Текст книги "Hikoyalar karvoni"
Автор книги: Sardor Kurbanov
Жанр: Современная русская литература, Современная проза
Возрастные ограничения: +12
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 8 (всего у книги 11 страниц)
Tashqarida tez yordam mashinasi yana odamlarni olib kelish bilan ovora edi, kimdir nafas olishga qiynalar edi, bemorlardan kimdir esa qo’rquvga tushib qolgan. Qaysidir shifokor bemorni qo’yib yubora olmasligini aytar edi, virus yuqtirishi havfi bor deya. Qaysidir yosh, tajribasiz shifokorlar esa chetga o’tib yig’lar edi.
Boshqa binoda boshqa joyda Ra’no xizmat ko’rsatar edi. Telefonda operatorlik qilishi kerak bo’lgan odamlarga ehtiyoj bor edi. Kuniga to’rt yoki beshminglab qo’ng’iroqlar kelar, u yerda esa har xil shikoyatlar, savollar va ma’lumotlar aylanmasi bo’lar edi.
– Hop, sizni tushundim. Nafas olishizning qiyinligidan tashqari boshqa bir diskomfort alomatlar yo’qmi? Chundim. Manzilinggizni shifokorlarga berib qo’yaman, mayli ozgina sabr qiling, Alloh shifoinggizni bersin – Ra’no kompyuter sichqonining tugmasini bosdi va dam olish uchun, o’zini stulning suyang’ichiga suyadi.
– Ra’no opa charchamadinggizmi? – yonidagi bir ayol.
– Uyat bo’ladi charchadim desa, xo’jayinim va boshqa shifokorlarning bundanda battar ahvolda kurashayotganlarini hisoblasak – Ra’no.
– Ra’no opa boshqa chiday olmayman, yoninggizdagi suvdan uzatib yuborolasizmi iloji bo’sa. Bu kombinezonlarda ro’za tutish qiyin bo’lyabdi – boshqa bir qiz Ra’noning boshqa tarafidan gapirdi.
– Yo’q, sabr qil Nargiza, ozgina qoldi. Atigi 3 soat qoldi, shuncha chidab, oxirida taslim bo’lasanmi – Ra’no jiddiy urushib berdi. Suv ichishni hohlagan qiz biroz vaqt jim o’tirdi va o’ziga kelib Ra’noga minnatdorchilik bildirdi, o’sha payt ro’zasini buzishini oldini olib qolinishida sababchi bo’lganiga.
2020-yilning kuz fasli edi. Hali ham virus bilan kurash davom etayotgan edi. Abdurahim, Ra’no va Kamron uyda jim, charchagan holda ovqat yeb o’tirishibdi. Televizorda esa habarlar ketayotgan edi.
– Yilning boshiga qaraganda hozir koronavirusning oz bo’lsada chekinganini ko’rishimiz mumkin. Hudoning marhamati va shifokorlarning fidokorligi bilan o’zbek xalqi bu jangni ham yengib chiqyabdi. Yana shuni ham ta’kidlab o’tishimiz kerakki, prezidentimiz farmoniga binoan, shifokorlarning oyligi oshiriladigan bo’lyapdi. Kunning boshqa yangiliklariga o’tamiz. … – televizordagi ovoz pasaytirildi. Uchchalovi esa jimgina ovqatlarini yeb o’tirishda davom etishar edi. Telefon jiringladi va Ra’no javob berdi.
– Assalomu aleykum opa, yaxshimisiz? Nima bo’ldi? Ovoziz nega bunaqa? Nima? – Ra’no qo’lidan telefonni tushirib yuborgan edi, Abdurahim borib telefonni oldi va jim eshitdi.
– Bandachilik onasi, Alloh sabr bersin, bu virus ham Allohning irodasi – qo’lini Ra’noning yelkasi ustiga qo’ydi.
– Onam, otam – Ra’nodan faqat shu ikkita so’z chiqdi. Uyog’i esa his-tuyg’ular orqali chiqqan yig’i edi. Kamron boshini yerga qaratib o’tirar edi. Bu vaziyat insoniyatning kuchsiz bo’ladigan holatlarini yaqqol ko’rsatar edi. Ba’zida insoniyat shunchaki jarayonga ta’sir o’tkaza olmaydigan bir jonzot, uning qo’lidan faqat sabr kutiladigan jonzot edi.
2021-yilning bahori ham kirgan edi. Abdurahim va hamkasbi Alisher esa tushlikda o’tirib bo’layotgan narsalar haqida suhbat qurishar edi.
– Virusdan ham ancha qutulib qoldik – Alisher.
– Ha, biroq shu paytgacha qancha hamkasbimiz va xalqimizdan ayrildik – Abdurahim.
– Urush qurbonlarsiz bo’lmaydi – Alisher.
– Shifokorlar uchun qurbonlar tinchlik paytida ham bo’laveradi – Abdurahim.
– Unda nima qilasan o’tib ketganlarni eslab – Alisher.
– Bilmadim. … Eslab turish kerak, deb o’ylayman – Abdurahim – bir necha kun oldin yaqin o’rtog’imni yerga berdik. Unda o’pka va saxar muommosi bo’libdi.
