Электронная библиотека » А. Митта » » онлайн чтение - страница 11


  • Текст добавлен: 30 апреля 2024, 03:20


Автор книги: А. Митта


Жанр: Учебная литература, Детские книги


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 11 (всего у книги 33 страниц) [доступный отрывок для чтения: 11 страниц]

Шрифт:
- 100% +

Konfliktning uch kо‘rinishli tuzilishi nuqtayi nazar yoki optimal variantlardan biri emas, balki universal formula ekanligi foydasiga yana bir dalil mavjud. U xolisalillohdir, chunki u tomoshabin idrokining turg‘un qolipiga asoslanadi.

Har bir odam – alohida olam. Ammo biz turli-tuman kishilar sifatida tо‘planib, tartibli qatorlarga о‘tirib, chiroq о‘chib, ekran yorishganda biz xuddi bir odam kabi nafas olamiz, quvonamiz va kuyinamiz. Birinchi kо‘rinishdan ikkinchi kо‘rinishga keskin burilish ayni tomoshabinning qiziqishi va diqqatini qо‘zg‘atuvchi qandaydir bir yangilikka talabi paydo bо‘lgan chog‘da yuzaga chiqadi. Uchinchi kо‘rinishdagi halokatga tomon mana shunday keskin burilish tomoshabin halokatga hissiy tayyor bо‘lgan va yangi hissiyotlar istayotgan paytda paydo bо‘ladi.

Ichki tuyg‘u va hisob-kitoblar tо‘g‘ri birlashganida «Kakku ini ustidan nimadir uchib о‘tdi» yoki «Velosiped о‘g‘rilari» filmlari kabi mо‘jizalar rо‘y beradi. Ekranda hammaga ma’lum bо‘lgan tuyg‘ularning paydo bо‘lishi dunyoning barcha kinoteatrlarida katarsis bо‘lib portlaydi.

Siz allaqachon mening: Chexov daholarga xos fahm-farosat bilan о‘zining barcha g‘oyalarining konfliktli rivoji uchun eng maqbul yechim topa bilgan, degan ishonchim haqida bilasiz. Bu narsa uch kо‘rinishli rivojlanishga nisbatan qanday kо‘rinishga ega bо‘ladi?

Bunga yaxshi misol – kichkina «G‘ilof bandasi» hikoyasidir.

Birinchi kо‘rinish. Birdaniga bosh qahramon Belikovning xarakteri bayon qilingan.

«U shunisi bilan ajoyib ediki, hatto juda yaxshi havoda ham kalish kiyar va soyabon tutardi va albatta, issiq paxtali palto kiyardi. Uning soyaboni ham, soati ham kulrang zamshdan tayyorlangan g‘ilofda edi, qalam yо‘nish uchun qalamtarashini olganida, uning pichog‘i albatta g‘ilofda bо‘lardi; uning yuzi ham g‘ilof bilan qoplanganday edi, chunki u hamisha yuzini kо‘tarilgan yoqasi bilan tо‘sardi. U qora kо‘zoynak tutar, qora fufayka kiyar, qulog‘iga paxta tiqib olar va izvoshga о‘tirganida, albatta, tepasini kо‘tarishga buyurardi».

Xarakter aniq, kо‘rinib turadigan bir qator yorqin detallar bilan bayon etilgan. Gо‘yo rejissor tomonidan aktyor, kastyumer va rekvizitlar bо‘yicha assistent uchun yozilganday. Ayni shu paytda bu xarakterning mag‘zi hamdir. Va hamisha yaxshi hikoyalarda bо‘lganidek, xarakter mag‘zi sizni sezdirmagan holda konfliktga ishlov berish uchun jalb qiladi. Ammo shunisi ajablanarliki, birinchi kо‘rinishdagi konfliktning rivoji о‘z navbatida aniq uch kо‘rinishli bо‘linishga egadir.

Birinchi kо‘rinishda Belikovning о‘qituvchilar bilan konflikti bayon qilingan.

