Текст книги "Hikoyalar karvoni"
Автор книги: Sardor Kurbanov
Жанр: Современная русская литература, Современная проза
Возрастные ограничения: +12
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 11 (всего у книги 11 страниц)
Urushdan bir nido
2020-yil 14-mart.
Hozirgi bu bitiklarim maqola uchun noodatiydir, ammo odamlar buni ko’rishlari kerak, buni o’qishlari kerak. Bu bitta bolakayning qisqa hayotini ko’rsatib beradi. Tushunaman, qisqa hayot deb boshlanishini o’zidan, voqea ta’sirli bo’lishni boshlashi mumkin, biroq u bolakayning so’zlari bundan ham ta’sirliroq bo’ladi, deb o’ylayman. Bolakay bilan men bir daqiqagina suhbat qurdim. Lekin shu bir daqiqa butun umrlik dars izini qoldirdi. Voqea shunday bo’ldi:
Men jurnalistman va urush bo’layotgan joyda o’zim ham ishtirok etib turaman. Yaqindagini ikkita taraf bir-birlari bilan o’q otishib olishgan edi. Bitta taraf mag’lub va bitta taraf g’olib bo’ldi. Biroz vaqt o’tib fotoapparatda rasmga olishni boshladim. Shunda bir ovoz amaki deb chaqirdi. O’girildim va panaroq joyda bir bolakay yotar edi. Dovdirab, shoshib yugurib bordim uning yoniga.
– Sen bu yerda nima qilyapsan? Tinch aholini bu yerga kirishi taqiqlangan ediku? – men. Birdan tanasidagi qizil rangni ko’rib qoldim. Qarasam qon. O’zimdan tozaroq dastro’molni oldim va o’sha joyiga bosdim. Nimaga bunaqa qildim, qayerdan bilib qildi, o’zim ham bilmayman.
– Amaki… bu narsani… singlim… ga o… lib borishim kerak… edi. Iltimos… qilaman sizdan… olib boring, singlim …ga bu ju… da muhim, ukalarim bunaqa havfli joyga kelib qidirib o’tirishmasin meni – bolakay. Bolakay qo’limga kichkina narsa tuttirdi. Keyin uning keying so’zlari shu bo’ldi. Akalik vazifamni yaxshi bajarolmadim shekilli, Alloh jonimni olyapdi. Allohni o’zi kechirsin. Bola o’z manzilini aytishni ham esdan chiqardi shekilli, shu so’zlardan keyin joni uzildi. Men esa ko’zda yosh, qo’lda uni ushlash bilan, ilojsiz ahvolda o’tirardim. Bergan narsasini qarasam, dori ekan.
Keyin surishtirib u bolakay yashaydigan joyni topdim, u yerda ikkita kichkina bola va go’dak qizni topdim. Ota-onalari urush oqibatida o’tib qolishgan ekan. Qo’ni qo’shnilari habar olib turusharkan, ammo har doimmas. Dorini esa bitta ularning tanishi berib turar ekan. O’sha tanishi jangchilar orasida, o’sha yerda otishma bo’lishini bilmasdan bolakayni chaqirib qo’ygan ekan. Dorini berdim va u yerdan boshqa joyga qadam bosgim kelmadi. Holat shunaqa ediki, meni mixlab qo’ygan edi. Haqiqat shu ediki, biz kattalar nafaqat yosh bolalarga o’z mas’ulyatimizni tashlab qo’yganmiz, balki kichkina, yosh, rivoj topib, kuchli bo’lishi kerak bo’lgan yelkalarni orqasiga yashirinmoqchi bo’lyapmiz. Shunaqa qisqagina, achchiq maqola. Uzur so’rab qolaman.
Yakkalik
Bir musulmon taksichi chaqiriq bo’yicha bir uyga bordi. Mijoz chiqdi. Taksiga o’tirdi. Yo’lda ketishyapdi.
