Читать книгу "Кинода режиссура ва драматургия"
TEXNIKAVIY VA IJODIY REPETITSIYALAR
Texnikaviy repetitsiyalar hamisha zarur. Bularsiz siz tasvirga olishga tusha olmaysiz ham.
Ijodiy repetitsiya ham hamisha ishning sifatini yaxshilashi mumkin. Ammo bir holatda u uncha muhim bо‘lmaydi, boshqasida juda kuchli yordam beradi. Agar sahna holatlar bо‘yicha yozilgan bо‘lsa, uni «buni oddiy va о‘ylamasdan qil» tamoyiliga kо‘ra о‘ynash mumkin. Kо‘pincha, qancha sodda va tо‘g‘ri chiziqli bо‘lsa, shuncha yaxshiroq chiqadi. Holatlar bо‘yicha degani – bu xarakterlar ma’lum bir holat ichida harakat qiladi, holat о‘zgarmaydigan obrazga ega, u – jonlantirilgan kartinka (tasvir)ga о‘xshaydi, deganidir. Voqealarning mohiyati о‘zgarishsiz kadrlarni taqqoslash bilan aniqlanadi. Masalan: bir kadr – men yugurayapman. Bor kuchim bilan orqaga qarab-qarab va egilib, oddiygina yugurayapman. Boshqa kadr: bir odam qо‘lidagi tо‘pponchasini silkitganicha yugurayapti, ba’zan u qayergadir kadrning old tomoniga qarab о‘q otadi.
Biz ikki kadrni yopishtiramiz – «Men ortimdan quvib kelayotgan qotildan qochib borayapman», – degan jumla kelib chiqadi. Bunday sahnaning mazmuni ikki kadrning tutashgan joyida, ularni solishtirishdan paydo bо‘ladi.
Bunda nimaniyam repetitsiya qilasan? Tasvirga olish nuqtasini topding, aktyorlarga qaysi tomonga yugurishni kо‘rsatding, endi ishga kirish. Oddiymi? Ammo mana shu uslub bilan Eyzenshteynning barcha daho filmlari qilingan. Aynan u mana shu montaj uslubini taklif qilgan. Har bir kadr о‘zgarmaydi, ammo film harakatchan. Harakatlar dinamikasi montaj paytida о‘zgarishsiz kadrlarni solishtirishdan paydo bо‘ladi. Film kartinadan kartinaga о‘zgarishsiz obrazlarni taqqoslash bilan hikoya qilinadi va aql bovar qilmaydigan harakat energiyasini aylantirishi mumkin. Bu uslubdan foydalanib rejissor, adabiy ssenariyni olib, uni komiksga aylantiradi: hamma harakatni 300 ga yaqin kadrga ajratadi va bu kadrlar ssenariyning о‘zgarishsiz obrazlarini taqqoslash bilan voqeani hikoya qilib beradi. Faqat hamma kadrlar mantiqiy izchillikda joylashtirilishiga e’tibor qilish kerak. Kadrlar yordamidagi hikoya – bu aynan filmdir. Voqeani sо‘zlar vositasida bayon qilish kerak emas – bu hamisha yomon bо‘ladi.
Teatrdagi hikoya boshqacha kо‘rinadi. Aktyorlar sahnaga chiqqanlarida tomoshabinlar nol zaryadli holatda bо‘ladilar. Tomoshabinlar kо‘z о‘ngida aktyorlar tomoshabinni hayajonga solib va ularning emotsiyalarini personajlar dramasiga qо‘shib, holatni maksimal darajagcha aylantirib boradilar.
