282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » А. Митта » » онлайн чтение - страница 13


  • Текст добавлен: 30 апреля 2024, 03:20


Текущая страница: 13 (всего у книги 33 страниц)

Шрифт:
- 100% +

Undayam rejissor mavjud bо‘lib, uning oldida ham kо‘plab о‘tib bо‘lmas tо‘siqlar bor. Va antagonist yо‘qqa о‘xshaydi. Aslida esa u bor: qahramonning qalbida farishta va iblis kurash olib boradi. Yuzaga keladigan barcha raxnalar, qad rostlaydigan barcha tо‘siqlar yagona bosh muammo – film mavzusida jamlangan.

RAXNA STRATEGIYA ENERGIYASI SIFATIDA

Tomoshabin bilan emotsional bog‘lanishga yо‘naltirilgan hikoya strategiyasi qahramon harakatlarini ma’lum bir maqsad sari yо‘nalish bо‘ylab tizadi. Barcha hikoyalar bir shaklga ega bо‘ladi: «Kimdir nimanidir xohlaydi, nega u bu narsani qila olmaydi?» Qila olmaydi, chunki unga hamisha nimadir xalaqit qiladi. Bu «nimadir» raxna deb ataladi. Dramadagi hikoya strategiyasi – boshidan final qismigacha uzluksiz tarzda raxnalarni yengib о‘tish yо‘lidir.

Personaj uning oldida qandaydir maqsad bо‘lganda harakat qila boshlaydi. U kuchga tо‘la va maqsadiga erishishiga ishonadi. Personaj maqsad sari harakat qila boshlashi bilan uni о‘rab olgan olam u bilan hamkorlik qilishni istamasligi ma’lum bо‘ladi.

Supermodel Klaudio Kopperfeldni о‘pish xohishi bor, ammo buning uchun:

1. Uning qaylig‘i, mag Devid Kopelferd kabi chiroyli bо‘lish.

2. Boyish.

3. Mashhur bо‘lish.

4. Klaudio bilan tanishish.

5. Uni maftun etish. О‘zini sevdirish kerak. Shundan keyingina uni о‘pish mumkin.

Umuman olganda, siz yosh va tirik ekansiz, uni о‘pishingiz mumkin. Ammo amalda juda kо‘p narsa qilishingiz lozim. Siz va Klaudio о‘rtangizda xatti-harakat qilish zarurati tomonidan yuzaga keltirilgan qandaydir raxna yotadi. Vaziyat ustidan g‘olib bо‘lish uchun nimadir qilish kerak.

Drama energiyasiga ta’rif beruvchi eng qadimiy ifodalardan biri Aristotelga tegishli. U dramadagi harakat mumkin b о‘lgan va zarur narsalar о‘rtasida joylashishiga e’tibor qilgan edi.

Hozircha biz faqat qahramonning harakatlariga e’tibor berdik. Ammo siz Klaudio Shifer yoqadigan yagona kishi emassizku. Sizning boshqa yosh va chiroyli raqiblaringiz bо‘ladi. Shuningdek, yosh bо‘lmagan, ammo о‘z biznesiga ega bо‘lganlar ham bor bо‘lib, ularga sizning faolligingiz umuman yoqmaydi. Ularning о‘z niyatlari bor. Klaudioning о‘zini ham, onasini ham niyatlari, boshqa sabablar ham mavjud.

Bularning barchasi yagona bir narsaga – atrof-olamning qarshiligiga birlashadi. Raxna – sizning istaklaringiz va sizni о‘rab olgan olamning qarshiligi orasidagi jarlikdir.

Siz nimanidir istaysiz, ammo istagingizdan mutlaqo boshqa narsaga erishasiz – bu raxna.

Bu raxnadan sakrab о‘tish uchun sizga energiya zarur. Olamni siz bilan hamkorlik qilishga majbur etish kerak. Siz barcha energiyangiz va irodangizni jamlaysiz. Hayotingizni xavf ostiga qо‘yib sakraysiz va yiqilib tushasiz. Maqsadga erishilmadi. Shunda siz yana bor energiyangizni yig‘asiz va qancha botirlikka qodir bо‘lsangiz, shuncha katta xavf-xatar sari borasiz. Sakraysiz va yana yiqilasiz.

