Текст книги "Hikoyalar karvoni"
Автор книги: Sardor Kurbanov
Жанр: Современная русская литература, Современная проза
Возрастные ограничения: +12
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 5 (всего у книги 11 страниц)
Hidoyat shamoli
San’at institutdan qaytayotgan edi. U institutdan chiqishi bilan metroga tushadi va metro orqali uyiga yetib oladi. Qulog’ida quloqchin, quloqchinda esa u har xil podkastlar eshitadi. Bu safar ham u har doimgidek internetda podkast eshitib kelayotgan edi. Podkast mezboni bu safar islom dini bo’yicha bir olimni, ilm egasini mehmon sifatida chaqirgan edi. San’at metroning bir bekatidan boshqa bekatiga o’tadigan yo’lida yurishni yaxshi ko’rardi. Chunki shamol u yerda bir necha soniyalarga bo’lsa ham uning hamrohi bo’lardi.
U odatdagidek o’sha yerdan o’tib ketayotgan edi, ko’zini yumib yana shamolni his qilgisi keldi. Ko’zini yumdi va shamol sekin-asta uning bag’riga kirishni boshladi. Afsuski atrofda boshqa odamlar bor, aks holda u qo’llarini ikkita yon tarafga ko’tarib olgan bo’lar edi. Shamol esa bag’riga kirish bilan birga, uni yana quchoqlashga o’tar edi. Shu payt birdan podkastdagi mehmonning so’zlari uning qulog’ida yayradi. “Millat yashashi uchun Allohni tanishga majbur”. Aynan shu so’zlar jarangladi va go’yo o’chmaydigan iz qoldirdi. Bu so’zlarni quloq eshitmadi, yurak eshitdi. Bu so’zlar qalbni larzaga soldi. Bu so’zlar uni go’yo tepaga olib chiqdi. Uning his qilayotgan shamolining yoqimliligi yanada oshdi. Anchadan beri bunaqa yengillikni his qilmagan San’at, amalda har doim shunaqa yengillik bilan hayot kechirgandaka edi. U oldin faqat shamolni his qilar edi, hozir esa bir qanaqadir qutqaruvni his qildi. Xuddi u dengizda boshqa odamlar bilan suvni ustida va hammaga qutqaruv balonlari tashlangan, kimdir o’sha qutqaruv balonlarini ushlab olgan, kimdir esa qutqaruv balonlarini o’ziga yuk bo’ladi, deb erkin suzib yuribdi. San’at ham shu o’ziga tashlangan qutqaruv balonini ko’rib qoldi va tushunib yetdi, uning, ya’ni qutqaruv balonining muhimligini va qo’lini cho’zib ushlab oldi. Hozir manzara shunaqa ko’rinar edi ko’ziga. Ha, shamol u uchun oldin ham bor edi, lekin o’sha onlar hayotning kerak va muhim lavhasi bo’lmagan. Hozir esa muhim va kerak, chunki nurni ko’rdi. Nur esa o’chmas yog’du bo’lib turar edi. Podkastdagi bu so’zning aytilishi va shamolni esishi bir lahzalik on edi, biroq u abadiy hayotning xushhabari edi. Har xolda San’at uchun shunaqa tuyuldi.
Podkastda jaranglayotgan boshqa gaplar, shunchaki bir so’zlar bo’lib qulog’iga eshitilar edi. U yurushda davom etdi va o’ylayabdi. Metroga o’tirdi va o’ylayabdi. Uyiga yetib keldi va o’ylayabdi. Ovqatlanib bo’ldi va o’ylayabdi. Honasida bir o’zi o’tiribdi va hali hanus boyagi so’zlar haqida o’ylayotgan edi. Odamlar bu haqiqatni eshitganmikan o’zi? Darhol javob keldi va o’ziga-o’zi javobni so’zladi. Eshitishgani bilan, anglashmasa nima foyda, dedi. Men angladimmi buni? Shu savolni o’ziga berdi. O’ziga-o’zi javob berdi. Umid qilaman va Allohga hamd va shukronaliklar keltiraman, dedi va taxorat olishga kirishib ketdi.
Himoya
Kuz fasli edi. Farzona ertalab choylarni tayyorlab, ota-onasining stol atrofiga o’tirishiga hamma narsani chiroyli qilib qo’ygan edi. Buni ko’rgan otasi, har doimgidaka qizini maqtab qo’ydi, juda ishtahani ochadigan qilib dasturxon yoyishini.
– Adasi bu ishkal qizinggiz yana muommo chiqaribdi – Farzonani onasi eriga qarab gapirishni boshladi.
– Qizim bu safar nimadan kelib chiqdi muommo? – Farzonaning otasi so’radi. Farzona esa muloyimgina ko’zini yerga qarata gap boshladi.
– Dada o’zinggiz bilasiz, men bo’lar bo’lmasga gap chiqarmayman. Qarasam 2—3 ta qiz bitta oddiyroq, sal kiyinishi yaxshi bo’lmagan qizning ustida kulishyapti, keyin jahlim chiqib ketdi – dedi va yerga yana ko’zini qaratib – majbur bo’ldim borib adabini berishga.
– Qiz bolaga yarashadimi borib urushish? – deb onasi achchiq bilan gapirdi.
– Oyi, u tovuq miyalar bilan urushish shartmas, shunchaki bitta-ikkita mot qiladigan gap yetadi – Farzona onasiga qarab gapirdi.