Bunday sahnani batafsil ijodiy repetitsiyasiz qilish mumkin emas. Erkakni ishdan bо‘shatishdi. Boshqa ish yо‘q. U barcha muvaffaqiyatsizliklar bilan g‘alayonga keltirilgan. Buning ustiga xotini qandaydir mayda-chuydalar uchun uni adolatsiz va g‘azab bilan urishadi. Qahramon miltiqni oladi va –bax! bax! – xotinini о‘ldiradi. Bu holatiy qaror – oddiy raskadrovka, tez repetitsiya. Bir soat ichida hammasi tasvirga olinadi. Bu sahnaning boshqa varianti. Erkak uyiga muzday tinch holatida keladi. U baxtsizliklar bilan kurashish uchun isinib olish, oiladan kuch olish uchun kelgan! Ammo xonalarda axlatlar sochilib yotibdi, tushlik yо‘q. Xotini aldayapti, hozir aniq qayerdandir kelgan, undan konyak va tamaki hidi kelayotir. Bolalar qо‘pollik qilishayapti, ularga otaning keragi yо‘q. Hatto it ham erkalanmasdan, qopadi. Buning ustiga tish pastasi tyubiki! Siqib tashlangan!! Boshqa tomonidan!!! Erkak miltiqni oladi va xotinini о‘ldiradi. Bu vaziyatning noldan maksimumgacha rivoji. U repetitsiyani talab qiladi, ammo buning evaziga tomoshabinni xarakterlar yorqin va bashorat qilib bо‘lmaydigan holda harakat qiluvchi voqeaga jalb qilish bilan mukofotlaydi. Filmda bunday sahnalar ham kam bо‘lmaydi. Ularda katta energetik potensial yashiringandir. Agar sahnada konflikt rivojini payqash mumkin bо‘lsa, biz hamisha uni aylantirib, emotsiyasini ijodiy repetitsiya yordamida kuchaytiramiz.
Texnikaviy repetitsiyada siz konservalangan mahsulotdan foydalanasiz: bankadan bundan bir yil oldin pishirilgan nimanidir olasiz va tezgina aralashtirasiz. Matn allaqachon yozilgan, chiroq yoqilgan, aktyorlarni montaj bо‘lakchalariga tо‘g‘rashgina qolgan, shuni qilsangiz, ovqat tayyor.
Ijodiy repetitsiyada siz qandaydir jonli narsani: shu yerda ekilgan va о‘stirilgan vitaminli mahsulotni olasiz. Bu ovqatning hazm bо‘lishi mutlaqo boshqacha bо‘ladi. Aktyor matnni ifoda etuvchi odamsimon mexanizmdan jonli, о‘ylaydigan mavjudod– xarakterga aylanadi.
Bu umumiy gaplar. Repetitsiya qanday aniq mahsulotga olib kelishini, nima uchun usiz yomon, u bilan esa yaxshi ekanini tushunish kerak.
Repetitsiya qо‘shimcha energiyani, jonli yalang‘och asabning eng nozik va yuqori darajada tashkil etilgan jonli, ayni daqiqadagi javobini ishlab chiqadi. Bu esa har bir film uchun kerak bо‘lgan narsadir. Repetitsiya stereotip klishilangan holatni oldindan bashorat qilib bо‘lmaydigan rivojlanishga ega bо‘lgan jonli hayotga aylantiradi. Ssenariyda qо‘pol konstruktiv momentlar yozilgan. Ammo ssenariy ikki yildan keyin betakror aktyorlar bilan tо‘qnashishi tufayli shu yerda va ayni shu paytda tug‘ilishi mumkin bо‘lgan hamma narsalarni ifodalab bera olmaydi. Ssenariyada yashirinib yotgan barcha farazlarga biz mashg‘ulotlar paytida yorqin javob topamiz, qilingan barcha ishoralarni rivojlantiramiz. Yо‘l ichki ishora energiyasi orqali о‘tadi. Uni repetitsiya tug‘diradi.
ICHKI ISHORA
Ichki ishora bilan ishlash uslubini Stanislavskiy taklif qilgan. U shunday degan: ulardan tomoshabin sizning hissiyotlaringiz haqida taxmin qiladigan harakatlarni toping. О‘zingizni ichki harakatlar bilan zaryadlang. Harakatlarning «о‘zlari kerakli emotsiyalarni qо‘zg‘aydi».
