Электронная библиотека » Sardor Kurbanov » » онлайн чтение - страница 2

Текст книги "Hikoyalar karvoni"


  • Текст добавлен: 21 октября 2023, 04:53


Автор книги: Sardor Kurbanov


Жанр: Современная русская литература, Современная проза


Возрастные ограничения: +12

сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 2 (всего у книги 11 страниц)

Шрифт:
- 100% +

Anhorning kundalik hayoti

Ayolga mas’ulyatli sovg’a

Nilufar o’zining sevimli ishi hisoblangan jurnalistlik tufayli, bir yirik korxonaning egasidan intervyu olishiga to’g’ri keladi. Nilufar korxonaga kirib borar ekan, korxona maydoni va qurilish inshoati kattaligiga beixtiyor lol qolardi. Bunaqa katta natijaga erishish uchun, juda katta kuch kerak bo’ladi, deb qo’ydi yana beixtiyor. Binoning ichkarisiga kirarkan, Nilufar bilan telefonda aloqada bo’lib turgan kotiba uni kutib oldi va tepaga korxona rahbarining ofisi tomon otlanishdi. Binoning ichida hamma ish bilan mashg’ul, odamlarda chalg’ish yoki nimadir sabablar yo’q edi, ishni sustlashishiga. Nilufar bundan oldin ham boshqa korxona rahbarlaridan intervyu olgan edi, lekin bunaqa intizomni ko’rmagan edi. Bu intizom nafaqat ishni uzilmasdan davom etishida, balki ishlayotgan odamlarning chehralarida ham aks etar edi. Ular ishga berilib qilayotgan uchqun ko’zlarida ko’rinib turardi. Korxona metalga ishlov berib, metaldan qurilish mollarini yasab beradigan korxona edi. Nilufar va kotiba yurishda davom etishayotganda, ular yoshi 35—40 larga borib qolgan, bir jiddiy odam duch kelishdi. O’zini sal bo’lsada biroz oldin bo’sh qo’ygan kotiba ham jiddiylikni yanada kuchaytirdi. “Nurali aka bu sizdan intervyu olishi kerak bo’lgan va vaqtini kelishgan jurnalist hisoblanadilar”, dedi kotiba. Nurali aka esa bir nigohini tashadi va marhamat deya ofisga boshladi. Nilufar ofis tomon yurganda fikrlashga tushib ketdi. Ishchilarning o’z ishini bilib, bunaqa darajadagi intizomga amal qilayotganlari bekorga emasligini endi tushunib yetgandi. Haqiqattan ham, Nilufar uchun Nurali akani hatto yurishlarida ham bir intizom ko’rinar edi.

Hamma ofisga kelib o’tirishgandan so’ng, kotiba bitta choynakda choy olib keldi, piyolalarga quydi va honadan chiqib ketdi.

– Rahmat vaqtinggizni ajratganinggiz uchun, biz uchun bu muhim hisoblanadi – Nilufar.

– Odam o’z ishini sevib bajarayotganida men buni qo’llab quvvatlayman – Nurali aka – savollaringgizni beravering – yana shu jiddiylikda.

– Unda ijozatinggiz bilan, siz ham bu ishinggizni chin dildan sevib qilasiz, aynan shuning uchun natija o’zi ko’rinib turibdi, savolim shuki, sizni bundanda yaxshi ko’radigan ishinggiz bormi? – bu savol Nurali akaga ham noodatiy bo’lib ko’rindi, chunki ko’p intervyularda bunaqa savol bilan boshlashmagan edilar.

– Ha bor, har kuni qiladigan bir muhim ishim bor, uni bu korxona va bizneslardan ko’ra ham yaxshi ko’raman, hamda har onini orziqib kutaman.

– Sir bo’lmasa aytsanggiz bo’ladimi?

Shu payt kotiba telefon orqali, uzur so’rab, boshqa kelsa bezovta qilmas edi, biroq oilasi kelgani uchun aytib qo’yayotganini ta’kidlagan edi. Shundan so’ng Nurali aka oilasini kutib oldi. Honaga bir ayol va ikkita bola kirib kelishdi. Ayol Nilufar bilan bir xil yoshda edi, Nilufarning chamasi bo’yicha. Yonidagi bolalar esa, bir qiz va bir o’g’il bola. Nurali akani ko’zida sezilar-sezilmas quvonch, zavq paydo bo’lgandi o’z oilasini ko’rib. Ammo uning jiddiy xarakteri o’z izini umuman yo’qotmagan edi. Nurali aka Nilufarga hammani tanishtirdi. Bolalardan qizning yoshi katta, o’g’il bola esa hali kichkina edi. Nurali akaning ayoli bolalar bu suhbatga halaqit qilishlari mumkin, degan asnoda kotibaga ularga ko’z-quloq bo’lib turishni iltimos qildi. Uning ismi Mursalina ekan. Nilufarga bu ism bir boshqacha chiroyli eshitildi. Mursalina eridan ubu narsa kerakmi yoki yo’qmi, unda biror xizmati yo’qmi, deb savol berdi. Nilufar esa hayron qolardi, kotiba bor-ku, deya o’ziga-o’zi. Shu payt birdan Nurali aka soatga qaradi va zarur ishi borligini 20 daqiqada qaytishini aytdi va uzr so’rab, turib ketdi.