– Bechora, Alloh rahmatiga olsin – Alisher.
– Yaqinda bitta g’arbdagi chol haqida o’qib qoldim. U ham o’pka hastaligiga chalingan ekan. U nafas olishi uchun unga sun’iy nafas oladigan moslamani taklif qilishgan. Shifokorlar qanchadiram pul bo’ladi, desa yig’lab yuboribdi. Shunda shifokorlar, agar pulinggiz bo’lmasa, sug’urta qoplab berishi mumkin deyishganida, chol boshqacha javob beribdi. Taxminan bo’lsa ham bilasanmi, nima deganini? – Abdurahim Alisherdan so’radi.
– Yo’q – Alisher.
– Chol aytibdiki, men pul uchun yig’layotganim yo’q, pulim bor. Shunchaki shuncha yillar davomida Hudoning marhamati bilan tekinga nafas olib yurgan ekanman. Hudo bu uchun zarracha ham pul so’ragan edi – Abdurahim.
– Ha, ta’sirli voqea ekan – Alisher.
– Shunchaki ta’sirli emas. Biz musulmonlar buning qadrini yanada yaxshiroq va aniqroq bilishimiz kerak. Alloh bizga son-sanoqsiz marhamatlarni berish qo’yibdi, qaysilarinidir bilamiz, qaysilarinidir bilmaymiz yoki esdan chiqaramiz. Inson nima bo’lmasin boylikni ustida yashaydi va o’zi bilmagan holda shu boylikning ustida turganini esdan chiqarib qo’yadi. Alloh esa bu boylikni har doim berib qo’ygan bo’ladi – Abdurahim.
– Ming qilsa ham baribir insonligimizga boramizda – Alisher.
– Nima deb o’ylaysan, bu hali qancha davom etadi? – Abdurahim.
– Kechagina men ham shu savol ustida bosh qotirgan edim – Alisher.
– Xo’sh, qanaqa javobga kelding? – Abdurahim.
– Bekorga, javobini topa olmaydigan savolga javob izlaganimni bildim – Alisher jilmayib qayg’uli jilmayib qo’ydi.
– Sendan ham aqlli mulohazalar chiqadi, tan olish kerak – Abdurahim ham jilmayib qo’yadi.
Abdurahim, Ra’no va Kamron yana kechki ovqatni birgalikda, yana jimlikda, yana sukunatda qilib o’tirishgan edilar. Sukunatni Abdurahim buzdi.
– O’g’lim, oyingni aytishi bo’yicha tibbiyot darsliklari bilan shug’ullanayotgan ekansan – Abdurahim.
– Oyi, to’ydan oldin nog’ora chalasiz – oyisiga qarab sekin gapirdi o’g’li.
– Shunda niyating o’zgardimi? Kasb tanlashda demoqchiman – Abdurahim.
– Ha, tibbiyotni tanlashga qaror qildim – Kamron. Abdurahim va Ra’no buni eshitib hursand bo’lib ketishdi.
– Unda aytmoqchi bo’lganim, tibbiyot ilmi qiyin va mas’ulyatlik. Agar savollar bo’lsa, bemalol bizga murojat qilishing mumkin – Abdurahim.
– Hop, rahmat dada – Kamron.
– Nega birdan tibbiyotga qiziqib qolding o’zi, sir bo’lmasa? – Abdurahim.
– Hohish bilan mas’uliyat to’g’ri kelganda, mas’uliyatni tanlash kerak ekan – Kamron biroz jim turdi va shuni gapirdi.
Hamma ovqatlanib bo’lgan, Abdurahim duo o’qidi. Kamron honasiga ketgan edi. Abdurahim o’g’lining bergan javobini o’ylab, uni katta bo’lganini bildi. Bu ozgina davrda go’yo ko’p yollar bosilgan edi. Bu virus ko’p yomonliklar o’zi bilan keltirgandir, lekin shunga yarasha boshqa yangiliklarni ham ochgan edi. Shu payt uning esiga, bir paytlar kitobda o’qigan gaplari esiga tushgan edi. Bu so’zlar Xalid ibn Validga tegishli edi va bu so’zlar shunday edi, “Qora tun yulduzlarni paydo qilganidek, qiyinchiliklar haqiqiy erkaklarni paydo qiladi”.
