Читать книгу "Кинода режиссура ва драматургия"
MAVZU VA BOSHQARUVCHI G‘OYA
Voqeada hamisha ikki g‘oya ishlashi kerak va ular bir-birlari bilan urush holatida bо‘ladilar.
Mavzuni boshqaruvchi ziddiyat deb atash mumkin. Chunki mavzu – ikki qarama-qarshi g‘oyalarning uzluksiz, filmning boshidan oxirigacha boradigan kurashidir.
Aynan mana shu ikki g‘oya kurashining har bir dramada zarur ekanligini Stanislavskiy aytgan edi – har bir dramada jamoaviy boshdan oxirigacha boruvchi harakat rivojlanadi. Boshdan oxirigacha boruvchi qarshi harakat unga qarshi kurashadi va qarshilik qiladi. Dramaning barcha personajlari ikki guruhga birlashadilar. Bu ikki guruhning kurashi ortidan tomoshabin kuzatadi. Boshdan oxirigacha boruvchi harakat – bu barcha protagonistlarni birlashtiradigan narsadir. Boshdan oxirigacha boruvchi qarshi harakat – barcha antagonistlarni birlashtiradigan narsadir. Boshdan oxirigacha boruvchi harakat – bu amalda har daqiqa va uzluksiz ravishda mavzuning ijro etilishidir.
Gamlet yomonliklar dunyosida adolatga erishmoqchi bо‘ladi. Uning mavzusi – adolat yomonlik ustidan g‘alaba qilishi kerak. Ammo yomonlik – qirol, qirolicha, saroy a’yonlari, sotqin dо‘stlar Gamlet bilan kurashishadi. Ular kо‘pchilik, ular tantana qiladilar. Ular kuchliroq. Ammo Gamlet shubhalarni yengib, hamma narsani qimorga qо‘ygunicha, qо‘liga о‘ch shamshirini olgunicha shunday. Mavzu: Bu dunyoda adolatga hayot evaziga erishish mumkin. «О‘lish yo qolish»ni boshdan о‘tkazadi, bechora Yorkning qora kalla suyagi ustida donolik qiladi, qirolning aybdor ekanligiga ishonadi, sevimli qizining о‘limiga aza tutadi. Endi haqiqat payti keladi. «Qolish» kerak! Va oxirigacha «qolish» kerak!
Buni mavzu va kontrmavzu deysizmi, boshqaruvchi ziddiyat, boshdan oxirigacha boruvchi harakat yoki boshdan oxirigacha boruvchi qarama-qarshilik deysizmi, nima desangiz deyavering – bu dramada boshidan oxirigacha rivojlanishi kerak bо‘lgan narsadir. Va bu rivojlanish tomoshabinning qiziqishini ta’minlaydi.
Mavzu va kontrmavzu voqeada hamisha dramatik peripetiyalar zanjirini hosil qiladi, aynan ular g‘oyani emotsiyalarga aylantiradi, bilamizki, bu narsa auditoriyaning qiziqishini oshiradi.
«Olchali bog». Ranevskaya mulkiga qaytdi. U baxtiyor, ammo biz bilamizki, u kambag‘allashgan va unda qutilib qolishga imkon yо‘q. Agar mulk qarzlar evaziga sotiladigan bо‘lsa, hamma narsa halok bо‘ladi – bu mavzu.
Lopaxin qutilish rejasini – olchazorni kesishni taklif qiladi. Nahotki kambag‘allikdan qutilish chorasi bо‘lsa? Ha! О‘tmishingni kesib tashla, о‘z ildizlaringni yо‘q qil. Bu kontrmavzu.
Yо‘q, Ranevskaya bu rejani inkor qiladi. Hamma narsa halok bо‘ladimi? Aslo. Gayev qutilishning boshqa yо‘lini taklif qiladi. Anya unga ishonadi, u baxtiyor, qutilish mumkindek – bu mavzu.
Mulkni sotish kuni yaqinlashmoqda. Lopaxin eslatadi, uning qutilish rejasini qabul qilishni sо‘raydi. Ammo hech kim uning maslahatlariga quloq solishni istamaydi. Bu kontrmavzu.