«… Pedagogik kengashlarda esa u oddiygina о‘zining ehtiyotkorligi, gumonsirashi, erkaklar va qizlar gimnaziyasida qandaydir yoshlar о‘zlarini yomon tutishlari haqidagi sof g‘ilofiy fikrlari bilan ezib tashlardi…»

«… Nima? О‘zining uf tortishlari, oh-vohlari, rangpar kichkina basharasidagi sassiq kо‘zannikiga о‘xshagan qora kо‘zoynagi bilan u bizga bosim о‘tkazardi va biz Petrov bilan Yegorovga xulq-atvori bо‘yicha balini pasaytirish bо‘yicha unga yon berardik, ularni bandi qildirdik va oxir-oqibat Petrovni ham, Yegorovni ham haydadik…»

Konflikt kuchga kirganda Belikov yutib chiqadi. Ikkinchi abzas xuddi konfliktning ikkinchi kо‘rinishi singari kо‘rinadi.

«Biz, о‘qituvchilar undan qо‘rqardik. Hatto direktor ham qо‘rqar edi. Kelingki, bizning о‘qituvchilar hammasi – о‘ylaydigan xalq, о‘ta vijdonli, Turgenyev va Shedrinda tarbiyalangan, ammo hamisha kalishda va soyabon bilan yuruvchi bu odam butun gimnaziyani butun bir о‘n besh yil о‘z qо‘lida ushlab turdi». Uchinchi kо‘rinish – halokat – birgina jumla bilan tasvirlangan:

«Gimnaziya nima bо‘pti? Butun shaharni!»

Shuni ta’kidlashimiz muhimki, birinchi kо‘rinishning ichida uch kо‘rinishli dramatik holatning rivojlanish tuzilmasi amal qiladi. U halokat darajasiga yetib borishi bilan burilish nuqtasi yuzaga keladi.

Endi konflikt rivoji uch asosiy personajlar: Belikov, Varenka va uning akasi Kovalenko bilan bog‘liq bо‘ladi.

Ikkinchi kо‘rinish. Kovalenkoning singlisi Varenka bilan kelishi – hamma narsani о‘zgartirib yuborishi mumkin. Yangi voqea – Belikovning uylanishiga tayyorgarlik kо‘rilmoqda. Konflikt halokat tomon bormoqda. Belikov burchakka siqib qо‘yilgan. U stress holatida – uylanish kerak, ammo qо‘rqinchli. Uning antagonisti Kovalenko dushmaniga nisbatan nafrat bilan tо‘lib-toshgan. Tо‘y qandaydir kutilmagan narsani kо‘rsatadiganga о‘xshaydi. Har holda konfliktning tomonlari taranglashishgan, bexosdan…

Uchinchi akt. Hammasi portlaydi. Va ularning hammasi biz о‘ylaganday bо‘lib chiqmaydi. Ammo yana bu portlashning uch aniq bosqichini farqlashimiz mumkin.

3.1 kо‘rinish. «Sevib qolgan antrofos» karikaturasi paydo bо‘ladi. Belikov jarohatlanadi. Chexov yozganidek: «Bexosdan, tasavvur qilingan…»

3.2 kо‘rinish. …Belikov velosipedlarda ketayotgan Varenka va akasini kо‘radi.

Kо‘rganlari uni butunlay sarosimaga soladi. U tun bо‘yi uxlamaydi, keyingi kuni shunchalik о‘zini yomon sezadiki, darsdan ketib qoladi, kechqurun bо‘lsa Varenkaning oldiga masalani qat’iy hal etish uchun boradi. Halokat tayyorlandi. Kо‘ramiz, u qanday rivojlanar ekan. Bu juda qiziq. Asosiy dramatik kо‘rinish yuzaga kelib, uning tuzilishida ham konfliktning tо‘liq halokat sari rivojlanishining uch bosqichini aniq ajratish mumkin.

3.3.(1) kо‘rinish. Belikov va Kovalenko velosipedda yurishning zarari haqida bahslashadilar. Bahs tezda janjalga aylanadi.

3.3.(2) kо‘rinish. Janjal rivojlanib boradi va Belikov uchun eng xavfli bо‘lgan sohaga: hokimiyat haqidagi gap-sо‘zlarga boradi.

«Belikov oqarib ketdi va о‘rnidan turdi.

– Agar siz men bilan bunday ohangda gaplashadigan bо‘lsangiz, men davom ettira olmayman, – dedi u. – Va sizdan mening oldimda boshliqlar haqida bunaqa gaplar qilmasligingizni sо‘rayman. Siz hokimiyatga nisbatan hurmat kо‘rsatishingiz lozim bо‘ladi.

