Читать книгу "Rostgo‘y bola"
Автор книги: Ochil Tohir
Жанр: Книги для детей: прочее, Детские книги
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 1 (всего у книги 1 страниц)
Шрифт:
-
100%
+
Ochil Tohir
Rostgo‘y bola
ODOBLI BOLA
Bobojonim, bobojon,
Sizni yaxshi ko‘raman.
Oldingizda doim men
Odob saqlab turaman.
Chaqirsangiz, labbay deb,
Qarshingizga yelaman.
Shirin konfetlar berib,
Erkalaysiz, bilaman.
Buyursangiz biron ish,
Men yalqovlik qilmayman.
Og‘rir boshim yoki tish,
Deb bahona qilmayman.

OYPOSHSHA
– Oyi, – dedi Oyposhsha,
Ushladim, mana, pashsha,
Shundan fil yasab bering,
Qilay men bir tomosha.
– Sendan aylanay o‘zim,
Bu mumkin emas, qizim,
Buni eplolmas odam,
Bu – onalik chin so‘zim.
– Xo‘sh, unda nega har dam,
Tushunmayman sira ham,
Pashshadan fil yasaydi,
Deydilar sizni dadam.

ARAZCHI QIZ
Buvijonim har doim
Boqib menga muloyim,
Ohista sochim silab,
Derlar meni erkalab:
– Sen asal-novvot, qizim,
Ko‘nglimga quvvat qizim.
Osmondagi yulduzim,
Oppoq, yorug‘ kunduzim.
Bog‘imda gul-g‘unchamsan,
Mening shirmoy kulchamsan.
Rostmi, deb buvim so‘zi,
Oldimga qo‘yib ko‘zgu.
Uzoq boqib turdim men,
U yoq, bu yoq yurdim men.
Undan uzmay ko‘zimni,
Kuzatdim men o‘zimni.
Buvim sanab, birma-bir
Aytganin topmay axir,
O‘pkalab men oynadan,
Chiqib ketdim xonadan.
BILAG‘ON DAVRON
Qafasdagi maymunga
Yaqinroq borib Davron,
Tikilib turar unga,
Bo‘lganicha lol-hayron.
Der: Boshdan-oyoq o‘zin
Bo‘yabdi qizil rangga.
Zo‘rg‘a ilg‘aysiz ko‘zin,
G‘alati-ya, qarang-a…
Oyisi deydi mayin:
– Boshqa maymun do‘stini
Qo‘rqitay, deb atayin
Bo‘yagan-da o‘zini.
O‘yga cho‘mdi Davronjon,
Der: Tushundim so‘zingiz,
Qo‘rqitay deb dadamni
Bo‘yarkansiz yuzingiz.
SUHBAT
– Bolam, gaplarimga quloq os,
Odobsizlik qilmasang buncha.
Astagina menga aytsang bas,
Tiling bor-ku!
Qo‘ling cho‘zguncha.
– Oyi, aslo emasman tixir,
Uzatishga majburman qo‘lim.
Vazadagi mevaga axir,
Nima qilay, yetmasa tilim?
BAYRAM QO‘SHIG‘I
Yoshlik – bu misli bahor,
Atrofda gul, ranggo-rang.
Quvonchdan dillar yayrar,
Jo‘r bo‘lib qo‘shiq, ohang.
Bu davradan zavq olib,
Qalblar toshar sururdan.
Do‘stlik doimo g‘olib,
Ko‘ksimiz to‘lar g‘ururdan.
MASALGA NAZIRA
Baroqvoy bolasiga
Qilarkan pand-nasihat.
It degan balosidan
Uzoq yurgin, der faqat.
Uning bizlardan boshqa
Qiladigan ishi yo‘q.
Doim balodir boshga,
Hayt, deydigan kishi yo‘q.
Rostini aytsam, bolam,
It emas, xira pashsha.
Itlar qavmi shu mudom,
Ishi «quv-qoch» hamisha.
To‘g‘risi, aynir ko‘nglim,
Gar eshitsam otini.
Uzun bo‘lsaydi qo‘lim,
Quritardim zotini.
TULKINING SO‘ZI

Nomimdir ayyor tulki,
Mug‘ombirligim shulki,
Asrash uchun jonimni,
To‘q tutmayman qornimni.
Bilaman, hayvon borki,
Bir-biridan ko‘p farqi.
Biri ojiz, biri zo‘r,
Biri to‘q, biri bazo‘r
Kun ko‘rar, bunga sabab –
Yurmas holiga qarab.
Ko‘rsa shudgorda quyruq,
Nafs berar unga buyruq.
Deyman, bo‘l o‘zdan hazir,
Ammo gap qilmas ta’sir.

O‘rmon, to‘qay sultoni
Sherning uzundir qo‘li,
Aytsam gapning dangalin,
Bo‘lolmas ammo tulki.
Yo‘lda ko‘p tuzoq-qopqon
Tushgaydir nafsi o‘pqon.

