282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » А. Митта » » онлайн чтение - страница 15


  • Текст добавлен: 30 апреля 2024, 03:20


Текущая страница: 15 (всего у книги 33 страниц)

Шрифт:
- 100% +
EKSPOZITSIYADAN JANNAT YOKI JAHANNAMGA

Agar siz oldingi yarim soat mobaynida qahramonlaringizni tindirmay sarson qilgan bо‘lsangiz, sizda uncha kо‘p bо‘lmagan taklif etilgan holatlarga erishish xavfi mavjud.

Agar siz mohirlik bilan harakatlar va mikrokuzatishlar о‘rtasidagi muvozanatni saqlagan bо‘lsangiz, sizda qahramonlaringizning olami haqida ancha-muncha belgilar paydo bо‘ladiki, ulardan tomoshabin tasavvurida qahramoningiz dunyosining kо‘lamli tasviri hosil bо‘ladi. Bu dunyoda tartib о‘rnatish lozim. Nima uchun? Tomoshabinlar о‘zlarini qahramonning vujudi va ruhida joylashtirishlari uchun. Bunday joylashtirish «hamdardlik» deb ataladi va biz uni allaqachon kо‘rib chiqqan edik.

Borliqning filmga munosabati – istioralidir. Bu degani shuki, filmda kо‘rsatilgan olam xuddi reallikka о‘xshaydi, ammo u reallikning siz alohida ma’no beradigan qismidir. Bu reallikning istiorasi – butunning obrazi sifatida kо‘rinuvchi qismidir. Olamning filmda kо‘rsatilgan burchagi qanchalik kichik bо‘lmasin, u gо‘yoki yopiq mikrokosmos tarzida mavjud bо‘ladi.

Bu sizning tasavvuringiz va irodangiz bilan jonlantirilgan alohida olam. Siz u yerda о‘z tartibingizni о‘rnatasiz va tomoshabinlarga о‘z shaxsiy qadriyatlaringiz haqida ma’lumot berasiz.

Film – bu sizning san’at olamingizdir.

San’at esa – sizni о‘rab turgan xaosdagi sizning shaxsiy tartibingiz hududidir. Tomoshabinlar tо‘lig‘icha bu olamga yо‘naltirilgan va maksimal energiya bilan unga jalb etilgan bо‘lishlari lozim. Bu narsa ularning va sizning manfaatlaringizga mos keladi.

Biz allaqachon tomoshabinlar energiyasining uch darajasi mavjudligini bilamiz:

1. Qiziquvchanlik.

2. Hamdardlik.

3. Saspens.

Hamdardlik yoki saspensga erishish bizning manfaatimizga mos keladi. Buning uchun tomoshabin personaj bilan bir dunyoda bо‘lishlari kerak. U qahramonning dunyoqarashidagi qadriyatlarini qabul qilishi, bu olamda nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligini tushunishi lozim.

Filmda kо‘rsatiladigan barcha taklif etilgan holatlarni qutblash foydalidir. Birov Yaxshilik markaziga birlashadi. Boshqalari – Yomonlik markaziga. Yaxshilik markazi – bu bizga yaqin, tushunarli, sevimli bо‘lgan narsalardir. Biz о‘z orzularimizni nimalar bilan bog‘lasak, о‘shalardir. Yomonlik markazi – filmingiz koinotining jahannamidir.

Hali qiziqish alangasi chaqnashidan oldin biz bu qadriyatlarni emotsional darajada о‘zlashtirishimiz lozim. Demak, ular reallikda aniq va ishonarli kо‘rsatilgan bо‘lishi kerak. Odatda, ular uchun obrazli yechim topilishi lozim. Chunki dramada g‘oya u uchun emotsional plastik obraz topilganida yaxshiroq о‘zlashtiriladi.

Chexov, odatda, birdaniga Yaxshilik markazining kо‘rinadigan va seziladigan aniq tasavvurini beradi. «Olchali bog‘»da olchazorning о‘zi – yaralangan qalbini davolash uchun qahramon intiladigan jannatdir. «Tug‘ilgan kun» hikoyasida kichikkina koinotning jannati hikoyaning ikkinchi jumlasidayoq e’lon qilingan.