Shunda siz: «Uchinchi marta albatta maqsadimga yetaman», – deysiz. Siz yana bor energiyangizni tо‘playsiz, eng katta xatar sari borasiz. Siz maksimal energiya bilan zaryadlangansiz. Sizning orqangizdan kuzatayotgan auditoriya ham maksimal energiya bilan zaryadlangan. U: «Qachon endi bu yigit Klaudio Shiferni о‘padi», – deb о‘ylaydi. Auditoriya sizga hamdardlik qiladi. Siz nimani istayotgan bо‘lsangiz, u ham shuni xohlaydi. Bu saspens. Agar siz о‘padigan bо‘lsangiz, bu о‘pich har bir tomoshabinning labida bо‘ladi. Shu tariqa raxnaning yengib о‘tilishi voqeani energiya bilan tо‘ldiradi. Raxna – bu hikoyani harakatga keltiruvchi motordir. Qahramonning xavf-xatari qanchalik katta bо‘lsa, hikoyaning energiya zaryadi shuncha katta bо‘ladi.

Dastlab biz minimal xavf-xatar bilan ishlaymiz. Bu orqali tomoshabinni hikoyaga jalb etamiz. Keyin har urinishdan keyingisigacha xatar kо‘paya boradi. Har bir keyingi harakat kо‘proq xavf-xatar va jasorat talab qiladi. Va har bir harakat tufayli tomoshabin yangi energiya zaryadi oladi. Ular: «Bu yigit qachon raxnadan sakrab о‘tadi va istagan narsasini oladi?» – deya tobora kо‘proq hayajonga tushadilar.

Siz о‘zingizning Klaudioni о‘pish g‘oyangizni hikoyadagi siz erishmoqchi bо‘lgan narsa energiyasiga aylantirasiz. Bu narsa auditoriya kо‘zi о‘ngida bо‘ladi. U tomoshabinlarning emotsional tajribasiga ham aylanadi. Ular bu narsaga qanday qilib erishmoqchi bо‘lganingizni kо‘radilar. Ular sizning barcha mag‘lubiyatingizga о‘zlariniki kabi qayg‘uradilar. Siz yoqimtoysiz, sizning maqsadlaringiz tushunarli va yaqin. Sizning xavf-xatarga borishingiz tushunarli. Sizning energiyangiz tushunarli. Mana shu narsa dramatik hikoya – qahramon nimanidir istagan paytda ayni joyda va ayni shu paytda sodir bо‘ladigan narsadir.

Auditoriyaga savol: U bu narsaga qanday qilib erishdi?

Javob: raxnalarni ketma-ket yengib о‘tish tufayli. Agar har bir keyingi raxna oldingisidan katta bо‘lsa, kо‘proq kuch, kо‘proq xavfxatar tomon borishni va kо‘proq jasoratni talab qilsa – hikoya energiyasi ortib boradi. Hikoya energiyasi sizning kо‘z о‘ngingizda, raxnalarni yengib о‘tish tajribasida tug‘iladi.

SAVODLI RAXNA

Raxnalar hikoyalarda shunday tiziladiki, u oxir-oqibat antagonist kuchining ortib borishini kо‘rsatishi kerak. Ular bu kuchlarni о‘zlarida jamlashadi.

Raxnalar mavzuning va antimavzuning о‘sib borishini kо‘rsatadi. Antagonist bosqichma-bosqich qahramonni yо‘q qilish uchun о‘z imkoniyatlarining va unga bо‘lgan intilishining ortib borishini namoyon qiladi. Bu narsa esa qahramonning g‘alaba uchun barcha kuchlarini jalb etadi.

