Электронная библиотека » Sardor Kurbanov » » онлайн чтение - страница 3

Текст книги "Hikoyalar karvoni"


  • Текст добавлен: 21 октября 2023, 04:53


Автор книги: Sardor Kurbanov


Жанр: Современная русская литература, Современная проза


Возрастные ограничения: +12

сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 3 (всего у книги 11 страниц)

Шрифт:
- 100% +

Bo’shliqsiz hayot

Maktab honalaridan birida dars bo’layotgan edi. Honada esa 4-sinf o’quvchilari o’tirgan edi. Ular o’qituvchining doskada narsalarni yozishini kutishayotgan edi. Birozdan so’ng o’qituvchi yozib tugatgan edi va o’quvchilar doskaga qarashdi. Doskada esa “bo’shliq yetaklaydi bo’shliq sari”, degan yozuv turardi. O’qitvuchi gapini boshladi.

– Aziz o’quvchilarim – deya quvnoqlik ovozi bilan o’qituvchi so’zini boshladi, bolalarga hursandchilik tarzida dars o’tishi boshlanib turardi – kecha sizlarning matematika bo’yicha uyga vazifa qilib berilgan misollaringgizni tekshirib bo’lib, biroz ilmiy-hujjatli film tomosha qildim. Kinoning ismi esimda yo’q, biroq kimga qiziq bo’lsa bilib berishga harakat qilaman. Xullas, u yerda inson onggida bo’shliq bo’lsa, yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi haqida aytib o’tgan, ya’ni noto’g’ri yoki teskari ma’lumotmi va hokozolar. Qaranglar, buni tushuntirishdan oldin bir savolim bor – dedi va qo’liga bitta qog’oz oldi va bu to’la-to’kis qanaqa rangdaligini so’radi.

Hamma birdan, men birinchi javob beray, degan shoshilinchda oq, deya shoshib javob berishdi. O’qituvchi esa, yo’q bu qog’ozning qora ranggi ham bor, deya javob berdi. O’quvchilar esa e’tiroz eta uni hamma joyi oq, deb turib olishdi. O’qituvchi ham qora ranggi bor, deb bir ikki marta qaytardi. Oxiri o’qituvchi qo’lidagi qog’ozni o’girdi va o’quvchilarga qora tomonini ko’rsatdi va o’quvchilar jim bo’lib qolishdi. Shunda o’qituvchi yana gapirishni boshladi.

– Ko’ryapsizlarmi bo’shliq nimadan kelib chiqyabdi. Vaziyatni to’la-to’kisligicha ko’rmaganumizcha aniq javob bermaslik kerak. Men bilib turibman oldi oqligini va lekin yana qo’shimcha qilib ham aytib turibman, qorasi borligini. Sizlar esa vaziyatning bu tarafini ko’rishni hohlamayapsizlar va ko’rmayapsizlar. Xullas, kechagi hujjatli filmda ham hozirda ko’p odamlarda shu ma’lumot tarafdan, o’rganish tarafdan, izlanish tarafdan bo’shliq borligini aytib o’tishgan va bunaqa odamlarning foizi, bo’shliqi bo’lmagan odamlarning foizidan ancha yuqori ekan. Shunga darsdan oldin, shu foydali ma’lumotni sizlar bilan bahamlashib ketsam, balki foydasi tegib qolar, degan umidda kecha shu qog’ozlarni tayyorlab qo’ygan edim. Sizlarga yoqqan bo’lsa, biror bir narsa o’rgangan bo’lsanglar hursand bo’laman va bugungi dars mavzusini boshlaymiz – deya bu mavzuni yakunladi va darsni boshladi.

Bularni barchasini kuzatib, eshitib o’tirishgan Hasan va Husan doskadagi “bo’shliq yetaklaydi bo’shliq sari”, degan yozuvga qarab o’tirishardi. Keyin bir-biriga qarab qo’yishdi va jilmayishdi.

Hasan va Husan uyga kelishdi. Chopib borib bitta qog’ozni olishdi, uni oq va qora rangga bo’yashdi. Keyin uydagi hammada shunaqa tajriba o’tqizib ko’rishdi. Dadasi ham, oyisi ham, opasi ham, maktab o’quvchilari bilan birga nima deyishgan bo’lsa, bular ham shunaqa javob berishardi. Keyin esa ular o’zlarini aqlli ko’rsatgandaka, qog’ozni o’girib o’zlaridan yoshi kattalarni adashganini ko’rsatishardi. Bu tuyg’u ularga bir tarafdan hursandchilik hisini bersa, ikkinchi tarafdan esa butun suratni ko’rish naqadar muhimligini tushunib yetishardi.

Ular bobosini ham sinab ko’rishmoqchi bo’lishdi va shu maqsadda bobosining honasiga chiqishdi. Bobosi namozini tugatib, endi joynamozni yig’ishtirib turgan ekan. Bobosiga savolni berishdi va bobosi shoshib javob bermadi. U sekin donolardek jilmayib qo’ydi va qog’ozning orqasini ham ko’rsatishlarini so’radi. Albatta, bunday javob kutmagan Hasan va Husan dovdirab qolishdi va nima qilishni bilmay, qog’ozni o’girishdi. Bobosi oldi oq, orqasi qora ekan, deya javob berdi va nevaralariga qarab jilmayib turdi. Nevaralari bobosi bu usulni bilarmidi, deb savol berishgandi, bobosi bilmasligini aytdi. Qanday qilib buni bilgan bobosiga, egizaklar hayron tarzda qarab turishardi. Bobosi esa bir hikoyani aytib bermoqchi bo’libdi.