«U (Olga Mixaylovna) bu fikrlar (bola haqidagi) unga katta xiyobondan chapdagi tor yо‘lakka burilganida kelishiga kо‘nikib qolgan edi: bu yerda, olxо‘ri va olchalarning quyuq soyasida qurigan shoxlar yelkalari va bо‘ynini tirnadi, о‘rgimchak tо‘rlari yuziga о‘tirdi, xayollarida bо‘lsa jinsi noma’lum bо‘lgan kichkinagina odamchaning noaniq chizgili obrazi gavdalandi, gо‘yo о‘rgimchak uyasi emas, balki о‘sha odamcha mehr bilan uning yuz va bо‘yinlarini qitiqlayotganday bо‘lib tuyildi: yо‘lakning oxiridagi siyrak chetan devor, uning orqasidan cherepitsa qopqoqli semiz asalari uyalari kо‘ringanida, harakatsiz, sokin havoda pichan va asal hidlari sezila boshlaganida hamda asalarilarning beozor g‘о‘ng‘ullashlari eshitila boshlaganida, kichkina odamcha Olga Mixaylovnaning xayollarini butunlay egallagan edi. U navdalardan tо‘qilgan chayla oldidagi skameykaga о‘tirdi va xayolga chо‘mdi». Jannat – uning bо‘lajak bolasi. Aynan u kulminatsiyada о‘ldiriladi. Ushbu kо‘rsatilgan jannatdan to qiziqishning lovullashigacha bamaylixotir о‘tiladigan yо‘l mavjud. Ammo mana shu 15-30 daqiqa sо‘lg‘in, hikoya energiyasidan mahrum bо‘lib qolmasligi uchun barcha taklif etiladigan holatlarni syujetga tortish foydalidir.

Dastlab biz syujet ichidagi qandaydir yordamchi syujetni, hatto bir maqsadga birlashtirilgan bir necha syujetni hikoya qilishimiz mumkin. Bu ichki syujetlar orqali biz о‘zimizning mikroolamimiz uchun yagona bо‘lgan Yaxshilik va Yomonlik markazlarini aniqlab olamiz.

«Tug‘ilgan kun»da Yomonlik markazi bir necha syujetlar natijasida sekin-astalik bilan paydo bо‘ladi, uni aniqlash uncha oson emas. Odatda Yomonlik markazi antagonistlar о‘rtasida joylashtiriladi. Bu raqib markazi, Yaxshilik markaziga nisbatan xavf-xatar markazidir. Dramada biz albatta antagonistga ega bо‘lishimiz lozim. Prozada bо‘lsa – umuman shart emas. Bolani о‘ldiradigan Yomonlik er-xotinning qalbida joylashgandir. Bu ular qalbining kichkinagina, befoyda, arzimas qismidir.

Dramatik voqeada kо‘pincha ichki konflikt asosiy bо‘lib hisoblanadi. Shunday bо‘lganda farishta, iblis kurash tushadigan qahramonning qalbi – dramatik kurash maydoniga aylanadi. Olga Mixaylovna qalbida rashkning tо‘polonchi, arazchi, manman iblisvachchalari farishtaga – bolaga qarshi bо‘ladi.

Biz hamisha Yaxshilik va Yomonlik markazlarini topishimiz va ularni kо‘rinadigan qilishimiz lozim. Bu narsa dunyo manzarasidagi barcha murakkabliklarni oydinlashtiradi, tomoshabin va xarakterni emotsional bir-biriga bog‘lashga yordam beradi. Tomoshabinlar hamisha Yaxshilik markazini о‘ziga о‘xshatadi.

YAXSHILIK VA YOMONLIK MARKAZLARI

Gollivudning keksa ustalari Yaxshilik va Yomonlik markazlari muammosini ajoyib tarzda hal qilganlar. Ular bilardilarki, film butun dunyo bо‘ylab kо‘rsatiladi. Xitoyda, Ugandada yoki Rossiyada 1929– yilgi Chikagodagi vaziyat haqida hech narsa bilmasliklari mumkin. Yaxshilik va Yomonlik markazlari bu olamning qadriyatlarini belgilaydi. Mana, «Jazda faqat qizlar» filmi boshlandi. Qandaydir kishilar dafn mashinasida tobut olib ketishayapti. Ularni orqasidan politsiya quvlayapti. Dafn mashinasi tezlikni oshiradi. Politsiya ham undan qolmayapti. Shunda marhumning mashinasidan о‘q otishadi. Politsiya ham unga javoban о‘q uzadi. Tobutda paydo bо‘lgan teshikdan spirtli ichimlik sharillab otilib chiqadi. Har qanday tomoshabin ham tushunib oladiki, Chikagoda 29-yilda politsiya spirtli ichimliklar bilan noqonuniy savdo qiluvchilarni ta’qib qilgan. Biz darhol bu olamning yomonligi qayerda ekanligin tushunamiz. Keyin bu jinoyatchilar о‘zlarining dushmanlari bо‘lmish raqobatlashuvchi banda bilan qonli hisob-kitob qiladilar. Yо‘l-yо‘lakay ular shо‘x, yoqimtoy ikki musiqachi bolani ham о‘ldirmoqchi bо‘ladilar. Ular qochadi, qutilish yо‘llarini axtaradi. Tabiiyki, biz ularga achinamiz, biz ular bilanmiz, ular – bizning Yaxshilik markazimizdir. Bu narsa kо‘rsatilishi hamon kо‘zlarni qamashtiruvchi Merilin Monro paydo bо‘ladi va film tezligini oshiradi. Yaxshilik va Yomonlik markazlari aniqlangan, voqeani hikoya qilish mumkin. Tomoshabin allaqachon bizning qо‘limizda.

