282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » Ш.Р. Кобилов » » онлайн чтение - страница 2


  • Текст добавлен: 29 апреля 2024, 19:40


Текущая страница: 2 (всего у книги 5 страниц)

Шрифт:
- 100% +
Badiiy idrok etishning kompozitsion usullari

Tasviriy san’atni о‘rgatish ijodiy yaratuvchanlik jarayonini ham о‘z ichiga oladi. Rassom о‘zi tasvirlayotgan hodisalarga hech qachon e’tiborsiz qolmaydi. U nafaqat о‘z qahramonlarini «kо‘radi» va «eshitadi», balki ular bilan birga yashaydi: ularni sevadi yoki yomon kо‘radi, ularning ishini ma’qullaydi yoki qoralaydi, shu sababli u yaratgan odamlar timsoli tomoshabinni tо‘lqinlantiradi va uning о‘ziga bilinmagan holda yangi insoniy sifatlarni hosil qiladi.

Kо‘rgazmalarda kо‘pincha rassomga kerakli badiiy timsolni yaratish uchun material sifatida xizmat qilgan odamlar portreti osilib turadi. Bular – etyudlar. Biroq rassom jonli naturadan qanchalik foydalanmasin, tasvir yaratish jarayonidagi eng asosiy vosita uning ijodiy tasavvuri bо‘lib, u yaratgan badiiy timsol rassom о‘z ishini boshlash uchun murojaat etgan haqiqiy timsoldan ancha yorqinroq, ancha mazmundor va insoniy xislatlarga boy bо‘ladi.

Keltirilgan misollarda rassomlarning inson ichki dunyosini tasvirlash jarayonida nechog‘lik ulkan ishni bajarishlari yaqqol kо‘rinib turadi. Rassom insonning ichki dunyosini va sirli kechinmalarini ochib berish uchun kuzatuvchan, bag‘rikeng, hayotdan zavq ola biluvchi, qalbi hissiyotlarga tо‘la shaxs bо‘lishi lozim.

Tasviriy san’atning talabi shundaki, rassom g‘oyani rivojlantiruvchi alohida usullar va vositalarni qо‘llab, tomoshabin tushunishi kerak bо‘lgan holatni yuzaga chiqarishi lozim. Rasmni qabul qilishga tayyor bо‘lmagan tomoshabin unda kо‘p narsani kо‘rmaydi, uning chuqurligini anglamaydi. San’at namunasidan tо‘liq zavqlanish uchun tomoshabin badiiy ma’lumotli bо‘lishi kerak, ya’ni rassom qо‘llagan maxsus vositalardan xabardor bо‘lishi zarur.

Rassomlar bajargan qoralamalarda bо‘lg‘usi asarning u yoki bu qirrasi yaqqol namoyon bо‘ladi. Ularning izlanishlari tо‘g‘risida qalam, tush, akvarelda bajarilgan kо‘p sonli chizgilar guvohlik bera oladi.

I.E.Repinning «Zaporojeliklar», V.I.Surikovning «Boyvuchcha Morozova» rasmlariga chizgilari yaxshi ma’lum. Bu asarlarga mavjud chizgilar, eng avvalo, asosiy massani va alohida guruhlarni tasvirlashi bilan talabalar о‘quv ishi va rassomlar ijodiy faoliyatida katta yordam beradi.


17-rasm. I. Repin. Neva prospekti. 1887 y. Аsar eskizi.


18-rasm. I. Repin. Asar eskizi. 1857 y.


Rassom voqelikning tipik va xarakterli tomonlarini ajratib, kuzatishlar va о‘zi tо‘plagan etyud materiali asosida umumlashtirilgan badiiy timsol yaratadi (17-18– rasm).

Atrof-muhitni doimiy kuzatish asosida kо‘plab etyudlar bajarish boshlovchi rassomning zarur badiiy sezgirlikka erishishi, о‘z ustaligini takomillashtirishi va о‘stirishida beqiyos ahamiyatga ega.