– Tag’in bilmadim kim haqida, ammo payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) davrlaridan bo’lgan bir ulamo haqida edi bu voqea va quyidagicha bo’lgan ekan. Bir kun o’sha ulamo bir shahardan boshqa shaharga safar qilgan ekanlar. Safar ham ayni ro’za paytiga to’g’ri kelib qolibdi, mezbon shahar odamlari charchoq va qiynalish nimaligini bilmay ulamoni shunchalik hurmat qilganlaridan juda yaxshi kayfiyatda, quchoq ochib kutib olishga qaror qilishibdi va shahar tashqarisiga ham chiqib poylab turishgan ekan. Buni uzoqdan ko’rgan ulamo, tuyada o’tirgan joylaridan va qopdan bir parcha non olib, uni tishlab, yutib yuborganlar. Buni kuzatib turgan ko’pchilik odamlar, shunday odam ro’za tutmasdan, uyalmasdan non yeb kelishini qaranglar, deya orqasiga qaytib ketishgan ekan – bobosini shu gapini tugatmasdan darhol o’zlarini gapini gapirishdi.

– Rostan ham ro’zada nega ro’za tutmagan, bu farz ediku – dedi Hasan.

– Yaxshi ish qilmabdilar, ha farz – dedi Husan.

– Shoshmanglar, nega bunaqa shoshasizlar, axir sizlar o’zlaring odamlarni keng fikrlashga o’rgatmayapsizlarmi? – deya jilmayib, shirin gapirib qo’ydi bobosi – gap shundaki, yo’ldagi odamga, musofir bo’lgan odamga ro’za tutish farz emas, keyin qazosini qilsa ham bo’ladi, chunki islom dini, shariat bunga ruxsat bergan. Aslida keyin aniqlanishiga qaraganda, shariatning bu qoidasiga qaramay o’sha ulamo ham ro’za tutgan ekanlar, ammo kibrga, g’ururga, nafsga berilib ketmaslik, bu yomon narsalarni yonlariga yaqinlashtirmaslik uchun, deya shu ishni, ya’ni non yeyishni qilishga majbur bo’libdilar. Boshqa insonlar esa shariatda bunaqa narsalar borligini, kimdir shoshqaloqligidan, kimdir esa bilimida bo’shliqlik borligidan tez qaror qilishibdi. Endi sizlarga savol, bu hikoyadan nimani xulosa qildingiz bolalarim? – bobosi ularga qarab qolibdi, ular esa bu savol berilganiga qarab, kerak narsani tushunishmaganini aytishdi – bu juda go’zal voqea bolalarim. Bu yerda ham islom dinining naqadar adolatli, go’zal ekanini bilsa bo’ladi, chunki bir yomon narsaga yo’l qo’ymaslik uchun bandaga qaysidir qoidasini buzib turishi, shariatning o’zini doirasida qoidani o’zgartirish mumkinligi imkoni berilganligini xulosasi bor. Insonga shoshqaloq bo’lmaslik kerakligi xulosasi ham bor, shoshib qo’yib tez qaror chiqarishadi ba’zida. Va, bu shoshqaloqlik bilan bog’liq bo’lgan bo’shliq xulosasi ham bor. Ko’p hollarda insonlar bilimdan bo’shliq nuqtalari bo’lib, shoshib qaror chiqarishadi, xulosa qilishadi. Xuddi hozir, sizlar ham qilgandek. Shoshqaloqlik shaytondandir, shuni ham esda tutinglar – bobosini yoniga o’g’li, ya’ni Hasan va Husanni dadasi kelibdi va suhbatni bo’lib, bir nimalarni so’rabdi.

Ular esa shu joylaridan qo’zg’alib, honalariga borishibdi va bu hikoyani eshitib, nimalarni his qilganlarini, nima fikrlarni egalari bo’lishganini bir-birlariga bahamlashishibdi. Bu fikr va hislar esa, ikkalasi ham go’yo ichlarida juda ko’p savollarga javob bo’la oladigan, muhim bir kalitni topishganday bo’lishgan edi. Boshida o’qituvchi bu haqiqatning uchqunini ko’rsatganda ular bunga uncha e’tibor berishmagan edi, ammo hozir bu haqiqat uchquni ikkinchi marta ularga uchragandan keyin, bu uchqun olovga aylangan edi. Bo’shliqni tushunib yetishdanam avval, islom dini hayot tarzi ekanini, unda bunaqa go’zal narsalarga go’zal ko’rinishda ruxsat etilganini tushunib yetishibdi. Yana qaror ham qilishibdi, bilimni ko’paytirishga va iloji boricha o’zlarini bo’shliq to’la hayotda qoldirmaslikka. Buning uchun esa hayot tarzi qilib berilgan qoidalarni, ya’ni islom dinini tushunib olish kerakligi va ularni shunchaki yod olish emas, aksincha aslini anglab yetib, hayot davomiyligida qo’llash kerakligini tushunib yetishibdi.