Nurali aka o’rnidan turib ketar ekan, ikki ayol taraflama ixtiyoriy suhbat boshlanib ketdi. Buning boshlanishi esa Nilufardan chiqqan edi. Nilufar esa ming o’zbek bo’lsada, baribir ruscha maktab va o’quv dargohlarini bitirgani sabab, ba’zida bir xil urf-odatlarni tushunmasdan o’sgan edi. Nilufar o’zini qiziqtirgan savol bilan boshladi va so’radi, nega kotiba turganda Mursalinaning o’zi xizmatga shay turganini. Bu savolni eshitgan Mursalini sodda va beg’uborona kulgusini yashira olmay kulib yubordi. Kulishni birozdan keyin to’xtatib, javob berdi va javobi Nilufarni ham sal kulishiga olib keldi. “Shunchaki bo’ynimdagi mas’ulyatni o’z hohishim bilan qilishga harakat qilyabman”. Mursalinani javob shunday edi. Nilufar esa boshqa mentalitetda o’sgani uchun, bu javob u uchun kulguli bo’ldi. Nilufarning kulgusi tagida sal bo’lsada, bu haqiqatni tan olmaslikning soyasi borligini ko’rib, yana shirin jilmayishda davom etdi.

– Bilaman, meni gaplarim, so’zlarim siz uchun hozir kulguli, ishonib bo’lmaydigan osmono’par so’zlardaka ko’rinayotganini – Nilufar o’zining vaziyatini bilintirib qo’yganini sezdi va oqlanmoqchi bo’ldi, bunga javoban Mursalina qo’li bilan belgi berib, hammasi joyida ekanini bildirib davom etdi – lekin sizga misol tariqasida tushuntirib bersamda, siz eng yaxshi ko’radigan odaminggiz ota-onaggiz bo’lsa kerak, shundaymi? Ha shunday ekan, tasavvur qiling eng yaxshi ko’rgan insonlaringgiz bo’lgan ota-onanggizdan sovg’a oldinggiz, bu sovg’ani siz ahlatga tashlamaysiz, uloqtirmaysiz har qayoqqa, ota-onanggiz e’tiborining isboti bo’lgan bu narsani qadrlab, avaylab asraysiz, shundaymi? Fikrim to’g’riligidan hursandman, ana endi qarang, men ham yaxshi ko’rganim Allohdan har kuni har xil sovg’a olaman va bu sovg’alarni son-sanog’iga yetib bo’lmaydi. Asosiy sovg’alarim esa turmush o’rtog’im va farzandlarim. Xo’sh nega endi men, o’zim yaxshi ko’rgan Zotdan menga berilgan sovg’alarni har yoqqa uloqtirishim kerak, ahlatga otishim kerak, nega endi asrab-avaylab, qadirga yetmasligim kerak, nega? – jilmayishni ketini uzmasdan tugatdi. Nilufar nima deyishni bilmas edi. Keyin bitta bahona topganday bo’ldi va “bu hammasi Islomning stereotiplari hisoblanadi… menimcha”, deb qo’ydi.

Mursalina biroz jilmayib turdi va javob qaytardi.

– Hammamiz unaqada qaysidir stereotipning asosida yashaymiz, albatta unda sizning mantiqinggizdan kelib chiqsak, siz ham qanaqadir stereotipga asoslangan holda mening stereptipimga fikr bildiryapsiz. Farqi shuki siz nazarda tutgan olamni men ham bilaman, tushunib yetganman, ammo siz men yashayotgan olamni oxirigacha anglash bir joyda tursin, shu tushunchani yoniga ham yaqinlashmagansiz – Mursalinaning jilmayishi ozgina yo’qoldi – g’arbdagi biz feministmiz, biz hohlaganimizni qilamiz, deb bong urayotganlarni qo’llarining barmoqlarini orasidan ham, men va menga o’xshagan itoatkor, oldidagi mas’ulyatni quli bo’lib yashayotganlarni qo’llarining barmoqlari orasidan ham qum changlari tushib ketyabdi. Farqi shundaki, bizlar anglab yetganmiz, nega qumni tushayotganini va uni hamma joyga sochib tashlamaymiz, aksincha ular bir barqaror joyga tushyabdi va ertaga biz qo’limiz oxiri kuchdan tolganda, o’sha qo’limiz yumshoq tushadigan joyi bo’ladi – honaning oynasidan ko’ringan bolalariga qarab qo’ydi – G’arbdagilar ham biladi shu qumlarni tushayotganini, lekin ular anglab yetmagan nima sababdanligini va qum tushayotgan ekan, demak qo’lim bitta joyda qotib qolmasin, deya qo’llarini har tomon harakatlantirib, qumni har joyga sochib tashlashadi. Oxir-oqibat o’zlari ham bilmaydi, qo’llari qayerga qulayotganini va qanday qulaganini ham. Gaplarimdan hafa bo’lmang, umid qilamanki sizga bu gaplarim bilan ozor bermadim, kechirasiz endi bolalarimdan habar olay, xo’jayinim hozir chiqib qolsalar kerak – deya Mursalina o’rnidan turib ketdi.

