik monologi bekorga «Yashash yoki о‘lish?» emasda. Bu nafaqat falsafiy savol. U, ablahga aylanmasdan, hayotda nimagadir erishmoqchi bо‘lgan har bir kishining hayotiy tajribasini umumlashtiradi.

Krizis xarakter oldiga konkret zarurat va potensial imkoniyat о‘rtasidagi tanlovni juda aniq tarzda qо‘yadi. Bu Aristoteldan shu kunimizgacha insonning muammosidir.

Krizis voqeaning kо‘p joylarida, har bir qaror qabul qilinishi oldidan rivojlanishi mumkin. Ammo eng muhim krizis butun voqeaning kulminatsiyasi oldidan, progressiv murakkabliklarning xotima qismida keladi. U zaruriy sahna va kulminatsiyadan oldin keladi. Bu shunday joyki, bunda qahramon eng muhim qarorni qabul qiladi va qaytib bо‘lmas nuqtani kesib о‘tadi. Shu yerda harakatning tо‘xtashi sodir bо‘ladi va, xuddi suv tо‘g‘on oldida tо‘planganiday, voqea energiyasi tо‘planadi.

Gо‘yoki harakatning rivojlanishi qahramonning qalbida qotib qoladi, torozi pallalarida teng alternativalar tebranib turadi. Bizning energiyamiz esa ortadi.

Mana, qaror qabul qilindi. Tо‘plangan energiya oqimi ekrandan zalga ufuradi. Qahramon ajdar bilan hayot-momot jangiga kirishadi. Krizis nafaqat ma’naviy, balki ritmik element sifatida ham muhimdir. U harakatni emotsiya portlashi oldidan ushlab turadi.

Hayvonlarda krizis yо‘q, ularda ochlik va qо‘rquv bor. Odam hayvondan qanchalik uzoqlashar ekan, uning uchun krizisni boshidan о‘tkazish va haqiqiy axloqiy tanlovni amalga oshirish shunchalik tabiiy bо‘ladi.

Krizis, balki bizning jamiyatimizdan kо‘ra, madaniyroq jamiyatga tegishlidir. Biz uchun u qandaydir g‘alati narsa. Ilgari bizda xatti-harakat qilishning uncha kо‘p varianti bо‘lmagan. Krizisdan boshqa tashvishlarimiz kо‘p bо‘lgan. Endi gо‘yo imkoniyatlarimiz kо‘pga о‘xshaydi, ammo jonliroq burilishimiz kerak: kimda krizislar bor bо‘lsa, u attang qiladi.

Ammo tomoshabinlar barcha hissiyotlarga tо‘liq ega bо‘lgan personajlarni kо‘rishni istashadi. Kinoga ular shuning uchun ham borishadi.

KRIZISNI KО‘RISH KERAK

Agar siz krizisni yorqinlashtirish imkonini topa olmasangiz, unda qaror qabul qilish personajning shaxsiy siri bо‘lib qolishi mumkin.

Dramada oddiygina о‘ziga ishonchi bо‘lmagan landavur, «na don, na somon» kishini kо‘rsatib bо‘lmaydi.

Personajning krizisdagi kо‘rinadigan harakatlari emotsional energiyani ishlab chiqaradi.

– «Don»! – deb qaror qiladi qahramon va hech bо‘lmaganda, bu «don»ni qilishni boshlaydi.

– Yо‘q, «somon»! – «don»ni yarim yо‘lda tashlab, «somon» qilishni boshlaydi.

– Yо‘q, baribir «don»… «Somon»chi? Ehtimol, «somon» tо‘g‘riroq bо‘lar?

Endi biz emotsional asabiylashamiz, jahlimiz chiqadi va о‘zо‘zimizcha: «Nimdir tug‘sang-chi endi! «Don»mi, «somon»mi, nima bо‘lsa bо‘lar», – deb g‘udranamiz.

Ayol ancha payt bola tug‘a olmadi. Qirqqa tо‘lib qoldi, u oxiri homilador bо‘ldi. Vrachlar u mongoloid bola tug‘ilishini aniqladilar. U hal qilishi kerak: majruh bolani tug‘ishi kerakmi yoki hech qachon tug‘masinmi… Bu alternativa g‘alati tuyiladi: albatta undan qutilish kerak. Ammo tug‘ishni afzal kо‘radigan ayollar ham bor. Bu bolani parvarish qilish uning bundan buyongi butun hayotining mazmuniga aylanadi. Bu tarzdagi qarorning qabul qilinishidagi krizisni tasavvur qilish mumkinmi?