Raxna tuzilmaning boshqa elementlari singari qanday ishlashini bilib olish uchun Los-Anjelesda о‘tkazilgan seminardan birida keltirilgan bir raxna misolini kо‘rib chiqamiz. Moskvadagidan farqli holda, u yerda kino sanoatida ishlaydigan barcha kishilar doimiy ravishda о‘qiydilar va ta’kidlashlariga kо‘ra, buning foydasi bor ekan. Bu misol prodyuserlar va katta kinokompaniyalar xizmatchilari uchun о‘tkazilgan seminardan olindi. Kо‘rinadiki, filmda ssenariy elementlari qay tariqa tо‘g‘ri faoliyat kо‘rsatishini bilish ular uchun ham foydadan xoli emas ekan.

«Kichik bir sahnani kо‘rib chiqamiz. Personaj Jeyk – yaxshi yigit, balki u hali ham yaxshi yigitdir, ammo u ashaddiy о‘yinchiga aylangan, u hayotini barbod qilayotgan narkoman bо‘lib qolgan: u ishidan ayrilgan, о‘z dо‘stlarining pullarini о‘g‘irlagan, qatorasiga hammadan qarzdor bо‘lib qolgan, mavjud barcha aloqalarini uzgan, onasining uyini garovga qо‘ygan, kо‘pgina lombard boshqaruvchilaridan qarzdor bо‘lib qolgan.

Keling, sahnani u ming-minglab dollar qarzdor bо‘lib qolgan paytdan boshlaylik. U umidsiz bir holatda – haligi lombardchilar uni о‘ldirishmoqchi. Umuman olganda, u qochib qoldi. Uning hatto mashinasi ham yо‘q, allaqachon uni sotib bо‘lgan. U mushkul ahvolda, u о‘zi ishonadigan eng oxirgi kishidan ham qarz olish ilinjida. Bu uning sobiq qaylig‘i, bir yil oldin uni: agar о‘yinni yig‘ishtirmasa, undan ketib qolishini aytgani uchun tashlab ketgandi. U qizni tashlab ketgandi.

Jeyk uning orqasidan poylab yurgan odamlarning qarzlaridan qutilish uchun Marinadan pul olish maqsadida uning oldiga boradi. Biz bu sahnani qanday boshlaymiz?

Sahnani Jeykning nuqtayi nazaridan tasavvur qilamiz. U va Mariya о‘rtasidagi aloqa allaqachon uzilgan, ular bir-birlarini uzoq paytdan beri xafa qilishgan va bir-birlaridan hech narsa xohlashmaydilar.

Bunday kishi bilan uchrashish uchun siz nima qilgan bо‘lardingiz? Siz unga qо‘ng‘iroq qilardingiz, shundaymi? Yо‘q, siz uning uyiga borib, u bilan shaxsan gaplashishga harakat qilgan bо‘lardingiz.

Eng avvalo nima qilgan bо‘lardingiz? О‘zingizni ruhan tetiklashtirardingiz. Uni qanday amalga oshirardingiz? Kallangizda: men unday deyman, u esa bunday deydi, unda men bunday deyman, u bо‘lsa bunday deb javob qaytaradi, deb о‘zingizcha takrorlaysiz.

Umuman olganda, siz Jeyk tushib qolgan ahvolini о‘zingizcha tasavvur etib kо‘rishingiz lozim. Siz bularning hammasini kallangizda takrorlayverasiz, takrorlayverasiz va takrorlayverasiz. Agar siz yaxshi yozuvchi bо‘lsangiz, kallangizda tо‘rttadan beshtagacha ssenariy paydo bо‘ladi. Bularning har birini kallangizda pishitasiz. Siz improvizatsiya qilasiz, har safar siz raxnadan sakrab о‘tishingizga tо‘g‘ri keladi. Siz Mariyani yordam berishga majbur qilishingiz, umuman olganda, u qilishni xohlamagan ishni qilishga ishontirishingiz kerak.