Bо‘lajak asar uchun eskizlar katta о‘rin tutadi. Bunday eskizlar, ba’zan kо‘mir bilan bajariladi. Odatda, yakuniy eskiz ustidagi ishdan oldin bajariladi. Albatta, odamlar figurasi umumiy, shartli, detalsiz beriladi. Biroq ayni paytda ularda yetarlicha ishonarli harakatlar va fazoda joylashish tartibi bо‘lishi kerak.

Kompozitsiyada figuralar taqsimoti rassom tanlagan hayotiy syujetga bog‘liq. Syujet eskiz shakllarini, kompozitsiya xususiyatlarini, shuningdek, eng kerakli jihozlarni tanlashga yordam beradi. Dastlabki eskiz chizmalarda syujet markazi, figuralarning guruhlanishi, ba’zan esa harakatni amalga oshirayotgan yoritish xususiyatlari ham hal etiladi. Bunga I.E.Repinning «Volgada burlaklar» rasmiga chizma eskizlari misol bо‘la oladi.

O‘quv ishida kо‘p sonli eskizlar bajarish asosida syujet yechimini hal qilish mumkin. Bu esa kompozitsiya yaratishning eng zarur bosqichi bо‘lib, umumiy syujet bilan birlashgan figuralar kompozitsion yechimi ustida ishlashda qо‘l keladi. Bu jarayonda kompozitsiyaning hamma elementlari aloqadorligini ifodalashni unutmaslik kerak. Badiiy timsol ifodaliligiga erishish uchun yorug‘ fonda qorong‘i siluetlar, massalarni taqsimlash ustida ham ishlash kerak. Ular figuralarning plastik joylashuvida, hal qiluvchi chiziqlar yо‘nalishini ta’minlashi kerak (19– rasm).

Barcha tasvir vositalari tanlangan syujetni yaxshiroq ifodalash uchun ishlatiladi. Kо‘pchilik rus rassomlarini tarbiyalagan P.P.Chistyakov о‘z shogirdlariga kompozitsiya ustida ishlash jarayonida kerakli yechimlarni qidirish yо‘li bilan mazmun va shaklning tо‘liq uyg‘unlashuviga erishish zarurligini uqtirardi.

Rassom boshlang‘ich yechimda tasvirning soddaligi va aniqligi bilan ajralib turuvchi murakkab dramatik hodisani ifodalovchi kompozitsiyaga duch keladi. V.I.Surikovning о‘z polotnolariga qalam va akvarel bilan bajarilgan noyob eskizlari mavzuning timsoliy yechimini qidirishda asos bо‘lib xizmat qilgan.


19-rasm. Kartina eskizi.


Odatda, eskiz yaratilgandan sо‘ng material yig‘ishga о‘tiladi. Tayyorlov etyudlarini yig‘ishda rassom eskiz asosida naturadan u yoki bu timsolga zarur hayotiy kо‘rinish baxsh etuvchi aniq materialni topishi kerak. Etyud materiali ustida ishlashda qalamchizgilarga murojaat etishga tо‘g‘ri keladi. Etyudlar naturaning aniq xarakterli shakllarini qayd etish kerak bо‘lgandagina ishlatiladi yoki vaqt chegaralangan, sharoitlar rangli etyud bajarishga imkon bermagan taqdirda ishlatiladi. Ayrim paytlarda etyudlar tasvirlash uchun kо‘maklashib, usiz ishlab bо‘lmaydigan yordamchi material tarzida qabul qilinadi.


20-rasm. Mikelanjelo. Asar qoralamalari.


Naturadan chizmalar bajarish kо‘pincha asar kompozitsion yechimiga о‘zgartirish kiritish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Diqqatni tо‘plagan rassom natura bilan boyitilgan kartinaga zarur ishonarlilik, xarakterlar ifodaliligini kiritib, alohida elementlar va butun kompozitsiya tuzilishida plastik holatni hosil qilishga erishadi.

