282 000 книг, 71 000 авторов


Электронная библиотека » Ш.Р. Кобилов » » онлайн чтение - страница 5


  • Текст добавлен: 29 апреля 2024, 19:40


Текущая страница: 5 (всего у книги 5 страниц)

Шрифт:
- 100% +

Bu о‘rinda chiziq (kontur) muhim о‘rin tutadi. Yaxshi natijaga erishish uchun shaklni tahlil qilish, tasvirlashga oid kо‘nikma va malakalarni egallash lozim. Sо‘ngra rasm chizishga о‘tish mumkin.

Rassom – muallim P.P.Chistyakov bu haqda quyidagicha yozgan edi: «Kimki shaklni kо‘ra olmasa, u chiziqni ham tо‘g‘ri tushira olmaydi». Inson gavdasi rasmini chizish jarayonida talaba bir qator tasviriy va о‘quv vazifalarini yechadi. Bular uning keyingi ijodiy va pedagogik faoliyatida muhim rol о‘ynaydi.

Inson gavdasi qalamchizgisini bajarganda quyidagi holatlarga diqqat qilish lozim:

Inson tanasini tasvirlash murakkab jarayon bо‘lib, faqat mashq qilgan qо‘l va kо‘z yordamida aniq nisbatlarni hamda harakatni tasvir etish mumkin.

Chizishdan oldin siz uning harakatini kuzatishingiz, asosiy gavda nisbatlarini aniqlashingiz va kiyim uning gavdasida qanday turishini bilishingiz lozim.

Gavda va oyoqlar nisbati bir-biriga taxminan teng. Yelkadan tirsakkacha, tirsakdan qо‘l uchigacha bо‘lgan masofa taxminan bir xil. Tizza oyoqning yarmisida joylashgan. Bosh qismining gavdaga nisbatlari yoshga bog‘liq.

Inson tasviri qalamchizgisida, eng avvalo, asosiy nisbatlarni, ya’ni gavda, oyoq, qо‘l va boshqa о‘lchamlarini belgilang. Barmoqlar, kо‘z, og‘iz, burunni aniq chizmasdan, umumiy shaklini toping. Tez qalamchizgida asosiy diqqatni harakat xarakterini topishga qaratish hamda nisbatlarga rioya qilish lozim.

Taxminiy chizgingizni yana bir bor kо‘rib chiqing va kerakli tuzatishlar kiriting.

Xotira asosida rasm chizish haqida fikr yuritgan san’at ustalari о‘rganuvchida doimiy ravishda kichik о‘lchamli albom va qalam bо‘lishi kerakligini ta’kidlaydilar. U doimiy ravishda kо‘rgan barcha narsasini: inson, odamlar guruhi, tabiat, alohida predmetlarni chizishi lozim. Bu jarayonda kо‘z sekin-astalik bilan kо‘rgan narsasidagi xarakterli, asosiy joylarni ilg‘ab oladi, qо‘l esa doimiy harakatda bо‘lib, kerakli shaklni tez chiza oladi. Bu haqda XIV asr italyan rassomi Chennino Chennini shunday degan edi: «Bayram kuni ham, ish kuni ham doimiy ravishda rasm chizish bilan shug‘ullan va shu asosda tabiatga bо‘lgan qiziqishing muntazam mashq natijasida katta tajriba tо‘planishiga olib keladi».

Shu sababli kо‘chada sayr qilgan chog‘ingizda, avtobus kutish vaqtingizda tevarak-atrofga diqqat bilan nazar soling, manzaralarni eslab qolishga harakat qiling. Bunda siz esda saqlamoqchi bо‘lgan obyekt turli-tuman bо‘lishi mumkin: manzara, bola, katta kishi, transport vositalari, qurilishlar va qurilish texnikasi va h.z. Uyga kelib, kо‘rgan narsalaringizni qog‘ozga tushirishga harakat qiling. Ushbu turdagi mashg‘ulotlar sizda kо‘ruv xotirasini mustahkamlashga xizmat qiladiki, bu rassom uchun eng kerakli fazilatdir.

