Электронная библиотека » Дональд Трамп » » онлайн чтение - страница 6

Текст книги "Biznes va hayotda norasmiy ta’lim"


  • Текст добавлен: 9 апреля 2024, 21:20


Автор книги: Дональд Трамп


Жанр: О бизнесе популярно, Бизнес-Книги


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 6 (всего у книги 10 страниц)

Шрифт:
- 100% +

BA’ZAN OLG‘A INTILISH KERAK

Maqsadsiz o‘qish – behuda sarflangan mehnatdir.

Konfutsiy

Ba’zida sabrli bo‘lish kerak, ba’zan esa oldinga intilish. Dono bo‘lish bir davrni boshqasidan ajrata bilish va qanday vaqt kelganini, o‘zini qanday tutish kerakligini tushunishni anglatadi. Bilaman, so‘z bilan aytish oson, amalda esa… Izlash jarayonida ba’zi qobiliyatlarimiz va ehtimol, o‘zimiz ham susayishimiz aniq. Hamma narsani oldindan va aniq bilish juda yaxshi bo‘lardi, to‘g‘rimi? Bu ko‘p vaqtni tejagan bo‘lardi.

Bunga qanday erishish mumkin? Birgina usuli – dastlabki baholashdir. «Ssenariyli» test o‘tkazib ko‘ring. Agar ishingizdan ketsangiz, ertaga nima bo‘ladi? Ehtimol, sarguzasht, ammo oy oxiridagi to‘lovsiz.

Agar ishingizda qolsangiz nima bo‘ladi? Doimgi kundalik ishlar, lekin ish haqi bilan. Ehtimol, ish joyini o‘zgartirish va yangi faoliyat haqida o‘ylab ko‘rarsiz? Yaxshi reja: ishlashda davom etasiz va shu bilan birga qiziqarliroq ishni qidirasiz. Ba’zan bu yondashuv eski ishda yangi imkoniyatlarni ochadi. Avvalo, o‘zingizga ko‘proq savollar berib, hamma narsani yaxshilab o‘ylab ko‘rishingiz kerak.

Agar mavjud vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirishga qaratilgan barcha urinishlar boshi berk ko‘chaga olib kelsa, demak, davom etish vaqti keldi. Ehtimol, bu shunchaki sizning yo‘lingiz emasdir. Bu o‘zaro munosabatlar bilan sodir bo‘ladi: barcha asosiy fikrlar aniqlanganga o‘xshaydi, lekin ularni uyg‘un tasvirga aylantiradigan sehr yo‘q. Ba’zan ish bilan ham shunday bo‘ladi. Avvallari yuqori salohiyatli va ajoyib tavsiyalarga ega odamlar ishga olingan, keyin ular bizga mos emasligi, yoki biz ularga mos emasligimiz aniq bo‘lgan paytlar bo‘lgan. Agar muvaff aqiyatli bo‘lishni xohlasangiz, muvaff aqiyatsizliklar bilan tezda xayrlashish kerak.

Muvaff aqiyatga erishgan odamlar haqida eshitganingizda, ularning yo‘lida qiyinchiliklar ham, to‘siqlar ham bo‘lgan deb o‘ylasangiz, xato bo‘lmaydi. O‘z-o‘zini anglash muvaff aqiyatsiz urinishlar va xatolar shaklidagi qurbonlikni talab qiladi. Mikelanjeloning bir fikriga mamnuniyat bilan qo‘shilaman: «Agar odamlar mukammallikka erishish uchun qanchalik mashaqqatli mehnat qilish kerakligini bilsalar edi, mukammallik ularga bunchalik go‘zal ko‘rinmasdi». Afsuski, xayollarimizda biz faqat yakuniy natijani ko‘ramiz, unga erishish jarayonini emas.