Baxtsizlik yaqinlashib kelayapti. Ranevskayaning boshqa tashvishlari ham kо‘p, u hech narsani hal qilishni istamaydi, hamma narsa о‘zо‘zicha ketaversin – bu mavzu.
Bema’ni xursandchilik avjiga chiqqanida mulkda mast Lopaxin paydo bо‘ladi. U g‘alabani tantana qiladi va g‘am-alamdan yig‘laydi. U olchazorni sotib oldi – bu uning nursiz tantanasidagi kontrmavzu.
Quvonchlarsiz kuz tongi otadi. Personajlar xuddi о‘lik murdalarga о‘xshab olchazorni tark etishadi. Ularning kо‘zi oldida bog‘ning о‘limi sodir bо‘ladi – uni kesishmoqda. Bu mavzu. G‘olib Lopaxin xuddi avvalgi xо‘jayinlar singari murda. U nafaqat bog‘ni, balki qalbidagi yagona porloq narsani – Ranevskayaga, uning oilasiga va о‘z bolalik bog‘iga bо‘lgan sevgini ham о‘ldirdi. О‘lim kesilgan bog‘da tantana qiladi.
Bu juda siqiq, shu tufayli sodda tahlildir. Ammo prinsip tushunarli. Boshqaruvchi g‘oya mavzu va kontrmavzuning uzluksiz konflikti bilan rivojlanib boradi. Bu konfliktning rivoji auditoriya uning orqasidan hayajon bilan kuzatib boradigan voqeaning xuddi о‘zidir.
MAVZU VA BOSHDAN OXIRGACHA BORUVCHI HARAKAT
Voqeaning dramadagi rivoji mavzu va kontrmavzuning kurashi tarzida borishi Stanislavskiygacha ham bor edi. Har qanday dramatik voqeada bо‘ladigan bunday bosh о‘zakni u ilg‘ay oldi va ta’rifladi, xolos.
U har bir spektakl ustida ishlayotganda avval mavzuni aniq ifoda etuvchi boshdan oxirigacha boruvchi harakat va boshdan oxirigacha boruvchi kontrharakat kurashini aniqlashni qattiq turib talab qildi. Bu kurash – film mavzusini aniqlashtiruvchi konkret asbobdir.
Boshdan oxirigacha boruvchi harakat personajlarning mavzuni ochadigan barcha sodda harakatlarini birlashtiradi. U bilan kontrmavzuni ochadigan boshdan oxirigacha boruvchi kontrharakat doimiy ravishda kurashadi.
Shunday qilib, mavzu haqidagi ziyolilarcha gaplashish amaliy qо‘llanmaga aylanadi. Mavzudan kelib chiqib, siz aktyorlar har daqiqada nima qilishlari lozimligini aniqlaysiz.
Murakkab, tushunilishi qiyin bо‘lgan tushunchalar tomoshabin qalbiga ketma-ket, og‘ishmasdan, xuddi о‘z shaxsiy kechinmalari tajribasi singari kirib boradi. Bu murakkab narsalarni soddalashtirish emas, bu ularni emotsiyalarning jonli energiyasiga aylanishidir. Bu voqeani bayon qilishdan kо‘zlangan maqsad – tomoshabin filmni tomosha qilayotgan bir yarim soat davomida uning qalbida shoshmasdan va og‘ishmay о‘sib boruvchi g‘oyalarni emotsiyalarga о‘rash ishining aynan о‘zidir.
Stanislavskiyning dahosi bu maqsad – mavzuni xuddi boshdan oxirigacha boradigan harakat va boshdan oxirigacha boradigan kontrharakatning uzluksiz kurashi sifatida ochish sari umumiy yо‘l topa bildi.
«Kakku ini ustidan uchib о‘tayotganda» filmi mavzusi – erkinlik va totalitarizmning kurashidir. Ammo voqealar jang maydonida emas, balki kichik psixoterapiya kasalxonasida kechadi.