Mana, boshqa bir syujet. Ayol tug‘adi va о‘z bolasini juda nozik tarzda sevadi. Bola 4 yoshga tо‘lganida biladiki, tug‘riqxonada bolalarni almashtirib qо‘yishgan ekan. Uning о‘z bolasi topiladi. Bu bolaning onasi bolasini qaytarib olmoqchi. Bunda nima qilish kerak? Bolalarning qay biri о‘ziniki, qaysi yaqinroq? Aniqki, qaror juda uzoq davom etadigan chuqur dramatik krizisda qabul qilinadi.

Ammo bular kо‘rinuvchan krizislardir. Ularda hamma narsani kо‘rinuvchan harakatlar sodir qiladi.

INSON TAJRIBALARINING CHEGARASI

Krizisda nimanidir kо‘rinadigan qilish oddiy narsa emas. Ammo krizis paytida biz qahramon haqida boshqa paytlarda bila olmaydigan kо‘p narsalarni bilib ham olamiz, kо‘p narsalarni fahmlab olishimiz mumkin. Biz juda tez ish qayerga borayotganini tushunamiz. Biz qahramon qalbining eng teranliklarigacha kirib borishimiz uchun ajoyib damdir. Tomoshabin inson tajribalari chegaralariga yaqinlashishni istaydi. U, odatda, amalda о‘z tajribasidan unga kо‘rsatmoqchi bо‘layotgan narsalaringizning hammasini biladi. Uning о‘zi hech qachon qahramonga о‘xshab harakat qilmaydi, haddan ziyod narsalarni amalga oshirmaydi. Ammo unga bu narsalar qay tariqa amalga oshishini kо‘rish judayam qiziq.

Qanday qilib ayol kishi eridan butunlay va noma’lum tomonga ketadi?

Qanday qilib erkak kishi mag‘rurlikni amaliy foydadan yuqori qо‘ygan holda bir zarba bilan о‘z hayotining barcha murakkabliklarini kesib tashlaydi?

Qanday qilib inson tinchlik va boylikdan ham kо‘ra muhimroq bо‘lgan maqsadni yaqinlashtirish uchun og‘ir mehnat bilan topgan hamma narsasidan voz kechadi?

Qanday qilib muhabbat kishilarda sog‘lom aql nuqtayi nazaridan ahmoqlik bо‘lib kо‘rinadigan qarorlar qabul qilishiga majbur qiladi?

Kо‘plab boshqa keskin harakatlar bizni qiziqishimizni oshiradi, energiyamizni taranglashtiradi. Bularning hammasi krizisda tug‘iladi va ularni kо‘rishimiz yoki payqashimiz mumkin. Bu ertakona onlar.

«О‘lish yo qolish» deb ikkilanayotgan yoki kambag‘al Yorikning kalla suyagini ushlab olgan Gamlet.

Uni bir sutka davomida о‘liksifat qilib qо‘yishi kerak bо‘lgan misli kо‘rilmagan dori solingan idishni ushlab olgan Julyetta.

Yoki о‘g‘irlangan, aldangan va sal bо‘lmasa о‘ldirib qо‘yilgan, ma’lum bir vaqt yashashni ham istamay qolgan boshqa Julyetta – Mazina.

Mana bu joyni eslang – «Kabiriya tunlari»da buyuk krizis. Tiriklayin о‘lgan Kabiriya zim-ziyo о‘rmonda tentirab yuribdi, bir guruh quvnoq о‘smirlarni kо‘radi va unga yashash uchun iroda qaytib keladi. Buyuk krizis va undan sung darhol buyuk kulminatsiya.

Va albatta, «8 1/2» filmi qahramonining ajoyib esda qolarli krizisi.

Rejissor film olishi kerak. Prodyusserlar tomonidan tikilgan pul darhol ishga tushishni talab qiladi – prodyuserlar rejissorni tasvirga olishga sudrashadi. Matbuot hali javobi bо‘lmagan savollar bilan kо‘mib tashlashadi… (Qani edi bizlarda ham hech bо‘lmaganda yilida bir marta shunday krizis bо‘lsa!) Bunga javoban rejissor stol tagiga kirib, о‘zini о‘ldiradi. Hamma birdaniga bо‘shashib qoladi. Dekoratsiyalar shalvirab yotibdi, odamlar besamar u yon-bu yon yurishibdi. Agar hali о‘lmagan bо‘lsa, endi hamma narsa о‘ladi. Shu vaqt birdaniga… Qahramon krizisdan qutqaruvchi chiqish yо‘lini topadi. Hamma narsa uning talanti qaynashidan nurafshon bо‘ladi.