Tasavvur asosida rasm chizuvchi talaba umumiy shakl u yoki bu qismining konstruktiv tuzilishi, xarakterini qanchalik tо‘g‘ri tushunishini kо‘rsata oladi.

Rasmning tо‘g‘riligini tekshirish uchun tasavvur bо‘yicha chizishda ishlatilgan nuqtayi nazarga mosini egallash va natura bilan solishtirib, hamma payqalgan kamchiliklarni tuzatish kerak. Bundan tashqari, tasvirdagi rasmni о‘z tasavvuri bо‘yicha tasvirlash tavsiya etiladi.

Xotira va tasavvur bо‘yicha xomaki rasmlarni bajarishda tasvirlanayotgan obyekt yaxlitligiga intilib, diqqatni xarakterli xususiyatlarga qaratish zarur. Tabiiyki, naturadan bajarilgan rasmning sifati xotiradan chizilgan rasmdan yuqori bо‘ladi. Sezilgan xatoliklar chizuvchini xafa qilmasligi kerak. Chunki doimiy mashqlar vaqt о‘tishi bilan turli shakllarni fazoviy hal etishda bilim va kasbiy kо‘nikmalar hosil bо‘lishiga olib keladi.

Tasavvur asosida chizish shaklni о‘rganishda katta ahamiyatga ega. Bunday ishning asosiy vazifasi xayoldan biror predmetni fazoda ma’lum holatda tiklash va uni qog‘ozda uch hajmli shaklda ifodalashdan iborat. Xomaki rasmlar kuzatishlar yо‘li bilan olingan kо‘z tasavvuridan foydalanib bajariladi. Bu jarayonda predmetlarni ixtiyoriy fazoviy holatlarda tasvirlay olish muhim rol о‘ynaydi. Agar tasavvurlar naturani qabul qilishga suyanmasa, ular juda umumiy va ancha noaniq xarakter kasb etib qoladi. Aslida ijodiy jarayonda zarur bо‘lgan timsoliy tasavvurlar naturani badiiy qabul qilish asosida hosil qilingan va mustahkamlangan tasavvurlardir. Biror predmetni tasavvur bо‘yicha chizishni boshlashdan oldin model tuzilishini aniqlashga, uning hajm shaklini va undagi qismlarning fazoda joylashuvini anglashga harakat qilib, naturadan rasm bajarish foydalidir. Undan sо‘ng shu predmetning о‘zini boshqa yо‘nalishda tasvirlab, tasavvur bо‘yicha qisqa muddatli rasm bajariladi.

Qush va hayvonlar qalamtasviri

Qush va hayvonlar rasmini jonli naturadan chizishga о‘tishdan oldin ularning qotirmasi (tulum)da mashq qilish kerak. Bunday mashg‘ulotlar chizuvchini hayvonot olamining xarakterli shakllari bilan tanishtiradi, yaxlit kо‘ra olish qobiliyatini о‘stiradi.


62-rasm. Qushlar qalamchizgilari.


Modelning umumiy shaklini, unga taalluqli xarakterlarni tez ilg‘ab olishga harakat qilish kerak (63-rasm). Ishni boshlashdan oldin tasvirlanuvchi hayvon yoki qush skeleti tuzilish xususiyatlari bilan tanishish maqsadga muvofiq bо‘lib, bu keyingi ishni ongli ravishda bajarish, hamma vaqt tashqi qatlam ostidagi skelet suyaklarini his etishga imkon yaratadi. Qо‘llanmada qush va hayvonlarning bir qator skelet asoslari, rassomlar, talabalar tomonidan bajarilgan ishlardan namunalar keltirilgan.


63-rasm. Qushni tasvirlash usuli.


O‘qituvchi-rassom uchun muhim bо‘lgan sinf doskasida rasm ishlash kо‘nikmasini hosil qilish uchun qush va hayvonlar qotirmasi yuzasini bо‘yashda tus munosabatlarini va modelni yoritish sharoitlarini hisobga olmay, xomaki rasmlar bajarilishi tavsiya qilinadi.

Hayvon yoki qush shakli tо‘g‘risida tо‘liq tasavvurga ega bо‘lish uchun turli burilishlarda qо‘yilgan qotirmalarning о‘ziga qarab, sо‘ng xotira va tasavvur asosida xomaki rasmlar bajarish kerak. Hayvon va qushlar qotirmasi asosida tasvirlar bajarishda ma’lum tajribaga ega bо‘lib, keyin jonli naturadan rasmlar bajarishga о‘tish mumkin. Hayvon va qushlarni turli holatlarda diqqat bilan kuzatish ularning gavdasi, harakatlari aniqligi tufayli tomoshabinda kuchli taassurot qoldiradi. Mahorat bilan bajarilgan ishlarni kо‘rganda chizuvchi rassomlarning natura ustida ishlash hamda kо‘ruv xotirasi kuchi boyligiga guvoh bо‘lamiz. Ularning tasvirlanayotgan qush va hayvonlarga xos xarakterli xususiyatlarni va plastikani chuqur bilishlari kо‘rinib turadi.

Rassom qush va hayvonlarni chizishda о‘z oldiga dastlab umumiy shakllarni aniqlashni, keyinchalik esa shaklning xarakterli chiziqlarini aniqlashtirib ifodalash vazifasini qо‘yish kerak. Qush va hayvonlar muntazam harakatda bо‘lganligi bois xomaki rasmlar bir necha variantda ularning о‘ziga qarab chiziladi. Keyin muvaffaqiyatli chiqqan ish keyingi ijodiy faoliyat uchun qabul qilinadi.

Mashhur animalist rassom V.A.Vatagin о‘zining «Hayvonlar tasviri» kitobida qush va hayvonlar xomaki rasmini ishlashda quyidagi usulni qо‘llashni taklif qiladi: «Siz, masalan, о‘tirgan quyonni chizyapsiz. U holatini о‘zgartiradi, siz uni chizib olishga ulgurmadingiz. Rasmni tugatmay qoldiring va darhol quyon qabul qilgan ikkinchi holatni chiza boshlang, sо‘ng uchinchisini va h.z. Sizda bir hayvonning turli holatlardagi va turli darajadagi bir guruh rasmlari zaxirasi hosil bо‘ladi. Hayvonlar hayvonot bog‘i sharoitida chegaralangan harakatlarga ega bо‘lib, kо‘pincha bir xil holatlarni takrorlashadi. Chizuvchi tugatilmagan holatlarga qaytib, ularni nihoyasiga yetkazish imkoniga ega».


64-rasm. Qushlarni tasvirlash.


Sokin holatdagi hayvonlarning xomaki rasmini ishlashda shaklni aniqlovchi asosiy yorug‘-soya munosabatlarini ifodalash mumkin.

O‘quv topshiriqlarida qush va hayvonlarning qoralamalarini bajarish kо‘zda tutilgan. Vazifani bajarishdan kо‘zlangan asosiy maqsad qushlar va hayvonlarning umumiy kо‘rinishi va ularning asosiy xarakterli holati, harakatlarini tasvirlashdir.

Hayvonlarning harakatlari odam harakatlari singari turli-tumandir. Lekin qush va hayvonlarni naturachi kabi ma’lum bir holatda turishga majbur qilib bо‘lmaydi. Shu sababli rassom-pedagogning qush va hayvonlar anatomiyasini yaxshi bilishi naturaning umumiy holatini tez ilg‘ab olishga yordam beradi. Qush va hayvonlarning xomaki rasmini bajarish talabalarda kо‘pgina foydali malakalarni, jumladan naturani kuzatgan holda grafik vositalar yordamida tez va malakali rasm chizishni shakllantiradi.

Ishni nafaqat qalamda, balki sangina, tush, pero, akvarel va hokazolarda bajarish mumkin (64– rasm).

Biror qushni chizishdan oldin uni kuzating: gavda tuzilishi, bosh qismi nisbati qanday? Tumshug‘i qaysi shaklda, u qanday harakatlanadi, uchadi?

Qushlar tez harakatlanuvchi bо‘lganligi sababli ularning tulumidan foydalanish mumkin. Masalan, qarg‘a qanday chiziladi? Biz quyida uni chizish bosqichlarini keltiramiz.

Qarg‘aning bosh qismi katta, gavdaga birlashib ketgan, о‘rtacha kattalikda tumshuq, uzun dum va qanotlardan tashkil topgan. U о‘zi qо‘ngan butaga oyog‘ini qattiq bosib, panjalari bilan qisib turibdi. Bosh qismi xuddi allaqanday ovozni eshitayotgandek diqqat bilan burilgan. Bosh qismi chо‘ziq sharsimon, qorin qismi tuxum shaklida.

Yuqoridagilarga asoslanib, bosh shakli va gavdani о‘zaro nisbatlarini saqlagan holda belgilab olamiz. Bosh, gavda, dum holatlariga qarab, taxminiy о‘q chizig‘ini о‘tkazamiz. Tumshuq о‘rtasidan chiziqni, dum uzunligini va uning gavdaga nisbatan о‘lchamini belgilab olamiz.

Nisbatlar tо‘g‘riligini yana bir bor tekshirib, belgilangan shakllarni aniq chizamiz. Kо‘krak qafasi, qanotlarni chizib olamiz. Oyoqlar shaklini aniqlaymiz. Panjalar tо‘rtta: uchtasi oldinda, biri orqaga qayrilgan. Har bir panjada uzun tirnoq. Shundan sо‘ng tumshuq, kо‘z rasmini chizamiz. Chiziq, shtrixlar vositasida xarakterli joylarni beramiz.


65-rasm. Fillar tasviri.


66-rasm. Ot boshi qalam tasviri.


67-rasm. Оtlar qalam tasviri.


68-rasm. Оt qalam tasviri.



69-70-rasm. Оtlar tasviri.


Bob bо‘yicha mustahkamlash va nazorat savollari:

1. Qisqa muddatli rasmning maqsad va vazifalari.

2. O‘ziga qarab xotira va tasavvur orqali rasm chizish haqida ma’lumot bering.

3. Tez rasm chizishning vazifalari.

4. Tez rasm chizishda ishlatiladigan materiallar.

5. Qisqa muddatli rasmning badiiy ifoda vositalari.

6. Qisqa muddatli rasmlarning ahamiyati.

7. Qisqa muddatli rasmda chizilayotgan voqea-hodisalar.

8. Qisqa muddatli rasm chizish haqida rassomlar fikrlari.

9. Pedagogik rasmda qush va hayvonlar tasviri.

10. Pedagogik rasmda odamlar guruhini tasvirlash metodi.

11. Pedagogik rasmda manzarani tasvirlash metodi.

12. Sinf doskasida qisqa muddatli rasm bajarish tushunchasi.

Tayanch sо‘z va atamalar lug‘ati:

Avtoportret – portret tasvir, unda rassom о‘zini tasvirlaydi.

Assimetriya – simmetriyasizlik (nomutanosiblik.)

Antik – qadimiy.

Apollon – qadimgi grek mifologiyasida – Quyosh xudosi, san’at homiysi.

Atlanta – arxitektura peshtoqlarini kо‘tarib turuvchi, erkak figurasi shaklidagi ustunlar.

Akademik uslub – Uyg‘onish davri va qadimgi davr san’ati shakllariga asoslangan uslub.

Afsonaviy janr – xalq og‘zaki ijodi asosida tasviriy san’at namunalarini aks ettiruvchi janri.

Badiiy an’ana – qadimdan inson faoliyatining adabiyot, san’at kabi sohalarida erishilgan va saqlanib qolingan ilg‘or yutuqlar va tajribalar majmui.

Baget – tayyor rasm, suvrat kabilarni ichiga joylashtirish uchun mо‘ljallangan va sirti о‘yma, metall yoki ganch naqshlar bilan bezatilgan tо‘rtburchakli moslama.

Blik – narsa va tasvirlarning eng yorug‘, yaltiroq joyi.

Byust – fransuzcha sо‘z bо‘lib, «kо‘krak» ma’nosini anglatadi. U odamning kо‘kragidan yuqori qismini tasvirlaydigan haykal hisoblanadi.

Garmoniya – bog‘liqlik, uyg‘unlik, mutanosiblik.

Gravyura – fransuzcha sо‘z bо‘lib, «о‘yish» ma’nosini bildiradi.

Detal – naturaning ma’lum bir qismi.

Drapirovka – fon uchun ishlatiladigan har xil rangli matolar.

Yorug‘-soya – (yorug‘ va soya) tasviriy san’at nazariyasiga doir atama.

Yorug‘ (shu’la) – tasviriy san’atning nazariy asoslariga oid atama bо‘lib, nur va soya qonuniga tegishlidir.

Janr – hayot lavhalari, kо‘rinishlarini uning mazmuniga kо‘ra tasvirlovchi badiiy asar turidir.

Zarisovka – tugallanmagan rasm, chizgi.

Illyustratsiya – lotincha kо‘rgazmali tasvirlash, yoritish ma’nosini anglatadi.

Kartina – tasviriy san’at asari.

Komponovka – chizilishi kerak bо‘lgan naturani qog‘ozga tо‘g‘ri joylashtirish.

Kompozitsiya – tuzish, bir-biriga ma’lum tartibda joylashtirish, solishtirish va birlashtirish.

Kompozitsiya qonunlari – tasviriy san’atda yaratiladigan badiiy asarlarning g‘oyasi, mazmuni hamda badiiyligini tartibga soluvchi nazariy tushuncha.

Kontrast – qarama-qarshilik, zidlik.

Maska – niqob, san’atda David, Apollon yuz qismining gips nusxalari tushuniladi.

Molbert – rasm ishlash uchun moslama.

Model – namuna.

Pastel – rassomchilikda ishlatiladigan rangdor yumshoq qalam. Tarkibi bо‘yoq, bо‘r va bog‘lovchi moddadan iborat.

Perspektiva – rasmda uzoqdan kо‘ringan narsalarning tegishli kattalikda berilishi, qisqarish.

Nabroska – xomaki ish, qoralama, xarakterli chiziq va shtrixlar yordamida tez bajarilgan chiziqli rasm.

Natyurmort – tasviriy san’at janri (fransuzcha – jonsiz tabiat majmui).

Rakurs – suratda chizilayotgan uzoqdagi figura va buyumlarni kichraytirib ifodalash.

Shaxsiy soya – tasvirlanayotgan narsalarning sirtidagi о‘z soyasi.

Shtrixlash – qalam yoki shu kabi ish qurollari bilan rasm chizganda qо‘llaniladigan uslub.

Siluet – kishi, hayvon, qush kabi narsalarning soyaga о‘xshatib ishlangan rasmi.

Sangina – rassomchilikda ishlatiladigan yumshoq tо‘q qizil qalam.

Tushuvchi soya – predmetdan tushayotgan soya.

Portret – fransuz sо‘zidan olingan bо‘lib «tasvir» aniqrog‘i «odam tasviri» ma’nosini anglatadi.

Plastik anatomiya – anatomiya bо‘limi. Bunda inson tanasi nisbatlari, ichki tuzilishi va tana tashqi shaklining harakat vaqtida о‘zgarishi о‘rganiladi. Asosiy e’tibor skelet tuzilishi, muskullar, suyak va muskullar birlashishiga qaratiladi.

Pedagogik rasmdan namunalar

71 – rasm. Kubni chizish tartibi.


72 – rasm. Kubni chizish bosqichlari.


73 – rasm. Silindrni chizish bosqichlari.


74 – rasm. Sharni chizish bosqichlari.


75 – rasm. Konus chizish bosqichlari.


76 – rasm. Natyurmortni bosqichma-bosqich tasvirlash tartibi.


77 – rasm. Natyurmortni bosqichma-bosqich tasvirlash tartibi.


78-rasm.


79 – rasm.


80-rasm.


81-rasm.


82– rasm.


83– rasm.


84-rasm.


85-rasm.


86 – rasm.


87 – rasm. Kapalakni bosqichma-bosqich tasvirlash tartibi.


88 – rasm. Daraxtni bosqichma-bosqich tasvirlash tartibi.


89 – rasm. Baliqni bosqichma-bosqich tasvirlash tartibi.


90 – rasm. Olmaxon va quyonni tasvirlash.


91 – rasm. O‘rdakni bosqichma-bosqich tasvirlash tartibi.


92 – rasm. Otni bosqichma-bosqich tasvirlash tartibi.


93 – rasm. Tulkini tasvirlash.


94 – rasm. Itni tasvirlash.


95 – rasm. Qushlarni tasvirlash.


96 – rasm. Sinf taxtasiga tulkini tasvirlash.


97 – rasm. Sinf taxtasiga odamlarni tasvirlash.


98 – rasm. Sinf taxtasiga kiyikni tasvirlash.


99 – rasm. Kiyikni tasvirlash.


100 – rasm. Sinf taxtasiga echkini tasvirlash.


101 – rasm. Sinf taxtasiga harakatdagi odamni tasvirlash.


102 – rasm.


103 – rasm. Fil qoralamasi.


104 – rasm. Harakatdagi ayol qoralamasi.


105 – rasm. Pedagogik rasmlar.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. –T., 1997.

2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T., 1997.

3. Abdullayev S.F, Mahmudov. A.T. Qalamtasvir gips modellarini chizish. O‘quv qо‘llanma. –T., 2011.

4. Abdullayev N. San’at tarixi. –T.: «San’at», 2001.

5. Azimov B. Natyurmort tuzish va tasvirlash metodikasi. – Toshkent: «O‘qituvchi», 1984.

6. Boymetov B. Qalamtasvir. Pedagogika institutlari va universitetlari uchun о‘quv qо‘llanma. –T., 1977.

7. Boymetov B. Portret qalamtasviri. Toshkent, TDPU, 2001.

8. Abdurasulov S., Boymetov B.,Tolipov N. Tasviriy san’at. –T., 2006.

9. Abdurasulov S., Boymetov B. Chizmatasvir. Toshkent: «Chо‘lpon», 2004.

10. Ростовстев Н. Учебный рисунок. М: «Просвешение», 1985.

11. Ростовстев Н. Академический рисунок. М: «Просвешение», 1985.

12. Ростовстев Н. История методов обучения рисованию. М: «Просвешение», 1981.

13. Махмудов Т. Естетика живописи Узбекистана. Т., 1982.

14. Rabinovich M.Ц. Odam, tо‘rt oyoqli hayvonlar va parrandalar plastik anatomiyasi. –Toshkent: «O‘qituvchi», 1980.

15. Школа изобразительного искусства. М: «Искусство», 19641980.

16. Kузин В.С. Психология. М: «Высшая школа», 1982.

17. Шарохов Е.В. Kомпозиция. М., 1994.

18. Hasanov R. Tasviriy san’at darslari samaradorligini oshirish yо‘llari. –Toshkent: «O‘qituvchi», 1984.

19. Qobilov Sh. R. Qalamtasvir fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish va о‘tkazish. Metodik qо‘llanma. Buxoro 2010.

20. Samadov O. Abdullayev S. Odam boshini tasvirlash. Buxoro, 1992.

21. Tolebiyev A. Suret salu bilesinbe? (qozoq tilida).Alma-ata: «Oleg».


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5
  • 5 Оценок: 1


Популярные книги за неделю


Рекомендации