Ba’zan Yaxshilik va Yomonlik markazlarini aniqlash uchun ancha kuch sarflashga tо‘g‘ri keladi. Ammo bu hamisha о‘zini oqlaydi. Sanoatda bu narsaga qizg‘anchiqlik qilinmaydi.

Afsonaviy, о‘lmas, butun dunyoda sevimli film «Kasablanka» hammadan, ayniqsa Amerikadan uzoqdagi notanish bir dunyoda, qandaydir xarob Kasablankada faoliyat qiluvchi personajlarni kо‘rsatadi. U о‘sha yerdan jannatga – Amerikaga tushish mumkin bо‘lgan nuqta sifatida da’vo qilingan. U jahannamdan keladigan yо‘l – fashistlar tomonidan ishg‘ol qilingan yerda joylashgan.

Biz filmdagi jannat va jahannam о‘rtasidagi kuchlar nisbatini mutlaqo aniq bilib olishimiz uchun uydirma, zukkolik va qiziqarli voqealarga tо‘liq bо‘lgan uch mavzu uchun о‘ttiz daqiqacha sarflangan. Ammo bularning barchasi – ssenariychi tomonidan tо‘laligicha о‘ylab topilgan narsalar. Hech qanday Kasablanka bо‘lmagan, Yevropani Amerika bilan tutashtiruvchi yagona yо‘l ham bо‘lmagan. Fashistlardan 360° dagi barcha taraflarga qochishgan. Kasablanka, bekor qilib bо‘lmaydigan viza – bularning barchasi drama tilining shartli elementlari. Biz ularni о‘zlashtirib olgach, benazir Ingrid Bergman paydo bо‘ladi va bosh mavzu – u va Xemfri Bogartlar mavzusi boshlandi.

«Chо‘qintirgan ota» filmida jinoyatchilar imperiyasi kо‘rsatilgan. Xuddi futbolda hamma oyog‘i bilan о‘ynagani singari, bu filmdagilarning boshidan oxirigacha hammasi jinoyatchi. Oila boshlig‘i don Korlione – bosh jinoyatchi, uning bolalari – jinoyatchilar, advokat – jinoyatchi, dо‘stlari – jinoyatchilar, politsiyachilar – jinoyatchilar, artist – jinoyatchilarning xizmatkori. Shunga qaramasdan film Yer sharining turli burchaklaridagi yuz millionlab tomoshabinlar tomonidan chin dildan sevib kо‘riladi. Nahotki biz hammamiz jinoyatchilarni shunchalik sevsak?

Hech ham unday emas. Bu film jinoyatchilar haqida emas, balki bolalar otasini va bir-birlarini sevadigan katta ideal oila haqidadir. Bunda har bir kishi boshqasiga yordamlashishga va boshqasini qutqazish uchun hamma narsani qilishga tayyordir. Bu film har qanday kishi uning a’zosi bо‘lishni orzu qiladigan oila haqidadir. U jamiyatning asosi bо‘lmish oila qadriyatlari haqidadir. Jinoyatchilik – istiora, san’at tili.

Bu filmning Yaxshilik markazi – oila. Yomonlik markazi – oilani buzmoqchi bо‘lgan barcha kishilar.

Bu narsalar kо‘rsatilganidan keyin Maykl Korleonening kurashi va farishtadan iblisga aylanishi voqeasi boshlanadi. Ammo hali bu narsalar kо‘rsatilar ekan, bizni uch mavzu ichidagi qatralar jalb etadi:

1. Oilaviy bayram.

2. Artistning Gollivuddagi kontrakti haqidagi kirish hikoyasi.

3. Oilalarning narkotiklar uchun urushi.

Ular bizning qiziqishimizni chaqnatishgacha olib boradi. Qiziqishlarning chaqnashi Yaxshilik va Yomonlik markazlari aniqlanganidan keyin qay tariqa ishlashi misollarini biz hayotimizda har kuni, stadionlarda ishqibozlar tо‘dasi quturganlarida yoki shahar bо‘ylab qо‘llaridagi bayroqlarini о‘ynatib, asablari taranglashgan politsiyachilar tomonidan kuzatib boriladigan namoyishchilarning yurishlarida kо‘ramiz. Ishqibozlar emotsional asabiylashgan. Ularning Yaxshilik markazi Yomonlik markaziga nisbatan dushmanlik ruhida yallig‘langan.