Bu yerda bir narsani ta’kidlash kerakki, yaxshi filmdagi qahramonning butun hayoti – krizisdan iborat. Gamletning butun hayoti – krizis. Otello ham pyesaning deyarli boshidan, Dezdemonaning rо‘molchasini kо‘rgandan buyon, krizisda. Umuman olganda, krizis – bu amalda dramatik holatning hech bо‘lmaganda, bunday holatlarning anchagina qismining nomidir.

Stanislavskiy tomonidan aytilgan harakat va aks harakatning uzluksiz konflikti krizisning doimiy rivojlanishini tug‘diradi. Har safar kontrmavzu mavzuga hujum qilganda krizis bо‘lishi mumkin. Rejissor uchun bu sermahsul g‘oya. U dramadagi kо‘pgina voqealarga qо‘shimcha energiya olib kelishi mumkin. U harakatning sifatini oshiradi.

Krizislar nafaqat Gamletlarda yoki intellektuallarda, balki juda oddiy personajlarda ham bо‘ladi. Mening dastlabki filmlarimdan biri bо‘lgan «Eshikni oching, qо‘ng‘iroq chalishayapti» filmida о‘zidan yuqori sinf о‘quvchisini sevib qolgan о‘n yoshli qizcha krizisga tushadi – о‘zining baxtli raqibasini kо‘rib qoladi. Tabiiyki, yigitning qizi bor, u qizi bilan muz maydonida xuddi osmondagi bulutlar ustida uchib yurganday konki uchishmoqda. Sevib qolgan qizcha kо‘zlarida yosh bilan muzlagan asfalt bо‘ylab xuddi yaralangan qushday kalovlanib kelmoqda. Tosh zinapoyalardan zо‘rg‘a kо‘tariladi, holsizlanib, zina pillapoyasiga о‘tiradi. Shu payt xonadan xursand onasi u tomon otiladi. U xizmat safaridan qaytgan edi. Qizcha endi yolg‘iz emas edi. Krizis bu yerda emotsional tutib qolish rolini о‘ynaydi, u kulminatsiyadan oldingi lovillab yonish uchun emotsiya tо‘plash uchun ishlaydi.

Mana bunisi boshqa qizcha. U 12 yoshda, uning holati yanada keskin. Qizcha oilasining qotilidan о‘ch olmoqchi bо‘ladi. Bu «Leon»dagi Matilda. Tо‘pponchani sabzavotlar bilan tо‘la savatchaga yashirib, u politsiya boshqarmasiga boradi. Ammo u о‘ldira olmaydi. Shu tufayli uning о‘ziga о‘lim xavf soladi…

Krizis orqasidan krizisni bosib о‘tib, «Tush payti» vesterni qahramoni – Gari Kuper kulminatsiya tomon boradi. Bu kristalday tushunarli filmning nimasi yaxshi – unda barcha ichki va tashqi krizislar faol harakatga tushirilgan. Qahramon bilan hamisha «yo uni, yo buni» kabi tanlashga majbur qiladigan nimadir sodir bо‘ladi: taslim bо‘lish kerakmi yoki shoni-sharafini tushunishini ta’kidlagan holda olg‘a borishi kerakmi. Biz aynan shunga – krizis uchun kо‘zga kо‘rinuvchan obraz topishga va krizis yordamida harakat sifatini oshirishga intilamiz.

«8 1/2» ning qahramoni hayotida hamma narsa krizisdan iborat. U sog‘lom emas. Uning vujudi qiyinchilik bilan unga bо‘ysunadi. U davolanadi. Unda tana krizisi mavjud.

Ammo unda ruhiy krizis ham mavjud. Rim Papasining о‘zi uning muammosini yecha olmayapti.

Uning о‘ynashi bilan munosabatlarida krizis. U о‘ynashidan uyaladi va о‘zini uning qо‘pol tanasiga nisbatan shahvoniy intilishini tiya olmaydi.

Uning xotini bilan krizisi mavjud. U xotini oldida aybdor va yarashish uchun yо‘l topa olmaydi.

Uning ishida krizis bor. Aktyorlar undan rol ola olmaydilar, xodimlar – vazifa, prodyuserlar – tasvirga olish vaqtini…

Uning orzulari va muhabbatida krizis mavjud. U sevish qobiliyatini yо‘qotganga о‘xshaydi.