Bir safar yosh talaba qiz Stanislavskiydan uyalinqirab, yoshlarni hamma narsadan kо‘ra kо‘proq qiziqtiradigan narsa haqida sо‘radi:
– Konstantin Sergeevich, sizning uslubingiz bilan sevgini qanday о‘ynash kerak?
– Ichki ishora bilan. Siz о‘z sevgi obyektngizga qaraysiz. Ammo tasavvuringizda yana bir qadam qо‘yasiz: unga yaqinlashdingiz. Qо‘lidan ushladingiz… quchoqladingiz… о‘pdingiz. Bu ichki ishoralar sizni sevgi energiyasi bilan tо‘ldiradi. Siz haqiqatda unga yaqinlashdingiz, u bilan raqsga tushayapsiz. Ammo tasavvuringizda siz oldinga ketasiz, keyingi qadamni qо‘yasiz. Siz uni quchoqlaysiz, о‘pasiz. U sizni о‘ziga bо‘ysundirayapti… Siz osmonlarda uchyapsiz. Bularning hammasi ichki ishoralar zanjiridir. Ular sizni energiya bilan tо‘ldiradi. Agar siz har safar tasavvuringizda harakatning keyingi qadamni о‘ynaydigan bо‘lsangiz, bu energiya juda samarali ishlaydi.
– Bu maslahat о‘zining soddaligi bilan daholarga xosdir. Qiz о‘zining butun karerasidagi barcha spektakllardagi sevgi sahnasini qanday о‘ynash kerakligi haqidagi savolga javob oldi.
Aslida bu maslahat yanada universalroq. Ichki ishoradan foydalanib, siz har qanday dramatik holatdagi har qanday rolni qо‘shimcha energiya bilan tо‘ldirishingiz mumkin. Ammo bu mahsulot ssenariyda konservatsiya qilinmaydi. U shu yerda va ayni shu paytning о‘zida kechiktirmasdan о‘z shaxsiy repetitsiya olovingizda tayyorlanishni talab qiladi.
Ichki ishoradagi haqiqiy muammo aynan uning hammaning qо‘lidan kelishidadir. Sizning har qanday narsani taklif qila olishingizdadir. Ularning ichida qay biri eng yaxshisi bо‘ladi? Bu endi muammoning yechimidir: ular ichidan sizga sahnadagi aniq harakat uchun maksimal ichki energiya bera oladigani. Siz repetitsiya qilasiz va ikki vazifadan kelib chiqqan holda eng yaxshi ichki ishorani topasiz:
1. Aktyor ichki ishoradan о‘zining ayni shu paytdagi holati bilan kurashish, о‘zi kirgan mikroiqlim bilan kurashish uchun foydalanadi.
2. Ichki ishora sizni bundan keyin bevosita qо‘yiladigan ikkinchi qadamga yetaklaydi. U sizning keyingi qadamingizni tayyorlaydi.
Bu ikki vazifa bir vaqtning о‘zida va birgalikda ta’sir qiladi. Siz uxlaysiz va uyg‘onasiz. Uyqu sizga: yana ozgina mizg‘ib ol, – deydi. Hayot: tur, ishga bor, – deb talab qiladi. Sizning о‘yiningiz – sizni tо‘liq egallab olgan holat bilan kurashishdir. Sizning ichki ishorangiz: «dushga tushish kerak», ya’ni keyingi qadamni qо‘yish. Xohishingiz yо‘q, ammo qilish kerak. Hech bо‘lmaganda yana bir pasgina tо‘shakda ag‘nab yotish qanchalar shirin. Ammo budilnik jaranglamoqda. Turish kerak, turish kerak, turish kerak… Bu konfliktli kurash sahnasidir. Siz о‘zingizni о‘rab olgan mikroiqlimdan yulqinib chiqasiz.
