Текст книги "Hikoyalar karvoni"
Автор книги: Sardor Kurbanov
Жанр: Современная русская литература, Современная проза
Возрастные ограничения: +12
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 7 (всего у книги 11 страниц)
Kelajak, tushda
Yorqin ko’zini ochsa, qanaqadir o’zi yurar eskalatorda turgan ekan. Ongsiz holda oyoqlarini qimirlatib yurmoqchi bo’libdi, lekin oyoqlari mahkamlangan edi. Yaxshilab qarasa, oyoqlari eskalatorga mahkamlangan oyoq kiyim ichida ekan. Oyoqlarini chiqarmoqchi bo’lsa, buning iloji yo’q ekan. Bu mahkamlangan oyoq kiyim temirdan yasalgan edi va uning yechilishi iplardan emas edi. Kuch qancha ishlatmasin, baribir yechilmas edi. Yorqin taslim bo’lishga qaror qildi va shu ahvolda ketishda davom etdi. Eskalator esa o’zidan o’zi yurishda davom etardi. Uzoqdan bir nuqta ko’ringandi, lekin Yorqin bu nuqtagacha shuncha yurgandan keyin ham, yetib bormadi. Yorqin atrofni kuzatar, atrof esa o’z o’rnida har xil ko’rinishga ega bo’lar edi. Bir qarasa chiroyli makonlar kelardi, bir qarasa quruq cho’llar kelardi. Boshida chiroyli makonlardan ham zavq bilan o’tgan edi, biroq birozdan keyin u bundan ham zerikib boshladi. Nuqta sekin-sekin kattalashar, biroq hali ham uzoq tuyulayotgandaka ko’rinar edi. Yorqin atrofni kuzatishdan bosh tortgan edi. Bir qarasa o’tirar, bir qarasa escalator devoriga suyanib o’tirar, bir qarasa yotar edi. Kichkina bo’lgan nuqta tobora kattalashishda davom etar edi. Bunga e’tibor bermagan Yorqin esa e’tibor bermaslikda davom etar edi.
Yana keyin vaqt o’tgandan keyin kattalashayotgan nuqta, allaqachon bir ulkan tog’ ko’rinishida edi. Yorqin unga qaradi va ko’zlari chiqib ketdi. Tog’da esa katta qilib yozib qo’yilgan yozuv turgandi. “O’lim”, degan yozuv turardi. Aynan shu yozuv uni havotirlanishga majburladi. Endi Yorqin qancha chiranmasin, oyog’ini yechishga natija oldindaka bo’lar edi. Eskalator ozgina yurgandan keyin yo’l ikkiga bo’linganligi ko’rindi. Yorqin esa bu yo’llarni havotir ila kuzatar edi. Uni ichini go’yo tirnagandaka edi. Faqat kim tirnagan yoki nima tirnagan? Asosiy savol shu edi. Yana birozdan so’ng esa yo’llarning nomi ko’rinar edi, bittasida “Jannat”, bittasida esa “Do’zox”, deb yozilgan edi. Yorqinning ichini tirnayotgan narsa endi shunchaki tirnash bilan ovora emas edi, endi bu narsa uning ichini yemirish bilan ovora edi. Havotir bilan Yorqin ko’zini jannat taraf qaratar edi, lekin qo’rquvi do’zox tomon chalg’itar edi. Yo’llar ajraladigan onga kelganda, esa Yorqinni diqqati kuchaydi.
Yorqin ketayotgan eskalatorning bo’lagi jannat emas, do’zox tomon burildi. Buni ko’zda yoshlari bilan kutib olgan Yorqin ilojsizligini bilar edi. Do’zox tomon yurayotgan eskalatorda birdan mo’jizaviy ahvolda Yorqin tushunib yetdi, eskalatorda yurishda nima xatoga yo’l qo’yganini. U tushunib yetdiki, jannat tomon harakat qilmadi, jannatdan umid qilmadi, undan oldin esa eskalatordaligida umuman eskalatorga ahamiyat bermadi, jarayonga puch qaradi, eskalator va jarayonni qadriga yetmadi va yana boshqa va boshqa sabablar. Qandaydir bir mo’jizaviy ahvolda buni tushunib yetdi, biroq endi kech edi. Do’zox yozuviga yaqinlashgan sari Yorqinning qo’rquvi kuchayar edi. Yorqin yaqinlashgan sari qanaqadir bir sassiq hid uning burniga urila boshladi, yaqinlashgan sari qanaqadir baqir-chaqirlar eshitilar edi. Bu narsalar esa Yorqinda qo’rquvni yanada kuchaytirishga xizmat qilar edi.