Rassom kо‘ngilda tug‘ilgan maqsadni eskizda grafit qalam bilan amalga oshiradi. Keyin esa nisbat, rasmning g‘oyaviy maqsadi bilan chambarchas bog‘liq bо‘lgan personajlar, predmetlarni joylashtirish yо‘llarini izlaydi. Eskiz ustida ishlash davomida rassom yangi detallarni kiritadi yoki aksincha, eskizda asosiy g‘oyani yaqqolroq aks ettirishga tirishib, о‘zining boshlang‘ich maqsadini barcha ikkinchi darajali unsurlardan tozalaydi. Kо‘pincha istalgan natija uzoq izlanishlardan sо‘ng kelgusi rasm eskizlarida rо‘yobga chiqariladi (20-21– rasm).


21-rasm. Каrtina ustidagi izlanishlar. Rassomlar ishlaridan namunalar.


Pedagogik rasmda ijodiy yondashish

Yosh rassom shaxsini shakllanishiga о‘quv davomida о‘rganilgan nazariy maxsus bilimlar bevosita ta’sir qiladi. Ular barchasi yetakchi predmet kompozitsiyasida qо‘shiladi, chunki u ijodiy qobiliyatni rivojlanishiga imkoniyatni kengroq beradi. Shu sababli ham rasmga о‘rgatishni ijodiy fikrlashni rivojlanishdan ajratib bо‘lmaydi.

Kompozitsiya ifodali bо‘lishiga fikrni ifodalanish jarayonini tо‘xtatmaydigan rasm ta’sir qiladi. O‘quvchi oldiga turli, tasodifiy olingan buyumlarni qо‘ysangiz, u bu narsalarni qog‘ozda yoki boshqa materialda tasvirlashdan avval ularni bir guruhda tasavvur qilishi kerak. Har bir rassomda ijodiy jarayon о‘zgacha kechadi, har bir yangi ish ham о‘zgacha yondashishni talab qiladi.

Asar yaratishda ijodiy jarayon asosi rassomning obrazlar, timsollar bilan fikrlay olishidir. Haqiqatga asoslangan ijodiy tasavvur natijasida yoki muayyan voqea zamirida paydo bо‘lishi yangilik о‘y-xayol, ichki fikrlash uchun asos bо‘lishi mumkin. Muayyan obrazda mavjud bilim va tasavvurni aks ettirish – bu jarayonning eng muhim belgisidir.

Kompozitsiya har bir asarning poydevori, u hayotiy kuzatuvlarni umumlashtirib, ularni rassomning ijodiy maqsadlariga bо‘ysundiradi. Obrazli masalani yechish – kompozitsion ishda eng muhimdir. Kompozitsiya tasviriy materialni tashkil etish shakli bо‘lib о‘quvchida obrazli fikrlash qobiliyatini shakllantiradi.

Kompozistion о‘ylovlar qog‘ozda birinchi chizgi tushmasdan oldin paydo bо‘ladi. Shu sababli bir savol tug‘iladi: Nega har bir professional san’at yо‘liga chiqqan kishini rassom eskizlari bunchalik qiziqtiradi, hayajonlantiradi? Balki ularga qarab biz rassomni xayollarini kо‘rishimizdadir, о‘sha rassom nimani tasavvur qilganini, uning о‘yxayollarini bilib olishga intilishimizda. Shu sababli eskiz qilish xohishni sо‘ndirmaslik kerak. Uning ustida ishlash tasavvurni kengaytiradi, obrazli fikrlash qobiliyatni rivojlantiradi.

Kompozitsiya ustida ishlashda suratning muayyan muammolari paydo bо‘ladi, ularni obrazli xayoldan kelib chiqqan holda yechish ehtiyoji paydo bо‘ladi.

Ba’zida kompozitsiyada о‘ylab qо‘yilgan ishora, poza, turni aks ettirish urinishlardan cheklanib, natura bilan ishlashga alohida vaqt ajratib, о‘shanga о‘xshash tip va ishoralar qidirish mumkin yoki qatlamlar yechimi kompozitsiyada ishonarli chiqmayapti, demak, maxsus rasmlarga e’tibor qaratib, ulardagi qatlanishlarning turli tomonlarini kuzatib turish maqsadga muvofiqdir.