Qahramon, Mak Merfi, aslo desident va umumiy erkinlik uchun kurashchiga о‘xshamaydi. Filmning eng avvalida u abstrakt erkinlikni istamaydi, nihoyati televizorda о‘zining sevimli о‘yinini kо‘rmoqchi bо‘ladi. Shu tariqa mavzu – eng oddiy kishiga ham tushunarli bо‘lgan oddiy xohish sifatida boshlanadi.
Hamshira bо‘lsa hokimiyatga ega bо‘ladi va buni taqiqlaydi. Kontrmavzu shunday boshlanadi. Mak Merfi hamshiraning barcha shartlarini bajaradi. Endi u о‘yinni kо‘rishga haqqi bor. Ammo hamshira televizorni yoqmaydi. Hozircha kontrmavzu osonlik bilan g‘alaba qilayotir.
Shunda Mak Merfi boshqa narsada erkinlikka erishadi, u avtobusni olib qochdi va bosh vrachning katerida qoyilmaqom sayohatni amalga oshiradi – mavzu g‘alaba qiladi.
Bunga hamshira va bosh vrach qattiq «davolovchi» protsedura – elektroshok bilan javob qaytaradilar. Kontrmavzu g‘alaba qiladi.
Ammo bu narsa Mak Merfini sindira olmadi. U qochishni о‘ylab topadi va xayirlashish uchun jinnixonada bayram, tungi umumiy xursandchilik tashkil qiladi. Bu fojiaviy yakun topadi. Mak Merfining dо‘sti о‘zini о‘ldiradi, Mak Merfining о‘zini esa lobotomiya telbaga aylantiradi. Kontrmavzu g‘alaba qildimi? Yо‘q!
Mak Merfining estafetasini uning dо‘sti – hindu – qabul qiladi. U ozodlika qochib chiqadi. Mak Merfi istagan narsani qildi. Mavzu g‘alaba qildi.
Erkinlik uchun kurash g‘oyasi mavzu-kontrmavzu kurashini ifodalovchi oddiy va barcha uchun tushunarli harakatlar va kontrharakatlar zanjiriga aylantirilgan. Bu kurashning rivoji konfliktlarning uzluksiz zanjirida amalga oshadi. Har bir keyingi harakat oldingisidan emotsionalroq bо‘ladi. Finalda esa biz tо‘lig‘icha Mak Merfi tomonidagi qahramonlar kurashiga jalb etilgan bо‘lamiz. Shu bilan birga, biz bir soniya ham mavzudan chalg‘iganimiz yо‘q.
Stanislavskiy birinchi marta mavzu va kontrmavzuning harakat va kontrharakat konfliktidagi kurashini о‘zining ishchi asbobi qilib olganida, tomoshabinlar larzaga keldi. Ular aktyorlar harakatidagi murakkab va nozik tafovutlarni fahmlash imkoniyatini qо‘lga kiritdi.
Sahnada haqiqat xazinasi gulladi. Uning asosida esa barcha holatlar uchun yagona texnologik qolip yotardi. Bu mantiqqa zid emasmi?
Stanislavskiy aktyorlar ijrosidagi shtamplarga qanchalar toqat qila olmasligini hamma bilardi. Uning mashhur «Ishonmayman!»i san’atkorning talabchanligi haqidagi afsonaga aylangan.
Ammo bu ijodning xotima qismi edi. Undan oldin rejissura dahosi unda ikki о‘zaro kurashuvchi chiziqlarning – boshdan oxir о‘tuvchi harakat va kontrharakatning oddiy va kuchli konfliktlarini axtargan asosni qurish ishlarini bajardi. Hamisha bir narsani – konstruktiv о‘zakni topish ishlarini.
Boshdan og‘ir о‘tuvchi harakat va kontrharakatning uzluksiz kurashi har qanday spektakl yoki filmning energiya generatoridir.
Shekspir bu energiya manbai haqida Stanislavskiydan ancha oldin bilar edi.
Romeo Julyettani u dushman oiladan ekanligini о‘ylamasdan sevib qoldi – bu mavzu.
Tibald oila dushmani Romeoni ziyofatda kо‘rib qoldi. Romeoga xavf tahdid solayapti – bu kontrmavzu.