Nega bu krizislar bunchalik ishonchli? Chunki konflikt orqali yechilgan, kо‘zga kо‘rinuvchan, jalb etuvchan, yorqin plastik obrazlarda namoyish etilgan. Oqibatda qahramon oldida bо‘y chо‘zadigan asosiy krizis uni «о‘tib bо‘lmas nuqta» tomon itaradi. Aynan shu joydan bizni qiziqtiradigan inson tajribasining chegarasi о‘tadi. Qо‘rqoqlik va jasorat, haqiqat va yolg‘on, egoizm va о‘z muhabbatidan voz kechish mana shu yerda tо‘qnashadi. Qisqasi, drama rivojida mana shu joyni о‘tkazib yubormang. U hamisha ham mumkin bо‘lavermaydi. Ammo unga joy bо‘ladigan bо‘lsa, siz qо‘shimcha energiya zaryadi olasiz.

Keling, tuzilmaning keyingi «kulminatsiya» etapiga о‘tishdan oldin yana bir yorqin tarzda amalga oshirilgan krizisni esga olaylik. Bu hikoyadagi barcha narsalar qatori, u ham rejissorlik ijrosi durdonasidir. Bu «Kakku»dagi krizisdir. U Mak Merfi va hamshira о‘rtasidagi konfliktda kichikdan kattaga tomon puxtalik bilan tizib chiqilgan progressiv murakkabliklar natijasi sifatida yuzaga chiqadi. Dastlab kichkina qadam:

1. Mak Merfi televizor kо‘rishni istaydi. Hamshira unga ruxsat bermaydi.

2. Bunga javoban Mak Merfi kasallarni bosh vrachning katerida baliq ovlashga olib ketadi. Buning uchun hamshira buzg‘unchini jinnixonada noma’lum vaqtgacha olib qolishni talab qiladi. Hamshira uni qayta tarbiyalaydi!

3. Mak Merfi portlaydi. U oynani sindiradi, sanitarlarga qarshilik kо‘rsatadi, vrachlar uni kuchli elektroshokka duch qilishadi. Ammo u bunga ham chidaydi.

4. Mak Merfi jinnixonadan qochmoqchi bо‘lada, umuman olganda, bu uncha qiyin emas. Ammo bundan oldin u jinnixonada о‘zi о‘rganib qolgan kasallar uchun katta aysh-ishrat tashkil qiladi. Bu kо‘z kо‘rib, quloq eshitmagan tartibsizlik, bu mavzu rivojining chо‘qqisi: erkinlikka chanqoqlik edi.

Mana shu yerda krizis payti boshlanadi. Kecha asabiy yigitcha Billning xarakteri qarida yashiringan istagini yuzaga chiqaradi: unga Mak Merfining qizi juda yoqadi. U hali ayol nima ekanligini bilmas edi. Mak Merfi bularni kо‘rib turibdi. U nima qiladi: о‘zini qutqaradimi, yoki Billga yordam berish uchun ushlanib qoladimi?

Bu krizis rivojining barcha elementlariga kо‘rinuvchan yechimlar topilgan. Bayram batafsil rivojlanib boradi. Bu kasallar uchun quvonchning chо‘qqisi edi. Bill uyatchan bir tarzda Mak Merfining tanish qizini sevib qolgani tushunarli qilib kо‘rsatilgan. Biz Bill tuzalishi mumkinligini his qilamiz: biz oldinroq Billning kasallk tarixini batafsil bilgan edik.

Mak Merfi tonggacha qochishi kerakligini biladi, ammo boshqa tomondan, qanday qilib Bill uchun bayram qilmaslik mumkin? U Billni о‘z qizi bilan birga qoldiradi. Ularning uchrashuvi nihoyasini kutadi va uxlab qoladi.

Tong otadi. Turma devorlari qulflanadi. Mak Merfi qopqonga tushib qoladi.

Bosh krizis zaruriy sahnadan oldin kelishi mumkin. Shuningdek, u kulminatsiyadan oldin ham kelishi mumkin.

KULMINATSIYA

Harakat о‘zining emotsional chо‘qqisiga yaqinlashganda, filmning yakuniy qismida kulminatsiya rivojlanadi. Bu film tugashi oldidan emotsiyalarning portlashdir. Ammo barcha emotsiyalarnning ichak chovog‘i zaruriy sahnada ag‘darib bо‘lingan bо‘lsa, bu bosh dramatik savolga javob beriladigan oddiygina tinch joy bо‘ladi. Bu mavzu kontrmavzu ustidan о‘zil-kesil g‘alaba qiladigan joydir. Voqea oxiriga yetadi.