Rasmga о‘quv pozitsiyasidan qaralsa, birinchi navbatda u shakl qurilishi qonuniyatlarini о‘rganishdir. Bunday rasm har bir о‘quvchiga maktab kabi zarur. Ammo rasm san’at predmeti shundaki, rassom qonuniyat ilmiga tayangan holda о‘z oldiga muayyan ijodiy muammo qо‘ysa va uni ishonarli qilib yechsagina о‘z maqsadiga erishadi.

O‘quv rasmi kasb ta’limining muhim qismi bо‘lib, borliqni real tasvirlash asosidir, undan keyin zamonaviy tasviriy amaliyotda 2 xil rasm mavjud. Ular maqsadlari bilan farq qiladi. Bu stanokli rasm ijodiyotning alohida doirasi va rasm – asarning tarkibiy qismi sifatida. Rasm barcha tasviriy san’at turlari asosidir.

Tasviriy savodxonlik asoslari borliqni ijodiy о‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladi. Rassom tasviriy san’atning qaysi turida ijod qilmasin uning ishi birinchi bosqichda qalam eskizlari va kompozitsion chizmalardan boshlanadi. Fikrni eskizga aylantirish uchun rassomda kenglikni tasavvur qilish qobiliyati о‘ta rivoji, rasmga erkin egalik qilish, ijodiy tasavvurning kuchi bо‘lishi shart.

Ma’lumki, san’at asari negizida haqiqiy rassomlar ishlari asosida naturani hamma tomonlama bilishi va ichki tasavvurning ulkan kuchi yotadi. Naturani chuqur о‘rganishi va ichki tasavvur о‘tkirligi о‘ylov va uni amalga oshirish о‘rtasidagi zanjirdir. Borliqning umumlashtirilgan aksi uning bir xil о‘xshash tomonlarini birlashtirish, quyuqlashtirish bilan bog‘liq va rassomning ularga bо‘lgan munosabatidan ajratilmaydi.

«Rassom, – deb yozardi S. Chistyakov, – bu nimanidir biladigan shaxs, u о‘zi kо‘rgan yangi, takrorlanmas, faqat u hayotda kо‘rgan, о‘zi anglagan, boshqa rassomlar ungacha aytmagan, uningdek anglanmagan narsalarni ayta oladigan shaxsdir». Idrok orqali eng muhimini tanlash obrazli fikrlash qobiliyatni rivojlantiradi, bu esa barcha ijodiy faoliyat sohalarida zarurdir. A. Deyneka «Оборона Севостополя» kartinasida ziddiyatlardan foydalangan, mavzuning eng muhimini aks ettirish uchun barcha plastik vositalardan foydalangan. Uning birinchi eskizlari, tayyorlov rasmlari rassom tasavvurining kuchi haqida guvohlik qiladi. Rassom madaniyati uning ongida ma’lumot miqdori bilan emas, balki yig‘ilgan bilimlarga ijodiy munosabat bilan о‘lchanadi. Ayniqsa, me’morchilikda bu yaqqol namoyon bо‘ladi. Bu yerda bо‘shliq, kenglik tasavvuri rivojlanishi bosh rol о‘ynaydi.

Shakl hosil qilish jarayonini fantaziyasiz tasavvur qilish qiyin. Dizayn va amaliy san’at uchun juda muhim. Masalan, antik san’at nodirliklaridan biriga e’tibor bering – E. Verroniyning qizil figurali krateri.

Kraterning pastki yuqori qismidagi naqsh markaziy kompozitsiyani ajoyib qо‘shimchasi bо‘lib, uni yanada boyitadi. Rasmning о‘tkir mohirlik, chizgilar silliqligi yunon rassomi asarini jahon ijodiyoti tarixida mashhur hodisa bо‘ldi. Kompozitsiya va rasm bog‘lanishiga qaraganda, naqsh va siluetga e’tibor berish kerak. Naqsh va siluet yaratish misolida natura o‘zgartirish jarayonini kuzatish mumkin.