Boshliqning buyrug’i

Munisa maktab darslik honasida o’tirgan edi. Uning dugonalaridan biri bo’lgan Nafosat keldi va nega tanaffusda boshqalarga qo’shilmayotganini so’ragan edi. Munisa qo’lidagi kitobni oldida old tomonini Nafosatga ko’rsatdi. Nafosat esa kitobning yozuviga e’tibor bermadi va kitobga nima aloqasi bor, deya savol berdi. Munisa keyin javob berdi, “Buvim kundalik hayotimni reja qilib tuzib berganlar, bu hafta shu kitobimni tugatishim kerak va buvimga uning mohiyatini tushuntirib berishim kerak”. Nafosat esa, ular atigi 12 yoshliklarini, hali kitob o’qishga imkon bo’lishini gapirgan edi, Munisa bugun sukunat bilan javob berib qo’yaqoldi. Nafosat ichidan o’ylar edi, hozir shu kitoblarni o’qib nima topadi? Hazina yashiringanmi shu kitoblarda? Nega yoshi kattalar kitob o’qishni ta’kidlashadi?

Munisa maktabdan qaytayotgan edi. Nafosat ham shu yo’ldan qaytayotgan edi, chunki Munisa va Nafosat bir-biriga qo’shni mahallada turishardi. Nafosat Munisaning oldiga yugurib bordi va nimaga shuncha kitobga berilayotganini sababini so’radi. Shu yo’sinda, bu savol negadir uni tinch qo’ymayotganini aytdi. Munisa esa kulib, buvisi reja qilib berganini aytdi. Bunga esa Nafosat javoban, to’g’riligini aytdi, ammo Munisaning o’zi ham bunga qarshimasligini, yuz ifodalari bu buyruqni, bu rejani qabul qilganini aytib turganini aytdi. Munisa buni ham tasdiqladi va bosh silkidi. Keyin qarasa Nafosatning sport oyoq kiyimini ipi yechilib ketibdi. Munisa unga hech nima demasdan, o’zi yerga egildi va ipni bog’lashga tushib ketdi. Nafosat, “hozir oldingga yugurib kelganimda yechilib ketgan bo’lsa kerak, menga aytsang bo’lardiku, o’zim bog’lab olardim”, deb qo’ydi. Munisa esa, “hammamiz muslimamiz va opa-singilmiz, bir-birimizga yordam bersak biror joyimiz kamayib qolmaydi, buvim shunaqa deydilar”, dedi. Nafosat bu gapni eshitdiyu, go’yo unga bu gapni yoshi katta bir odam so’zlagandaka bo’lib qoldi. U bunga nima, deb javob qaytarishni ham bilmadi, shunchaki rahmat, deb qo’ydi.

Ertasi kuni yana maktab va oshxonada ovqatlanib o’tiribdi. Oshxonada 4—5 ta qiz bo’lib Munisa va Nafosat o’tirishibdi. Suhbat davomida hamma hohlagancha gapirayotgan edi, Nafosat qaysidir bolaning bir yomon ishini yomonlab aytib berishni boshladi. Munisa amin qildi va to’yganini aytib, qizlarga rahmat va uzr, deb turib ketdi. Nafosat bunga hayron qoldi. Biroz o’tgandan so’ng, Munisa Nafosatni holi joyga chaqirdi va haligi odatini boshqa qaytarmaslikni so’radi, bu so’rashi esa Nafosatni o’ylab aytayotganini bildirdi, qolganlarni oldida aytmaslik uchun, o’zini chaqirib yakka ahvolda aytishni qaror qilganini ham aytdi. Nafosat esa, hop tushundim, demasdan, nega unaqa qilishim kerak, deya so’radi. Munisa esa, “shunchaki bu Allohning qoidalariga, buyruqlariga yarashmaydi”, dedi. Nafosat tushunmaganini ochiq oydin bildirib, savolli tarzda qaradi va so’radi, bularning hozirga nima aloqasi borligini. Munisa esa bunga javoban, bir kun tushunib yetarsan, dedi va hayrlashib ketdi.

Oradan yillar o’tdi va maktab bitiruv kuni.

