Электронная библиотека » Ш.Р. Кобилов » » онлайн чтение - страница 1


  • Текст добавлен: 29 апреля 2024, 19:40


Автор книги: Ш.Р. Кобилов


Жанр: Учебная литература, Детские книги


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 1 (всего у книги 5 страниц) [доступный отрывок для чтения: 1 страниц]

Шрифт:
- 100% +

Qobilov Shavkat Rashidovich
Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi

SO‘Z BOSHI

O‘zbekiston mustaqilligi natijasida yuz bergan ijtimoiy va iqtisodiy о‘zgarishlar ta’lim sohasida ham tub islohotlar о‘tkazishni, ta’limtarbiyaviy ishlarni davr talablari darajasiga olib chiqishni taqozo etmoqda. Shu boisdan ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning «Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari» qismida ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish alohida qayd qilinadi.

Milliy dasturda kо‘zda tutilganidek, о‘quvchilarning estetik ongini shakllantirish yuzasidan belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, ayniqsa, tasviriy san’atdan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Inson qadim-qadimdan san’at vositalari yordamida о‘z hayotini gо‘zal qilishga intilgan. Buni anglash uchun avlodlarimizdan meros qolgan me’moriy-madaniy yodgorliklar va tasvirlarga diqqat bilan nazar tashlash kifoya qiladi. Ularning barcha-barchasini rassom, me’mor mehnati mahsuli deyishimiz mumkin.

Siz ham qо‘lga qalam oldingiz. Istagingiz – biror – bir narsani, voqea yо‘ki hodisani qog‘ozga tushirish. Lekin yuragingizni tо‘lqinlantirgan, chizishga undagan gо‘zallik tasviri о‘ziga о‘xshash chiqmadi. Bu jarayonda qalamni tashlab yuborishga shoshilmang. Sizda, eng avvalo, istak va shijoat bor. O‘zingizda ozgina chidam va qunt topishga erishsangiz, sizdan ajoyib musavvir chiqishiga imonimiz komil.

Buning uchun diqqatingizga havola etilayotgan kitobni diqqat bilan о‘qib chiqing. Xotira va tasavurdan chizish uchun tavsiya qilinayotgan asosiy qoida va usullarga e’tibor bering. Biz tavsiya etayotgan usullarni о‘zingiz odat qilgan usullar bilan solishtiring. Zero, dunyo tan olgan, о‘zidan о‘lmas asarlar qoldirib ketgan buyuk musavvir Leonardo da Vinchi «Amaliyotga ilmsiz mehr qо‘yadigan kishilar rulsiz yoki kompassiz suzishga kirishayotgan daholarga о‘xshaydilar, chunki ular qayerga ketayotganlarini hech mahal bilmaydilar, shu sababli oldin ilmni о‘rgan, sо‘ngra esa shu ilm orqasidan tug‘ilgan amaliyotga murojaat qil» deya bejiz ta’kidlamagan edi. Shu sababli kitobda tasvirlash san’atiga havas qо‘ygan, rasm chizish san’atini о‘rganishga ahd qilgan yosh – talabalar uchun boshlang‘ich nazariy va amaliy ma’lumotlarni berish, ularni ijodiy faoliyatga yо‘naltirishga harakat qildik. O‘ylaymizki, yosh rassomlar undan о‘ziga kerakli va foydali ma’lumotlarni topadi.

Qо‘llanmani ishlab chiqishda muallifning ilmiy ish tajribasiga tayanildi. Kitob qalam tasvir fani bо‘yicha mustaqil ta’lim jarayonida quyi bosqich talabalari ijodiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan.

Matnda keltirilgan topshiriq va vazifalari muallif tomonidan ishlab chiqqan tajriba sinov о‘quv dasturi asosida tuzilgan. Qо‘llanmadan san’at kollejlari va litsey о‘quvchilari ham foydalanishi mumkin.

Namunalar keltirishda talabalar ishlari, internet materiallari hamda mashhur rassom, rassom-pedagoglarning nazaridan о‘tqazilgan mavzularga daxldor rasmlaridan foydalanildi. Bular tavsiya qilingan о‘quv materialining talabalar tomonidan tez egallab olinishi uchun xizmat qilishi shubhasiz.

I BOB. PEDAGOGIK RASM ASOSLARI

Pedagogik rasm. Qalamtasvir fanini о‘qitish vazifalari. Qadimgi davrlarda rasm chizish san’ati tarixi. Qadimgi Misr madaniyati va san’ati. Qadimgi Misrda rasm va chizmachilik fan sifatida. Qadimgi grek hamda Uyg‘onish davri rassomlarining rasm chizish san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari.