Shunday qilib, Jeyk zinama-zina Mariyaning uyi tomon bormoqda. U qizga aytmoqchi bо‘lgan gaplarini kallasida pishitib bormoqda. U о‘ziga: men bosiqlikni saqlayman, deydi. U zina orqali kо‘tarilayapti, eshik oldiga keladi va oyoqlari qaltirayotganligini, terlayotganligini his qiladi. Eshikni qoqishdan oldin u kutayotgan narsalari va oladigan natijasi о‘rtasida raxna borligini his etdi. U xotirjam emas, u titrayapti, u qо‘rqmoqda, asabiylashayapti. U bularning barchasini unutishga va bir tomonda qoldirishga harakat qilayapti. U dalillar axtarayapti va barcha о‘pichlar va quchoqlashishlarni yodga olayapti. Mariya meni qutqaradi. Men faqat u bilan gaplashishim kerak. Eshikni qoqishdan oldin u allaqachon qandaydir raxnadan о‘tib bо‘ldi.

Endi u eshik qoqyapti. U eshik oldida begona kishi turishi mumkin bо‘lganidek turgani yо‘q, Rembo kabi eshikni avtomatik tarzda ming bо‘lakka bо‘lib yuboradigan darajada taqillatgani ham yо‘q. U eng oz darajadagisini qiladi – man eshikni oddiygina qoqaman. U meni ichkariga kiritadi va pul beradi. U eshikni qoqadi va kutib turadi. Keyin siz qadam tovushlari, qadam tovushlari va qadam tovushlarini eshitasiz, eshik tirqishida kо‘zlar paydo bо‘ladi va u: «Jeyk, sen bu yerda nima noma’qul qilib yuribsan? Uyiming oldida nima qilayapsan? Yо‘qol bu yerdan! Seni kо‘rishni istamayman, ket». Kutilmaganda istalgan narsa – eshikni qoqish – va natija, sodir bо‘lgan voqea orasida raxna paydo bо‘ladi.

Ammo u hozir nima qiladi? Konflikt rivojlanmoqda, u hozir ikkinchi harakatni – u amalga oshirishni istamagan harakatni amalga oshirishi kerak. U ketishi kerak, ammo u ingray va yig‘lay boshlaydi: «Mashajon, xudo haqqi, marhamat qilib meni ichkariga kirit, bu juda muhim, bu haqiqatan ham juda muhim, sen menga yordam berishing kerak». U qizga yalinaveradi, yalinaveradi. Qiz unga yana qichqiradi: «Agar eshikdan ketmaydigan bо‘lsang, politsiya chaqiraman! Itvachcha! Yо‘qol bu yerdan!»

Jeyk uchinchi harakatga о‘tadi: «Chaqir, politsiyani! Mening hayotim barbod bо‘lgan, men allaqachon murdaman!» U chiyillaydi: «Politsiyani chaqir!» Va hech qanaqa javob ola olmaydi. Qiz oshxona tomon ketadi. U uyga tinchgina kirib, pul olish rejasi bilan vidolashishi lozim.

Shunda u uydan ketadi va о‘ylaydi: «Mana, hozir men hovlining chegarasiga borsam, u chiqadi va meni uyiga chaqiradi». U uy oldidan ketadi, ammo qiz chiqmaydi. Keyingi raxna.

Uning kayfiyatida о‘zgarish rо‘y beradi va u darg‘azab bо‘ladi, eshikka yugurib kelib, yelkasi bilan uradi. Eshikning ikki bо‘lagi xona bо‘ylab uchib ketadi va u Marinaning pul berib turish umidini puchga chiqaruvchi nigohlarini kо‘radi. Shunda u beshinchi, oltinchi va yana kim bilsin nechanchi harakatlar sari sakraydi. U Mariyaga tushuntiradi: «Masha, xudo haqqi! Ular meni о‘ldirishmoqchi! Ular mening ikkala qо‘llarimni va ikkala oyoqlarimni sindirishmoqchi, sen menga yordam berishing kerak!» U yolvorgan kо‘yi qizga vaziyatni tushuntira boshlaydi. Albatta u ta’sirlanadi, chunki gap hayot va mamot masalasida borar edi. Ammo buning о‘rniga u kuladi: «Ha, ha, Jeyk, umid qilamanki ular sen yaramasni har ikkala qо‘llaring va ikkala oyoqlaringni, boshlaringni sindirishadi. Endi bu yerdan yо‘qol!»