– Men hali hokimiyat haqida nimadir yomon gap aytdimmi? – sо‘radi Kovalenko unga g‘azab bilan qarab. – Marhamat qilib meni tinch qо‘ying. Men rostgо‘y odamman va sizga о‘xshagan janob bilan gaplashishni istamayman. Men gap tashuvchilarni yomon kо‘raman.

Belikov asabiy holda bezovtalanib, aftida dahshat ifodasi bilan tezda kiyina boshladi. Axir u umrida birinchi marta bunaqa qо‘pol sо‘zlarni eshitgandi-da».

Endi harakat kulminatsiyaga juda yaqinlashib keladi. Bu yerda, uchinchi kо‘rinishning hal qiluvchi, uchinchi bosqichida ham Chexov konflikt rivojining oxirgi qismini uch kichik kо‘rinishlarda aniq va ketma-ket ishlab chiqadi.

3.3.3. Harakat uch bosqichda о‘zining kulminatsiyasiga shiddat bilan yelib boradi. Kulminatsiyaning bu yakuniy kо‘rinishi ham xuddi kichkinagina uch kо‘rinishli drama tarzida tuzilgan.

Belikov bu haqda xabar berishini aytadi. Kovalenko chaqmachaqarga tо‘la nafrat bilan harakat qiladi. 3.3.3 (1 kulminatsiya kо‘rinishi).

« – Xohlaganingizni gapirishingiz mumkin, – dedi u (Belikov – A.M.), eshikdan zinapoya maydonchasiga chiqa turib. – Faqat men sizni ogohlantirishim kerak: bizni kimdir eshitgan bо‘lishi mumkin va bizning gapimizni notо‘g‘ri talqin qilmasliklari va bundan biror narsa chiqmasligi uchun men janob direktorga bizning gap-sо‘zlarimizni… umumiy holda yetkazishim kerak. Men uni qilishim shart.

Yetkazishing? Bor, aytaver!

Kovalenko uni yoqasining orqasidan ushladi va itarib yubordi, Belikov bо‘lsa zinapoyadan pastga tomon kalishi bilan guldiragancha yumalab ketdi. Zinapoya baland, tik edi, ammo u pastgacha eson-omon yetib oldi. О‘rnidan turib, burnini qо‘li bilan ushlab kо‘rdi: kо‘zoynagi butunmi ekan?» Formulaga kо‘ra qahramonlar eng yomon holatga tushishlari kerak.

3.3.3 (2-kulminatsiya kо‘rinishi). Kutilmaganda Belikovni qaylig‘i kо‘rib qoladi. Muammo maksimal darajada murakkablashadi.

«Ayni u zinapoyadan yumalab tushayotgan paytda Varenka ikki xonim bilan kirib keldi; ular pastda qarab turgan edilar – Belikov uchun esa bu eng dahshatlisi edi. Bunaqa kulgi bо‘lgandan kо‘ra bо‘ynini, ikkala oyog‘ini sindirgani yaxshiroq edi: axir endi buni butun shahar biladi, direktorga – nozirgacha yetib boradi, oh, bundan bir gap chiqmasa edi! – yangi karikatura chizishadi, hammasi uni iste’foga chiqishni buyurish bilan tugaydi…

U о‘rnidan turganida Varenka uni tanidi va uning kulgili basharasiga, g‘ijimlangan paltosiga, kalishlariga qarab, nima bо‘lganini bilmagan va u о‘zi tasodifan yiqilib tushgan deb о‘ylab, о‘zini ushlab turolmadi va butun uyga eshitiladigan qilib qahqaha otdi:

– Ha-ha-ha!

Ushbu guldiragan, jarangdor «ha-ha-ha» bilan hammasi: sovchilik ham, Belikovning yerdagi tirikligi ham tugadi.

3.3.3 (3-kulminatsiya va final kо‘rinishi).

Buning orqasidan о‘lim tomon rivojlanish keladi. Qahramonning konflikt yо‘li oxirgacha chizib kо‘rsatilgan. «U hatto Varenka nima deganini eshitmadi ham, hech narsani kо‘rmadi ham. О‘z uyiga kelib, u stol ustidagi portretni olib tashladi, undan keyin qaytib о‘rnidan turmadi».

Final xuddi pulemyotdan otilgan о‘qlar qatoriga о‘xshaydi. Shok – stress – kasallik – о‘lim.