Bir kishi juda muvaff aqiyatli tadbirkor, yoshligida pianino chalishni juda yaxshi ko‘rardi. U o‘ta intizomli va intiluvchan bo‘lib, ma’lum bir mahoratga erishdi, lekin keyin u hech qachon buyuklar qatoriga kirmasligini, hech qachon Gorovis yoki Guldga o‘xshay olmasligini anglab yetdi, ammo o‘ziga nisbatan talablari juda yuqori edi. Shu sababdan u pianinodan voz kechdi, tadbirkorlik bilan shug‘ullana boshladi va bu borada muvaff aqiyatga erishdi. Ishbilarmon oldinga intilishi kerakligini tushundi va ishga kirishdi. U ish va sevimli mashg‘ulotlari o‘rtasida oqilona muvozanatni saqlab, o‘zi uchun musiqa chalishda davom etdi. Endi uning tan olishicha, pianinochi bo‘lib qolganida, ertami-kechmi hafsalasi pir bo‘lgan bo‘lardi. Bunday muhim qadamga qaror qilishdan oldin u yaxshilab o‘ylab ko‘rdi va to‘g‘ri yo‘l tutayotganini bildi.

Bu qadamni qo‘yish har doim ham oson emas, ba’zida biror narsani o‘tmishda qoldirishingiz kerak bo‘ladi, lekin kelajak odatda ancha samarador bo‘ladi. Moyilligimiz bo‘lgan, bizga zavq bag‘ishlaydigan ish bilan shug‘ullanishimiz kerak. Muvaff aqiyat katta baxt hissini beradi. Muvaff aqiyat kuchingizni so‘rib olishi emas, sizni sog‘lomlashtirishi kerak.

Ba’zan odamlarga ular tadbirkorlik uchun yaratilmaganliklarini aytishimga to‘g‘ri keladi. Bu kimgadir xos, boshqasiga esa yo‘q. Bu masalani oldindan hal qiling, shunda vaqt va kuchingizni tejaysiz. Stressli va tavakkal vaziyatlarda o‘zingizni qanday tutishingizni tekshirib ko‘ring. O‘zingizga ushbu bob boshida o‘rtaga tashlangan savollarni bering. Fikrlaringiz, harakatlaringiz va imkoniyatlaringizni sinchkovlik bilan tahlil qilishni qoidaga aylantiring, mulohaza yuritish uchun vaqt ajrating. Konfutsiy aytadi: «Maqsadsiz o‘qish – mehnatni behuda sarflashdir». Bu so‘zlar sizga taalluqli bo‘lmasin. O‘qing, ishlang va fikrlang – siz to‘g‘ri yo‘nalishda bo‘lasiz.

YAXLIT TASVIRNI KO‘RISHNI O‘RGANING

Odamlar muvaff aqiyatga erishish uchun tug‘iladi, mag‘lubiyat uchun emas.

Genri Devid Toro

Ba’zan diqqatimizni imkoniyatlarga qaratish o‘rniga muammolarga qaratamiz. Mayda narsalar haqida o‘ylayotganda ham, yaxlit tasvir haqida hech qachon unutmang, aks holda tasavvuringiz haddan tashqari detallashgan bo‘lib qolishi mumkin. Har doim bir vaqtning o‘zida ikkita vazifa haqida o‘ylashga harakat qilaman, bu bo‘shashishimga va muvaff aqiyat uchun yaratilganimni unutishga yo‘l qo‘ymaydi. Hayotim mazmunini qanday bilishim mumkin? Shunchaki, men ham Toro singari, hamma odamlar mag‘lubiyat uchun emas, muvaff aqiyatga erishish uchun tug‘ilganiga ishonaman. Bunga ishonaman va siz ham ishoning.

Buni o‘rganish mumkin. Eng avvalo, qiyinchiliklarga tayyor bo‘ling. Hatto qiyinchiliklarni ham o‘z foydangizga aylantirish mumkin, shunda ajoyib hodisalar sodir bo‘ladi. Esimda, 1990-yillar jiddiy moliyaviy muammoga duch kelganimda, «Waldorf» mehmonxonasidagi rasmiy kechki ovqatga borishim kerakmi, deb o‘ylab qoldim. Hech narsani nishonlashni va odamlar bilan muloqot qilishni mutlaqo istamasdim, lekin kiyindim, keldim va bir stolda o‘tirgan yangi tanishim bilan bir-birimizni yoqtirib qoldik. U bankir ekan. Bu – buyuk voqealar mo‘jizasi, garchi buni umuman kutmagan bo‘lsam ham. Eng yomoniga tayyorlangan edim, lekin tabiatimning intizomli tomoni yutib chiqdi. Kutilmagan tarzda hammasi mutlaqo yaxshi tomonga o‘zgardi va bari faqat o‘sha paytda kechki ovqatga kelganim sababli.

