Читать книгу "Кинода режиссура ва драматургия"
KATARINA. DIPLOMATLAR SEVGISI
Fransuz yigit va amerikalik qiz eski qal’aga boradilar. Ular yolg‘iz tashrif buyuruvchilar edi. Zallar labirintlari, о‘tish joylari, minora zinapoyachalari va podvallar bо‘ylab sayr qilishadi. Ularni muhabbat butunlay qamrab olgan. Kutilmaganda diplomatda yurak xuruji yuz beradi. Juvon chiqish joyi tomon yuguradi, ammo zallar va о‘tish joylari osha uni topa olmaydi. U adashib qoladi, bir necha marta bir joyga kelib qoladi. Yigit esa hamma tomonidan tashlab ketilgan, oh-voh qiladi, jimib qoladi va vafot etadi.
SVENYA. OVCHI
Kech kuz. Tog‘dagi manzilgoh. Qahramonning yeyishga hech narsasi yо‘q, hosil nobud bо‘lgan, yovvoyi qushlar ov qilib yо‘qotilgan. Ovchi tog‘ sari boradi. Uning quroli – pichoq va kamon. U dovon osha narigi yonbag‘irga chiqib olish uchun tobora yuqoriroqqa tirmashib chiqmoqda.Uning oyog‘i ostidagi toshlar qо‘porilib tushadi va kо‘chki hosil qiladi. Kо‘chki ovchini pastga tomon tortadi, u qiyinchilik bilan о‘pirilgan joydan chiqib oladi – uni tosh kо‘chkisi yо‘lidagi g‘or saqlab qoladi.
Ammo g‘orda ayiq bor edi. U ovchiga hujum qiladi. Pichoq bilan yaralangan, qutirgan ayiq ovchini ta’qib qiladi. Ayiqning hayqirig‘i qor kо‘chkisini kо‘chiradi. Ovchi qoyalar orasidagi tirqishga yashirinib oladi. Kо‘chki chuqur qor qatlamidan iz qoldirgancha о‘tib ketadi. Ovchi qiyinchilik bilan qor ostidan chiqib oladi. Yuz metrcha yuqorida ikkita kichik qarag‘ay kо‘rinadi. Ulardan gulxan yoqsa bо‘ladi. Ovchi oxirgi kuchini sarflab ular sari emaklaydi.
Daraxtlargacha juda yaqin qoladi. U qо‘llari bilan unga tegadi, ammo g‘orga qulab tushadi, oyog‘i va qovurg‘alarini sindiradi. Bu yerdan uning qoldiqlarini turistlar uch ming yildan keyin topishadi.
MIKO. QAFAS
Yigitcha о‘n yetti yoshda. Uning о‘qituvchi ayol bilan muhabbat aloqalari bor. Yigit unga xususiy dars olish uchun kelganida, ular darhol karavotga chiqib olishadi. Eri bu haqida biladi. U kutilmaganda uyga keladi, xotini yigitni shkafga yashiradi. Er esa buni taxmin qilgan edi. U shkafni mashinada axlat tashlanadigan joyga olib ketadi. Yigit shkaf ichida dumalaydi. Axlat tashlanadigan joyda shkafni konteynerga ag‘darishadi. U tо‘g‘ri hamma axlatni maydalab talqon qiladigan g‘altakmola ostiga bormoqda. Yigit shkafda baqiradi. Juvon uning orqasidan о‘z mashinasida boradi, ammo axlatxona darvozasi qulf, u devor oshib tushishi kerak. U transportyor tomon yuguradi, shkafni silkitadi va u bilan birga axlat tog‘i qiyaligi bо‘ylab pastga tushadi. Shkaf parchalanib ketadi. Jazmanlar kir-chir holda axlatlar ichida birbirlarini quchoqlashadi.
Kо‘rganingizdek, har uchala misolda ham, amalda ikki narsa – personaj va kо‘plab detallardan tashkil topgan sistema kurash olib boradi. Ammo sistemadagi barcha detallar xatti-harakatning emotsional ustunligi bilan birlashtirilgan. Bunday konfliktni rivojlantirish qiziqarli bо‘ladi.