Munisa va Nafosat ham katta qiz bo’lib qolishgan, ikkalasi ham ancha yetilgan. Nafosat oldingiga qaraganda ancha oq va qorani tushunib yetadigan bo’lgan edi. Nafosat Munisaning oldiga keldi va bir necha yillar oldin, unga gapirgan gapini hali ham tushunmaganini, lekin Munisa bir kun tushunib yetarsan, deb aytganini aytdi. Munisa hayron qolib, qaysi gap ekanini so’radi. Nafosat esa, “shunchaki bu Allohning qoidalariga, buyruqlariga yarashmaydi”, degan so’zlarni qaytardi. Munisa biroz o’ylanib turdida, buni qachon aytganini so’radi. Shunda Nafosat bo’lgan voqeani aytib berdi va Munisa o’zi hohlar-hohlamas jilmayib yubordi va o’sha kundan keyin yana kelsa bo’lardi-ku, deb izoh berib qo’ydi. Nafosat esa, bu savol judayam uni qiynamaganini, shunga vaqti kelsa balki o’zi tushunib qolar, deb o’ylaganini gapirdi. Shunda Munisa tushuntirishga kirishdi, “qara Nafosat, biz hozir mana maktabni ham bitiryapmiz, sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman. Vaziyatga qara, biz maktab o’quvchilarimiz, bizning o’qituvchimiz bor, u qanaqa darsni bersa, shu darsni o’rganamiz, tavsiya qilmaganini esa umuman e’tiborga olmaymiz. Aytilgan dars va uyga vazifadan baho olamiz, aytilmaganidan esa baho olmaymiz. Bajarilgan vazifalardan esa bajarish sifatiga qarab baho olamiz. Kimdir uyga vazifani 2 lik qilib bajaradi va 2 baho oladi, kimdir 3 lik baho va kimdir esa 4 lik baho oladi va hokozo. Ammo eng yaxshi tartibda qilingani 5 oladi. Demak shundan kelib chiqadiki, o’qituvchining aytgan buyruqlarini bajarish kerak, farqi yo’q bu buyruqni men yetkazamanmi yoki boshqa, hammasini bajarish kerak va nuqta, shundagina biz yaxshi baho olamiz va keying darajaga o’tamiz, aks holda yomon baho olib, keyingi darajaga o’tmaymiz”. Nafosat tushungandaka bo’lgan edi, biroq yuz ifodasida ikkilanish soyasi bordek ko’rindi. Shunda Munisa misolni boshqa tarafdan ko’rsatdi. “Agar adashmasam bir-ikki kun oldin, dadangni bizneslari, ishlab chiqaradigan korxonalari bor, deb aytgan eding, shunaqami? Shunaqa bo’lsa unda qara, ularning qo’lida 50 ta odam ishlasa, shulardan dadang korxona direktori, 50 ta odamlarning boshlig’i, agar dadang qaysidir ishchisiga bu ishni qil desa, o’sha ishchi qiladi, chunki dadang boshliq va oylik beradi. Agar dadang yana o’ng qo’l hisoblangan ishchisi orqali biror buyruq bersalar ham, o’sha ishchilar qiladi, chunki bu buyruq seni dadangdan, ya’ni boshliqdan kelyapdi. Bu degani esa, boshliq bor degani, garchi uni o’zi ko’rinmasa ham, degani. Bu degani uning buyruqlarini bajarish kerak, degani, endi tushundingmi shuni?”. Nafosat ha, deb javob berdi. Munisa esa yana jilmayib va hazillashib va nihoyat ana endi katta qizga mag’zini ham tushuntirsam bo’ladi, deb qo’ydi, Nafosat esa go’yo hafa bo’lgandaka bore, deb qo’ydi. Munisa, “Allohning qoidalari bor, bu qoidalar esa bajarish kerak bo’lgan buyruqlar hisoblanadi, o’shandagi birovning aybini ochmaslikmi, g’iybatini qilmaslikmi, namoz o’qishlikmi, hamma-hammasi bizning bajarishimiz kerak bo’lgan buyruq hisoblanadi, shunda ishlab turgan korxonamiz boshlig’i ham bizdan a’lo bajarilgan vazifa uchun hursand bo’lgandaka va o’qituvchimiz a’lo bajarilgan uyga vazifa uchun a’lo baho qo’ygandaka, Alloh ham bizdan hursand bo’ladi va a’lo baho beradi va bu keyingi darajaga o’tishga imkon bo’ladi”. Munisa gapini tugatgandan so’ng, Nafosat biroz o’ylanib qoldi va Munisa ketishi kerakligini aytganida o’ziga keldi va u ham hazil qilib qo’ydi, “Munisa sen katta aqlli qiz ekansan, demak vaqti bo’lib qolibdi, nimani deysanmi, mening katta va aqlli akamga turmushga chiqishga”, degan edi, endi bu safar Munisa uyalib, bore, deb ketib qoldi.

Nafosat uyiga bordi va dars qiladigan stolida o’tirib, o’ylashga tushib ketdi. Boya maktab bitiruvida hazil-huzul qilgan bo’lsa ham, hozir jiddiy tarzda o’ylab o’tirardi. O’zini Munisadan ancha pog’ona pasda ko’rardi. O’ziga-o’zi savol berardi, nahot shuncha yillar shunaqa haqiqatni bilmaganman, bilmaganim mayli, lekin nega bilishga qiziqmaganman, deya yana savol berardi. Shuning uchunam o’zini ancha pog’ona pasda ko’rardi. O’rnidan turdi, kitobni olmoqchi edi, lekin honasida kitob yo’q edi. Qo’liga telefonni oldi va internetdan elektron kitobni yuklab oldi. Old tomonida, “Namoz o’qish shartlari” deb yozilgan edi. Kitobni birinchi betini ochgan edi, ichidan go’yo pog’onada bitta tepaga ko’tarilgandaka va tepaga harakat qilayotgandaka tuyg’u paydo bo’ldi. Ko’zda intilish, qalbda olov bilan kitobni o’qiy boshladi.

Chegara

Hammasi bir kun ichida bo’ladi.

