Текст книги "Hikoyalar karvoni"
Автор книги: Sardor Kurbanov
Жанр: Современная русская литература, Современная проза
Возрастные ограничения: +12
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 4 (всего у книги 11 страниц)
Shu asnoda bir qancha vaqt o’tdi. Farhodning duo qilish vaqti uzayishda davom etar, vaqt davom etgan sari u go’yo bir parvozda ham davom etayotgandaka bo’lar edi. Duo qilish jarayonida uning qo’liga qanaqadir iliq narsalar qo’nayotgandaka, ularning vazni oshayotgandaka, bu oshgan vazn esa unga bir zarracha ham og’irlik bermayotgandek, aksincha yengillikning to’xtamas cho’qqilarida uchib yurgandaka bo’lar edi. Sababi ham aniq edi, uni eshitadigan Zot bor, u bilan gaplashadigan Zot bor. Bu safar u duolarda ishdan ketishni, bekorchilikka qaytishni so’ramas edi. Aksincha, yaxshi va to’g’ri bo’lgan, so’ralishi kerak bo’lgan narsalarni so’rar edi.
Bir kun ishxonasi tarafda yangi qurilganini aytishdi va juma namoziga chiqishdi. Farhod taxoratini qilib, ikki rakat nafl namozini o’qib o’tirar edi. Sekin masjidni o’tirgan joyida ko’zdan kechirashga o’tdi. Birdan ko’zi elektron soatga tushdi. Unda soat, daqiqa, soniya millari sonda ko’rsatilar edi. Farhod biroz termulib turdi va yana bir haqiqatni tushunib yetib, qotib qoldi. U ilojsiz kuzatar edi, vaqtning shavfqatsizlarcha yurishini, azobga solgandaka to’xtamasligini. U shu kungacha qancha vaqt yo’qotganini shunchaki tushunib yetmagan edi, u xazinaning ancha qismi undan voz kechganini anglab yetgandi. Chunki o’z vaqtida Farhod bu xazinaning qadriga yetmadi, bu xazina bilan hohlagancha muomala qildi. Endi esa Alloh tomondan berilgan bu xazina u bilan hohlagancha muomala qilayotgandaka edi. To’g’ri u namozni xushu, ixlos bilan o’qishni boshlagan edi, ammo shu kungacha qancha yana shunaqa ixlosni qilsa bo’lar edi. U hozir tushunib yetayotgan narsa, shunchaki soniya millarini to’xtatib bo’lmasligi edi, qancha Allohga bekor o’tkazgan vaqti uchun achinish bo’lsa ham, qancha yolvorsa ham befoyda edi. Alloh boshqa narsalar qatorida vaqtni ham yaratgan zotdir. Vaqtni insonlarga yoki do’st, yoki dushman qilib yaratgan. Farhod tushundiki, bu do’st yoki dushman bo’lish har bitta bandaning o’zidan talab qilinadi. U bu fikrlarni bir tarafdan o’ylasa, ikkinchi tarafdan soniyalarni kuzatar. Kuzatilayotgan soniyalar esa birdan oltmishgacha boradi, ustiga daqiqa qo’shadi va yana birdan oltmishgacha boradi va yana daqiqa qo’shiladi. Vaqt hozirgina Farhod uchun zolim bir hakamdek tuyular edi. Shu payt birdan tinchlanishga harakat qildi. Bu tinchlanish esa dadasining ko’p og’zida uchraydigan “Hammamiz Allohga tegishlimiz va Unga qaytamiz”, degan oyat bilan keldi. “Vaqt hakam emas, lekin vaqt uchun javob beramiz, umr tugadi emas, biroq tugashi aniq”, dedi o’ziga o’zi. Bu soniyalarni kuzatib tushunib yetgan haqiqatiga ham shukronalar keltirdi va vaqtni isrof qilmaslikka harakat qilishiga ahd bog’ladi va o’rnidan turib yana nafl namoz o’qishga qaror qildi.