Yorqin yaqinlashgan sari bunga chiday olmadi va xushidan ketdi. U birdan sovuq teri bilan baqirib uyg’onib ketdi. Qarasa o’z o’rnida o’tiribdi, tushunib yetdiki bu tush edi, ammo undan orttirilgan qo’rquv haligacha Yorqinni tark etmagan edi. Qo’llari qaltirashda davom etar edi. Bir qancha vaqt shunaqa o’tirgan Yorqin nima qilishni bilmas edi. Uning ko’ziga uyqu ham kelmas edi. Soatga qarasa hali tungi 5:08. Yorqin o’zi bilmagan holda bu tushining chorasini qidirar edi. Uzoqdan bir tovush eshitila boshlandi. Yaxshilab e’tibor berib tinglasa bu azon edi. Bunaqa qo’rqinchli tushdan keyin, har doim eshitib odatlangan azoni, negadir aynan hozir boshqacha mayin eshitilayotgan edi. Birdan tushidagi tushunib yetgan xatolar va yechimga esiga tushdi. Yorqin bularning hammasi bekorgamasligini tushunib yetgandi. Nima-nima, lekin voqealar ketma-ketligi unga ko’zingni och deyayotgandaka edi. U buni tushunib yetayotganini o’zi bir Alloh tarafdan bir marhamat edi go’yo. Chunki shu paytgacha u bunaqa narsalar haqida bir daqiqa ham o’ylamagan edi. Agar davomiy nimadir jarayonda yursa, o’sha jarayonning davomi ham yangilik bo’lmas edi. Ammo u boshqa jarayonda yashab, keyin to’satdan bunaqa jarayon bo’lsa, demak bu bekorga emas, demak mantiq o’z mantiqini ko’rsatganda uni ko’ra olish kerak. Yorqin bu haqiqatlarni tushunib yetganda, haligi teparoqda tushunib yetgani bo’lgan “go’yo Alloh tarafdan bir marhamat” o’z o’rnini, “bu aniq Allohning marhamati va shunisiga shukr va yana nimadir boshlamoqchi bo’lsang, keyinga qoldirma, hozirdan boshla”, degan gapga bo’shatib berdi. Yorqin o’z o’rnidan turdi va taxorat qilishga niyat qilib, kirishib ketdi.
Kitob muhlisi
Ko’chada, hovli yonida 23 yoshdagi bir yigit kitob o’qib o’tirardi. Uning yoniga ikkita bola keldi.
– Azamat kitob o’qib olim bo’larmiding? – dedi bittasi. Azamat orqasiga o’girilib qaradi va sizlarmisizlar deb qo’ydi.
– Undan ko’ra ko’chaga chiqib bir-ikki so’m pul ishla – boshqasi.
– Allohga shukr ishga borib kelyapman, oylik olyapman, oyligim yetyabdi. Bo’sh vaqtimni esa bekorga ketqizgim kelmayapti. Shu holos – Azamat.
O’sha yerni o’zida ikkita yigitdan bittasi qo’liga telefonini oldi va ikkinchisiga ko’rsatdi.
– Buni qara, buni qara, haha – bittasi. Ular qanaqadir videoni ko’rish bilan ovora edilar va kulishni boshladilar. Shu on Azamat ularni azgina kuzatdi va yana kitobni mutolaa qilishga tushib ketdi.
– Xullas, mayli yur. Biz choyxonaga ketyapmiz mahalladagilar bilan, chalg’ib kelasan. – boshqasi.
– O’tgan hafta bordikku birga. Bir oyga bitta yetadi menimcha – Azamat.
– Hozir bormaganing bilan nima qilasan, qachon qarama qo’lingda bitta kitob.
– Uzur, lekin adashasan. Hozir shayx hazratlarining kitoblarini o’qiyabman, o’tgan hafta esa yulduzli tunlar kitobini o’qib tugatdim – Azamat.
– Hop, hozir shu kitobni o’qib nimaga erishyapsan? – Azamat biroz o’ylanib turib javob berdi.
– Hozir bu kitobdan Allohni belgilab qo’ygan haqiqatlarini anglashda davom etyapman – Azamat. Ikkita yigitga bu gap ta’sir qilmadi, jim bo’lib qolishmadi va yana gapirishga tushib ketishdi. Ular hayrlashishdi va ketishdi. Azamat esa kitobni o’qishga tushib ketdi va shu holida o’tirardi.
Kompas
2019-yil. 23-mart.
Durdona tish shifokoriga kelib navbatda o’tirgan edi. Sal odamlardan chetroqda o’tirib oldi. Uning oldiga taxminan yoshi 35 lardagi ayol yonida 10 yoshlardagi qizcha bilan keldi, Durdonaning o’zi endigina 16-bahorini kutib olish arafasida edi. Yoshi katta ayol navbatni oxiri kimligini so’radi va Durdona ekanligini bilib, Durdonadan keyin ular bo’lishini aytdi va Durdonaning yoniga o’tirishdi.
– Oyi kecha buvam hayotda kompas bo’lishi kerakligi haqida tushuntirib bergan edilar, ammo uncha tushunmadim, shunda buvam, vaqti kelsa tushunib olasan Insha’Allah, dedilar. Men esa hozir tushunib yetgim kelyapdi – dedi qizcha.
– Biram shoshqaloqsan qizim – shu qizcha shoshqaloq emas, aksincha intiluvchanman, deya gapni bo’lib qo’shib qo’ydi – u narsani biz ham o’z vaqtida bilib olganmiz biroq. Bir tomondan buni hozirdan tushunishga harakat qilganing yaxshi, juda o’rinli bilim bo’ladi.