Ota-ona va farzandlar
1946 yillar edi. Toshkent. Svetlanani asrab olishganida u 2 yoshli go’dak edi. Urush hamma odamga zarar bergan edi. Shunday bo’lsada yaxshi insonlar quyosh nuri kabi zulmatni yoritgandaka ko’rinib turardi. Shulardan bittasi Abdusattor va Muxlisa edilar. Ular bu jajji qizaloqni asrab olishga qaror qilishdi, garchi o’zlarida 4 ta o’g’il bo’lsa ham. Yillar o’tdi. Svetlana ham katta bo’lishda davom etdi. Svetlana 7 yoshga to’lib bo’lgan edi. Abdusattor har kuni ishdan kelardi va o’g’illariga me’yorida jilmaysa ham, biroq Svetlanaga tishlarini ko’rsatib kulib, quchoqlab olardi. Buni o’sha paytda farqiga bormagan Svetlana esa bunga shunaqa darajada hursand bo’lardiki, kattalar ko’rib bu qiz shunchalik ham shirin bo’ladimi, deb o’ylashlari mumkin. Muxlisa esa Svetlanani erkalab Svetaxon, deb chaqiradigan bo’lgan. O’zbek oilasidan o’sib tarbiya olgandan keyin, Svetaxon ham o’zbekchani o’zbeklardek o’rganib olgan. Shu bilan birga Muxlisa unga arab tilini, Qur’onni o’rgatar edi. Svetlana buni kerakmas, deb hisoblamas edi. U shunchaki ko’rar edi, oilada bu narsalarni o’rganish uchun hammada olov yonganda, nega unda olov yonmasligi kerak edi. Va yana bu olov yonganda oiladagi hamma uning ko’ziga biram go’zal holatda ko’rinar ediki, nimadir Svetlanini ichidan shu go’zallikni o’zida ham ko’rishga turtgandaka bo’lar edi. Svetlana yana har kuni 5 mahal namozni kuzatar edi, esini tanibdiki ota-onasi buni qazo qilmaslikka harakat qilishardi. Namozdan so’ng esa duolarda Svetlanani ham duolarida so’rab o’tishlarini ko’rib, o’ziga o’zi savol berardi. Men shunchalik muhimmanmi, deya. Kechasi bo’ladigan xufton namozida esa, bu duolar yanada uzoq davom etar edi.
Abdusattor kam holatlarda sovg’a olib kelardi, lekin shunday bo’lgan taqdirda ham birinchi bo’lib Svetlanadan boshlar edi. Svetlana allaqachon o’gay qizligini bilib, tushunib olgan vaqtlar edi, ammo baribir uni qiziquvchanlik darajasida qiziqtirar edi bu holat. Nega aynan unga birinchi beriladi, tug’ishgan o’g’illarga emas? Bu savolni u Abdusattorga bergan edi, Abdusattor esa mayingina jilmayib dinimiz va sunnatimizning qoidasi shunday qizim Svetlana, deb javob bergan edi.
Oradan yana biroz yillar o’tdi. Svetlana 12 yoshga to’ldi. O’gay bo’lsada akalari uni hammadan himoya qilishar edi va sariqchadan kegan rus millatidagi qizni hech kim muslima va o’zbek qizi emas, deya olmas edi.
Bir kuni u to’liqligicha islom dinini qabul qilmoqchi bo’lganini otasiga aytdi. Buni eshitgan Abdusattor hursand bo’lib ketdi. Bu hursandchilikni ko’rgan Svetlana, otasini hech qachon bunaqa hursand bo’lganini ko’rmagan edi va o’z-o’ziga to’g’ri yo’lda ekanini ta’kidlab qo’ydi. U islom dinini qabul qildi va oldindan islom tarbiyasi asosida olib kelayotgan tarbiyasi yanada go’zallashishga, gullashga tushib ketdi. Har bitta namozida Abdusattor va Muxlisani duo qilar va islomni naqadar adolatli din ekani yanada ko’proq tushunib yetar edi.
Oradan yana yillar o’tdi. Abdusattor va Muxlisa vaqti soati yetishi bilan vafot etishdi. Svetlana bir o’zbek, musulmon yigitiga turmushga chiqdi. Yana yillar o’tdi va farzandli bo’ldi. Farzandlari ham 7—8 yoshlarga borib qolgandan keyin onasini bunaqa duo qilishlarini ma’nosini tushunib yetish uchun savol berishdi. “Nega buvam va buvamga, bizga duolarizda bunchalik ko’p vaqt ajratasiz?” Svetlana esa farzandlariga bir paytlar Abdusattor unga qanaqa jilmaygan bo’lsa, u ham shunaqa shiringina jilmaydi va gapirdi.
– Boshida men buvang va buving men uchun duo qilishganda tushunmaganman. Ammo vaqt o’tib tushunganman. Sevgi bu, Alloh senga qanaqa rahm-shavqatli bo’lsa, sen ham oilangdagi odamga qo’lingdan kelgancha rahm-shavqatli bo’lishga harakat qilishing. Uning nomini duolarda zikr qilishing, abadiy hayot, ya’ni jannatda ham ular bilan birga bo’lishni tilashdir. Buvang va buving shularni tilashar edi, chunki ular meni Alloh uchun yaxshi ko’rishardi va jannatda ham birga bo’lishni hohlashardi. Men ham ularni Alloh uchun yaxshi ko’radigan bo’lganman va jannatda ular, sizlarni ham Alloh uchun yaxshi ko’raman va sizlar bilan ham jannatda birga bo’lgim kelyapti – deya gapini tugatdi.
Farzandlari buni eshitishi bilan qo’llarini duoga ochishdi va duo qilishga tushib ketishdi. Buni ko’rgan Svetlana jilmayib, Abdusattor va Muxlisa ota-onasini eslab o’tirdi.