– Qizim onangga gap qaytarma – deb otasi sal jiddiy gapirdi.
– Kechirasiz – Farzona.
– Sen ham onasi pashshadan fil yasama, qizimiz Allohga shukr yaxshi tarbiya olgan. O’zini qaysi joyda qanaqa tutishni biladi – dadasi. Farzona yerga qarab o’tiribdi, ammo yuziga ozgina kulgu yugurgan edi.
– Hop dadasi – deb hotini ham muloyimgina javob berib qo’yaqoldi.
– Qizim – deya dadasi qiziga qarab gapirishni boshladi – adolatni himoya qilganing yaxshi. Allohning oliy adolati ham shunda, unga ya’ni, adolatga hamma sazovor. Agar Allohning adolatini himoya qilsang, senga ham uning adolati yetadi. Ammo adolat bilan yordamga yuzlanganimizda, shuni esdan chiqarmasligimiz kerakki, belgilangan chiziqdan oshmasligimiz kerak – dedi va kulib – chunarlimi? – deb so’radi.
Qizi tushunganini bildirdi va rahmat, deb qo’ydi. Buni ko’rgan onasi bir tarafdan tinchlandi, bir tarafdan hursand bo’ldi. Farzona esa adolatli hukm chiqarishga har doim intilish kerak, aks holda inson o’ziga-o’zi hiyonat qilishlaridan bir yo’li bo’lib qoladi bu, deya o’ylardi.
Farzona bir restoranda xizmat qilib yurardi. Ota-onasiga erkalik bilan gapirgan qiz yo’q edi. Hozir ayni daqiqa, intizomli, o’z me’yorida jiddiy va hushmuomala bir qiz yurgan edi. U kelayotgan baland ovozlarga boshini ko’tardi va orqasiga qaradi.
– E bor ko’zimga ko’rinma, yopishib olganichi buni – 25—30 yoshlar atrofidagi ayolning ovozi keldi.
– Opa, o’zinggiz aytdinggizku, agar ko’tarishga yordam bervorsam – bola sal jim bo’lib turdi, keyin uyalib gapirdi – xizmat haqqimni berishizni – bola 10 yoshlar atrofida edi, kiyimi eskirgan, o’zi ozg’in edi.
– E o’g’il bolamisan o’zi, mard bo’l. Ozgina ko’tarishvorganingni yuzimga solasan – deb ayol restoran ichidagi bo’sh joyga o’tirdi va ofitsiantni chaqirdi. Restoran xizmatchilaridan kimdir ketayotgan edi, Farzona o’zi borishini ishora qildi. Farzona u ayolning yoniga borganda, unga ko’z ham tashamasdan – mana bunaqalarni yo’qotinglar – dedi.
– Bolakay isming nima? – Farzona. Bola ozgina qo’rquvga tushib qoldi, hozir uni haydashlari mumkin, deb.
– Meni og’zimga qarash kerak birinchi oyim qiz – deya baqiroq ayol Farzonaga qarab.
– Qo’rqma, isming nima? – Farzona bolaga gapirdi, ayolga umuman e’tibor bermasdan.
– Toxir – bolakay yerga qarab.
– Tasodifni qara, meni ham dadamni ismlari Toxir – deya kulib qo’ydi – bu xola senga nima qildi?
– E xizmatkor, kim xola bo’ldi? – baqiroq ayol.
– Gapirur – Farzona sokinlikda, hushmuomala bilan.
– Onam pishiriqlar tayyorlab beradilar, men esa ularni uyimiz yaqinida sotaman – baqiroq ayolga nigohini qaratib – bu opa esa dugonalari bilan o’tib ketayotgan edilar. Ularga pishiriq taklif qilgandim, yo’q deb o’tib ketishdi. Keyin birozdan so’ng dugonalari bilan kulishib, qaytib keldilar va narsalarimni mana shu joygacha olib borishsang, pul beraman degan edilar. Alhamdullilah, ortiqcha pul ishlab olaman, deb hursand bo’lgandim va rozi bo’ldim. Dugonalari biroz vaqt o’tib kettilar. Bu yerga yaqinlashib qolgandan keyin pulim yo’q, deb turib oldilar. Shu.
– Chunarli – deb Farzona bolaga jilmayib qo’ydi va baqiroq ayolga yuzlandi, endi esa jiddiy tusga kirgan edi – Toxir sizga yordam beribdi, haqqini bering.
– E o’rningni bil axlat. Kim bilan gaplashyapsan, oddiy ofitsiant bo’lib turib. Boshlig’ingni chaqir o’zi bu yerga – baqiroq ayol.
– Bu yerni boshlig’i, meni dadam bo’ladilar. A siz esa, qizlari bilan gaplashyapsiz – Farzona.
– Nima? – baqiroq ayol.
– Eshitganiz. Bolani ustidan kulishga haqqinggiz yo’q edi va hozir ham yo’q. Boya bolakayga o’g’il bolamisan deyayotgan edinggiz. Siz ayol kishi bo’lish qo’linggizdan kelmayotgan ekan, mard o’g’il bola bo’lib beringchi, o’g’il bola bo’lishni bilarkansiz – Farzona jiddiylikda.
– E nimalar deyapsan o’zi? – baqiroq ayol.