Futbol boshlanadi, birinchi sekunddanoq kim kim bilan kurashishi ma’lum. Anavi oq ishton va qizil maykalilar – farishtalar, bu mening yaxshi yigitlardan iborat komandam. Men ularga ishqibozlik qilaman. Anavi qora ishton va sariq maykadagilar – komandamning dushmanlari. Men ularni kо‘rishga kо‘zim yо‘q.

Kino – shartliliklari futboldan kam bо‘lmagan san’atdir.

Film boshlandi, maydonga bittasi – togada (qadimiy rimlik erkaklarlar kiyimida), boshqasi – pо‘stinda, uchinchisi – yalong‘och, ammo shlyapada, tо‘rtinchisi о‘t о‘chiruvchilar kaskasida chiqishdi. Qanchalar hayratga soluvchi, ekzotik kishilar! Ular kimlar, nimani istashadi? Ularning ichida yaxshisi qani-yu, yomoni qayerda? Filmning о‘rtalarida kim menga dо‘st-u, kim dushman ekanligini men qiyinchilik bilan aniqlayman. Shularni aniqlagandan keyingina men kayf ola boshlayman. Ammo filmning yarmi yonimdan о‘tib ketgan bо‘ladi.

Bizning rossiyaviy dunyomiz juda uzoq vaqt, uch avlod davomida, hammadan uzoqlashgan sovet mikrokosmosi bо‘lib keldi. Va biz о‘z filmlarimizda umuminsoniy aniqlik bilan Yaxshilik olami va Yomonlik olamini aniqlashga о‘rgatilmaganmiz. Bizga biz haqimizda bularsiz ham hamma narsa oydin.

Rossiya alternativasi sifatida Chuxrayning «Soldat haqida ballada»sini keltirish mumkin. Yomonlik markazi darhol yorqin, kо‘rinarli, emotsional va umuminsoniy jihatdan о‘ta aniq ifodalangan. Bu insoniylikka yot bо‘lgan urush va uning obrazi – har qanday kishiga nisbatan bir xilda dushmanlik kayfiyatida bо‘lgan bir uyum quturgan metall – tank. Yaxshilik markazi bо‘lsa – bir-birini nozik va iffatli sevuvchi ikki yosh. Asta-sekinlik bilan bu markaz kengayadi, о‘z ichiga yoshgina ofitserni ham, bir oyoqli nogironni ham, uning xotinini ham…, qisqasi, filmning asliyati bilan yoritilgan barcha kishilarni qamrab oladi. Yaxshilik qamrovi to u ufqlargacha bо‘lgan barcha yerlarni egallab olgunicha kengayaveradi. Oddiymi? Ammo bu oddiylik butun dunyoni zabt etdi.

Tomoshabin ekranga qarar ekan, uning ong osti doimiy ravishda soddagina bir tarzda personajlarni axtaradi va ularni turlarga ajratib boradi. Bu yerda kim yaxshi yigit? Kim yomon? Ular bu ishni yaxshi yigitga yondashish, bundan buyon u bilan birga borish, unga hamdardlik qilish uchun qiladilar. Bu о‘zini tenglashtirish deb ataluvchi tabiiy insoniy ehtiyojdir. Har qanday kishi о‘zini Yaxshilik bilan tenglashtiradi. Shu sababli, avval u Yaxshilik markazini his etishga, keyinchalik esa instenktiv ravishda Yomonlik markaziga qarshi turishga yordam beruvchi belgilarni axtaradi.

BIRGINA ODDIY HARAKAT

Hikoya darhol bosh xarakterlarning birgina oddiy harakatidan boshlanadigan bо‘lsa, u tomoshabinlar bilan hammadan kо‘ra yaxshiroq о‘zaro ta’sirda bо‘ladi. Keyinchalik birinchi qadam atrofida dramatik holatlar, syujet ichidagi syujetlar, mikrokuzatishlar kalavasi о‘rab borilaveradi… Biz yana bir qadam qо‘yamiz, yana bitta, yana bitta… Voqeaga qay tariqa tо‘lig‘icha kirib borganimizni, xarakterlar bizni qurshab olganini, butun diqqatimizni tо‘ldirganini sezmay ham qoldik.