Pedagogik rasmni о‘qitish vazifalari

Pedagog rasm – bu mustaqil ahamiyatga ega bо‘lmagan holda pedagogning о‘y– fikrlarini tushuntirish sо‘zi bilan bir qatorda grafik holda ifodalash vositasidir. Bu yerda о‘quv materialini tushuntirish bosh о‘rinni egallaydi, pedagog rasm esa uni tо‘ldiruvchidir. Shu uchun pedagog rasm chizilayotgan qog‘ozda yoki doskada bajarilishi mumkin. Bu yerda eng asosiy narsa uning uslubiy yо‘naltirilganligi bosh о‘rinni egallaydi. Pedagogik rasm о‘rganuvchining chizayotgan ishi chetiga о‘qituvchi tomonidan tez, ishonarli tarzda hamda uning tushuntirish sо‘zi bilan tо‘ldirilgan holda bajarilishi mavzuni aniq, tо‘liq tushunib olishga imkon yaratadi.

O‘qituvchi talabaning о‘rniga о‘tirib, ishni bajarish ketma-ketligini, uni konstruktiv qurilishini, soya-yorug‘liklarini shtrixlar asosida berishni kо‘rsatishi о‘rganuvchining ijodiy rivojlanishini nafaqat rivojlantiradi, balki aksincha tо‘sib qо‘yadi. Uni о‘z kuchiga ishonmaslik holatini keltirib chiqaradi. Bundan kelib chiqadiki, pedagogik jarayonda о‘qituvchining sо‘zi eng asosiy о‘rinda bо‘lib rasm esa tо‘ldiruvchi vosita hisoblanib, о‘rgatishda muhim о‘rinni egallaydi.

Sinf doskasida rasm chizish bо‘lajak rassom-pedagoglar uchun muhim ahamiyatga egadir. Doskada rasm chizish kо‘rgazmalilik prinsipining muhim vositalaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Yangi mavzuni og‘zaki tushuntirish bilan bir qatorda qisqa muddat ichida chizilgan tasvir о‘quvchilarni idrok qilish jarayonini tezlashtiradi. Chizuvchi doskada shakllarning tuzilish qonuniyatlarini, naturani chizish ketmaketligini chizib kо‘rsatishi zarurdir. Biroq doskada tez, malakali rasm chizish о‘qituvchidan bir qator maxsus mashqlarni bajarishni bu sohada yetarli kо‘nikma va malakaga ega bо‘lishni talab etadi. Bu uchun talabada, eng avvalo, qalamtasvir darslarida olgan bilimlarini amalda namoyish etish zaruriyati tug‘iladi. Ma’lumki qalamtasvir darslarida chiziladigan barcha naturalar ma’lum ketma-ketlik asosida tasvirni qurishni talab qiladi. Sinf doskasida rasm chizish ham xuddi shunday ma’lum ketma-ketlikka rioya qilishni talab etadi. Tasvirni qurish usullarini yaxshi bilish chizuvchining doskada rasmni ishonchli, tez va aniq chiqishi imkonini beradi.

Xotira va tasavvur asosida rasm chizish kо‘nikma va malakalarini egallash bu о‘rinda muhim ahamiyatga egadir.

O‘z mohiyatiga kо‘ra doskada rasm chizish turlari quyidagilardir: chiziqli rasm, shtrixli rasm, rangli rasm, tusli rasm.

Chiziqli rasmda tasvir bir xil qalinlik soya-yorug‘liksiz kо‘rsatiladi.

Shtrixli hajmda esa rasm chizilayotgan rasmda chiziqli rasm soyayorug‘liklar vositasida hajm berishga, ya’ni asosiy soya-yorug‘liklar kо‘rsatiladi.

Rangli rasmda chiziqli rasm rangli bо‘rlar yordamida asosiy rang holatlari kо‘rsatiladi. Tusli rasmda esa tasvirning yorug‘ joylari qо‘l, hо‘llangan latta yordamida yorug‘ joylari olinadi.

Doskada rasm chizishning muhim bir jihati tasvirda chiziqlarning turli yо‘g‘onlikda bо‘lishi, shtrix, tus nuqtalardan foydalanishdir.

Pedagogik rasm chizish nafaqat sinf doskasida, balki qog‘ozda sous, pastel, kо‘mir, akvarel, tush kabi materiallarda ham chizib kо‘rsatish maqsadga muvofiqdir.