Ammo Romeo xatarga e’tibor bermasdan, Julyettalar bog‘iga boradi va qizning uni sevishi haqida eshitadi. Sevishganlar baxtiyor – bu mavzu.
Ertalab baxtiyor Romeo dо‘sti Markutsioni yо‘qotadi va kurashda Julyettaning akasi Tibaldni о‘ldiradi – bu kontrmavzu.
Romeo umidsizlanadi. Julyetta ham umidsizlikda. Ammo monax Lorenso sevishganlarga yordam beradi, monax ularni yashirin nikohlab qо‘yadi. Ular baxtiyorlar – bu mavzu.
Ertalab Romeo shaharni tark etadi. Julyettani bо‘lsa yangi zarba kutadi – u Graf Parisga xotinlikka beriladi, urf-odat va qonun shunaqa. Bu kontrmavzu qahramon qizga xavf soladi.
Monax Lorenso yana Julyettani qutqaradi – u qizga uni bir sutka davomida murdaga uxshatib qо‘yuvchi yolg‘on zahar beradi, ammo Julyetta о‘ziga kelganida u Romeo bilan baxtiyor bо‘ladi. Romeo bu haqida bilmaydi. U Julyettaning «murdasi» ustida о‘zini о‘ldiradi. Nahotki kontrmavzu mavzu ustidan g‘alaba qildi?
Yо‘q, uyqidorining ta’siridan uyg‘onib, Julyetta dunyoda sevgidan kо‘ra kuchliroq narsa yо‘q ekanligini isbot qiladi. Hatto buning uchun о‘lish kerak bо‘lsa ham. Julyetta abadiy о‘z sevgan erining quchog‘ida bо‘ladi – u о‘zini о‘ldiradi, bu esa mavzuning shu paytgacha kuchli va g‘alaba qilib bо‘lmaydigan bо‘lib tuyilgan kontrmavzu ustidan g‘alabasidir.
Kо‘rayapsizki, mavzu faqat personajlar harakatida rivojlanadi, u bizga turli xil harkatlardan boshdan oxirigacha о‘tuvchi harakatni tuzishga yordam beradi.
HALOKAT YOQASIDA BО‘LISH
Biz personajlarning harakatlari о‘ta faol bо‘lishidan manfaatdormiz. Bu esa ularga antagonistlarning kontrharakatlari xavf solganida sodir bо‘ladi. Boshdan og‘ir о‘tuvchi harakat-kontrharakat qahramonga hamisha halokat yoqasida bо‘lishiga yordam beradi. Agar dramada halokatning doimiy xatari bо‘lmasa, mavzuni rivojlantiruvchi boshdan-oxir о‘tuvchi harakat ham bо‘lmaydi.
U xuddi halokatlar zanjiri singari bо‘lishi kerak. Dramada hamma narsa personajlar harakatida tutib turiladi. Ularni mavzu-kontrmavzu strategiyasiga ega bо‘lgan holda tuzish kerak. Qalbning jannati va jahannami о‘rtasidagi harakat – bu strategiyaning maydonidir.
Hamma narsani vayron qilishi mumkin bо‘lgan tо‘siqni yengib о‘ting. Boshdan, oxir о‘tuvchi harakatning mazmuni shunda. Boshdanoxir о‘tuvchi kontrharakatga birlashgan antagonistlarning harakatlari – mana dramani kulminatsiyaga olib keluvchi narsa.
Qahramonlarga xalaqit qiluvchi taklif etiladigan holatlarni axtaring. Rejissuraning darajasi taklif etiladigan holatlar qaysi maksimumgacha, qanday mantiqiy chegaragacha olib borilishi bilan aniqlanadi.
Romeo va Julyetta endigina ishqiy huzur-halovatda birlashganlarida, shahar maydonida ikki kishi о‘ldirilishi bilan tugagan mushtlashuv bо‘lib о‘tdi. Ilojsiz holat.
Endigina sevishganlar bir umrga nikohlanganlarida, Julyettaga otasi uni eri – graf Paris kutayotganligini aytadi. Holat mutlaqo ilojsiz.
