Текст книги "Hikoyalar karvoni"
Автор книги: Sardor Kurbanov
Жанр: Современная русская литература, Современная проза
Возрастные ограничения: +12
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 6 (всего у книги 11 страниц)
Bir hafta oldin.
Dars payti edi. Javohir bu safar ham fanlarni yaxshi o’zlashtirib kelgan edi va darslarni ham bajargan edi. U o’z a’lo bahosini oldi va do’stlari bilan suhbatga berilib ketdi. O’qituvchi bir ayol kishi edi. O’qituvchi ularni qo’shib ham, boshqa o’quvchilarga ham tanbeh berdi, gaplashib o’tirmasliklari uchun. Bir qancha daqiqa o’tar o’tmas, o’quvchilar yana suhbatga kirishib ketishdi. Ularning orasida Javohir ham bor edi. O’qituvchi sabr bilan bir nechta tanbeh berdi, biroq yana shu hol qaytarilgandan so’ng noilojlikdan va asab buzilganligidan baqirib berdi. Javohir o’qituvchining ahvolini kuzatar ekan, o’qituvchining ko’zida iltimos nolasini ko’rganday bo’ldi. Go’yo bechora o’qituvchi bolalarga, “jim o’tiringlar, axir sizlarga bilim berishga harakat qilyapman, bu qiliqlaring yaxshi odobga kirmaydi va yaxshi ma’noda qabul qilinmaydi”, deyayotgan edi. O’sha payt Javohir o’zini koyidi, o’zidan jahli chiqdi albatta, bunaqa holatning yuzaga chiqishiga sababchilardan biri bo’lganiga. Lekin bu voqeani o’sha kundan so’ng esdan chiqarib yuborgan edi.
Hozirgi payt.
Qo’ng’iroq chalindi va darsga tugashiga javob berildi. O’qituvchisi fikrini o’zgartirib qo’ygan, kundaligidagi a’lo bahosini ko’rdiyu, biroq negadir hursand bo’la olmas edi. Uyiga qaytdi. Avtobusda kelar ekan, yana o’sha o’qituvchini hafa qilganini esladi. “Alloh buyurmagan-ku, ilm berayotgan o’qituvchilaringni aytganidan chiqib, unga odobsizlik qilib, uni hafa qilinglar”, deb o’ylab qo’ydi o’ziga-o’zi.
Uyiga yetib kelgan edi, bobosi kitob o’qib o’tirgan ekan. Bobosidan bitta narsani so’ramoqchiligini aytdi va bor gapni aytib berdi. Shunda bobosi bor gapini eshitib, keyin so’z boshladi.
– Bilasanmi bolam, ancha yillar oldin men ham bir do’stimni adolatsiz hafa qilib qo’ygan edim, undan so’ng bir tush ko’rgan edim. Tushimda esa men do’zoxga tushgan ekanman, ochig’i bu tushni eslasam hali ham qo’rqaman do’zox havfidan, ammo Allohning rahmatidan ham umid qilaman. Xullas, tushimda do’zoxda ekanman va yonimda parda turardi. Pardaning uyoq tarafi esa jannat ekan. Do’zoxdagilar azob chekishadi, jannatdagilar esa rohatlanuvchilar ekan. Shunda o’sha adolatsiz hafa qilib qo’ygan do’stimni ham parda ortida ko’rdim, ya’ni jannatda. U jannatda, men esa do’zoxda. Birdan uyg’onib ketdim va ulamolarning, “bandalar bir-biridagi haqlarni faqat bir-birlari bilan olishadi, ularning orasiga Alloh qo’shilmaydi, chunki bu bandalar orasidagi masaladir”, degan gaplari esimga tushib ketdi – bobosi sekin ohangdan gapirib berdi.
Bu gaplarni eshitib turgan Javohirning terisi g’alati bo’lib ketadi. “Nahotki mendagi haqini o’qituvchi ertaga shunaqa yomon tarzda oladimi”, deya savol bera boshladi o’ziga-o’zi ichida. Shunda bobosi gapini davom ettirdi.