Nonushta qilayapsiz. Sizning holatingiz: qanday ajoyib qahva, qanchalar shirin bulochka! Uni botirib, yalab о‘tirsang. Ammo kallangizda keyingi qadamning ichki ishorasi: bu ishora sahnaga, uning energiyasiga sur’at bag‘ishlaydi. «Avtobusga yugurish kerak». Siz labingizni kuydirib, shosha-pisha qahvangizni yutgancha, ertlabki kayf holati bilan kurashasiz hamda keyingi harakatingizni rejalashtirasiz: bu konfliktli sahna. О‘ynasa bо‘ladigan narsa.
Siz deyarli ishdasiz… Lift sizni ish stolingizga yaqinlashtirayapti. Nafas olishni tinchlantirishingiz va tezda о‘zingizni tartibga tushirishingiz kerak. Boshliqqa nima deysiz? Yana xolangiz kasal bо‘ldimi? Siz shosha-pisha yugurib kelgan kishiga о‘xshamasligingiz kerak. Siz о‘z holatingiz bilan kurashayapsiz va keyingi qadamingizni repetitsiya qilayapsiz.
Ichki ishora har qanday – musbat yoki manfiy – energiyani tug‘dira oladi. Plus energiyani va minus energiyani.
Bolalikda men uxlay olmagandim. Buvim:
Yot va qо‘zichoqlarni sana. Bitta qо‘zichoq kelayapti, ikkinchi qо‘zichoq kelayapti, uchinchi qо‘zichoq… Qо‘zichoqlar mening gangigan boshimni tо‘ldirishdi va yashab о‘tgan kunning barcha alg‘ovdalg‘ovlarini u yerdan chiqarib tashlashdi.
Ichki ishora menga giperfaollik holati bilan kurashishga yordam berdi. Men keyingi qadamni repetitsiya qildim va uxlab qoldim.
Biz har kuni ertalabdan kechgacha mana shunday yashaymiz. Butun umrimiz bо‘yi.
Ishlash kerakmi? Dangasalik holati bilan kurashamiz va keyingi qadamimizni rejalashtiramiz. Yaxshi kо‘rinish kerakmi? Biz о‘z muammolarimiz bilan kurashamiz, ularni qaysidir bir burchakka siqib chiqaramiz va yuzimizga tabassum niqobini kiyamiz: «Menda hammasi о‘key!»
Ifodali aktyorlik о‘yinining tuzilmasi – hindcha kо‘zboylagichlik emas, balki oddiy, hammaga tanish bо‘lgan hayotiy muammodir: sharoit bilan kurashish va keyingi qadamni rejalashtirish kerak. Drama hayotni sharhlaydi. Tabiiyki, sizning ijodingizda fantaziya har bir ishorani yorqin tо‘qimalar bilan yoritadi.
Ichki ishora bilan ishlash tez va arzon bо‘ladi. Siz aktrisaga: Sen yanchib tashlangansan, sening ustingda askarlar polki yurib о‘tmoqda», – deyishingiz mumkin. Ammo sizning prodyuseringiz polk uchun bir tiyin ham sarflamaydi.
Siz aktyorga: «Sen uni tasavvuringda xuddi porno-komekslar personaji kabi sev», – deysiz. Va hech bir aktrisa sizni jinsiy shilqimlikda ayblab sudga bermaydi.
Ichki ishora – tabletkadagi Stanislavskiy, tez eriydigan Stanislavskiy. U darhol va bо‘yin tovlamasdan ta’sir qiladi. Shuning uchun ham u butun dunyoda shunchalar ommalashgan. Nega ba’zi rejissorlar undan foydalanishmaydi? Bu bizning kasbimizdagi topishmoqlardan biri. Balki yosh rejissorlar о‘ynaladigan kinoga reklama va kliplardan kelishar. Ular kadrni yaxshi his qilishadi, montajni tushunishadi. Ammo ularning aktyorlar bilan ishlash tajribasi kam. Balki shuning uchun ham ularni amalda yо‘q joydagi muammolar qо‘rqitadi.