Ranevskaya «Olchali bog‘»da boshidanoq Parijdagi jazmani bilan orani ochiq qilganini aytadi. U bog‘ni sotish haqida bir qarorga kelishi kerak, ammo jazmani uni telegrammalarga kо‘mib tashlaydi – u kasal va unga Ranevskaya kerak. U, gо‘yo kо‘rinmas о‘rgimchakday, Ranevskaya atrofida о‘rgimchak ini zanjirini kundan-kun zichroq tо‘qimoqda. Bu bilan mavzu tо‘qilmoqda – Ranevskaya о‘tmish hayotini kesib tashlay olmaganiday, olchazorni ham kesib tashlay olmaydi. «Bu bо‘yinga osilgan tosh. Men esa bu toshni yaxshi kо‘raman», – umidsizlarcha tan oladi Ranevskaya. U о‘z taqdirini butun noilojligini tushungan holda halok bо‘ladi.
Agar mavzuingiz konfliktga ega bо‘lmasa, ikki dushman qismdan tashkil topmasa, na ssenariyda, na filmda dramaning rivoji bо‘lmaydi. Shuning uchun boshidanoq filmingizning mavzusi о‘sib chiqadigan va qaror topadigan konfliktni о‘ylab toping. Bu rivojlanish ichida mavzu aniqlanishi va о‘zgarishi mumkin. Ammo konfliktsiz mavzu о‘likdir.
Ajablanarlisi shuki, siz о‘zi nimani aytishni istashingizni aniqlash judayam oson bо‘lmaydi. Siz bu sizga yoqadigan narsa ekanligini sezasiz. Bu sizning dunyongiz! Sizning qahramonlaringiz! Sizning hayot haqidagi fikrlaringiz! Nega mavzuni aniqlash buncha qiyin?..
Katta yozuvchi Artur Miller bir safar shunday yozgandi: «Oxiroqibat men о‘zi nima haqida yozishimni tushunganimda, tо‘xtayman va uni alohida varaqqa yozib qо‘yaman. Bu eng muhim moment. Shu kuni men hech narsa yozmayman. Bu bayram». Shunchalik katta usta, ammo о‘z pyesasining mavzusini tushunishga birdaniga yetib kelmaydi.
Ammo mavzuni albatta ifodalash kerak. Biz intuitiv jarayonlar uchun aniq ishchi ifodalar topishimiz kerak. Biz turli-tuman talantlar jamoasi bilan ishlaymiz. Ular uchun rollar yozish, vazifalar berish, ularni umumiy maqsad sari qayrash zarur.
Mavzu – bu aynan ana shu qayroqdir. U turli-tuman barcha urinishlarni bir markazga tо‘playdi. Mavzu – strategiyangizning muhim qismidir.
Men turli muharrirlardan necha bora: «Avval mavzuni aniqlang, keyin yozing», – deganlarini eshitganman. Umuman olganda tо‘g‘ri. Amalda esa mavzuingiz tomon yо‘l oson va qisqa emas. Mavzuni aniqlash – о‘tloqqa qoziq qoqish, qoziqqa echkini bog‘lash va uni qoziq atrofidagi о‘tlarni yeyish uchun qо‘yib yuborish bilan barobar. Men: echki avval о‘tloqda yugurib yursin, – deb о‘ylayman. U eng barra о‘tlarni topgan joyga siz mavzu qozig‘ini qoqing. Echki yugurib yurgan paytda biz variantlarni yozib boramiz.
Ma’lumki, Lev Tolstoy har bir sahifani kо‘p marotaba kо‘chirib yozgan. «Urush va tinchlik»ning bir sahifasi (bu qoralamalar bilan isbotlangan) 104 marta qayta kо‘chirilgan. Bu Ginnes Kitobi uchun rekord. «Daho nimaga erishmoqchi bо‘lgan?» – deb о‘ylayman. Mualliflik g‘oyasining rivoji hayotning kо‘pqirrali nafasida tо‘liq erib ketishiga erishgan bо‘lsa kerak. Bu haqida uning о‘zi shunday yozgan: «Tanqidchi birgina jumlada romanimning barcha g‘oyalarini ifodalaydi. Menga esa bu g‘oyani ifodalash uchun butun romanni yozishim kerak bо‘ladi. Buning hammasi tо‘lig‘icha mening g‘oyamdir».