NILS
Men radioda jonli efirda ishlash uchun keldim. Menga uchta tugmachani kо‘rsatishdi. Yashilida – plastinka aytadi, sarig‘ida – reklamani yoqaman, qizilida – о‘zim gapiraman. Bir о‘zimni butun kechaga qoldirib ketishdi. Men о‘zim bilan bir chemodan plastinka olib kelgandim, ammo bundan oldin hayajondan tun bо‘yi uxlamaganman – natijada chemodan kalitini esdan chiqarib qoldiribman. Chemodanni kuch yoki hiyla bilan ochishga harakat qilaman, ammo foydasi yо‘q, ish vaqti bо‘lsa boshlandi. Qizil tugmachani bosdim – har xil bо‘lmag‘ur narsalarni gapiryapman va plastinkalarni olish uchun chemodanni kesayapman. Sariq tugmachani bosdim – reklama ketdi. Yana bitta – xavotir tugmasini kо‘rib qoldim. Unga bosdim – pult portladi va hammasi о‘chdi.
ANDREA
Men basseyn barida ishlash uchun yollandim. Hamma uchun bu jannat: moviy suv, sariq qum. Men bо‘lsam tongdan kelib, yashiklarni tashiyman, kuni bilan pivo ichilgan krujka va stakanlarni yuvaman, xolodilnikni tо‘ldiraman. Yangi bochkani boshlaganda, pivo kranlarini ochish kerakligini unutibman. Hamma narsa bochkadan oqib chiqqan pivoning ostida qoldi. Bu jannat men uchun jahannamga aylandi.
Men о‘z-о‘zimdan: detal-sistema aqlga mos keluvchi qanday chegaralargacha о‘sib borishi mumkin? – deb sо‘radim. Shu tariqa men «Sarguzashtlar ertagi» filmida о‘lchamlari kichikroq bir mamlakatga teng bо‘lgan detal-sistema о‘ylab topdim. Bu baxtli mamlakat – qadim zamonlarda yerga uchib kelgan va botqoqlikka bog‘lanib qolgan ulkan ajdarning tanasidir. Ajdar haqida butun jonzotlarni yeb yuboraveradigan vahshiy degan afsonalar yuradi. Aslida esa bu narsalar bilan qorni tо‘q firibgarlar tirikchilik qilishar edi. Ular oyoqlari ostidagi gо‘shtli tuproqni yeyishar, ajdar tanasidagi sharbatni simirishar edi. Maishat ajdar qо‘zg‘olon kо‘tarmagunicha va ekologik halokat rо‘y bermagunicha davom etadi.
Dahoning qо‘llaridagi kichkina bulochkalar va juda katta fazoga yoyilgan ekologik halokatni qandaydir bir narsaga birlashtirishda qanday ma’no bor?
Ma’no oddiy. Biz konfliktda muhitni faollashtirish uchun yagona tamoyilga ega bо‘lamiz. Konfliktda faqatgina raqib bilan tо‘qnashadigan narsalargina ishlaydi. Detal-sistemani faollashtirish degani – uni dramaning asosiy qatnashchisi qilish demakdir. Konfliktda, bilamizki, bunday partnyorlarning faqat tо‘rt kategoriyasi mavjud:
1. Qahramon.
2. Qahramonning dо‘sti.
3. Antagonist – raqib.
4. Qahramon sevgisining obyekti.
Agar detal mana shu kategoriyalardan biriga kirsa, u dramani rivojlanishiga faol yordam beradi.
Film – reallikning siz tomoningizdan insoniylashtirilgan qismidir. Uni sizning о‘zingiz yaratasiz. U sizning shaxsiyatingizni qanchalik о‘ziga singdirsa, film shuncha insoniy bо‘ladi. Nimaiki jonsiz reallikni insoniylashtirishga yordam bersa, u tomoshabinning emotsional kontaktini va filmni kuchaytiradi. Shuning uchun «detal-sistema» – foydali ishchi g‘oyadir.