Nilufar nima o’ylash kerakligini bilmas edi. Mursalinaning jahli chiqqanini payqadi, aslini olganda o’zi aybdorliginiyam bilardi. O’zi birinchi itoat haqida savol berdi va “stereotip” deya uning his-tuyg’ulariga qarata tosh otdi. Hafa bo’lishga haqqi ham yo’q edi. Hozirgi onda Nilufarni ayollik hislati, yuragining qaysidir bo’lagi Mursalina gapirgan haqiqatlarni tan olayotgan edi, biroq Mursalina allaqachon payqagandaka u g’arbga mos hayotga katta bo’lgan onggi teskarisini aytayotgan edi. Bir necha daqiqa ichida u o’zini yomon his qila boshladi. Nimagadir ko’ngli sekin aynishni boshladi. Qarasa Nurali aka boshqa bir honaga kirib ketganiga endi 10 daqiqa bo’libdi. Majburlikdan borib Nurali aka kirib ketgan honani taqillatdi, hech qanaqa javob kelmadi. Eshik sal qiya ochiq turganiga boshini ichkariga kirg’azishga qaror qildi, kechirim so’rab ketishini aytish uchun. Boshini shunday kiritgan edi, yuzi o’ng tarafdan Nilufarga qaragan holda kimdir yerda o’tirar edi. Bu Nurali aka edi, u namozni tugatib duoda o’tirgan edi. Nilufar birinchi taniy olmadi, chunki bu namozda o’tirgan va boya intervyuda, korxonada yurgan kishi umuman farq qilar edi. Katta intizomli, jiddiy, go’yo tog’ni ichiga yutgan va haybati osmonlardek ko’ringan Nurali akani o’rnida, bir bechora, xuddi haybati cheksiz bo’lgan hojasini oldida quli, qo’rquvda va bir vaqtning o’zida hojasiga nisbatan ehtirom bildirib o’tirgan bir nochor odam o’tirgan edi. Nilufar o’zini yomon his qilishini ham esdan chiqarib qo’ydi yoki yomon his qilishi tugagan edi. Nilufar tushunib yetgandi Nurali akani namozdaligini, ammo tushunmagan edi, nega shunaqa katta korxona egasi, shunaqa hayoliga ham sig’maydigan daromad, mol-dunyo sohibi o’zini bunaqa his qilayotgan edi, nimaga oilasi bilanmas, nimaga namozda? Nilufar yana tushunib yetdi, Nurali akani shoshib ishim bor degani, oilasi kelishiga qaramasdan, hozir bunaqa ahvolda o’tirganiga, uning ishidan ham yaxshi ko’radigan narsasi shu namozligini. Nilufar musulmon albatta, islom dini haqidan ham habari bor, ammo bu yuzaki bilim bilan, go’yo futbol haqida bilasanmi desa, uning hayoliga odamlar to’p tepib yurish hayoliga kelgandaka edi. U ham hozir islom dinini namoz o’qish va yana ro’za tutish deb bilar edi. Lekin hozir unda savol paydo bo’ldi, shu hozir 10 daqiqa ichida uchratgan ayol va erkakdan keyin, islom o’zi nima degan? Boshini eshikdan olib, qog’oz va qalam olib, qog’ozga ketganini va intervyu uchun minnatdorlik bildirib, uzr ham so’radi, shaxsan xayrlasha olmagani uchun.

Ofisdan chiqar ekan, u yerda faqat kotiba o’tirar edi. Mursalina yo’qligini ko’rib, uning qayega ketganini so’radi. Shunda kotiba bolalari bilan Qur’onni takrorlash vaqti kelganini, ularning hayot shakli shunaqa ekanligini aytdi. Bu gap birdan Nilufarning boyagi savoliga javob bo’ldi, ya’ni islom o’zi nima degan. Ichida o’ziga aytardi, “ha, bu ularning hayot shakli, meniki esa boshqa, yo’q meni hayot shaklim boshqachaga aylangan”.