Hikoyaning tuzilmasiga nazar tashlar ekansan, har bir qatoriga singib ketgan uch kо‘rinishli konstruksiyani kо‘rasan.

Bu sxema nimani ta’minlaydi? Kulminatsiyada bosh qahramonning barcha niqoblarining ishonchli tarzida yirtilishini ta’minlaydi. Belikov faqat о‘limidagina baxt sari yuksaldi, bu esa uning sirlarining yechimi edi.

«Endi, u tobutda yotganida, uning yuz ifodasi beozor, yoqimtoy, hatto quvnoq edi, u nihoyat endi hech qachon chiqmaydigan g‘ilofga solganlaridan aniq xursand edi. Ha, u о‘z idealiga erishgan edi! Xuddi uning sharafiga bо‘lganidek, janoza paytida havo rutubatli, yomg‘irli edi, biz hammamiz kalish kiygan va soyabon tutgandik».

Belikov – о‘lim-odamidir. Mana uning yechimi. Prozadagi bu hayratga soluvchi abzas ayni shu paytda dramaning zaruriy tuzilmaviy elementi ham ekanligi kallaga kelarmidi? Bu narsa «shkafdagi skelet» deb ataladi va biz bu haqida keyinroq gaplashamiz.

Rivojlanishning bu uch bosqichi – muallif g‘oyasi rivojining eng maqsadga muvofiq rivojlanish tartibidir. San’at – bu umuman olganda xaos olamidagi sizning shaxsiy tartibingiz sohasidir. Drama bо‘lsa – tashqi kо‘rinishidan g‘ayriixtiyoriy, bashorat qilib bо‘lmaydigan hayot oqimining juda qat’iy ravishda konfliktga yо‘naltirilgan tartibidir. Uch kо‘rinishli formula bu rejani amalga oshirishga tayanch nuqtalarini beradi.

Uch kо‘rinishli rivojlanish masalasi, albatta, tо‘liq hajmda uning qisqacha bayoniga nisbatan ancha murakkab, ammo dastlabki tanishish uchun bu narsa kifoya qiladi. Endi biz dramaning eng muhim tushunchasi – voqeaga о‘tishimiz mumkin.

VOQEA

Film – bu xarakterlar о‘zlarining konfliktdagi harakatlari orqali hikoya qilib beradigan voqeadir. Muallifning niyatlari yashirin. Biz ekranda real hayotni kо‘ramiz. Qanday qilib bu bilan sizning g‘oyalaringizni eng yuqori darajada rivojlantirish va tomoshabinni hayajonlantirish mumkin?

Dramatik hikoya muallifning sezilmaydigan darajadagi niyatlarining turtkilari ostida emas, balki personajlarning kurashi tufayli xuddiki, о‘z-о‘zidan rivojlanishi uchun u voqealar zanjiridan iborat bо‘lishi kerak. Shunday bо‘lganda hikoya о‘ylaganimizga mos о‘sib boradi, uning energiyasi esa personajlar konfliktining motori sifatida harakat qiladi. Voqeadan voqeaga harakatlana borib, biz hikoya rivojida eng yuqori darajadagi taranglikni vujudga keltirishimiz mumkin bо‘ladi.

Filmdagi voqealar zanjiri odatda 30-50 voqeadan iborat bо‘ladi. Buni vaqtida Stanislavskiy aniqlagan edi. Gollivud bu raqamni xuddi mustaqil aksioma tarzida qabul qildi. U о‘nlab, minglab marta turli filmlarda sinab kо‘rildi. Bundan kelib chiqqan holda voqeaning uzunligi 2,5-5 betdan iborat bо‘ladi (Jahon standartiga kо‘ra ssenariy 105-115 sahifadan iborat bо‘ladi. Bizga о‘xshab juda ixcham yozishmaydi). Va barcha voqealar yagona tuzilmaga ega bо‘ladi. Uni kо‘rib chiqish foydali bо‘ladi. Bu narsa voqea ichida konfliktni rivojlantirishga yordam beradi.

Voqea – hikoyaning shunday qismiki, unda hayotiy situatsiya real seziladigan tarzda о‘zgaradi.

Qor yog‘a boshladi. Hamma narsa oppoq va chiroyli bо‘lib qoldi. Bu voqea emas. Ammo qor yо‘lni bosib qolib, qahramon manziliga yetolmay qolsa – bu voqea.