Qimorning ajali yoxud ajalliligi
Hozirda stolni atrofida qo’llarida karta ushlab to’rtta erkak kishi o’tirardi. Ularning orasi jimlik, sukunat bilan to’lgan edi. Bundoq olib qarasa yoshi katta bolalar shunchaki o’yin o’ynashyabdi, biroq holatning bunchalik jiddiyligining sababi o’rtaga mollar tikilgan edi. Garchi mollar tikilmagan bo’lsada, bu o’yin hayot uchun zararli edi. Bu stol atrofida o’tirganlar ham bu narsani bilar edi, ammo kimdirlar ortiqcha mol-davlat oson yo’l bilan topaman, kimdir esa birovlarni aldab ortiqcha mol-davlatni oson yo’l bilan tortib olaman, deb o’tirardi va shu sabablar “hayot uchun zararli”, degan iborani parda bilan yopib qo’yardi. Abror ham ularning orasida edi. Abror yaqindan boshlab bunaqa o’yinlarning ichiga kirgan edi. U yigirma uch yoshlardagi, har kun ishga borib keladigan, lekin kechga qarab o’rtoqlari bilan choyxonaga ketadigan (oldin bunaqa har kun emas edi), choyxonada esa asosiy maqsad bo’lgan qimor darhol ishga tushadigan edi. Hayot tarzi bir xillikga aylanganini sezgan bo’lsa ham, shu hayot tarzida davom etardi. Qimorda yutqizishlar bo’lsa ham, gohida o’zi hohlagandaka natijalarga erishmasa ham Abror shu hayot tarzini to’xtatmas edi.
Yakshanba kuni edi, u odatdagidek qo’shtirnoq ichidagi “choyxona”ga ketayotgan edi. Tilanchilik qilayotgan bir erkakni ko’rib qoldi. O’zidan o’zi unga tanbeh bermoqchi bo’ldi va “uyalmaysanmi kap-katta yoshli odam tilanchilik qilishga”, dedi. Shunda tilanchi ham unga jiddiylik bilan qarab, “Sen uyalmasanmi, senda bor bo’lgan, ammo senga tegishli bo’lmagan narsalarni qimorga tikishga?” Abrorning oyoqlari yerga zarba bilan tushgandaka bo’ldi, garchi oyoqlari hali yerdan uzilmagan bo’lsa ham. Abror bir-ikki soniyadan so’ng o’ziga keladi va so’radi, qaysi esi past do’stlarimdan birini hazili bu? Shunda tilanchi ham savol berdi, yosh bola qilmaydigan ish bo’lgan, qimorga narsalarni tikish esi pastni ishimasmi? Abrorning jahli chiqdi va qo’lini musht qilib, tilanchi yoniga yaqinlashdi va endi urmoqchi bo’lganida atrof qop-qorong’i bo’lib qoldi. Abror bundan qo’rqib ketdi. Tilanchi esa hotirjam turardi va u endi tilanchi kiyimidagi odam emas edi, birozdan so’ng so’zni boshladi. “Bu yoqqa qara, bu seni bir paytlar onlayn qimorlarga pul tikkaning”, dedi tilanchi. Zulmatdan bir yorug’lik paydo bo’ldi va u yerda voqealar sodir bo’lishi boshlandi. Ayni vaqtda, Abrorning o’sha onlayn qimorga pul tikkan lahzalari edi. “Bu yerda esa sen ota-onangga atab sovg’a olaman, deb yig’gan pulingni qimorga tikkansan va uni boy bergansan”. “Bu yerda ba’zi bir bezorilardan qarz olib, qimorda yutqizgansan, undan so’ng singlingni bir yillab qiynalib yig’gan pulini yalinib, yig’lab qo’lga kiritib, o’sha bezorilarga berib yuborgansan. Bechora singil ham nima qilsin, jigarda”. “Mana bu yerda ota-onang bilib qolgan va ularga va’da bergansan voz kechaman deya, ammo voz kechmading va ular bechoralar do’st birodarlarini oldiga bora olmaydigan bo’lib qolishdi, sening bu harakatlaringni mahalla bilgandan keyin”. “Bu yerda sen bu yo’ldan qaytish uchun maslahatlarni eshitgansan, misol senga qimorda yillarini sarflagan odam aytyapdi, qimorda to’liq narsani yutqazib, yarim narsani yutib olishing mumkin. Yana bitta odam borini yutqazib, o’zini o’ldirganiniyam eshitgan eding”. Bularni Abror ko’rar ekan ichidan sovuq shamol bo’ron ko’targandaka bo’lar edi. O’ziga o’zi savol berdi. “Shunaqa darajada notovon odam bo’lib qoldimmi? Shunaqa hayvondanam battar bo’lib qoldimmi? Shunaqa chuqurlikka tushib ketdimmi?”. Keyin tilanchi bo’lgan kishi davom ettirdi. “Bular esa oilangni seni deb ko’z yosh to’kishlari, sen ularni honavayron qilishing, ularni butun mahallaga sharmanda bo’lishlari, ulardan kimdirni bu dunyodan o’tishi va seni qamoqqa tushishing, undan so’ng do’zox seni kutishi”. Abror bularni ko’rdi va daxshatga tushdi, gapni oxirigacha eshitmadi va o’zi gapirdi. “Bular hali bo’lmadiku”, deya gapirdi Abror. Tilanchi odam ham, “ha, hali bo’lmadi, lekin sen shu yo’ldan ketyapsan”, dedi. “Yo’q, yo’q”, deya Abror uyg’onib ketdi. Abror uyg’onayotgan paytda unga ovoz orqali so’zlar eshitiladi, hozir yomonligini bilding, biroq yana shu yo’lga kirishing mumkin, ammo kech bo’ladigan lahza kelguncha imkoningdan foydalanib ol, deya. Undan sovuq teri oqar edi. Keyin tushunib yetdiki, bular tush edi. Boshida qo’rqinchli tushga yo’ymoqchi bo’ldi, biroq shu bir daqiqa o’tirgan holatida o’ylashda davom etardi va qo’rqinchli tushdanam battar bu holat, deya o’ziga takrorlardi. Oqayotgan terini peshanasidan endi artmoqchi bo’lib qo’lini ko’targan edi, otasining bomdod namoziga azon aytayotganini eshitdi va o’rnidan turib ularning yoniga bordi va biroz shoshmasdan turishlarini, hozir taxorat qilib, ularga qo’shilishini aytdi va taxorat qilishga ketdi.