Kulminatsiya – mavzuning voqealar vositasida amalga oshirilishidir. Mavzuning g‘alabasi albatta xeppi-end bо‘lishini bildirmaydi. Qahramon о‘lishi mumkin, ammo о‘z о‘limi bilan mavzuning g‘alabasini tasdiqlaydi.

Romeo va Julyettalar о‘lishadi. Ammo ularning sevgisi о‘limida ham g‘alaba qiladi. Murdalar ustida sevishganlarning oila boshliqlari bir-birlariga dо‘stlik qо‘lini chо‘zishadi.

Gamlet halok bо‘ladi, ammo yomonlik olamida adolat tantana qiladi.

Men kinoda ish boshlagan paytda kulminatsiya va final haqida menga dramaturg Aleksandr Volodin yaxshi maslahat bergan edi.

Men finalda qahramon uchun monolog yozib berishni iltimos qildim. Nazarimda u tomoshabinlarga ilgari kо‘rsatilganlarning ma’nosini tushunishga yordam berardi. U:

– Sо‘zni yozish qiyin emas. Esingdan chiqmasin, tomoshabin sо‘zning ma’nosini chaqish uchun diqqatini jalb qilmasin. Ular qahramonni gapirishga majbur qiladigan emotsiyani his qilishlari kifoya.

Dramada aqlli sо‘zlar faqat tomoshabinlar «O, bu aqlli yigit!» ekanligini tushunishlari uchun kerak. Dramaning aqli – xarakterlarni tо‘qnashtiradigan harakatlardadir.

Kulminatsiya – bu emotsional harakatlardir. Eng maza qiladigan joy kulminatsiya oddiy va tushunarli harakatlardan tashkil topganda keladi – hech qanday sо‘zning keragi bо‘lmaydi. Hammasi, xuddi baletdagiday aniq, harakat va mezansahnalardan iborat bо‘lishi kerak.

«8 1/2» dagi ajoyib kulminatsiyani esga oling. Qahramon tо‘liq mag‘lubiyatga uchraganday. Film dekoratsiyalari tо‘kilib tushmoqda, guruh rejissor bilan xayrlashadi. Yо‘qotilgan muzani, nochor ilhom farishtasini о‘ynaydigan Klaudiya Kardinale g‘amgin xayirlashuv tabassumi qiladi. Qahramon birdaniga filmning yechimi qanday bо‘lishi kerakligini tushunadi. Uning parchalangan hayoti personajlari astasekinlik bilan chiqib kela boshlaydi. Musiqadagi mavzu sokin marsh bilan harakat haqida xabar berib turadi. Barcha personajlar zina orqali pastga tushishadi va doira hosil qilishadi, uning markazida kichkina fleytachi bola va uch masxaraboz marsh ijro etishmoqda. Kulminatsiya uchun eng oddiy va aniq yechim topilgan. Oddiy kо‘rinadigan formula: butun hayot uzluksiz muhabbat doirasini hosil qiladi. Bu oddiy harakatlar chuqur ma’noga tо‘la bо‘lgan baletdir.

Kulminatsiya paytigacha tomoshabinlar allaqachon о‘yinda bо‘ladigan barcha qadriyatlarni bilib oladilar. Ular faqat tasvirni topishsa bо‘ldi.

Agar bu narsa qilinadigan bо‘lsa, tomoshabinlarning emotsiyasi portlaydi. Kulminatsiya – temaning tantanasidir. Kulminatsiyada tomoshabinlar rejissorning sо‘zlar bilan emas, balki xarakterlarning harakatlar bilan hikoyani oxirigacha, oxirgi nuqtagacha rivojlantira oladigan tasavvurini, uning intellektini kо‘rishni istaydilar, ular inson tajribalarining chegaralarigacha borishni istaydilar.

Kulminatsiya – Eyzenshteynchasiga dialektik montaj ishlaydigan joydir. Oddiy statik kadrlar tо‘qnashadi va ular birlashadigan joyda muhim ma’noga tо‘la uchinchi ma’no alangalanadi.

О‘smirlar Kabiriyaga ochiq chehra bilan jilmayadilar. Kabiriya ularga javoban jilmayadi. Bundan ham oson narsa bomi? Biz bо‘lsa, hayot u uchun kurashishga arzishini tushunib yetamiz.