Repetitsiyaning ma’nosi rejissor va aktyorning koopiratsiyasidadir (birgalikda ishlashidadir). Ichki ishora esa sizlarning intilishlaringizni yaxshi birlashtiradi. Sizning kallangizda, albatta, oldindan о‘ylab qо‘yilgan harakatlar bor. Ammo siz uni aktyorga aytishga shoshilmang. U xarakterni о‘zi tushunishidan kelib chiqib, sizga harakatlar tanlovini taklif qilsin. Ularni repetitsiyada tekshirib kо‘rish mumkin, buning uchun hech qanday tushuntirishlar ham kerak bо‘lmaydi. Kо‘rsat – men tanlab olaman… endi sen men aytganni qilib kо‘r… Keyin g‘oyalarimizni birlashtiramiz.
REPETITSIYA VA MATN BILAN ISHLASH
Filmda odatda har bir sahnadagi harakatning maqsadi sahnadan tashqarida qoladi. Qahramon, tо‘siqlarni yengib о‘tib, qayergadir intiladi. U yerda ma’lum bо‘ladiki, eng muhim narsa yanada narida, keyingi sahnada ekan. Shu tariqa, to kulminatsiyagacha, tomoshabin qahramon bilan birga sahnama-sahna voqeaga jalb qilib boriladi.
Har bir kadrni repetitsiya qilar ekanmiz, biz buni esda saqlashimiz kerak. Asosiy narsa keyingi kadrda sodir bо‘ladi. Qahramon shu haqida о‘ylaydi va shunga intiladi. Agar shunday bо‘lmasa, voqea birdaniga tо‘xtaydi, tomoshabinning qiziqishi sо‘nadi.
Kichik, qip-qizil kо‘zli, tuklarga burkangan bahaybat maymun uni dо‘pposlayatganda bokschi nimaga intiladi? Qahramonimiz deyarli yanchib tashlangan, ammo u raqibining harakatlarini qaytarayapti va о‘z holati bilan kurashayapti:
– Men yiqilmayman. Hozir men kuch tо‘playman… – Uning diqqati raqibi bilan tо‘liq. Ayni shu paytda u keyingi qadamni tayyorlayapti: – Hozir men uning basharasiga tushiraman!
Asosiysi kadrdan tashqarida bо‘ladi. Aktyor ham har bir sahnada xuddi shunday ishlaydi. Uning diqqati partnyorida erib ketgan. Uning ortidan kuzatib boradi va unga javob tayyorlaydi. Ammo raqib ham kuzatadi… Bu qarashlar chirmashinuvini biz repetitsiyada ishlab chiqamiz. Ssenariyda u deyarli yо‘q. Film esa kо‘z qarashlari urushidir. Harakatlar urishi paytidagi qarashlar urishi. Kо‘z qarashlari bilan beriladigan zarbalarisiz hamma narsa yarim kuchida ishlaydi.
Nafaqat kinoda, balki hayotda ham siz hamisha mag‘lubiyat bilan kurashasiz va g‘alaba uchun keyingi qadamni tayyorlaysiz. Faqat hayotda bu vaqt jihatidan chо‘zilgan, alohida voqealarga ajratilgan, kundalik ikir-chikirlar bilan qorishgan holda bо‘ladi. Drama bо‘lsa bu daqiqalarni siqadi.
Xichkok bu haqida oddiygina qilib: «Film – bu zerikish elementlaridan ozod qilingan hayot», – degan. Bu oddiy harakatlar filmlariga ham, ruhiyati nozik tashkil etilgan murakkab xarakterlar dramasiga ham taalluqli. «Vanya tog‘a»da doktor Astrov Yelena Andreyeva oldida о‘rmonlarni himoya qilish bо‘yicha qizg‘in ma’ruza qiladi. Ammo asosiy narsa – bu ma’ruzadan tashqarida. Aslida u о‘z sevgilisini quchoqlash va о‘pishni istaydi. Keyingi qadamni tayyorlamoqda va shoshilmayapti… Auditoriya xarakter о‘zining haqiqiy istagi bilan kurashayotganligini fahmlab qolsa, u hamdardlik qiladi va sahnaga jalb qilinadi:
– Qani! Qani… bu narsani qila qolsangchi!