Hayvonot va о‘simlik dunyosi naqsh yaratish uchun boy material beradi. Ayniqsa, naqshkorlik amaliy san’atda keng qо‘llaniladi. Aytishlaricha, M. Vrubel darsga shastint gullarini keltirib, bir guruh o‘quvchilarga faraz qilishni, boshqalarga vazifa uchun rasm solishni, kimgadir gilamga naqsh chizishni buyurar edi. Ba’zida о‘zi ham doskaga chizib bir gul misolida qancha figuralar yaratish mumkinligini kо‘rsatgan.

Har xil nuqtayi nazardan qaralsa, kutilmagan natijalarga erishish mumkin. Masalan ba’zi о‘simliklarni yuqoridan chizsa «Rozetka» naqshi paydo bо‘ladi. Naqshkorlik bevosita ritm bilan bog‘liq, birlikni tashkil qiluvchi qism aniq aks etishga imkon beradi. Butun kompozitsiyani bezaydi. Siluetlik yechimning mohiyati esa, predmet shaklini butunligicha, aks ettirishdir. Siluet ustida ishlashda nima tasodifiy, nima esa xarakterli, doimiy ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Siluet naturasiz topilishi mumkin, lekin uni bilish shart. Har bir insonga xos bir holat mavjud. Ko‘chada ketayotib biz uzoq-uzoqdan tanish obyektni yoki odamni taniy olamiz. Demak, faqat eng asosiy xarakterli tomonlari kо‘zga tashlanadi. Umumiy kompozitsion yechimda siluet gо‘zalligi va ifodaliligi о‘ta muhim.

Tasvir ishonarli chiqishi uchun kо‘zgu va tasavvur darkor. Bu holatda san’at turi о‘z qonunlarini bildiradi. San’atning ba’zi turlarida tasavvur roli haqida yuqorida aytilgan edi. Bu sifat, ayniqsa, haykaltaroshlar, dizaynlar, grafik, teatr va kino rassomlar ishida zarur. Kompozitsiyaning doimiy asosiy qonuniyatlardan murakkab bо‘lmagan predmetlar rasmini chizishdan boshlash ma’qul. Bunda tasviriy tekislikni ritmik tashkil etilishi har bir shaklida belgilanishni unutmaslik kerak, xoh u kompozitsiya eskizi bо‘lsin yoki naturachi surati, yoki tabiat manzarasi etyudidan qat’i nazar. Bunday yondashishda ish boshidan katta massalar harakati, varaqning umumiy dinamikasi kо‘rinadi. Chiziqli ritmika qadimgi rassomlarning ham kо‘zgu tasavvuri kuchli ekanidan dalolat beradi. Har bir asar rasm yoki naturadan chizmalar yoki tasavvur bо‘yicha tuzilishi shart. Eng avvalo, rasm ustida ish bu kompozitsion muammoni yechish demakdir.

Rasm uchun format hajm tanlashda kо‘zgu tasavvuri yorqinligi katta ahamiyatga ega. Motiv sababni topish, eng ifodali kо‘rish nuqtasini belgilash, tasvirlanadigan obyekt chegaralarni aniq belgilash shunga kiradi.

Ba’zi о‘quvchilar kompozitsion yechim ifodaligiga va о‘tkirligiga ta’sir qiladi deb о‘ylab boshqa format tanlashadi. Aslida format emas, fikr-xayol о‘tkir bо‘lishi mumkin, masalan, oddiy format-kvadratda ifodalangan bо‘lsa ham, format oldindan berilgan bо‘lishi lozim (devor hajmi, holat kitob sahifasi), rassom о‘zi tanlashi mumkin. Nima bо‘lganda ham bu о‘z boshimchalik degani emas. Lekin formatning haqiqiy ahamiyati shunda namoyon bо‘ladiki, shu muayyan formatga kiritilgan tasvirga hech nima qо‘shib ham bо‘lmaydi, hech nima ortiqcha ham emas. Ammo kompozitsion rasm roli faqat muayyan formatga ta’sir о‘rnatish emas, varaqni tо‘g‘ri tashkil qilish muhim: rang-tus, ritm, dog‘, chiziq, harakat hammasini hisobga olish kerak.