– Uzur, siz musulmonsiza? – rus tilida so’rashga o’tdi mijoz. Ko’rinishidan rus sayyohiga o’xshar edi.
– Ha, alhamdullillah – deb javob berdi.
– Biroz suhbatinggizni olsam maylimi? Bitta ikkita savollarim bor edi musulmon odamga.
– Ha. Qo’ldan kelguncha javob beraman.
– Savolim to’g’ridan to’g’ri bo’lib tuyulishi mumkin, ammo nega siz musulmonlar faqat yakka Hudolikka yopishib olasizlar? Meni o’zim ateistman, shunga har xil musulmonlarning fikri qiziq.
– Uzur sizning isminggiz nima edi?
– Andrey – rus odam
– Agar sizga Andrey, ya’ni sizni shaxsinggiz ikkita desam, nima deysiz?
– Bu bo’lishi mumkinmas. To’g’ri bunaqa bir xil ism va familiyali insonlar ko’p, ammo shaxs bitta hisoblanadi, bitta shaxs ikkitaga bo’lina olmaydi, deyman.
– Xuddi musulmon ham Allohning yakkaligini shu bois tasdiqlaydi.
Rus odami jim bo’lib qoldi. Bir necha daqiqadan keyin taksichi yetib keldik, deya eshikni ochdi va yuklarni tushirishga kirishib ketdi.
Yig’ilgan pazl
Juma kuni edi. Shaxriyor va uning do’stlari juma namoziga kelishayotgan edi. U masjidning taxoratxonasiga kirib, taxoratini olib chiqdi. Chiqqandan so’ng ba’zi ko’ngillilar yerga gilam va joy namozlarni to’shashga yordam berayotgan ekan. U ham azgina yordam bergisi keldi, biroq negadir taxoratdan keyin yangiday bo’lganini eslab, changga bulg’angisi kelmadi va allaqachon to’shalgan joy namozga o’tirib oldi. Qo’liga telefonini oldi va azgina javobsiz qolib ketganlarga javob berib chiqdi. Uning hayolida bir rasm paydo bo’ldi. Go’yo nimadandir quruq qolayotgandaka bo’ldi.
Oradan sal kam bir hafta o’tdi. Keyingi payshanba.
Shaxriyor uyga kelsa, ukasi pazl rasmni yig’ib o’tirgan ekan. Nima qilayotganini so’ragan edi, ukasi chiroyli rasmni qog’ozda ko’rsatdi va shuni pazlini yig’ishi kerakligini aytdi. Bu Shaxriyorni ham qiziqtirib qo’ydi. U ukasi bilan o’tirib ikki soatlarcha vaqtni ketqazib pazlni yig’ishdi va paydo bo’lgan chiroydan, qilingan ishdan ko’ngli yorishib ketdi.
Ertasi kuni yana juma kuniga do’stlari bilan borayotgan edi. Bu safar taxorat borligi uchun, taxorat qilib o’tirmadi. Yana ko’chaga to’shalgan joy namozni ustiga o’tirib oldi va ma’ruzani eshitishda davom etdi. Ma’ruzani eshitish davomida atrofni ham kuzatar edi. Shu payt qulog’iga ma’ruzachi domlaning “dinda amallarimizni chala qila olmaymiz, ularni to’liq qilish kerak” degan gaplari eshitildi. Atrofdagi xizmatda bo’layotgan odamlarni kuzatar ekan, o’sha odamlar uning ko’ziga go’yo bir bo’shliqni to’ldirayotgandaka ko’rinishdi. Ular tarafdan har bitta gilammi, joy namozmi to’shalar ekan, Shaxriyor qanaqadir aniqlik hissini sezdi. Go’yo bu odamlar ham kechagiga o’xshab pazlni yig’ishayotgandaka bo’lishdi. Kechagi pazl ham qanaqa chiroyli bo’lgan bo’lsa, bular yig’ayotgan pazl ham undanda chiroyli yig’ilayotgan edi. U tushunib yetdi, har jumani o’tkazvormagandaka, har farz namozlarini o’tkazmagandaka va boshqa amallarni to’liq qilib, hayoti davomida pazl yig’ayotgandaka, bu yerda ham pazl yig’ishi kerak edi va o’rnidan turdi va harakatga tushdi.