Ichki ishoraning bu harakati gо‘yoki matn orqali, ammo undan ayri boradi. Ammo matn bu bilan о‘z ahamiyatini yо‘qotmaydi. U sahna energetikasining bir qismiga aylanadi.
Esingizda bо‘lsa, film energiyasining 16%i matn orqali, qolgan 84%i kо‘rinadigan harakatlar orqali yetkaziladi. Biz matn bilan uning tagma’nosidan foydalangan holda ishlaymiz. U esa ichki ishorada ifodalanadi. Bu esa repetitsiyaning ishidir.
Matn – bu biz eshitadigan narsalar, sо‘zlardir. Tagma’no – bu qahramon aslida nimani xohlayotganidir. U ba’zan matnga qarshi, unga tо‘siq bо‘ladi. Bu ichki ishoralardir.
Moskvada bu narsalar tamoyildagiday tuyuladi. Ammo Yaponiyadagi tasvirga olish paytida men qahramonga:
– Siz о‘zingizning qanchalik baxtiyor ekanligingiz haqidagi sо‘zlaringizni gapirasiz, ammo bu paytda sizga yashash uchun juda kam qolganligi haqida о‘ylaysiz, – dedim. Prodyuser mening tushuntirishlarimni shubha bilan tinglab turdi va muloyimlik bilan sо‘radi:
– Men tushunmadim, nega qahramon bir sо‘zni aytishi, boshqa narsani о‘ylashi kerak?
– Bu tabiiy-ku. Biz hayotda ham о‘zimizni shunday tutamiz. Stanislavskiy buni ajoyib tarzda tushuntirgan.
– O-o! Janob Stanislavskiyni hurmat qilaman. Uning romanlari yapon yoshlari orasida juda ommalashgan (men uning Dostoyevskiyni nazarda tutayotganligini tushundim). Ammo yapon tomoshabini uni tushunmaydi. Marhamat qilib, qahramon ayol yapon tomoshabinlariga rus tomoshabinlari uchun о‘ylaydigan narsalarni eshtiladigan qilib aytsin.
Televizion seriallar shunday yoziladi. Ulardagi barcha narsalar sо‘zlarga asoslangan verbal darajada bо‘ladi. Hamma narsalar aytiladi. Shuning uchun aktyorlarga matnni yodlash va texnikaviy repetitsiyada ularni о‘qish yetarli bо‘ladi. Ammo juda nozik psixik energiya yuzaga chiqadigan filmlarda matn – faqat sahnaga chiqish uchun ruxsatnomadir. U harakatni tug‘dirishi va unda erib ketishi kerak. Bundan sahnaning umumiy samarasi keskin ortadi.
Aktyor, odatda, ssenariychi nimani aytishni istaganini rejissorsiz ham tushunadi. Ssenariychi bu ishni yakunlagan. Siz uning dialoglarini qayta kо‘chirishingiz kerak emas, balki sahnani energiya bilan tо‘yintirish uchun ularni harakatlar zanjiriga aylantirishingiz kerak.
Dastlab rejissor qanday qilib matn orqali sahnaning mazmuni va ahamiyatini yetkazmoqchi ekanligini aktyorlar tushunishlari uchun matnni tahlil qilib chiqish kerak. Ammo bu qisqa etap. Bundan keyin biz matndan harakatlar vositasida sahnaning mazmunini ifodalash va uni energiya bilan tо‘ldirish uchun foydalanamiz.