Tasviriy san’at о‘qituvchisiga dars paytida sinf doskasida bо‘r bilan maishiy buyumlar, о‘simliklar, qushlar, hayvonlar va odam rasmini xotira bо‘yicha bajarishga tо‘g‘ri keladi. U chizgan rasmlar ixcham, ifodali va savodli bо‘lishi kerakki, о‘quvchilar u yoki bu predmet tasvirini timsoliy qabul qila olsin. Shu bois har bir talaba bilim olish davrida sinf doskasida pedagogik rasm chizish texnikasini egallab olishi zarur. Bu jarayonda qisqa muddatli, shtrixli, ancha yirik о‘lchamli turli predmetlarning xomaki rasmlarini chizish tavsiya etiladi. Albomlarda bajarilgan qisqa muddatli rasmlar kuzatuvchanlikni о‘stiruvchi, atrofimizdagi borliqdan tipik va xarakterli bо‘lgan belgilarni topa olishni rivojlantiruvchi, kompozitsiya mazmunini boyituvchi materiallar bо‘lishi bilan muhimdir. Kо‘pincha xayolan bajarilgan biron bir motiv xomaki rasm kompozitsiyasini hal etishda asosiy rol о‘ynaydi. Atrof gо‘zalligi, hayot sahnalari va tabiat hodisalarining xilma-xilligi rassomda doimo kuzatish va chizish, xomaki rasmlarda timsollilikka erishish uchun turli


a


b


d

1-a,b,d-rasm. Sinf doskasida olma va nokni chizish bosqichlari.


a


b

2 a,b-rasm. Doskada choynakni tasvirlash bosqichi.


3-rasm. Harakatdagi odamni tasvirlash.


uslublardan unumli foydalanishga undaydi. Ayniqsa, grafik usullarni о‘rinli qо‘llash tasvirning ifodali yechimiga zamin yaratadi. Betakror rassom Rembrandt «O‘rganish, eng avvalo, boy tabiatni idrok qilish va unda kо‘rilgan narsalarni aks ettirishdir. Osmon, yer, dengiz, hayvonlar yaxshi-yomon odamlar – bularning hammasi bizning mashqlarimiz uchun xizmat qiladi», – degan edi.


4-rasm. Turli predmetlarni tasvirlash.


Qalamtasvir badiiy pedagogika ta’lim tizimidagi asosiy, yetakchi fan bо‘lib hisoblanadi. Qalam bilan borliqni idrok etish jarayonida chizuvchilar ma’lum texnik kо‘nikmalarga ega bо‘ladilar, chunonchi, naturadan (narsaning asliga qarab), xotira, tasavvur asosida rasm bajarish jarayonida ularning fazoviy va badiiy fikrlarini rivojlantirish vazifalari bajariladi. Narsaning о‘ziga qarab rasm chizish rasmni о‘rganishning asosiy shakli hisoblanadi. Naturadan rasm ishlash jarayoni bо‘lajak pedagog-rassomning kо‘rish xotirasi va kuzatuvchanlik xususiyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’naviy sog‘lom yosh avlodni, bо‘lajak vatanparvarlarni tarbiyalash о‘qituvchi zimmasiga yuklanadi. U nafaqat bilimdon yoshlarni tarbiyalashi, balki eng avvalo, ana shu bilimlarni о‘zi mukammal egallab olgan shaxs bо‘lishi zarur. Shu jumladan, tasviriy san’at sohasida bilim olayotgan talabaning ham eng asosiy vazifasi о‘qituvchi-rassom uchun zarur bо‘lgan bilim va malakalarni puxta egallashdir. Shuningdek, ijodkor о‘qituvchi oldiga о‘sib kelayotgan avlodni badiiy barkamol, yuksak didli, olam va san’at gо‘zalliklarini tо‘g‘ri tushuna oladigan tarzda tarbiyalash asosiy vazifa qilib qо‘yiladi.

Birinchi bosqichdan boshlanadigan qalamtasvir bо‘yicha о‘quv topshiriqlari perspektiva, plastik anatomiya kabi ilmiy bilim asoslari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda talabalar о‘qituvchi rahbarligida va mustaqil ravishda qalamtasvir bо‘yicha usuliy о‘quv adabiyotlarini о‘rganishlari maqsadga muvofiqdir. Talabalarni rasm bajarish jarayonida didaktik prinsipning asosiy qoidalaridan biri bо‘lgan ketma-ketlik usulini qо‘llashga о‘rgatish zarur. Bu haqda XIX asrning buyuk rus rassom-pedagogi P.Chistyakov shunday degan edi: «Har qanday ish doimiy tartibni talab etadiki, ish о‘rtasidan yoki oxiridan emas, balki eng boshidan, asosidan boshlanadi… Ishda tartib buzilishi zarar yetkazadi, adashtiradi va ishni buzadi…»

Rasm asoslarini о‘rganish jarayonida bо‘lajak tasviriy san’at о‘qituvchilari natura (narsaning о‘ziga qarab), xotira – tasavvurdan chizishni о‘rganadilar. Rasm chizishni о‘rganishda chiziqli perspektiva qonunlarini о‘rganib, amaliyotda qо‘llash ham benihoya muhim rol о‘ynaydi. Ayniqsa, I kursda kuzatish perspektivasi asoslarini egallash juda muhimdir. Shu bilan birgalikda talaba professional va usuliy tayyorgarligida predmetlarning konstruktiv tuzilish qoidalarini о‘zlashtirish muhim о‘rin egallaydi.