Shu payt hamshira Durdonaning navbati kelganini aytib qoldi. Hoh o’zi hohlamasa ham, notabiiy ravishda bu suhbatni tinglab qolgan Durdonaning hayoli shu kompas haqida ketdi. Tish shifokori uning tishini muolaja qilarkan, u o’ziga savol berardi qanaqa kompas kerak ekan, deya. Bu fikrlar bilan bir zumda muolaja ham tugadi. Shifokor ertaga yana kelishini, ozgina ish qolganini aytdi. Undan keyin haligi ona va qizchaning navbati edi. Ularni ko’rgan Durdonani qiziquvchanlik kemirar edi. Negadir shu vaqt ulardan so’rashga jur’at qilmadi. U ichkarida muolajada bo’lgan paytda qizchaning onasi unga nimalarni tushuntirib beribdi va qizcha nimalarni tushunibdi. Go’yo qizchaning onasi qiziga aytgan sifat, “shoshqaloqlik” unda bo’layotgandaka edi. Bugun Durdona uydan nimadir ma’nolarni topaman, deb chiqmagan edi, biroq bu hayotdagi kompas so’zlari uning hayolini olib qo’ydi. Oldin unaqa ma’no qidirib yurgan qiz ham emas edi. Onda-sonda o’ziga savol berardi faqat, shu qilayotgan narsalarim to’g’rimikan, deya. Oilada ham hammasi tinch, janjal bo’lmas edi. Do’stmi, o’qishmi yoki hayotning boshqa taraflarimi, hammasida tinchlik edi, lekin ba’zida shu narsalarda turg’unlik bormikan, deya o’ziga-o’zi savol berardi. Va mana bugun shu hayotdagi kompas so’zlaridan keyin, ozgina harakatga tushganday bo’ldi. O’zi tushuna olmay qoldi, nimaga bunaqa bo’layotganini. Lekin bitta narsaga ishonchi komil edi, bu so’z uning hayotidagi muhim narsalar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Xo’sh qayerdan bunaqa ishonch, deya o’ziga o’zi savol berardi. Savolga esa javob ololmasligini bilardi, toki shu kompas haqida bilib olmaguncha. Durdona shu hayollar bilan allaqachon uyiga kelib bo’lgan edi va hozir javobni izlab ona va qizchani izlash uchun kechligini bilardi. Ertaga muolajaga borganda so’rab olishni reja qildi, agar ular ham kelishsa.
Ertasi kuni muolajaga bormoqchi bo’ldi, ammo kutilmagan vaziyatlar sababli bora olmay qoldi. Durdona afsuslandi, uning ichini qayg’u to’ldirayotgan edi. Balki muolajaga borganda ular kelmasdi, chunki ularning kelishi yoki kelmasligi noaniq edi. Ammo goh o’zini, nima qilibdi bitta jumlaning ma’nosini tushunmasam, deya ovutar, goh esa o’sha jumlaning ma’nosini, bir insonni yoki narsani qumsagandaka qumsar edi.
Oradan shunaqa holatda bir qancha vaqt o’tdi. Durdona o’ziga kelib olgan edi, ya’ni hayotdagi kompas nimaligiga qiziqmay qo’ygan edi. U ishga joylashish uchun bolalar kiyim-kechagini sotadigan do’konga suhbatga borgan edi. O’zining tirishqoqligini bilintira olgan Durdona ishga joylashish imkoniga sazovor bo’ldi. U do’konning egasi ham bir ayol edi. Ayol eri bilan pul to’plab, shu do’konni ochishgan bo’ladi, eri asosiy ishida ishlayveradi, o’sha ayol esa do’konni boshqarar ekan. Bu ayol besh mahal namozni qoldirmaydigan bir muslima ayol ekan. Vaqt o’tdi, Durdona boshini hali sajdaga egmagan qiz edi, lekin u ham Allohning hidoyati bilan besh mahalni boshladi. Uning birinchi o’qigan namozi o’zi uchun juda ta’sirchan va esda qolarli bo’ldi. Xufton namozini umrida birinchi namoz qilib o’qigan Durdona buni esdan chiqara olmas edi. Buning sababini o’zi unchalik izlamadi. Yana bir oz vaqt o’tdi va Durdona hijobga ham kirdi. Kam vaqt ichida, ko’p o’zgarishlar bo’lib ketgan edi. Bu o’zgarishlar orqali Durdonaning singlisi va ukasi ham, bu o’zgarishlardan o’zlariga kerak va muhim bo’lgan narsalarni olishgan edi.
Oradan yana biroz vaqt o’tdi. Uydagi muhit albatta boshqacha bo’lganidan o’zgacha tarbiya topgan Durdona tushunib yetishda davom etardi. U tushungandan ko’ra, ko’proq anglab yetardi. Bir kun ishga boraverishda uning fikrlari aynan shu haqida ketdi. U o’ylardi, agar sahroga tushib qolganida, ma’lum bir xaritasi agar bo’lmasa, sahroda adashib o’lib qolgan bo’lardiku, dedi. Bu yashab turgab olami ham sahro ekanini va sahroda shuncha vaqt xaritasiz yashaganini anglab yetardi. Keyin birdan tish muolajasiga borgandagi holat esiga tushdi va kompas, degan so’z esiga tushdi. U hozir odamlarni orasida piyoda kelayotgan edi va birdan hech kim ko’rmagan cho’qqini ko’rgandaka uzoqqa termilib to’xtab qoldi. Odamlardan kimdir unga qarar edi, kimdir esa e’tibor bermasdan o’tib ketardi. U hozir o’zi ham bilardi, qisqa bir jumlalar yoki ozgina fikrlar bilan shu ozgina vaqt ichida anglab yetgan narsalarini birovga tushuntirsa ham birov tushunmasligini. Biroq hozir u uchun haqiqat ochiq edi, haqiqat uni quchoq ochib kutib turgandi. U boshqa muhit egasi bo’lsa ham, sahroning o’rtasidan kompas topib oldi va uni qanaqa ishlatishni bilib oldi. Allohning hidoyati, aynan shu narsa kompas edi. Bu kompas Durdonaga namoz manzilini ko’rsatdi, Qur’on manzilini yo’liga boshladi, Islomning go’zal bog’lariga boshladi.
2019-yil. 23-mart.
Durdona o’sha vaqt tish muolajasiga kirib ketganda, qizchaning onasi unga kompas haqida gapirib bergan edi.
– Bu qizalog’im kichkina uskuna, qaysiki uchiga magnitlangan ko’rsatkichga ega va o’sha ko’rsatkich shimolni ko’rsatadigan. U adashib qolganda yordam beradi. Shuning uchun hayotda biror bir vaziyatlarda ishlatishda kerak bo’ladigan narsa, deb aytganlar buvang – oyisi.
– Haa, endi tushundim. Siz aytgan so’zlar kechagi buvamning ba’zi so’zlari bilan o’xshash va endi tushungandayman. Buvam kecha shunchaki bo’linilgan tarzda gapirgandilar, menimcha shunga tushunmagandim – dedi qizcha.
Shunday qilib Durdonaning hidoyat yo’liga kirishi, shunaqa tarzda amalga oshgan edi. Albatta, hamma narsaga Allohning irodasidir.
Malikning algoritmi
Doston kompyuteri oldida o’tirar edi va kompyuter klaviaturasida so’zlarni terish bilan mashg’ul edi. Bu mashg’ul bo’lishining sababi esa, u o’z tajribasini o’zining internetdagi blogida bahamlashish maqsadi edi. U so’zlarni birinma-ketin kiritar ekan, har bitta so’z go’yo uning tubidan ohistalik bilan chiqar edi. U har bir so’zning ta’mini ta’tib ko’rgan edi va ma’nosini anglab yetgan edi. Kompyuterning ekranida esa shu so’zlar paydo bo’lishda davom etar edi.
“Mening ismim Doston va men “programmistman”. Ayti (IT), ya’ni kompyuter dasturchiligi borasida kichkinaligimdan ishlayman. Bu olam men uchun juda ajabtovur bo’lib ko’ringan edi. Menga unaqa ko’ringan payti esa men 7 yoshda edim va kompyuterni ko’rishim bilan qotib qolganman. Bu qotib qolishim sababi esa oddiy edi, inson zoti shunaqa narsani yaratishi men uchun yengib bo’lmas haqiqat edi (o’sha paytlarda). Shundan so’ng kompyuter yig’ish va sochishga tushib ketdim. Undan so’ng biroz o’tib esa, kompyuterda kodlashga o’tib ketdim. Bu kodlashning o’ziga hos ajoyib tortishuv kuchi bo’lardi. Bamisoli, pianina noyob ijodkori kabi buyuk kuylarni yaratish yoki boshqa buyuk kuylarni yanada mukammal ijro etish hisi bo’lardi menda. Har safar boshqattan klaviaturalarning oldida paydo bo’lishim bilan, o’zimga bo’lgan ishonchim ortib ketardi. Bu yaratuvchanlik, yangi narsani barpo qilish imkoni esa, menga kodlash insonga berilgan eng zo’r qobilyatlaridan biridek tuyulaverar edi. Shu juda berilib ketdim o’zimni kasbimga, bu sohaga qiziqmaganlar uchun bu zerikarli tuyulishi mumkin, shu uchun uzr so’rayman.