Repetitsiyalar uchun yaxshi, amaliyotda tekshirib kо‘rilgan retsept bor: matnda yashiringan energiyani olib chiqish uchun sahnani dialoglardagi birorta ham sо‘zni aytmasdan о‘ynang, sо‘zlarni g‘uldirang. «Lya-lya-lya, bla, bla, bla», – dengu, uch-besh daqiqa g‘uldirang va sahnani muloqot energiyasi bilan tо‘ldiring. Harakatlar uzluksiz ishoralar zanjiriga о‘sib chiqqanida sо‘zlarga qayting va harakatlardan qay biri sahna uchun kerakli bо‘lsa, о‘shalarni tanlab oling. О‘zingiz uchun sizning personajingizni ifodalovchi hayvon yoki jonvorni о‘ylab toping.
Vishillagan ilon rangpar qо‘zichoqqa qarshi. Hayajonlangan tovuq о‘kiruvchi sherga qarshi. Bu sizga bema’nilik bо‘lib tuyuladimi? Dо‘stlar, biz о‘ynayapmizku. Biz bolalarmiz, faqat buning uchun ba’zan bizga pul tо‘lashadi. Kim endi bola emas ekan, u hali aktyor emas. Sahnaning ichki energiyasini rivojlantirishga xizmat qilsa, biz uni ruhiyatini qizdirish uchun о‘tin sifatida tashlaymiz. Tasvirga olishga yetib kelganda siz hamma ortiqcha narsalarni yashirasiz, olov esa yonadi.
Agar siz sо‘zlarga qaytgach, ularni maksimal emotsional tо‘ldirgan holda о‘ynaydigan bо‘lsangiz, sahnaga yordam beradi Qichqiring. Mushtlaringiz bilan taraqlating, uring (faqat kuchli urmang). Har qanday agressiv shtamplarni ishga tushiring, shunda siz sahnadagi barcha emotsiyalarni qо‘pol tarzda olib chiqasiz. Ularni sovutish hech gap emas. Emotsiyalarni uyg‘otish va о‘stirish qiyinroq.
Odatda qoliplar oldidagi qо‘rquv rejissorni hamma narsadan oldin emotsiyalarni silliqlashga va yashirishga majbur qiladi. Ammo bu narsaga ongli munosabatda bо‘linsa, bu bema’nilikni jiddiy sahnaning emotsiyasini qizdiruvchi о‘tin sifatida ishlashga majbur qilish mumkin. Aktyorlar quvonch bilan bu vazifani о‘ynaydilar. Bu narsa, albatta, sizning didingiz uchun kichik bir sinov, ammo bu imtihondan hamma о‘tadi.
REPETITSIYA TEXNOLOGIYASI
Bundan buyon ikki-uch bet zerikarli professional matn keladi – kimning professional manfaati bо‘lmasa, uni tashlab о‘tishlari mumkin.
Havaskorlar keyingi bobni о‘qishadi, bu yerda biz profillarning tor doirasida qoldik, men esa sizlarga haligi nomerlar: echki bо‘lib ma’ramoq, va xurillamoq – keng ommani kayfiyatini kо‘tarish uchun yaxshi ekanligini tan olaman. Ba’zan ular yordam beradi. Ammo odatdagi repetitsiya – tashqi effektlardan xoli bо‘lgan jiddiy, diqqat talab qiluvchi ishdir.
Hamma tomonidan qabul qilingan eski repetitsiyalar texnologiyasi shunday kо‘rinadi.
Birinchi kuni 2 soatga barcha asosiy aktyorlarni yig‘ing va ssenariyni tо‘xtamasdan rollar bо‘yicha о‘qib bering. О‘qiyotganda uzmang. Har bir kishi о‘z rolini о‘qiydi. О‘ynamang. Faqat о‘qing. Hech narsani muhokama qilmang. О‘zingizning о‘ylaganlaringizni, ya’ni nima sababdan va nima uchun bu filmni olishni istaganingizni, sizning nazaringizda bu film boshqa hammasidan nimasi bilan farq qilishini qisqacha aytib bering.
Agar nazaringizda biror kishi о‘z rolini tushunmagan bо‘lsa, qisqacha tushuntiring. Rollar haqidagi batafsil gap keyingi ucrhashuvda bо‘ladi. Birinchi uchrashuvning maqsadi – hammaning tanishuvi va ikkinchi kunga tayyorgarlik.