Qalamtasvir bо‘yicha о‘quv dasturi ma’lum pedagogik tizimga keltirilgan topshiriqlar bajarishga qaratilgan. I semestrga mо‘ljallangan о‘quv topshiriqlari gipsli (ganch) modellar ustida ishlashni nazarda tutadi. Bu oddiy geometrik figuralar (kub, konus, shar, stilindr va h.z.), gipsli bosh modelining qismlari (kо‘z, quloq, burun), qadimgi klassik haykal – Mikelanjeloning «David» asari va boshqa antik modellar. Shu bilan birgalikda dasturda turli xil qisqa muddatli rasmlar (qoralama, chizgi) bajarish ham nazarda tutilgan.

Geometrik jismlarni ma’lum bir kompozitsion guruhga tizib ishlash talabalarga rasm chizish qoidalarini (perspektiva, konstruktiv tuzilish, yorug‘lik – soya tarqalishi) о‘rganishga yordam beradi. Kelajakda talabalarga murakkab jismlarning konstruktiv tuzilishi qoidalarini tushunish va о‘zlashtirishda mazkur topshiriqlar asos bо‘ladi.

Gipsli mashqlarni tasvirlash mazmuni perspektiva va yorug‘ soya nazariyasini amaliyotda qо‘llay olishga qaratilgan.

Antik haykallarning bosh qismlarini tasvirlash odam anatomiyasini chuqur о‘rganish va rasm bajarish amaliyotida qо‘llashni talab etadi.

II bosqich talabalariga qalamtasvir asoslarini о‘rgatishda natyurmortlarni tasvirlashga alohida о‘rin ajratilgan.

Natyumort ustida ishlash jarayonida talabalar kuzatish perspektivasi, narsalarning konstruktiv tuzilishi, yorug‘lik-soya tarqalishi qoidalari haqida aniq bilim va kо‘nikmalar hosil etadilar. Turli materiallar (shisha, metall, yog‘och, mato va h.z.) fakturasini tus orqali ifodalashga о‘rganadilar.

I-II jarayonda qisqa muddatli rasmlar bajarish nazarda tutilgan. Chunonchi, II jarayonda odam qomati, qush va hayvonlardan qoralamalar bajarish kо‘zda tutilgan. Bu jarayondan kо‘zlangan maqsad II bosqichdan boshlab harakatdagi obyektlarni tasvirlay olish, naturaning asosiy, tipik holatini bera olishni о‘rganishdan iboratdir.

Shu qatorda xotira va tasavvurdan qisqa muddatli rasm bajarishga ham alohida о‘rin ajratilgan.

Rasm chizish san’ati tarixidan

Inson tabiatan san’atkordir. U о‘z hayotini san’at yordamida gо‘zal qilishga intiladi. Ibtidoiy davr musavvirlarining ishlariga razm solsak, ular atrof-borliqdagi hayvonot olamini suyaklarga, qoya toshlarga tasvirlaganlar. Bu tasvirlarda ovlash vaqti kabi mavzular kо‘p uchraydi. Kо‘pgina tasvirlar о‘zining haqqoniy о‘xshashligi, har bir hayvonga xos bо‘lgan harakat dinamikasini bera olganligi bilan xarakterlanadi. Bular ibtidoiy rassomning chizayotgan narsasini diqqat bilan kuzatganligi, ayniqsa, hayvonlarning anatomik tuzilishi haqidaga ma’lum bilimlarga ega bо‘lganligini kо‘rsatadi. Bularda hayvonlarni yugurayotgan, sakrayotgan yoki о‘zini himoya qilayotgan holatlarda kо‘rishimiz mumkin. Qoya suratlarida odam tasvirlari kо‘p bо‘lmasa-da, ularda ovchilar gavdasi, qо‘lida kamon, tayoq ushlagan holda hayvonlar orqasidan yugurayotgan kishilarning sxematik tasvirlari uchraydi. Mana shu sxematik tarzdagi tasvirlarda ham rassom gavda nisbatlariga rioya qilganligini kо‘rish mumkin. Bu ham ularning odam anatomiyasi haqidagi bilimlarga ega bо‘lganligidan dalolatdir. Demak, vaqt о‘tavergani sari insonlar tasviri ustida ishlash mukammallashib, tasvirlarda nafaqat о‘xshashlikka intilish, balki ularning ma’lum bir ma’no anglatishiga erishish yо‘lida katta kuch sarf etilgan (Saxarada topilgan tasvirlar bunga yorqin misoldir).