«Revizor» klassik tarzda boshlanadi. Ochiqqan Xlestakov nimadir yemoqchi bо‘ladi, uni esa revizor sifatida qabul qilishadi.

Ranevskaya besh yil davomida kelmagan mulkiga keladi.

Romeo Julyettani kо‘radi va bir qarashdayoq sevib qoladi.

Gamlet otasining arvohi Gamlet qotillarni jazolashi kerakligini aytadi.

Otello Dezdimonaning rо‘molchasini topib oladi.

Hikoya boshida qilingan birgina oddiy harakat voqea g‘ildiragini dastlabki burilishini amalga oshiradi. Bundan keyin barcha g‘ildiraklar bir-birlari bilan о‘zaro ta’sirlashgan holda harakat qilishni boshlaydilar. Siz shu tariqa о‘zingizga berilgan bir yarim soat vaqtdan juda ajoyib tarzda foydalanasiz. Butun vaqt kulminatsiyaga tomon yо‘lda tomoshabinda hissiyot olovini yoqish uchun ketadi. Barcha о‘tinni siz bir gulxanga tashlaysiz. Va kulminatsiyada gulxanning alangasi osmonlargacha chiqadi.

Ekspozitsiyadagi birgina oddiy harakat tomoshabin yangi tafsilotlar haqida bilishni istaydigan va bu bilan personajlar hissiyoti doirasiga jalb etiladigan eng yorqin tuzilmani yaratishga yordam beradi.

Detektivlar jabrlanuvchining g‘alati tarzda о‘ldirilgan jasadini topishadi («Yetti»). Keyin yana bittasini va yana bittasini… Voqea chigallashib ketadi.

Odam yо‘ldagi tirbandlikka kirib qoladi. U avtomobilini tashlaydi va maqsad sari piyoda ketadi («Bas, yetar»).

Shaharchaga sherif bir necha yil avval haydab yuborgan banda qaytib keladi («Tush payti»).

QIZIQISHNING CHAQNASHI, UNING О‘ZI MAYL UYG‘OTUVCHI VOQEA

Film boshlanishidagi dastlabki 20-30 daqiqaning strategiyasi – bu syujetning qiziqishni chaqnashi tomon harakatidir. Filmdagi hamma narsa shu maqsadga tomon harakat qiladi. Xalqaro atamashunoslikda uni «insayting insident» deyishadi, g‘aliz sо‘zma-sо‘z tarjimada bu «tashabbuskorlikka undovchi holat» yoki «mayl uyg‘otuvchi hodisa» bо‘ladi. Bu narsa gо‘yoki qolgan vaqtning oxirigacha filmga bо‘lgan qiziqish rivojlanishining yо‘nalishini belgilaydi. Shuningdek, u tomoshabinda qiziqish, bu yog‘i nima bо‘lishi, qanday davom etishini muhokama qilish va bilish istagini uyg‘otadi. Personajlar bо‘lsa kutilmagan muammolarni hal qilish maqsadiga jalb qilinadi.

Ushbu voqeada barcha oldingi holatlar gо‘yoki birdaniga oyog‘i osmondan bо‘ladi va endi nima bо‘lishiga qiziqishning chaqnashi, alangalanishi sodir bо‘ladi. Bu alanga tufayli personajlar olami portlatildi. Odatdagi barcha kuchlar nisbati buzilgan va oyog‘i osmondan bо‘lgan. Shoshilmasdan jannatga tomon suzayotgan voqea birdaniga chirpirak bо‘lib, jahannam sari yumalab ketadi. Endi filmning oxirigacha personajlar bu yо‘qotilgan jannatni, buzilgan kuchlar muvozanatini qaytarishga harakat qilishadi.

Qiziqishning chaqnashi tomoshabinni maksimal tо‘laqonlilik bilan dramadagi personajlar olamiga jalb qiladi. U bizni personajlarga bо‘lgan yuzaki qiziqishimizni yengib о‘tishga, xarakterlar mohiyatiga chuqur razm solishga majbur qiladi: Qahramon qanday axloqiy-xulq-atvor tanlovni amalga oshiradi? Uning ruhiy quvvati qanchaga yetadi? Kurashda u nima qiladi, razillik va olijanoblikdan qay birini tanlaydi?