Yo’lning davomi
“Odamlarning sevgisi qumli qasrdir, Allohning sevgisi abadiy qasrdir…
Hayot jahannam emas, chunki unda Alloh bor…
Hayot og’riqlar maydoni, agar Allohga suyanilmasa…
Inson o’ziga qulay fursatda sevadi, Alloh esa har doim sevadi…”
Shu so’zlar Ahmad bir paytlar o’qigan kitobda uchrab qolgan edi. U bu kitobni o’qiganida endi maktabga chiqishni boshlagan edi. Ahmad haligacha kichkina afsus bilan shu kitobni eslar edi. Bolalikga borgan va u kitobni nomini ham, kim yozganini ham esida saqlamagan. Biroq shu so’zlar, nuqta va verguligacha uning ongiga, qalbiga joylashgan edi. Shunday bo’lsada, Ahmad kitobni izlashda davom etar edi. U hozir maktab, oliy ta’lim muassasalarini bitirib, ishga joylashib va ishini sidqi-dildan qiladigan bir navqiron yigit edi. Shu kungacha bo’lgan hayot zinapoyalarida, aynan bir paytlar o’qigan shu so’zlar unga hamroh bo’lib kelgan edi.
Ahmad bir tojirning katta do’konida ishlar edi, u nafaqat ishchi balki shogird ham edi. Tojir ham o’z halolligi, ilmligi bilan o’z ishchi va mijozlarini oldida hurmatga sazovor edi. Har oyning ohirida xisobot topshirish bo’lar edi va bu safar ham Ahmad ishdan kech qaytayotgan edi shu tufayli. U bir hodisaga guvoh bo’ldi, qaysiki Ahmadning tushiga ham kirmagan. Qarasa bir yigit mahzun o’tirgan ekan, ahvoli rostan ham juda yomonga o’xshab ko’rinardi. Adham bag’ri keng bo’lgani uchunmi, yonidan o’tib keta olmadi va undan hol-ahvol so’radi. “Birodar ahvolinggiz yaxshimi?”, dedi yoniga borib. Yigit birinchi eshitmadi, biroq Ahmad ikkinchi marta savolni qaytargan edi, yigit juda ta’sirkan ekanligidan, his-tuyg’ular to’la yuz orqali, sevgan qizi tashlab ketganini aytdi. Ahmad uchun bu tushunarsiz vaziyat bo’ldi, go’yoki kichkina shamol kelib bir eniga va bo’yiga keng binoga urilganda hech nima sezilmadi. Ahmadning bu o’zgarishsiz qiyofasi bu notanish yigitga sezilmadi, ammo Ahmad o’ziga o’zi savol berishda davom etardi, albatta o’ziga-o’zi ichida. Savollar ketma-ket Ahmadni bezovta qilar edi. Nega bir insonni deb, shuncha yonish kerak? Nega inson bunaqa tuyg’ularga berilgan? Nega inson vaqtinchalik narsaga berilib, vaqtincha bo’lgan narsalardan azob chekishadi. Shunda Ahmad nima deyishni bilmadi va “birodar hamma narsa vaqtincha, siqilmang”, dedi. Yigit esa bunga javoban, “qayerdanam meni tushunardiz, bu gapizdan o’zi siz sevgan odamgayam o’xshamayapsiz”, dedi ozgina iztirob qo’shilib. Ahmad uchun esa chetdan, bir yigit kishini bunaqa vaqtincha bo’lgan narsani deya siqilib o’tirishi g’alati ko’rinar edi. Ammo hol so’rashga qaror qildimi, ishini oxiriga yetkazib qo’ymoqchi edi. Ahmad biroz o’ylandi va bir paytlar kitobdan o’qigan va yillar davomida unga hamroh bo’lib kelgan so’zlarni ketma-ketlikda bu yigitga ham gapirdi.