Shunday ekan, qat’iyatni yo‘qotmang. Agar yaxlit tasvirni ko‘ra olsangiz, uni amalga oshirish uchun sizga qat’iyatning katta zaxirasi kerak. Bu yerda «Rim bir kunda qurilmagan» maqoli juda o‘rinli. Oson yo‘llar yo‘q, o‘zingizni bu qiyin bo‘lishiga tayyorlang. Ammo o‘zingiz yoqtirgan ish bilan shug‘ullansangiz, ancha oson bo‘ladi. Biz Mikelanjelo va Betxoven duch kelgan qiyinchiliklar haqida gaplashgandik. Biroq daholar taslim bo‘lmaydilar, shuning uchun ular asrlar o‘tsa-da hamon biz bilan. Boshqa odamlar o‘z maqsadlariga erishish uchun nimalarni yengib o‘tganliklari haqida bilish juda foydali. Ko‘pincha biror natijaga erishish uchun qanchalik ko‘p mehnat qilish kerakligini tasavvur qilish qiyin va bunda dastlabki hisob-kitoblar ham kuchsizdir. Shuning uchun, qat’iyat va chidamlilik mutlaqo zarur.

Ba’zan to‘satdan kutilmagan, dastlabki rejalarni chalkashtirib yuborishi mumkin bo‘lgan hodisalar sodir bo‘ladi: zilzilalar, urushlar, tabiiy ofatlar va shu kabilar. Shu lahzada moslashuvchanlik o‘yinga chiqadi. Qiyinchiliklarni yengish uchun yetarlicha moslashuvchanmisiz? Har qanday holatda ularga duch kelasiz, chunki ularni doim ham oldindan ko‘rish va oldini olish mumkin emas. Kutilmaganda, umumiy tasvirning yangi syujeti paydo bo‘ladi! Menga ishoning, buni oqim bo‘ylab suzish va shu bilan birga har qanday muammoni hal qilishga qodirlik qat’iyati orqali hal qilish mumkin. Bunday vaziyatda Uinston Cherchillning maslahatini yodingizda tuting: «Hech qachon, hech qachon, hech qachon, kattada ham, kichikda ham, asosiyda ham, maydada ham, hech qachon taslim bo‘lmang… Hech qachon kuchga bo‘ysunmang; hech qachon dushmanning aniq ustun bo‘lgan kuchlariga taslim bo‘lmang». Biz, albatta, bliskrig99
  Blishrig – tezkor urush.


[Закрыть]
xavfi ostida emasmiz, lekin ba’zida muammolar ko‘payib ketganda, xuddi shunday bo‘layotgandek ko‘rinardi. Bor kuchingiz bilan umidsizlik va falokatga qarshi turishga tayyor bo‘ling.

Qiyinchiliklarga dosh berishga majbur bo‘lgan odamlar ko‘pincha umid qilishda davom etishgani uchun omon qolishganini, bugungi yomon sharoitlarga qaramay, yorug‘ kelajakni ko‘rishga muvaffaq bo‘lganliklarini aytadilar. O‘sha paytda ularning ko‘zlarida umumiy tasvir emas, balki unga o‘xshash allanima bor edi. Ulardan o‘rnak olishga harakat qiling. Bunday fikrlash, shubhasiz, qiyin vaziyatlarda juda samarali. Boshi berk ko‘cha ba’zan yangi yo‘lning boshlanishi bo‘lib chiqadi. Bolaligimda otam juda kulgili deb hisoblagan bir voqeani aytib bergandi, ammo meni bu voqea hech qachon kuldirmagan. O‘ylaymanki, u o‘z hikoyasi bilan bizga (bolalarni) qat’iyatli bo‘lish g‘oyasini singdirmoqchi bo‘lgan. Hikoya mazmuni shunday:

Bir kishi soda ichimligini1010
  Soda ichimligi – gazlangan ichimlik.