Qadimgi Misr rassomlari odam tasvirini tushunishga asoslangan ma’lum bir qonunlarni ishlab chiqqanlarki, bu kelgusida rassomlarga insonni tasvirlashga yordam bergan. Ular devorga yoki toshlarga tо‘rga о‘xshatib chiziqlar tortganlar va ular ichiga odam tasviri yoki devoriy rasmlar ishlaganlar. Qadimgi Misr tasvirlash qonunlaridan yana biri shuki, unda inson tasvirini chizishda ma’lum bir narsa о‘lchov birligi sifatida qabul qilingan va bu о‘lchov birligi «konon» deb yuritiladi. Ular bu jarayonda о‘lchov birligi sifatida о‘rta barmoq uzunligini olganlar. Bunda barmoq uzunligi gavdaga nisbatan 19 marta joylashtirilib, tananing me’yordagi nisbati tо‘g‘ri yoki mos deb hisoblangan (5-rasm).

Misr tasvirlash qonunlariga muvofiq inson gavdasida konon oyoq balandligi bir barmoq uzunligida, kо‘krak tugmachalari 14-15 bо‘linma orasida va h.z. tarzda joylashgan. Bosh qismi tо‘rt barmoq uzunligiga teng hisoblangan, o‘nyettinchi bо‘linmada burun uchi, o‘nsakkizinchi bо‘linmada esa peshona chiziqlari joylashgan. Bu qonun bilan gavdaning tо‘liq nisbatlari har bir bо‘laklarda aniqlab chiqilgan. Masalan, burun kengligi, kо‘z, og‘iz, kо‘krak kengligi va qalinligi, qо‘lning aniq о‘lchamlari ham о‘z ifodasini topgan. Rasmni о‘rgatish metodlari bо‘yicha taniqli olim N.N.Rostovstevning ta’kidlashiga kо‘ra, qadimgi Misr rassomi inson gavdasini xohlagan joyidan boshlab chiza olgan. Ushbu qonun, ayniqsa, katta hajmdagi tasvirlarni chizishda qо‘l kelgan. Masalan, ushbu qonun asosida turli joylarda ishlayotgan haykaltaroshlar ma’lum bir haykalning turli qismlarini turli joylarda tayyorlashgan va bu qismlar yig‘ilgandan sо‘ng xuddi bir kishi ishlagandek yaxlit kо‘ringan.

Ammo ta’kidlash kerakki, Misr tasvirlash qonuni insonning о‘ziga xos xarakterli xususiyatlarini, jinsi, ya’ni ayol yoki erkakligini, yosh bola yoki о‘smirligini hisobga olmagan. Ayol va erkak, katta yoki kichik yoshdagi kishi bir xil о‘lcham ostida bajarilgan. Shu qonunlarga rioya qilgan holda Misr rassomi chizayotgan kishisining ijtimoiy mavqeini hisobga olgan. Agar faraonni tasvirlasa, uni atrofidagi narsalarga nisbatan bir necha barobar kattalashtirilgan holda chizgan. Lekin Misr rassomlari ishlab chiqqan qonunlar aniq, plastik anatomiya bilimlariga asoslanganligi bilan qimmatlidir. Unda asosan inson tasviri frontal kо‘rinishga ega bо‘lgan.

Ilk yunon san’ati о‘rganilganda, bu davr rassomlari tana о‘lchovlariga kam e’tibor berganliklari kо‘rinadi. Faqatgina eramizdan avvalgi V asrga kelib, rassomlar inson gavdasini anatomik jihatdan aniq va tо‘g‘ri tasvirlashga harakat qilishgan. Bu shundan dalolat beradiki, qadimgi yunon rassomlari hayotni bevosita о‘rganishga qiziqqanlar. Ular erkak gavdasini tasvirlaganda bо‘rtib chiquvchi muskullar tasviriga diqqat qaratishgan, sog‘lom ayol tasvirida chiroyli tana shaklini topishga intilishgan.


5-rasm. Qadimgi misrliklar tasvirlagan odam gavdasi nisbatlari.