– Bu tushdan keyin shu do’stimdan uzr so’radim. Hammasi yaxshi bo’lib ketdi, ammo ko’nglim g’ash edi. Biroz vaqtdan keyin, bir olim kishining kitob qo’limga tushib qoldi va u yerda shunaqa gaplarni o’qidim. “Alloh marhamati ila banda har doim ikki kechirish va ikki kechish orasidadir”. Shu gapdan keyin kichkinagina shamol bo’lsa ham ko’nglimga teygandaka bo’ldi. Va albatta, istig’for aytishni kam qilmadim – bobosi tugatdi.
– Agar o’sha odam kechirmasachi, uzr so’ragandan so’ng? – deb savol berdi Javohir.
– Musulmonchilik 3 kundan ortiq arazlash haromdir bolam, asosiysi sen o’z ishingni qildingmi, uzr so’radingmi ixlos bilan, shunisi muhim – deb mehr bilan kulib javob berdi bobosi.
Javohir tushunganini aytdi va borib o’qituvchidan uzr so’rashni niyatni qildi. Bobosining bunaqa ko’p narsalarni bilishiga hursand bo’ldi va bobosini peshanasidan hursand bo’lib o’pib qo’ydi.
Inson baxil emas, agar…
Ma’ruf 7-sinfda o’qir edi. U maktabga avtobusda borib va qaytishda esa piyodada 30 daqiqalarda uyiga yetib olardi. Bir kun qarasa sinfdoshi qo’lida kitob olib o’qib o’tirgan ekan. Sinfdoshining bunchalik kitob ichiga kirib ketgani uning e’tiborini tortdi. Borib qarasa, ko’zi kitob ustidagi nomga tushi, “Boy ota, kambag’al ota”, kitobning nomi shunaqa edi. Qarasa sinfdoshi alohida daftarga kitobning ichidan maxsus so’zlarni ko’chirib o’tirgan ekan. Ma’rufning ko’zi sinfdoshining qalam ila qog’ozga tushirayotgan so’zlarni o’qiy boshladi. “Xudo olishi shart emas, lekin odamlar berishi kerak”. Bu so’zlar uni o’ylantirmadi ham, ammo birozdan so’ng bir vaziyat uni shu so’zlarni eslashga chorladi.
U maktabdan chiqib, piyoda ketayotgan edi. Uning qadami sekinlikda bo’lar edi. U uyidagi moliyaviy ahvolni o’ylab ketar edi. Dadasi bitta o’zi ishlab, oyisi, uni va ukasini iloji boricha kamchiliklarsiz o’stirib kelayotgan edi. To’g’ri Ma’ruf boshqa sinfdoshlariga o’xshab har kuni maktabdan qaytayotganda qanaqadir mazali narsalarni yemas edi, ammo ustida kiyimlari butun, uyda yeyishga har kuni issiq taom bor edi. Shunchaki odatda sinfdoshlari o’zlari hohlagandek narsalarni sotib olishga tushganda, ichidan bir kun menda ham shu kunlar kelar, deb qo’yar edi. Shunga o’xshash har xil narsalarni o’ylab ketar ekan, uning oldidan bitta yigit o’tib ketdi. Uning qadamida ishonch va aniqlik bor edi. Ma’ruf nigohini uning harakatlariga qaratdi. U yigit bir bechora bo’lib ketayotgan kampirning oldidan o’tib ketayotganda, bir pochka pulni chiqardida o’sha kampirga berdi. Kampir qancha e’tiroz qilsa ham, u kampirning qo’liga pulni tutdi va hech nimani yo’qotmagandaka yana ishonch bilan qadamini tashlab ketdi. Ma’ruf buni kuzatdiyu, qadamini tezlashtirishga harakat qildi, o’sha yigitga yetib olmoqchi edi, lekin baribir nimagadir tezligi yetarlicha emas edi. Shunda u bugun sinfdoshining daftarga ko’chirayotgan so’zlarini esladi. Nimagadir bugun hayollarga berilganigami, yoki ketma-ket vaqtli turib yurganigami, u o’zini charchagan his qildi va 10 daqiqalik yo’l qolganda taksi ushlashga qaror qildi. Pulni esa shu erta turib yurgan paytlari avtobusga o’tirmasdan, piyoda maktabga borganidan yig’ilib qolgan puldan to’lashga qaror qildi. U taksi haydovchisi bilan narxni kelishdi va boshini oynaga suyab o’tirdi. Taksi haydovchisi qanaqadir ma’ruza yoki audiokitob eshitib ketayotgan ekan. Shu payt bu audiokitob yoki ma’ruzaning muallifi shunaqa gaplarni gapirib qoldi.