Endi uning harakat qilish gali. Qiz uni shunday vaziyatga qо‘ygan ediki, endi u qilmoqchi bо‘lmagan narsasini qilishi lozim bо‘ladi. U yig‘lay boshlaydi, uning oyoqlarini quchadi, polda emaklay boshlaydi. U kо‘z yoshlari ma’lum bir ta’sir о‘tkazishiga umid qiladi. Haqiqatan ham ular ta’sir qiladi, u koridorga chiqib, miltiq bilan qaytadi va uni nishonga oladi: «Ket bu yerdan, bо‘lmasa peshonangga о‘qni joylab qо‘yaman va politsiyaga sening о‘g‘ri ekanligingni aytaman».

U qizga qaraydi, miltiqqa qaraydi va: «Masha, axir bu miltiqni ikki yil oldin men senga sovg‘a qilganman, uning tepkisi ishlamaydi-yu». «Ha, men uning tepkisi ishlamasligini bilardim, uni ustaxonaga bergandim, menga tuzatib berishdi». Qiz haqiqatan miltiq ishlashini kо‘rsatish uchun chiroqqa о‘q uzganda, ular orasida yana raxna paydo bо‘ladi.

Chiroq parcha-parcha bо‘ladi, uning bо‘laklari havoda uchadi. U qizning qо‘lidan tutadi, ular olisha boshlashadi, ularning о‘rtasida miltiq va ularni hissiyot chо‘lg‘ab olib, о‘zlarini ikki yil oldingiday his qilmagunlaricha kurashaveradilar. Ular polda, singan lampa, eshik orasida va miltiqning yonginasida muhabbat bilan shug‘ullana boshlaydilar. Mariya hayajonda, unga mashina kalitini beradi. U uydan chiqadi va hayotini izga solgani hamon uyga qaytishga va’da beradi.

Butun sahna – butun boshli bir raxna, shunday emasmi? Biz sahnaga kirganimizda u: «men undan pul olaman», – degan edi va undan pul olmoqchi edi, oldi ham, ammo о‘zi о‘ylaganday yо‘l bilan emas. Uning kallasida ma’lum bir reja –о‘ylagan rejasi – bor edi. U istagan narsasiga erishdi, ammo unga juda katta raxnadan sakrab о‘tganidan keyingina erishdi. Har holda bu narsa u oldin о‘ylaganday bо‘lib chiqmadi.

Bu sahnaning har bir qismi – о‘z-о‘zicha kichik bir sahna va shu bilan birga bu sahnaning har bir bо‘lagi raxnadir. Eshikni qoqish – nimadir sodir bо‘ladi, yana nimadir sodir bо‘ladi, qichqiriq – nimadir g‘ayritabiiy narsa yuz beradi, eshik sinadi – nimadir rо‘y beradi, yana nimadir sodir bо‘ladi. Jeyk yig‘laydi, Jeyk Masha bilan kurashadi, Jeyk miltiqning orqasidan sakraydi. Har safar personaj ma’lum bir umid bilan harakat qiladi. Har safar harakat sodir bо‘ladi, ammo natija hamisha ular kutgan narsadan boshqacha bо‘ladi. Shunday qilib, ayni mana shu raxnalardan sakrashlar hikoyani rivojlantirib boradi.

Bu sahnada personaj va uning konflikti har uchala bosqichda – uning о‘z hissiyotlari, о‘z tanasi bilan konflikti, uning yaqin munosabatda bо‘lgan kishisi, Mariya bilan konflikti hamda eshik, buzilgan miltiq, о‘qdan parcha-parcha bо‘lgan chiroq bilan jismoniy konflikti – mavjuddir.

Bu misolda bor-yо‘g‘i ikki kishi ishtirok etadi. Katta dekoratsiyalar, portlashlar va yong‘inlar yо‘q. Ammo undagi dramatik energiya hayotda bо‘ladiganidan kо‘ra kо‘proqdir. Chunki bu ssenariy – hayotiy material bilan ishlash natijasi bо‘lib, unda hissiyotlarga raxnalar vositasida erishiladi.