– Oldinggizda ikkita yo’l bor. Bolaga haqqini berasiz va sizga bu yerda xizmat ko’rsatiladi. Agar haqqini bermasanggiz, qoranggizni o’chiring – Farzona qo’li bilan ko’chani ko’rsatdi.
– E ketamane, shaharda bittamas restoran – baqiroq ayol.
– Yaxshi yetvoling “E” li ayol – Farzona. Darxol hech nima bo’lmagandaka Toxirga jilmayib qaradi – Toxir qorning ochmi? – Toxir esa yerga qarab, jim turardi – Too-xirr – deb ismini cho’zib aytib, o’zini boshini o’ngga-chapga qimirlatgandan keyin, bola jilmayib qo’ydi.
– Pishiriqlarimni gamburgerchi akalaga tashlab kelgan edim, men boraqolay. Rahmat sizga opa – Toxir.
– Iya bunaqada, rahmatingni qabul qila olmayman. Birinchi restoranimizni ovqatini ta’tib ko’rasan, keyin o’ylab ko’raman – jilmayib gapirdi Farzona – kel, shu yerda o’tirib tur, hijolat torturma, o’tir. Nima ovqat yaxshi ko’rasan? Ovqat tanlamasliging yaxshi, unda hozir kelaman – ketdi va birozdan so’ng keldi – Bu seni yeyishing uchun. Bu esa onangga. Ololmayman dema, bunaqa so’zlarni qabul qilmayman. Oilasiga yordam beradigan shunaqa haqiqiy o’g’il bolani tarbiyalab bergan onaga bu kamlik qiladi. Keyin “Alhamdullilah” deb boshida shukronalik aytibsan. Shuning uchun Alloh seni rizqingni beryapdi. Buni qaytarib bo’lmaydi. Agar yana qorning och bo’lsa yoki nimadir kerak bo’lsa, shu yerga kelib Farzona opani qidirayotgan edim, desang meni topishga yordam berishadi – jilmayib gapni tugatdi.
– Rahmat sizga katta Farzona opa – Toxir ham jilmayib gapirdi. Toxir ketayotgan ekan, ko’nglidan shunaqa darajada iliq tuyg’ular o’tar ediki, negadir Farzona uchun kichkina bo’lgan, ammo Toxir uchun ulkan bo’lgan shu yaxshilikka bir kuni qo’lidan kelguncha yaxshilik bilan javob qaytarishni niyat qilgan edi.
Oradan bir-necha yillar o’tdi. Farzona ham yoshi ozgina kattalashib qolgan, ozgina bosiq bo’lgandir, lekin haligacha shu adolatparvar xulq-atvori bilan qolgandi. Qish fasli edi, qor yog’ib bo’lgan, biroq u hamma yerni oppoq qilib ko’rsatishi ketmagan edi. Sovuq biroq, o’z yo’lida mayin edi, unaqa darajada odamni qiynab qo’ymaydigan edi. Farzona yo’lda piyoda ketayotgan edi, ko’zi ko’chadagi katta stolsifat narsaga tushdi. U yerda esa bitta yoshi katta ayol tik oyoqda turgan edi va Farzonadan 5—6 yosh katta bo’lgan bir erkak kitob o’qib o’tirgan edi. Ular o’sha katta stol orqasida edi, Farzona esa oldi tarafidan bor. Ular tomon shahdam harakat bilan borar ekan, bir o’zini-o’zi tergab qo’ygandi, balki aralashmaslik kerakdir, deya. Ammo ichidan nimadir shu adolat tomon undayotgan edi.
– Kechirasiz, kitob o’qiganinggiz yaxshi, lekin yoshi kattalarga joy bersanggiz bo’lmaydimi? – Farzona. Yigit qizga nigohini ko’tardi va qorda qizarib turgan qizni ko’rib, sal jilmaydi.
– Siz ham kechirasiz, lekin birovni kitob o’qiyotganida bezovta qilish yaxshimi? – yigit.
– Qizim, hammasi joyida, gap shundaki … – yigitning sal buyog’ida turgan ayol.
– Assalomu aleykum xola, bunaqalarga muloyim bo’lmang. Yoshi kattalarni hurmat qilishni majburlab o’rgatish kerak – Farzona. Yigit esa jilmayib o’tirardi – qareng xola tirjayib o’tirishini yana.
– Qizim rahmat shunchalik qayg’urayotganinggizdan, lekin … – ayol muloyimgina tushuntiryotgandi, ammo yigit to’xtatishini iltimos qilib, gapirishga o’tdi.
– Uzr yaxshi qiz, jon deb turaman. Shu faqat yordam bera olmaysizmi? – yigit jilmayib.
– O’rnidan turishni qiyin joyi yo’q – Farzona. Yigit o’tirgan stulini Farzonaga qarata burdi va to’shalgan matoni olib tashladi. Orqada aravaning qo’l ushlagichlarini yopib turgan qishgi kiyimni ham olib tashladi. Nogironlar aravachasi ko’zga ko’rindi.
– Agar shu oyoqlarimni o’zlari turadigan qilsanggiz, unda farishtamga aylanardinggiz – yigit haligacha jilmayib gapirdi. Farzona hijolat bo’lib ketganida yerga qaradi.
– To’g’rilikcha shuni aytsanggiz bo’lardiku – Farzona birozdan keyin gapirishga majbur bo’ldi.
– Hech qisi yo’q – yigit haligacha jilmayib.
– Nima bo’lganda ham kechirim so’rayman – Farzona yerga qaragancha gapirdi, o’girildi va boshini eggan holda ketdi. Yigit esa orqasidan jilmayib qoldi.
– O’g’lim nima qilarding bechora qizni ustidan kulib – yigitning yonidagi ayol.
– Hafa bo’lmaydi bu qiz menimcha – yigit hali jilmayib.
– Lekin yomon hijolat qilding beg’ubor qizni – ayol hijolat bo’lib.
Bugun tashqarida sayr qilaylik deganinggiz bekorga emas ekan oyijon – yigit gapirib qo’ydi. Yigit, o’zi sovuq qotmayotgan edi, biroq hozir umuman qanaqadir issiqlikni his qildi. Qish unga unaqa chiroyli bo’lib ko’rinmas edi azaldan, lekin hozir qish yigit uchun eng chiroyli vaqtni ko’rsatayotgan edi.
Farzona esa hozir bo’lib o’tgan vaziyatdan o’zini hijolatli his qilar edi. Buyog’iga endi hamma adolatsiz, deb ko’ringan joyga burnini tiqishdan oldin, vaziyatni o’rganishi kerakligini anglab yetgan edi. Unda nogironning ustidan kulgandandaka tuyg’u bo’lib qolgan edi, lekin bunga qaramay o’zini chalg’itishga harakat qilar edi. Farzona uchun ustiga-ustak o’sha yigitni bu narsani yuragiga umuman olmagandaka harakati, jilmayishlari, aksincha go’yo Farzonaning ustidan kulganligi bor edi.
Bu voqeadan keyin bir necha kun o’tdi. Qorlar ham erib, ko’chalar suvlar va loylarga to’layotgan edi. Farzona talaba hisoblangan oliygohda talabalar darslarni sabab qilib, u yerdan bu yerga yugurib yurishgan edi. Kimdirlar esa tanaffusda, kimdirlar ovqatlanishda edi. Farzona uchratgan nogironlar aravachasidagi yigit ham o’sha oliygoh yonidagi kafeda bir chetda odamlarni kuzatib o’tirar edi. Yigitning ko’ziga Farzona ko’rindi, uni ko’rishi bilan o’zi uchun begona bo’lgan, ammo nimagadir yaqin bo’lgan bu qizni ham shu yerda o’qishini anglab yetdi. Farzona dugonalari bilan tushlik qilish uchun shu kafega kelayotgan edi. Farzonaga dugonalaridan biri unga bir yigit ko’zini uzmasdan qarab turganini aytdi. Farzona qarasa o’sha o’tgan safardagi nogironlar aravachasidagi yigit ekan. Farzona hijolat bo’lganidan borib yana uzr so’rashini bildirdi. Yigit ham, jilmayib ayb o’zidaligini, uzr so’rashini aytdi, shu yerda o’qiydimi, deb so’radi. Shu payt Farzonaning dugonalaridan bittasi kelgandi va boshqa tarafdan nogiron aravachasidagi yigitning yoniga ham kafeni fartukini taqib olgan bir bola kelib gapirdi. Farruh aka, uzr bezovta qildim, sizni 3-fillialdan so’rashayotgan ekan, dedi fartukli bola. Nogiron aravachasidagi Farruh esa, tushunganini va Farzonaga qarab ajoyib mehmon ekanliklarini va yaxshi ovqatlanishlarini tilab, u yerni tark etdi.
Oradan yana bir necha kun o’tdi. Farzona o’sha kafeda dugonalari bilan ovqatlanib o’tirar edi. Farruh kirib kelganini Farzonaning dugonalaridan bittasi ko’rdi va Farzonaga habar berdi. Bu habardan keyin ham Farzona hohlar-hohlamas zimdan kuzatishga tushdi. Farruh atrofga qaramadi va nogironlik aravasida to’g’ridan-to’g’ri bir ishchisining oldiga bordi.
– Nima bo’ldi Aziz? – deb so’radi Farruh.
– Men aytaman nima bo’lganini – deb ikkita turgan yigit (mijoz) dan bittasi gapni boshladi.
– Hop eshitaman aka – Farruh.
– Sizlarda xizmat ko’rsatish no’l, xizmatchilar mijozlarga gap qaytarsa, yovvoyi kuchukday tishlarini ko’rsatsa – ikkinchi qo’pol yigit.
– Aziz nima bo’ldi? – Farruh ishchisiga qarab yana so’radi.
– Farruh aka, ularga xizmat qilayotganimda sizning g’iybatinggizni qilib o’tirishgan ekan, so’zlariga chiday olmadim va iltimos qildim unaqa demasliklarini, ammo bular to’xtashmadi. Sal jiddiy qilib iltimos qildim. Baribir bo’lmadi – Aziz gapirishdan to’xtadi.
– Farruh Azimovich, ular rostan ham sizni haqorat qilishayotgan edi. Kechirasiz ammo, ular siz haqinggizda aravachali yigit bu yerni boshlig’i, aravasidan qanaqa qilib hojatga chiqar ekana yoki boshqa shunga o’xshagan gaplarni aytishardi, yana Azizni yuziga musht tushurishdi – boshqa xizmatchi. Farruh Azizning yuziga e’tibor qilib qaradi va qizargan joyni ko’rdi. Kafeda mijozlar juda ham ko’pmas edi, ammo ko’pchilik bunga e’tibor bermas edi, sal chetroqda bu masala hal bo’layotganiga. Farzona esa bularni diqqat qo’yib eshitib o’tirgan edi. Bu ikki mijozning ishlari uning ham jahlini chiqarayotgan edi.