Ertalab soat 10:00 lar edi chamasi. Jamshid quyoshdan panaga tezroq o’tishni o’ylab kassa tomon yurayotgan edi. Soyaga yaqinlashishi bilan kassani ham ko’rdi va nihoyat binoni aylanib maqsadiga yetishganini bildi. Kassaning oldiga bordi va kassada o’tirgan ayoldan yigirma beshinchi sanada bo’ladigan muz ustidagi balet shousi bor ekanmi, shunga chipta bormidi, deya so’radi. Kassadagi ayol beparvolik bilan, joylar ko’pligini, qaysi joydan kerakligini so’radi. Yigit qo’liga telefonni oldi va uchta joyni ko’rsata boshladi. Kassadagi ayol yana beparvolik bilan, har bitta chiptaning narxi bir milliom so’m ekanini aytdi. Jamshid cho’ntagidan pulni chiqarib berdi va kassadagi ayolga berdi, u esa o’z navbatida pulni hisoblab, to’g’riligini aytdi va chiptalarni Jamshidga berdi. Nechchilarga kelish ikir-chikirini so’ragandan keyin Jamshid ketdi va katta yo’lga chiqib taksi mashinasini to’xtatdi.

Bir necha daqiqadan keyin bitta mashina to’xtadi va salom-alik qilinib, narxi kelishilgandan keyin Jamshid mashinaga o’tirdi va mashina yurishga tushib ketdi. Haydovchi ozgina soqolini o’stirgan, o’zini qo’lga olgan, bir jiddiyroq yigit edi.

– Aka, tasavvur qila olasmi, shu uchtagina chipta 3 000 000 so’m turadi. Boshlig’im shu uchtagina biletga shu pulni ketkazdi. Kimdirning bir oyligi hisoblanadiya – Jamshid gap boshladi.

– Nimani chiptasi ekan o’zi? – haydovchi.

– Muz ustidagi balet, shu boshliq ishxonadagilar bilan baletning ishqibozi ekan – Jamshid. Haydovchi birdan o’zgardi.

– Aka, uzur, shu chetda qoldirib ketsam bo’ladimi? Pul kerakmas, rozi bo’laman.

– Nimaga? Tinchlikmi?

– Ochig’i bu narsani orasida vositachi bo’lib qolgim yo’q – dadil gapirdi haydovchi.

– Nimani?

– Shu muzli baletni – haydovchi. Jamshid birdan tushunib yetdi.

– Aa, tushundim, bo’ldi. Mendan nechi pul bo’ladi?

– Yo’q, roziman aka.

– Yo’q, siz ayting, baribir qanchadir bo’lsa ham masofa bosildi.

– Rostan roziman aka.

– Mayli, rozi bo’ling unda, rahmat va uzur, sizni ham ovora qilib qo’ydim – Jamshid sal hijolat bo’lib gapirdi.

– Hammasi joyida aka.

– Hop, mayli.

Jamshid boshqa taksi to’xtatishdan oldin, buni bir qancha muddat o’yladi. Qanaqa ishonch, taqvo bo’ldiki bu, hatto shunaqa narsada ham sababchi bo’lishdan saqlandi. Qaysidir tarafdan Jamshid bu taqvoga havasi kelayotgan edi. U taksi to’xtatdi va ishxonasiga yetib bordi va chiptani boshlig’iga topshirdi. Ishxonadagi hamkasbiga bo’lgan voqeani aytib berdi.

– Xullas, shunaqa gaplar bo’ldi, bilmas ekanman men ham bunaqa nozik narsalarda chegarani – Jamshid.

– Seni bu yerda aybing bor, deb o’ylamayman. Sen shunchaki bir vositachi bo’lgansan, o’zingni hohishing bilan bormading-ku – hamkasbi.

Bu gap uni yana chuqur o’ylashga majbur qildi. Ha, u shunchaki bir vositachi bo’lgandi. Aynan shu vositachilik qilgani uni endi qiynayotgan edi. Axir boshqa odam ham bilib turib, darxol vositchalik qilishdan voz kechdiku. Mayli bilmagan ekan, mayli ishini oxiriga yetkazib qo’yishi kerak bo’lgan ekan, biroq buyog’igachi, buyog’iga tanlovi nima bo’lar ekan? U shu fikrlar bilan ovora bo’lib qoldi.

Jamshid o’sha kunning o’zida tushlikdan keyin to’rtta bo’lib o’tirishgandi. Bu to’rtta odamdan bittasi Jamshid, Jamshiddan to’rt yoshga katta bo’lgan Asqar ismli boshqa bir hamkasbi, Jamshiddan bir kichkina hamkasbi va islom dinini qabul qilmagan, chet ellik odam. Gap qanaqadir mahsulot haqida ketayotgan edi.

– Shu mahsulotni qabul qilishlari juda qiyin bo’ldi – Jamshid.

– Qabul qilishadi, azgina sabr qilish kerak – chet ellik.

– Ha, ozmi-ko’pmi shunaqa ushlanishlar bo’lib turadi, hali o’rganib ketasan – yigitning hamkasbi, boshqa yoshi katta yigit.

To’rtinchi odam jim o’tirgan edi. Suhbat tugaganidan so’ng, chet ellik telefoniga chalg’idi va internetda nimadirlarni ko’rishga kirishib ketdi. Jamshid, Asqar va to’rtinchi hamkasbi boshqa nimadirlarni suhbatlasha boshlashdi. Chet ellik biroz soniyadan keyin internetda “Allohu Akbar”ni odamlar hazilomus “allo akubar” deb qo’yishganini ko’rganini aytib o’zi ham qaytarishga tushib ketdi.

– Janob, unaqa demang – deb Asqar birdan jiddiy tusga kirib to’xtatdi. Ammo chet ellik hazil, deya tushunib bir necha marta takrorladi. Asqar esa jiddiy gapirayotganini bildirdi.