Endi biz eng boshida dramatik peripetiya haqida gapirganlarimizni eslaylik. Siz: «Bu raxnalar haqida aytilganlarning deyarli о‘ziyu» dersiz. Deyarli emas, aynan shu narsaning о‘zi. Faqat dramadagi voqeaga qaraydigan rakursimiz sal boshqacharoq.

Dramatik peripetiyani tahlil qila turib biz konfliktning emotsional potensialini qanday rivojlantirish, uni qanday qilib uyg‘otish, qanday qilib unga diqqatni jalb qilish, qanday qilib kulminatsiyagacha olib borish va tomoshabinning emotsional tajribasiga aylantirish haqida о‘ylagandik. Dramatik peripetiya raxnaning emotsional tо‘ldirilishidir. U emotsiyalarni rivojlantirish mexanizmi haqida aniq tasavvur beradi.

Xuddi raxnalar singari, u eng boshidan eng oxirigacha drama emotsional rivojining mohiyati bо‘lishi kerak.

Xuddi raxnalar singari, u mayda harakatlardan boshlab bizni kulminatsiyaga yetaklaydi (biz – bu personajlar va tomoshabin birgalikda).

Xuddi raxnalar singari, u eng asosiy masala va mavzuni ifodalaydi. Qisqasi, bu konflikt emotsional potensial rivojlanishining xuddi о‘zi bо‘lib, u turli atamalar bilan aytilgandir.

Dramatik peripetiyaga asoslangan holda siz raxnalarni yengib о‘tayotgan personajlar harakatini baxtsizlikdan baxt tomon ishonchliroq rivojlantirasiz.

TО‘SIQLAR

Tо‘siq – xarakter maqsadga erisha borib, yengib о‘tishi kerak bо‘lgan narsadir. Tо‘siqlarni raxnalardan ajratib bо‘lmaydi. Ammo raxna bizga qahramonning yо‘lidagi qarshiliklarni kо‘rsatsa, tо‘siq qahramonlarga о‘z harakatlari bilan tomoshabin muhabbatini qozonish imkoniyatini beradi. Tо‘siqlar xarakterlarning eng о‘ziga tortadigan mardlik, botirlik, xavf-xatarga oxirigacha qarshi bora olish jihatlarini vujudga keltiradi. Agar qahramon hikoyada bir-biridan baland tо‘siqlarni yengib о‘tadigan bо‘lsa, bu narsa bizni hikoyaga yanada qattiqroq tortadi.

Qahramonni tо‘siqlar qahramon qiladi.

Yana ba’zi narsalar borki, tо‘siqlar ularni yanada yorqinroq yuzaga chiqaradi. Uzluksiz tо‘siqlar ketma-ketligi qahramonning boshdanoxirigacha boradigan yagona harakatiga tizilib boradi.

–Antagonistning xuddi shunday uzluksiz harakatlari tо‘plami boshidan oxirigacha davom etadigan qarshi harakat tizimini vujudga keltiradi. Boshdan oxirigacha davom etadigan harakat diqqatni eng asosiy g‘oyaga jalb etadi.

Xuddi qahramonning tо‘siqlari singari, raqibning ham tо‘siqlari rivojlanib boradi. Ular raqibning qahramonga bо‘lgan qarshi kurashining bir butun zanjirini tashkil qiladi. Harakat va qarshi harakat birgalikda energiyasi о‘sib boruvchi yagona dramaga qо‘shilib ketadi. Drama energiyasining aynan shunday rivojlanishini Stanislavskiy kashf qilgan. О‘zining buyuk spektakllarida u boshdan oxirigacha boradigan harakat va unga qarshilik qiluvchi boshdan oxirigacha boruvchi aksil harakatni ochdi, keyin esa ularni konfliktda о‘zaro tо‘qnashtirdi.

Siz qahramon oldiga tо‘siqlar qо‘ying, qolgan hamma narsaga ega bо‘lasiz. Hayot shunday tashkil topganki, u yoki bu holda u har bir kishini axlatga botiradi. Kishiga esa qanday qilib aynan mana shu narsa uchun uni oddiy qiz sevib qolishini kо‘rish maroqlidir. Albatta, agar rejissor uni tо‘siqlarni yengib о‘tishga majbur etsa. «Yulduzlar urushi» nomli buyuk ertaklar yaratuvchisi Jorj Lukas aynan shunday rejissor bо‘lib chiqdi.