Voqea ma’noga tо‘liq bо‘lib, u personajlar konflikti orqali ochilishi kerak. Konflikt qancha kо‘p bо‘lsa, voqea shuncha muhimdir.

Voqea – shunday konfliktki, uning natijasida biz hikoya rivoji uchun muhim bо‘lgan qandaydir axborot olamiz.

Olchazorda tong. Lopaxin Ranevskayaning kelishini kutayapti. Voqea yetilib kelmoqda. Mana, Ranevskaya paydo bо‘ldi – u yosh, juda baxtiyor. U kо‘p yillar mobaynida birinchi marta vatanining hayotbaxsh havosidan kо‘kraklarini tо‘ldirib nafas olmoqda. Atrofidagi hamma narsa baxtiyor: ona keldi, beka keldi, bizning xojamiz oltin barin xonim keldi! Bu voqea. Uning atrofida kо‘plab detallarni, muhit elementlarini yig‘ish mumkin. U tomoshabinni emotsional jalb qilishi mumkin. Bu paytgacha qо‘rg‘oncha jonsiz edi, endi u jonlandi. Bu yerda hamma Ranevskayaning kelganiga xursand. Uning ezilgan qalbi baxt istagandi va unga erishdi. Biz hikoya uchun katta qiymatga ega bо‘ldik: qо‘rg‘oncha xuddi qо‘l, oyoq, kо‘z singari Ranevskayadan ayri emas. Ranevskaya bu yerda baxtiyor.

Bu drama uchun qiymatdir. Har qanday qiymat singari voqeaning qiymati – yaxshi yoki yomon narsa sifatida о‘lchanishi mumkin bо‘lgan nimadir. Muhabbat yoki sotqinlik, irodaning kuchayishi, g‘azab, ilojsiz holatdan chiqib ketish, nazokat, qо‘rquvni yengish, kо‘nikish va shu kabilar – hikoyada personajlarning holatini real о‘zgartirishi mumkin bо‘lgan barcha narsalar.

Har qanday voqeada faqat bitta konflikt bо‘ladi. U hikoyada personajlarning holatini sezilarli о‘zgartiradi.

Olchazor gullaydi. Ranevskaya bunday о‘xshashi yо‘q gо‘zallikdan yig‘laydi. Keyingi daqiqada Lopatin Ranevskayaga olchazorni kesishni va bu bilan kambag‘allikdan omon qolishni taklif qiladi. Qiz «yо‘q» deydi.

Bu uning tanlovi. Kichkinagina, uning Lopatin bilan sal-pal seziladigan konflikti – voqea. Shu daqiqadan boshlab uning hayoti jarga tomon qulay boshladi. Voqea – xarakterning tanlovidir.

Bundan keyin voqeadan voqeaga konflikt yelday uchib boradi.

Voqea hikoyaning emotsional qiymatni aniq ifoda etadi. Voqeada personajlarning harakati real hayotiy ikir-chikirlar orasida gavdalanadi. Ularga hayot muhiti, kayfiyati, tarovati singgan. Ular tomoshabinni voqea olamiga jalb etadi.

Butun hikoyamizni biz voqeadan voqeaga bayon qilamiz. Qachonki hikoya boshidan oxirigacha xuddi voqealar zanjiri singari tizilsa, biz ma’noga ega bо‘lgan hikoyani qо‘lga kiritamiz va tomoshabin bilan tо‘liq emotsional bog‘lanishga ega bо‘lamiz.

Voqea hech qachon butun film hikoyasining qisqartirilgan nusxasi yoki uning istiorasi bо‘lishi kerak emas. U hikoyaning konkret, reallikka asoslangan, «mana shu joyda va ayni shu paytda» kechadigan kichik bir qismidir.

Voqea – hikoyadagi xarakterlar qismatida rо‘y beradigan nimadir. Dramada xarakterlar faqat konfliktlar orqali yuzaga chiqadi. Dramatik holat odamga bosim о‘tkazganida u tanlashga majbur bо‘ladi va bu bosimga qandaydir tarzda javob qaytarishi kerak bо‘ladi. Voqeada u о‘zini qanday tutishi esa xarakterdir. Bu biz kо‘rishimiz, tushunishimiz va baholashimiz mumkin bо‘lgan narsadir. Buning uchun voqealar boshqa hamma narsalardan kо‘ra yaxshiroq yordam beradi.