Qadimgi yunon rassomlari Misr tasvirlash qonunlariga tayangan holda inson gavdasini chizishda ham nazariy, ham amaliy jihatdan oldinga chiqib olganlar. Ular inson gavdasini chizganda plastik, anatomik yechimni ilmiy asos deb qabul qilganlar. Yunon rassomlari chizayotgan narsalarini haqqoniy va aniq tasvirlashga erishish uchun naturani kuzatishga, anatomiyasi, muskullar sistemasi hamda tashqi ifodalariga jiddiy e’tibor qaratganlar.

Eramizdan avvalgi 432-yilda qadimgi Misr haykaltaroshi Poliklet inson tanasining qismlarga bо‘linish qonuniyatlari haqida risola yozgan. Mashhur haykaltarosh birinchi bо‘lib inson tanasining proporsional qismlarga bо‘linishi va tik holdagi gavdasining ichki harakatini ishlab chiqqan. Bu ming yillar davomida qotib qolgan inson tanasi о‘lchamlariga о‘zgarish yasagan hamda chizilgan tasvirlar hayotiy va aniq chiqishiga olib kelgan. Nazariy asar saqlanmaganligi sababli, qadimgi yozma manbalarga tayangan holda ba’zilar haykaltaroshning о‘lchov birligi sifatida qо‘l panjasi uzunligini, ba’zilar oyoq panjasi uzunligini, ma’lum bir tadqiqotchilar esa bosh balandligini taxmin qiladilar. O‘zining nazariy ishini yaratishda Poliklet «Dorifor» degan haykaldan foydalangan. Poliklet bu haykalida inson nisbatlarini quyidagicha taqsimlagan: yuz qismi – gavdaning о‘ndan biri, bosh bilan birgalikda gavdaning oltidan birini tashkil etgan. Uning bu ishi nafaqat rassomlar tayyorlash ishida, balki umumta’lim maktablarida kо‘chirish, о‘rganish uchun xizmat qilgan. Bu bо‘lajak rassomlarga inson tanasining anatomik tuzilishini о‘rganish bо‘yicha keng imkoniyatlar yaratgan.

Qadimgi Yunonistonda inson anatomiyasini о‘rganish borasida shuhrat qozongan yana bir rassom Polignotdir. U inson gavdasi harakati rangtasvirida yuz hayotiyligiga erishish borasida kо‘pgina ishlar qilgan. Obrazlar haqqoniyligi, gavdaning anatomik yechimini diqqat bilan о‘rganish, uning nisbatlari, shakl garmoniyasi va harakat aniqligiga erishish ushbu davr rassomi Apellesga xosdir. Yuqorida kо‘rsatilganlarni о‘rganish rassom uchun inson tasvirini yaratish jarayonida haqqoniy о‘xshashlikka erishishga kо‘mak beradi. Bu haqqoniylikka erishish asosida rassomning inson qomati haqidagi chuqur bilimlari yotadi.


6-rasm. «Dorifor» haykali.


7 a, b-rasm. Inson qomati nisbatlari.


Qadimgi yunon san’ati namoyandalari haqida gapirsak, ularning plastik anatomiyani chuqur bilganligiga guvoh bо‘lamiz. Haykallarga diqqat bilan qarasak, har bir muskul joylashuvi, harakati xarakterlidir. Shu davr antik haykali «Laokoon»ni olsak, unda inson gavdasiga xos bо‘lmagan muskul zо‘riqishlari va harakat dinamikasini kо‘ramiz. Ushbu asar mualliflari haykaltaroshlar Agesandr, Polidor va Aleksandrlardir.

Qadimgi yunon rassomlari plastik anatomiya haqidagi bilimlarini perspektiva qoida-qonunlarini qо‘llagan holda mustahkamlaganlar.

O‘rta asrlar rassomlari, shu soha tadqiqotchilari ma’lumotiga kо‘ra, plastik anatomiya haqidagi bilimlarni boyitmaganlar va ularning inson tasviridagi ishlarida haqqoniylik nisbatlari buzilishi, tana tuzilishining anatomik qonuniyatlariga rioya qilmaslik kо‘zga tashlanadi.

Uyg‘onish davri – XVXVII asrlar fan va san’atning rivojlanish davri bо‘lib hisoblanadi. Bu davrda nisbatlar, perspektiva, anatomiya, rangshunoslik kabi ilmlar san’at nazariyasi va amaliyotchilari diqqat markazida turgan (7 a, b-rasm). Ular о‘zlarining nazariy va amaliy ishlarida optika, matematika va anatomiya kabi fanlarning yutuqlariga tayanganlar. Ushbu davr rassomlari anatomiya fanini chuqur о‘rganish maqsadida jasadlari o‘rganib, tajribalar o‘tkazib, bilimlarini mustahkamlaganlar.


8-rasm. Leonardo da Vinchi. Аvtoportret.