Yillar o’tdi va men ham ulg’aydim, 25 yoshga chiqqan edim. Bir kun bitta odam bilan suhbat qurib qoldim. Shunday qilib maqsadga o’ta qolay. Suhbat qurilishi esa shunchaki tasodif edi. Sovg’a uchun antikvar do’konga kirgan edim, U yerda narsalarni ko’rib chiqqan edim va shunda suhbat o’zidan o’zi qurilib ketdi. Bilasizku, nima narsa qidiryapsiz, yordam bera olamanmi yoki shunga o’xshash so’zlar bo’ladi. Bizning u kishi bilan suhbatimizga ham aynan shu so’zlar sababchi bo’lgan edi. Yoshlari mendan katta edi. Men o’sha do’kondagi ajoyib suratlardan bittasini naqadar go’zal chizilganini maqtab qo’ydim. U esa san’at bilan qiziqamanmi yoki yo’qmi, so’radi. Yuqorida yozganimdaka, o’zimni “programmist” va “kodlash” bo’yicha usta, deb tanishtirdim. U kishi esa mening sohamdagi so’zlardan gapirishni boshlagan edilar, men ham shoshib, siz ham shu sohada ishlaysizmi yoki ishlaganmisiz, deb quvonch ko’zlari yuzlangan edim. Natijada esa, u kishi shunchaki kitob o’qishni juda yaxshi ko’rar ekanlar. Biroz jim bo’lib qoldik. Shu payt tashqaridagi barglarning qimirlashiga ko’zim yugurib qoldi. Barglar qimirlashini ko’rib, nimagadir ko’zimni uzmay qolgan edim. Barglar esa shunchaki qimirlamayotgan edi. Ular go’yo raqs tushayotgan edi. Ha, ko’rib turganingizdaka men tabiatni yaxshi ko’radiganlardan edim. Agar tabiatni yaxshi ko’radigan bo’lmaganimda, bunaqa narsalarga e’tibor bermagan bo’lar edim, mantiqni o’zi shuni yuzaga chiqarib beradi. Uzr, baribir shu soham bo’yicha lug’at ishlatishga tushib ketaman. Xullas qilib aytgandan, shu yerda hayotning go’zalligini kuzatib turganimda, o’sha sotuvchi kishi ham mening bu ehtirosimni payqab, yonimga kelib, “rostanam juda go’zal dasturlashga o’xshaydi bizning tabiat”, deya jilmayib qo’ydi. Shu payt men qotib qoldim. U kishini dasturlash haqida gapirgani haqida eshitib emas edi bu. Shunchaki, men hech qachon bizning tabiatimiz dasturlangani haqida o’ylab ko’rmagan ekanman. Ha, hayotni mo’jiza ekanini his qilardim, balki, biroq undan ortig’iga o’tmagan ekanman. Shunda men savol berdim, u kishi javob berdi, men yana savol berdim va javob oldim. Hoh ishoning, hoh ishonmang bu yozuvlarni o’qiyotgan insonlar, lekin suhbatimiz 3 soatlargacha cho’zildi. Birorta mijoz ham kelmadi, hech nima chalg’itmadi, suhbat esa davom etdi. Suhbatning mazmunini gapirib beraman desam, bir kitob chiqishi mumkin. Ammo oxiri nima bilan tuganini gapirsam, mazmuni ham qanday ahvolda kechganini bilib olsanggiz bo’ladi. U kishi, “shu bargga qaytaylik, shu bargning ichida qanchadan-qancha atomlar borligini bilasizmi, bu kichkina atomlarning harakatlanish ketma-ketligini tartibga solish, kimning qo’lidan keladi, deb o’ylaysiz? Kim bu narsalarning boshlang’ich algoritmini ishlab chiqqan, deb o’ylaysiz? O’zingiz suhbat davomida aytganday, hayot mo’jiza va u Allohga tegishli. Siz ham kompyuter dasturchisisiz, agar siz ham algoritm ishlab chiqib, bir ijodni ishga tushirsangiz, bu sizga va boshqalarga foyda keltiradi, demak biz ham bir ijod bo’lib, Allohga xizmat qilishimiz kerak. Aks holda bizda yaratuvchanlik yoki vayronkorlik g’oyalari va erkinliklari bo’lmas edi”, dedi. Buni eshitib bolg’a bilan yerga qoqilgan mih kabi qotib qoldim. Tinimsiz ajoyib narsalarni yutayotgandaka edim. Boya ozgina teparoqda yengib bo’lmas haqiqatni tushunganday bo’lgandim, degan edim. Biroq shu paytgacha uni tushunmagan ekanman. O’sha yengib bo’lmas haqiqat boshqasi ekan, u haqiqat – Allohning haqiqati ekan. Alloh buyuk dasturchi ekan. Allohning algoritmi shunaqa mukammal darajada ishlangan ekan, u tizimda adashish yoki xatoliklar bo’lmas ekan. O’sha payt men anglab yetgan fikrlarni qancha qog’ozga tushirsa, shuncha tushishda davom etaveradi. Lekin sizlarga shu qisqa tarzda tushuntirdim, deb o’ylayman. Shu suhbatdan so’ng Alloh tomon intilishim, islom dinidagi shariatdan chetga chiqmagan holda, majburiyatlarimni bajarishga tushib ketdim. Hozir esa shu yerda nuqta qo’yishga majbur bo’laman va bu sizlar bilan bahamlashganim qiziq bo’lsa, keyingi sonlarida yana bahamlashishga harakat qilaman. Buning uchun esa shunchaki izohlarda fikringgizni qoldiring. E’tiboringiz va vaqtingiz uchun rahmat!!!”
Musulmonning bir Jumasi
Havo ochiq edi, bahor fasli kirib, yoz fasli esa hali o’z hujumini boshlamagan edi. Juma namoz vaqti yaqinlashyapdi. Odamlar qadam tashlashar va yo’nalishlarini kimdir o’zi intiqib kutgan masjid tomon, kimdir esa ish, o’quv dargohidan chiqqan holda o’zlariga yaqin masjid tomon bardam-baquvvat, serhimmat bilan qadam tashlashardi. Kimdirning chehrasida bir hafta intiqib kutilgan holat, kimdirning chehrasida uchrashuv uchun bo’lgan hursandchilik sokinligi, kimdirning chehrasida esa haftaning bir kuni bayram sifatida uning qalbida, dilida qabul qilinayotgan edi. Qur’onning kalimalari qorining og’zidan chiqib havoga tarqaladi. Havo esa bu ko’rinmas to’lqinlardan yanada ajoyib to’lqinga ega bo’lishi davom etmoqda. Ko’rinmas zarralarda buyuk bir Zotning kalimasi singib ketishi, atrofni, olamni o’z ichiga olishi aqlga sig’maydigan, ammo haqiqat narsa. Ko’chadagi odamlar, mashinalar shovqini bu qiroat orqali go’yo gumbazga o’xshab o’rab olingan joyga kira olmaydi. Odamlar masjidga o’ng oyoq bilan kirib, tilida va dilida “Bismilllah” deya kirishmoqda. Kimdir esa chap oyoqqa to’g’ri kelib qolgan holda ham, o’ng oyog’iga to’g’irlab keyin kirmoqda. Taxoratxonada esa odamlar galma-gal poklanish bilan ovora. Kimdir hayolida o’tqizyapdi, hozir ham ruhan, ham jismonan poklanaman “InshaAllah”, deb. Boshqa bir yoshi kichikroq yigit esa yoshi katta kimdirni birinchi taxorat qilishi uchun o’tqazib yubordi. Yana oyoqida nimadir muommasi bo’lgan, yurishda cho’loqlanib yurgan bu bola, o’zining bunaqa bu dunyodagi vaqtinchalik muommosiga qaramay taxorat qilyapdi. Boshqa bir inson esa uning qiynalmasligi uchun, oyoq kiyimlarini unga moslab to’g’irlab qo’yayabdi. Kimdir esa buni ko’rib, “Alhamdulillah”, deb qo’yayabdi va o’zi ham taxoratxonadagi kimdirga yaxshilik qilish niyatini uyg’otdi. Taxoratdan bo’shaganlar tashqariga chiqadi, kimdir esa masjidning ichkarisiga kiradi va o’z joyini egallaydi. Imom esa ma’ruza orqali yaxshiliklarni yetqazishga, odamlar bilan ulashishga tushib ketgan. Tashqariga chiqqanlar esa gilamlarni, joynamozlarni yerga gullarni yoygandaka yoyishmoqda. Quruq yerni yashil o’tlar qanaqa bezasa, odamlar ham bu yerni shunaqa bezashda davom etishardi. Kimdir o’tirishidan oldin ikki rakat nafl namozini o’qib qo’yar. Kimdir esa boshqa burchakda qazo namozini o’qib qo’yadi. Buni ko’rgan va asl sababini bilmagan yonidagi boshqa odam ham, qanaqadir turtkini sezadi va o’rnidan turib ikki rakat nafl namozini o’qib qo’yadi. Yana kimdir hassa orqali keladi, oyog’i bukilmagan hisob u ham namozni o’tirgan joyida o’qishga tushadi. Kimdir tasbeh aytish bilan ovora. Kimdir qo’lida telefon orqali duolarni o’qish va yod olish bilan ovora. Hozir yig’ilganlarning hammasi emas albatta, lekin juda ko’pchilik faqat shu onga o’zini bag’ishlash bilan ovora. Ma’ruza tugadi. Namoz boshlanadigan vaqt bo’lib qoldi. Kimdir boshqa bir birodari yerni chetida qolib ketmasin, degan o’ylar bilan o’zi chetroga chiqdi, ammo shu zahotiyoq ichkaridan joy ochildi va u o’sha joyga turib olishiga to’g’ri keldi. U banda esa marhamatning go’zalligini qara, deya ichida o’ziga o’zi gapirib qo’ydi va “Alhamdulillah”, deb qo’ydi. Yana kimdir sumkalar bilan kelgan ekan, safda turayotganini o’zida yonida turgan bir yosh mo’min bola, o’zi taklif berib sumkalarni u sajda qiladigan joyga qo’yishini so’radi. Sajda qilganda yosh mo’min bolani bo’yi uzun bo’lmagani hisobiga unga halaqit bermasligi hisobiga. Buni ko’rgan va bilgan sumka egasi ham “Alhamdulillah”, deb qo’ydi. Ko’pchilik namozga ruhan va qalban tayyorgarlik ko’rishdi. Namoz boshlandi. Namoz o’qilar ekan, hammayoq jim. Faqatgina qushlarning mayin sayrashi, ozgina shamolning siypalab qo’yishi, quyosh nurining daraxt shoxlari orasidan o’tib joynamozlarning ustini yoritishi, shulargina namoz o’qiyotganlarga hamroh. Namoz o’qiyotganlar esa uchrashuvda. Bu uchrashuvda ozchilik balki xushuga berilmagandir, ammo ko’pchilik xushuga berilgan, har bitta harakatni mehr bilan, ixlos bilan amalga oshirishmoqda. Uzoqlardagi shovqin ham bu joyga yaqinlasha olmayapdi. Va birozdan, biroq fursatda o’tib ketgandaka namoz ham tugadi. Kimdir qolib yana nafl namozi o’qimoqda. Boshqa bir notanish bo’lgan, ammo musulmon birodar hisoblangan kimdir esa uning oldini qo’riqlab, to’sib turibdi namozi tugaguncha, buni ko’rmagan boshqalarni uning oldidan o’tishidan. Masjidning ichida esa kimdir “birodarlar kim falon mashinani kalitini tushirib qoldirdi”, deb baqirishar va bunda davom etishar. Kimdir esa bu habarni tarqatishda yordam berar, kimdir esa buni ko’rib halollikning mevasini hidini sezar edi. Kimdirlar esa gilam va joynamozlarni yig’ishtirish bilan ovora edi. Kimdirlar esa bir-birini juma ayyomi bilan tabriklashda, ibodatlar qabul bo’lishida tilak tilash bilan serqadam bo’lishardi. Kimdirlar yana tashqi dunyoga qaytishga tushib ketdi, kimdirlar esa qo’ng’iroqlarga javob berish va mashinalarini o’t oldirib shoshishga tushib ketishdi. Musulmonlar uchun har juma salkam shunaqa bo’lib o’tadi, issiq bo’ladi, sovuq bo’ladi, fasllar o’zgaradi, lekin fazilat, ixlos, hidoyat o’zgarmaydi.
O’yin bo’lmagan hayot
Shaxzod o’z uyida kompyuterida o’yinlarni o’ynab o’tirardi. U o’ynab o’tirgan qanaqadir otishma o’yin edi. Shaxzodni o’yinni o’ynar ekan, u nafaqat ikkita ko’zi bilan, balki ongi bilan ham shu o’yinning ichiga kirib ketgan edi. Yoshi 13 da bo’lgan Shaxzod, tunu-kun shu o’yinni o’ynashni yaxshi ko’rardi. Shaxzod o’yinga berilib ketganidan buvasi uni chaqirganini eshitmagan edi. Biroz o’tib buvasini o’zi Shaxzodning oldiga keldi va ko’chaga do’konga chiqib kelishini aytdi. Shaxzod esa bunga javoban, 5 daqiqadan keyin chiqib kelishini aytdi. Buvasi esa Shaxzodning yonida turishga qaror qildi, chunki allaqachon bir necha marta ba’zi boshqa aytilgan ishlar hayolidan chiqib ketgan paytlar bo’lgan edi. Shu kungacha nevarasining bu faoliyatiga qiziqmagan buva, endi shu o’yin jarayonini tomosha qilayotgan edi.
Shaxzod o’yinni o’ynashda davom etar ekan, u o’ynayotgan, u boshqarayotgan o’yindagi personaj bir necha marta halok bo’lib, yana tez va osonlikcha boshidan tirildi. Buni ko’rgan buvasi qiziqib savol berdi. “Bu o’yiningda shunaqa osonmi tez tirilish?” Bunga esa Shaxzod shunchaki, ha, deya javob berib qo’ydi. Buvasi o’zini xotirasiga sho’ng’igandaka bo’ldi va gapirishni boshladi. “Biz Afg’on urushida qatnashganda qanchadan-qancha quroldoshimiz halok bo’lgan edi, u paytda boshqattan tirilish orzusi tugul, bunaqa fikrning bir zarrachasi ham hayolga kelmagan. Hamma bilar edi, har qaysi on, oxirgi on bo’lishi mumkin edi.” Buvasini yana xotiralarga berilganini, yana har xil hikoyalar chiqishini boshlaganini anglagan Shaxzod tezroq do’konga chiqib kelishni va buvasi uni bezovta qilmasligini hohladi.
Shaxzod ko’chada shunaqa tez yurar ediki, begona odamlar uni nimadandir quruq qolyapti, deb o’ylashlari mumkin edi. Qaysidir ma’noda ham shunday edi, uning nazdida o’yindan quruq qolayotgan edi. Yo’lni kesib o’tadigan joyiga kelgan edi, qarasa hali yashil yonishiga bir qancha vaqt bor. Yo’lga qaradi va mashina yo’qligini ko’rib, kesib o’tishga qaror qildi. Albatta bunaqa qarori yomon oqibatlarga olib keldi. Gap shundaki, u yo’lni endi kesib o’tayotganda, bitta mashina qizil bo’lmasidan oldin, o’ziga yashillik paytida, undan keyin esa sariqlik paytida o’tib olaman, deb katta tezlikda kelayotgan edi. Yo’lda piyodalar o’tar joyida kimdir paydo bo’lganini ko’rgan zaxotiyoq tezlikni kamaytirishga harakat qilgan edi. Ammo Shaxzod o’tayotgan piyodalar joyigacha ham tezlik kamaymadi. Piyodalar o’tadigan joyda esa faqat Shaxzod bor edi, boshqa hech kim yo’q edi. Mashina g’ildirakining tormoz qilgandagi ovozi hammani o’ziga qaratdi, shu jumladan Shaxzodni ham. Shaxzod esa turgan joyida qimirlamay qotib qoldi. Uning bu bir necha soniyalik jarayonda go’yo bir soatlik hayol va fikrlarni miyasidan o’tqazgani kabi edi. Uning ko’z o’ngidan kompyuter o’yinidagi personaj o’tdi. O’sha personaj behisob boshqattan tirilish qobilyatiga ega, ammo uning o’zimas. Uning ko’z o’ngidan buvasining so’zlari o’tdi va Shaxzod ham boshqa tirila olmasligini, bu hozirgi va oxirgi oni ekanini anglab yetgan edi. Shaxzodning og’zidan shunchaki “Yo Alloh”, deya iltijo chiqdi. Mashina tormozni bosib kelayotgan paytda, ichidagi haydovchi mashina chambaragini burishga muvaffaq bo’ldi va mashina borib betondan yasalgan hoshiyaga borib urildi. Shaxzod tirik qolganini angladi, lekin baribir joyidan qimirlamadi. Aniqroq qilib aytsa, joyidan qimirlashga kuch topa olmadi. Go’yo yonidan o’tib ketgan mashina baribir Shaxzodni jonini olib ketgandaka edi. Mashina ichidagi haydovchi jahli chiqqan, bitta-ikkita odam Shaxzodning yoniga kelib hol-ahvol so’rashyotgan edi. Shaxzod esa yana beixtiyor miyasida aylantirar edi, o’yinda son-sanoqsiz hayotni qadriga yetmasdan, tirilish mumkinku, deya vaqt o’tkazganidan. Agar hozir vafot etganida, u tirilmas edi, qo’shimchasiga nimadir natijaga erishmadi. O’yinda esa natijaga erishasan, necha kun va soatlab vaqt sarflab, necha marta o’lib-tirilib, biroq Shaxzodning voqelik hayotida shu vaqtlar va umrlar bormi. “Albatta yo’q.” Buni Shaxzod labida pichirlagandaka ovozini chiqarib gapirib qo’ydi. U tushunib yetgandi, hayotda bunaqa bo’lmasligini, imkon bittaligini, hayoti o’tib borayotganini. Tushungandi va o’ziga-o’zi “kech bo’lmasidan oldin tushunganman, deb umid qilaman, deya qo’ydi.”
Oldin shifokor, hozir shifokor
2019-yilning kuz fasli edi. Abdurahim, Ra’no va Kamronlar bir oila bo’lib, yaxshi yashashda davom etishardi. Ertalab ahil bo’lib choy ichishar va ahil bo’lib kimdirlar ishga, kimdir esa maktabga ketishar edi. Shu tonglarning birida Rahim va Ra’no o’g’lining majlisiga kim borishini maslahatlashishayotga edilar. Abdurahim xirurgiyada kuchli shifokor bo’lsa, Ra’no esa nevrologiyada kuchli shifokor edi. Ikkalasining vaqti juda kamligi sabab, bunaqa narsalarga vaqt ajratishlari, onda-sonda qiyin bo’lar edi. Abdurahim va Ra’no unda vaziyatga qarab kim borishini hal qilishlarini kelishgan edilar. O’g’illari Kamron o’zini anchadan beri qiziqtirib kelayotgan savolnib berishga qaror qildi.
– Qanday qilib har doim shu shifokorlik haqida o’ylashlaringgiz mumkin? – Kamron
– Agar sen ham shu kasbni tanlaganingda, balki tushunib yetar eding – Abdurahim jilmayib qo’yib.
– Afsus sen shifokor yo’lidan ketmoqchimassan – Ra’no achinish tuyg’usini ko’rsatib.
– Shifokorlar oilasidan ham boshqa kasb egasi chiqishi kerak-ku – kulib qo’ydi onasiga qarab.
– Kamron nima kasb tanlaysan, bu seni ishing va bunga aralashmaymiz – Abdurahim – ammo o’z kasbingni ustasi bo’l, shunda o’zimizga o’xshagan xalqimizga yordaming, manfaating tegadigan shaxs bo’lasan.
– Ha, dada esimda bu gaplar – sekin gapirib qo’ydi Kamron.
2020-yilning bahori ham kirib keldi. Bahor o’zining nafosati bilan kirgan edi, ammo dunyoda chiqqan yangi virus ham biroz vaqt o’tib nafaqat ularning hayotiga, balki bu davlatda yashaydigan barcha odamlarning hayotiga kirib kelgan edi. Bu virus boshida unaqa avjiga chiqmagan bo’lsada, keyinroq birinma ketin odamlarning hayotini olishni boshlagan edi. Uning asoratlari grippga o’xshasa ham, lekin o’pkaning yemirilishi odamni qiynab qo’yar edi. Odamning nafas olishi shubha ostida qolganda ko’pchilik insonlar, nafas olishning yaxshiligini tushunib yetishgan edi. Abdurahim ham kasalxonada maxsus kombinezonlarni kiyib, tunni tun, kunni kun bilmasdan kelayotgan bemorlarga xizmat qilish bilan ovora edilar.
– Abdurahim G’aniyevich yana bitta be’morni olib kelishdi, o’pka kasalligi 80 foiz ekan – bitta hamshira.
– Hozir – Abdurahim G’aniyevich boshqa bemorning oldidan ketdi.
– Yo’q, sizni qo’yib yubora olmaymiz, bo’lmasa boshqalarga ham yuqtirishinggiz mumkin virusni – boshqa bir shifokor be’morga chuntiryotgan edi.
Правообладателям!
Это произведение, предположительно, находится в статусе 'public domain'. Если это не так и размещение материала нарушает чьи-либо права, то сообщите нам об этом.