Esga solish…
Shahar to’la mashinalar, bir shovqin ikkinchi shovqindan balandroq ovozga ega bo’lishda davom etar edi. Atrof esa sariqqa aylanayotgan barglar bilan to’layotgan edi. Sulaymon ham mashinasini haydab ketayotgan edi. U mashinani haydab ketayotgan yo’lakda, uning oldidagi mashina birdan to’xtab qoldi va o’zining oldidagi mashinani orqasidan urib oldi. Sulaymon ham diqqati kuchli bo’lganigami yoki sal orqaroqda masofani saqlab ketayotgani uchunmi, vaqtida tormozni bosishga ulgurib qoldi. Sulaymon Allohning marhamati bilan qutulib qoldim, deya Allohni eslab qo’yardi. Ishga yetib borishi kerakligi uchun bu narsaga e’tibor bermasdan ketvormoqchi bo’ldiyu, ammo bir-birini mashinasini urgan ikkita haydovchi bir-biriga jahl qilib, baqr-chaqir qilishayotgan ekan. Mashinadagi halokat tugmasini bosdi va tushib, haydovchilarning oldiga bordi. Ularni tinchlantirish kerak, deb bordi va suhbat davomida orqasiga mashina kelib urgan haydovchini oldida boshqa mashina to’xtab qolgan edi va birdan yana joyidan qo’zg’alib haydab ketganligi, shu bois ikkita mashina halokatga uchragani aniqlashtirildi. Urgan mashinaning ham, urilgan mashinaning ham haydovchisiga hech nima bo’lmagan, shunchaki mashinalarning oldi va orqalari ozgina pachoqlangan edi. Sulaymon qancha harakat qilmasin, ikkita haydovchi ham bir-biridan past kelgisi kelmas edi. Ularning gap talashuvi o’z avjini olayotgan edi. Shu payt birdan bir kishi keldi va ikkita haydovchiga qarata arabchada nimadir deya qisqacha gap aytdi. Buni eshitishi bilan mashinani orqasidan urgan haydovchi qanaqadir buyruqni eshitgandaka tinchlandi va jim qoldi. Ammo orqasidan urilgan mashina haydovchisi esa nima diyapsiz, dedida hech nima bo’lmagandaka vaysashni davom ettirdi. Haligi kishi aytilgan arabcha gapni o’zbekchasi shunaqa bo’ladi deya, o’zbekchasini ham aytgandi, vaysashni davom etayotgan haydovchi biroz eshitib turdi va yana jahl qilib gapirishda davom etdi. Sulaymon esa paydo bo’lib qolgan tirbandlik sabab boshqa haydovchilar mashina signallarini chalib tashashganiga haligi kishi o’zbekchada aytgan gapni eshita olmay qoldi. Aynan o’sha o’zbekcha gap aytilganda signallar chalindi va Sulaymon bu gapning nima ekanligiga rosa qiziqqan edi. Shunda tinchlangan haydovchi narigi haydovchining mashinasini orqasidan borib urgani uchun uzr so’radi va ta’mirlash ishlarini o’z bo’yniga olishini gapirdi. Bu jahli hali ham chiqib turgan haydovchi uchun ozgina bo’lsa tinchlantirish bo’ldi, lekin hali ham jahlidan oxirigacha tushmagan edi.
Haydovchilar raqamlarni almashishdi va tarqalishdi, tirbandlik ham yo’q bo’ldi. Sulaymon haligi kishini, arabchada va o’zbekchada gap aytgan odamni ko’zdan qochirmay turgan edi. Darhol qulay fursat topildi deguncha, u kishini chetga oldi va so’radi.
– Kechirasiz, boya bitta haydovchiga bir deganda ta’sir qilgan, arabchada va o’zbekchada aytilgan gap nima edi, eshita olmay qolgan edim, shunga rosa qiziqib qoluvdim – Sulaymon.