DETALLAR TО‘SIQ SIFATIDA
Bizni minglab predmetlar о‘rab olgan. Biz ular bilan nima qilishni о‘ylab topmagunimizcha ular fon. Bunaqa sahnalarning qanchalarini kо‘rgansiz: ikkitasi gaplashishadi – sо‘zlar urishishadi, g‘azabga keladi, sevinishadi, atrofdagi kо‘rinadigan dunyo bu sо‘zlar fontaniga befarq qarab turadi. Siz qahramon harakat qiladigan jonsiz fazoga nazar solasiz va о‘z-о‘zingizga: bu fazo – qahramonning dushmani, – deysiz. U qanday qilib qahramonga qarshi harakat qiladi? Sizning tasavvuringizda ham fazoning xarakterini ifodalovchi darg‘azab, ayyor, befarq tо‘siqlar vujudga keladi. Qahramon u bilan kurashishi kerak. U savollarharakatlar beradi va javoblar-aks harakatlar oladi. Kо‘zga kо‘rinadigan dialog – kurash yuzaga keladi.
Moteldagi xonani tasavvur eting. Siz unga tunda, о‘lguday charchagan, yostiqqacha yetib olishni о‘ylagan kо‘yi shoshilib keldingiz. Hojatxonaga kirasiz, suvni tushirmoqchi bо‘lasiz. Ammo bunga javoban hojatxonadan yuzingizga tо‘ppa-tо‘g‘ri yaramas bir narsa otiladi. Siz dushxonasiga yugurasiz, dabdurustdan undagi suv goh isiydi, goh sovuydi. U isib borayapti, hamma narsa bug‘ bilan qoplandi, siz kuyib qoldingiz, kabinkaning plastik eshigi batamom qulflanib qoldi. Oxirgi kuchingiz bilan dushxonasi devorini buzib chiqasiz. Suv polga tо‘kiladi va birdaniga nimadandir uchqun chiqadi. Chiroq о‘chadi, devordagi simlar esa yona boshlaydi. Siz deraza tomon otilasiz. Ammo oyna ortidagi manzara yalang g‘isht devoridan iborat. Bu xona – detallardan tashkil topgan mikroolam, u aldoqchi qulayliklar bilan о‘ziga tortsada, amalda sizni yо‘q qilishga qaratilgan. Bu «detalsistema» – dushman.
Siz muhabbat sahnasi о‘ynaladigan xonaga kо‘z yugurtirasiz va: bu xona qahramonning dо‘stimi? – deb о‘zingizdan sо‘raysiz. Bu yerda uning sevgisiga nima yordam beradi? Siz aniq savolga javob axtarasiz va sevgi sahnasi juftlarning faoliyatisiz fazodagi uncha murakkab bо‘lmagan vaziyati bо‘lmay qoladi. Ammo bu xona, masalan, Chexovning «Kuchukli xonimlar»idagi sevishgan personajlar uchrashadigan xonaga о‘xshab dushman bо‘lishi mumkin. Lekin «Olchali bog‘»dagi bolalar xonasiga о‘xshab, olis bolalikdagi sevgi obyekti ham bо‘lishi mumkin.
Chexovda befarq uy-joy va makon yо‘q. Ba’zi personajlar uchun u Ranevskaya va Gayev uchun eski, chakalakzorga aylangan olchazor singari sevgi obyekti bо‘ladi. Boshqalar uchun – xuddi shu bog‘ Lopaxin va Petyalar uchun bо‘lganidek – nafrat manbai bо‘ladi. Klassik konfliktda ishtirok etmaydigan nimanidir kо‘rsatishdek beparvolikni о‘ziga ravo kо‘rmaydi.
Tuban janrlar, hamisha bо‘lganidek, birinchi bо‘lib kinoda katta detal-sistemalarni о‘zlashtirib oladilar. Dahshat bir qaraganda faoliyatsiz makonni minglab qо‘rqinchlar va xavf-xatarlar olamiga aylantirib yuboradi. Bu xavf-xatarlar hamisha sistemaning bir qismi bо‘lib, ular ortidan qasoskor va darg‘azab manyakka о‘xshash xarakterli personaj bilinib turadi.
Hukmron emotsiyali makonni faollashtirishning eng yaxshi misolini inson bilan eng katta emotsional kontaktga ega bо‘lgan hikoya beradi. Bu Bibliya (Injil)dir.
«Jahannam» va «Jannat» eng faol ikki qarama-qarshi hukmron emotsiyali makonlar bо‘lmay nima? «Jahannam» – eng katta dushman va azoblovchi. «Jannat» – eng kuchli sevgi obyekti. Ikkalovi ham detalsistemalar singari harakat qiladi. О‘zingizdan: bu makonda Jannatdan nima bor? Jahannamdan nima bor? – deb sо‘rang. Javoblarni detalsistemalarning faol harakatidan axtaring va siz detal-sistema orqali tomoshabinlar bilan emotsional kontaktni kuchaytirishning tо‘g‘ri yо‘lida bо‘lasiz.
