Электронная библиотека » Sardor Kurbanov » » онлайн чтение - страница 9

Текст книги "Hikoyalar karvoni"


  • Текст добавлен: 21 октября 2023, 04:53


Автор книги: Sardor Kurbanov


Жанр: Современная русская литература, Современная проза


Возрастные ограничения: +12

сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 9 (всего у книги 11 страниц)

Шрифт:
- 100% +

Taqvo

Kasalhonaning honalaridan birida bir yigit o’tirgan edi. Ko’chada yog’ayotgan qorga ko’zini qarata o’tirishda davom etayotgan yigitning diqqatini taqillagan eshikning ovozi buzdi. Honaga shifokor kirib keldi.

– Mumkinmi, assalomuu aleykumm, yanada ko’proq sog’liq tilab qolamiz Islombekka – asosiy shifokor kirib keldi.

– Assalomu aleykum doktor, marhamat kelinglar – sal o’rnidan qiynalib turib kutib olishga harakat qildi Islombek.

– E o’tiring, o’tiring. Voaleykum assalom. O’zinggizni qanday his qilyapsiz? – o’tirib, yaxshi kayfiyatda gap boshladi shifokor.

– Yaxshi rahmat, Allohga shukr bosh aylanishlar ozgina kamaygandaka tuyulyapdi. Shunga haligi, namozlarimni to’liq ahvolda davom ettirsam bo’ladimi endi? – Islombek.

– Xo’sh, hozir bir ko’raylikchi – shifokor ashula hirgoya qilib, tekshiruvlar o’tqazib bo’lib, keyin gapirishga o’tdi – ha mayli, faqat haddan oshiq urintirib qo’ymang o’zinggizni. Hudoga shukr qilsanggiz bo’ladi, ikki kun oldin avtohalokatga uchragan bo’lsanggiz ham, shikast katta yetmagan va tuzalishiz ham tezroq. Boshinggiz zarbdan keyin aylangani to’xtagan bo’lsa bas – shifokor.

– Ha, ancha yaxshi his qilyapman o’zimni alhamdulillah – Islombek.

– Hayronmanda, o’tirib ham o’qisa bo’ladiku namozlarni to’liq tuzalib olguninggizcha – shifokor.

– To’g’ridir balki bu gapiz – sal to’xtab turib – burunda ham nafas olsa bo’ladi, ammo og’izni shu jarayonda ishlatsanggiz undan ham yaxshi nafas olish bo’ladi – deya to’ldirib qo’ydi Islombek va sal kulib – uzur agar misolim uncha to’g’ri kelmagan bo’lsa – deb qo’ydi.

Shifokor ham tushunganini aytdi, Islombekni ko’p bezovta qilmasligini e’tiborga oldi va dam olishini so’zlab, chiqib ketdi. Islombek esa yolg’iz qolar ekan, yana ko’cha tomon ko’zlar qaratildi va zikr qilishga tushib ketdi. U yaqindagi avtohalokatdan umrini boy bersa ham bo’lardi, lekin qaysidir ma’noda umri ham o’ziga tegishli emasligini tushunib yetayotgan edi. Ayni damda Islombek, bularning barchasi bekorga bo’lmasligini tushunib yetayotgan edi va bularning hammasini bir chiroyli sabr talab qiladigan sinovlar, deya qabul qilayotgan edi.

Oradan bir necha soat o’tgan edi, Islombek peshin namozini tugatganidan biroz vaqtdan keyin, honaga eshikni taqillatib bir qiz kirib keldi. Qiz salom berib, qo’lidagi qog’ozlarga qarab, bemorga ukol muolajasi qilinishi kerakligini aytdi. Qiz uchun odatiy hol ahvol so’rash, Islombek uchun noodatiy hol ahvol so’rash edi. Negadir u qizlardan, nomahram qizlardan ko’zini olib qochishga harakat qilar edi, ammo hozir u ko’zini uza olmas edi. Qiz esa sochlarini yig’ib olgan, biroq bu qizga har tomonlama turmak yarashardi go’yo. Islombek bir necha soniya qaragan bo’lsa ham, bu on shunaqa darajada cho’zilgan edi, toshbaqaning sekinligidan ham oshib tushar edi u uchun. Islombek o’zini qo’lga oldi va gapirishni boshladi. Bunga javoban esa Islombek, bu muolajani Alisher degan yigit qilayotgan edi, deya javob berdi. Keyin esa aniqlanishicha, Alisherning ishlari chiqib qolgan, qiz esa uni almashtirib o’rniga chiqayotgan ekan. Islombek ukolni yonboshdan olinishini eshitib, qo’ldan olsa bo’ladimi, deya so’rashga o’tdi. Hamshira qiz esa, bu mumkinmasligini va yonboshdan qilinishi kerakligini ta’kidlagan, Islombekning hijolat tortishidan boshqa bir erkak shifokorni chaqirishini aytib, jilmayib chiqib ketdi. Ikkita daqiqadan so’ng ertalabgi shifokor keldi. Shifokor kirib hayron qoldi, chunki ertalabgi Islombekdan hozirgisi hursand bo’lib ko’rinar edi.

– Hech ko’rmagan ekanman, uqol olishidan hursand bo’lib o’tirgan bemorni – kulib kirib keldi shifokor.