Rostan ham Nilufar ham, Nurali aka va Mursalina ham islom kemasida, ammo Nilufar kemadan suvga tushaman deyapdi, Nurali aka va Mursalina esa manzilga borganda tushamiz deyishyapdi. Buni Nilufar ishga borgandan keyin tushunib yetgandi. Nilufarni Mursalinaning sovg’a, qum haqidagi gaplari rosa ko’p o’ylantirardi, Nurali akaning namozi ham. Shunda u qo’liga telefonni oldi va kotibaga qo’ng’iroq qildi, kotibadan esa Mursalinaning telefon raqamini so’radi. Kotiba ruxsat so’rashi kerakligini, so’rab ko’rib keyin habar berishini aytdi. Bir qancha vaqt o’tdi, javob kelmadi. Birozdan so’ng sms habar kelgan edi. Uni o’qib Nilufar hursand bo’lib ketgan edi. Sms habar esa Mursalinaning o’zidan kelgan edi va u yerda shunaqa so’zlar bor edi. “Nilufar men Mursalinaman, boya ozgina qizishgandaka bo’ldim, afsusdaman, kechirasiz agar mendan bir nima o’tgan bo’lsa, islomda bandaning haqqi bir-birida qolmasligi kerak, shunga umid qilaman orada hafagarchilik qolmaydi, deb. Bu mening raqamim, nimadir bo’lsa, bemalol aloqaga chiqavering, qo’ldan kelguncha yordam beraman”.

Bankrodlik darajasi

Bitta yigit skameykada o’tirgan edi, uning yuzidan xorg’inlik ko’rinib turardi. Nigohi faqat yerga qaragan. Onda-sonda o’ziga-o’zi nimadirlarni pichirlab qo’yardi. Uning yoniga bir boshqa chol kelib o’tirdi va uning hol-ahvolini so’rashni boshladi. Boshida hech nimani eshitmagan, nimadirlarni pichirlab o’tirgan bu yigit, birozdan so’ng yonidagi cholning ovozini eshita boshladi. Pichirlashni tugatdi va yuzini yoniga kelib o’tirgan cholga qaratdi. Chol yana bir bor, bolam nima bo’ldi, deb so’radi. Keyin chol yigitning yuzi oqarib ketganini, mazasi yo’qmi va shunga o’xshash savollarni so’radi. Yigit ikkilanib turdi biroz vaqt va lablarini qimirlata boshladi. Lablarini qimirlatar ekan, chol ko’rib turardi va o’ziga o’zi hayron qolardi, bunchalik nima dard ekan bu yigitni bezovta qilayotgan, deb.

– Men… bankrod bo’ldim. Bor budumni… yo’qotdim. Hammasi… ketdi.

Chol jim eshitib o’tirardi. Lekin ko’zlari yigitning dardini tushunayotganini bildirib turardi. Chol yigitdan katta bankrod bo’ldimi, deb so’radi. Yigit esa o’z navbatida sekin dardini yoshi katta suhbatdoshdan go’yo yengillik his qilayotgandaka aytib berishga tushdi. Yigit biroz vaqt o’tib bir biznes boshlagan ekan. Anchadan beri bor to’plagan pulidan boshlagan biznesi boshida yaxshi yurishgan ekan. Ammo biroz vaqtdan so’ng kutilmagan voqealar sodir bo’lib, bu biznesi bankrodlikka uchrabdi. Azgina sukunat paydo bo’ldi. Chol birinchi gapirishni boshladi.

– Bolam nimalarni his qilayotganingni tushunib turibman. Balki ichingda bu chol nimani ham bilardi, deb o’ylarsan yoki o’zimga to’g’ridan to’g’ri gapirarsan. Ammo ishon men ham bankrod bo’lganman – yigit darxol cholga umid ko’zlari bilan qarabdi. Cholga qararkan tasavvur ham qilarkan, balki hozir shu choldan biror bir foydali maslahat olarman, deya. Chol esa uning gaplari rostligini, yigit bekorga vaqt sarflab cholni eshitmayotganini bildirish uchun bankrodlikda his-tuyg’ularni tushuntirib berishga tushib ketdi – men ham bir paytlar restoran biznes boshlaganman, 4—5 yillab yiqqan sarmoyamni shu biznesga tikdim. Biznesim rivojlandi, gullab yashnadi. Qo’lim uzoqlarga yetadigan bo’lib ketgan edi. Yigirma yillarcha biznesim yaxshi davom etdi. Biroq bir kuni boshimga, tanamga tonnalab muzdek suv quygandaka falokatla kela boshladi. Qancha harakat qilmay, biznesim qo’limdan, barmoqlarim orasidan go’yo sahro qumlari singari tushib ketdi va ularning bitta donasini ham ushlab qola olmadim. Qarasam biznes, deb juda ko’p narsalarni ko’rmagan ekanman, juda ko’p narsalarni anglamagan ekanman. O’sha payt yoshim bir joyga borib qolgan bo’lsa ham, boshqattan biznes boshlashga qaror qabul qildim. Ammo bu safar xatolarimni tushunib yetgan holda, oldin anglamagan haqiqatlarni amalda qo’llashga harakat qildim – yigitning kayfiyati sal ko’tarildi, xatto bunaqa odamning yoshi ancha joyga borib qolganida biznes boshlaganini aytganidan so’ng.

– Sir bo’lmasa, yangi biznesingiz qanday biznes hisoblanadi? – qiziquvchanlik bilan so’radi, tezda gapni bo’lib.

– U dunyoda bankrod bo’lmaslik biznesi.

– Uzr, chunmadim. Qaysi dunyoda?

– Oxiratda. Ertaga bu dunyoda yig’gan savoblarimni o’sha yerda ishlatishni hohlayman, lekin tasodifan bu dunyoda kimningdir ko’ngliga ozor bergan bo’lsam, kimningdir haqqini yegan bo’lsam, kimdandir qarzim bo’lib, mazza qilib yashab yurgan bo’lsam, o’sha sarmoyalarim, jamg’armalarim u dunyoda yetmay qolishi mumkin. Va Alloh asrasin, biroq shunaqa bo’ladigan bo’lib qolsa, unda abadiy bankrodlikga uchrayman. Chunki u yerdagi do’zox abadiydir. Shu uchun ham, iloji boricha sarmoyamni ko’paytirishim kerak va u dunyoga investitsiya qilishim kerak – chol bularni aytar ekan, uni ter bosdi. Chol havoni issiqligiga qaramay, o’zidan sovuq terni his qilardi.

– Amaki ochig’i, boshini yaxshi boshlaganinggizga davomida yaxshiroq narsani etsanggiz kerak, deb o’ylagan edim. Ammo bunaqa falsafalar hozir yuragimga sig’maydi. Uzr, yaxshi qoling – deya birdan norozilikni aks ettirib ketdi.

Chol yosh yigitning orqasidan qarab qolardi va uning yurishlarida o’zining yoshligini ko’rardi. Biroz qarab turdida, Alloh o’zi yo’l ko’rsatsin, deya shivirlab qo’ydi. Birdan bobo, deya bir yosh bolani ovozi keldi va chol tomon yugurib keldi. Yosh bola bog’ni yonida bo’lgan maktab tomondan kelardi. Bola bobosining yoniga kelib, gapira boshladi.

– Bobo, bugun 2ta yaxshi ish qildim, bittasi o’qituvchimga narsasini ko’tarishvordim, ikkinchisi esa Allohning 99ta ismini bir marta o’qib chiqdim. Bular men uchun sarmoya bo’la oladimi? – yosh bola intizorlik bilan qiziqib so’radi.

– Ha, juda yaxshi ishlar qilibsan, o’zimni aqlli nevaramga unda uyda sovg’a berish kerak ekan – deya shirin jilmayib gapirdi chol va o’rnidan turdi, nevarasi bilan birga yo’lga tushdi.


Bir zumlik uzoq yillar

Abduhakim 40 yoshlarga borib qolgan, sochlariga oq tushayotgan bir er, ota va korxona ishchisi edi. U o’zini shunaqa tasvirlash bilan ovora bo’lib qolgan edi, ayniqsa shu oxirgi yillarda. U go’yo muzlikni qazib, katta bir aysbergga duch kelishini bilib turgandaka edi. Sababi shundaki, unda bunaqa o’tgan umrini sarhisob qilish odati yo’q edi. Abduhakim uchun shuning o’zi bir signal edi. Ishga borar, ishdan ko’ngli to’lmaydi, uyga borar, uyda ko’ngli yorimaydi. O’qishga va ishga berilgani uchun, kech uylangani sabab bolalari ham hali yosh edi, bitta o’g’il va bitta qiz. O’g’li 8 yosh, qizi esa 5 yosh. Bir kun u do’stlari bilan choyxona gaplashib qo’yishgan edi va shu choyxonaga ketdi. U yerga vaqtliroq borishni hohladi va shunday qildi ham. U yerga borib, undanda vaqtli kelgan do’stini uchratdi. Bu do’sti ancha yillar oldin boshqa chet davlatiga ketgan edi va kutilmagan sovg’a qilish uchun, birga yig’ilib keladigan do’stlarimga deya vaqtli kelgan edi. Uning ismi Abdulloh edi. Bir-birini ancha oldin ko’rgan va ancha yillardan beri ko’rmasdan, endi uchratgan do’stlar hursand bo’lib ketishdi va mehrla quchoqlashib, hushchaqchaq ko’rishishdi. Abduhakim bir oz hursand bo’lsada, lekin uning holati Abdullohga ochiq ko’rindi. Abdulloh uni nima bezovta qilayotganini so’ragan edi, birdan qolgan do’stlar ham keldi.

Choyxonada esa hamma birinchi Abdullohni eshitishga o’tdi. Abdulloh yillar davomida Misrda yashab u yerda bir mashhur universitetlardan birida dars berib, shogirdlar chiqarib, kitoblar chiqarib yurganligini, endi bu yerga qaytib bu vataniga ham xizmat qilishni qaror qilganini aytdi. Shunda boshqa do’stlari ham bu yerda nimalarga erishishganini birinma ketin so’zlab berishdi, kimdir biznesda, kimdir o’z ishida, kimdir san’atda yutuqlarga erishganini eslab o’tdi. Abduhakim esa ich-ichidan nimalarga erishganini o’zi bilmas va buni tashqariga ham chiqara olmas edi. Bir qancha yaxshi lahzalarga boy bu yig’ilish ham tugadi va Abduhakim hayolga to’lib mashina tomon borayotgan edi. Abdulloh uni to’xtatib, uyiga olib borib qo’yishini iltimos qildi. Abduhakim ham muommomas, deya rozi bo’ldi.

Yo’lda suhbat boshlanishiga Abdulloh sababchi bo’ldi. U yana Abduhakimdan so’radi, uni nima bezovta qilayotganini? Abduhakim mashina chambaragini boshqarishda davom etarkan, aytish yoki aytmaslikni o’ylar edi. Bir qancha fursatdan so’ng, o’zi hohlamagan holda, mashinani chetga oldi va ichidagi so’zlarni tashqariga chiqarib yubordi. “Gap shundaki, yillar o’tdi, lekin umrimdan ko’nglim to’lmadi. Bilmadim, nega bunaqa o’ylayapman, ammo oilamdagilar joyida, ishim joyida, lekin bilmadim nega bunaqa? Boya yig’ilishda hamma o’zining ko’ngli to’lib erishgan narsasini gapirib berdi, ammo menchi? Men nimaga erishdim? Umrim go’yo haqiqatsiz o’tdi, men esa umrimni haqiqat bilan o’tishini afzal ko’raman, lekin qanday erishaman u haqiqatga, qanday?”

Abdulloh bir pas jim turdida, nimadirni eslagandaka bo’ldi va shuni gapirishni boshladi. “Esingdami Abduhakim, Misrga ketishimdan oldin, senga bir-nechta kitoblar tashlab ketgan edim. Ketganimdan so’ng ularni o’qidingmi? Senga yoqganmidi?” Abduhakim esa nima deyishni bilmadi, sababi esa u o’sha kitobni esladi, ammo uni ochib ham qaramagan edi. Abduhakimning bunaqa o’zini tutishini payqagan Abdulloh esa jilmayib, tushunarli, deya qo’ydi. “Endi esa do’stim so’zlarimni qattiq olma yuragingga, garchi men hech qanaqa g’araz niyatsiz bularni so’zlamoqchiman. Umrim haqiqatsiz deyayapsan, ammo Alloh senga do’sting orqali bergan shu haqiqatlarga to’la qo’lyozmalarni tashlab ketganida ularni ochib ham qaramagansan. Chunki u kitoblardan bittasi Qur’onning o’zbekcha tarjimasi, bittasi esa Imom al-Buxoriy hadislari kitoblar edi. Senga haqiqatlardan eng a’lolari qoldirilgan edi. Biroq haqiqatni o’zingdan o’zing uzoqlashtirgansanku. Do’stlarim nimadirlarga erishdi, deb o’ylama. Inson Alloh unga nimani bergan bo’lsa, faqat shuni qo’lga kiritadi. Ularning shunchaki harakatlariga yarasha erishgani shu narsalar bo’ldi. Sen esa yana takroran aytaman, hech nimaga erishmagandirsan hozircha, ha hozircha. Sabab esa talpinish kerak, intilish kerak, shundagina Alloh tarafdan marhamatni sezasan, tushunyapsanmi do’stim.?” Abduhakim bir qancha daqiqa mashinani o’t oldirmasdan gaplarni o’yladi. Birozdan keyin mashinanini o’t oldirdi va do’stini uyiga jimlikda eltib qo’yib, uning so’zlari uchun rahmat aytdi.

Ertasi kuni Abduhakim o’sha do’sti bir paytlar qoldirib ketgan kitoblarni qidirishga tushib ketdi. Abduhakim o’sha kechasi o’zi tuzukroq ham uhlamagan edi. Chunki u kechasi bilan uyqu kelmagandan keyin oshxonaga chiqib choy ustida Abdulloh bilan bo’lgan suhbatni boshida aylantirayotgan edi. Kitoblarni topdi, yaxshiyamki bir oq matolarga o’ralib, teparoqda qo’yilgan ekan. Bugun dam olish kuni bo’lgani yaxshi bo’lgan edi. Kitoblarni qidirishdan oldin tahorat qilishga qaror qilganiga hursand bo’lgan Abduhakim kitoblar o’sha honadan chiqmasdan, ochib mutolaa qilishga qaror qildi. Qur’on kitobining tarjimasini ocharkan, kitobning ichidan uning ko’ziga qanaqadir nur urilgandaka bo’ldi. Go’yoki, nur taralar edi kitobdan.