– Ha umi? O’zbekchasi, “Allohni va uning payg’ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni eslang”, degan ma’noni bildiradi. Buni juma namoziga borganda domlaning ma’ruzasidan eshituvdim. Domla aytib bergan edilar. Bir kun domla ishlar bilan shu Misrda yurganlarida shunaqa bir hodisaga guvoh bo’libdilar. Ikkita mashinadan chiqib kelgan haydovchilardan bittasi jahl bilan kelganda, ikkinchisi esa hotirjamlik bilan kelib, arabchasiga shu so’zlarni eslatgan va ikkinchisi ham hotirjamlikni qo’lga kiritib, muommoni ikkalasi tinchlik bilan hal qilishgan ekan. Shundan so’ng domla u yerliklardan qiziqib so’rasalar, Misrda ham mashina juda ko’p bo’lgani hisobiga, u yerda ham mashina bir-birini kichkina turtib olishi yoki halokatlar ham bo’lishi ehtimoli juda katta ekan. Shunga u yerliklar o’zlariga odat qilib olgan ekanlar, yoki ikkita haydovchidan bittasi buni bir-biriga eslatishi kerak yoki uchinchi yo to’rtinchi odam birodar bo’lib, kelib buni eslatib tinchlatishga harakat qilishi kerak ekan. Bu faqat mashina bilan bog’liq narsalarda emas ekan, har xil mushtlashmoqchi bo’lganlarmi yoki yana nimadir mo’jaro kelib chiqishidami, farqi yo’q, insonlar eslatishga harakat qilisharkan. Insonda, esdan chiqarib qo’yishi mumkin, shunda boshqasini esida bo’lishi mumkin. Shu bois agressiya kamayar ekan – haligi kishi jilmayib gapini tugatdi va u ham uzr so’rab ketishi kerakligini aytdi.
Sulaymon va u kishi hayrlashishdi. Sulaymon garchi ishga kechikkan bo’lsada, o’ziga qanaqadir juda kerak bo’lgan ma’lumotni oldi. Biroz o’ylandi va bu ma’lumot emas, dedi. Bu men uchun buyuk bir eslatmalardan biri, dedi to’g’irlab. Bir yilcha oldin o’zi ham mashina bilan bog’liq muommo bo’lganda yoki to’rt oy oldin ishxonada jahli chiqib hamkasbi bilan gap talashib qolganida yoki boshqa narsalardan oldin shuni bilib olganida, balki o’sha jarayonlar boshqacha kezarmidi, balki g’urur, kibr, jahl degan narsalardan uzoq bo’larmidim, balki Allohni eslab yoki payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning xulqlarini eslab o’zimga kelarmidim, deya o’ylab qoldi. Kechikkanini bila turib, hozir ham kech emas shu so’zlarni aytishga, dedida va “Allohni va uning payg’ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni esla” deya ishxona eshigidan ichkariga kirib ketdi.
Gulning shirasini topgan asalari
Kun issiqligi bilan tezroq pana joy topishni shoshiltirardi. Ammo shunga qaramay bir yigit go’yo unga issiqlik ta’sir qilmayotgandaka tetiklikda eshikni taqillatar edi. Biroz fursatdan so’ng eshikni ochgan bir yoshi 50 larga borib qolgan boshida kim ekan, degandaka hayron bo’lib turdi. Yigit esa sal shirin jilmayib turgan edi, tun birdan kunduzga aylanganday chol ham yorishib ketdi va Ismoil, deb hursand bo’lib ketdi.
– Assalomu aleykum – deya Ismoil qo’lini ko’ksiga tutdi.
– Voaleykum assalom, xush kelibsiz – deya chol hursandchiligini yashirmay mehmonni kutib oldi.
Ismoilni cholning ayoli ham hursand bo’lib kutib olishdi. Ismoilning uyidagilari yaxshimi, salomatliklari joyida va shunga o’xshash savollar bilan ko’mib tashashdi. Birdan Ismoilning ko’zi bir qizga tushdi va suhbat davomida bu ularning qizi ekani kelib chiqdi. Mehmonni ajoyib tarzda kutib olishdi. Namoz payti bo’lib qolgan edi, unga namoz uchun sharoitlar yaratib berishdi. Namozdan so’ng uhlashiga esa joy ham solib berishdi. Ismoil charchagan bo’lsa ham, negadir uyqu uning hamrohi emas edi. Birdan hayoli bugun mehmonligida ko’rgan qizning ibo-hayo bilan bezatilgan harakatlariga ketdi. Ismi Fotima diyishmadimi mobodo, degan o’yni o’yladida, keyin nomahram haqida ko’p o’ylayotganini tushunib yetib, hayolni boshqa narsaga qaratdi va birozdan so’ng uhlab qoldi.