Mana olaylik, bo‘ri,
O‘lja deb qurir sho‘ri.
Ortiga qaytmas chunki,
Tingla, xoh qo‘ling silki,
Bo‘lmasang gar ehtiyot,
Silliq emasdir hayot.
Ahil bizning qavmimiz,
Juda nozik ta’bimiz.
Qilmaymiz o‘zni ko‘z-ko‘z,
Hamda ortiqcha gap-so‘z.
Hayvonning har xil turqi,
O‘ziga xosdir xulqi.
Mendan olmayin ulgi,
Bo‘lishar mudom kulgi.
Yerga urib nomimni,
Bulg‘amang siz shonimni.
Chiranmasin hayvonlar,
Aslo tulki bo‘lolmaslar.

* * *
Qirqta hiylam bo‘lsa ham,
Kelavermas doim qo‘l.
Dushmanga ko‘rinmaslik –
Yashash uchun qulay yo‘l.
OSHQOVOQ
Oshqovoqjon, oshqovoq,
Demasman hech «bo‘sh qovoq».
Palaging tez o‘ssa ham,
Sen emassan beboshvoq.

Poliz ekini aro,
Qishda o‘zingsan sara.
Sen – vitamin, darmonsan,
Yemaganga armonsan.
Bizga shifokor opa:
– Yurakka eng zo‘r davo,
Mag‘zi bo‘lgaydir shifo.
Urug‘i ham bebaho,
O‘tkir qilar ko‘zingni,
Tetik qilar o‘zingni.
Bo‘lsin bu sizga saboq,
Ko‘p yeng, deydi oshqovoq.

Shu bois bizlar har yil
Tomorqaga muttasil,
Qilmayin qosh-u qovoq,
Ko‘p ekamiz oshqovoq.
HUNAR – ZAR
– Hunar bu – zar, tugamas hech ham,
Bolam, rizqing bo‘ladi butun.
Egallagin kasb-hunar sen ham,
Bobojonim uqtirar har kun.
Mana, dadang yaxshi duradgor.
Yasar o‘zi eshik va romni.
Shunday hunar o‘rgansang agar,
Qurarding eng chiroyli tomni.
So‘zlarimni tingla, quloq sol,
Bilgin shuni, yalqovlik yomon.
Kasb-hunarni egalla darhol,
Qadrlidir hunarli inson.

QADRDON MAKTAB
«O‘qing, o‘qing, olingiz ta’lim,
Siznikidir kelajak, iqbol».
Jon kuydirar bizga muallim,
Mushtoq,
...
конец ознакомительного фрагмента
Внимание! Это не конец книги.
Если начало книги вам понравилось, то полную версию можно приобрести у нашего партнёра - распространителя легального контента. Поддержите автора!
Страницы книги >> 1
Популярные книги за неделю
-
«Хроники Нарнии» – всемирно известный цикл английского писателя К. С. Льюиса о волшебной…
-
Третий том знаменитых американских лекций Владимира Набокова по литературе составил курс,…
-
Новый большой роман Маши Трауб. Юля знает: некоторые мужчины возвращаются не для того,…
-
После смерти бизнесмена Дмитрия Зубатова его семья начинает рассыпаться на глазах. Дочь…
-
Перед вами долгожданное переиздание легендарного сборника лучших мистических рассказов…
-
Ленивая злодейка на отборе невест
Перед смертью я увидела окно. Такое, ну похожее на системное. Некто предложил сыграть в… -
Казалось бы, обычная ситуация – в нашей школе сменился директор. Но кто же знал, что…
-
Директор автобазы 1988. Том 2: Свой ход
Павел Серегин заставил автобазу работать. Теперь придётся научить её выживать без… -
Новое дело петербургского Шерлока Холмса – Родиона Ванзарова. Изощрённый интеллектуальный…
-
Балы, красавицы, дуэли, кутежи? На что ещё тратить вторую молодость, переродившись в…
-
Я руководил зоопарком, пока не попал под колёса. Теперь на календаре май 1988-го, мне…
-
Как и было обещано, приступаю ко второй книге «Мушкетер поневоле». Первая закончилась на…
-
Я думала, быть одной из десятка потенциальных невест императора, это сложно? Забудьте,…
-
Продолжение приключений кубанского казака Андрея Громова в 1889 году. Он добрался до…
-
МЕЛОДИЯ ЛЮБВИ НЕ ВСЕГДА ГАРМОНИЧНА Захватывающая драма о пути к славе, безумных чувствах…
-
Если в вашей жизни началась полоса тотального везения, то это предвестник цунами…
-
Вольный лекарь. Студент. Том 8
Несмотря на козни одного профессора, я смог поступить в медицинскую академию. Однако мою… -
У графа Александра Суворова война честная, с пушками и ружьями. У графини Варвары…
-
Чтобы испортить ведьме Новый год, иногда достаточно одной серебряной почтовой…
-
Ветеран войн попадает в магическое средневековье, где ему придётся начать свою новую…
-
За ошибки всегда приходится платить. Особенно, если ошибалась от души и со всей…
-
Он – герцог, легенда «Формулы-1» и самый завидный холостяк Англии. Он покорял трассы и ни…
-
Кортик. Бронзовая птица. Выстрел
Легендарная приключенческая трилогия Анатолия Рыбакова об обычных московских мальчишках,… -
Бывших учителей не бывает, или…
Достойно завершила карьеру, вышла на пенсию, и всё ради чего? Ради того, чтобы оказаться…