Konfliktning uch kо‘rinishli tuzilmasida qiziqishning chaqnashi harakat birinchi kо‘rinishdan ikkinchisi tomon burilganligini bildiradi. Odatda, qiziqishning chaqnashi – bu uch kо‘rinishli konfliktning birinchi kо‘rinishidagi burilish nuqtasi yoki ikkinchi kо‘rinish boshidagi burilishdir.

Mayl uyg‘otuvchi hodisa film boshlanmagunicha sodir bо‘lishi mumkin emas. U shu yerda va ayni shu paytda tug‘ilishi kerak, qiziqish bizning kо‘z о‘ngimizda chaqnaydi, chunki bu narsa tomoshabinni konfliktga maksimal darajada aralashuvini kafolatlaydi. Bungacha film qahramonlarining munosabatlari boy tarixga ega bо‘lishi mumkin. Film boshlangunga qadar boshlang‘ich voqea bо‘lib о‘tgan bо‘lishi lozim. Ammo u qiziqishning chaqnashi о‘rnini bosa olmaydi.

Qiziqishning chaqnashi yoki mayl uyg‘otuvchi hodisa hikoyaga tashqaridan kelishi mumkin emas. Kim ekanligi noma’lum bо‘lgan kimdir eshikni ochib, oddiygina: «О‘zingizni qutqaring» , – deyishi mumkin emas.

Mayl о‘yg‘otuvchi voqea kо‘zga kо‘rinadigan taklif etilgan holatlarda tug‘iladi. Tomoshabin bizga ishonishi uchun biz uni kо‘rsatishimiz kerak. Mayl о‘yg‘otuvchi voqea masalani qо‘yadi, u butun film bо‘ylab о‘tib, zaruriy sahnagacha yetib keladi. U xarakterlarni о‘z muammolarini yechishga majbur qiladi. Biz ularga ishonishimiz kerak. Biz qahramonlarga hamdard bо‘lishimiz lozim. Endi ular uchun eng asosiy sо‘z: «Tavakkal va xavf-xatar». Bizning ularga rahmimiz keladi, biz ularning terisiga kiramiz, ular bu muammolarni qay tariqa hal qilishi biz uchun juda ham qiziq bо‘ladi.

Shuning uchun ham biz bu mayl uyg‘otuvchi voqeani qiziqishlarning chaqnashi (alangalanishi) deb ataymiz. Shuningdek, haqiqatan ham bu shunchalik qiziqarli ekanligini nazorat qilish uchun ham shunday ataymiz. Agar uncha qiziq bо‘lmasa, undan yaxshiroq nimadir о‘ylab toping. Filmning taqdiri aynan shu joyda hal etiladi.

Film qanchalik yuzaki bо‘lsa, mayl uyg‘otuvchi voqea shunchalik tez vujudga keladi. Bu tabiiy hol – chunki elementar munosabatlarning oyog‘i osmondan keladi. Bandit va politsiyachi, iblis va farishta tо‘qnashishdi, bu yerda hammasi tushunarli. Elementar munosabatlar tо‘nkarilib tushadi: dо‘st edilar, dushmanga aylanishdi. Butun qiziqish qahramonning qanaqa raxnalardan о‘tishi, qanaqa tо‘siqlarni yengishiga va mavzuning kontrmavzu ustidan qanday g‘alaba qilishiga qaratilgandir.

«Vaqtga qarshi» – oddiy amerika filmi. Jonni Depp – yosh aktyor, yulduz, kamtarin soliq inspektorini о‘ynaydi. Inspektor qizchasi bilan uyga borayapti. Kutilmaganda qizchasini jinoyatchilar о‘g‘irlashadi. Ular, agar Jonni ular kо‘rsatgan odamni о‘ldirmaydigan bо‘lsa, qizchasini о‘ldirish bilan qо‘rqitishadi.

Bu yerda xarakterlash darajasida hamma narsa tushunarli. Ota, tabiiyki, bolasini yaxshi kо‘radi, shuning uchun ham banditlar qо‘lida u nimani buyurishsa, shuni qiladi. Agar ular bilan kurashga tushsachi? Bizning qiziqishimiz chaqnaydi va u orta boshlaydi.

Ammo filmning bir butun konstruksiyasidagi qiyinchilik xuddi uzum shingili misol oddiy va tushunarli syujetlardan yig‘ilib borishi mumkin. Unda har bir syujet qahramonga о‘z raxnasini, о‘z tо‘sig‘ini taklif qiladi, ularni oldindan belgilab qо‘yilgan mayl uyg‘otuvchi voqea birlashtiradi.