“Rizq bandaga kafolat qilib berilgandir, rizq hech qachon uzilib qolmaydi, rizqning aniqligini Alloh taoloning o’zi bildirgan. Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: ‘Alloh taolo bandasining sadaqasini o’ng qo’li bilan qabul qiladi va uni sizlardan biringiz toychog’ini tarbiya qilgandek tarbiya qiladi’. Imom Buxoriy rivoyati. Yana payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: ‘Mol sadaqa sababidan kamaymaydi’. Imom Termiziy rivoyati. Ha, o’qib yoki eshitib turganinggizdek, infoq qilsak, infoq qilinamiz. Ixlos ila samimiy qilingan ehson, sadaqa u goh katta bo’lsin, goh kichkina bizning rizqimizga ta’sir qilmaydi. Hatto eng kichkina qilingan sadaqa ham, Allohning nazdida katta qiymatga ega. Agar hamma odamlar, bu narsalarni Alloh qabul qilishini bilganda va tushunib yetganda edi…”
Taksi haydovchisi shu yerda tushirib qoldirishi kerakmidi, deb so’rab Ma’rufning diqqatini bo’lib qoldi. Ma’ruf tushib qoldi. Kvartira honadoni joylashgan mahallasiga kirar ekan, birdan yo’lidan undan yoshi kattaroq bola chiqib qoldi. Boshida do’ppisi, bir ko’zi boshqa tarafga qaragan bu yigit esda qoladigan darajada edi. Yigit Ma’rufga yaqinlashib uyalib, hijolatlik bilan gapni boshladi.
– Uzr so’rab qolaman sizdan, ammo vaziyat shundayki onam kasalxonaga tushib qolganlar, ularning muolajalariga sakkiz yuzming topgan edim, ammo yana boshqa dorilariga pul kerak bo’lib qolibdi. Shifokorlar besh yuzminglik dori yozib berishdi. Hozir masjidda duolar qildim sog’liqlari yaxshi bo’lib ketishi uchun, yana o’sha yerdagi odamlardan ham uch yuzming yig’ishga muvaffaq bo’ldim. Sizdan so’ramoqchi bo’lganim, qancha bo’lsa, shunchaga yordam bera olasizmi. Alloh nomi bilan so’rayman, yolg’on emas bu – dedi.
Buni diqqatlik bilan eshitib turgan Ma’ruf, o’z ichida nechi puli borligini hisobladi va cho’ntagidan ellik ming so’m pulni chiqarib berdi va berayotgan paytda, pulini ortiqchasi shu ekanini va shuni bera olishini aytdi. Bu voqeaning davomida Ma’ruf tushuna olmadi, undan yordam so’ragan odam bundan mamnun bo’ldimi yoki yo’qmi. U pulni berdi va yo’lida davom etdi. Uni yana o’y-hayollar bezovta qildi, u yigit mamnunmidi yoki yo’qmi, unga kam berdimi, u mendan ko’p kutayotgan edimi, degan savollar kabi. Bunaqa o’ylashiga sabab, u vijdoni bilan olishayotgan edi, chunki yonida yigirma ming so’m pulni olib qolgandi. Otasidan kelasi oylik cho’ntak pulini olguncha, maktabga borish kelish harajatlarini qoplaguncha. Bir tarafdan vijdon qiynalardi, kam bermadimmikan, deb. Ikkinchi tarafdan esa, oldin kimdir shunaqa oldiga kelsa, e’tiroz bildirib ketishga majbur bo’lar edi. Buning sababi balki shu pul kamligi tufayli, balki ehsonning, sadaqaning berilish asl ma’nosini tushunib yetmagani tufaylidir. O’tmishning hayotini hayolida o’tkazish bilan u uyga yaqinlashar va shunchaki ichida niyat qilib qo’yar edi. Niyatida esa shunaqa deb qo’yar edi, Allohning o’zi qabul qilsin buni.