[Закрыть]
juda yaxshi ko‘rardi. Sodani sevardi. Shuning uchun soda bilan bog‘liq biznes yaratishga qaror qildi va 3-Up nomli mahsulotni yaratdi. Lekin ishi yurishmadi. Erkak yana boshidan boshladi va 4-Up deb nomlangan ichimlikni chiqardi. Natija yana shunday bo‘ldi. U hamma narsani qaytadan boshladi, navbatdagi mahsulotga 5-Up deb nom berdi va yana kuyib qoldi. Yana urinib ko‘rdi: yangi mahsulot 6-Up deb nomlandi – yana omadsizlik. Shunda bu odam gazlangan ichimlik biznesidan voz kechishga qaror qilib, taslim bo‘ldi. Otamning hikoyasi shunday tugadi. 7-Up deb nomlangan ichimlik esa, bilamizki, juda muvaff aqiyatli va nihoyatda mashhur bo‘ldi. Ehtimol, otam bizga tadbirkor erta chekinganini aytmoqchi bo‘lgan!

Biz yaxshi misollarni ko‘rib chiqdik: Toro, Cherchill, otam. Keling, ular haqida mulohaza yuritaylik va doimo yodimizda tutaylik. O‘ylaymanki, ular sizga yaxshi xizmat qiladi.

FAQAT ENG YAXSHILAR BILAN ISHLANG

Hamma narsa aytilgach va bajarilgach, faqat quruq gaplar qoladi.

Ezop

O‘rgangan eng muhim saboqlardan biri shu: insonni so‘z bilan emas, amal bilan baholash lozim. Ba’zi odamlarni kuzatar ekanman, ular nima haqida gapirayotganini bilmaydilar, degan xulosaga kelaman. Shu bilan birga, darhol shaxsiyatning bo‘linishi yodimga tushadi: odam bir narsani gapiradi, lekin butunlay boshqa narsani qiladi – go‘yo ichida ikki xil odam yashaydigandek. Bu ikkalasini birgalikda ishlashga majburlash muvaff aqiyat sari katta qadamdir. Bunday holda, sizning butun va bo‘linmas shaxsingiz ko‘p vaqt va kuchingizni tejaydi.

Yangi xodimni ishga olish lotereyaga o‘xshashini avval ham aytgandim: yakunda nimaga ega bo‘lishingizni oldindan bilmaysiz. Ajoyib xizmat tajribasiga ega bo‘lgan odam ba’zida umidlarni oqlamaydi, boshqasi esa kuchli qobiliyatga ega emasdek ko‘rinsa-da, beqiyos xodim bo‘lib chiqadi. Odamlar haqida gap ketganda, hech qanday kafolat bo‘lishi mumkin emas, insonning yagona ishonchli xususiyati – bu uning ish sifati. Shu sababdan «Shogird» shousi ishtirokchilariga suhbat bir necha oy davom etishini aytishadi. Bu istiqboldagi xodimlarning o‘zlari haqidagi maqtovlarini tinglash o‘rniga, ularning ishini amalda ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Haqiqiy rahbarning muhim fazilatlari – bu ishini bilish va odamlarni tushunish qobiliyati. Eng yomoniga tayyorgarlik ko‘rish juda foydali, shunda kutilmagan sovg‘aga ega bo‘lishingiz mumkin. Bir qancha ajoyib odamlar va bir qancha insofsizlar bilan ishladim, shuning uchun muvozanat qandaydir tarzda saqlanib qoldi. Ammo kutadigan natijalarimda realistman: hamma ham kompaniya uchun haqiqiy topilma bo‘lavermaydi. Odamlarga qanchalik ishonishingizdan qat’i nazar, baribir ehtiyotkor bo‘lishingiz kerak.