– Allohga son-sanoqsiz shukrlar bo’lsinkim, U bizni duolarimiz, iltijolarimizni eshitibdi. Ikki yildan beri namozni tashab qo’ygan farzandimiz yana bag’rimizga qaytibdi – dedi onasi kulib, o’g’lini sal uzoqlashishini poylab.
– Ha hotin, Allohning marhamati keng, qilgan harakatlarimiz bekorga ketmabdi, shu o’zi kechagi xufton namozidan keyin nimadir o’zgarishlarni ko’nglim sezgandaka bo’lgan edi – otasi kulib javob berdi va qo’shib qo’ydi – bilmadim nima sabablar uni namozga qaytardi, shu qimor boshlagandan beri namozdan uzoqlashib ketgan edi, o’g’limiz nimalarni shu kunlardan boshidan o’tkazdi bilmadim, ammo haloskorimiz ham, umidimiz ham, qutqaruvchimiz ham Alloh. Qimorning va boshqa narsalarning zararidan, kerakmas ta’siridan O’zi asrasin. Alloh ato etgan taqdirni tasodifga, tortishuvli baxsga (sporga), qimorga ato etib qo’yishimizga haqqimiz yo’q. Insha’Allah berilgan narsalarimizni qadriga yetaylik.
Sabab bo’lgan ovoz
Orif do’sti Yahyo bilan do’kon tomon ketayotgan edi va bir vaqtning o’zida Orif norozilik ohangida shu kitob do’koniga kirish hozi shartmidi, deb gapirish bilan ovora edi. Yahyo esa do’st bo’lgandan keyin birga yurib qolsa, ubu joyi uzulmasligini ta’kidlab, hazillashib kulib qo’yardi. Ular kitob do’koniga kirishdi. Yahyo Orifni kitob javonlari orasida qoldirib, o’zi bitta tanishini oldiga ketdi va qo’lida qaysidir kitoblarni ushlab tanishi bilan nimadirlarni muhokama qilayotgan edi. Orif kitob javonlarni orasida kitoblarni ko’rayotgan edi, birdan bir qizning javonning narigi tarafida nimadirni shirin ovoz bilan kuylayotgandaka tuyuldi. Orif orqa tarafdan kelayotgan tovushlarni go’yo ovossiz qildida, bor e’tiborini qiz tarafdan kelayotgan ovozga qaratdi. Kitoblar odamning siluetini to’sib qo’ygan edi, shunga javon orqasidagi odam umuman ko’rinmas edi, shunchaki ovoz kelardi. Shundan so’ng chunib yetdiki, qiz qaysidir surani tajvid qilib aytayotgan ekan. Ammo din tarafdan bilimi yo’qligi sababli bu qaysi sura yoki oyatligini bilmadi. Ovozni eshitarkan, zina bo’ylab tepaga ko’tarilayotgandaka bo’lar edi. Orif kichkinaligida pianino to’garakiga borgan edi va shundan so’ng unga pianinoning mayin tovushi yoqadigan bo’lib qolgan edi. Uning uchun pianinoning mayin tovushlari osmonlarga osilgan chiroyli rasmlardek tuyulardi, biroq hozir bu ovozni eshitarkanki, chiroyli haqiqat ko’proq bu ovozlarda ekan, o’sha pianino ovozlaridanam ko’proq. Garchi Qur’onni tilovat qilayotgan ovoz baland chiqmasada, uning aniq eshitilishi hozirgi kundek ravshan edi. Birdan ovoz to’xtadi va yonidagi boshqa qizlar undan yana davom ettirishini, to’xtamasligini so’rashdi. Qiz esa mayingina ketishlari kerakligini eslatib qo’ydi. Shu payt Orifning oldiga Yahyo keldi va hazillashib nimaga qizlarni gapini poylayotganini gapirdi. Yahyo yana nimadirlar deb Orifni boshini aylantirdi va Orif ulgura olmay qoldi, borib o’sha qizni kimligini ko’rishga. Borib qarasa u qiz va dugonalari ketib bo’lishibdi. Orif o’sha yerdagi bir xizmatchini so’radi, shu Qur’on surasini o’qigan qizni ko’rmadimi yoki yo’q. Xizmatchi ko’rgani aytdi va ular ketishganini aytdi. Qo’shimchasiga “o’sha qiz Yasin surasini biram chiroyli qiroat qildi” deb qo’ydi. Orif ham “Yasin deng” deya qoldi.