Ishlab olingan nur
Asadbek maktabdan piyodalab qaytayotgan edi. Qarasa bitta ayol aravani yo’lning tepaligiga olib chiqa olmayotgan ekan. U bunga nazar soldida o’tib ketdi. Yo’lda ketishda davom etayotganida odatdagidek qorni ochdi va yo’lda ikkita go’shtli somsa sotib oldi. Uni yeyayotganda mushuk kelib myovlab turdi, menga ham ber, degandaka. Yana odatdagidek azgina puli ortib qolayotgan edi, shunga moslab kompyuter o’ynashga bordi. O’yin tugagandan so’ng uyiga bordi.
– Yaxshi borib keldingmi maktabga o’g’lim – ayol so’radi.
– Ha ona rahmat – javob berdi Asadbek. Asadbekning ko’ziga uy qorong’i bo’lib ko’rinardi. Hayron bo’lardi. Chiroqni yoqdi, ammo nimagadir qorong’ilik ketmagan edi. Honasiga kirdi va birdan shu haqida o’ylarga ketdi. O’ziga o’zi savol berar edi, nimaga bunaqa bezovta. Faqat uyning qorong’iligagamas edi bu holat. Hayoliga bugun o’tqazgan kuni keldi. Nima qilganini o’yladi. Maktabdan chiqdi va uyga keldi. Shu orada aravali ayol, mushuk va kompyuter o’yiniga o’ynagani esiga tushdi. Aravali ayol hayolidan ketmas edi, yo’lning tepaligiga chiqarib oldimikan, deb savol berar edi o’ziga. Keyin somsa yegani esga tushdi. Qanaqadir hali ham qorni to’ymagandaka va myovlab kelgan mushukka kimdir ovqat berganmikan, deb o’ylab qoldi. undan so’ng ja bo’lmaganda mazza qilib kompyuter o’yinini o’ynadimu, deb aytmoqchi edi, ammo buni gapirishga og’zi ham bormadi. Aynan nima uchun, lekin eslay olmas edi shu o’ynagan paytidagi mazza qilgan onlarini. Chunki uning bugungi holati faqat bugunmas, allaqachon bir oydan beri bo’layotgan edi.
Ertasi kuni maktabdan keldi va onasini hursand ahvolda ko’rdi. Onasi esa sababini aytdi.
– Bozordan shuncha yuk bilan kelayotgan edim, Allohga shukr o’zidan o’zi bitta sendan ham kichkina bola chiqib qoldi yo’ldan va yordam berdi. Shu desang, voy senga ham og’irlik qiladi bu desam, nima diydi, hozir. A haligi, xola ayol kishiga og’irlikni tushirmaslik kerak, erkakka mayli, deydi – Asadbekni onasi kulib yubordi – akalaring ham, sen ham boshida kichkina bo’ganinglarda shunaqa edinglar. Iloji boricha yordam berishga harakat qilardinglar hammaga – deya ishlarini qilishga tushib ketdi.
Asadbek honaga kirib o’yladi. U bugun ham kechagiga o’xshab maktabdan qaytdi va yana kechagi noaniqlik hissiyotlari bo’ldi. Hozir esa onasining chehrasida nurga to’lgan osmonni ko’rgandaka bo’ldi.
Ertasi kuni maktabdan qaytayotgan edi. Yana o’sha aravali ayolni ko’rdi. Boshida biroz tortindi borib gapirishga, ammo bordi va so’z ochdi.
– Xola yordam kerak emasmi mobodo? – Asadbek.
– Yordam kerak o’g’lim, agar vaqting bo’lsa va malol kelmasa? – ayol gapirdi. Asadbek aravani tortishga yordam berdi va yo’lning tepaligiga olib chiqishga yordam berdi. U endi e’tibor berdi bu aravada mevalar borligiga. O’g’il bola bo’lishiga qaramasdan, bu arava unga ham og’irlik qildi. Gaplashish mobaynida bilib oldiki, bu ayol mevalar sotish bilan shug’ullanar ekan. Anchadan beri shu mevalarni sotish bilan shug’ullanar ekan, uning farzandlari ham maktabda o’qisharkan. Asadbek gaplashish mobaynida yangi narsalarni o’zlashtirib olayotgandaka bo’lar edi. Go’yo uning ichi to’layotgandaka.
Birozdan so’ng yana somsa olib yeyishga qaror qildi. Qayerdandir o’sha mushuk yana keldi va myovladi. Asadbek somsaning ichidagi go’shtlarni oldi, mushukning oldiga qo’ydi. Mushuk esa go’yo birinchi marta bu bolaning qo’lidan ovqat yemayotgandaka, kelib hotirjamlikda yedi. Mushukni ovqatlanishini ko’rib nimagadir, beextiyor mayingina jilmaydi.
Keyin kompyuterxonaga kirmoqchi edi yo’lda ketayotganda, birdan masjid qurilayotganini ko’rib qoldi, xuddi shu kompyuterxonaning sal buyog’ida. Nimagadir kompyuter o’ynashga tortmadi va shu qurilayotgan masjidning yonidagi masjid qurilishi uchun bo’lgan ehson qutisiga tashladi.
Uyga bordi va qarasa chiroq yoqilmagan ahvolda ham uy go’yo nurga to’lgandaka. Buni ko’rgan zahotiyoq, kiraverishdagi oynaga ko’zi tushib qoldi, qarasa ko’zlari quvnab, charaqlab turibdi.
Jannat paroli
Soat tonggi 7:00, uyg’otadigan soat jiringlay boshladi. Saidislom uyg’ondi va ko’zini ochdi. Tezda yuz-qo’lini yuvib tayyor bo’layotgan va dasturxonga tortilayotgan choyga o’tirdi. Choy-poyini ichib, uyidagi onasi bilan xayrlashib maktabga yo’l oldi. Saidislom 9-sinf o’quvchisi hisoblanar edi. U asta-sekin o’z kelajagini o’ylashni boshlagan edi, qanday kasb tanlashi, qiziqishi nima hunarga bor yoki shunga o’xshagan savollar. Bekatga bordi, u yerda avtobusni poyladi. Oradan 10 daqiqa o’tgan edi, qo’lidagi soatga qarab buni bilgach ko’zi bir boshqa qizga tushdi. Qiz qo’lida kitob o’qib turgan edi. Kitobning muqovasida esa “Iymon”, deb yozilgan edi. Saidislom bunga e’tibor bermasdan, avtobus kelishi bilanoq, avtobusga chiqib ketdi va maktabga ketdi.
Bir haftadan keyin. Saidislom bozorda bozorlik qilib yurgan edi. Bozorda narsalarni sotib olib yurarkan, kimdirning ovozi uni e’tiborini tortdi. “Saidislom bugun shom namoziga birga boraylik”, deb ovoz keldi. Saidislomni birinchi galda bu so’zlar ozgina dovdiratib qo’ydi, chunki Saidislom nafaqat shom namozi, balki boshqa namozlarni ham o’z vaqtida ado etmas edi. Shuncha vaqtdan beri Saidislom hijolat bo’lgan edi. Bu hamma fikrlar bir soniya ichida ro’y bergan edi va bu fikrlar bilan bir paytda u orqasiga ham o’girilgan edi, kim uni chaqirayotganini bilish uchun. Qarasa bozor rastasida ikkita odam bir-biri bilan gaplashayotgan ekan. Shulardan bittasining ismi Saidislom ekan. Garchi bu vaziyatni tushunib yetgan bo’lsa ham, umumiy vaziyatni to’liqligicha tushunganiga ishonchi komil emas edi. Ichidan nimadir namozni boshlash kerak desa, yana nimadir vaqti to’lib yotganini aytar edi.
Oradan yana uch oy o’tdi. Saidislom uydagilari bilan mehmon kutishayotgan edi. Saidislomning qarindoshlari mehmon sifatida kelishga qaror qilishibdi. Qarindoshlar orasida bir kichkina amakisining ham o’g’li kelibdi. Gapdan gap chiqib keyin ma’lum bo’ladiki, u bola Qur’onning 2 ta porasini yod olgan ekan. Buni eshitib Saidislomning onasi hursand bo’lib ketibdi va o’g’liga qarab qo’yib, bizning o’g’ilga ham nasib qilsin shunaqa onlar, deb niyat qilib qo’yibdi. Buni ko’rgan Saidislom yana ham hijolat bo’lib, ham uyalib, honasida qilishi kerak bo’lgan ish bor ekanligi esiga tushganini bahona qilib davrani tark qilibdi. Saidislom ketgandan keyin amakisi uning onasidan so’rashga o’tdi. “Namozini hali ham boshlamadimi kenayi?”, dedi Saidislom amakisi. “O’zinggiz bilgandaka, akanggiz buni yoshligida olamdan o’tganlar, shunga men ham ko’ngli yanada yarim bo’lmasin deya, ortiqcha bosim o’tkazmaganman. Menimcha shunga bo’lsa kerak”, deya Saidislom onasi o’zining bunda aybi bor degandaka boshini egib yerga qaratdi. “Bunda sizni aybinggiz yo’q, ma’lum bir yoshigacha bolani ham baribir majburlay olmaysiz, hohlasanggiz, agar ruxsat bersanggiz, bugunni o’zidayoq gaplashib qo’yaman kenayi”, dedi Saidislom amakisi. “Shu desanggiz, yana biroz kutaylik, biroz o’ziga qo’yib beraylik, har mahal duolarimdayam so’rayapman. Shu bilan birga, ancha oldin bu mavzudan gap ochganimda e’tibor berib ham eshitmagandi, lekin yaqinda yana shu mavzuni uchini ochganimda e’tibori tortilganday bo’ldi. Hidoyatni beruvchi Alloh, biz esa sabablarini ozgina harakatimiz va duolarimiz bilan qilib tursak yetadi, deb o’ylayotgan edim”, dedi Saidislom onasi. “Ha mayli kenayi, hozircha sizni aytganinggizcha bo’laqolsin. Ha, aytgancha hamma narsa yetarlimi uyda, ubu kamchiliklaringgiz yo’qmi, nima bo’lgandayam siz ham bitta o’zinggiz halol yo’l bilan bitta yetim farzandni katta qilyabsiz. Yana bir marta takrorlashni hohlardim, sizga yordam berish meni burchim, shunga bemalol aytavering”, dedi Saidislom amakisi. Saidislomni onasi esa bunga odatdagidek minnaatdorchilik bildirdi va boshqa ovqatlarni olib kelishga o’rnidan turib ketdi.
Saidislom esa o’sha payt honasida o’tirar edi. Aynan shu bo’lgan narsalar, oldindan Saidislom bilan ro’y berib kelayotgan narsalar edi. Bu narsalar birdan hozir boshlanib, unga ta’sir o’tkazmayotgan edi. U bilib turardi anchadan beri, namozni boshlash kerakligini, boshqa farz amallarni bajarishni boshlashi kerakligini, ko’rib, tushunib, anglab yetgan edi haqiqatlarni. Biroq ichidan yana nimadir qarshilik qilardi. O’sha nimadirni o’zi ham qo’llab-quvvatlayotgandaka edi. Shu harakatsizligi o’sha qarshilik qilayotgan tarafga kuch berayotgandaka edi. Va, bu harakatsizlik nafaqat jismoniy ma’noda edi, balki ruhiy ma’noda ham edi. Sababini bila turib, buni davolay olmaslik, uni ezishni boshlagan edi. U birdan bir fikni o’yladi. “Davolay olmayapmanmi yoki davolanishni hohlamayabmanmi, chunki shu harakatsizligim meni yanada harakatsiz qilib qo’yayaptiku”, deya o’yladi ichida.
U shu kun ertasi ishga borgisi kelmadi va boshlig’idan ruxsat so’rab ishdan qoldi. Onasiga mazasi yaxshiligini, shunchaki biroz toliqqani uchun dam olishga qaror qilganini aytdi. Bir-ikki soatcha uhlab, keyin uyg’onib yotdi. Hayoti davomida belgilar ko’p bo’lganini va agar bu belgilarga ma’lum bir vaqtgacha o’z e’tiborini yetarlicha ajratmasa, unda kech qolishi mumkinligini ham aniq tushunib yetib turardi. Fikrlar unga juda katta hajmda hujum qilayotgandaka edi. Yuz-qo’lini yuvib, kiymini kiyib, onasiga habar berib ko’chaga chiqib ketdi.
Yo’l yayov yurdi va masjidga borib qolibdi. Qarasa shu uyidan ancha uzoqdagi masjid ekan. Ichkariga kirishga qaror qildi va bir ustunni yoniga borib o’tirdi. Saidislom masjidni tomosha qilar va bolalikda masjid unga har doim bir ajoyib va chiroyli joydek ko’ringani esiga tushib ketdi. O’ziga-o’zi taajjub ila hayron qoldi. Nega unda buyog’iga qiziqmagan ekanman, deya o’ziga savol berdi. Ozgina vaqt o’tib, masjidda uyquga ketibdi. Uni bir odam kelib uyg’otgan edi. “Birodar turing, peshinga tayyorgarlik ko’rish kerak”, dedi Saidislomdan biroz yoshi katta yigit. “Men, men namoz o’qishga kelmagandim, men shunchaki uhlab qolibman”, dedi Saidislom. Saidislomni uyg’otgan odam esa sal jim turdi va gapirdi. “Uhlashga boshqa joylar bor, demak aynan masjidda uhlashiz namozga talpinganinggizni bildiradi. Bilasizmi, jannatning ham paroli bor, ‘La ilaha illalloh’. Aynan shu e’tiqod ila hammamiz shu yerga kelamiz. Ezmachilik qilmoqchimasman va vaziyatinggizni bilmayman, lekin bir ko’rishda shuni aytishim mumkinki, sizga eshiklar ochiqqa o’xshaydi, shunchaki kirishinggiz kerak. Mayli birodar namoz boshlanguncha nafl namozimni o’qib olay, omon bo’ling”, dedi va oldinroqqa borib namoz o’qishni boshladi. Saidislom esa tushunib yetgandiki, oldin belgilar chorlar edi va u ularni shunchaki tushungan edi belgi ekanliklarini, endi esa allaqachon u anglab yetgandi belgilarni. Uning hayoli ba’zi bir do’stlari tomon ketdi, shu ba’zi bir do’stlar ham namozni ortga surardi va surib kelishmoqda edi. Saidislom ham ular bilan bir qatorda edi, uning do’stlaridan farqi bo’lardi, qachonki harakatni birinchi qadamini tashlasa va u shunday qilishga qaror qildi. Ichidan olov yongandaka bo’ldi va o’rnidan turib taxorat olishga ketdi.
Saidislomni namozni tugatdi. O’zida qanaqadir yengillik his qildi. Yana his qilgan narsasi, uni bo’yi o’sgandaka bo’ldi, jismoniymas yo’q, ruhiydir. Anglangan haqiqatni o’ziga yana bir bor takrorlab qo’ydi. “Najotni topish uchun, najot tomon yurish kerakdir, agar rostan ham najotga zarurat bo’lsa, biroq masala ham shundaki, insonda har doim najotga zarurat bor, chunki u inson, chunki u banda”.
Правообладателям!
Это произведение, предположительно, находится в статусе 'public domain'. Если это не так и размещение материала нарушает чьи-либо права, то сообщите нам об этом.