Ismoil bomdod namoziga turar ekan, mezbonlarni ham bomdod namoziga tayyorgarlik qilishayotganini ko’rib qoldi. Momoni o’zi boshqa yumush bilan band ekan, qizi Fotimaga obdastani olib mehmonning qo’liga suv qo’yishini aytdi. Fotima andisha orqali qizarib keldi, yerga qaragancha Ismoilning qo’liga suv quydi. Ismoil ham qo’lini yuvgan bir paytda, hayolini kecha olib qochgan Fotimaga nazar solardi. Fotima bundan oldingi qizarishidan ham battar qizarib ketar edi. Ismoil qo’lini yuvib bo’lgandan keyin, endi hol-ahvol so’rashga jur’at qilgan edi, Fotima buni sezdida, qiz bola nomahramning oldida ko’p turib qolsa yaxshi bo’lmaydi, deb sal jilmayib va o’sha qizargan holda, qochib ketdi. Ismoil esa Fotima, Fotima, deya uning ismini takrorlab qoldi.
Oradan yillar o’tdi. Ismoil o’quvchilarga beradigan darsini tugatdi va uyiga keldi. Ismoil yurganida tovush ham chiqmas edi, shunaqa darajadagi sukunatga o’rganib qolgan edi. Uyiga kirib kelsa, Fotima birinchi o’g’illari Axmad bilan Qur’on tilovat qilib o’tirishibdi. Shu payt Fotima chiqib qolgan qornini mehr bilan silab qo’ydi va Alhamdullilah, deb qo’ydi. Buni kuzatgan Ismoil ham Allohga shukr, deb qo’ydi. Birdan erini kelganini bilgan Fotima, uni kutib olishga o’rnidan turdi.
Oradan yana bir necha oy o’tdi. Ismoil shogirdi bilan darsga, ya’ni xadisga oid narsani muhokama qilib kelayotgan edi, o’g’li Axmad yugurib chiqdi va onasining ko’zi yorishayotganini habar berdi. U uyiga shoshib bordi. Tezda ayoli ko’zi yorayotgan honani oldidan o’tib ketdi va namoz o’qishga o’tirdi. U namozni tugatgach Alloh taologa shukronalik duolarini aytdi. Birozdan so’ng habar keldi, uning o’g’illi bo’lgani haqida. U yana ikki rakat shukrona namozini o’qidi va bu safar duolarda o’g’li Islomning yetuk xizmatchilaridan bo’lishini so’rab duo qildi. Islom dinini mahkam ushlab, uni, ya’ni dinni har xil shubhalardan asraydigan banda bo’lishini so’radi. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning sunnatlarini yanada chiroyli dunyoga yoyishini so’radi.
Ayoli Fotimani oldiga kirar ekan, hursandchiligini qancha yashirishga harakat qilmasin, baribir to’lgan piyoladan oshib chiqqandaka, Ismoilning ham hursandchiligi oshib chiqardi. U ayoliga buyog’iga ham, bolani emizayotganda ham, shunchaki bolani parvarishlaganda ham ko’proq Qur’on tilovat qilishni, xadislarni mutolaa qilishni va boshqa kitoblarni o’qishni aytib qo’ydi. Ayniqsa emizayotganda bunga ko’proq e’tibor berishini, u paytda fikri-hayolini Allohning roziligiga, bu yangi tug’ilgan chaqaloq ham Allohning roziligini istashini fikru-hayollariga chambarchas qilishini, iltimos qildi. Chunki bolaga aynan shu paytda fikr-hayollar ta’siri bo’lishi mumkinligini bilardi. Fotima ham, shularni oldin qilib kelayotgan bo’lsa ham, buyog’iga shundog’am shunaqa qilishni o’ylagan bo’sa ham, xo’jayiniga shunaqa qilardim yoki qilmoqchi edim, demadi. Shunchaki jilmayib “InshaAlloh hop”, deb qo’ydi. Ismoil esa, otasiga Ibrohim alayxissalomni ismi qo’yilganini, o’ziga esa Ismoil alayxissalomni ismi qo’yilgani esladi va ta’kidlab o’tdi. Shundan so’ng, o’g’liga Muhammad (s.a.v) ning ismlarini qo’yishga qaror qildi.
Oradan yana yillar o’tdi. Muhammad ismli bolakayning oldiga bir kishi yugurib keladi. Muhammaddan oldingi ketayotgan bolalar orasida kim Muhammadligini so’raydi va Muhammad unga men Muhammad, deydi. Yugurib kelgan kishi o’zini o’qituvchi ekanini va bu kishiga Muhammadning ustozi Muhammad haqida so’zlaganida, jo’shqinib uni o’z ko’zlari bilan ko’rmoqchi bo’lganini aytadi. U Muhammaddan nechta xadis yod olganini so’raganda, Muhammad unga o’n mingdan ko’proq ekanini aytadi. Yugurib kelgan o’qituvchi esa o’n-o’n bir yoshli bolada shuncha zexn, shunaqa bilim borligini ko’rib Allohga shukronalik keltiradi va Muhammadga bilim va ilm yo’lidagi qadamlarida omad tilab, orqasiga qaytib ketadi. Muhammad esa yo’lida davom etadi, yo’lida davom etar ekan, u bugun o’rgangan bilimlarini bir takror qilib ketardi. Qayerda bo’lsa ham, tinmasdan harakat qilishda davom etardi.
U hozir bilmas edi, kelajakda yuz minglab xadislarni yod olishini, shulardan eng to’g’rilarini, ishonchlilarini, saxixlarini tanlab kitoblar yozib qoldirishini. U hozir bilmas edi, o’n olti yil umrini bag’ishlab, kitoblarining ichida gultoj hisoblangan “Saxixul Buxoriy” kitobini yozishini. kelajakda bu kitob muqaddas Qur’ondan keyingi o’rinda turishini. U shunchaki hohlardi, unga berilgan umrini befoyda ketqazmaslikka va har bir onini Allohning roziligini qo’lga kiritish, Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning sunnatlaridan sofini ajratishni. Va shunaqa bo’ldi ham. U Muhammad edi o’sha zamon tug’ilganida, ammo bu dunyo va oxirat uchun u Muhammad ibn Ismoil imom Buxoriy bo’lib qoldi, hozir uchun va kelajak uchun.
Havfsizlik kamari
Kun sovuqroq edi. Qish yaqinlashayotganini bildirardi. Saidahmad esa o’z mashinasida kirakashlik qilib yurgandi. Saidahmad 30 yoshlarga borib qolgan, oilali, ikkita farzandi bor erkak edi. Yo’lda haydab ketayotganda, yo’lning bir chetida bir chol turgan edi. Saidahmad cholning oldiga to’xtadi.
– Qayerga ekan doda? – Saidahmad mashinani to’xtatib, oynani tushirib, ovozni kattaroq qilib gapirdi.
– Assalomu aleykum o’g’lim, mana shu qog’ozni bir ko’ring, manzil shuni ichiga yozilgan edi – chol qog’ozni uzatdi. Saidahmad esa birinchi bo’lib salom bermaganiga, o’zidan ancha yoshi katta odam salom berganiga hijolat bo’lib ketdi va qog’ozni sekin oldi. Keyin muloyimlik bilan bilishini aytdi va o’tirishini aytdi.
Chol ham “Bismillah” deya mashinaga o’tirdi. Chol mashinaga o’tirar ekan, Saidahmad unga bir nigoh tashlab qo’ydi. Cholda soqoli unaqa uzun emas, ammo oppoq edi, sochlari ham ancha-muncha joyi oqarib qolgan edi. Salom bilan bog’liq bo’lgan vaziyatdan hali ham hijolat tortayotgan Saidahmad, “Assalomu aleykum” deya salom berdi, cholning mashinada o’rnashib olib, eshikni yopib o’tirganidan so’ng.
Saidahmad qo’zg’alishni boshladi va jim ketishda davom etdi. Oradagi sukunatni hatto tashqaridagi shovqinlar ham buza olmayotgan edi. Saidahmad shu vaqt ichida, chol havfsizlik kamarini ham taqqanini guvohi bo’ldi. Saidahmad cholga havfsizlik kamari shartmasligini, u mashinani 10 yoshidan beri haydashini, mahorati anchaligini cholga muloyimona gapirdi. Chol esa buning sababini hozir haydovchilarga ishonmasdan yoki haydovchilarni shoshib haydashidan emasligini tushuntirdi. Saidahmad ham o’zining hijolatlik vaziyatini esdan chiqarib suhbatga berilib ketayotgan edi.
– Nega unda doda havfsizlik kamarini taqib oldinggiz? – qiziqqancha so’radi.
– Allohning “Hafiyz” sifati bor, shuni sababini qilishimiz kerak, deb o’ylayman – dedi chol biroz jim turib, keyin Saidahmadga qarab.
Saidahmad hayron qoldi, nima degani bu, deb o’ziga savol berdi. Lekin qancha urinmasin, uning yuzi taajublanish belgisini ko’rsatar edi. Diqqat bilan kuzatgan chol buni sezdida, buni tushuntirib berdi.
– Menimcha o’g’lim Allohning 99 ta ismi borligini bilasiz, shulardan bittasi “Hafiyz” sifati, ya’ni har bir narsani komil muhofaza qiluvchidir. Buning uchun esa birinchi galda biz o’zimiz sababini qilishimiz kerak – dedi chol muomala bilan.
Saidahmad, “aa tushundim”, deya tushunganini bildirdi. Shu pay tuning ham qalbidan o’tdi bu narsa va nimagadir havfsizlik kamarini taqib qo’ydi. Buni ko’rgan chol, sekingina jilmayib qo’ydi. Saidahmad yo’lda bitta odam turganini ko’rdi va choldan yo’llari bo’lsa, yo’lovchini olsa bo’ladimi, deb so’radi. Chol qarshilik bildirmadi va aksincha yaxshi kayfiyat bilan kutib oldi bu savolni. Yo’lovchi bilan yo’l bir xil ekan, yo’lovchi mashinaga o’tirdi, so’ng mashina joyidan qo’zg’aldi. Yo’lovchi ham bir 25—30 yoshlardagi bir erkak kishi edi. Yo’lovchi telefoniga qo’ng’iroq kelib qoldi, telefonda gaplashishni boshladi.
– O’rtoq qalesan, ahvollar yaxshimi? Bugun yana ko’rishamiz bilasana, choyxonani zo’rini gaplashib qo’yganman, ichishga ham narsalar bor, bir o’zimizni yo’qotib qo’ygudek darajada ichaylik Hudo hohlasa, undan keyin esa yana qiziqarliroq bo’ladi… e qo’ysangchi shuni, qo’shilgisi kemasa qo’shilmasin. Uni deb endi odatimizni o’zgartirmaymizku… qoidalar buzish uchun chiqarilgan, aytib qo’y, agar yana aqllichilik qilib senga gapirishni boshlasa… ha, ha bo’ldi unda – deya kulib yubordi va telefon go’shagini qo’yib, cho’ntagiga soldi.
Chol bu yo’lovchining suhbati tugagandan so’ng biroz jim turdida, keyin sekin ijozat so’rab gapirishni boshladi. “O’g’lim, kechirasiz, sizning ishingizga aralashgim yo’q, ammo nogohon suhbatizni eshitishga majbur bo’ldim. Boya haligi ichimlik, degan joyingizda spirtli ichimlik ichish haqida gap ketmadimi, mobodo?”. Yo’lovchining cholga, “ha, nima edi?”, degan javob kelgandan keyin, Saidahmad ham yo’lovchiga, “birodar yoshlarini hurmat qilsak bo’larmidi”, deb qo’ydi. Yo’lovchi javob qaytarmadi. Shunda chol, Saidahmadga hech qisi yo’qligini aytdi va gapirmoqchi bo’lgan gapini tugatib qo’ymoqchi bo’ldi.
– O’g’lim noto’g’ri tushunmang, shaxsiy hayotizga aralashish emas maqsadim, lekin eslatish har bir mo’min musulmonning vazifasi hisoblanadi. Spirtli ichimlik ichmaganiz yaxshi, lekin hayot sizniki, shu bois tanlov o’zingizdan. Ammo iltimos sizdan, spirtli ichimliklar haqida gap ketganda, “Hudo hohlasa” degan so’zlarni qo’shmang – chol to’xtadi.
Saidahmad bir masalaning yechimini topgandaka, ma’lum bir narsani tushunib yetgandaka bo’ldi. O’ylab ko’rdi, oldin ham o’zi shunaqa yomon vaziyatlarga Hudoni qo’shganmi yo’qmi. U kichkinaligini esga oldi. Kichkina bolaligida ham opachasiga, onam aytdi, otam aytdi, deb ishlarni yolg’on gapirardi. Keyin buning oqibatida yomon narsalar bo’lib ketishiga azgina qolgandi va ota-onasini bundan qattiq jahli chiqqan edi. bu yerda ham, orqadagi yo’lovchi o’zining spirtli ichimlik ichish istagini Alloh hohishidan, deb bilyapdi, yo’q bilmayapdi, shunaqa deb Allohning nomidan deyayapti. Bu xuddi chol bilan kelib chiqqan havfsizlik kamariga ham misol bo’la oladi. Mashinalarda havfsizlik kamari bor, haydovchilar buni bila turib, havfsizlik kamarini taqmasdan, ko’pincha mashinani xavfli haydashda davom etishadi. Shuning uchun ham yana qo’shimchasiga, qoidalar belgilab qo’yilgan, kerak joylarda belgilar qo’yilgan, to’g’ri yo’nalishni ko’rsatadigan, biroq bu qoidalarni ham e’tiborga olishmaydi va qoida buzishadi. Axir qoida buzilsa, bu qoida buzilgani ham kimgadir, ham o’ziga zarar beradiku. Bu yo’lovchi ham, o’ziga ham, boshqaga ham xuddi shunaqa zarar bergandaka bo’ladiku. Alloh ham shunga o’xshab Qur’onni tushirgan, rasuli qilib payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) larni jo’natgan, bundan ortiq qancha yo’l qoidalari kerak bizga, o’z hayot yo’limizda to’g’ri yurishga? Bu yo’lovchining bunaqa salbiy hohish ortidan qul bo’lib, yana Allohni qo’shishi o’zini gunohkor qilishi va boshqalarga noto’g’ri o’rnak bo’lishi mumkinligi va boshqa narsalar oqibati yaxshi emasdir aslo.
– Otaxon, soqolingiz oqargan ekan, demak birovlanikini oqartirmang, hopmi? Kimimsiz meni bunaqa nasihatlar uchun? – yo’lovchi.
– Birodar bular to’g’ri gap gapirdilar – Saidahmad qo’shildi.
– Uzur o’g’lim, men shunchaki gapirib qo’ydimda – chol.
– Shunchaki gapirmasdan jim keting, og’zingizni yopib – yo’lovchi.
– Hoy, haddingizdan oshyapsiz – Saidahmad chiday olmayotgan edi endi.
– Siz nimaga boyadan beri aralashasiz, rulni aylantirib jim keting – yo’lovchi Saidahmadga qarab gapirdi.
– Tushunmadim – dedi Saidahmad. Chol unga “qo’ying og’lim, kerakmas”, deb qo’ygan edi, mashinani to’xtatib, yo’lovchiga qarab – tushing mashinadan, puliz ham kerakmas – dedi yo’lovchini qo’lini cho’ntagiga qo’lini tiqqanini ko’rib.
Saidahmad va chol yo’lda davom etishdi va jim ketishdi. Manzilga yetib kelishgandan so’ng, chol pul bermoqchi edi, ammo Saidahmad pul kerakmasligini, bugun u puldan ham muhim va qimmat narsani qo’lga kiritganini aytdi va cholga rahmat aytdi. Chol esa buni eshitib, hursand bo’lganini aytdi va duo qilib qo’ydi.
Saidahmad uyiga qaytishga qaror qildi va yo’lda ketayotgan edi. Tasodif bilan yo’lda haligi yo’lovchini ko’rib qoldi. Unga qaradi va o’ziga qaradi. Miyasida hafiyz sifatini his qilayotgan va his qilishni hohlamayotgan odamlarning surati paydo bo’ldi. Allohga shukr keltirdi va yo’lini davom ettirdi.
Правообладателям!
Это произведение, предположительно, находится в статусе 'public domain'. Если это не так и размещение материала нарушает чьи-либо права, то сообщите нам об этом.