– Nega? – deb so’radi chet ellik, vaziyatni chigallashganini, noto’g’ri narsa gapirganini bilib va hech nimani tushunmagandaka, ozgina tentaklikni niqob qilib oldi.

– Bu narsadan hazil qilib bo’lmaydi. Bu “Alloh Buyuk” degani, bu narsadan yana aytaman, hazil qilib bo’lmaydi. Siz xatto musulmon emassiz ham, ikki barobar bo’lmaydi va tushunisiz qiyin – Asqar.

– Internetda lekin hamma shunaqa deydiyu, to’g’ri deb o’ylab yurgandim – chet ellik.

– Hamma unaqa qiladi degani, 100 foiz aniq shunaqa deganimasku. Misol internetda, hamma chet ellik ahlatini yeydi degani, rostan ham 100 foiz isbot qilingan, ham aslida shunaqa deganimasku – Asqar hali ham jahl bilan gapirayotgan edi.

– To’xta, to’xta. Men shunchaki tushunmoqchi bo’lyapman. Musulmonlarni tushunmoqchi bo’lyapman – chet ellik.

– Janob, bir musulmon odam, doktor Zakir Naikning gapi bor. U shunday: “If you want to learn about ISLAM, go study islam, don’t study the MUSLIMS. ISLAM is perfect. MUSLIMS are not.” (“Agar Islom haqida o’rganmoqchi bo’lsang, borib Islomni o’rgan, musulmonlarni emas, Islom mukammal, musulmonlar esa unaqa emas”) – Jamshid ham kechagina shu o’qib qolgan gapi esiga tushgandan keyin, chet ellikga tushuntirishga o’tdi.

– Men musulmonman, deb hamma hohlagan ishini qilishi mumkin, lekin bu bilan islomga, bizlarning muqaddas kitob bo’lgan Qur’onga bu bilan dog’ tushira olmaydi va boshqalar ham shu bir nechta musulmonni deb, bularga baho bera olmaydi. Musulmonni emas, Islomni o’rganish kerak. Islom – bu asosiy qonun-qoida. Islom – bu nuqtai nazar. Islom – bu intizomdir – Asqar

– Bularga tushuntirgandan foyda yo’q, baribir tushunishmaydi – deb jim o’tirgan to’rtinchi odam sekin pichirlab, gapirib qo’ydi.

– Uning shunchaki aytmoqchi bo’layotgan gapi, umumiy hurmat bo’lsin deyapti. Bir-birini qarashlarini o’rnini bilish va bu qarashlarning og’irligini, chegarasini his qilish qo’lidan kelmasa ham, uni tasavvur qilish kerak. Shundagina hurmat bo’ladi – deb yana Jamshid hamkasbi Asqarning Islom haqidagi gaplarini tushuntirib qo’ydi.

Chet ellik nima deyishni bilmadi va tushundim, deyishdan boshqa iloji qolmagan edi. O’zi hohlagancha qilib vaziyatni ochib, keyin undan yana o’zi hohlagancha chiqib keta olmaganini chet ellik ham bilardi, qarshisidagi uchta odam ham bilardi. Jamshid esa sal qolganda Islom haqoratlanganda jim o’tirar ekan. Alloh himoyaga zor emasdir, lekin sal qolganda haqoratga yo’l qo’yib berar ekan. Garchi chet ellikga islom dinini tushuntirishda qatnashgan bo’lsa ham, hamkasbi birinchi bo’lib so’z tig’ini ochmaganda, Jamshidning hayoliga kelmas edi bu.

O’sha kunning o’zida Jamshid ishdan chiqib, uyga qaytayotgan edi. Metroga tushdi va u yerga tushishi bilan navbatni ko’rdi, qarasa bitta kassa ishlayapdi. Tushgandan biroz vaqt o’tgandan keyin, ikkinchi kassa ham ishlab ketdi. Ikkinchi kassaga borib navbatdga turdi va bir qancha muddatdan keyin boshini shovqin bo’layotgan tarafga ko’tardi. Militsiya hodimiga bir ayol baqirayotgan ekan.

– Nima haqqiz bor menga kelib gapirishga? – ayol nazoratsiz baqirish bilan.

– Navbatda turib oling, bular nima odammasmi? – militsiya hodimi hotirjamlikga aylangan baland ovozda.

– Sizga nima farqi, boring ishinggiz bilan shug’ullaning – ayol

– Oxiridan kelib odamlarni ustidan sakrab ketib, chipta olishga uyaling – militsiya hodimi odamlarga ham gapira boshladi – qarab turaverasizlarmi, gapirmaysizlarmi?

– Ayol bo’lganimga o’tkazib yuborishdi, nima edi? – ayol. Jamshid darxol navbatga qaradi, kimdir navbatida jim turibdi, kimdir o’girilib qaragan bu hodisaga, yana boshqa bir nechta ayollar ham navbatda bor edi.

– Ayol bo’lsanggiz hurmatinggizni biling – militsiya hodimi.

– Hurmatimni bilsam, siz yo’q bo’lib qolasiz, hopmi? – ayol battar ovozini ko’tarib gapiryayotgan edi.

– Qo’linggizdan kelganini qiling – militsiya hodimi ham sal ovozini ko’tarib gapirdi. Uyog’iga militsiya hodimning ovozi unaqa baland chiqmadi, lekin ayolning ovozi shu baland asnoda davom etdi. Yana, o’rnizni bilib yuring, kelib burnini tiqadi, oldin kimligingni bilib ol, so’zlar bilan davom etdi. Uning bu so’zlari to zinadan pastga metro kutish joyiga tushib ketgunicha davom etdi.

Ex ayollikning ayolligi – deya Jamshid sekin gapirib qo’ydi o’zi uchun. U bu hodisadan ham ta’sirlangan edi. Chegara bilmagan ayol, erkak, inson tashqaridan qanaqa ko’rinishini u bugun, bir kun davomida ko’rgan edi. Bir kun ichida u tushunib yetgan edi, asosiysi shu chegarani bilib turib, qaysi birida chiziqni ortiga o’tsa bo’ladi, qaysi birida esa o’tsa bo’lmaydi. Jamshid uchun bugungi uchratgan odamlari va bugungi bo’lgan hodisalari ana chiziqni ko’rsatib berishiga yordam bergan edi.

Jamshid uyiga kelgan edi. Biroz vaqt o’tgandan keyin, negadir namoz o’qigisi keldi. Xufton namoz vaqti hali kirmagan edi, biroq uni kutgisi kelmadi va ikki rakat nafl namozini o’qishni boshladi. Jamshid namozni tugatib, duolarni ayta boshladi.

– Allohim. Minnatdorchilik va shukronalik bildiraman. Bugun hikmat chiqarib oladigan har xil voqealar va hodisalar bo’ldi, minnatdorchilik va shukronalik bildiraman. Bugun manga tushuntirilishi kerak bo’lgan narsalar bo’ldi, minnatdorchilik va shukronalik bildiraman. Bugun to’g’ri yo’lni ko’rsatadigan yo’llar bo’ldi, minnatdorchilik va shukronalik bildiraman. Bugun yo’limni yoritadigan har xil nurlar bo’ldi, minnatdorchilik va shukronalik bildiraman. Bugun odamlar uchradi, odamiylik, bandalik, qullik qanaqa bo’lishini ko’rsatadigan, minnatdorchilik va shukronalik bildiraman. Bo’lishi kerak bo’lgan va ularga amal qilinishi kerak bo’lgan chegaralar ko’rsatilgani uchun, minnatdorchilik va shukronalik bildiraman. Ertaga ham hayotim, bosib o’tayotgan yo’lim shunaqa ma’nolarga boy bo’lishini, oshishim kerak bo’lmagan chegaralarning ko’rsatilishini iltimos qilib so’rab qolaman. Allohim. Minnatdorchilik va shukronalik bildiraman – oyat duoni keltirdi va omin qildi.


Davrlarga sayohat

Maktab. Sinf honasi. 5-sinf o’quvchilari o’qituvchi bilan birgalikda o’tirishibdi. O’qituvchi darsni boshladi. O’quvchilarni davomat qilib chiqdi.

– O’quvchilar, yozgi ta’tilingiz qanaqa bo’lganini insho qilib yozib berish bugun vazifanggiz hisoblanadi. Men esa o’qib chiqib, keying dars eng yaxshisiga sovg’a beraman.

Keying dars.

– O’quvchilar orasida menga eng yoqqani, xo’sh hozi, Olimov Maqsudning yozgan inshosi bo’ldi. U yoz vaqtida otasining biznesini o’rgangani, shu bilan birga soz dam olganini yozgan ekan. Menga juda yoqdi. Ammo bitta inshoni ko’rdim va yolg’ondan tashkil topgan insho, deb qabul qildim. Omonov Sherzod, kim edi u? O’rnidan tursin – o’qituvchi.

– Men – deya bolakay turdi.

– Nega bunaqa narsalarni yozib tashlading?

– Yolg’on narsalarni yzozganim yo’q ustoz.

– O’qib bersam bolalarga qarshilik qilmaysanmi?

– Yo’q.

– Men bu yoz ta’tilida qadimiy Andijon, Zaxiriddin Muhammad Bobur va janglarda qatnashdim, undan oldingi oyda esa 1400 yil din yaralishida, Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) larning davrlarida qatnashgan edim – dedi o’qituvchi, ba’zi bolalar bir-biriga qarab kulib yuborishdi. Sherzod esa tinch, hotirjam holatida qolaverdi – tushuntirib berishni hohlaysanmi nega bularni yozganingni?

– Ustoz men aldaganim yo’q yoki qanaqadir bir kasallikka duchor bo’lgan emasman. Rostanam o’sha Zaxiriddin Muhammad Bobur davrlarida bo’lganman. Undan oldin ham 1400 yil oldingi payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning zamonlarida bo’lganman. Hammasiga sabab esa kitob mutolaa qilishimdir. Shayx hazratlari Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Islom tarixi” kitobi, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” kitoblarini o’qigan edim, shunga shunaqa deb yozgan edim. Nafaqat bularning kitobi, balki boshqa kitoblarni ham mutolaa qilganimda xuddi o’sha zamonlarda ishtirok etayotgandek bo’laman. Chunki kitob orqali tasavvurlarim ishga tushadi va meni sayohat kemasiga olib chiqadi. Bobom aytadilar, “uyda katta televizoring bo’lgandan ko’ra, katta kitob javoning bo’lsin, shunda har xil joyga sayohat qila olasan” deb – hamma jim bo’lib qolgan edi. O’qituvchi esa nima deyishni bilmasdan, Sherzodni o’tirishini aytdi va bundan oldin eng yaxshi insho egasi deyilgan o’quvchiga noyobroq bir ruchka berdi.


Duoning parvozi

Farhod o’zining ishini o’zgartirganiga bir hafta ham bo’lmagan edi. U yangi ish jarayonida eski ishini sog’inar, lekin allaqachon yangi ishiga mehr berib kirishib ketishi kerakligini ham bilardi. Eski ishidan ketishining sababi, otasiga u ishdagi vaziyat yoqmagan edi. Chunki Farhod eski ishida oshna orttirib, ish paytida ham tuzuk ish qilmas, ishdan keyin ham uyga kech borar edi. Bu gap otasining qulog’iga yetib borgandan so’ng, u shunchaki muommoning ildizini chopib, bu muommoni hal qilishga kirishdi. Farhodning otasi o’g’lini o’zining do’stining korxonasiga joylashtirdi va iloji boricha ishga ko’mib tashlashini so’radi, faqat albatta namozlari paytida tegmaslikni so’radi. Farhodning otasini do’sti ham bu vazifani a’lo darajada bajarishda davom etayotgan edi. Farhod ham 21 yoshiga kirgan bir navqiron yigit bo’lsa ham, garchi o’ziga o’zi “hali yoshman, ishlashga vaqt topiladi” deb o’ylasa ham, otasining qarorini ikki qila olmas edi.

Kunlar o’tar, ish jarayonlari ham kamaymas edi. Farhod oxiri namoz paytidagina dam oladigan bo’lib qolgan edi. Ish paytida vaqtni tez o’tishini hohlar va namoz payti esa namozni juda sekin o’qishga harakat qilar edi. O’zida bu o’zgarishni keyin his qilgan Farhod ajablanishni boshladi. Sababi shuki, oldin u teskarisini qilar edi, namozni tez o’qishni va boshqa ishlarini sekin cho’zishni amal qilardi. Hatto duolarni ham juda qisqa qilib so’rashga harakat qilardi. Biroq ozgina ham o’tar o’tmas, u duolarni rohatini tushuna boshladi. Bu esa quyidagi tartibda sodir bo’layotgan edi.

Peshin namozini tugatgan Farhod duo qilishga kirishdi. Oldin u shunchaki Allohga hamd aytardi qo’yardi, biroq endi duolarida shu ishdan tezroq qutulishni, yana oldinga holatiga qaytishni so’rashga majbur bo’lishi boshlangan edi. Birinchi duolarda u go’yo bir necha soniyaga yerdan uzilgandaka bo’ldi. U uchun bu yangi holat edi. Duoni tugatishi bilan u o’yga tushdi va hayol surdi. Nima sababdan bunaqa ahvolga oldin tushmagan edim? Farhod bu savolni berarkan, savoliga javob sifatida birinchi bo’lib kelgan, “samimiy iltijoim bo’lmagan ekanmi shu kungacha?” degan so’zlar edi. Aynan shu ishdan ketishi samimiylik belgisimidi, degan savol berdi o’ziga. Keyin u tushunib yetdi, esladi. Ishdan ketish fikri, iltimosi oldin ham bor edi, faqat samimiylik yo’q edi. Duoda samimiylik esa, ancha vaqtdan beri odatiy hayotiga aylangan duoda aks etgandi. Garchi shunday bo’lsa-da biroz vaqt o’tib, u yana ishdan ketish maqsadida duo qildi. Lekin oldindaka yerdan uzilish bo’lmadi. Ishga borar, uyga borar ekan, hayoli va fikrini shu jumboqqa yo’naltirgandi. Bir qancha vaqt o’tgandan so’ng tushunib yetdiki, Farhod yo’lnimas, oxirgi manzilnimas, shunchaki bir bekatni maqsad qilgandi. “Bekatga kelasan va keying bekatga yo’l olasan, lekin ohirgi manzil boshqaku”. Farhod o’ziga o’zi shuni takrorlashga tushib ketdi. Nega u bekatga bog’lanib kelayapdi? Bu savolni ustiga uning dadasini aytgan gapi esiga tushdi. “Hammamiz Allohga tegishlimiz va Unga qaytamiz”. Bu Qur’onda kelgan oyatni, Farhodni dadasi unga ko’p qaytarardi. Manzil uning oldiga ochiq dasturhondaka ochilgan edi. Farhod o’ziga yana bitta savol bermoqchi va javob izlamoqchi edi, ammo savolga javob izlashdan qo’rqdi. Negaki savoli, “nimaga aynan hozi bu narsalarni tushunib yetdim?” so’zlardan tashkil topgan edi. Qo’rqib ketganining sababi esa, Farhod o’zining bu haqiqatni tushunib yetgan yarmini, hursandlikda bo’layotgan yarmini qochirib yubormoqchi emas edi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 | Следующая
  • 0 Оценок: 0

Правообладателям!

Это произведение, предположительно, находится в статусе 'public domain'. Если это не так и размещение материала нарушает чьи-либо права, то сообщите нам об этом.


Популярные книги за неделю


Рекомендации