Maykl Korleone cherkovda gо‘dakni Chо‘qintirayapti. Uning banditlari bо‘lsa, uning buyrug‘i bilan bо‘lishi mumkin bо‘lgan dushmanlarni о‘ldirishayapti. Biz bilamiz: u iblis. Aytishlaricha, Koppola bu kulminatsiya uchun lо‘nda, sо‘zsiz tushuniladigan va harakat energiyasiga tо‘liq bо‘lgan oddiy va kuchli yechimni juda uzoq vaqt axtargan ekan.

Kulminatsiya – filmning voqeasi rejissor oldiga qо‘yadigan vazifadir. Film oxiriga etayapti – emotsional nuqta qо‘yiladigan vaqt bо‘ldi.

Bir dо‘ngpeshona adabiyotshunos ishontiradiki, Shekspir – dramaturgning vazifalarini xohlamay va qо‘l uchida bajaradigan shoirdir, uning uchun asosiysi – poeziya va hayot haqida falsafa sо‘qishdir. Bu joyda unga teng keladigani yо‘q. Buning isboti uchun u Gamletning finalini keltirgan edi. U yerda, uning aytishicha, barcha qismlar shoshilinch va pala-partish ravishda bir uyumga tashlangan. Eng siyqasi chiqqan detallar qо‘llaniladi: zaharlangan qilichlar, zahar solingan idishlar, chunki bularning barchasi Shekspirga umuman kerak emas. Ish bajarilgan, tezroq nuqta qо‘yish kerak.

U balki yaxshi olimdir, ammo u hech qanday rejissor emas. Yaxshi final – rejissor uchun «Talantli bо‘l!» degan taklifdir. Finalda bajariladigan ishda muallifning о‘zi qiladigan muhim qism bor. U rejissorga tо‘g‘ri savollar taklif qiladi.

Sening rejangda mezansahnalar baleti bormi? Final harakatlar pantomimasichi? Sahnadagi asosiy obrazlarning rejissorlik jihatidan kо‘rinishi bormi? Sen dramaning musiqasini eshitasanmi? Aniq va odiiy harakat qil. Mana bular esa buning uchun zarur bо‘lgan va hech qachon pand bermaydigan detallar tо‘plami: qilichlar, zahar, zaharlangan ichimlik – ular hayotdan о‘limgacha bо‘lgan minimal yо‘lni chizib beradi. Sen bо‘lsa ularni о‘z talanting bilan bezagin.

Kulminatsiyada dramatik peripetiyalar kardiogrammasi baxtsizlikdan baxt tomon, mavzuning mag‘lubiyatidan mavzuning g‘alabasi va tasdiqlanishiga, umidsizlik va ishonchsizlikdan umidga, qorong‘ulikdan tunel oxiridagi nurga tomon eng keskin sakrashni amalga oshiradi.

Kulminatsiyada qahramonning hayotidagi va qalbidagi kuchlarning butun muvozanati о‘zgaradi. Yangi muvozanat о‘rnatiladi. Agar qahramon halok bо‘ladigan bо‘lsa, kulminatsiya uning hayoti qiymatini aniqlaydi.

«Kakku»dagi afsonaviy gо‘zal kulminatsiya aynan shunday. Mak Merfi tо‘liq mag‘lubiyatga uchraydi. Uni juda kuchli elektroshokka tutadilar, uning miyasini oddiygina qilib kuydiradilar. U qarashlari ma’nosiz va qо‘llari qaltiraydigan telba bо‘lib qoladi. Kasalxonaning boshqa qavatlarida pichirlashib, «Mak Merfi qochdi», deb afsona tarqatishadi. Haqiqat shu ediki, u sabzavotga aylantirilgandi. Uning hindu dо‘sti hikoyani oxirigacha olib boradi. U Mak Merfini umidsiz qiyinchiliklardan ozod qiladi, uni bo‘g‘ib о‘ldiradi. О‘zi bо‘lsa Mak Merfi istagan, ammo qila olmagan ishlarni qiladi: poldan og‘ir marmar taqsimlagichni kо‘chirib oladi, u bilan panjarali derazani sindiradi va ozodlikka chiqadi.

Sokin, oddiy va kuchli kulminatsiya. Bir necha on ichida biz dramatik peripetiya orqali tо‘liq umidsizlikdan maksimal mumkin bо‘lgan baxt tomon uchamiz. Mavzu g‘alaba qiladi – insonning g‘alabaga bо‘lgan intilishiga hech narsa qarshi tura olmaydi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 | Следующая
  • 5 Оценок: 1


Популярные книги за неделю


Рекомендации