Islombek shifokor chiqib ketayotgan paytda sal hijolat tortadi, ammo boyagi qiz haqida so’rashga qaror qiladi. Shifokor qiz haqidagi savolni eshitishi bilan tushunib yetadi, honaga kirib kelganida nega Islombek hursand bo’lib o’tirgan edi, nega qiz haqida so’roq paydo bo’ldi. Keyin Islombekni ko’p kuttirmasdan, javob berishga qaror qildi.

– Ismi Nafisa, bilishim bo’yicha yaxshi qiz, lekin zamonaviyroq qizga o’xshaydi. To’liq ma’lumotim yo’q, ammo siz uchun uy manzil va telefon raqamlarini surishtirib beraman – shifokor.

– Shunaqadir, lekin hammamiz ham islomiy fitrat bilan tug’ilganga qaramay, olim bo’lib tug’ilmaganmiz, deb o’ylayman. Shunga taqdir bo’lsa, o’rgatib olsa bo’ladi – Islombek gapirib qo’ydi va minnatdorchilik bildirdi.

Oradan o’n kun o’tdi. Islombek bir mo’jazgina kafeni ichida o’tiribdi. Nafisa kirib kelgan edi, u o’rnidan turib uni kutib oldi va o’tirishdi. Islombek gapni boshladi.

– Allohning irodasi ekan, shu avtohalokat sabab bo’lib, sizni uchratdim. Gapni muhim bo’lgan joyidan boshlamoqchi edim. Boshidan savollarni to’g’ridan-to’g’ri berishni hohlardim, chunki biz jiddiy hayot kitob bobini boshlash arafasida turibmiz. O’zinggiz ham shu fikrimga qo’shilasiz, degan umiddaman?

– Ha, men ham qo’shilaman – Nafisa.

– Siz meni nazarimda, g’arb hayotiga ko’proq yondashgan qizga o’xshaysiz. Shunaqami yoki adashdimmi?

– Nima buni yomon tarafi bormi? – Nafisa savolga savol bilan javob berdi.

– Yo’q, men yomon deganim yo’q, shunchaki bir-birimizni yaxshi anglab olishimiz kerak bo’lgani uchun – Islombek.

– Men ham sizga o’xshan musulmonman, lekin uyda kichkinaligimdan erkin o’sganman – Nafisa.

– Hop, unda aytingchi, hijobga kirish niyatinggiz bo’lmaganmi shu kungacha? – Islombek.

– Ochig’ini aytganda yo’q. Chunki hijobni kiyib ham boshqa qizlar, qiladigan ishlarini qilib yurishibdi. To’g’ri hayot tarzida yashash kerak, deb o’ylayman – Nafisa. Islombek sal poylab, keyin gapirishni boshladi.

– Diqqat bilan eshitishinggizni iltimos qilmoqchi edim. Aynan hijob masalasida izoh berib ketmoqchi edim. Hijob kiygan bilan hamma qiz yaxshi bo’lib qolmaydi, hijob Alloh uchun kiyiladi va jufti haloli hisoblandan eri uchundir. Siz aytgan qizlar hammasi o’zi uchun javob beradi va besh barmoq bir xil emas. Men hohlardim, ayolimning borligi boshqala uchunmas, men uchun bo’lishini. Men hohlamasdim birovlarning ko’zi, ayolimning qo’llariga, sochlariga tushishini. Buni rashq yoki qizg’anish, deb qabul qilsanggiz ham bo’ladi, ammo bular haqiqat bo’lmasdan qolmaydi.

– Tushunarli – Nafisa.

– Kitob o’qib turasmi? – Islombek.

– O’qib turaman har xil – Nafisa.

– Misol tariqasida qaysilarini ayta olasiz? – Islombek

– Misol uchun, “НиСы”, “До встречи с тобой”, “Дорогой Джон” va shunga o’xshagan kitoblar – Nafisa.

– Bular haqida eshitgan edim, lekin o’qimagandim. O’qib ko’rishga arziydimi? – Islombek.

– Ha, “samorazvitiya” (саморазвития) ga juda yordam beradiganlari bor. Qolganlari esa yigit va qizning sevgisi qanaqa go’zal bo’lishini ko’rsatib beradigan kitoblar. O’zinggiz qanaqa kitoblar o’qib turasiz? – Nafisa.

– Men misol uchun, shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning serfoyda kitoblarini, o’zbek yozuvchimiz, o’zbek romanini asoschisi hisoblangan Abdulla Qodiriyning O’tgan kunlar va Mehrobdan chayon kitoblarini juda sevib o’qiyman, foydali narsalarni olsa bo’ladi. G’arb yozuvchilaridan ham har xil badiiy asarlar o’qib turaman, faqat o’ylab qarasam, ular orasida yigit va qizning sevgisini ko’rsatib beradigan kitoblar yo’q ekan – Islombek.

– Tushunarli – Nafisa.

– Keyin, bu savolni so’ramoqchimas edim, nojo’ya tuyulmasin deb, ammo namoz o’qismi? – Islombek.

– Ochig’i oldin o’qir edim, keyin tashlab qo’yganman – Nafisa.

– Sir bo’lmasa, sababi nimada? – Islombek.

– Bilmadim, boshqa narsalar bilan ovora bo’lib, bo’lsa kerak – Nafisa.

– Yana davom ettirish niyatinggiz yo’qmi? – Islombek.

– Bor, niyat qilganman kelajakda davom ettirishga – Nafisa.

– Bugundan, deb niyat qilmaganmisiz? – Islombek.

– To’g’risi oldindan reja qilishni yoqtirmayman, juda ko’p hollarda rejalar o’xshamaydi – Nafisa.

– Tushunarli – deb o’ylanib qoldi Islombek va gapirishni boshladi – unda hozir ko’p o’tirib yubormaylik. Yo’q demasanggiz tanaffus qilsak va yana bitta uchrashuv uyushtirsak biroz vaqtdan so’ng, bir-birimizni gaplarimizni o’ylab olish uchun.

– Hop, mayli – Nafisa.

Islombek uyiga kelib, honasida o’tirar edi. Boshida shifokorga diniy ta’limni hammaga bersa bo’ladi, degan so’zlari esiga tushdi. Qiziqarlisi shuki, u shu kungacha ishonar edi shu so’zlarga. Hozir ham ishonayotgan edi, biroq insonning harakati kam bo’lishini anglab yetayotgan edi, agar Alloh aralashmasa. Insonning o’zidan ham harakat kerak bo’lishini ham anglab yetayotgan edi. Agar inson o’rnidan turib, muzlatgichdan ovqatni olib qizdirib yemasa, unda u shu och holida qolib ketaverishi mumkin-ku, degan o’y-fikrlar uni to’lgab boshladi. Nafisa bilan bo’lgan suhbat uni boshqa bir hayotga olib kelganday edi. Nimagadir, chin ko’ngildan harakat qilayotgan edi, shu qiz uning tarafini tanlashini. Bu hohish esa Islombek uni yaxshi ko’rib qolganini, aniq, ochiq va oydin ko’rsatib turardi.

Oradan yana bir hafta o’tdi. Yana o’sha kafeda ikkita yosh o’tirishibdi, Islombek va Nafisa. Islombek o’ylar edi, bu suhbat nima bilan yakun topar ekan, deb. Nafisa esa nimagadir nisbatan qat’iyatli ko’rinar edi. Islombek ham qat’iyatli edi, farqi faqat Islombek Nafisani tanlanishini hohlar edi. Nafisa esa aksiga olib, olisdagi odamga o’xshab ko’rinardi.

– O’tgan uchrashuvda sizni hafa yoki hijolat qilmaganmidim? – gap boshladi Islombek.

– Yo’q, hech qanaqa hafa yoki hijolat qiladigan so’zlar bo’lmadi – Nafisa.

– Shu o’tgan suhbatimizni men bir mulohaza qilib ko’rgan edim. Shunga sizga bergan savollarim bilan sizni mobodo qo’rqitib qo’ymadimmasmikan, deb o’ylagan edim – Islombek. Biroz to’xtatib turib, yana gapirishni boshladi – namoz o’qishni davom ettirishinggizni, hijobga kirishni, dunyoviy bilimlarga hos ravishda diniy bilimlarni ham olishni shoshmasdan, lekin juda ortga surmasdan, o’z hohishinggiz asnosida ham boshlasanggiz bo’ladi. Bu borada sizni shoshiltirish niyatim yo’q, faqat Hudo hohlasa hammasiga o’z ixlosinggiz bilan kirishsanggiz bo’ldi – Islombek. Nafisa bir nech soniya Islombekka qaradi. Keyin gapirishga o’tdi.

– Ochig’i o’tgan suhbatdan keyin, sizning fikringgiz boshqacha tarafga o’zgaradi, deb o’ylagandim. Balki muhim bo’lganim uchun, ozgina yumshab qolasiz, deb o’ylagandim. Men hohlaymanki, meni bo’lajak turmush o’rtog’im qanaqa bo’lsam, shunaqaligimcha qabul qilishini. Menimcha siz aytayotgan narsalar qo’limdan kelmaydi, men ulardan yiroqda o’sganman. Bularni umuman qilmayman emas, biroq qilamanmi o’zi ularni, degan savol paydo bo’ldi menda – Nafisa to’xtadi.

– Men ko’p narsa so’rayotganim yo’q. Hammasi shariat chegarasidan kelib chiqqan holda. Islom dinimizga amal qilib yashashnigina so’rayabman. Islom dini esa, shunchaki din emas, islom dini hayot tarzidir, u bizning hayot tarzimiz. Undagi qoidalar shunchaki yaralmagan, qoidalarning hammasi boshqa bir intizomli qoidalar kabi, tartibdan tashkil topgan va muvaffaqiyatga olib boradi, agar unga amal qilinsa – Islombek.

– Bu narsalarni ba’zilarini oldin ham eshitganman, lekin mening hayot tarzim allaqachon boshqacha. Ko’chada hijobga o’ranib yurish men uchun cheklov hisoblanadi. Namoz o’qishni boshlarman, lekin ba’zi bir narsalarga erishib olay, o’z ustimda ishlab rivojlanay, 10—20 yillardan keyin balki boshlarman. Diniy bilimlardan bilimim yetarlicha, deb o’ylayman. Hozir ko’proq o’zim qiziqqan tarafdan bilimimni ko’paytirmoqchiman – ozgina jim turib, ishonch bilan gapirib qo’ydi – xullas, men hohlayman, qanaqa bo’lsam, shunaqaligimcha qabul qilishlarini, bunga o’rganib bo’lganman va boshqachasiga o’rgangim kelmayapti. Menimcha sizning bu hayot tarzinggiz menga to’g’ri kelmaydi – Nafisa.

– Bu qaroringgizdan ishonchinggiz komilmi? – Islombek so’radi

– Ha – Nafisa.

Islombek gaplarni eshitarkan, ko’zlarida bir paytlar bo’lgan hursandchilik sekin asta yo’q bo’lishda davom etaverardi. Bir tarafdan gaplarni eshitar, bir tarafdan esa havo to’ldirilmagan havo shari orqali osmonga uchaman, deb taxmin qilgan ekanligini tushunib yetgandi. To’g’ri balki, sabr bildirish kerakdir, chaqaloq ham birdan yurib, yugurib ketmaydi-ku. Ammo chaqaloq yurishga, yugurishga tayyorligini ozgina bo’lsada bildiradi. Bu yerdachi, bu yerda odam tayyor bo’ladimi yoki bo’lmaydimi, hatto shuni ham bilmayotgan edi. Keyin ba’zi gaplar, negadir Islombek uchun og’ir tuyilgan edi. Qancha ularning vaznini yengillatishga harakat qilmasin, yer tortishish qonuni og’ir narsaning og’irligi tufayli, og’ir narsani o’ziga tortishi tezroq bo’lgandaka edi. Bu yer tortishish qonuni Islombekka bog’liq bo’lmagan, Islombekdanda ancha katta miqyosga ega hajmning qonuni edi. Islombek gapirishga o’tdi.

– Va nihoyat nega sizni yoqtirib qolganimni, nega hayot yo’llarimiz tutashganini tushundim. Men o’ylayman, siz menga bir sinov qilib berilgan ekansiz, balki men ham sizga sinovdirman. Sizning hayot yo’nalishinggizni adashilayotgan yo’l, deb sizni haqorat qilish niyatim yo’q. Lekin, oila qurish uchun sizda o’zini qurbon qilishlilik hissi yo’qligiga amin bo’ldim. Yana bir narsa, sizni sevginggiz bir ko’ldir, Allohning sevgisi esa tubsiz okeandir. Men okeanda katta bo’lganman, ko’lga qaytib bora olmayman. Uzr, yaxshi qoling – Islombek. Bu qat’iyatlilik Islombekka qayerdan kelganini Nafisa sezmay qolgandi.

Nafisa sho’q holatiga tushib qolgan edi. Birinchi uchrashuvdagi gaplarni o’ylagan edi, ammo negadir u bu narsalarga amal qilmayman, qanaqa bo’lsam, shunaqaligimcha qabul qilsin, degan fikrga kelgan edi. Nega bu fikrga kelganini o’zi ham bilmas edi. Dugonalaridan kelib chiqqan holdami, televizorda ko’rgan narsalaridan kelib chiqqan holdami, o’qigan kitoblaridan kelib chiqqan holdami, uyidagi tarbiyadan kelib chiqqan holdami? Nafisa uchun aniq javob yo’q edi, u hozir bilgani bu yigit ham uning ko’ngliga o’tirgan edi, lekin u tomon yurmadi, qadam bosmadi. Endi kechligini bilar edi, biroq baribir shu savolni berar edi. Nega ko’ngli bo’lsa, o’ziniki o’tqazmoqchi bo’lgandi, nima uni majbur qilgandi? Javobsiz savol edi bu.

Islombek o’zi o’tirgan stol, o’zining onasi bilan Nafisani onasi o’tirgan stolning hisobini to’lab chiqqanidan so’ng, uning onasi ham Nafisani onasi bilan yaxshi kayfiyatda hayrlashib chiqib ketgandi. Nafisaning onasi esa o’tirgan Nafisani oldiga borib, nima bo’ldi, nima dedi, deya qizini so’roqqa tutayotgan edi. Qizi esa faqatgina bitta gap aytgandi xolos.

– Okean afzal ekan, ko’ldan ko’ra – Nafisa.

Vafo

Mart oylarida bahorning ajoyib go’zalligi yanada kuchayayotgan edi. Shunday kunlarning birida Muslima dars o’tish uchun o’quv markazi tomon kelayotgan edi. Muslima yosh bo’lishiga qaramay, arab tilini chuqur o’rganib olgan edi. U hali endi talaba yoshiga yetayotgan, biroq o’qituvchilik darajasiga chiqqan edi. Muslima dars honasida darsni endi boshlamoqchi bo’lib turgan edi, shunda eshik taqillatildi. Honada hali o’quvchilar yo’q edi.

– Assalomu aleykum Muslimaxon, yaxshimisiz? – yoshi katta odam yonida bir yigit bilan kirib keldi.

– Assalomu aleykum Muhammadsaid aka, yaxshi Allohga shukr – muloyim javob berdi Muslima. Shu zahoti yigitning nigohi Muslimaga tushdi va qotib qoldi. Yigit Muslimani yaxshi ko’rib qolgan edi, buni faqat o’zi his qila olgan edi.

– Bu kishining ismlari Odil bo’ladi. Odil arablar bilan biznes hamkorligiga egalar va ularda arab tilini o’rganish zarurati tug’ilib qolibdi. Umumiy birodarimiza bizning o’quv markazini tavsiya qilibdilar. Sifatli darajada o’zinggiz bilim berarsiz – Muhammadsaid.

– Hop – yerga qarab javob berib qo’ydi Muslima. Shu payt qolgan o’quvchilar ham kirib kelishdi va o’z joylarini egallashni boshladilar.

– Mayli, unda sizlar darsni boshlayveringlar, men sizlarni tark qilaman – chiqib ketdi Muhammadsaid.

O’sha kunning o’zida dars tugashi bilan Odil Muhammadsaid akaning oldiga kirishga qaror qildi.

– Kiring marhamat – Muhammadsaid.

– Muhammadsaid aka, charchamayapsizmi ishlar bilan, bezovta qilmadimmi? – kirib keldi Odil.

– Albatta yo’q, keling, marhamat – kulib javob qaytardi Muhammadsaid – dars qanaqa bo’ldi, mamnunmisiz dars o’tilishi sifatidan?

– Darslar yaxshi, mamnunman rahmat – Odil ham kulib javob berdi va kulishni to’xtatib sal jiddiy gaplashni boshladi – oldinggizga boshqa bir masala bo’yicha kirgan edim – Odil.

– Bemalol – Muhammadsaid.

– Shu menga o’qituvchi bo’lgan o’qituvchi qiz haqida, yaxshi niyat bilan qiziqib keluvdim – qisqa javob berdi Odil.

– Bo’ldi chundim sizni, Muslimaxon yaqinda kelganlar. To’liq ma’lumotga ega emasman, lekin nasib qilsa Insha’Allah shu haftalarga sizga surishtirib beraman – Muhammadsaid.

– Rahmat katta! Unda keyingi haftalarga, yana sizni shu masalada bezovta qilarman. Mayli salomat bo’ling – hayrlashdi Odil va Muhammadsaid ham xayrlashib qo’ydi.

Keyingi dars kelgan edi. Odil dars honasiga kiraverishda, Muslimadan ko’zini uzmasdan, eshikning ostonasiga qoqilib ketgandi. Bu holat sinfdagi o’quvchilar va hatto Muslimada ham biroz jilmayishni paydo qilgandi. Muslimaning jilmayishi Odil uchun bir mukofot edi go’yo. Dars boshlandi va Muslima hammadan uyga vazifani so’rab chiqayotgan edi. Bir nechta o’quvchi uyga vazifani qilmagan edi, Odil ham shularning qatorida edi. Muslima qattiqqo’l bo’lishga harakat qilsa ham, uning qattiqqo’lligi beg’uborana shirin qattiqqo’llikga o’xshar edi. Bu esa Odilning yuragini yanada kengaytirib, uning ichiga yanada shirin tuyg’ularni joylashtirar edi. Odil darsni qanaqa tugaganini ham bilmay qolgan edi, ammo dars tugab hamma honadan chiqib ketayotgan edi. Muslima esa hammani jilmayib kuzatib qo’yayotgan edi. Odil ataylabdan sekin harakat qildi va hammani chiqib ketishini poylab, Muslimaga gapirdi.

– Muslima noto’g’ri tushunmang, ammo kech bo’lib qoldi, agar sizga ma’qul bo’lsa, olib borib qo’yardim – taklif qildi Odil.

– Taklifinggiz uchun rahmat – samimiy jilmayib qo’ydi Muslima. Muslimaning har bir jilmayishida Odilning nigohida kulgu va hursandchilik uyg’onaverardi – lekin akam kelib olib ketadilar.

– Ha, unda yaxshi. Uyda nechta kishisizlar, o’zi sir bo’lmasa – Odil.

– Otam, onam, akam va men – shu payt Muslimaning telefoniga qo’ng’iroq bo’lib qoldi – kechirasiz – deya Odilga qarab gapirdi va telefonga javob berdi – Assalomu aleykum aka, yaxshimisiz? … Yaxshi rahmat, ha tugadi darsim. … Aa keldinggizmi allaqachon, aytgandimu shoshmasdan kelavering, deb. Avtohalokatdan keyin mashina haydashinggizdan qo’rqadigan bo’lib qolganman. … O’zim uchunmas, siz uchun albatta, siz-ku mashinada ko’p yuras – kulib qo’ydi – bo’ldi, hozir chiqaman – Muslima telefon go’shagini qo’ydi.

– Gap poylamadim, ammo baribir eshitishga majbur bo’ldim. Akanggiz avtohalokatga uchraganmidilar? – Odil.

– Ha, Islombel akam ikki yarim oylarcha oldin, qish faslida qor yog’ayotganda boshqaruvni qo’ldan boy berib, halokatga uchrab, jaroxat olgan edilar. Allohga shukr hammasi yaxshi bo’lib ketdi. Bir hafta oldin to’ylari ham bo’lgan edi. Meni kechirasiz, ketishim kerak. Keyingi darsda ko’rishguncha Hudo holasa, yaxshi qoling – jilmayib hayrlashib ketdi Muslima. Odil ham jilmayib qo’ydi. Muslima chiqib ketishi bilan, Odil u yerda bir qancha vaqt turdi. Turgan jarayonida Muslimani uchratganiga hursand edi. Hammasi yaxshi ketayotganidan yanada hursand edi.

Keyingi dars yetib keldi. Odil uchun bu vaqtlar sekin o’tar edi. U tezroq shu kunlar kelishini istar edi. Shu jarayonda o’ziga-o’zi hayron qolar edi. Chunki yosh bolalik yoshidan o’tib bo’lgan edi, hech o’zidan kutmagan edi, bunaqa bir insonga bog’lanib qolishini. U uchun biznes qiziq edi har doim, hozirgi damlargacha albatta. Dars boshlanishidan vaqtliroq borib qarasa Muslima ham o’sha yerda, buni ko’rgan Odil hursand bo’lib ketgandi. Darsga o’qituvchining javobgarligi haqida gapirishini aytib, Muslima maqtab qo’ydi. Muslima ham, javobgarlik yaxshi bo’lsa, darslarni tayyorlagandirsiz, deya so’rab qo’ydi. Keyin Odil Muslimadan hayot haqida fikrini so’ragan edi. Shunda Muslima Odil kutmagan javobni berdi. Hayot haqida fikrim shunchaki, o’zimni bilimga bag’ishlaganman, nimaiki bo’lsa hayotda hammasi Allohning izni bilan bo’ladi, yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan, qayerdadir shukronalik qilish, qayerdadir noshukrlik qilmaslik kerak, deb o’ylayman, deya javob berdi Muslima. Bu javobni eshitib Odil, o’zi va Muslimani boshqa olamlarga tegishli ekanini birinchi marta payqagan edi. Chunki Odil uchun kichkinaligidan biznes muhim edi, bunaqa fikrli gaplar esa uning hayoti davomida bir marta ham bo’lmagan edi.

Keyingi darsning kuni ham kelgandi. Odil dars honasiga kirib ketishidan oldin Muhammadsaid uni uchratib qolganini ko’rib, Odilni chetga oldi va suhbatni boshladi.

– Hammasini surishtirdim, lekin bu habarim sizni hursand qiladi, deb o’ylamayman Odilbek – Muhammadsaid sal jiddiylashib, hijolat tortib gapira boshladi – gapni qisqasi bu qizimiz allaqachon ahdlashib qo’yilgan ekan, bir necha oy bo’lib qolibdi. Yana bir necha oylarga nasib qisa to’y ekan – yana hijolat tortib.

– Yo’g’e – yerga qarab, jim bo’lib qoldi Odil. – Balki faqat ahdlashib qo’yilgandir – so’radi biroz vaqtdan so’ng.

– Kechirasiz meni, noto’g’ri chuntirdim. Ahdlashib qo’yilganni, allaqachon unashtirilgan, fotixa va shunga o’xshash narsalar qilingan demoqchi edim. Eshitishim bo’yicha kuyov taraf qiz tarafni kutayotgan ekan. Qiz tarafni akasi uylanibdi yaqinda, shunga bir oycha dam berishibdi o’zlariga, eshitishim bo’yicha shunga. Allohning belgilab qo’ygan ishlari ekan, hijolatdaman endi siz uchun. – Muhammadsaid.

– Yo’q, hammasi joyida, rahmat sizga, sizniyam qiynab qo’ydim. Mayli men boraqoliy unda – hayrlashib ketdi Odil. Muhammadsaid ham ovorasi yo’qligini aytib, xayrlashib ketdi.

Odilni bu yangilik qiynashi kuchayotgan edi. Yangilikda eshitgan kuyov tarafdagi kuyovni o’rnida qanchalik bo’lib qolishni hohlar edi. Ammo hayot unaqa narsalardan iborat emas. Odil taslim bo’lishni hohlamadi. U biznesda ham qiyin vaziyatlarga tushgan, biroq har xil vaziyatda har xil narsalarni ishlatib chiqib ketgan edi va harakat qilishga qaror qildi. Odil o’sha kuni darsga kirmadi va uyiga ketdi. Undan keying darsga vaqtli borishga qaror qildi va Muslimani o’sha yerda poyladi. Bir soatlardan keyin Muslima yurib kelayotganda, Odil uni besh daqiqaga mumkinmi, deya suhbatga tortdi.

– Muslimaxon yaxshimisiz, ikki daqiqa vaqtinggizni olsam qarshi emasmisiz – qiz diqqatlilik bilan tinglashga kirishdi – gapning ochig’i nimadan boshlashni bilmayman. Biznesda anchadan beri dangal bo’lgandan keyin, dangal hamma narsani ochiqchasiga aytishga o’taman. Kichkinaligimdan ota-onam tarbiya qilib, biznesni yaxshilab o’rganishimni va davom ettirishimni uqdirishgan. Hissiyotlarga, sevgi degan narsalarga berilishga vaqt ham, hohish ham bo’lmagan. Va mana bir necha kun oldin sizni ko’rib qolib, balki shunaqa bo’lishi kerak bo’lgandir, balki mana menga kerak bo’lgan odam, deb o’ylab qoldim. Hozir esa bunga aminman. Surishtirishim bo’yicha sizda hammasi ahdlashib qo’yilgan ekan. Bu gaplar hozi men uchun sal hijolatli, sal uyatli, lekin sizni uyoq kishinggizni bilmayman. Balki mendan yaxshidir, balki yomondir, lekin sizga iltimos qilmoqchi edim, menga turmushga chiqing deb – Odil. Muslima uchun to’satdan bo’lgan gaplar edi bu. Ammo vaziyatni jiddiyligini hisobga olib, u ham jiddiylashishga o’tdi.

– Kechiring, unaqa qilolmayman. Keyin yana kechirim so’rayman, yoshlik qilib sizga yaxshi va kulish bilan muomala qilib qo’ygan bo’lsam. Siz yaxshi odamsiz, sizning taqdiringgiz vaqti kelsa, oshig’i bilan keladi – javob berdi Muslima yerga qarab.

– Nega? Tushunmayapman. Er-hotin bo’lsanggiz mayli tushunardim – Odil.

– Bizlar fotixa qilinganmiz, to’y aniq Hudo holasa. Ikkita taraf ham bir-biridan rozi, ishonchi komil va mamnun. … Hatto, u kishi bilan men ham – sal uyalib gapirib qo’ydi Muslima.

– Men ularni kamsitish niyatim yo’q, lekin kuyov tarafni surishtirgan edim, oddiy ishchilar oilasi ekan. Men esa dunyodagi barcha go’zallikni oldinggizga tortiq qilaman – noilojlikdan, xasratdan gapira boshladi Odil. Muslima bu gaplarni eshitishi bilan ozgina jaxli chiqdida, Odilning ko’ziga tik qaradi.

– Dunyodagi hamma chiroyni yig’sanggiz ham, boshqa go’zallikga yeta olmaydi, kechirasiz ketishim kerak – Odilni aylanib o’tib ketayotgan edi.

– Nima u? – so’radi Odil orqasiga o’girilib.

– Meni Alloh oldidagi boshqaga bo’lgan vafoim – Muslima qat’iyatlilik bilan gapirdi va ichkariga kirib ketdi.

Odil esa noilojligini his qildi. Bu noilojlilik uning mehmoni bo’lmaganiga ancha yillar bo’lgan edi. Odil hozir tushunib yetgandi, hamma vaziyatni har doim o’zgartirib bo’lmaydi, lekin u shunga o’rganib qolgandi. Biznesda yaxshi gap, pul va shunga o’xshagan usullar bilan charxpalakni o’zi tarafga aylantirsa bo’lardi, lekin ko’ngil, qalb, yurak degan so’zlarda emas ekan. To’satdan uning esiga Muslima aytgan so’zlar kelgandi. Bu so’zlar esa, yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdandir, edi.


Shirin va zaxarning makoni

O’g’il bola va kichkina qiz jim kelishayotgan edi. O’zlarini begonalardaka tutishsa ham, ular aka-singil edi. Yo’ldan o’tayotganda aka singlining qo’lini ushlab olar edi. yo’ldan o’tib bo’lgandan so’ng esa qo’yvorardi va jim ketishardi. O’g’il bolaning yoshi 12 yoshda, singlisining yoshi 8 yoshida edi. Nodir va Nodira, bu ularning ismi hisoblanadi. Nodir va Nodira maktabdan qaytishar edi. Maktabdan qaytayotganda ular o’tadigan yo’lda ko’pincha Nodirni yoshidagi yoki undan katta bolalar ko’chada turib olishardi va bekorchilik bilan shug’ullanishar edi. Nodir ularning oldidan o’tishdan oldin, singlisining qulog’iga quloqchin kiydirishni boshladi. Nodira uchun esa bu noodatiy holat emas edi, u allaqachon bunga o’rganib bo’lgan edi, lekin o’zi ham bilmas edi buning sababini. Akasidan sababini so’raganda, akasi shunchaki uyga yaqinlashganda Qur’on eshitsang, yuzing porlab uyga kirasan, deb bir marta javob bergan. Ha, haqiqatan ham, Nodir singlisiga Qur’onning audioformatini qo’yib berar edi. Nodira uchun bu boshida qiyin bo’lgan, o’zi tushunmaydigan arabchada aytilgan so’zlarni, deb albatta. Biroq biroz vaqt o’tgandan keyin o’zi tushunmaydigan bu arabchadagi so’zlar Nodiraga qanaqadir hotirjamlik berardi. Shunaqa hotirjamlik va porloqlikda u uyga kelardi, bu esa har kuni.

Bir kun Nodir tura olmaydigan darajada kasal bo’lib qoldi va Nodiraning dadasi bilan maktabdan qaytishiga to’g’ri kelib qoldi. Yo’lning o’sha nuqtasiga yaqinlashishar ekan, Nodiraning birdan esiga tushdi akasi uning qulog’iga quloqchinni taqib qo’yishi. Ammo quloqchinning o’zi ham yo’q, akasi yo’q bo’lganiga. Yig’ilib turgan o’smirlarning ovozlari Nodira va uning dadasi yaqinlashgan sari aniq eshitilishi boshlanar edi. Nodira va uning dadasi o’sha joydan o’tayotganda, ular bilan birga bir boshqa ayol ham o’tib qolayotgan edi. Shu payt o’sha yerdagi bekorchi bolalar og’zidan har xil yomon so’zlar va so’kinishlar chiqib qoldi. Nodiraning dadasi darhol ularga ko’z yugurtirdi, ular bu xulqlaridan uyalayotganlari ham yo’q edi. Keyin yana ketma-ket har xil uyatsiz so’zlarni og’izlaridan chiqarishdi. Shunda ularning yonidan o’tib ketayotgan ayol ham bir qaradi u tarafga va indamasdan yo’lida davom etdi. Buni shundayligicha qoldirgisi kelmagan Nodiraning dadasi Nodiraga shu bir chetda qimirlamay turishini gapirdi va ularning oldiga yo’l oldi. Nodiraning dadasi yaqinlashar ekan, u yerdagi o’smirlar ham nomaqbul so’zlar bilan gap gapirib, ham yaqinda Misrga sayohatga borgani, qayerlarida bo’lgani va Muso alayhissalom bilan bog’liq bo’lgan nimadirlarni aytib berar, ham qo’lida tamakini ushlab og’ziga qo’yar edi. Buni ko’rgan Nodiraning dadasi yanada jiddiylashdi.

– Yigitlar kechirasizlaru, ammo ko’chada har xil bunaqa so’zlarni gapirish yarashmaydi, keyin payg’ambar hayotini, ismini tilga olgandan keyin umuman to’g’ri kelmaydi bunaqa so’zlar va bunaqa harakatlar – dedi va qo’li bilan yigitning og’zidagi tamakiga ko’rsatdi.

– Aka, siz kim bo’libsizki tomdan tarasha tushganday kelib, aql o’rgatasiz – deb qoldi tamakini og’zida tutib.

– U to’g’ri gapiryapdi, yo’lizdan qolmang – boshqasi gapirdi. Nodiraning dadasini jahli chiqdi va bu o’smirlarga ham ko’rindi – nima, muommo hohlayapsizmi qariya, biz bilan hazillashmang – deb jiddiy davom gapirib qo’ydi.

– Yaxshi muomala bilan boshlagan ed … – deb Nodiraning dadasi gapirib turganida, uning gapini bir yoshi kattaroq chol bo’lib qoldi.

– Men senga aqlli bola bo’l demaganmidim? – chol. Tamaki ushlab turgan bolaning yuzi oqarib ketdi. Darhol tamakisini tashladi va orqasiga burildi.

– Buva? Nima qilib yuribsiz bu yerda, tinchlikmidi? – dovdirab qoldi bezori bola.

Buvasi jiddiy keldi va jiddiy nigoh bilan qaragan edi, boyagi bezori, bez boladan darak ham yo’q edi, o’rniga tortinchoq, yuraksiz bir kichkina bolakay paydo bo’lib qoldi. Buvasi Nodiraning dadasidan kechirim so’radi yoshi ancha katta bo’lishiga qaramay, bundan bezori bola yana qizarib ketdi. Nodiraning dadasiyam hijolat bo’lib ketdi va cholning ovora bo’lgani uchun afsusda ekanligini aytdi. Chol esa nevarasining o’rtoqlariga ham jiddiy qaradi va hoziroq uyiga bormasa, ularni o’zi olib borishini, bundan so’ng ularning buvalarini buni ko’rib jahli chiqishini aytgan edi, qolgan bezorilar ham vaziyatni ko’ra oldi va qo’rqqancha ketishdi.

Nodira dadasi bilan yo’lda ketarkan, birdan esiga kelib qoldi bir paytlar bo’lgan hodisa. O’shanda Nodir Nodira bilan maktabdan qaytayotganda birinchi marta shu bolalar paydo bo’lganidayoq borib ularga nimadirlarni gapirgan va o’sha kundan boshlab Nodira quloqchindan Qur’onni eshitishni boshlagan. U endi tushunib yetdi va bor gapni dadasiga aytib berdi. Dadasi buni eshitib hursand bo’lib ketdi.

Chol esa nevarasi bilan uyga qaytib keldi. Uyga kirib kelishganida chol o’g’lini ham urishib qo’ydi, ota bo’la turib yaxshi tarbiya bera olmayotgani uchun, ko’chadagi ishlariga jiddiy kirishgan, ammo oilaga loqayd bo’layotgani uchun. Keyin nevarasini honaga olib kirdi. Nevarasi esa katta bir ayb ishni qilib qo’ygandaka, bir podshohning oldida turgandaka hokisorlikda turardi. Buvasining haybati bilinib turardi.

– Men boya seni o’sha payt uzoq vaqt kuzatdim. Hatto o’sha kishi insofga chaqirishga kelishidan ham oldin turgan edim. Shunchalik tubanlikka botganingdan buyoqroqda turganimni ham bilmading. Va, hohlagan ishingni qilding va hohlagan so’zingni gapirding. Lekin meni borligimni ko’rib yuraging qinidan chiqib ketdi. Shunaqa ekansan, nega boshqa zot har doim kuzatib turishidan hushyor turmaysan? – chol.

– Kim? – nevara.

– Jon tomiringdan ham yaqin bo’lgan Alloh. Qaysi kalla bilan og’zingdan bunaqa so’zlarni chiqarasan, ayni boshqa so’zlarni aytganda? Men ham hozir har xil so’zlar bilan urishib bersam bo’ladi, muqaddas kalomlarni aytgan og’iz bilan bunaqa so’zlarni ishlatmayman. Chunki bu kichkina bir og’iz, til yoki shirin makon yoki zaxarli makon bo’ladi, boshqalar uchun ham, o’zimiz uchun ham. Sen esa tap tortmasdan boya gap-so’zlarni o’rnini bilmasdan tashqariga chiqarib yotibsan. Nega meni oldimda uyalib qoldingu, men yo’qligimda bemalolsan? Seni o’rtoqlaringchi, hech o’ylab ko’rganmisan, ular ham uyidagilarini oldida bezbetlarcha tamaki chekib, og’zidan har xil be’mani so’zlarni chiqarishadimi, aslo yo’q. Chunki andisha, uyat degan narsalar baribir bor. Xo’sh, nega unda o’sha tushunchalar Alloh oldida bo’lmaydi? Biz bandalar har doim birgamasmiz, biroq Alloh har doim kuzatib turibdi, uni mudrok bosmaydi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 | Следующая
  • 0 Оценок: 0

Правообладателям!

Это произведение, предположительно, находится в статусе 'public domain'. Если это не так и размещение материала нарушает чьи-либо права, то сообщите нам об этом.


Популярные книги за неделю


Рекомендации