Men iqtibos keltirmayapman, qachonlardir xotiramda qattiq о‘rnashib qolgan sо‘zlarni eslayapman.
Chexov ham о‘z rejalarini tushuntirishni yaxshi kо‘rmasdi. Stanislavskiy uning tushuntirib berishiga erishishga harakat qilganda, Chexov xijolat tortib:
– U yerda hammasi yozilgan, – deb javob bergan.
Ammo biz Stanislavskiy tarafidamiz. Hayotiy jarayonlarning mohiyatiga iloji boricha chuqurroq kirib borish uchun biz о‘zimiz tushunishimiz va boshqalarga tushuntirishimiz kerak. Mavzuni esa ehtiyotkorlik bilan, hayotning nozik tizimini buzmasdan aniqlashimiz kerak. Eng yaxshisi, mavzu tomoshabin ongiga gо‘yoki о‘z-о‘zidan hayotning butun jilvalari bilan birga kirib borsin. Eng yomoni esa, aksincha, siz tomoshabin diqqatini mavzuga harakatlar bilan emas, balki qadimiy pyesalarda bо‘lganiday, personajlarning:
– Hatto kо‘chmanchilar ham his qila oladilar.
– Halol kambag‘allik nohalol boylikdan afzal, – kabi sо‘zlari bilan jalb qilishingizdir.
MAVZU – FILMNING KOMPASIDIR
Mavzu va uning tuzilmadagi rivojlanishi – bu ochiq jarayon. Bu ratsional qisqartirish emas, balki sizning tо‘laqonli ijodingizdir. Mavzu о‘sishi, о‘zgarishi mumkin, ammo u sizning ongingizda qandaydir aniq va konfliktli narsa sifatida paydo bо‘lishi lozim.
U sizning hamma ustun jihatlaringizdir. Sizning qayta olmaydigan yо‘lingizni yoritadi, ba’zan sizning eng kutilmagan holatlarda kerak bо‘ladigan qarorlaringizni aniqlaydi.
Men kо‘p yillar Vladimir Visotskiy bilan dо‘st bо‘lganman. 70– yillar edi, hali Rossiya uni faqat sanoqsiz magnitofon lentalarida g‘azabnok xirillovchi ashulachi sifatida bilar edi. Men Visotskiyni uncha kо‘p bо‘lmagan kishilar qanday bilgan bо‘lsa, shundayligicha: ziyoli, shoir, adolatsizlikka chiday olmaydigan va nozik tab kishi sifatida kо‘rsatishni istardim. Shunday qilib, ushbu reja bilan birga «Buyuk Pyotrning habashi» filmi haqidagi fikr tug‘ildi, keyin muharrirlar kulgiliroq va muloyimroq bо‘lishi uchun filmni «Podsho Pyotr habashni qanday qilib uylantirdi», deb atadilar. Filmning mavzusi shoir va podshoning Rossiyani sevishi edi. Ular Vatanni qanchalik farqli sevishadi. Biri – hammani majbur qilib va о‘z irodasiga bо‘ysundirish bilan, boshqasi – erkin qalb bilan. Bu mavzu uchun Ibrohim Gannibalning efiopiyalik bо‘lishligi nomuhim emas edi. Bizning har birimiz uchun u Pushkinning – buyuk rus shoiri va erksevarining ajdodi edi.
Bu film haqida fransuz prodyuseri Moskovich bilib qolibdi. U «Sovremennik»ning aktyorlari, mening dо‘stlarim bilan dо‘st edi. Bir safar u mening nima qilayotganimni sо‘radi va qiziqishi lovulladi:
– Men filmga amerikaliklarni olib kelaman! Bir oydan sо‘ng u menga hayajon bilan qо‘ng‘iroq qiladi:
– Amerikaliklarga yoqdi! Garri Belafonte bosh rolni ijro etadi. Sen baxtiyorlikdan yiqilib tushmadingmi? Men unga dedim:
– Yо‘q, bu rol Visotskiy uchun yozilgan.