– Akalar, ishchilarim uchun men uzr so’rayman. Men haqimda qiziqsanggiz, o’zimiz bir piyola choy ustida bir-birimizni bilib olardik – Farruh sal kulish ohanggida.
– Shunaqa bo’sin – qo’pol yigitlardan bittasi.
– Ammo, sizlar ham ishchimdan uzr so’rashinggiz kerak, unga musht tushirganingiz uchun – Farruh – adolat o’z-o’zidan bo’lib qolmaydi, buni hammamiz tushunib yetishimiz kerak.
– Yana nimani hohlaysan aravakash, kimligimni bilasanmi, kimni farzandi ekanimni bilasanmi? – boshqa qo’pol yigit.
– Tushunarli – Farruh jiddiy ohangda. Farruh qo’liga telefonni olib, qo’ng’iroq qildi va bir daqiqa ichida militsiya hodimi keldi.
– Assalomu aleykum Samandar aka, uzr sizlarni ham shoshilinch tarzda bezovta qildim – Farruh.
– Farruhjon unaqa demang, bekorga o’xshamayapdi – militsiya hodimi – Xo’sh nima bo’ldi?
– Mana bezorilar – Farruh.
– Tushunarli – militsiya hodimi kulib – qani yigitlar ketdik unda. Ijozat bersanggiz, boshqa guvoh va kameralarda yozilgan videolarni ham olsak yaxshi bo’lardi.
– Albatta, sizlarni ortinggizdan yarim soatdan keyin ishchim olib boradi – Farruh – Rahmat sizga.
– Bo’ldi, kutaman – militsiya hodimi – keyin odamni hijolat qilmang, ishimiz, vazifamiz.
– Qo’yvor, kimligimni bilasanmi? – qo’pol yigit.
– Ex, militsiya hodimiga qo’pollikmi, yigitcha qimmat vaqtga tushyapsan. Kim bo’lsang ham, qancha puling bo’lsa ham, o’zingga battar chog’ qazimaslikni maslahat beraman – militsiya hodimi.
– Hoy aravakash boshqa birovlarsiz gaplashamiz hali, shoshmay tur – ikkinchi qo’pol yigit kafedan chiqib ketayotganda.
– Ancha kutishingga to’g’ri keladi yigitcha, qani endi kamgap bo’lamiz – militsiya hodimi gapirdi va mayda qarshiliklarga qaramasdan yonida boshqa hodim bilan ikkita qo’pol yigitni olib chiqib ketdi.
Farruh ichkariga kirib ketdi. Farzonani dugonalari suhbat boshlashdi va dugonalaridan biri bu ikkita bezorini tanishini, ular tarbiyasi unaqa darajada yaxshimasligini ham aytib o’tdi. Darsda hohlagancha o’tirishlarini, o’qituvchilar ham ozgina qo’rqib turishini aytdi. Yana bu ikkita bezori unga qarshi chiqqan bir boshqa yigitni guruhlashib do’ppostlaganini, do’ppostlangan yigit esa bir haftadan beri kasalxonada yotganini, bu voqeadan so’ng esa ikkita bezori hech jazo olmaganini, sal kam hech kim buni bilmasligini aytdi. Farzona darxol buni aytish kerakligini aytdi, lekin qizlar agar shunaqa qiladigan bo’lsa bu ikkita bezorini qo’li ularga ham yetishini aytdi. Farzona Farruhning, adolat o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmaydi, degan gapini dugonalariga ham aytdi va o’rnidan turib ketdi.
Oradan bir hafta o’tdi. O’sha kafeda Farzona dugonalari bilan yana ovqatlanib o’tirishgan edi. Birdan ularning yoniga dugonalaridan boshqasi kelib, yangilikni eshitdilarmi yo’qmi, haligi ikkita bezorini qamashganini, ularning boshqa o’g’irlik va odamlarni o’ldirib qo’yishgacha, lekin o’lmagan, biroq jiddiy hisoblangan ancha jinoyatlari ochilganini aytdi. Qanday qilib bilib qolishibdi boshqa jinoyatlar haqida, deb bitta qiz so’radi. Habarni olib kelgan qiz, kimdir bularning bitta jinoyatini aytibdi, shundan keyin qolganlari ham chiqib kelibdi, dedi. U yerda o’tirgan boshqa qizlar ham gapirishga tushib ketishdi, bitta Farzona jim o’tirardi. Birdan hammasi Farzonaga qaradi va o’tgan hafta turib ketgandan keyin, haligi voqeani eshitgandan keyin nima qilganini so’rashdi. Farzona borib militsiya hodimiga aytib berganini, aytdi. Qo’rqmaysanmi, seni izlab kelsachi degan savollarga shunchaki, qo’rqadiganim Alloh, undan keyin ota-onam, adolatli ish qilganingdan keyin qo’rquv bo’lmaydi, deya javob berdi. Qizlarni orqasidan Farruh Farzonani chaqirib qoldi. Farzonada holi gapi borligini aytgan edi, qizlar ularni yolg’iz qoldirishdi.
– Yaxshimisiz? – Farruh.
– Ha, rahmat. O’zinggizchi? – Farzona.
– Alhamdullilah yaxshi. Militsiya hodimlaridan kelgan ma’lumotlarga qaraganda, haligi yigitlarning ancha vaqtga qamalishiga sababchi bo’libsiz, shu gap rostmi? – Farruh.
– Iltimos, siz ham faqat nimaga bunaqa qilding, deb savol bermang – Farzona.
– Yo’q, aksincha. Meni sizga bo’lgan hurmatim bundan keyin oshdi. Adolatni himoya qilganni hurmat qilaman – Farruh.
– Shu gapda sizga qo’shilaman – Farzona.
– O’zi siz bilan shu adolatga o’tkir hissiyotimiz borligi bilan o’xshab ketarkanmiz – deb kulib qo’ydi Farruh – lekin men haliyam kutyapman, oyog’imga turg’izib qo’yishinggizni – deb yana hazillashib qo’ydi.
– Esimga solmang iltimos – deya Farzona ham hijolat bo’lib jilmayib qo’ydi.
– Haligi, yana bitta masalada sizni bezovta qilmoqchi edim – Farruh.
– Qanaqa – Farzona.
– Uyinggizga sovchi jo’natmoqchi edim, shunga nima deysiz – Farruh hotirjam ohangda.
Farzona nima deyishni bilmay qoldi. Yuzi qizarib ketdi va nimadir deyishi kerakligini bilib turardi. Oxiri bor kuchini yig’di va buni men hal qilmayman, dedi va yerga qarab yaxshi qoling, deb ketdi.
Farzonalarning uyida ikki kundan keyin majlis bo’layotgan edi. Farzonaning onasi bu yigitga qizini berishga qarshi edi, otasi esa qizini chaqirishini aytdi va qizi bilan suhbat qurdi. Farzona esa u bilan faqat tasodifan ikki marta gaplashib qolganini, adolatga qattiq turadigan odamga o’xshatganini aytdi. Bundan Farzonaning onasini yana jahli chiqdi, nahotki shu nogironga turmushga chiqishga rozisan, deya. Yana halokatga uchraganmish, faqat oyoqlari ishlashdan to’xtaganmish, deb qo’shimcha qilib qo’ydi. Farzonaning dadasini ham jahli chiqdi va hotiniga Allohning bir bandasini yerga urmasligini, haddidan oshayotganini gapirgan edi, hotini jim bo’lib qoldi. Farzonaning otasi qiziga qarab, yashaydigan sensan, agar yaxshi inson bo’lsa, bunaqa ustki kamchiliklarga qaramaslik kerak, o’zi ham qarshi chiqmasligini va bu yigit ham yaxshi yigitga o’xshayotganini, qizi nima tanlov qilsa ham, tanlovi adolatli bo’lishiga ishonishini aytdi.
Farruh va Farzonani to’yi bo’lib o’tdi. Oradan bir necha yil o’tdi. Farzona va Farruh jamoat bog’ida hursandchilikda sayr qilib yurishibdi. Farzonaning homiladorligidan qorni chiqqani ko’rinib qolgan. Farruh esa yonida nogironlik aravada yurib borar edi.
– Ismini men ham tanlashga yordam beraman-ku to’g’rimi? – Farzona jilmayib.
– Yo’q, sen faqat tug’ishda yordam berasan, qolganini o’zimiz qilamiz, rahmat – deb Farruh kulib ataylabdan achchig’ini chiqarib gapirdi.
– Biluvdim o’zi, o’zinggizni insofli ko’rsatganinggiz bilan, asli unaqamassiz – Farzona hazilni davom ettirib kulib.
– Yo’q shoshmay tur, hali yana ancha insofli qilib ko’rsatishim kerak o’zimni – Farruh kulib.
– Malol kelmasa, savolga javob bering, qachongacha ekan? – Farzona.
– Ilojim yo’q endi, umrimning oxirigacha – deya kulib javob berdi Farruh.
Farzona endi nimadir demoqchi edi, uni gapini notanish bir ovoz bo’ldi.
– E qaranglar, kimlarni ko’ryapmiz – deb kimdir gapirdi. Farzona va Farruh boshini ko’tarib to’g’riga qarashdi.
– Ha, axir bu bizning qahramonimizku, qahramoncha laqabi aravakash – ikkinchi ovoz – Aravakash bugun, omadli kunimiz ekan. O’zi boshqa odamni qidirib yuruvdik, lekin sen yo’limizdan chiqib qolding.
– Ha, hozircha sen bilan kifoyalanib tursak ham bo’ladi – sekin Farruh va Farzonani oldiga yaqinlashishdi. Farruh ham, Farzona ham bular o’sha qamalib ketgan ikkita bezorligini tushunib yetishdi.
– Bilasanmi nimaga aravakash? Chunki sen ham qahramonlik qilgansan o’shanda kafeda.
– Yigitlar hamma muommoni gaplashib hal qilsa bo’ladi, kelinglar gaplashib hal qilamiz – ehtiyotkorona gapirdi Farruh.
– A biz esa allaqachon unaqa hal qilishdan o’tdik – bezorilardan bittasi.
– Biz endi mana shunaqa hal qilamiz – deb bittasi yaqinlashganda Farruhning nogironlik aravasini tepdi.
– Aqldan ozganmisizlar, ahmoqlar – deya Farzona Farruhni nogironlik aravasini ushlab baqirvordi.
– Joning shirin bo’lsa, aralashma – deb boshqasi po’psa qildi va nigohida nimadirni eslagandaka bir muddat o’yladi va gapirdi – e buni qara, g’arb kinolarida gapirishgandek, bugun bingoyu – deb hursand bo’lib gapirdi bezori – tanidingmi o’rtoq – ikkinchisi ham sinchiklab qaradi.
– O’zlariyu, boya bittasini qidirib yurgan edik degandimu, o’sha sen eding qahramon qiz – deb ikkinchisi hursand bo’lib gapirdi.
– Ha, orqavarotdan eshitishimizcha sen qizni deb, bizni ancha vaqtga qamashgan, qahramonlar oila qurishibdida, afsus bugun ular ajralishadi – deb cho’ntagidan pichoqni dastasini ko’rsatdi.
– Yigitlar hotinimni aloqasi yo’q, uni qo’yib yuboringlar. O’zimiz erkakchasiga hal qilamiz – Farruhni ozgina qo’rquv bosgan edi. O’zi uchunmas, hotini va bo’lajak farzandi uchun.
– Sen? Erkakchasiga? O’zing yurish sifatida tayanch qilib aravani ishlatsang – deb musht aralash qilib Farruhning yuziga, tanasiga musht qilib urishni boshladi.
Farzona tegma, deya ko’zda yoshi bilan baqirib aralashmoqchi edi, bezorilardan boshqasi ham pichoqni ko’rsatdi va Farzonaning qorniga ishora qildi o’sha pichoq bilan. Farruh ham, garchi kaltak yeyayotgan bo’lsa ham, Farzonaga yaqinlashmaslikni, bu yerdan ketishini aytdi. Farruhni urayotgan bezori esa, qahramonliklaring qani endi, a, aravakash, deya go’yo rohat olayotgandaka urishda davom etardi.
Shunda bir noma’lum yigit kelib, u bezorini, ya’ni Farruhni urayotganni yuziga musht tushirdi. Bu musht bezori uchun og’irlik qilgan edi, hushidan ketib, yerga quladi. Keyin Farzonaga po’psa qilayotgan bezorini oldiga borayotgan, bezori unga pichoqni ko’rsatmoqchi bo’lsa, notanish yigit baribir hech nimadan qo’rqmagandaka oldiga bostirib boradi. Pichoqli hujumdan o’zini himoya qilib, bezoriga bir nechta musht tushiradi. Bezori o’zini yo’qotadi. Farruh va Farzona yengil nafas olishadi, lekin yordamga kelgan yigit uchun havotir olishayotgan edilar. Ikkinchi bezori ham hushiga kelib, birgalikda tashlanmoqchi bo’lishadi, ammo notanish yigit jang san’ati bo’yicha sportchiligi ko’rinib turardi va bu bezorilarga ikkita kelar edi. Notanish yigit, nigohlarida jahlni ko’rsatgan holda ularga tashlanadi va tayyorlangan jangchi bo’lgani hisobiga ikkita bezorini ham, musht bilan hushidan ketqizadi. Notanish yigit buni anglagach, orqasiga o’girildi Farruh va Farzonadan hammasi joyidami-yo’qmi so’raydi. Biroz ularga ko’zini uzmay qarab turib, keyin birdan jiddiylikdan, hursandchilikka o’tib gapirishni boshladi.
– Farruh aka, Farzona opa – deb ismlarni aytdi notanish yigit. Bir qancha so’zsiz qaradi va hursand bo’lib salom berdi, Farruh alik oldi.
– Uzr tanimadim, ammo ahvolinggiz yaxshimi, shikast yetmadimi sizga ham? Sizga katta rahmat – deb Farruh minnatdorchilik bildirdi.
– Kutilgan holat, yillar o’tdi – deb kulib javob berdi notanish yigit – Farzona opa bir kichkina bolani eslaysizmi, bir xotinni zaxar gaplaridan qutqarib, ovqatlantirgan edinggiz – deb kulib gapirdi. Farzona biroz esladi – ismim Toxir, esladinggizmi?
– Haa, esladim. Haligi “E” li zaxar hotin. O’sha kichkina bola senmisan? – deb me’yorida kulib javob qaytardi.
– Ha – deb kulib javob qaytardi Toxir – ikkalangizni ko’rib juda hursand bo’ldim.
– Toxir, uzr lekin meni qayerdan tanisiz? – Farruh hayron qolib so’radi.
– Hozir tushuntiraman – deb jilmayib javob berdi – Farzona opa siz meni ovqatlantirgan paytinggiz bor ediku, Allohga shukr aytibsan, Alloh esa shukr aytilgan bandasini och qoldirmaydi, debchi.
Fleshbek.
Magazin oldida kichkina Toxir pishiriqlar sotyapdi.
– Amaki pishiriqlar oling, hozir pishgan issiq – Toxir – xola pishiriqlar oling, bolalaringgizga yoqadi – ozgina o’tib, yosh bolalarcha jahli chiqib, qo’lidagi savatni yerga tashlab, uflandi va o’tirgan holda boshini tizzasini o’rtasiga qo’yib o’tirib oldi. Nogironlar aravasi yaqinlashdi va savatni yerdan oldi. Toxirning oldiga borib gapirishni boshladi.
– Uzr, lekin pishiriqlar nechi puldan? – nogironlar aravasida Farruh. Toxir boshini ko’tardi.
– Arzon, sizga qancha kerak – deb umid bilan so’radi Toxir.
– Ko’pmi hali ichida, ko’p bo’lsa shuni hammasini beraqol. Do’stlarim yo’ldan pishiriq olib kel, deb iltimos qilishgan edi, do’stlarim esa ko’pchilikni tashkil qiladi – deb jilmayib gapiryapdi Farruh.
– Hop bo’ladi – deb Toxir pishiriqlarni sotilishidan hursand bo’lib javob berdi.
– Alhamdulillah – deb qo’ydi Farruh ozgina jilmayib, pishiriqlarni tsellofan paketga solingan pishiriqlarni olgandan so’ng – senga ham rahmat. Toxir taajublandi.
– Aka, oddiy pishiriq sotib olyapsizku – Toxir.
– Harakat qildim va Allohning bergan nasibasi menga yetib keldi, shunga Alhamdullilah, sen esa sababchisan shuni yetib kelishiga, shunga senga ham rahmat – deb jilmayib qo’ydi. Toxir bu gapdan jim bo’lib qoldi – mayli, ishingga omad – deb jilmayib hayrlashib ketdi. Biroz o’tib Toxirni ko’zidan yosh chiqdi. Toxirning ko’zidan yosh chiqishining sababi esa, nogironlar aravasidagi odam, yurishni, yugurishni bilmaydigan odam, shunchalik darajada Allohga shukronalik keltirib, bir bolakayni esa hurmat qilayotgani edi. Toxirchi, Toxir yosh boladir, lekin harakatni kuchli qilmayotgan edi.
Fleshbek tugadi.
Yana o’sha Toxir, Farruh va Farzona turgan joy.
– O’sha payt kichkinaligimda, shu kuni sizdan o’rganganim Allohga shukronalik qilish va erkak kishi qanaqa vaziyatda bo’lsa ham harakat qilishidir. Men iloji boricha pul ishlashga harakat qilardim. Bir kun bitta ayol ko’tarishsang pul beraman, deya gapirgan edi, shunda Farzona opa bilan tanishib qolgandim. Farzona opa bilan bo’lgan suhbat ham menga yana yaxshi tuyg’ularni bergan edi. Shundan keyin men yanada ko’proq harakat qila boshladim. O’g’il bolaga o’xshash kerak, deya kuch boricha pul ishlashga, o’z ustimda ishlashga harakat qildim. Shunga sizlarni uchratganimga ham Alhamdullilah va sizlarning ikkalanggizga ham rahmat.
Ikki kechirish va ikki kechish orasi
Javohir maktabning 7-sinfida o’qir edi. Darslarini esa qoldirmasdan qilar, hamma bahosini a’lo baho qilishga intilishi juda katta edi. Maktabga bordi, fanlarni o’zlashtirdi va uyga qaytdi va yana darslarga o’tirdi. Sal kam Javohirning har kuni shunaqa o’tar edi.
Kunlardan bir kuni vaziyat shuni taqozo qilib, Javohir yaxshilab tayyorlana olishiga ulgurmagan fanidan a’lo baho ololmadi, o’qituvchisi unga o’rtacha baho qo’ydi. Buni tushunib yetgan Javohir mahzun bo’ldi va o’z partasiga borib o’tirdi va tushkun holatga tushdi. Go’yoki muhim bo’lgan darajaga yetisha olmagandan, keyin darajasi tushib ketdi. Go’yoki narvondan tepaga chiqishi kerak edi, ammo narvonning bir pog’onasi yo’q bo’lib qoldi, keying pog’onaga o’tish uchun o’sha pog’ona kerak edi. Go’yoki uning uchayotgan qanoti tirnaldi. Uning bu tushkun holatini ko’rgan o’qituvchi, rahm qilib, yoniga chaqirib, a’lo bahoni qo’yib berdi. Bundan so’ng Javohir beihtiyor hursand bo’lib ketdi. O’qituvchi uchun ham bu manzara yoqimli bo’ldi va Javohir shod holida joyiga borib o’tirdi. Joyiga borib o’tirgandan so’ng, birinchi o’ylandi, nega baho uchun bunaqa tirishdi, qachondan beri baho u uchun muhim yutuq hisoblanib qolgan, nega birdan a’lo baho olmagan paytda, u a’lo bahoning kerakligi, muhimligini tushunib qoldi? Shu payt u bobosining ancha oldin unga aytilgan gapini esladi. “Bolam, bu dunyo ham maktab, bu dunyoda vazifalarni yaxshi bajarib a’lo baho yoki yomon bajarib yomon baho olasan. Alloh buyurib qo’ygan narsalarni o’z vaqtida bajarib yursang a’lo baholarga erishishing mumkin, faqat ixlos bilan bajarsang”. Javohir hozir esladi, bobosi bu gaplarni unga endi 5-sinfga o’tganida aytganini. Shundan beri bu gap maktabda o’qishiga ta’sir qilgan ekan va hayotida bu gapni qo’llamayotganini esladi. Chunki buning isboti, bir hafta oldin, bitta o’qituvchisini unga qarab baqirishiga sababchi bo’lgan edi.
Правообладателям!
Это произведение, предположительно, находится в статусе 'public domain'. Если это не так и размещение материала нарушает чьи-либо права, то сообщите нам об этом.