Orif har kuni shu kitob do’koniga kelayotgan edi. Kelishdan maqsad esa qizni qidirish va topishdir.
Oradan bir oy o’tdi.
Orif yana keldi. Ko’zlar qidirish bilan ovora, lekin shu bilan birga bu ko’zlar afsuslanish bilan ovora, topa olmagandan keyin kerak bo’lganini. Birdan hayoliga shu Yasin surasining tarjimasini audio formatini eshitgisi keldi. O’sha do’kondan audio formatini sotib oldi va uyiga borib eshitdi.
Orif surani eshitar ekan, nimagadir uning, suraning ma’nosi uning oldingi ahvoli va hozirgi ahvolini ochiq oydin solishtirib qo’yardi. Oldingi va hozirgi ahvolining farqi shundaki, unda hozir intilish bor edi, Alloh tomon. Bu narsani tushunib yetishi bilan, ko’zidan bitta tomchi yosh oqdi. Chunki unga olam ochildi.
Oradan bir necha oylar o’tdi va Orif yana o’sha do’konga kelardi. Bu safar o’sha qizni qidirib emas. Bu safar kitoblar, ilm va bilimlar qidirib kelar edi. Orif tushunib yetgan ediki, Allohning marhamati bilan, hohishi bilan bir bandasining chizig’i boshqa bandasining chizig’ini kesib o’tishi kerak edi. Natijasi esa birinchi o’rinda Allohga va unga, Orifga ayon edi.
Sabr, Taqvo, Vafo
Sabr
1990 – yillar. Kuzning oltin bilan bo’yalgan kunlaridan birida bir honadonda ayollar o’tirishardi. Ular yaxshi kayfiyat ila kulishib, duolar qilib omin qilishdi. Bir qancha vaqt o’tdi, bir yigit va qiz domlani oldida nikohdan o’tishyotgan edi. Bir qancha vaqt o’tgandi, karnay-surnay chalingan holda, yigit va qiz oq yoyilgan gilam yo’lakchadan o’tishayotgan edi. Bir qancha vaqt o’tdi, yigit va qiz birgalikda bomdod namozini o’qishayotgan edi. Yigitning ismi Muhammadali, qizning ismi Soliha edi. Shunday qilib ular bomdod namoziga o’xshab hayotlarini yangi tong quyosh chiqishiga o’xshab boshlashgan edi.
Oradan bir necha hafta o’tdi. Muhammadali va Soliha hovlini ichida turishgan edi.
– Kecha yutqizgan edinggiz, bugunam yutqizishga tayyormisiz? – Soliha kulib so’radi.
– Kecha g’irromlik qilding, hisobmas – kulib javob qaytardi Muhammadali.
– Siz sport bilan shug’ullanib kelgansiz, menga g’irromlik mumkin – kesatib kulib gapirdi Soliha.
– Mana qara hotinim bilan poyga o’ynashim, hotinimni ham qaysidir ma’noda sportchi qiladi – kulib javob berdi.
– Yugurishni boshlay qolaylik hop desanggiz, bo’lmasa adajon yoki onajon chiqib qoladilar, meni uyatga qo’ymoqchimisiz yoki? – gapirdi Soliha uydagi oyna va eshiklarga qarab.
Yugurish boshlandi va Soliha yutqazdi. Muhammadali esa, senga yon boszam ham bo’lmaydi, hafa bo’lma, deya kulib qo’ydi. Soliha, meni yaxshi ko’rmaysizda, shu uchun ham yutishimni hohlamaysizda, deya hazil va araz ila gapirgandi, ko’zi adajoniga tushib qoldi. Soliha qarasa adajonisi sekin kulib yoshlarni bezovta qilmaslik uchun ichkariga kirib ketayotgan edi. Solihaning yuzi qizarib, salom berib ichkariga kirib ketdi. Muhammadali ham bir otasi taraf qarar edi, bir hotini ketib qolgan tarafga. Uni shirin tuyg’ular o’rab olganligini his qilar edi.
Oradan bir necha oy o’tgandi. Muhammadali esa odamlarni janaza kiyimida kutib olib, ular bilan birga Qur’on o’qib, ularni kuzatish bilan ovora edi. Odamlar esa kimdir hayrlashib sabr tilar, kimdir chetda turib, o’tib ketgan Muhammadalining ota-onasi yaxshi odam edi, farzandlariga yaxshi ma’naviy meros qoldirishdi va bu yaxshi qo’llarda ekanligini ta’kidlashayotgan edilar.