Kun yakuniga ketib qolgan edi. Abduhakim honadan chiqdi va negadir har kungi yuzidagi qayg’uning o’rnini bir ajib nur egallagandaka edi. Eshikning qo’ng’irog’i chalindi. Borib ochib qarasa Abdulloh. Hayron qolgan Abduhakim ichkariga Abdullohni taklif qildi. Keyin esa Abdulloh kecha qattiq gapirib yuborgan bo’lsa, uzr so’rab kelganini aytdi. Abduhakim esa kulib hammasi yaxshiligini va aynan shu so’zlar unga kerakligini, va nihoyat kitoblarni ochib, ular bilan tanishganini aytdi. Abduhakim Abdullohni ichkariga choy ichishga, ovqatlanishga taklif qildi. Abdulloh ham bajonidil taklifni qabul qildi. Xontaxta atrofida ular o’tirishar ekan, Abduhakimning o’g’li keldi va dadasiga savol bermoqchi bo’ldi. Abduhakim mehmonga birinchi salom berish kerakligini aytib, keyin savolni aytishini so’radi. O’g’li esa, “dada jannatda inson butun umr qolsa, zerikib ketmaydimi?” Abduhakim o’g’li bu savolni qayerdan olganiga qiziqdi. Abdulloh esa beg’uborona savolga beg’uborcha kulib qo’ydi. Abduhakimning o’g’li esa, do’sti jannat haqida gapirib berganda, bu savol paydo bo’lganini aytdi. Abduhakim nima deb javob berishni o’ylab turganida, Abdulloh o’zi shu savolga javob berishga harakat qilsa bo’ladimi, deya ruxsat so’radi. Abduhakim esa do’stidan minnatdor bo’ldi, chunki uning bu narsaga javob berishga yetarli darajada bilimi yo’q edi va buni o’zi ham bilar edi.

“O’g’lim isming nima, meni ismim Abdulloh. Saidali, juda chiroyli ism ekan. Qara endi seni savolingga qaytamiz. Jannatda zerikish, degan narsa bo’lmaydi. Chunki jannatda ko’z ko’rib, quloq eshitmagan, aql tasavvur qila olmaydigan narsalar bo’ladi, bizga ma’lum bo’lgan ozgina ma’lumotlardan tashqari. Misol tariqasida qara, sen nimani yaxshi ko’rasan?” Saidali, “ko’chada do’stlarim bilan o’ynash va ular bilan suzishga borish”. Abdulloh, “endi qara, bu narsalardan sen qachondir zerikkanmisan?” Saidali “yo’q”. Abdulloh, “ko’rdingmi, o’zing yoqtirgan narsadan zerikmaysan, u yerda ham shunday bo’ladi Insha’Alloh. U yerda sen yoqtirgan narsalar bo’ladi va yaxshi inson bo’lsang, eng katta mukofot Allohning roziligi va chehrasini ko’rish nasib qiladi.” Saidali yosh bolalarcha qiziqish bilan, nimasi eng katta mukofot buni, deya so’radi. Abdulloh, “qara Saidali, sen dadangni va onangni yaxshi ko’rasan shunaqami, chunki ular ham seni yaxshi ko’radi, asosiysi sen ularga qarab zerikmaysan va ularning sen bilan o’tkazgan vaqti sen uchun hursandchilik payti hisoblanadi, jahllarini chiqarsang hafa bo’lishing mumkin, aqlli bola bo’lsang, sendan rozi bo’lishadi va yana sen ham hursand bo’lishing mumkin, shunaqami?” Saidali, “shunaqa”. Abdulloh, “endi esa bir o’ylab qara, olamlar Robbi, meni, seni, ota-onangni, hammani va hamma narsani yaratgan, bizga mehribonchilik qilgan Zot, Rahimdil, Marhamatli Alloh taoloni ham senga hursand bo’lib, senga vaqt ajratishi, sendan rozi bo’lishi, bu ajoyibmasmi. Yoki tasavvur qil, sen chanqaganingda yoki qorning ochligida qorningga siqquncha ichasan va yeysan, shunaqami? Endi Allohning husni shunaqa bir chiroyliki, shunaqa bir ajoyibki, shunaqa bir fayzliki, u payt sen go’yo qorningga qancha ovqat yesang ham to’ymaydigan qorning yoki qancha suv ichsang ham, go’yo chanqog’ing bosilmagan va yana va yana suv ichging kelgandaka bo’ladi. Chunki u ichayotgan suving yoki yeyotgan ovqating, qorningni to’ydiradigan emas, aksincha qorningni o’sha suv va ovqatga naqadar ehtiyoji borligini bildiradigan bir ajib narsa bo’lib xizmat qiladi go’yo. Balki hozir meni tushuntirganlarimni tushunmassan, balki men noto’g’ri misollar keltirgandirman, lekin ozgina vaqt bersang sen ham bu narsalarni tushunib yetasan Insha’Alloh.” Saidali, “yo’q, tushunganday bo’ldim, faqat boshqa savolim bor edi, yaxshi bo’lish uchun nima qilishim kerak?” Bu savolni eshitgan Abdulloh hursand bo’ldi, rostan ham ozgina bo’lsada tushuntira olganligidan.

Bu payt esa Abduhakim do’stining bu gaplarini eshitib, hayron qolayotgan edi. Do’stining donoligidan emas, aksincha 20 yillik umrini shu haqiqatlarni tushunmasdan o’tkazganiga va o’tkazib kelayotganiga edi. Abduhakim qilishim kerak bo’lgan ishlar ko’p ekan, deya Abdullohni tinglashda davom etardi. Shu payt Abdulloh soatga qaradi va shom payti bo’lib qolibdiku, dedi. “Yaxshi bo’lishning qoidalaridan biri, namozlarni vaqtida o’qishdir. Chunki bu intizomli qilib berilgan qilinishi kerak bo’lgan ishlarimizdandir, shunga kettikmi?”, dedi Abdulloh. Abduhakim va uning o’g’li Saidali birgalikda namoz tomon qadam tashlayotgan edilar. Abduhakim esa, yillar davomidagi haqiqatni topganidan ko’ngli to’lgan va hayot davomida bu haqiqatni boshqa bir parchalarini ham anglab yetishi kerakligini bilib, qanaqadir umidning nurini ko’rgandaka edi.


Bo’yinga osilgan marhamat yoki lan’at

Abduqahhor 12 yoshda edi. U aptekaga dori sotib olishga kirgan edi. Aptekachi unga dorilarni hisoblab berdi. Hisobni eshitgan bola qo’lidagi pulga qaradi va pulim yetmas ekan, deya chiqib ketmoqchi bo’lib endi orqasiga o’girilaman degandi. Orqadan bir ovoz kelib qoldi. Mana men to’lavoraman shu bola uchun, agar bolani o’zi rozi bo’lsa. Bola nima qilishni ham, nima deyishni ham bilmadi. Shunchaki minnatdorchilik bildirdi. Dorini oldi va uyiga qaytdi. U bunaqa vaziyatga hali tushmagan edi. Qanaqadir bu harakatda, ya’ni begonaning u uchun pul to’lashga yordam berib yuborganida qandaydir yaxshi narsani ko’rdi.

Abduqahhor uyiga yetib keldi va xursand tarzda dorini buvisiga berdi. Buvisi nevarasining dori olib kelganini ko’rib ko’zlari chaqnab ketdi. Chunki anchadan beri bu yoshi bir joyga borib qolgan ayolning oyog’i bezovta qilar edi. Pensiyasidan ishlatay desa, nevarasiga va ro’zg’orga ishlatishi kerak. Nevarasi esa o’sha buvisi unga cho’ntak pul qilib bergan pullarni yig’ib, dori sotib olishni niyat qilibdi. Buvisi taxminan hisoblab ko’rdi va savol berdi, shu yig’ilgan pullar doriga yetdimi, deya. Abduqahhor yetmaganini, unga bir noma’lum bir kishi o’shancha pul qo’shvordi, deb rostini aytib berdi. Yana bu hodisaga hayron qolganini, shunaqa begona odam boshqa tanimagan odamiga shundayligicha yordam berishini ko’rib taajjublanganini aytdi. Buvisi esa jilmayib, unda u kishining nomiga duo qilib qo’yish kerak, dedi. Nevarasi, hop, deya javob berdi. Buvisi keyin yana so’z ochdi.

– Sen musobaqada g’olib chiqqaning esingdami, adashmasam o’tgan oy bo’luvdi – buvisi gapirdi va nevarasi ha, deb javob berdi – O’sha on esingdami, shohsupada turganingda g’oliblik medalini bo’yningga osib qo’yishgandi – nevarasi ha, deb javob berdi – chunki sen g’olib bo’lgan eding va taqdirlanishing kerak edi. Bo’yningga esa medal osishlari shu g’olib bo’lganing va taqdirlanishingni ko’rsatadi. Bugun shu senga pul qo’shib turgan odamning ham, seni ham bo’yningga medal osib qo’yildi. Ha, balki so’rarsan, men ko’rmadimu bu medalni yoki qani o’sha medal, deb. Ammo u medal bu dunyoda ko’rinmaydi. Uni faqat oxiratda hisoblashadi. Kimda qancha medal yig’ilganini. Oxirat nimaligini tushuntirib bergan edim-ku esingdami? Esingda bo’lsa yaxshi, demak gaplarimni tushunasan. Asosiysi seni bo’yningga va u kishini bo’yniga, ishonamanki, marhamat, rahm-shafqat, savob medali osildi. Zinxor va zinxor lan’at, g’azab, gunoh medallarini osishga, ostirishga harakat qilma. Bu yomon medallardan saqlanish uchun senga imkon har doim berilgan. Xuddi musobaqada o’z ixlosli harakating bilan, tayyorlanganing bilan yutgandaka, bu yerda ham ixlosni, tayyorlanishni boshqa tarafga yo’naltir. Va undanam asosiysi shuki, bu qaysidir odam tarafdan emas, Alloh tomondan osilgan medaldir. Iloji boricha, shunaqa champion bola bo’lib yurishga harakat qil – deya buvisi shirin jilmayib, gapini tugatdi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 | Следующая
  • 0 Оценок: 0

Правообладателям!

Это произведение, предположительно, находится в статусе 'public domain'. Если это не так и размещение материала нарушает чьи-либо права, то сообщите нам об этом.


Популярные книги за неделю


Рекомендации