U esa gо‘yo meni eshitmasdi. U ancha-muncha pul sarflagan edi. Hazilmi: Kimsan Belafontening roziligini olganda. Moskvaga quvnoq bir holda keldi. Men unga deyman:
– Habashning rolidan boshqa hamma narsani muhokama qilamiz. Chunki filmning mavzusi: «shoir va podshoh», «russ va efiopiyalik» emas. U menga deydi:
– Sen telbasan! Sen jinni qishloqisan! Sen kimu, Garri Belafonte kim ekanligini tushunasanmi?
О‘sha payt uning shuhrati butun dunyo chо‘qqisiga chiqqan edi.
– Bunday aktyori bо‘lgan film butun hayotingni о‘zgartirib yuborishini tushunasanmi? Darhol hal qil!
Men deyman:
– Bunday qaror filmning butun mavzusini о‘zgartirib yuboradi. Men shoir Visotskiyning Rossiyasini ushbu rolda kо‘rsatmoqchiman. Filmning mavzusi – uning bosh rolda ekanligidir.
Moskovich quturib ketadi:
– Sen mavzuingni va shoiringni boshinga ur! Sening о‘z axlatxonangdan chiqib olish imkoniyating bor! Boshqa bunday bо‘lmasligi mumkin.
– Unda boshqa ssenariy yozish kerak.
– Yozaqol! Belafonte bunga arziydi. Unga sening yozishing yoqadi. Men о‘ylab kо‘rdim, dо‘stlarim va hammualliflarim Dunskiy va Fridlar bilan maslahatlashdim va dedim:
– Yо‘q, Men bunday qilolmayman. U ingraydi:
– O! Ahmoqlar mamlakati! Men allaqachon bu ishga 300 ming frank xarajat qilib qо‘yganman! Parijda, rejissor Belafontega kо‘nmadi, desam ishonishmaydi.
Ammo film mavzusi Visotskiy va Petrenkolar bosh rollarda bо‘lgan aktyorlar ansamblini tizib qо‘ygan edi. U о‘zgara olmasdi.
Moskovich meni la’natladi. Va bundan keyin kо‘p yillar davomida bu voqeani «rossiyaga xos telbalik»ning misoli siftida eslab yurdi.
Endi esa men: balki u haq bо‘lgandir, – deb о‘ylayman. Men shu tarzda taqdirimni о‘zgartira olmadim. Hokimiyatdagilar filmni olishga ruxsat berishdi, ammo keyin uni shunchalik rahmsizlarcha yulqilashdiki, muhim narsalarning ichagi ag‘darib tashlandi. Xotirada ish olib borilgan yildagi baxtiyorlikkina qoldi.
Ammo film chiqqandan keyin uni tomoshabin sevib qoldi. U hozir ham esdan chiqqan emas.
Men bu holatni shuning uchun keltirdimki, aniq ifodalangan mavzuning bо‘lishi sizga eng kutilmagan holatlarda bir fikrga kelishingizda yordam beradi.
Mavzu – bu siz filmingizni nega, nima sababdan va kim uchun qilayotganingizni kо‘rsatadigan narsadir.
Shoir Slutskiy bir safar meni metroda uchratib qoldi.
– Nima qilayapsan?
– Film olayapman.
– Filming nimaga qarshi?
Juda yaxshi savol. Mavzu – bu «film nimaga qarshi» ekanligidir.
Sizda javob bо‘lmasachi? Agar siz faqat sevgi, olijanoblik, nazokat uchun bо‘lsangiz, Xudo sizga omad va muvaffaqiyat bersin. Ammo seristehzo Anatol Frans aytganiday:
«Haqiqiy san’at yaxshi niyatlar bilan qilinmaydi». Unda hayotning jahannami haqida faol munosabat bо‘lishi kerak.
Haqiqiy san’atkorning har bir mavzusida bizning olamimiz yomonliklariga nisbatan g‘azab bor.
«О‘lim chaqiraman, Kо‘rishga yо‘q toqat
Baxshish sо‘rovchilar qadr-qimmatin,
Yolg‘onlarla toptaluvchi haqiqat,
Past ketgan olifta himmatin …»
Shekspir yodga tushdi. Sizning g‘azabingiz va umidsizligingiz juda chuqur yashiringan bо‘lishi mumkin. Agar u mavjud bо‘lsa, u yuzaga chiqadi va ilg‘ab olinadi.
Mavzu sizning filmingiz mikrokosmosida nima jannatu, nima jahannam ekanligi haqida aniq tasavvur berishi kerak. Mavzu aynan jannat va jahannam orasidagi narsalarga sizning munosabatingizdir. Buning uchun miyani ishlatish va qoningiz bilan nimadir yozishingiz kerak.
Andrey Platonov haqida shunday deyishadi: urush paytida yozuvchilar talon bilan qо‘shimcha ovqat olishgan, uy boshqarmasida farrosh bо‘lib ishlayotgan Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi Platonov ham bir safar uyiga kastryulkada shо‘rvami yoki tarelkada bо‘tqa yoki kotletmi olib ketish uchun navbatda turardi. Hayotiy ehtiyojlarni olishda anchagina uddaburon bо‘lgan qandaydir bir yozuvchi о‘zining demokratligini kо‘rsatish uchun Platonovga ushbu jumla bilan murojaat qiladi:
– Biz, yozuvchilar…
– Yо‘q, otaginam, siz meni о‘zingizga tenglashtirmang, – deb javob berdi Platonov. – Siz siyoh bilan yozasiz, men esa qonim bilan.
Aytish mumkinki, mavzu – sizning filmdagi qoningiz. Falsafiy drama olasizmi yoki quvnoq komediyami, guldiros kо‘ngilxushlikmi, film-ekshnmi yoki bolalik haqida shoirona hikoyami – mavzu hamisha sizning san’atdagi da’vogarlik darajangizni kо‘rsatadi. Tomoshabin buni sezadi. О‘z paytida Lev Tolstoy aytgan edi: «Jiddiy axloqiy vazifasiz san’at, agar bundanda battar bо‘lmasa, quruq tantiqlikdir». Tomoshabinning vaqtini xushlash vazifasi – hayotga jiddiy munosabatda bо‘lishga qarshi alternativa emas.
Tomoshabinlar ongida mavzu butunlay boshqacha paydo bо‘ladi. U intellektual tajriba tariqasida tug‘ilmaydi. Tomoshabinlardan hech biri bu filmning mavzusi nima ekanligi haqida о‘ylab о‘tirmaydi. Filmdagi voqealardan yig‘lagan va ichki kechinmaga tushgan tomoshabinlardan: siz qaysi mavzuga yig‘ladingiz? Qaysi mavzu sizni bunchalik hayajonga soldi? – deb sо‘rab kо‘ring. Ular dovdirab qolishadi va javobni ifodalay olishmaydi. Bu tomoshabinlar mavzuni hazm qila oladilar, deganimi? Ular mavzuni hazm qilganlar! Faqat aql bilan emas, balki hislari, qalbi bilan. Mavzu – bu ularning filmdan chiqarib oladigan emotsional tajribasidir. «Buni men yaxshi kо‘raman! Buni esa yomon kо‘raman!» – mana tomoshabin uchun mavzu va kontrmavzu. Aqllilar va intellektuallar murakkabroq bir narsa о‘ylab toparlar, ammo har birining yuragida mavzuning tig‘i iz qoldiradi. Dramaning butun kuchi mana shu tig‘da konkretlashtiriladi, agar qalbingiz qotib qolmagan bо‘lsa, jarohat izidan bilishning baxtiyorligi yoki azobi bilan shirin qon sizib chiqadi. Nega? Agar voqeaning mavzusi bо‘lsa, san’at bilan muloqotda bо‘lish tufayli hayot boyroq, bо‘yoqlar yorqinroq, tovushlar tо‘laqonliroq bо‘lib qoladi. Siz hissiyotlaringizni sarfladingiz va hissiy tajriba orttirdingiz.