Uning birinchi «Amerika manzaralari» filmida kо‘rimsiz, husnbuzar toshgan jur’atsizgina kuchsiz kishi yangi tanish qizida yaxshi tasavvur qoldirish uchun og‘aynisidan bir kunga mashinasini olib turadi. Ammo mashinani deyarli shu paytning о‘zida о‘g‘irlab ketishadi va yigit yangi qizi bilan hayot zavqini tortish о‘rniga butun kun davomda noumidlik bilan mashina axtaradi. U mashinani topganida, uni kaltaklashadi, barcha bu hayajonar tufayli u qayd qiladi, – umuman bu uning hayotidagi eng yomon kun edi. Oxir-oqibat mashina topiladi, ammo qiz butunlay yо‘qotiladi. Birorta tо‘siqni ham yengib о‘ta olmagan yigit bilan dо‘stlashishni kim ham xohlar edi? U – bechora omadsiz.

– Senga nima bо‘ldi? – deydi qiz. – Sening mashinangni о‘g‘irlashdimi, kaltaklashdimi, sen qayd qildingmi, – bu mening hayotimdagi eng qiziq kun! Biz yana qachon uchrashamiz?

Yigit jahannamdan osmonlarga parvoz qiladi. U kurashdi, u tо‘siqlarni yengib о‘tdi va bosh sovrin – sevgan qiziga ega bо‘ldi.

Biz kinoda «Millionlarni yutib ol» lotoreyasi о‘ynamaymiz. Bizning qadriyatlarimiz bu – sevgi, g‘alabaga bо‘lgan iroda, botirlik va hamdardlikdir. Agar tо‘siqlar bu narsalarni xarakter tubidan olib chiqa olsa, tomoshabin qahramonga о‘z qalbini ochadi. Bu esa bizning yutug‘imiz, millionlarimizdir.

Agar muallif va rejissor uni tо‘siqlar bilan ta’minlamaydigan bо‘lsa, aktyor uch sо‘m ham yuta olmaydi. Har bir konflikt singari tо‘siqlarni ham uch akt bо‘yicha aylantirish sermahsulroq bо‘ladi. Ularda umiddan umidsizlikkacha bо‘lgan dramatik peripetiya samara beradi. Ammo yana tо‘siqlarni faollashtiruvchi bir qancha universal bо‘lmagan, oddiygina foydali sharoitlar bor.

Birinchi qoida: sevishganlarni bir-biridan ajrat, dushmanlarni tо‘qnashtir.

Bu qoida sog‘lom aql darajasida tushunarlidir. Sevishganlar birbirlarining yonlarida bо‘lsa, о‘pishadilar va bu yо‘nalishda TVda juda kechki paytlargina kо‘rsatilishi mumkin bо‘lgan yanada oldingi sahnalarga harakat qiladilar.

Agar sizga sevishganlarning konflikti zarur bо‘lsa, tezda ishonasizki, sevishganlar sо‘kishishadi – ammo yupanishadi: kichkina, oson yengib о‘tiladigan tо‘siq paydo bо‘ladi. Agar sevishganlarni birbirlaridan ajratsangiz, ular tog‘larni talqon qilishadi. Uchinchi – ortiqcha kishi – tо‘siq. Kasallik – tо‘siq. Ayriliq – shunday tо‘siqki, sevshganlar bir-birlarini birgina quchoqlash uchun hayotlarini xavf ostiga qо‘yib, uni yengib о‘tadilar. Bu narsa voqeaga kо‘plab energiya hadya etadi.

Raqiblar bir-birlaridan uzoqda bо‘lganlarida bir-birlariga tish qayraydilar va ular yaqinlashganlarida kо‘zlaridan uchqun sochishadi – hayot uchun emas, balki mamot uchun jang boshlanadi, endi tо‘siqlar ustiga tо‘siqlar chiqa boshlaydi. Konfliktning rо‘yobga chiqishida bu tо‘siq qarshi tomon armiyasiga jangavor harakatlarini rejalashtirish imkonini beradi.