Buni aytish juda yoqimli emas (garchi bu haqiqat bo‘lsa ham) hech qachon hamma narsa doim oson va sodda bo‘lishini kutmang. To‘g‘risini aytib qo‘ya qolay: har kim o‘z manfaatlarini ko‘zlashi kerak. Bu sizga ham, menga ham tegishli. Odamlarga ma’lum darajadagi ishonchsizlik bilan munosabatda bo‘lgan ma’qul, bu sizni kutilmagan yoqimsiz hodisalardan xalos qiladi. Men kollejni 1968-yilda tugatganman, shunday ekan, bugunga kelib odamlar bilan muloqot qilishda yetarli tajriba to‘pladim. Bu tajribam faqat ijobiy bo‘lgan desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman. Men har xil odamlarga duch keldim va ularning ba’zilari, yumshoqroq qilib aytganda, unchalik yaxshi emas edi. Bu har doim ham darhol ayon bo‘lmagan, shuning uchun boshidanoq o‘zingizni yoqimsiz kutilmagan hodisalardan himoya qilish zarar qilmaydi. Odamlardan ehtiyot bo‘ling, ba’zan haddan tashqari ishonchsizlik ko‘rsatish ham yomon emas.

Ba’zi xodimlarim men bilan yigirma besh, hatto o‘ttiz yil davomida birga ishlashgan, shuning uchun paranoik1111
  Paranoik – doimiy xavotir va qo‘rquvga moyil shaxs.


[Закрыть]
bo‘lish kerakligi haqidagi so‘zlarim sizni hayratga solishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, hech narsaga osongina ishonmang. Eng yaxshi odamlarimga ham ko‘r-ko‘rona ishona olmayman, chunki ular ham menga ko‘r-ko‘rona ishonmaydilar. Bu yondashuv eng yaxshi natijalarni bermoqda. Agar siz ham xuddi shunday natijaga erisha olsangiz, bu ajoyib!

Mening ham muvaff aqiyatsizliklarga duch kelgan paytlarim bo‘lgan: ba’zi xodimlar nafaqat salohiyatsiz, balki ishonchsiz ham bo‘lib chiqqan. Vaqti-vaqti bilan shunaqasi ham bo‘lib bo‘ladi. Sizga kutilmagan hodisalar xavf solmaydi, deb o‘ylamang – bu sizning eng katta xatongiz. Ba’zida kimningdir kutilmagan xatti-harakatlari menga kutilmagan zarba bergan, endi o‘zgalardan ko‘p narsa kutmayman va butunlay xotirjamman. Yetakchi bo‘lib qolish uchun odamlarni tushuna bilish kerak.

Ko‘pchiligimiz Shekspirning inson tabiatining xususiyatlari ochib berilgan asarlari bilan tanishmiz. Uning ayrim qahramonlari portretlari bo‘rttirilgan, ammo o‘ylab topilmagan, aks holda Shekspir pyesalari bugun teatrlarda qo‘yilmasdi. Uning asarlarida vaqtga bo‘ysunmaydigan allanima bor, muallifning inson tabiatiga nazar tashlash qobiliyati ularni o‘lmas qildi. Shekspirning eng buyuk asarlaridan biri «Qirol Lir» bizga yaxshi niyat har doim ham foydali bo‘lmasligini o‘rgatadi. Asar fojiali tarzda tugaydi va asar davomida insoniy munosabatlarning murakkabligi ochib beriladi. Biroz g‘amgin misol, lekin haqiqatni bilish, dunyo qanchalik beshafqat bo‘lishi mumkinligi haqida bilmaslikdan yaxshiroqdir. Boshqa yaxshi tomoni: ko‘pchilik mukammallikka intiladi. Shu bois bo‘lsa kerak, hozir bu kitobni o‘qiyapsiz: siz yuksak maqsad va mashaqqatli yo‘l – bilim va tajriba yo‘lini tanladingiz. Aynan shuning uchun nutqlar va ma’ruzalar qilishni yaxshi ko‘raman, chunki bilim va tajribamni haqiqatan ham ko‘proq bilishni, ko‘proq ishlashni xohlaydigan, fikrlash tarzini o‘zgartirishni va hayotlarini yaxshilashni xohlaydigan odamlar bilan bo‘lishishim mumkin. Bu ajoyib tuyg‘u. Umid qilamanki, siz har kuni ufqlaringizni kengaytirasiz.