Gamlet gilam orqasidagi josusni bilib qoldi va unga qilich tiqdi. Bu Gamlet haqidagi bilganlarimizga nimadir qо‘shdi.

Maykl Korleone otasining qotilini jazolamoqchi bо‘ladi va oilasining ishonchsizligini yengib о‘tadi. Ana senga xarakter! Biz bu yuvvosh boladan bunaqa narsani kutmagan edik.

Ranevskaya о‘z farog‘atini olchazorni sotish hisobiga saqlab qolishdan bosh tortadi. U о‘ziga о‘zi о‘lim hukmini chiqarayotganini bilganga о‘xshaydi.

Real hayot quchog‘iga g‘arq bо‘lgan xarakterning bunday tanlovini voqea keltirib chiqaradi.

Alohida olingan voqeada biz uning tо‘liq ma’nosini bilmasligimiz kerak. Tо‘liq ma’no hikoyadan anglanadi. Butun hikoyadan ajratib olingan holda kо‘rinadigan voqea real hayotning bir qismi tarzida о‘zining tarovati va tafsilotlari bilan kо‘rinishi lozim.

Personajlarning har qanday harakati emas, balki faqat xarakterlarning munosabatida sezilarli о‘zgarishlarga olib keladigan harakatlarigina voqea bо‘ladi.

Ikki kishi bir-birlarini yomon kо‘radi. Bu yomon kо‘rish ulardan har birining ichida saqlanganida, u muammo keltirib chiqarardi, ammo u hali voqea emas edi. Voqea tayyorlanayapti, ammo hali sodir bо‘lgani yо‘q. U yetilayapti. Hozircha personajlarning tashqi munosabatlari о‘zgarganicha yо‘q. Ular bir-birlariga sovuqqina kulib qо‘yishadi, ichida bir-birlarini la’natlashadi, ammo dо‘st bо‘lib kо‘rinishadi. Tо‘satdan ular bunga dosh berolmay qoldilar va bir-birlariga la’natlar yog‘dirgan holda mushtlashib qolishdi. Konflikt yuqori darajasiga yetdi va voqea bо‘lib portladi. Mushtlashish – bu voqea. Bungacha munosabatlar dо‘stlikka о‘xshab, yolg‘onchi kо‘rinishga ega bо‘lishi mumkin edi. Bundan keyin personajlar faqat dushman bо‘ladilar. Voqea personajlardagi niqobni yirtdi. Konflikt yuqori chо‘qqisiga yetganida tashqariga chiqdi va munosabatlarni keskin о‘zgartirdi.

Bundan keyin hikoya ochiq dushmanlikning rivojlanishi tarzida bayon etilishi lozim. Mana, ular dushmanlashib yurishibdi, ammo ularning har biri: «Nega janjallashdim о‘zi? Faqat о‘zimga zarar qildim. Yarashsam yaxshi bо‘lardi», – deb o‘ylaydi. Ular uchrashishdi va birbirlarini kechirishdi, quchoqlashishdi va о‘pishishdi. Bu yarashish – voqea. Bungacha ular dushman edilar, keyin dо‘st bо‘lishdi. Hikoya davom etadi…

Voqea rejissor va aktyorlar uchun alohida ahamiyatga molik. Har bir voqea – bu (hech bо‘lmaganda) ikki personaj о‘rtasida rivojlanadigan konfliktning yuqori chо‘qqisidir. Voqea oxirida personajlar orasidagi munosabat о‘zgaradi va bu munosabatlar orqaga qayta olmaydi. Voqealar – homiladorlikdan keyingi tug‘ishga о‘xshaydi. Tug‘ishdan keyin hamma narsa о‘zgaradi va bundan keyin shu bolaga qaytadan homilador bо‘lish mumkin emas. Bundan keyin yashashni davom ettirish, bolani о‘stirish, u haqida qayg‘urish lozim… Voqea xuddi tо‘lg‘oq chaqaloqni hammaning e’tiboriga siqib chiqargani singari hikoyani harakatlar orqali oldinga itaradi.

Stanislavskiy «metodi» bо‘yicha о‘ynaladigan dramada hikoya quyidagi sxema bо‘yicha bayon qilinadi:

Harakat => voqea => voqea => harakat.