Yosh Chexovning kichkina hikoyasi: uch aktyor ichida anchagina puli bо‘lgan hamyon topib oladilar. Qish bо‘yi uchchavlon maza qilib yashashlari va xursandchilik qilishlari mumkin edi. Ammo mohir dramaturg Chexov personajlarni ikki guruhga bо‘lib, darhol tо‘siq vujudga keltiradi. Endi konflikt shiddat bilan rivojlanadi.

Aktyorlardan birini aroqqa yuborishdi. U yо‘q paytda ikkavlon uchinchini qanday о‘ldirish va uning ulishini taqsimlash rejasini tuzishadi. Uchinchisi esa pul uning bir о‘ziga qolishi uchun zahar sotib oladi, uni aroqqa purkaydi. U qaytib kelganida, ikkovlari uni osonlik bilan о‘ldirishadi va xursand bо‘lishib, ularga keltirilgan aroqni ichishadi. Personajlarni ayruvchi tо‘siq tezgina konfliktni shakllantirish imkonini beradi.

Tо‘siqlar kulminatsiyada, ayniqsa, yaxshi bо‘ladi. Tо‘siqlarning samarali ta’sirini yanada umumiyroq qilib ifodalash mumkin: ayrib tashla va tо‘qnashtir. Personajlarni ayrish uchun tо‘siqdan foydalan, keyingi janglar va qarama-qarshi kuchlarni tо‘qnashtirish uchun energiya tо‘pla.

Albatta, biz Shekspirda tuzilmaviy bolvankadan eng samarali foydalanish holini – «Romeo va Julyetta»dagi tо‘siqni, konflikt rivojining 3 aktini topamiz. Romeo shahardan Tibaldning о‘limi uchun surgun qilingan. U va uning yosh xotini Julyetta uchun о‘tib bо‘lmas tо‘siq – masofa mavjud. Bunday lо‘nda sharoitdan drama geniysi nimalarni siqib oladi?

1. Dahshatli gunoh – ikki erlilik xavfi tug‘ilganda Julyetta absolyut himoyasiz.

2. U о‘ta xatarli holda qisqa muddat ta’sir qiladigan kо‘zga kо‘rinmas zahar ichishga majbur.

3. Romeo hech narsadan xabarsiz, Chunki tо‘siq Julyettaning unga yozgan xati uchun о‘tib bо‘lmas darajadadir.

Zamonaviy dramaturgiyada о‘z rolini bundan kо‘ra samaraliroq о‘ynaydigan momentni topish mushkul bо‘ladi.

Vaqt tо‘sig‘i ham bundan kam samara bermaydi. Vaqt hisobi dahshatli falokatgacha bо‘lgan sekundlarni hisoblayotgan paytda bu holat ritmni buzadi, stressni vujudga keltiradi. Umidsizlik umidga juda yaqin kelib qoladi. О‘lim tо‘laqonli hayotning yuziga о‘z nafasini ufuradi. Bugungi kunda kamdan-kam filmlar qо‘ldagi, devordagi, bombadagi soatlarning chiqillashisiz ish bitiradi. Agar siz triller olayotgan bо‘lsangiz, unda vaqtning bosimisiz odamlar oldiga chiqish odobsizlik bо‘ladi.

Tо‘siqlarni ortib borishi tartibida joylashtiring – bu narsa tomoshabinni voqiyaga jalb qiladi.

Avval kichik tо‘siq – Romeo Julyettani kо‘radi va u bilan raqsga tushadi. Keyin balandrog‘i – u qizning uyiga devorlaridan oshib о‘tadi. Yanada yuqoriroq – Romeo balkonda. Mana shunday sxema hamisha sizning hamrohingiz bо‘lsin – bu tо‘g‘ri sxema, chunki sahnadan sahnaga xavf-xatar va jasorat ortib boradi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 | Следующая
  • 5 Оценок: 1


Популярные книги за неделю


Рекомендации