DETALDAN DETALLAR ATTRAKSIONIGA
Savodli rejissorlar detallarning kuchini biladi va kо‘pincha ularga sahnadagi muhim rollarni ishonishadi. Ularga ongli ravishda muhim о‘rin ajratilganda detallar filmda qanday ishlashiga nazar solamiz.
Rejissor Ridli Skottning «Tig‘ ustida yuguruvchilar»i kо‘p yillardan beri unga sajda qilib kelinadigan filmdir. Bunda undagi kо‘plab detallar bilan yaratilgan betakror muhit oxirgi о‘rinda turmaydi. Film syujeti quyidagicha: Qahramon Rik (Garrison Ford) insonlardan farqi bо‘lmagan beshta xavfli robotni yо‘qotishi kerak. Rik surishtirishni boshlaydi, dastlab uning qо‘lida hech narsa yо‘q. Xabarning birinchi zarrasi – odamsiz xonaning fototasviri. Rik fototasvirni kompyuterda ishlaydi: kattartiradi, buradi – detal bilan xuddi sirli xabarni saqlovchi sistema singari ishlaydi. U oxir-oqibat divanda yotgan ayolni topadi va uning portretini oladi. Keyin Rik boshqa detal bilan – tashlab ketilgan xonadagi dushxona polidan topib olingan baliq tangasi bilan ishlay boshlaydi. Baliq dо‘konida keksa yapon ayol elektron mikroskop ostida baliq tangasini kattalashtiradi. Biz baliq tangasining tо‘qima va molekular tuzilmasini kо‘ramiz – baliq tangasi detal-sistema singari rivojlanadi. Bu sun’iy ilonning tangasi. Ilon dо‘konida Rik bunaqa ilon qayerga sotilganini bilib oladi. Keyin «Axborotni bitma-bit tavakkal qilib va qiyinchilik bilan top, shunda u qimmatli bо‘ladi», – tamoyiliga qat’iy amal qilgan holda, Rik tungi klubga boradi. U yerda u qо‘rqitish va kuch vositasida bu ilon bilan qaysi raqqosa ijro etishini aniqlaydi. Axborot tо‘planadi – birinchi sahna tugaydi.
Ikkinchi sahnada konflikt rivojlanadi va murakkablashadi. Rik jozibali va kinoyali raqqosa bilan uchrashishga muvofiq bо‘ladi. Raqqosaning gо‘zal va yarim yalang‘och tanasi terlagan va ehtirosni qо‘zg‘atardi. U dushda yuvinayapti va bundan yanada shahvoniy bо‘lib kо‘rinayotir. Suv, ter, shamol – haqiqatga mos ob-havoning agentlari – tushunamizki, bu safar Rik adashadi. Bu hech qanaqa robot emas – jussa haqiqati bizni sо‘zsiz ishontiradi. Kutilmaganda raqqosa Rikni uradi va insonlarga xos bо‘lmagan shafqatsizlik bilan bo‘g‘a boshlaydi. Rik odamga aylangan robotning ortidan quvadi. Rik raqqosani quvib yetib va unga qarab otganida uchinchi sahna kulminatsiyasining eng agressiv detallari paydo bо‘ladi. Robotning о‘limi bо‘lmish muhim obraz qanday qilib yaratiladi? Raqqosa yetti marta vitrinalar oynasini sindiradi. Yetti marta. Avvalgi tо‘rt kadrda raqqosa shisha devor ichiga uchib kiradi. Yana uchta kadrda о‘q tekkan ayol tanasining urilishidan parchalanib ketadi. Sun’iy qor о‘ldirilgan robotning tanasiga yopishadi. Agressiv elementlarning ishontiruvchi tо‘plami: ter, shamol, suv, qor, yalang‘och badan. Bu singari agressiv detallarni biz «attraksion» detallar deymiz. Bu atamani birinchi kiritgan kishi Sergey Eyzenshteyndir.