Rasm chiza olish – tasavvur qila olish degani. Kompozitsion о‘lchovni amalga oshirish uchun maqsadga yо‘naltirilgan tasavvur rasm yо‘lini oshiradi, rasm esa– rassom mohirligini shakllantiruvchi vosita.

O‘quvchilarning tasviriy kо‘zgusini rivojlantirganda, yangilikni his qila olish qobiliyatni tarbiyalashda, о‘quvchilar diqqatini doimo jalb etish kerak.

Badiiy о‘lchovlarning yagona manbai – hayot. Hayot tasavvurlarni qо‘shib, ularni badiiy shaklda ifodalay olishni о‘rganish kerak. Ishda eng avvalo, umumiy fikr о‘z ifodasini topish kerak. Butunlikni bilish uchun u qanday elementlardan tarkib topganini bilish kerak. Butunni alohida qismlarga ajratishda, umumiy taassurotni yо‘qotmaslikka intilish kerak.

Tasvir butunligiga turli yо‘llar bilan erishish mumkin. Butunlikni unutmay, detallar tarkibiy qismlar bog‘lanishini, о‘zaro tobe ekanligini kо‘zdan qochirmaslik kerak. Butunlikni kо‘ra olish xarakter tabiati muammosini о‘z ichiga oladi. Xarakterni ifodalay olish, berilgan obyektda bosh va ikkinchi darajali masofada turib, ishdan olingan tasavvurga e’tibor berish kerak.

J. Mili ta’kidlagandek: «Diqqatni faqat asosiy narsalarga qaraqtish kerak. Tikuvchi paltoni tikkanda, uni manekenga kiydirib о‘zi uzoqdan tо‘xtab kuzatadi. U yaxshi о‘tirgan bо‘lsa, ya’ni palto bejirim yaxshi chiqqan bо‘lsa, tikuvchi detallariga ishlov berishga kirishadi, lekin yomon tikilgan narsaga chiroyli bezaklar va boshqa detallar qadaydigan odam befoyda ish qiladi. Xuddi shunday me’morchilik yodgorliklari ham. Asarning asosiy tomoni kо‘zga tashlanishi kerak, uni hech narsa buzmasligi shart». Shunday qilib, biz erkin va izchil detallarni kuzatishdan oldin butun asardan taassurot olishimiz kerak. Butunlik hissini tarbiyalash о‘qishning birinchi bosqichida boshlanishi kerak.

Xotira asosida rasm chizishni о‘rgatishning qisqacha tarixiy tavsifi

Ijodiy amaliyotda naturadan chizish va о‘zidan tasavvur qilib chizish orasida aloqa mavjud. Ma’lumki tasviriy qobiliyat о‘z xususiyatlariga ega. Kо‘p usta rassomlar ishlari naturaga asoslangan. Lekin xotirasiga, tasavvuriga tayanib erkin ishlaydigan rassomlar ham kam emas. Ishning u yoki bu usuli bir vaqtni о‘zida badiiy tarbiya xususiyatidir. San’at о‘quvchilarda faqat bevosita naturadan chizish malakasini talab qilmaydi. Kо‘z xotirasini rivojlantirish asosida avval kо‘rganlarni aniq xotiraga muhrlab olish yotadi. Tasviriy xotirani rivojlashning xususiyatlaridan biri – plastik kо‘rishga asoslangan badiiy tanlov prinsipi (tamoyili) xizmat qiladi.