Vaqtlar o’tgandan o’tar edi, shu bilan yana bir necha oy o’tib ketdi. Ertalab nonushta payti Muhammadali va Soliha choy ichishga o’tirishdi.
– Dadasi, oddiy choy ichgiz kelyaptimi yoki shirin choymi? – Soliha, sal jilmayib so’rayabdi.
– Shirin choy bo’laqolsin – hayoliy nimadirlarni o’ylab javob berdi Muhammadali, bir necha soniyadan keyin Solihaga o’girilib – dadasi? – deya taajublanib so’radi.
– Yoqmadimi bunaqa chaqirganim, unda boshqa siz hohlagan nom bilan chaqiraman – deya jilmaydi.
– Ya’ni demoqchisanki… ya’ni shunaqa… ya’ni to’g’rimi – Muhammadali o’zini gaplarini yo’qotib qo’ygandaka so’rashni boshladi. Soliha esa Allohning marhamati tushganini gapirdi, Muhammadali hursand bo’lib ketgan edi. Muhammadali ko’p urinmasligini, o’tirishini aytgandi.
– Qanaqa choy ichishinggizni aytmadinggiz-ku, shuni iloji bo’sa aytib yuborsanggiz, qilib keyin o’tirardim – Soliha kulib, hursandchilikda javob qaytardi. Muhammadali hursandchiligini yashira olmas edi. Ota-onasini berib qo’ygandan keyin, Alloh hayotiga nur berayotgandaka edi go’yo. Soliha esa, erini hursandchiligini ko’rib Allohga yana shukronalar keltirar edi.
Biroq bu hursandchilik ko’pga cho’zilmagan edi. Oradan 3—4 oy o’tgandan keyin ular ikkalasi ham g’amgin holatda o’tirar, nimani o’ylashni ham bilishmas edi. Soliha gap boshlashga majbur bo’ldi.
– Doktorning aytishicha… Hudo holasa bola ko’rishimizga bu… ta’sir qilmas ekan, lekin nega… nega… tushib qolishi kerak edi – Soliha gapirib bo’lishi bilan yig’lab yubordi. Muhammadali esa bitta nuqtaga qarab o’tiribdi.
– Qo’y hotin unaqa deb savol berma. Qazoi-qadar bu. Allohning irodasi ekan. Mayli hotin yig’la, baqir-qichqir, faqat bu g’amga berilma. Hudo holasa hali ko’rasan bolalarimizdan qochib qutulolmaydigan bo’lib qolamiz. Buyam bir sinov va chiroyli sabr talab qiladigan sinovdir – Muhammadali.
Qish fasli o’zini har taraflama ko’rsatar, ko’pchilikni o’zi uyiga mixlanib olishiga qo’yib qo’ygan bo’lsa ham, yana ko’pchilikni ko’chaga chiqishga chorlar edi. Oradan 4—5 yil o’tgan edi. Muhammadali esa bir kichkina bola yugurib o’ynab yurgan edi. Soliha esa qorni chiqib qolgani uchun yurishda ehtiyotkorlik bilan yurib chiqar va ularni ovqatlanishga chaqirdi. Kichkina bola ovqat so’zini eshitgandan so’ng, unga yanada ko’proq zavq kirgani bilinib turar edi. Kichkina bolakay Muhammadalidan ham vaqtli kelib xontaxta yoniga o’tirdi. Xontaxta ustida esa, qotgan non, choynekda choy, ikkita kosada ovqat turar edi.
– Yana shu ovqatmi? – beg’uborona soddalik bilan kichkina bola so’radi.
– O’g’lim, bu nima deganing, bu ovqatga zor odamlar bor, agar bunaqa desang, Alloh bunaqasini ham bermay qo’yadi, agar hursand bo’lib yesang, bundan ham mazalisini beradi – Soliha o’g’liga shiringina, chunarli qilib tushuntirib qo’ydi.
– Hop oyi – hijolat bo’lib gapirib qo’ydi o’g’li.
– Sengachi? O’zingga suzmadingmi? – so’radi Muhammadali.
– Ishtaxam yo’qroq dadasi, azginadan keyin bo’lib qolar – jilmayib javob berdi Soliha.
– Yo’q, bunaqasi ketmaydi – Muhammadali o’rnidan turib, borib qozonni ochib qarasa bo’sh. Soliha yoniga kelib, qozonning qopqog’ini qo’lidan olib, qozonni yopib, hammasi joyidaligini aytdi/
– Uzur, senga yaxshi hayot bera olmayapman – Muhammadali yerga qarab gapirdi.
– Iltimos sizdan unaqa demang, ko’rib turibmanu, harakat qilyapsiz ish topishga, ertalabdan kechgacha qidiruvda, harakatdasiz. Rizq kelishi shunchaki sekinlashib, to’xtab turibdi, buyam bir sinov – jilmayib qo’ydi. Muhammadali ham unga qarab, yuziga quvonch yugurdi, lekin baribir ozgina o’zida xato bor, degan chehra qoldirdi.