Sindirilgan vitrinalarning shisha parchalari turli tomonga uchib ketishi, о‘zaro о‘rin almashtirib turuvchi qor va shamol, yomg‘ir, tuman, qon… Sahnaning ishonchli muhitini yaratuvchi agressiya elementlarining tо‘liq bо‘lmagan rо‘yxati. Hammasi tomoshabinga attraksionga birlashgan detallar orqali yetkaziladi.
DETALLAR VA «ATTRAKSIONLAR MONTAJI»
«Attraksionlar montaji» – 22 yoshli teatr novatori Eyzenshteyn 20– yillarda Moskvada «Hammasi… yetarli» («Vsyakogo… dovolno») spektaklida an’anaviy teatrni buzishga intilib, qilgan harakatining nomidir. Klassik Ostrovskiyning tuppa-tuzuk «Har qanday dono odamda soddalik yetarli» pyesasining barcha sahnalari shok holatga tushiruvchi estrada nomerlariga aylantirilgan edi. Masalan, qahramon qizni nikohlash marosimini masxaraboz о‘tkazadi. Barcha qatnashchilar «Popning kuchugi bor edi. U itni sevardi, it bir bо‘lak gо‘shtni yeb qо‘ydi, pop uni о‘ldirdi» hazil qо‘shig‘ini ijro etishardi, pop bо‘lsa kuchukni ifoda qilganicha, «kauchuk» degan sirk nomerini ijro etardi. Ma’lum bо‘ladiki, Mashenkaning bitta emas, uchta qallig‘i bor ekan. Nima qilish kerak? Tomosha zalidan sahnaga mullani olib chiqishadi, u Mashenkaga erlar haramini taklif qilganicha, boshlangan nikoh marosimini davom etkizadi. Tо‘ydan keyin barcha mehmonlar dolzarb mavzudagi qо‘shiq kupletlariga parodiyalar aytishadi va gruzin jangchilarining raqsi – lazginkaga raqsga tushishadi. Tabiiyki, bu Eyzenshteyn teatr ommasini aqlini shoshirgan ikki soatlik tomoshadan kichikkina bir misoldir. Barcha harakatlar attraksionlardan iborat edi. Kulminatsiyada aqli shoshgan tomoshabinlar stullari tagida mushaklar portlaydi. Shikastlanishlar yо‘q edi, ammo Ilf va Petrovlar yozganlariday, «homilador ayollar norozi edilar».
Keyingi spektaklda teatr an’analarining yosh qо‘poruvchisi tomosha zalini yо‘q qildi. Spektaklda tomoshabinlar teatrga aylantirilgan gaz zavodi sexlarida olomon bо‘lib tentirashardi. Ularga suv sepishardi, achchiq tutun purkashardi. Shu tariqa harakatlar bilan hissiy kontakt amalga oshardi.
Tinib-tinchimas radikalda kо‘p emas, oz emas, «teatr institutining о‘zini yо‘q qilish va uni ommaning maishiy malakasini oshirish uchun namunaviy yutuqlar stansiyasiga aylantirish» rejasi mavjud edi. Xudoga shukurlar bо‘lsinkim, bungacha yetib bormadi. Eyzenshteynni kino о‘z domiga tortib ketdi.
Eksperimental teatr ulardan spektakl tayyorlaydigan elementlarni Eyzenshteyn «ATTRAKSIONLAR» deb atadi.
«Attraksion – teatrdagi tomoshabinni emotsional larzaga keltirishga mо‘ljallangan barcha agressiv momentdir».
Tomoshabinni maksimal larzaga keltirish g‘oyasini Eyzenshteyn kinoga kо‘chirdi. О‘zining birinchi filmlarini u xuddi attraksionlar tо‘plamiday qila boshladi. Bu narsa «attraksionlar montaji» nomini oldi.
«Attraksionlar montaji»da Eyzenshteyn kino tomoshabin hissiyotiga misli kо‘rilmagan tarzda ta’sir eta olishini anglab yetdi. Mana, Eyzenshteyn qanday ta’rif beradi: «Attraksionlar montaji» – bu ixtiyoriy tanlab olingan, ammo ma’lum bir yakuniy tematik effektga yо‘naltirilgan mustaqil ta’sirotlarning erkin montajidir».
Bunga faqat, Eyzenshteyn kinoda montaj erkinligini konflikt bilan juda aniq tarzda cheklashini qо‘shib qо‘yamiz. Attraksionlar hamisha о‘zaro kurashuvchi kuchlar konfliktini kuchaytiradi.
Eyzenshteynning ta’rifida uning nazarida eng muhim vazifa – mavzu effektidir. Ammo, daho rejissor sifatida u intuitiv tarzda eng asosiysi – tomoshabinni emotsional ergashtirish ekanligini sezgan edi. Har holda, attraksionlar montaji g‘ayritabiiy agressiv detallardan foydalanish bilan birga olib borilgan ««Potyomkin» bronenosetsi»da emotsional ta’sir ustun turgan narsa edi.
EYZENSHTEYNNING ATTRAKSION DETALLARI
Eyzenshteyn teatrda televizion kabare va studentlar kechalariga о‘xshaydigan spektakllarni qо‘yar edi. Kinoda u yosh san’at uchun yangi ufqlar ochdi. Bunday afsonaviy sakrashni Eyzenshteyn ikki yilda amalga oshirdi.
Kinoga kelgach, Eyzenshteyn teatrning «attraksion montaj»iga nima qо‘shdi? Men – ozgina Aristotilni, uning tragediya va poetika konsepsiyasini qо‘shdi – degan bо‘lardim. Voqea karkasida dramatik peripetiya: baxtsizlikdan baxtiyorlikka… – baxtiyorlikdan – baxtsizlikka yotadi. Barcha attraksionlar konflikt rivojiga bо‘ysundirilgan edi. Konflikt ushbu sxema bо‘yicha katarsisgacha rivojlanadi. Kishining jig‘iga tegadigan shok holatga keltiruvchi attraksionlarning improvizatsiya qilingan tо‘plami о‘rniga oddiy va absolyut tushunarli bо‘lgan dramatik voqealarning mantiqiy konstruksiyasi paydo bо‘ldi. Aynan mana shu joyda san’atning teran va hammani zabt etuvchi emotsional ta’siri vujudga keldi. Buning uchun teatr attraksionlari g‘oyasi asqotdi. Ammo endi ular kinematografik detallarning kuchli qо‘llab-quvvatlashiga erishdi. Ular har bir attraksionning markazida bor edi. Bu detallar tufayli aniq kadrlar – kartinalarda tomoshabinga emotsional xabar oqimi yopirilib keladi. Bu qandaydir mutlaqo yangi narsa edi. Guvohlarning aytishicha, dastlabki tomoshabinlar emotsional shok holatiga tushishgan ekan. Ilgari hech bir san’atda detallar mustaqil tashkil etuvchi sifatida ishtirok etmagan edi. Detal – bu butunning bir qismi. Kino bu qismni ajratib oladi, uni ekran ramkasida cheklaydi, qandaydir badiiy tugallangan narsa sifatida kо‘rsatadi. Qism bо‘lsa xuddi mustaqil badiiy obraz yoki attraksion singari ishlaydi. Eyzenshteyn detalning kuchini hammadan avval tushundi. G‘oyani yuksak ifodalilikkacha olib boradigan mutafakkir sifatida u detalning о‘lchamlari hech qanday rol о‘ynamasligini tushundi. Uning voqeadagi vazifasi muhim. «Kinoda emotsional ta’sir planning yirikligi bilan aniqlanadi. Yirik planda olingan suvarak umumiy planda olingan junglida yugurib ketayotgan qutirgan fillar tо‘dasidan kо‘ra qо‘rqinchliroqdir». Bu narsa tо‘lig‘icha detallarga taalluqlidir. Butunni ifodalovchi qism ekranda ham, voqelikda ham har qanday о‘lchamga ega bо‘lishi mumkin.
Butun ekranga qurtlar g‘ujg‘on о‘ynayotgan gо‘sht kо‘rsatiladi – bu bilan «Potyomkin»dagi dengizchilarni boqadilar. Ikki soniya – siz emotsional jihatdan endi dengizchilar tomonidasiz, chunki bu qurtlarni tо‘ppa-tо‘g‘ri aftingizga tutdilar.
Norozilik kо‘rsatgan dengizchilarni tutib oladilar – hozir ularni otib tashlashadi. Ularning ustiga brezent – hamma kо‘zlar uchun yagona bitta bog‘ich tashlangan. Bu detal sizni voqeaga tortadi – siz о‘sha yerda, bu brezent ostidasiz. Siz bu narsa bor-yо‘g‘i rejissor о‘ylab topgan narsa ekanligini unutasiz. Sog‘lom fikr nuqtayi nazaridan dengizchilarni brezent bilan yopish ahmoqlik bо‘ladi – ularga о‘qni tekkizish qiyin bо‘ladi. Ammo detalning obrazli kuchi tor fikrli kishining sog‘lom fikridan kо‘ra kuchliroqdir. Qimirlab turuvchi brezent hayajonlantiradi va hammani ishontiradi.
Film kо‘rsatilganidan keyin Rossiya hukumati «Patyomkin»ning sobiq dengizchilaridan va ularning qarindoshlaridan ular otib tashlanish xavfi ostida bо‘lganligi va brezent ostida turganligi tufayli ularning pensiyalarini oshirish haqida о‘nlab arizalar bor ularni tekshirib kо‘r. Ammo men odamlarning xotirasi о‘ylab topilgan narsa va hayotiy tajribani qо‘shib yuborganligidan ajablanmayman. Detal-istiora katta ishontiruvchi kuchga ega bо‘ladi.
Potyomkin machtasiga qizil bayroq kо‘tariladi. Bu shamolda titrab turgan bayroqchani Eyzenshteynning shaxsan о‘zi montaj zalida qizil tush bilan bо‘yagan edi. Va bu narsa kinoda dramatik tushunib yetilgan rangning paydo bо‘lishi edi. Tomoshabinlar kichkinagina qizil bayroqchaga jon-jahdlari bilan chapak chalishgan edi.
Odessadagi binolarning asosiy kirish joyi oldida toshdan yasalgan sherlar о‘tirishardi, yotishardi, turishardi. Janubiy shaharda hokimiyatning dabdabali ramzlarini sevishar edi. Eyzenshteyn qisqa frazada yotgan, о‘tirgan, turgan uchta sherni montaj qilib yubordi. Sher sakraganday chiqdi. «Toshlar bо‘kira boshladi» – ovozsiz kinoda attraksion detal-istiora gapirib yubordi.
Qо‘zg‘olon kо‘targan dengizchilar manfur zobit-vrachni tutib olishadi. Uni suvga otishadi. Zina tutqichida pensne chayqalib turibdi – dushmandan qolgan bor-yо‘q narsa shu. Detal –butunning о‘rniga uning bir qismi, dramatik epizodni tugallaydi.
Deyarli har bir kadrdan tomoshabin ongiga xuddi yorqin chaqnash singari attraksion detallarida ifodalangan yorqin obrazlar otilib kiradi. Ular ekrandan zalga boruvchi hayot oqimini barpo qilar edi.
Detal – bu rassomning tanlovidir. Eyzenshteyn tushundiki, butunning о‘rniga uning bir qismi butundan kо‘ra yaxshi ishlaydi. U tomoshabinlarga emotsional ta’sir kо‘rsatishga harakat qildi. U bu yо‘lni detallar orqali topdi.
Qо‘rquv ichida qolgan ayol olomon orasida – singan kо‘zoynak, oqib tushgan kо‘z – bu kadr barcha ensiklopediyalarda rus revolutsion kinosining taklif qog‘ozi sifatida keltiriladi.
Yosh ona о‘q tegib yiqiladi, ichida yig‘layotgan bola bо‘lgan kolyaska sakrab-sakrab zina pillapoyalaridan pastga tushib ketmoqda – bu kadr attraksion detal singari ishlaydi. U – butunning – qо‘rquv ichida qolgan olomonning bir qismi. Kolyaska dahshat emotsiyasi uchun yuzlab dahshatda qolgan kishilardan kо‘ra kuchliroq ishlaydi.
Eyzenshteynga kо‘ra detal – montajda xuddi mustaqil attraksion singari ishlaydigan butunning bir qismidir. Bunday ta’rif birinchi qarashda juda turli-tuman, eng qarama-qarshi turuvchi narsalarni birlashtiradi.
Eyzenshteyn mana shunday qarama-qarshiliklar birligiga intilgan edi, chunki uning tafakkuri asosida dialektik uslub – qaramaqarshiliklarni tо‘qnashtirish va metafizik sintez yotadi.