Bunday rasm shakllari chuqur tarixga ega. Bizga badiiy ijod endi paydo bо‘lgan paytdan taassurotlangan san’at namunalari ma’lum. Bu qadim zamonlardan g‘orlarda, tosh qoyaliriga о‘yib chizilgan rasmlar ming yillar о‘tsa ham, inson hayoti va mehnati bilan bog‘liq rasmlar haligacha bizni о‘z yorqinligi, shakl aniqligi va ifodaligi bilan hayratga soladi. Shubhasiz, bu rasmlar kо‘rish taassurotlariga tayanib chizilgan. Qadimgi rassomlar о‘z asarlarini tasvirlanayotgan obyekt xarakterini ifodalash yо‘li bilan yaratganlar. Bizga tushunarli bо‘lgan kenglik – bо‘shliq tushunchasi mavjud emas. Tasvir ba’zida bir-birining ustida joylashtirilgan.

Qadimgi Rim olimi va yozuvchisi Pliniy aytganlari biz uchun qiziqish uyg‘otadi. Antik ustalarining ijodiy tasvirlash asosida kuzatuvi bо‘lgan. Badiiy asar butunligiga diqqatni qaratib, ikkinchi darajali narsalarni bosh asosiy mavzuga bо‘ysundirilish haqida yozgan, detallarni mayda-chuyda, ikir-chikirlarigacha chizish befoyda ekanini tasdiqlagan.

Tiklanish davri buyuk ustalarining asarlari barchaning diqqat e’tiborini о‘ziga qaratadi. Bu davr shuncha san’at asarlarini qoldirganki, u davrning о‘quv jarayonini kо‘rishga istak paydo bо‘lishi tabiiydir, shunday yuqori natijalarga erishishni belgilab bergan ustaxonalarda о‘qitish usullarini о‘rganishga harakat qilinadi. Renesans rassomlari amaliyotida namunalardan rasm chizish, kо‘chirma qilish bilan bir qatorda naturadan kiyingan va yalang‘och figuralarni rasm solish kiradi. Rasmlarning ijodiy funksiyalari kengayadi, turli tayyorlov rasmlari chiziladi.

Uyg‘onish davri rassomlarida naturadan chizganda uni bor bo‘yi bilan ifodalash hal qiluvchi omil bо‘lgan, shu asosida tasavvurda obraz paydo bо‘lgan, masalan, A. Manteni Franchesko Konzagaga xat yozib. Rimdagi zodagon turk asir haqida «Men uni sizga chizib yuboraman, о‘zim kо‘rgandek kо‘rsataman. Men hozir yuborar edim, ammo uni hali yaxshilab kо‘rolmadim, u ba’zida boshqacha tasavvur qoldiradi, shu sababli uni xotiramda yaxshiroq saqlab qololmadim» degan.

Demak, yuqorida aytilganlardan xulosa chiqarish mumkinki, Mantenya modelni shunchaki beparvo tasvirlash emas, chuqur hamma tomonlama о‘rganib xotirada muhrlab olib keyin xotira bо‘yicha chizishni muhim deb hisoblagan. Uyg‘onish davri rassomlari bu usulni tasviriy amaliyotda hal qiluvchi deb bilganlar. Shu bilan birga keyinchalik XVIII – XIX asr rassomlari ijodiy amaliyotda shu usuldan foydalanib boshqa usullarni ham qо‘llaganlar.

Rossiya ijodiyot Akademiyasida qо‘llanilgan о‘quv usullari juda unumli bо‘lgan. XVIII asr va XIX asr birinchi yarmida Akademiya inson figurasini chuqur о‘rganib, uni turli holatlarda tasvirlash malakasini rivojlashni talab qilgan. Masalan A.Ivanov, K.Bryullov va boshqalar inson figurasini xohlagan burulishi va rakursida chiza olganlar. Rasm chizishni о‘rgatishning bunday tizimi inson anatomiyasini chuqur bilishi va amaliyotda qо‘llay olishni, murakkab kompozitsion masalalarni yechishda shakl bilan ishlay olishni talab qilardi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 | Следующая
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации