Электронная библиотека » Sardor Kurbanov » » онлайн чтение - страница 10

Текст книги "Hikoyalar karvoni"


  • Текст добавлен: 21 октября 2023, 04:53


Автор книги: Sardor Kurbanov


Жанр: Современная русская литература, Современная проза


Возрастные ограничения: +12

сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 10 (всего у книги 11 страниц)

Шрифт:
- 100% +

Nevarasi o’ylab qoldi. Rostan ham, do’stlari bilan birga bo’lganda bir-birlarini uyidagilari oldida odobli tutishadi, lekin o’zlari bo’lsa, bu ular uchun tabiiy holat hisoblanadi. Ammo nima narsa yoki qaysi tuyg’u ishonch hisini beradi bu narsalarni tabiiyligiga, agar ular bu narsalarni har doim hammani oldida qila olmasalar, agar qaysidir vaqtlar o’zlarini qanaqadir romlar ichiga solib qo’yishsa? Undan keyin o’ziga bergan savoli shuki, Alloh har doim kuzatadi, nega unda ular buni bila turib, shunaqa xatolar qilishadi? Va, bu savol birinchi o’ringa chiqdi. O’ziga o’zi javob berdi. “Bu degani, men Allohdan uzoqlashyapmanmi yoki Alloh mendan uzoqlashyapdimi?”, dedi ichida.

– Bolam, bundan buyog’iga seni qattiq nazoratga olaman, o’zim har bir qadamingni, har bir so’zingni tekshiraman. Yomon odatlaringni tashamasang, qattiq jazolayman. Sen Allohga shukronalik keltir, yaxshiyam meni senga duch qilib qo’ydi, haligacha sendan marhamatini ayirmadi – shu yerda nevarasining ichida chiroq yongandaka bo’ldi, o’zining savoliga javob olgandaka bo’ldi va “hop bo’ladi buva, siz nima desanggiz shu”, deya javob berib qo’ydi.

– Taqdirlash

– Ikkita do’st bo’lardi. Ikkalasiyam juda bezori edi. Ularning o’zlariga bu fitrati, xulqi oddiy bo’lib ko’rinardi. Oradan yillar o’tdi va yosh bolalik yoshidan katta bolalik yoshiga kelib qolishganini, bu birinchi nuqtadan ikkinchi nuqtaga tez yurar mashinada kelib qolganda his qilishdi o’zlarini. Tushunib yetishdiki, vaqtni kemirmaslikdan to’xtashmasa, vaqt ularni kemiradi. Ular o’zgarishdi, ozgina bo’lsada bosilib qolishdi. O’z maromida uylanadigan paytlari ham kelib qoldi. Ko’chadagi hayotni ozmi-ko’pmi ko’rishgan endi bu yigitlar soliha, muslima qizga uylanishni hohlashdi. Ularning nazdida esa bu qizning fitrati mana bu ta’riflarga to’g’ri keladi: iboli, hayoli, qoriya, kamtar, taqvoli, odobli, o’zini oilasiga bag’ishlay oladigan va hokozo va hokozo. Lekin ularning o’zlari shu turkumga kirish tugul, umuman bu darajalarga yaqinlasha olmas edilar. Bir kuni bu ko’zlari va qalblari ko’ra olmayotgan haqiqatni, ularning boshqa bir ilmli, taqvoli do’sti to’g’ridan to’g’ri yetqazdi. O’zlari na taqvoli, na qori, na odobli va na hokozoli edilar. Bu haqiqatni eshitgach, oldilarida ikkita yo’l bore di. Birinchisi, o’zlari shunga loyiq bo’lishga harakat qilish yoki hayotda hech qanaqa o’zgarishsiz yashash va hech nimani o’zgartirib bo’lmaydigan paytni kutib yashash.

– Ikkita do’stdan birinchi raqamlisi harakatni boshladi. Taxorat qilishni o’rgandi, suralarni o’rgandi, namoz o’qishni boshladi, kitoblar orqali o’z ilmiga serbaraka ilm qo’shishni boshladi. Duolarda so’radi, duolarni kam qilmadi. Istig’forni kamaytirmadi, tavbani esdan chiqarmadi. Talpindi, oshiqdi, zavqlandi. Ikkita do’stdan ikkinchi raqamli esa faqat orzularga berildi. Ko’chada ibo-hayoli, hijobga kiyingan, ko’zlarini begonalarga qaratmaydigan qizni uchratib qolsa, shunchaki havas qilar edi. U o’ylardiki niyat qilsa bir kun shundoq ham yetishib qolar. To’g’ri, Allohning marhamati keng, beraman desa bandasiga beraveradi. Hohlagan bandasiga, quliga hohlaganicha marhamat, sinov va boshqa narsalarni beradi. To’g’ri, amallar niyatlarga bog’liq, lekin Alloh hohlaydi banda u tomon yurishini, gar yura olmasa, emaklashini, gar emaklay olmasa, unda intilishini. Qanday qilib, Alloh tomon intilishsiz, ixlossiz, Allohga bo’lgan ishonchsiz va umidsiz, Allohning marhamatlarini qo’lga kiritishga erishish mumkin.

– Ikkita do’stlardan birinchisini to’yi sodir bo’lib qoldi. U qoriyalikka o’qiyotgan, taqvoli, ilmli, iboli, hayoli, muslima qiz bilan taqdirlandi. Ha, taqdirlandi, chunki soliha ayol eng yaxshi sovg’alardan biri hisoblanadi, taqvoli erkak uchun. Ozgina vaqt o’tdi, farzandli ham bo’ldi. Ikkinchisi esa hoh bezoriligidan voz kechgan bo’lsada, tavbani o’ziga yaqinlashtirmadi va marhamatni o’zidan uzoqlashtirdi. Shu bilan esa uylanmadi o’zini vaqti kelmaguncha. To’g’ri banda bu haqida qaror qila olmaydi, bu yaxshilikka, u esa yomonlikka, deb. Allohning o’zi bor bu narsalarga qodirlikda, ammo niyat, harakat, ixlos, intilish bo’lgan on bu hayotda boshqacha, ular bo’lmagan on bu hayotda boshqacha. Qaysiligi xulosa o’zinggizdan?!


Tanlangan taraf

Mohinur sartaroshxonaga sochini kaltalatishga chiqqan edi. Kun issiq, agar shunchaki odam joyida ham tursa terlab ketishi mumkin bo’lgan ob-havo edi. Mohinurning sochi esa ancha uzun bo’lib o’sib qolgan edi. Ota-onasi esa, agar senga shu qulay bo’lsa, mayli ruxsat, deb qo’yishgan edi. Mohinur har doimgi o’zi taniydigan sartaroshni oldiga chiqqan edi, biroq u ishdan bo’shagan ekan. Uning o’rniga o’sha eski sartarosh ayol bilan yoshlari bir xil, hijobga o’rangan bir yuzlari nurli ayol bor ekan. U ayol uni samimiylik bilan kutib olib, Mohinurning izzatini joyiga qo’yib muomala qilmoqda edi. “Sochinggiz ancha o’sib qolibdi va biram chiroyli bo’lib qolibdi, achinmaysizmi keyin, men sizni o’rninggizda bo’lganimda kaltalashga qo’ymasdim”, deb qo’ydi samimiylik bilan. “Meni o’zimga ham bu fikr yoqmayapdi, ammo issiqni o’zinggiz ko’ryabsiz”, deb Mohinur ham samimiylik bilan jilmayib qo’ydi. Mayli deya sartarosh ayol ishga kirishdi. Ikkita ayol bir-biri bilan chiqishib, kulishib ketishdi. Sartarosh ayolning ismi Ifora ekan. Sekin ish qilish va yaxshi suhbat olib borishda Mohinur va Ifora jarayonni davom ettirishardi. Shu payt qo’shni soch oldirayotgan qizning aytib berayotgan narsalari ularning qulog’iga chalindi va ayniqsa Ifora e’tiborini o’sha yerga jamladi. 25—30 soniya eshitib keyin ular tarafga yo’naldi. Ifora eshitib qolib toki uning oldiga borguncha narigi qizning tez aytgan so’zlari esa quyidagicha edi: “Bo’lajak erim shunaqayam laqma ekan boru, ko’zini begona qizlarga qaratmas ekan. Buni u bilan uchrashuvga chiqqanda ham bilgan edim, yana yaqinda boshqa bitta bola bilan yurgan edim, yonimga yaqinlashganda qarasam o’sha. Shunaqa qo’rqib ketgan edim, bo’ldi begona bilan ko’rishganimni ko’rib qoladi, ostun ustun qiladi deb. Qayodan, begona qiz borligini bilgandan keyin ko’zini ko’tarib ham qarab qo’ymadi. Uchrashgan yigitimga aytsam, u ham kulib yubordi, o’zi shu voqeani ichida qatnashgandan keyin”, dega edi Ifora kelib qoldi. “Kechirasiz yaxshi qiz, bu meni ishimmas, lekin baribir aytib qo’yish meni ishim hisoblanadi. Birinchi o’rinda, bo’lajak turmush o’rtog’inggizga bunaqa xiyonat qilishinggiz yaxshimas, ikkinchidan esa xiyonat yetmagandaka, orqasidan g’iybat qilish ham yaxshimas. Biz insonlar nimani eksak, shuni o’ramiz”, dedi muloyimlik bilan. Biroq Ifora qancha muloyimlik qilishga harakat qilmasin, jahli chiqib turgani bilinayotgan edi. “Siz kim bo’libsizki, meni shaxsiy hayotimga aralashasiz, oddiy bir xizmatchi bo’lsanggiz, tag’in yana aql o’rgatasiz”, gap qaytardi xiyonatchi qiz. “Sizning hayotinggizga aralashishlari hohlamas ekansiz, o’zinggiz ham o’sha ko’zi begona qizlarga yugurmaydigan, yaxshi yigitning hayotiga aralashmang”, dedi va Mohinurning sochini olishga kirishib ketdi. Haligi xiyonatchi qiz bir nimalarni ovozini ko’tarib baqirib bergan edi, bu holatni kuzatuv kameralari orqali kuzatib turgan sartaroshxona egasi o’sha baqir-chaqir qilayotgan ayolni chiqib ketishini, qancha ketmasdan qaysarlik qilsa, unga hech qanaqa xizmat ko’rsatilmasligini aytdi. Xiyonatchi qiz hech bo’lmaganda sochini ishini tugatib qo’yishini aytgandi, lekin hech qanaqa xizmat ko’rsatilmadi. Sartaroshxona egasi, u qizni haydashiga sabab qilib esa, ishchilarga hurmatsizlik va bu yerda bunaqa buzuq odamlarga xizmat ko’rsatmaslikni ko’rsatdi.

Sartaroshxona hech nima bo’lmagandaka jim bo’lib qolgandi. Mohinur qiziquvchanlik qilib, nimaga Ifora opasini bunaqa qilganini so’radi. Shunda Ifora bir narsani aytib berdi. “Ibrohim alayhissalomni bilasiz-a? Ular o’sha zamonlari odamlar tomonidan o’ylab topilgan ma’budlarning but-sanamlarini hammasini sindirib, bittasini sindirmaganlar va odamlar kelganida hammasini shu bitta ma’bud but-sanam sindirdi, deb aytganlar. Bu harakatlari bilan Alloh yagona, ma’budlar esa hech nimaligini ko’rsatib bermoqchi bo’lganlar. Xullas, buni tan olishni hohlamagan va jahllari chiqqan kofirlar Ibrohim alayhissalomni yoqib yuborishga qaror qilishadi. Albatta, bilsanggiz kerak olov ularga issiq bir kuydiradigan, yondiradigan narsa bo’libmas, sovuq, umuman zarar bermaydigan narsa bo’lib xizmat qiladi. Albatta, Allohning marhamati bilan. O’sha yerda esa bir chumoli bo’ladi. Hech nimani bilmagan chumoli og’zida suv olib olovga olib boradi va o’chirishga xizmat qiladi. Undan nega bunaqa qilayotganini so’ralganda, uning kichik bir harakati hech nimaga o’zgartirish kirita olmasligini aytilganda, chumoli shunday javob berarkan. ‘Mening harakatim nimadir natija berishi muhimmas, meni qaysi tarafda turganim muhimdir’, deb. Chumoli esa Alloh taolo tarafni tanlagan edi. Shu bois meni ham gapim ta’sir qiladimi yoki yo’qmi, muhimmas, men shunchaki sababini qilishim kerak va bildirib qo’yishim kerak, qaysi tarafda ekanimni”.

Mohinur bu gaplarni eshitdi va o’ylanib qoldi. Bu vaqtga kelib Ifora ham ishini tugatib qolgandi. Mohinur uyiga qaytdi. Uyida o’zi shu qoidaga amal qilmasligini tushunib yotishdan boshqa iloji yo’q edi. Chunki shu kungacha ham u shu o’rindamasligini bildirib yashayotgan edi. Uning esiga darhol yaqin orada bo’lgan bir hodisa esiga tushdi. Uning maktabda u bilan birga o’qigan sinfdoshi, bir islom dinini qabul qilmagan chet ellikga erga tegibdi. Sinfdoshlar orasida bu katta shov-shuvga ega bo’ldi, ammo bironta qiz o’sha o’rtog’iga bunaqa qilmasligi kerak, deya gapirib ham qo’ymagan, shu boradi Mohinurning o’zi ham. Islomga ko’ra esa, yigit kishi islomni qabul qilishi kerak, ayol esa unaqa bo’lmasa turmushga chiqmasligi kerak. Bu Alloh tarafdan berilgan islom hayot shaklining qoidasidir. Nega endi Mohinur shuni bila turib, sinfdoshiga fikrini aytib qo’ymadi, bu yerda aloqa uzilishi yoki sinfdoshining ko’ziga yomon ko’rinib qolish, degan tushunchalar yo’q edi. Mohinur shunchaki bu meni ishimmas, degan qarorga kelgan edi shu paytlar. To’g’ri uning ishimas, lekin musulmon va muslimalar bir-birlariga eslatma qilishlari kerak, nimadir bo’lsa, kuchi bilan, kuch yetmasa, tili bilan, til ham bo’lmasa, dili bilan to’xtatishga harakat qilishlari kerak. Bu esa bajarilishi kerak bo’lgan oliy ishdir. Mohinur esa hatto dili bilan ham shuni so’ramagani esiga tushdi. Ketma-ketlikda unga har xil fikrlar kelar edi va uyqu ham kelib uni uhlatib qo’ydi.

Oradan ikki kun o’tdi. Mohinur Iforaning oldiga keldi. Mohinur hursand ko’rinar edi va sababini so’rashganda, shu sinfdoshi bilan bo’lgan voqeani aytib berdi. Keyin Iforaning gaplari unga ta’sir qilganini aytib, borib sinfdoshiga ham eslatma berganini aytdi. Bu uchun Iforaga minnatdorchilik bildirdi va ko’nglidan qandaydir tosh uzilib tushganini his qilganini aytdi. Shu payt, bir necha kun oldin xiyonatchi qizning sochini olayotgan ayol ham xushhabar bor, deya kirib keldi. Haligi o’sha xiyonatchi qizning qanaqaligini yigitning uyidagilari bilib qolganini, qiz esa mahallaga sharmanda bo’lganini, baribir pokka pok, kirga kir nasib qilishini aytdi. Buni esa u qiz qo’shni mahalla bo’lgani uchun bilganini aytdi. Ifora buni eshitib hursand bo’lmadi va hamkasbiga ham bunaqa hursand bo’lmasligini maslahat berdi va bu ham uning g’iybatiga aylanishini aytdi. Hamkasbi esa u haqida suhbatni buyog’iga davom ettirmasligini, shunchaki yangilikni aytmoqchi bo’lganini va har kim ertami-kechmi harakatiga yarasha natija olishini eshitib, yana shunga amin bo’lganiga hursand bo’lganini aytdi. Keyin esa yaxshi avzo bilan ishga kirishib ketdi.

Mohinur Ifora bilan xayrlashdi va ketdi. Ifora esa tashqariga chiqib Mohinur kuzatdi va uning orqasidan yuzda jilmayish bilan qarab qoldi. Ifora hursand bo’layotgan edi, nimadanki Alloh yo’lida ixlos bilan qiladigan xizmatlari o’z mevasini berishiga yana amin bo’lganidan.

Taqdirlanish

Ikkita do’st bo’lardi. Ikkalasiyam juda bezori edi. Ularning o’zlariga bu fitrati, xulqi oddiy bo’lib ko’rinardi. Oradan yillar o’tdi va yosh bolalik yoshidan katta bolalik yoshiga kelib qolishganini, bu birinchi nuqtadan ikkinchi nuqtaga tez yurar mashinada kelib qolganda his qilishdi o’zlarini. Tushunib yetishdiki, vaqtni kemirmaslikdan to’xtashmasa, vaqt ularni kemiradi. Ular o’zgarishdi, ozgina bo’lsada bosilib qolishdi. O’z maromida uylanadigan paytlari ham kelib qoldi. Ko’chadagi hayotni ozmi-ko’pmi ko’rishgan endi bu yigitlar soliha, muslima qizga uylanishni hohlashdi. Ularning nazdida esa bu qizning fitrati mana bu ta’riflarga to’g’ri keladi: iboli, hayoli, qoriya, kamtar, taqvoli, odobli, o’zini oilasiga bag’ishlay oladigan va hokozo va hokozo. Lekin ularning o’zlari shu turkumga kirish tugul, umuman bu darajalarga yaqinlasha olmas edilar. Bir kuni bu ko’zlari va qalblari ko’ra olmayotgan haqiqatni, ularning boshqa bir ilmli, taqvoli do’sti to’g’ridan to’g’ri yetqazdi. O’zlari na taqvoli, na qori, na odobli va na hokozoli edilar. Bu haqiqatni eshitgach, oldilarida ikkita yo’l bore di. Birinchisi, o’zlari shunga loyiq bo’lishga harakat qilish yoki hayotda hech qanaqa o’zgarishsiz yashash va hech nimani o’zgartirib bo’lmaydigan paytni kutib yashash.

Ikkita do’stdan birinchi raqamlisi harakatni boshladi. Taxorat qilishni o’rgandi, suralarni o’rgandi, namoz o’qishni boshladi, kitoblar orqali o’z ilmiga serbaraka ilm qo’shishni boshladi. Duolarda so’radi, duolarni kam qilmadi. Istig’forni kamaytirmadi, tavbani esdan chiqarmadi. Talpindi, oshiqdi, zavqlandi. Ikkita do’stdan ikkinchi raqamli esa faqat orzularga berildi. Ko’chada ibo-hayoli, hijobga kiyingan, ko’zlarini begonalarga qaratmaydigan qizni uchratib qolsa, shunchaki havas qilar edi. U o’ylardiki niyat qilsa bir kun shundoq ham yetishib qolar. To’g’ri, Allohning marhamati keng, beraman desa bandasiga beraveradi. Hohlagan bandasiga, quliga hohlaganicha marhamat, sinov va boshqa narsalarni beradi. To’g’ri, amallar niyatlarga bog’liq, lekin Alloh hohlaydi banda u tomon yurishini, gar yura olmasa, emaklashini, gar emaklay olmasa, unda intilishini. Qanday qilib, Alloh tomon intilishsiz, ixlossiz, Allohga bo’lgan ishonchsiz va umidsiz, Allohning marhamatlarini qo’lga kiritishga erishish mumkin.

Ikkita do’stlardan birinchisini to’yi sodir bo’lib qoldi. U qoriyalikka o’qiyotgan, taqvoli, ilmli, iboli, hayoli, muslima qiz bilan taqdirlandi. Ha, taqdirlandi, chunki soliha ayol eng yaxshi sovg’alardan biri hisoblanadi, taqvoli erkak uchun. Ozgina vaqt o’tdi, farzandli ham bo’ldi. Ikkinchisi esa hoh bezoriligidan voz kechgan bo’lsada, tavbani o’ziga yaqinlashtirmadi va marhamatni o’zidan uzoqlashtirdi. Shu bilan esa uylanmadi o’zini vaqti kelmaguncha. To’g’ri banda bu haqida qaror qila olmaydi, bu yaxshilikka, u esa yomonlikka, deb. Allohning o’zi bor bu narsalarga qodirlikda, ammo niyat, harakat, ixlos, intilish bo’lgan on bu hayotda boshqacha, ular bo’lmagan on bu hayotda boshqacha. Qaysiligi xulosa o’zinggizdan?!

Uch qiyofa

Yosh yigit

20 yoshli yigit, skameykada o’tirardi. Sochlari o’sib yotgan, ko’zlari qiyin darajada ochilib yopilayotgan, yonida portfel va bir nechta kitobni qo’yib qo’ygan. Soqollari o’sib ketgan va yerga qarab o’tirgan edi. Ko’zda umid yo’q ahvolda.

Yosh ona

Qorni chiqqan ayol keldi. Bir qarashdan unga semiz deb baho berish mumkin, agar uning yosh chehrasini e’tiborga olmasa. Keldi va tabiat qo’ynidagi skameykaga o’tirdi. Kiyimlari pokiza, harakatlari esa sokin. Ko’rinishidan bu hayotdan hafa chehraga o’xshaydi, ammo homiladorlik hayoli uning chiroyini ko’rsatib, yuzini ham yorqin qilib turibdi.

Keksa ota

Keksa ota bel ushlab sayr qilar edi. Bo’yi cho’kkan, bir qo’lida hassa, bir qo’lida esa aytib o’tilganidek belini ushlab. Skameyka oldiga yetib kelib, juda o’g’ir ishni qilayotgandek, skameykaga qiynalib o’tirdi. Birdan telefon keldi. Keksa ota telefonni ovozini ko’tarib gaplashishga odatlangan ekanmi, ovozini eshittirib qo’ydi. Telefonda esa, ota qayerga ketdinggiz, o’g’il va nevaralaringgiz bo’lsa, keksa bo’lishinggizga qaramay ketib qobsiz, deyildi. Ota esa, soqollarini mayin siypalab, o’g’lim uzoqqa ketmadim, onang bilan bo’lgan hotiralarni eslab yurgan edim, dedi.


Ummat yolg’iz emas


Abdulaziz ishdan qaytayotgan edi. U shu kunlarda negadir xorg’in, charchoq ahvolda edi. Abdulaziz biroz fursatda o’z hayotini ko’z o’ngidan o’tkazdi. Xotiralar maydoniga birdaniga kirib ketdi va u yerda go’yo yorug’lik tezligida sayr qilib chiqib ketdi. U ko’p narsalarni esladi. Maktabga borishni boshlashi bilan yaxshi odam bo’lishga niyat qilganini. Odamlarga, mo’min musulmonlarga yordam berishga dil boylaganini. Keyin kitoblarga mehri tushib, kitoblar olamiga kirib ketganini esladi. Undan so’ng nashriyotga ishga kirgani va onda-sonda havaskor yozuvchilik qilishni boshlaganini esladi. Hozirda esa uning ustiga go’yo og’ir yuk tashalgan va bu yuk uni bosib qo’yishiga azgina qolayotgandaka edi. Sababini biroz o’ylab tushunib yetdi.

Abdulaziz uyiga keldi, uyidagilariga charchaganini aytdi va vaqtli yotib uhlamoqchi bo’lganini aytdi. Xufton namozini o’qidi va uyqu yopinchig’i ustiga tashagandaka tez uyquga ketdi. U ko’zini ochdi va aniqladi bu tush ekanini. Qarasa qanaqadir qorong’iroq joyda ekan. Unga qarama-qarshi turgan bir odam turgan edi. Odamning yuzini ko’rib bo’lmas edi, chunki u odamning orqasidagi fon juda yorug’ edi, shuning hisobiga faqat tananing o’zi ko’rinar edi. Abdulaziz hotirjamlikdan va notanishlikdan kimsiz deb so’radi. Turgan odam esa “havotir olma, ummatning chekayotgan aziyatini g’amini, tashvishini qiladigan Zot, Alloh bordir, Uning ishi o’lchovli taqdirdir” dedi. Abdulaziz esa “harakat qilyapman, ammo atrof to’la birodarimning, muslima opa-singilning, o’zimizning ummatni ohi, qayerga qaramay jabr va zulm ostida bo’lgan mo’minlarning nidosi, to’g’ri kimdirlar bunga munosibdir, lekin kimdirlar umuman loyiqmasdir bu narsalarga. Misol, urushda begunoh aziyat chekayotgan va ko’z yumayotgan musulmon va musulmon bo’lmaganlar, ilmsizlik sababi qopqonga tushayotgan va ajdodlarining mehnatini, qurbonligini esdan chiqarib qo’yayotgan avlod, tinch dinni urush dini qilib ko’rsatib qo’ygan ba’zilarni deb, haqorat toshini qarshi olib, xotirjamlik malhamini yo’qotayotganlar va yana va yana boshqalar”, deb umidsizlikda gapirdi. Turgan odam hotirjamlikda, “to’g’ri begunohlar ham bor, biroq ummat hech qachon yolg’iz qolmaydi”, dedi. Abdulaziz bor kuchini yig’ib, ko’zi yoshlaniy, deya nega, deb so’radi. Turgan odam esa, “Alloh bunga kafolat, payg’ambarlar va Muhammad (s.a.v) bunga kafolat”, dedi. Abdulaziz odamga yaqinlashdi va bu chehrada tafsirlarda kelgan, rosa ko’p u odam haqida o’qigan odamni chehrasi va gavdasini tanidi, bu payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) edilar. Abdulazizning ko’zidan yosh tomchiladi. Alhamdullilah deya gapirib qo’ydi. Birdan u uyg’ondi, sekin ko’zini ochib, joyida qimirlamasdan yotardi. Qarasa bomdod vaqti bo’layotgan ekan. Yotgan ahvolida ham, yotishdan oldingi og’irlik ketganini, hatto o’zining vaznini ham sezmaydigan darajada yengillik kelganini sezdi. Tushini birrovga esladi va mayin jilmayib qo’ydi va yana shukronalik keltirib qo’ydi. O’ziga o’zi, “biz bu yerda mehmonmiz, biz yo’ldamiz, oxirgi manzilga hali kelmadik, bizdan keragi esa Allohning roziligi va bir-birimizni qo’ldan kelguncha qo’llab quvvatlash” deb takrorladi va o’rnidan turdi.

Uning roziligi

Aziza 11 yoshli qizaloq, uydagi honalarda birin-ketin sayr qilib yurardi. U buva va buvisi yashaydigan honaga kirib qoldi. Honada hech kim yo’q edi, shu bois sayrda davom etishida bu Azizaga qo’shimcha g’ayrat berardi. Honaga kirib narsalarni ko’zdan kechirishda davom etarkan, u o’tmishga tushib qolgandaka bo’ldi. Qolgan honalarda hamma narsalar, mebeldan tortib to mayda narsalargacha bo’lgan zamonaviy narsalar hisoblanardi. Honada Azizaning burniga qanaqadir yoqimli hid kelib urildi. U kichkinalik qilib, shu hidni burni bilan izlagan kuchukday qidira boshladi. Izlayotgan paytida, birdan uning hayolini kitoblar javoni o’z e’tiborini tortdi. Javondagi kitoblar garchi unaqa darajada ko’p bo’lmasa ham, hozirgi lahzada Azizaga bu kitoblar juda ko’p bo’lib tuyular edi. Uning uchun bu kitob javoni osmono’par binoning o’zi bo’lib ko’rinardi. Aziza boshini o’girdi va yana honani ko’zdan kechirishda davom etardi. U birdan eshikdan chiqaverishda, teparoqda bir yozuvni ko’rib qoldi. U yerda shunday yozilgan edi: “Hech kim uchun emas, faqat Uni rozi qilish uchun”. Shu payt uning buvisi kelib qoldi. Buvisi kelgandan dovdirab qolgan Aziza shoshilib qoldi va uyalib ketdi. Buvisi uning bu holatini mayingina kulgu bilan qarshi oldi, borib kitob javobnining oldidagi o’rindiqqa o’tirdi. O’tirish jarayonida nevarasini ham yoniga chaqirdi. Nevarasidan hol-ahvol so’rab, ozgina suhbatini oldi. Nevarasi hamma savollarga javob berib, gap tugaganidan so’ng, eshikni ochilib yopi; adigan joyini tepasidagi yozuvni ma’nosini so’radi. Buvisi unga qaradi va mayin kulgusiga shirinlik qo’shildi. Buvisi, bu narsa seni rahmatli buvangdan qolgan, deb qo’ydi. Nevarasini qiziquvchanlik tutdi va to’xtatmasdan savollarni bera boshladi. Buvam kimning roziligi uchun? Ota-onalarini roziligi uchunmi, sizningmi, dadamningmi? Kim ekan u buvam uchun eng muhim inson? Azizaning buvisi biroz xotiralar maydoniga sayr qilib, jilmayib, jim turdida, keyin so’zlay boshladi.

Bu uyga endi kelin bo’lib tushgan paytlarim edi. Oradan 2 kun o’tgandan keyin men ham shu yozuvni ko’rib qoldim va hali yosh emasmanmi, rashqim bor emasmi, yig’lay boshladim. Buni ko’rgan rahmatli buvang, havotirga tushdi va yig’lashimni sababini bilgach, shunaqasiga kulib berdilar, hech esimdan chiqmaydi (buvisi buni mayin jilmayish bilan aytib berardi). Keyin rahmatli buvang shunaqa dedilar: “Mukammal Zot bo’lgan Allohni rozi qilish maqsadim, shuning uchun har kuni Allohning irodasi bilan uyg’onishim bilanoq o’sha yerga qarayman, honadan chiqishimdan oldin shu yozuvni o’qiyman, honaga kirib kelgandan keyin o’sha yerga qarayman va kun hisobotini qilaman. Inson o’z fitrati bilan unutuvchidir. Men esa bunaqa narsalarni unutishni hohlamayman, chunki bunaqa haqiqatlarni unutgan zahotim, hayotim chigal qilib bog’lab tashalgan va yechib bo’lmas arqonga o’xshaydi”, dedilar. Shu kungacha ko’p narsa esimdan chiqib ketgan, albatta qarichilik sabab, lekin bu gaplari umuman esimdan chiqmaydi. O’sha kuni bildimki, Alloh menga to’g’ri insonni marhamat qilib beribdi. Men ham bu gaplardan so’ng, birinchi bo’lib Allohning roziligini, keyin esa rahmat buvangni roziliklarini olish maqsadida yashadim. Suhbat davomida damini chiqarmay eshitgan Aziza, bu hikoyadan ta’sirlanib ketgan edi, hayolida ba’zi bir xotiralarni o’tqizar edi, rostan ham chigallashib yotgan iplarni yechganda qanday ko’ngli rohat olganini va bu ketgan vaqtiga achinmaganini. U o’ziga o’zi ichida gapirdi, demak men ham bu honaga kirib, bu narsani bilganim Allohning marhamati ekanda, demak Alloh meni ham Uning roziligini olishimni hohlar ekan, demak meni arqonlarga o’ralashib qolmasligimni hohlar ekan, deya gapirib qo’ydi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 | Следующая
  • 0 Оценок: 0

Правообладателям!

Это произведение, предположительно, находится в статусе 'public domain'. Если это не так и размещение материала нарушает чьи-либо права, то сообщите нам об этом.


Популярные книги за неделю


Рекомендации