Masalan, klassik vestern bо‘lmish «Tush payti»da shunday bо‘ladi. U hali bizning bolalik choqlarimizdayoq klassika edi, hozir ham shunday bо‘lib qolmoqda. Sherif ertaga shaharni tark etadi. Bugun u uylanadi. Ammo shaharga uning ancha paytdan beri dushmani bо‘lgan banda qaytib keladi va sherifni о‘ldirishlarini e’lon qiladi.

Hamma sherifga: «Darhol jо‘nab ket!» – deydi. Uning xizmat muddati ertaga tugaydi. Ammo u qoladi, chunki shaharliklar uni banditlar bilan kurashida qо‘llashlariga ishonadi. Aslida qanday bо‘ladi? Biz nafasimizni ichimizga yutgancha, kutamiz.

Mayl uyg‘otuvchi voqeani biz anchagina aniq belgilaymiz. Qahramonning hayoti birdaniga oyog‘i osmondan bо‘ladi. Muvozanat pallasi buziladi. Qahramon dramatik holatga jalb etilgan, amalda undan chiqib ketish imkoni yо‘q.

– Qanaqa pul? Bu mumkin emas! Bechora sovuqdan о‘ladiganga о‘xshaydi. Yoki nimadir о‘ylab topadi.

Mak Merfi telbaxonada doimiy qolishi kerakligini bildi. U nima о‘ylab topadi?

Qizi о‘g‘irlangan buxgalter, agar gubernatorni о‘ldirsa, qizini qaytarishi mumkin. U о‘zini qanday tutadi?

Otasining arvohi Gamletga: «Meni о‘ldirishdi. Qotil amaking. Men uchun о‘ch ol», – deydi. Bunga javoban Gamlet nima qiladi?

Omadi chopgan xirurg («Qochish». Garrison Ford) о‘z xotinini о‘ldirishda ayblangan va о‘limga hukm qilingan. Turmaga borish yо‘lida u qochadi. U haqiqiy qotillarni fosh qila oladimi?

Bu savollarning barchasini bizga film boshida berishadi. Eng boshida bо‘lmasa, aytaylik, 10-20 daqiqa, ba’zan yarim soat keyin. Bu vaqt ichida biz qahramonlar bilan ularga ishonish va ularning harakati motivlarini tushunish darajasida tanishamiz. Qiziqishning chaqnashi bizning idrokimizni о‘tkirlashtiradi va saspensni vujudga keltiradi.

Personaj harakatlari bilan javob qaytarishi kerak. Akakiy Akakiyevich qanday qilib о‘ziga yangi shinel tikadi? Sherif qanday qilib banditni о‘ldiradi? Ota qanday qilib qizini qutqaradi? Harakatdan bо‘yin tovlash – bu ham harakat, bu narsa bizda energiya tug‘diradi.

Lopaxin Ranevskayaga qutqarish rejasini bayon qiladi, bu amalda olchazorni о‘ldirish rejasi edi va Ranevskaya «Yо‘q! Yо‘q! Yо‘q!» – deydi. Qiz hali unga kambag‘allikda о‘lish xavf solayotganligini tushunmadi shekilli. Endi nima bо‘ladi?

Nafsilambirini aytganda, yaponlar bekorga Chexovning bunchalik ishqibozlari emaslar. Samuray filmlaridagi harakatdan bosh tortish – kuchli energiya zaryadi manbayidir. Samurayga: «Bunday qil» deyishadi. U esa jimgina burilib ketadi. Biz taranglashdik. Uning guruch solingan kosasiga tuflaydilar. U javob qaytarmaydi. Uni iflos kо‘lmakka otishadi va ustida raqsga tushishadi. U javob qaytarmaydi. Uni molxonaga tashlashadi, ustiga siyishadi. U buni ham bilmaganga oladi, bizni esa toqatsizlikdan qaltiroq bosdi:

«Bir narsa qilsangchi! Unga javob ber!» Shunda «ular»: «Balki bu samuray emasdir?» – deyishadi. Samuray sakrab turadi – shaq! shaq! shaq! – barcha yaramaslarni uzun qilichi bilan yirik bо‘laklarga bо‘lib tashlaydi. Bir soniya – va iflos kо‘lmakda besh kesilgan kallaning kо‘zlari ochilib-yumilib turibdi. Agar maqsad qо‘yilgan bо‘lsa, kechikish faqat bizning qiziqishimizni taranglashtiradi xolos.

Mayl uyg‘otuvchi voqea qahramonning oldiga u erishishi kerak bо‘lgan maqsadni qо‘yadi, qandaydir harakat qilishi kerakligini uqtiradi.