XV asr rassom va haykaltaroshi Lorensto Giberti (13811455) «Gippokrat, Abu Ali ibn Sino yoki Galenday vrach bо‘lish shart emas, lekin ularning anatomiya haqidagi bilimlari bilan tanishish shart, inson tanasidagi har bir suyak, har bir muskul va tomirni bilish shart» deb ta’kidlagan edi.

Plastik anatomiya bо‘yicha birinchi katta tadqiqotchi – italyan rassomi va haykaltaroshi Antonio da Sangallo hisoblanadi (14241498).

Florensiyalik rassom va haykaltarosh, mashhur Leonardo da Vinchining birinchi ustozi – Andrey Verrokkio (14351488) ham inson tanasini mukammal bilish uchun marhumlarni о‘rgangan.

Plastik anatomiya bо‘yicha Leonardo da Vinchi (14521519) juda katta yutuqlarga erishgan.


9-rasm. Qadimgi davrlarda ishlangan bolalar va о‘smirlar gavda nisbatlari.


10-rasm. Leonardo da Vinchi. Qadimgilar kvadrati.


Leonardo da Vinchi rang-tasvir va haykaltaroshlik bilan chegaralanib qolmay, matematika, mexanika, anatomiya va boshqa bir qator fanlar bilan ham shugullangan.

Rassom inson tanasini о‘rganish bо‘yicha juda kо‘p izlanishlar olib borgan. Uning 779 ta rasmlari orasida kо‘plab anatomiya rasmlari о‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bunda eng asosiysi tasvirning yaqqol kо‘rinishidir. Musavvir tananing har bir qismi, har bir muskulini turli tomondan tasvirlagan. Buning natijasida skelet, qо‘l, oyoq suyaklari, muskullar, umuman olganda, tananing har bir qismi yaqqol his qilinadi (10 rasm).

Leonardo da Vinchi anatomiya sohasida amalga oshirgan izlanishlarning о‘ziga xos ikkinchi xususiyati odam anatomiyasini о‘rganishda ma’lum ketma-ketlikka rioya etganligidir. Rassom inson tanasi, plastikani о‘rganishda ishni avvalo skeletni о‘rganishdan boshlaydi va har bir suyakni alohida hamda yuqorida ta’kidlaganimizdek, ularni turli tomondan chizadi. Sо‘ng ushbu suyaklarni alohida skeletga yig‘adi va unga muskullarni chizadi.

Rassomning anatomiyani о‘rganishdagi uchinchi о‘ziga xos yо‘li shundaki, u dastlab tananing plastik shaklini ilmiy tomondan tushuntiradi. U ayniqsa, о‘z diqqatini tananing harakatlanishiga qaratadi. Leonardo da Vinchining о‘ziga xos metodlaridan yana biri muskullarni о‘rganishdir. Bunda u muskullarning funksional-anatomik belgilarini о‘rganadi, katta muskullarni kichik, alohida qismlarga ajratadi. Ishlarni bajarish jarayonida tananing plastik xarakterini hisobga olgan holda о‘z rasmlarida muskullarni qatlam-qatlam qilib birin-ketin joylashtiradiki, buni tana shaklini ketma-ketlikda kо‘rish deyish mumkin.

Rassom inson muskullarini birinchi bо‘lib tasnif (klassifikatsiya) qiladi. U bunda muskullarning tashqi kо‘rinishini, kattaligi, shakl va skeletga birikishini hisobga oladi.

Rassom plastik anatomiyani chuqur о‘rgana borish orqali inson gavdasi mutanosib qismlarga bо‘linishini, umuman olganda, garmoniyani bilishga intiladi. Izlanishlar, tarixiy manbalarni о‘rganish asosida u о‘zining inson gavdasi qonunlari «Qadimgilar kvadrati» yaratadi. Leonardo da Vinchi inson gavdasini aylana ichiga joylashtiradi. Aylana ichidagi gavdada oyoqlar kerilgan, qо‘llar yon tomonga chо‘zilgan, aylana markazi kindikka tо‘g‘ri keladi. Agar aylana ichiga oltiburchakni joylashtirsak va ikkita diametr – biri vertikal, biri gorizontal yо‘nalishda о‘tkazsak, bunda ikkinchi diametr markazida kindik turadi, birinchi diametr esa gavdani teng ikki simmetrik qismga bо‘ladi. Qо‘l va oyoqlarning uchlari oltiburchakning ikki yuqoridagi va ikki pastdagi burchaklarida joylashadi. Bu yerda gavda о‘lchami uchun bosh qismi tanlanib, u gavdaga 8 marta joylashadi (10 a-rasm).