Personajlarning harakati voqeani tayyorlaydi, konfliktni tо‘playdi. Voqea uni portlatadi va munosabatlarni о‘zgartiradi.

Voqea ham albatta, harakatdan tashkil topadi. Bu narsalar hamisha sahnadagi eng yorqin harakatlardir. Bu yorqinlikni voqeani hayot tarovati bilan о‘ragan holda biz vujudga keltiramiz.

Voqea о‘z atrofida har xil vaziyatlar va tafsilotlarni yig‘ish xususiyatiga ega bо‘ladi.

Romeo Kapulettilar xonadonidagi balga keladi. Hozircha u Julyettani kо‘rgani yо‘q, voqea tayyorlanayapti. Romeo maska orqasida burchakda mehmonlar orasiga yashrinadi. Mana u Julyettani kо‘rdi, unga intiladi. U notanish qiz bilan raqs paytida, zalning markazida uchrashdi. Gaplashdi va sevib qoldi. Bu voqea. Bungacha Romeo bir qadriyatlarga ega edi, uchrashuvdan keyin boshqasiga – sevish va u bilan bog‘liq narsalarga – ega bо‘ldi.

Shekspirga ergasha borib, biz Romeo va Julyettaning uchrashuvi asosiy voqea bо‘lganligini bilamiz. Ammo bizdan boshqa baldagi biror kishi bu narsani sezmadiku. Mehmonlardan u yerda nima voqea sodir bо‘lganligi haqida sо‘rab kо‘ringa?

– Hayratomuz mehmondorchilik. Ertalabgacha xursandchilik bо‘ldi. Yilning eng yorqin voqeasi. Afsonavor vinolar!

– Chо‘chqaga о‘xshab rosa yebman. Bu Kapulettilarnikida rosa boqishadida.

– Hammani kо‘rdim. Kо‘p ishlarimni bitqazib oldim. Ag‘nab tushgunimcha ichibman.

– Qanday gо‘zal oqshom! Hammaning meni yangi libosimga havasi keldi…

Yuzlab kishilar. Minglab chiroqlar. Orkestr, sixga tortilgan buqalar. Uzoq vaqt saqlangan vinolar tо‘latilgan bochkalar ochilgan. Tibald soqchilari bilan kuzatib yuribdi: uyda dushmanlar yoki bezorilar yо‘qmikan? Ota bilan onaning bolalaridan kо‘ngli quvonchga tо‘layotgani yо‘q. Qani aytingchi, bunday bayram tо‘polonida kim ikki yoshning raqs paytida bir-birlariga alohida ma’no bilan qarashganini sezadi? Faqat Shekspir va biz.

Voqeaning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unga hayotiy detallar va tafsilotlar juda yaxshi ilashadi. Voqealar о‘z atrofida drama taklif etadigan vaziyatlarni yig‘adi.

Davom etamiz.

Tunda Romeo devordan oshib о‘tib, Julyettaning balkoniga pusib boradi va uning izhorini eshitadi. Balkonga chiqadi va unga sevgi izhor qiladi. Bu voqea. U Romeo va Julyettaning barcha qadriyatlarini butunlay о‘zgartirib yubordi. Ular muhabbat og‘ushida, ammo sevishganlar о‘z oilalariga qarshi borishmoqda. Oilalar bо‘lsa ashaddiy dushmanlardir.

Voqea filmdagi asosiy dramatik masalani hamma narsadan kо‘ra yaxshiroq keskinlashtirib yuboradi.

Konfliktdagi xarakter voqea orqali о‘zi istagan narsaga erishadi. Ammo u boshida о‘ylagan tarzda emas, balki konflikt kо‘rsatgan tarzda erishadi. Mana shu narsa voqeaning oldindan bashorat qilib bо‘lmaslik tomonini vujudga keltiradi.

Внимание! Это не конец книги.

Если начало книги вам понравилось, то полную версию можно приобрести у нашего партнёра - распространителя легального контента. Поддержите автора!

Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
  • 5 Оценок: 1

Правообладателям!

Данное произведение размещено по согласованию с ООО "ЛитРес" (20% исходного текста). Если размещение книги нарушает чьи-либо права, то сообщите об этом.

Читателям!

Оплатили, но не знаете что делать дальше?


Популярные книги за неделю


Рекомендации