“Odamlarning sevgisi qumli qasrdir, Allohning sevgisi abadiy qasrdir…
Hayot jahannam emas, chunki unda Alloh bor…
Hayot og’riqlar maydoni, agar Allohga suyanilmasa…
Inson o’ziga qulay fursatda sevadi, Alloh esa har doim sevadi…”
Yigit esa ozgina jahli chiqdi va “siz o’zi kimsiz kelib meni ishimga burun tiqasiz”, deya jahl qilib berdi. Ahmad esa hijolat bo’ldi va uzr so’rab yo’lida davom etishga qaror qildi.
Ahmadning tushiga ham kirmagan bunaqa voqealigiga sabab shu ediki, u bunaqa ehtirosli narsalardan uzoqda bo’lib ulg’aygan edi va bu narsalardan uzoqda yurgandan keyin, aynan shunaqa hodisani chetdan guvohi bo’lishini o’ylamagan edi. Ahmad o’sha kitobdagi so’zlardan allaqachon tushunib yetgan edi, bu dunyoni o’zi vaqtinchalik, undagi narsalar ham shu bois vaqtinchalikdir. O’lim hammani kutib turishini, u bekatdan boshqa bekatga o’tish hamma bandaning bo’ynida ekanligini. Ahmad o’ziga-o’zi savol berar edi, qanday qilib bu narsalarni bilib turib ham, qaysidir odam tashlab ketgani uchun siqilish mumkin. Uning uchun bu muhit begona edi, orzu-havas yoki his-tuyg’ularga berilib ketish, to’g’ri u ham inson edi, u ham kichik miqdorda orzu-havas va his-tuyg’ularga berilar edi, lekin berilib ketmaslikka harakat qilar edi. O’sha kitobdagi so’zlarni hayoti davomida shior qilganiga, shu yigit bilan uchrashuvdan keyin yanada Allohga shukr qildi.
Oradan bir oy o’tdi. U ishdan qaytayotganda, uning yoniga kimdir yugurib keldi. Ahmad boshida tanimadi, biroq sal turib bu kimdirni qayerdadir ko’rganini o’yladi. U inson o’zini tanishtirdi va o’sha sevgisi uchun azob chekib o’tirgan yigitligini eslatdi. Ahmad ham uni sal hijolatlilik bilan qarshi oldi. Shunda u yigit bir qancha vaqt yana azob chekkanini, biroq biroz vaqt o’tgandan keyin Ahmadning so’zlari esiga tushganini va u so’zlarda qanaqa najot borligini payqaganini aytdi. Yana bir necha kundan keyin esa, qalbi yorishganini, nimadir muhim haqiqatni tushunib yetganini aytdi. Shu bois yigit Ahmadni yo’lini shu yerda ikki hafta uni poylaganini aytdi va minnatdorchilik bildirmoqchilikni aytdi. “Yana shuni tushunib yetdimki, agarda Alloh meni tashlab ketgandachi, bu men uchun juda qo’rqinchli tuyuldi. Chunki bitta inson tashlab ketganda men shularni his qilgandim, aldamchi narsalarga berilib, agar Alloh shu ishni qilsachi, unda bu ahvolimni tassavvur ham qila olmayman. Shu narsa men uchun kuchli bir zarba bo’ldi va Hudoga shukr o’zimga keldim, sizga ham rahmat”, deya jilmayib qo’ydi. Shu bilan ular hayrlashishdi va Ahmad uyiga yetib olib, yana o’yga toldi.
“Men ham, Alloh meni tashlab qo’yishidan o’ylab qo’rquvga borganmanmi o’zi shu kungacha?”, dedi o’ziga. So’zlarni to’g’ri Ahmad aytdi u yigitga, ammo u tushunganmidi shu kungacha? O’ziga u shu savolni berdi. To’g’ri, shu so’zlar bilan o’ziga shior qilib, ancha pog’onalardan o’tgan edi, lekin anglab yetganmidi shu so’zlarni ildizlarigacha? Bu savolni ham o’ziga berdi. Qanday qilib bu narsa haqida bosh qotirmaganman, deya o’yladi. “Agar suv bo’lmasa, chanqoqdan o’laman, havo bo’lmasa, nafas ololmayman. Nega endi bularning jiddiyligini tushunib yetganman, ammo Allohning yolg’iz qoldirishi mumkinligini tushunmaganman?” Ahmad biroz tinib turdi va tasavvur qilishga harakat qildi. Tasavvur qilishni boshlagan edi, lekin birdan sovuq shamol uni titratgandaka bo’ldi, birdan tanasida mayda pufakchalar paydo bo’lib, katta darajada yorilayotgandaka bo’ldi. Uning uchun buni tasavvur qilish ham qiyin edi, bir tomondan ko’zi chaqnadi, chunki bu fikrni tasavvur qilishdan oldin, qo’rquvi keldimi, demak qalb boshqa narsalardan xotirjam bo’ladi. Agarda qalb bu fikrdan hotirjam bo’lsa, demak haqiqiy qo’rquvni o’rni shu bo’ladi, deya o’z ichida o’ylardi. Tanasi va ruhi go’yo tinch edi.
Ozgina vaqt o’tdi va Ahmad juma namoziga tayyorgarlik ko’rayotgan edi. Ish ko’p bo’lib ketganiga, namoz boshlanishiga 10 daqiqa qolgan edi. Taxorat olishni boshlagan edi. Oyna orqali ko’zi tashqaridagi mashinaga tushib qoldi. Uning ichida bir begona odam, mashina o’rindiqini yotqizib olgan va qo’lida telefonni ushlab nimadir qilib yotardi. Ahmad jumaga bormasmikan bu kishi dedi va yomon gumonga bormaslik uchun, ulgursa kerak, dedi xolos.
Juma namozi tugadi, ishxonaga qaytgan Ahmad hayron qolishdan boshqa iloji yo’q edi. Haligi u ko’rgan begona odam hali ham mashina ichida o’tirardi va bu safar u kishi uhlab yotgandi. Ahmadni ozgina havotir bosdi. O’z ichida o’ylashga tushdi. “Nahotki bu odam Alloh tarafdan yolg’iz qolishga qo’rqmaydi, nahotki u tarafga talpinmaydi? To’g’ri Alloh bilguvchi va hech banda bilmaydi nima bo’lishini, balki unga hidoyat keyinroq yetib borar, biroq asl ma’nosi ham shundaku, banda bilmaydi unga hidoyat uchun imkon beriladimi yo’qmi, banda bilmaydi u ertaga yashaydimi yoki yo’qmi, shuning uchun ham yo’ldagi yo’nalishni har doim Alloh tomon yo’naltirsa bo’lmaydimi?”, deya nigohlari bilan uhlab yotgan kishiga qarar va o’z fikrlarini o’ziga bildirar edi. Ahmad qog’oz-qalam oldi va unga juma namozini tark qilmaslikni, o’zi namozni tark qilmaslikni yozdi va o’sha odamning mashinasi oynasiga yopishtirib qo’ydi. “Borib, uyg’otib gapirsa yoqmasligi mumkin, lekin har ehtimolga qarshi eslatib qo’yish musulmonning vazifasidir”, deya o’ziga, ishiga kirishib ketdi. U odam esa uyg’onmasdan, uhlab yotaverar edi.
Правообладателям!
Это произведение, предположительно, находится в статусе 'public domain'. Если это не так и размещение материала нарушает чьи-либо права, то сообщите нам об этом.