10(a)-rasm. Leonardo da Vinchi. Qadimgilar kvadrati.


Odam anatomiyasini о‘rganishda uyg‘onish davri rassomhaykaltaroshi Mikelanjelo Buonarotti (14751564)ning xizmatlari kattadir. Manbalarda yozilishicha, u anatomiya professori Kalaba bilan о‘n ikki yil davomida marhumlar tanasi operatsiyalarida ishtirok etadi, anatomiyaga oid kо‘plab rasmlar bajaradi (11-rasm).

Shu davr buyuk rassomi Rafael (14831520) insonning plastik anatomiyasini chuqur bilganligi bilan ajralib turadi. Agar rassom ijodiga nazar tashlasak, u о‘z ijodining butun davri davomida kо‘plab anatomik rasmlar bajarganligi ayon bо‘ladi. U har bir ishi uchun alohida bosh suyagi, tos suyaklari, qо‘l, oyoq panjalari tasvirini chizgan. Shu sababli rassom ishlari mukammal bо‘lib, uning nomi asrlar osha yashab kelmoqda.

Uyg‘onish davri san’atkorlaridan nemis rassomi Albrext Dyurer (14721528) ham boshqa rassomlarga о‘xshab inson tanasi nisbatlari ustida izlandi va erkak kishi gavda nisbatlarini tahlil qildi (13-rasm).

Rassom plastik anatomiyani о‘rganish bо‘yicha qator nazariy ishlar yozib qoldirgan. Ayniqsa, uning «Inson tanasi nisbatlari haqidagi bilimlar» mavzusidagi ishi diqqatga sazavordir. Mashhur rassom ushbu ishida о‘zining kuzatishlari, ilmiy izlanishlari asosida inson gavdasi nisbatlari, uning plastikasi va konstruksiyasi bо‘yicha ilmiy ma’lumotni umumlashtiradi. Uning bu kitobi tо‘rt qismdan iboratdir.

Birinchi kitobda muallif inson gavdasini qismlarga bо‘lishning besh variantini taklif qiladi va bu yerda har bir variantda о‘lchov birligi sifatida xuddi yunon tasvirlash qonunlaridagidek inson gavdasining biror-bir qismi xizmat qiladi.


11-rasm. Mikelanjelo. Inson tanasi nisbatlari.


12– rasm. А.Dyurer ishlagan rasmlar.


13– rasm. А.Dyurer. Perspektiv rasm chizish.


Ikkinchi kitobda u inson gavdasining о‘lchamlarini aniqlash uchun Alberti usuliga asoslanadi. Bu jarayonda inson gavdasini о‘lchashda sonli о‘lchamga tayanadi. Alberti hisobi bо‘yicha bu о‘lcham 600 qismga bо‘lingan bо‘lsa, Dyurer о‘zining 1800 qismga bо‘lingan shkalasini taklif etadi.

Dyurer tо‘rtinchi kitobida alohida narsalarning geometrik tahlili prinsipini va chiziqli perspektiva nazariyasi, inson gavdasini kenglikda tasvirlash va rakurs holati vaziyatlarini izohlab beradi.


14-rasm. А.Dyurer Кеsik bosh tasviri.


Dyurer inson tanasini proporsional uch qismga bо‘ladiki, bu talabalar о‘rganishi uchun juda qulaydir. O‘tirgan gavdani chizganda yuqori qism katta, oyoqlar kichkina bо‘lib qoladi. Agar ushbu sxemaga rioya qilinsa, tasvir savodli chiqadi.

Rassom bosh qismning kontruktiv tuzilishiga katta e’tibor qaratdi. U boshning konstruktiv tuzilishi bо‘yicha о‘z sxemasini taklif qiladi. Bunda bosh qismining qismlarga bо‘linishi shakllar asosida kо‘rsatilgan (14-rasm). Keyinchalik bu usuldan aka-uka Dyupyui, A.Ashbe, D.N.Kardovskiy kabi nazariyotchilar о‘z ishlarida foydalandilar (15-16– rasm).


15-rasm. А.Dyurer ishlagan bolalar tasvirlari.


16-rasm. А. Dyurer Inson gavdasi nisbatlari.

Внимание! Это не конец книги.

Если начало книги вам понравилось, то полную версию можно приобрести у нашего партнёра - распространителя легального контента. Поддержите автора!

Страницы книги >> 1
  • 0 Оценок: 0

Правообладателям!

Данное произведение размещено по согласованию с ООО "ЛитРес" (20% исходного текста). Если размещение книги нарушает чьи-либо права, то сообщите об этом.

Читателям!

Оплатили, но не знаете что делать дальше?


Популярные книги за неделю


Рекомендации