Ikkinchi marta 4-5 soatga yig‘ilishing. Muhokamani personajlarning maqsadlaridan boshlang. Har kim о‘z xarakterini qanday tushunganini aytib beradi. Faqat о‘zinikini. Aktyorlarning boshqa xarakterlarni qanday tushunishlarini aytishlaridan foyda yо‘q. О‘z personaji qalbining butun sir-asrorlarini yolg‘iz uning о‘zi biladi, deb hisoblashi aktyor uchun foydaliroq. Rol – bu sevgi, intim ish. Xarakterlar haqida siz hammadan kо‘proq bilishingiz, hamma savollarga javobingiz bо‘lishi kerak. Savollarni kutmang, о‘zingiz, nimani tayyorlab kelgan bо‘lsangiz о‘shani yetkazing. Aktyorlar bilan personajlarning maqsadlari haqida: kim nimani va nima uchun xohlashini muhokama qiling. Personajlar va muhitning konfliktlariga diqqatingizni jalb qiling.
Xarakterning falsafasi eng oddiy, hayotiy darajada tushuntirib beriladi: hayotdan qо‘rqadi, hammadan nafratlanadi… hammaning qiymatini biladi… о‘zining yengib bо‘lmasligiga ishonadi…
Shu yerda rejissor personajlarning tayyorlab qо‘yilgan biografiyasini aytib bersa yaxshi bо‘ladi. Ba’zilar har bir kishiga oson eslab qolinadigan qisqacha hayotiy ertak – hayot tarixini tо‘qib qо‘yishadi.
Repetitsiyani stolda о‘tirgan holda boshlang. Sahnalar bо‘yicha repetitsiya qildiring. Har bir sahna haqida uning filmdagi roli va ahamiyati haqida xabar bering. Stol ortida iloji boricha kamroq gaplashing. Siz aktyorlarga qancha uzoq gapirsangiz, ular shuncha kam eshitishadi.
Shu tariqa siz tо‘xtashlar bilan butun xarakterlarning mazmuni va psixologiyasiga e’tibor bergan holda ssenariyni tо‘liq о‘qib chiqasiz. Bunga 4-5 soat ketadi. Kо‘p hollarda shu bilan mas’uliyatsiz g‘oyalarning baxtli soatlari tugaydi. Tasvirga olish gruppasida repetitsiyadan boshqa hamma narsaga vaqt bor. Ammo vaqt topilib qolsa, u hamisha foydali bо‘ladi. Repetitsiyalar uchun tasvirga olishdan odingi 4-5 kun yetarli. Kо‘plab yangi g‘oyalar olasiz. Tushunarliki, bunda endi siz stolda о‘tirmaysiz, balki stol, stullar va devan joylashgan rejissor xonasi imkon berganicha, juda taxminiy harakat qilasiz. Muhimi, aktyorlar birbirlarini kо‘rishsin, kо‘zlar kо‘zlar bilan uchrashsin.
Qachonlardir Nikita Mixalkov «Pianino mexaniki» filmini olayotganda boshlangan tasvirga olishni tо‘xtatgan va barcha aktyorlarni 5 kunga ertadan kechgacha tо‘lig‘icha repetitsiyaga о‘tqizgan edi. Kunduzlari repetitsiya qilishadi, oqshomlari futbol о‘ynashadi. Natija darrov kо‘rindi. Uning energiyasini bilgan holda, aytish mumkinki, boshqalarda bu narsa 15 kunga chо‘zilgan bо‘lardi.
Kо‘pgina rejissorlar kinoda bir kun bо‘lsa ham ulardan «Motor!» va «Stop» deb qichqirishlarini olib qо‘yishsa, nima qilishlarini bilmay qolishadi. Aytish kerakki, rejissorlar faqat Rossiyada qichqirishadi. Boshqa hamma joyda bu narsani assistentlar qilishadi.