– Unaqada bu ovqatni sen yeysan, erni gapini qaytarish yaxshimas – hazilona gapirdi Muhammadali.
– Shuncha yil yashab ikkalamiz ham, bitta idishdan ovqat yemabmiz, qareng a! Keling undan ko’ra, shunaqa romantika qilamiz, hop desanggiz – birozdan so’ng javob qaytardi Soliha.
O’g’illari uchun bu bir ajoyib yangilik singari ko’rindi va u ham kosada qolgan ovqatini narigi kosaga to’kdi va ularga qo’shilib yeyishga kirishdi. Buni ko’rgan Muhammadali va Soliha birdan kulib yuborishdi. Oxiri bundan kulguli narsa topa olmagan bo’lsa ham kichkintoy bola ham o’zini majburlab kulib yubordi.
Oradan yana bir necha yillar o’tdi. Soliha esa qiz tug’gandi. Hursandchilik paytlari bo’lgan bo’lar edi, agar biroz vaqtdan keyin Muhammadali va Solihaning o’g’illari kasal bo’lib qolmaganda.
– Bu kasallik hozir yosh bolalar orasida juda ko’p tarqalgan, o’zinggizni ayblab yurmang. Hudo holasa tuzalib ketadi – doktor Muhammadaliga tushuntirayotgan edi. Soliha esa o’g’lining yonida, ko’zda yosh ila, qizini ko’tarib o’g’liga qarab o’tirgandi. Muhammadali doktorni chetga olib, o’zini majburlab so’rashga o’tdi.
– … ammo qo’shnimizning farzandi ham… bir haftalardan keyin … – Muhammadali.
– Chundim sizni, shuni faqat aytolaman, kasallik ham, shifo ham Hudodan. – doktor.
O’sha kuni kechasi Soliha kechasi qizini uhlatdi va Muhammadalini qidirishga tushdi. Muhammadali esa namozga berilib ketgan holda namozni davom ettirayotgan edi. Soliha ham toki qizi uyg’onguncha bir necha rakat namoz o’qishga qaror qildi va tugatib qizini olib, o’g’lining oldiga borib o’tirdi. Muhammadali esa namozni qancha o’qiganini ham sanamadi, qarasa bomdodga azon chalayotgan edi. Bomdodni ham o’qib, o’g’lini ko’rmoqchi bo’ldi va borib qarasa Soliha ham haligacha uhlamagan edi. Bolalarga qarab turishini aytdi va Solihaga bomdod namozini o’qib olishini aytdi, nimagaki Soliha ham namozni o’qish uchun taxorat qilishga turib ketdi. Bir necha kun o’tar ekan, o’g’lining tuzalishi Muhammadaliga ham, Soliha uchun ham bir paytlar his qilgan eng a’lo malhamdan ham oshib tushgan darajada zo’r malham bo’lgan edi.
Oradan yana bir necha yillar o’tdi. Muhammadali ko’cha eshigini ochib uyiga kirib kelar edi. Uning oldiga o’g’li yugurib keldi. Uning orqasida qizi ham tez yugura olmasa ham, dadasi tomon yurib kelar edi. Buni esa Soliha bolalarining orqasidan turib kuzatib turar, bolalarning har bitta qadami uning kulishiga bezak berar edi.
– Bu senga Muslima – Muhammadali qizi akasiga yetib olib, uning oldiga kelgandan so’ng jilmayib shirinlik va kitob berdi. Muslima esa hursandchilikda kichkina qo’llari bilan bu sovg’alarni ushlashga harakat qilar edi – o’g’lim Islombek, singling qiz bola, shunga birinchi e’tiborni unga berish kerak. Buni tushunasan degan umiddaman, shuning uchun unga birinchi sovg’asini berdim – Muhammadali davom ettirdi va unga shirinlik va kitob sovg’a qildi.
– Ha, dada, albatta – Islombek.
– Mazali pishirilgan ovqat kutib qolmasin, qani ketdik bolalar – Soliha jilmayib ichkariga kirib ketishga hozirlik ko’rdi, orqasiga o’girilib – dadasi suzaveraymi ovqatni? – ha, degan javob olgandan keyin butunlay kirib ketayotgan edi – Islombek singlingga qarab tur, ovqatni suzib yuboray – o’g’liga gapirib kirib ketdi.
Muhammadali bu narsalarni kuzatib turib, jilmaya boshladi. Bir paytlar otasi uni hotini bilan poyga o’ynaganida ham ko’rib qolganida, shunaqa yoqimli hislarni o’zida tuygan edi. U hozir go’yo, o’sha zamon va makonda turgan edi. Bir vaqtning ichida bir nechta baxtni his qilayotgandaka edi. Allohga behisob shukrlar bo’lsin, deb gapirib qo’ydi va chiroq yonib turgan oshxonaga, oilasining orqasidan kirib ketdi.
Правообладателям!
Это произведение, предположительно, находится в статусе 'public domain'. Если это не так и размещение материала нарушает чьи-либо права, то сообщите нам об этом.