Qahramon nimagadir erishishni istaydi. Voqeaning har bir soniyasida u umumiy vazifaning qaysi qismi uni maqsadga eltishini biladi. U narsa о‘zgarishi mumkin. Ammo hamisha ongli reja qoladi. Qahramon uchun maqsad ma’lum bir vaqt mobaynida yо‘qotilishi mumkin emas.

Albatta, bu hol tushunilmagan istakni istisno qilmaydi. Bular haqida tomoshabin fahmlab turadi. Ular harakatning turli onlarida paydo bо‘ladi yoki qandaydir sirlarni oshkor qiladi. Intilishlar hayotning turli bosqichlarida bо‘lishi mumkin. Ammo ongning ustun turuvchi darajasi bо‘lishi shart.

«Kakku»da Mak Merfi jinnixonaga aniq – hech qanaqa konfliktlarga aralashmaslik – maqsadi bilan keladi. U to hamshira kasallarga beysbol bо‘yicha supermatchni kо‘rishni taqiqlab qо‘ygunigacha shunday maqsad bilan yashaydi. Mak Merfi beixtiyor javob qaytaradi. Ammo mayl uyg‘otuvchi voqea vujudga keladi – konflikt paydo bо‘ladi, bizning qiziqishimiz chaqnaydi. Bundan buyon Mak Merfi nimaiki qiladigan bо‘lsa, bu uning ongli qarori natijasi bо‘ladi. U о‘z choyiga tuflatib qо‘yadiganlardan emas.

Yaxshi filmda bitta emas, balki 4, 5, 6 nuqta bо‘ladiki, unda bizning qiziqishlarimiz yangi va yangi kuch bilan chaqnaydi.

Bu chaqnashlarning qaysi biri mayl uyg‘otuvchi voqea bо‘ladi?

Birinchisi, raqiblarning kulminatsiyada hal qiluvchi olishuvini kutishga majbur etuvchisi. Qiziqishning chaqnashidan to zaruriy sahnagacha butun film bо‘ylab ip tortiladi.

«Romeo va Julyetta»da biz hech bir qiyinchiliksiz uch qiziqishning chaqnashini sanaymiz. Birinchisi, о‘ylaymanki, Romeo bog‘da Julyettaning iqrorini eshitganida va balkonga uning oldiga chiqqanida.

Televizion seriallarda odatda eski amerika filmlaridagi atamalardan foydalanishadi. «Qahramon qoyada osilib qoldi», deyishadi. Ya’ni uning tagida raxna bor.

– Voy, endi nima bо‘ladi! Nima bо‘ladi!

Romeo va Julyetta ham ayni shu holatda. Ular sevishganlar, oilalari bо‘lsa ularga qarshi.

– Voy, endi nima bо‘ladi! Nima bо‘ladi!

Yoshlar butunlay jannatdalar. Ammo tez orada Julyettaning akasi Tibald Romeoning dо‘sti Merkutsioni о‘ldiradi. Romeo bо‘lsa bunga javoban Tibaldni о‘ldiradi. Romeoni shahardan quvg‘in qiladiar. Agar u qaytib kelsa, uni о‘ldiradilar.

– Voy, endi nima bо‘ladi! Nima bо‘ladi!

Julyetta qoyada osilib qoldi. Balki Julyetta yashirincha eriga, Romeoga qochib ketar. Ammo unga otasi allaqachon e’lon qilingan kuyov graf Paris bilan tezda tо‘y bо‘lishini e’lon qiladi. Mana endi u haqiqatan ham osilib qoladi.

– Vo, endi nima bо‘ladi! Nima bо‘ladi!

Agar «Romeo va Julyetta»dan teleserial qilinsa (bu drama – miniserial dramaturgiyasining etalonidir), har bir seriyaning oxirida qiziqishning chaqnashi bо‘lgan bunday tuzilma idealdir.

Buning ustiga, bu narsa yagona dramatik harakat doirasida ham ishlaydi. Biz drama energiyasining uzluksiz rivojlanishidan manfaatdormiz. Shu tufaylidan biz bosh konflikt rivojlanishi tomon bizning qiziqishimizni uyg‘otadigan birinchi voqeani mayl uyg‘otadigan voqea sifatida belgilaymiz.

Undan keyin esa dramatik harakatning butun rivojini dramaning murakkabliklar progressiyasi sifatida aniqlaymiz.

Murakkabliklar progressiyasi – besh bosqichli drama strategiyasining ikkinchi etapidir. Bu energiyaning rivojlanishi va drama voqealariga qiziqishimizning kuchayishi jarayonidir.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 | Следующая
  • 5 Оценок: 1


Популярные книги за неделю


Рекомендации