G‘OLIBLAR QIYINCHILIKLARNI O‘ZLARINI NAMOYON ETISH UCHUN YANA BIR IMKONIYAT DEB BILISHADI

Men juda aqlli emasman, shunchaki muammoning yechimi haqida boshqalarga qaraganda ko‘proq o‘ylayman.

Albert Eynshteyn

Muammo – bu vazifa, aql mashqi. Muammolar imkoniyatlarga aylanishi mumkin. Ba’zi hodisalarga boshqa nom bersangiz, ularga bo‘lgan munosabatingiz qanchalik o‘zgarishini ko‘rib, ajablanasiz. Shaxmatni o‘yin sifatida qabul qiladigan odamlar bor. Ammo shaxmat san’at, fan va aqlni charxlash uchun mashq hamdir. Shaxmatni sevishadi, qattiq sevishadi. Mashhur grossmeyster Bobbi Fisher o‘z o‘yin uslubi haqida so‘ralganda: «Psixologiyaga ishonmayman, faqat yaxshi yurishlarga ishonaman», deya javob bergan. Yana aytishicha, uning intellektual faoliyatining 98 foizi shaxmatga bag‘ishlangan, qolgan barcha narsaga esa atigi 2 foiz. Buyuk shaxmatchining muvaff aqiyati ham shunda. Bundan yaxshiroq bo‘lishi mumkin emas.

Albatta, barchamiz grossmeyster emasmiz, lekin bu bizga murakkab muammolarni hal qilishni o‘rganishimizga to‘sqinlik qilmaydi. Eski bir maqol bor: agar muammongiz bo‘lmasa, demak, ishingiz ham yo‘q. Muammolar maqsad bilan belgilanadi. Shunday ekan, muqarrar vaziyatda o‘zingizni qanday tutishni bilish zarar qilmaydi. Xuddi quyosh chiqqani va botgani kabi qiyinchiliklar ham, albatta, bo‘ladi. Qiyinchiliklarni g‘alaba qozonish kerak bo‘lgan o‘yin deb biladigan odamlarni bilaman. Yana qiyinchiliklarni og‘ir yuk sifatida qabul qiladiganlarni ham bilaman. Ular bu bilan yo‘llariga, maqsadlariga yana bir to‘siq qo‘yadilar, xolos.

O‘z ortidan bir uyum muammolarni tortib yuradigan kishi haqida «yuki og‘ir» deyishadi. Bu aravani so‘nggi kuch bilan tortishdan naf yo‘q, ayniqsa, maqsad yengil yuk bilan sayohat qilish bo‘lgan yoshda. Keraksiz muammolar yukidan xalos bo‘lishga harakat qiling.

«Shogird» shousining birinchi mavsumini tayyorlayotganimda ko‘rsatuv nima ekani, telekompaniyalar qanday ishlashi va dasturlar reytingi aniqlanishi haqida ko‘p narsani bilmasdim. Bu men uchun muammo bo‘ldimi? Shunday desa ham bo‘ladi, lekin buni yangi narsalarni o‘rganish imkoniyati sifatida qabul qildim. Bu yerda hali yangi edim va o‘zimni yo‘qotib qo‘yishim mumkin edi, lekin taslim bo‘lmaslikni tanladim. Natijada tezlashtirilgan o‘quv kursini tamomladim. Agar o‘shanda teleko‘rsatuvlarning 95 foizi muvaffaqiyatga erishmasligini bilsam, bu ishga kirishishdan oldin yetti marta o‘ylab ko‘rgan bo‘lardim. Bu holda bilmasligim foyda berdi. Jarayonda faqat ishga diqqatimni qaratdim va yuzaga kelgan muammolarni hal etib bordim. Tasavvur qilib ko‘ring: oqim bo‘ylab suzish va voqealar qanday davom etishini kuzatish qanchalik zerikarli bo‘lardi. Sayoz suvda na tadbirkor, na suzuvchi o‘z iste’dodini namoyish eta olmaydi.

Ralf Uoldo Emerson shunday degan: «Vaziyatga emas, g‘oyalarga ishoning – bu saboqni tarix donolarga o‘rgatadi». Asosiysi muammolar emas – maqsadlar. Agar barchamiz ishga kirishish uchun yaxshi sharoitlarni kutganimizda, dunyo ayanchli holga tushardi. Ehtimol shunchaki murakkab muammolarni hal qilishni yaxshi ko‘rarman, lekin tan olishim kerakki, ularsiz dunyo men uchun biroz zerikarli bo‘lardi. Balki shuning uchun osmono‘par binolar qurishni yaxshi ko‘rarman?!

Men quruvchiman va asoslilik hamda puxtalik muammolarning jiddiy tusini o‘zgartirishini bilaman. Puxtalik maydakashlikka olib keladi. Muammoni o‘z holiga tashlab qo‘ymang, ammo unga yopishib ham olmang. Muammolarni hal qilish kerak. Bu yerda kim xo‘jayin – muammomi yoki siz? Uni hal qiling.

Agar bir paytlar Eynshteyn qiyinchiliklarga duch kelganida taslim bo‘lganida edi, bugun uni bunchalik ko‘p tilga olishmasdi. Eynshteyn muammoni hal qilish uchun unga uzoq vaqt kerakligini tan olgan, bu esa uning sabr-toqati va qat’iyatidan dalolat beradi. U muammo haqida yechimni topgunicha o‘ylardi. Deyarli barcha masalalarda bu ajoyib yondashuv… Ehtimol, oramizda bitta ham Eynshteyn yo‘qdir, lekin bizda uning usulini qo‘llash imkoniyati mavjud.

Agar bugun bir qancha qiyinchiliklar qurshovida bo‘lsangiz, bu yaxshi belgi. Bu hech bo‘lmaganda tirik ekanligingizni anglatadi. Buni o‘ylab ko‘ring, vaziyatdan maksimal darajada foydalaning.

SHOTLANDIYA: BU ISH!

Yulduzingizga ergashing va siz uchun ilgari faqat devorlar bo‘lgan joyda eshiklar ochiladi.

Jozef Kempbell

Bu voqea 2006-yilda boshlanib, 2008-yil noyabriga kelib baxtli yakun topdi. Butun Yevropa bo‘ylab golf maydoniga mos keladigan yer maydonlarini ko‘rib chiqishga besh yilimni sarfladim va ikki yuzga yaqin variantni rad etdim. Nihoyat, 2006-yilda Shotlandiyaning shimoli-sharqida, Grampian mintaqasidagi Mini Isteytdan yer topdim. Hech qachon bunday ajoyib tabiatni ko‘rmaganman: uch milyalik manzarali okean bo‘yi va cheksiz qum tepaliklari. Xursand bo‘ldim, desam, juda yumshoq qilib aytgan bo‘laman. Bu joy mening golf maydonimni qurish uchun juda mos ekanligini bilardim, lekin uni tanlashimga yana ikkita sabab bor edi … onam Shotlandiyada tug‘ilgan va Shotlandiya golfning vatani hisoblanadi.

Bu ish emas, faqat rohat bo‘ladi, deb o‘ylagandim va tezroq qurilishni boshlash istagi bilan yonardim. Ikki yildan keyin nihoyat ishga kirishdim. Ishga kirishish uchun ruxsat olganimdan so‘ng, bu siz uchun ajoyib biznes darsi bo‘lishini angladim. Gap qat’iyat haqida bormoqda.

2006-yilda ish boshlanganini e’lon qilganimdan so‘ng, atrof-muhit himoyachilari darhol g‘imirlab qolishdi. Aslida ushbu hudud uchun rasmiy ekologik hisobot har biri taxminan o‘n ikki santimetr qalinlikda bo‘lgan ikki jildda chop etilgan. Bundan tashqari, loyiha katta pulga, taxminan bir milliard funt sterlingga tushadi. Har doim loyihalarim bilan bog‘liq hamma narsani sinchkovlik bilan tekshiraman, lekin bu safar rejam shu qadar keng miqyos kasb etdiki, loyihani amalga oshirish uchun ruxsat olishimga hech kim ishonmasdi. Bir so‘z bilan aytganda, to‘siqlar juda ko‘p edi: bo‘rsiq va qunduzlar populyatsiyasini himoya qilishdan tortib, mahalliy aholining iqtisodiy farovonligigacha.

Bu oson bo‘lmasligini bilardim. G‘oyam shunday dostonga aylandiki, BBC bir nechta hujjatli film suratga oldi, HBO esa loyihaga telejurnalist Brayant Gumbel ishtirokidagi badiiy filmni bag‘ishladi. Ushbu loyiha atrofidagi shov-shuv katta muammoga aylanishi mumkin edi, lekin hech qachon taslim bo‘lishni o‘ylamadim. Jang qilish bo‘lsa, jang qilish-da!

Hamma katta mojaroni kutayotgan edi, bundan xabardor edim, shuning uchun hamkorlikni taklif qildim. Biz Shotlandiya milliy meros markazi bilan ishladik va bizni bir xil masalalar tashvishga solganligi sababli, tabiatga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lganim ayon bo‘ldi. Bu joylarning boy tarixiga hurmat bilan munosabatda bo‘ldim – axir, bu mening ham tarixim edi. Masalaning shu tomoniga munosib e’tibor qaratdim: geomorfologiya (yer sathining relyefi to‘g‘risidagi fan) bo‘yicha yetakchi mutaxassisni ishga oldim va 10 gektar maydonda bu hududni har tomonlama o‘rgandik. Biz astoydil, sinchkovlik bilan ishladik, menimcha, bu e’tibordan chetda qolmadi.

Shotlandiya hukumati besh hafta davom etgan ommaviy tinglov o‘tkazdi va loyiham mintaqadagi mahalliy aholi va biznes doiralari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Mahalliy siyosatchilar yoqlab ovoz berishdi, tabiat himoyachilari bizni qo‘llab-quvvatlashdi, eng muhimi, hatto Shotlandiya ruhoniylari ham rozilik berdi. Bu Buyuk Britaniyada tasdiqdan o‘tgan eng yirik qurilish rejalaridan biri bo‘ldi. Mintaqa aholisi bundan mamnun bo‘ldi va global iqtisodiyot ahvolini hisobga olsak, ularni tushunaman.

Hozir ushbu loyihani amalga oshirish haqida kitob yozishim mumkin, biz buning ustida ishlayapmiz. Aytishim kerakki, bu g‘alaba hech kimga zarar keltirmagani bilan alohida qadrlidir. Shotlandiya va uning aholisi ham, men ham g‘alabaga erishdik. Biz so‘nggi ikki yil davomida voqealarni kuzatib borgan odamlardan juda ko‘p fikr-mulohazalarni oldik, ular biz qanchalik tirishqoqlik bilan uzoq va qattiq kurashganimizni ta’kidlashdi. Bu mavzuda yuzlab maqolalar yozildi, son-sanoqsiz maktublar oldim, ularning aksariyatida taslim bo‘lmasligim so‘ralgandi. Kaminani qat’iyatli inson sifatida bilishadi, lekin bu vaziyat tarixim bilan bog‘liq bo‘lgani uchun alohida ahamiyatga ega. Ko‘rinib turibdiki, ildizlarim juda chuqur tomir otgan.

O‘shanda opam Merienn bilan Lyuis orolidagi onamiz yashagan uyga bordik va bu qarorimni yanada mustahkamladi. O‘ylaymanki, o‘zim olib borgan va g‘alaba qozongan kurash hatto murosasiz konservatorlarni ham hayratda qoldirdi. Lekin bu faqat biznes uchun qilinmadi, bunda shaxsiy bir narsa – juda kuchli uyg‘unlik bor edi.

Ishonchni yo‘qotmadim va onam Meri Makleod Tramp sharafiga g‘alaba qozondim. Onam har doim menga: «Xudoga va o‘zingga ishon», derdi. Onamga quloq tutganimdan xursandman, chunki bu ajoyib inson farzandiga juda dono maslahat berdi. Endi bu mamlakatda yana bir haqiqiy shotlandiyalik bor.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 | Следующая
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации