Электронная библиотека » Дональд Трамп » » онлайн чтение - страница 7

Текст книги "Biznes va hayotda norasmiy ta’lim"


  • Текст добавлен: 9 апреля 2024, 21:20


Автор книги: Дональд Трамп


Жанр: О бизнесе популярно, Бизнес-Книги


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 7 (всего у книги 10 страниц)

Шрифт:
- 100% +

TEZLIKNI SAQLANG

Temp – bu harakat tezligi.

«Webster» izohli lug‘ati

Kompaniya rahbari generalga, armiya qo‘mondoniga o‘xshashini avval ham aytgandim. Barcha voqealardan xabardor bo‘lish, mas’uliyatni zimmasiga olish, qo‘l ostidagi odamlarga bo‘lgan ishonchni qo‘llab-quvvatlash kerak. Ammo bularning barchasidan tashqari, yana dirijor ham bo‘lishingiz kerak va bu temp haqida gapirishimning sabablaridan biridir. O‘ylab ko‘ring: orkestr juda ko‘p tarkibiy qismlar: asboblar va musiqachilardan iborat. Tarkibiy qismlarning barchasi musiqani jo‘rlikda va aniq ijro etsagina orkestr yaxshi bo‘ladi. Dirijor esa temp, umumiy ijro, jamoaviy ish uchun javobgardir – bularning barchasi kompaniyani boshqarishga o‘xshaydi.

Tez harakat qilaman, orkestrimga allegro1212
  Allegro – chaqqon va quvnoq chalish belgisi.


[Закрыть]
belgisini ko‘rsataman. Kompaniyam orkestr, men esa uning dirijoriman. Qanday kayfiyatda bo‘lmay, doim harakat quvvatini saqlab qolish qanchalik muhimligini juda yaxshi bilaman. Jamoam menga ergashishiga ishonchim komil. O‘z tezligingizni ushlab turishni va unga rioya qilishni o‘rganing. U atrofda nima bo‘lishidan qat’i nazar, vaqtni hisoblaydigan ichki metronomingiz1313
  Metronom – qisqa vaqt oralig‘ini bir maromdagi zarbalar bilan bildiruvchi qurilma.


[Закрыть]
bo‘lsin.

Menga nima kuch berishi haqida tez-tez savol berishadi. O‘ylaymanki, shunchaki tezligimga ergashyapman, u esa juda tez. Tempingiz unchalik tez bo‘lmasligi mumkin va balki menikidan tezroq, har birimiz o‘zimizga qaysi temp mos kelishini bilamiz. Tempga mos harakatlaning, ortda qolmang. Atrofingizdagi odamlar sizga moslashadi va tez orada natijalarni ko‘rasiz. Har bir musiqachi cholg‘uni ko‘ngliga kelgandek chaluvchi orkestrni tasavvur qila olasizmi? Bu musiqa emas, balki kakofoniya, tovushlardan iborat tartibsizlik bo‘lardi. Bu biznesga ham xuddi shunday zarar keltiradi. Yaxshi dirijor bo‘ling va orkestringizda musiqa borasida to‘liq kelishuv mavjudligiga ishonch hosil qiling.

Yig‘ilish o‘tkazayotganimda, atrofdagi hodisalarga o‘zim mas’ulman, men uchun atrofdagilar ortda qolmasliklari muhim. Kamina bilan ishlaydigan odamlar tezligimni bilishadi va unga moslashishadi. Yangilar buni o‘rganadilar. Qanday hayotiy vaziyatda bo‘lishingizdan va qaysi sohada ishlayotganingizdan qat’i nazar, atrofingizdagi quvvatni saqlab turing – bu sizga har kuni yordam beradi. Agar hali ham vaziyatni nazoratga olmagan bo‘lsangiz, bu maslahatga quloq solish va shunga muvofiq harakat qilish sizning qo‘lingizda.

Har qanday soha mutaxassislari ma’lum bir malaka darajasiga erishganida «hududlarida» ekanliklarini aytishadi. Hamma narsa oson va tabiiy, sinxron ravishda yuz beradi. Bu tuyg‘u menga tanish, masalan, bitim tuzayotganda, tarqoq bo‘laklarning yaxlit tasvirdagi o‘rniga tushayotganini ko‘raman. Bu intilishingiz kerak bo‘lgan narsadir va bu tezlikka bevosita bog‘liqdir.

Kurs ishini qanday yozishni hamma bilsa kerak. Ba’zan boshlash juda qiyin bo‘ladi, nihoyat ishga kirishguningizga qadar vaqtni cho‘zasiz, keyin esa hamma narsa deyarli qiyinchiliklarsiz kechadi. Ishning o‘zi ish haqda o‘ylashdan ko‘ra ancha oson bo‘lib chiqadi. Allanima sodir bo‘lib, o‘lik nuqtadan siljiymiz. Bu asosan tempga yoki to‘g‘ri nuqtaga tushishga bog‘liq bo‘ladi va ana endi ish qiziydi.

Ba’zi odamlarga yangi spidometr kerakligini o‘ylayman: ularning harakat quvvati shunchalik ahamiyatsizki, hech qayerga yeta olmaydilar. Ularning tezlik ko‘rsatkichi katta manfiy songa tushib qolgan va ular nima uchun hali hech qayerga kelmaganliklarini tushunishmaydi. Kimdir o‘zini omadsiz deb o‘ylashi mumkin, lekin aslida oddiy tezlikni sozlash bu ssenariyni butunlay o‘zgartirishi mumkin.

Ko‘zlagan joyingizga yetish uchun keng fikrlashingiz va to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanishingiz kerak. Belgilangan joyga tez yetib borish uchun kerakli tezlikka ko‘tariling. Formula juda oddiy, lekin u faqat foydalanishni unutmaganda ishlaydi.

Tan olamanki, «temp» so‘zini tez-tez takrorlayman, chunki u shaxmatda ham qo‘llaniladi. Shaxmat o‘yinidagi temp – maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan yurishlar soni. E’tibor bering: maqsadga erishish. Shaxmat strategiya ekanligini bilamiz. Biznes ham shunday. Bu haqda o‘ylab ko‘ring va tezlikni oshiring. Bugunoq boshlang.

ISTALGAN PAYTDA O‘ZINGIZDAN O‘ZIB KETISHINGIZ MUMKIN

O‘z ishiga ishtiyoqi baland odamning bu hayotda qo‘rqadigan narsasi yo‘q.

Samuel Goldvin

Agar hayotingizning har bir kuniga bu kun kelajagingizni belgilaydigandek, o‘zgachadek munosabatda bo‘lsangiz, qanchalar kuch va unumga ega ekaningizni ko‘rib hayron qolasiz. Bu har doim yaxshi natijalarga erishishning eng yaxshi usuli. Hech o‘zingizga: «Bugun qanday ajoyib kun!» deganmisiz? Bundan buyon bu so‘zlarni har kuni takrorlang, hamda ish va hayotga qiziqishingiz o‘zgara boshlaganini ko‘rasiz.

Bu qadam agar o‘zingiz yoqtirgan ish bilan shug‘ullansangizgina ma’no kasb etadi. Shunda hamma narsa amalga oshadi va harakat quvvatini rivojlantirish va ishtiyoqni saqlab qolish uchun juda ko‘p kuch sarflashingiz shart bo‘lmaydi. Hozirgacha yaxshi ishlagan yo ishlamaganingizning ahamiyati yo‘q, natijalarni doim yanada yaxshilash mumkin. Shunday qilib, xotirjamlikdan qochaman va yuqori mahsuldorlikni saqlab qolaman.

Masalan, «Trump Tower» qurilishi muvaff aqiyatli yakunlanganidan so‘ng, bu hali boshlanishi ekanligini aniq bilardim va haq edim. Oldinga intilishda davom etib, «Trump World Tower»ni qurdim va bu yana bir aql bovar qilmas g‘oliblikni olib keldi.

Ehtimol, mashaqqatli yo‘llarni tanlarman, umuman olganda, biz doim oldimizga eng qiyin vazifalarni qo‘yamiz. Hech kimni hayratda qoldirmoqchi emasman, lekin maqsadlarimga erishishim va ideallarimga mos kelishim kerak. Masalan, «Trump Hotel Collection»ni yaratish uchun «Trump Organization» ko‘p vaqt sarflamadi. Bu brendimizning mehmonxona biznesining yuqori bosqichga tabiiy chiqishi edi va kichik Donald, Ivanka va Erik konsepsiyani xalqaro miqyosga olib chiqishdi. Ushbu to‘plamning o‘sishi va muvaff aqiyatini tomosha qilish juda yoqimli edi, agar erishgan yutuqlarim bilan cheklanishga qaror qilganimda bularni ko‘rmagan bo‘lardim. Ufqlarimni chegaralamayman.

Hech qachon o‘zingizga qo‘lingizdan kelganini qilganingizni va bundan yaxshirog‘ini qilish mumkin emasligini o‘ylashga yo‘l qo‘ymang. Bu salohiyatingizni cheklab qo‘yishning eng qisqa yo‘lidir. Hali qiladigan ishlaringiz ko‘p, albatta, hali umringizni yakunlab bo‘lmagan bo‘lsangiz. Hamma narsaning narxini biladigan va hech narsani qadrlamaydigan moddiyatparastlarni eslatadigan bilag‘onlarni barchamiz uchratganmiz. Bu tuzoqdan qochishga sizga o‘z salohiyatingizni anglash va narsalarning haqiqiy qiymatini bilish, shu jumladan, har bir kun o‘zingiz va boshqalar uchun ajoyib bo‘lishi uchun qilayotgan sa’y-harakatlaringiz qiymatini bilish yordam beradi.

Bir kuni «Shogird» shousi ishtirokchilari oldiga katta avlod vakillari uchun texnik ko‘rgazma tayyorlash vazifasi qo‘yildi. Topshiriqning asosiy mavzusi minnatdorchilik va xayriya edi, shuning uchun suratga olish ishlari Nyu-Yorkka sovg‘a qilgan katta bog‘dagi «Trump Place»da bo‘lib o‘tdi. Xayriya g‘oyasini davom ettirib, g‘olib jamoa sovg‘alar tarqatish va bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun bolalar shifoxonasiga borishdi. Jamoa a’zolarining keyinroq aytishicha, keksalar bilan ishlash ular uchun jiddiy sinov bo‘lgan bo‘lsa, bolalarning tabassumi mukofot bo‘ldi. Mehnatlari ularga o‘zlari kutgandan ham kattaroq natija olib keldi, ularning shodliklari samimiy edi. Hamma kunini yaxshi o‘tkazdi. Shunday ekan, ko‘proq ishlang, ko‘proq bering, ko‘proq bo‘ling – bundan hamma foyda ko‘radi.

ULAR HAMMASI JOYIDA DEB O‘YLASHGANDI

Qiziq, odamlar hech qachon o‘zlarini jiddiy qabul qilganlaridagi kabi nochor emaslar.

Oskar Uayld

«Shogird» ko‘rsatuvim katta ekranlarga chiqib, mashhurlikka erishgach, menga reklamada suratga tushish uchun takliflar tusha boshladi. Ko‘p takliflarni rad etib, bir nechtasini qabul qildim; reklamalardan biri – to‘lov kartalari haqidagi rolik, ayniqsa, yodimda qoldi. Reklama kulgili edi va mavqemni pasaytirib ko‘rsatardi, bu ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Lekin haqiqatan ham odamlar o‘ylagandan ancha oddiy odamman. Minnatdorlik hissini tuyaman va ustimdan kulishni bilaman.

Ushbu reklama roligida (rolik «Tom» deb ataladi) qo‘limda Visa kartasi bilan Trump Tower tomida turibman, shamol uni qo‘llarimdan yulib, uzoq-uzoqlarga – Beshinchi avenyugacha olib boradi. Keyin tomoshabinlar meni kartani axtarib axlat qutisini titayotganimni ko‘rishadi. Shu payt yonimdan yaxshi kiyingan ayol o‘tib ketadi va mening axlat qutisidan chiqib kelayotganimni ko‘rib, norozi kayfiyatda shunday deydi: «Uning hayotida hammasi joyida deb o‘ylardim!»

Reklama g‘oyasi shundan iboratki, kartalar pulimning to‘liq xavfsizligini kafolatlaydi. Va bunga ishonch hosil qilish uchun axlat qutisini titishimga to‘g‘ri keldi.

Demak, o‘ylab ko‘rsangiz, men ham hammaga o‘xshayman. O‘tmishga nazar tashlab, shug‘ullanayotgan ishimda aynan nimani yoqtirishimni tushunaman: oddiy odamga o‘xshab qolishdan qo‘rqmayman, chunki shundoq ham oddiy odamman. Siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz? O‘zim qanday yo‘l tutardim? Bizning umumiy jihatlarimiz ko‘p. Faqat to‘lov kartasi bizga taqdim etadigan xavfsizlik borasidagina emas. Shunchaki u yoki bu xizmat sizga nimani taklif qilishini bilishingiz kerak – bu sizni axlat qutisiga kirib chiqishdan qutqaradi.

Mendan mashhur «Saturday Night Live» milliy teleshousidagi «Trump’s House of Wings» deb nomlangan parodiyada nima uchun sariq rangli kostyum kiyib, qo‘shiq kuylayotgan tovuqlar hamrohligida sahnaga chiqqanimni so‘rashgandi. Bunga «Nega endi yo‘q?», deya javob berdim. Tan olaman, tovuq kiyimida chiqishni rad etdim. Lekin uning o‘rnini bosgan sariq kostyum ham unchalik yaxshi emasdi. Ammo parodiya baribir yodda qoladigan bo‘ldi va bundan hamma yaxshigina zavq oldi.

Menga shouga kiritilmagan bitta parodiya juda yoqqandi. U muhabbat haqida asarlar yozadigan, lekin ayni paytda ko‘chmas mulk bozorini boshqaradigan va Beshinchi avenyudagi osmono‘par binoda yashaydigan odam haqida edi. Parodiyalar ko‘p olingandi, shu sababdan ulardan birini dasturdan olib tashlashga qaror qilishdi. Shunga qaramay, haqiqiy faktlarga asoslangan ushbu novella qahramoni uchun yaxshi prototip bo‘lardim. Tabiatan romantikman va Beshinchi avenyudagi uyimda baxtdan sarmast yashayman.

Ko‘pchilik Emmi mukofotini topshirish marosimida Megan Mullalli va men «Green Acres» (yashil kengliklar) teleserialidagi qo‘shiqni kuylaganimizdan hayron bo‘ldi, lekin biz bundan zavq oldik. Ringga ko‘tarilib va «Wrestlemania» shousidagi Vins Mak-Magoning chaqiruvini qabul qilganimda ham xuddi shunday bo‘ldi. Nyu-Yorklik quruvchi uchun bu jang haqiqiy sinov, shu bilan birga yangi tajriba, men ega bo‘lishdan mamnun bo‘lgan tajriba bo‘ldi.

Tushunyapsizmi, bu kabi sarguzashtlardan qo‘rqmaslik kerak. Vaqtingizni chog‘ o‘tkazing, chunki bu boshqalarni ham xursand qilishi mumkin. O‘zingizni juda jiddiy qabul qilish hech qachon hech kimga foyda bermagan. Nuqtayi nazarim shunday: ishingizga jiddiy yondashing, o‘zingizga esa yo‘q. Bu ajoyib hordiq va yoqimli xotiralarning ajoyib retsepti.

SHAXSIYATGA DAXLI YO‘Q – FAQAT BIZNES

Yaxshi biznesmen bo‘lish – ijodning eng qiziqarli turi. Pul topish – bu san’at, ishlash – bu san’at va muvaff aqiyatli biznes qilish ikki baravar san’atdir.

Endi Uorxol

Biznes – bu pul ishlash san’ati. Va sof daromad. Buni qanchalik erta tushunsangiz, biznes nima ekanligini tezroq tushunasiz. Ko‘pincha ba’zi odamlar biznesni boshqacha tushunishlariga hayronman. Ular biznes uchrashuviga tegishli bo‘lmagan yuksak g‘oyalar va xayriya maqsadlari bilan keladi. Bu uchrashuv ishtirokchilarining barchasi uchun vaqtni behuda sarflashdir.

Bir kuni bir guruh tadbirkorlar Uoll-stritdagi qirqinchi uyning birinchi qavatini atriumga aylantirmoqchi bo‘lishdi. Bu ajoyib fikr. Ular bu yerni «Trump Tower»ga o‘xshash binoga aylantirmoqchi bo‘lishdi, lekin bir muhim narsani unutib qo‘yishdi. 72 qavatli binoni ushlab turuvchi temir ustunlarni qayerga qo‘yishni mo‘ljallashdi? Ular bunday muhim tarkibiy element haqida hatto o‘ylashmadi ham. Umid qilamanki, ular bu xatolariga ishora qilishimda shaxsiy adovat yo‘qligini tushunishgan.

Biznes – bu biznes. Ishdan bo‘shashingiz ortida, masalan, har doim ma’lum iqtisodiy hisob-kitoblar turadi va bu fakt shaxsiy munosabatlardagi noxushlikdan xalos qiladi. Ishbilarmonlar daromad to‘g‘risidagi hisobotning yakuniy qatorini kuzatib borishga majburlar, aks holda uzoqqa bora olmaydilar. O‘zingizni qiynamang – bu sizni kerak bo‘lmagan joylarga olib borishi mumkin. Bu har doim ham oson emas, lekin baribir xolis bo‘lishga harakat qiling.

Biznesdagi hamma narsa: hatto odamlar bilan munosabatlarda ham bari mutlaqo yuzsiz ekanini tushundim. Bir bankirni tanirdim, u shunchalik sovuqqonlik bilan ishlardiki, xuddi mashinadek tuyulardi. Mashinadan «yo‘q» so‘zini eshitish juda qiyin. Muzokaralar befoyda. O‘shanda o‘z ishiga ishtiyoqi baland qotil bilan ishlash kechqurun soat beshda uyiga qaytishdan bo‘lak maqsadi yo‘q, hissiz qog‘ozboz bilan ishlash yaxshiroq, deb yozgandim. Ba’zan biz shunday g‘isht devorlariga duch kelamiz. Bu holatda yagona yo‘l – aylanma yo‘llarni topish. Men shunday qildim. Biznesning qanchalar shaxsiyatsiz va yuzsiz bo‘lishi mumkinligi haqida tasavvurga ega bo‘ldim.

Odam bo‘lib qolishni afzal ko‘raman. Bu yondashuv yaxshiroq ishlaydi, har kimga tanlov erkinligi va ijodkorlik uchun ko‘proq erkinlik beradi. Ba’zan bu ko‘proq kuch talab qiladi, ammo natijalar, ishontirib aytamanki, bunga arziydi. Milliy televideniyeda har hafta odamlarni ishdan bo‘shatishni boshlaganimdan keyin paydo bo‘lgan kutilmagan mashhurligim meni juda hayratda qoldiradi. Meni yoqtira boshladilar. Yoki shunday tuyuldi. Gap shundaki, mashhur ism ortida tomoshabinlar nihoyat oddiy odamni ko‘rishdi. Ular qattiqqo‘l bo‘lishim mumkinligini, lekin xolis bo‘lishga harakat qilayotganimni tushunishdi. Bundan tashqari, o‘rgatishni yaxshi ko‘raman. Bu doim menga xos bo‘lgan, lekin xodimlarimdan boshqa hech kim buni hech qachon payqamagan edi. Men insonman, lekin biznesning yaqqol namunasiman. Ishonavering, bu kuchli uyg‘unlik.

Ba’zan odamlarga zarar yetkazib qo‘ymaslik uchun ehtiyot bo‘lishga majburman, chunki kimdir shaxsiy yoki professional hayotda yo‘limni kesib o‘tsa, uni kutilmagan hodisalarga duchor qilishim mumkin. Yomon bo‘lishni yoqtirmayman, lekin ba’zida bu o‘zini himoya qilish uchun kerak. «Barcha ishim to‘g‘ri, sening barcha ishing yomon emas» qabilidagi ikki tomonlama standartlarni yoqtirmayman. Ammo menga ma’lum bir tarzda munosabatda bo‘lishsa, men ham shunday qilishga haqqim bor. Kimdir buni «intiqom» deb ataydi, lekin bu adolatli o‘yin. Ba’zida yovuz odam bilan kurashishning yagona yo‘li – uning orqasiga pichoq urish. Raqibingizga kimga qarshi ish qilayotganini ko‘rsatib qo‘ying.

Adolatli o‘yin – bu halol o‘yin va yana takror aytaman, uning shaxsiyatga daxli yo‘q.

Ehtiyotkorlik – oqilona taktika. Yaxlit tasvirni ko‘rishdan oldin «o‘zingizni undan olib tashlashingiz» kerak. Sizga tegishli bo‘lmagan ishlarni ko‘nglingizga yaqin olmang. Ko‘pincha odamlar salbiy his-tuyg‘ularni noto‘g‘ri yo‘naltirishadi va agar buni o‘zingizga olsangiz, siz zaharli o‘qlarning nishoniga aylanasiz. O‘zim haqimda aql bovar qilmas gaplarni eshitganman va ularni qabul qilmaslikni o‘rgandim, chunki bilaman: 90 foiz hollarda aytilganlarning menga zig‘ircha aloqasi yo‘q. Teringizni qalin qiling va doim yaxshilikka umid qilish zarurligini unutmang.

Qattiqqo‘l, harakatchan, insoniy bo‘ling va hech nimani ko‘nglingizga olmang. Mana shu yaxshi biznes.

DAHOLARCHA FIKRLASH

Hech qachon savol berishdan to‘xtamaslik juda muhimdir. Qiziquvchanlikning yashash uchun sabablari bor.

Albert Eynshteyn

Har kuni ertalab shahar miqyosidagi milliy va xalqaro gazetalarni: «Financial Times of the UK» «New York Times», «New York Post», «Wall Street Journal» va boshqalarni o‘qiyman. Keyin yangiliklar kanallarini tomosha qilaman. Ofisga yetib borgunimga qadar dunyoda nimalar sodir bo‘layotgani haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘laman. So‘nggi paytlarda sodir bo‘layotgan barcha hodisalarni hisobga olsak, diqqatli bo‘lish juda muhim.

Bir binoda yashayman va ishlayman, shuning uchun ishga borish juda oz vaqtimni oladi, tirbandlikda kamdan kam qolib ketaman, bu vaqtimni yaxshigina tejaydi. O‘qigan yoki eshitganlarimni tezda umumlashtiraman va biznesim yoki men ishlayotgan bitimlar bilan qanday bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylayman. Bundan tashqari, kun davomida mamlakatda va dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi ma’lumotlarni yangilab turaman. Yaxshi ma’lumotga ega bo‘lmasdan samarali ishlash mumkin emas va bugungi kunda bu har qachongidan ham muhimroq.

Nazorat ta’lim bilan uzviy bog‘liq. Ta’lim yoki ma’lumot yetishmasligi tufayli vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotish xavfi juda yuqori. Albatta, hayotda nazorat qilib bo‘lmaydigan narsalar va xavf ehtimoli mavjud, buni inkor etib bo‘lmaydi. Ammo aql kuchi bunday vaziyatlarda kuchli dastak bo‘lib xizmat qiladi. Gap hamma narsani bilish haqida emas. Ba’zilar meni juda ko‘p savol beradi deb hisoblashadi. Iqtisodiy inqiroz mamlakatimizda ko‘plab muammolarni keltirib chiqargan. Va butun dunyoda jiddiy g‘alayonlarga sabab bo‘layotgan bir paytda ma’lumotlilikka asoslangan ijodiy fikrlashni qo‘llash vaqti keldi.

Yaqinda daholar haqidagi maqolani o‘qib chiqdim. Ular orasida Aristotel, Leonardo da Vinchi va Eynshteyn tilga olingan. Aristotel obrazli fikrlashni juda qadrlagan, Eynshteyn vizuallashtirish muammolarni hal qilishda yordam beradi, degan. Da Vinchi esa tuzilmalarga ajratish muammoni osonlashtiradi yoki kattalashtiradi, deb hisoblardi. Bu tamoyillarning barchasini balki amalda ba’zan ongsiz ravishda qo‘llayotganimni angladim.

Bu odamlarning barchasi tasodifga ishonishgan. Bundan tashqari, ular bunga tayyorgarlik ko‘rishdi va «ijodiy oqibatlar» o‘zini uzoq kuttirmadi, bu ko‘pincha, ajoyib kashfiyotlarga olib keldi. Ularning barchasi jonli aqlga ega va o‘rganishga tayyor edilar. Bu fazilatlarni sanashimdan maqsad shuki, ularning har biri biznesda qo‘llanilishi va katta natijalarga olib kelishi mumkin.

Ba’zan mendan nima uchun hamma narsada muvaff aqiyat qozonishimni so‘rashadi. Har doim ham bu savolga javob bera olmayman, chunki butun jarayonni ta’riflab bo‘lmaydi. Lekin maqolani o‘qib chiqqandan so‘ng, qarorlarni aynan shunday qabul qilishimni bildim. Har birimiz ijodiy salohiyatga egamiz, shuning uchun bu jarayon sizda qanday kechishini tushunish uchun biroz vaqt ajrating.

Bir kuni mendan o‘zingizni daho deb hisoblaysizmi, deb so‘rashdi. Bu haqda o‘ylab, ijobiy javob berdim. Nega yo‘q bo‘lsin? Siz ham urinib ko‘ring. O‘zingizga daho ekanligingizni ayting. Ehtimol, siz aynan nimada zo‘r ekanligingizni darhol tushunasiz. Shunda ongingiz bilimlar va savollar uchun ochiladi. Bu sizning iste’dodlaringizni ochib bera oladigan daholarcha fikrlash yo‘lidagi birinchi katta qadamdir.

O‘qigan maqolada daholarning ijodkor va sermahsul ekani haqida ham so‘z boradi. Ular yaratgan hamma narsa ham aql bovar qilmas darajada go‘zal bo‘lavermaydi, ehtimol, xatolar ham ko‘p bo‘lar, xatolar ham aql kuchi va fikrlash qobiliyatidan dalolat beradi.

Eynshteyn so‘zlar va raqamlarning uning fikrlash jarayoniga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytgan, chunki vizual tasvirlarni ko‘rardi. Shu bilan birga, hayoti davomida yuzlab asarlar yozgan.

Ko‘pgina daholarga xos bo‘lgan yana bir xususiyat – bu teskaridan boshlab fikrlash qobiliyatidir. Bunday fikrlash usuli an’anaviy mantiq chegaralaridan tashqariga chiqadi va miyangizga tushunchalar bilan yangi darajada ishlash qobiliyatini beradi.

OQIMGA QARSHI SUZING

Buyuk aqllar qarshisida maqsadlar turadi, qolganlarda esa istaklar.

Vashington Irving

Dunyo o‘ziga xoslik namunalariga to‘la. O‘ziga xoslik fikrlash tarzi va xatti-harakatlardagi mustaqillik va ijodkorlikni anglatadi. Biroq nomidan qat’i nazar, o‘ziga xoslik ko‘p hollarda oqimga qarshi suzishni taqozo etadi, bu esa doim ham oson emas. Ba’zan eng oson yo‘l o‘rtaliq natijalarga olib keladi, agar bu siz uchun yetarli bo‘lsa, yaxshi. Men uchun esa yo‘q. Kitobni o‘qiyotgan ekansiz, demakki, siz uchun ham yetarli emas.

Ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanishni endi boshlagan paytlarimda otam Manxettenda faqat tentaklar qurilish qiladi, deb hisoblardi. Meni katta qiyinchiliklar kutayotganini bilsam-da, oqimga qarshi suzdim, o‘z cho‘qqimni yaratishni istadim. Menda g‘oyalar bor edi va agar ularni amalga oshirishni istasam, mustaqil va ijodiy harakat qilishim kerakligini bilardim. Tavakkal qilish va bu ishga bel bog‘lashga qaror qilganimdan juda baxtliman. Albatta, oilaviy biznesda ish yuritish osonroq bo‘lardi.

Baxtimga, yaxshi ta’lim va tajriba orttirdim. O‘zimga doim biror ishga tayyorgarliksiz qo‘l urib bo‘lmasligini takrorlayman. Jasorat va ahmoqlik orasidagi chegara juda nozik. Hatto sayoz joyda ham xavf bor yoki noma’lumlik deng istasangiz, suvga sho‘ng‘ishdan avval to‘lqinning yopirilish va chekinish vaqtlarini bilib oling. Tezkor oqimlar bor, akulalar bor. Ba’zan ularni kech bo‘lganida sezasiz. G‘oyangiz qanchalik oddiy, ishonchli bo‘lib ko‘rinmasin, buni yodda tuting.

Tarixiy shaxs, Ikkinchi jahon urushida muhim o‘rin tutgan Sharl de Goll tarixchilar va yozuvchilar oilasida tug‘ilgan. Otasi adabiyot va falsafadan dars bergan. Biroq yosh Sharl harb ishiga shunchalik qiziqqanki, o‘zini nima bo‘lsa-da, yangi qiziqishga baxsh etishni maqsad qilgan. U o‘zining qaysarligi bilan tarixda qolgan.

Sharl de Goll fashistlar Germaniyasi bilan tuzilgan sulh shartlarini qabul qilishdan bosh tortganidan keyin «yo‘q» degan odam» sifatida tanilgan. U «yo‘q» dedimi, demak «yo‘q» edi. Ikki xil ma’noda gapirmasdi. Uning bolaligi tafsilotlarini bilmayman, lekin ziyoli oiladan bo‘lgan bola urush bilan bog‘liq masalalarga jiddiy e’tibor qaratganida qanday tushunmovchiliklarga duchor bo‘lganini tasavvur qila olaman. Ammo Charlz nima istayotganini bilardi va o‘z yo‘lidan ketdi.

Vaqti-vaqti bilan o‘zingizni atrofdagi shovqinlardan chalg‘itib, yuragingizning urishini tinglash juda muhimdir. O‘zingiz va boshqalarning umidlarini, gazeta va televizorni chetga surib qo‘ying, o‘zingizni tinglang. Sizning kuchlanishingiz boshqa rozetkaga mos kelishini tushunib yetishingiz mumkin. Bu uchun balki biroz kuch sarflashingizga to‘g‘ri kelar, shunday bo‘lsa-da, boshqa yo‘llar haqida o‘ylab ko‘ring. Hozir hamma ko‘p takrorlaydigan qulaylik zonasidan chiqing. Buni xotirjamlik deb atayman va bu hech qayerga olib bormaydigan ajoyib yo‘l deb bilaman.

Bir kuni o‘zi ishlab chiqqan loyihani «Menimcha, yomon emas», deya baholagan xodimni ishdan bo‘shatganimni eslayman. Yomon emas? Men uchun bu loyiha yetarli darajada yaxshi emas edi va agar u uchun bu yomon bo‘lmasa, demak bu xodim qo‘l ostimda ishlamasligi kerak. Menga loyihani eng yaxshi qilib amalga oshiradigan odamlar kerak. Shaxsiy hayotingizda ham, biznesingizda ham oz narsa bilan qanoatlanmang. Agar siz kuchli oqimga qarshi suzishingiz kerak bo‘lsa ham, talabchan bo‘ling va darajangizni tushirmang.

Yangi kengliklarni ochadigan va yangi mezonlarni belgilaydigan yangi va g‘ayrioddiy narsani izohlar ekanmiz, novatorlik haqida gapiramiz. Hayotingizni iloji boricha ushbu ta’rifga moslashtirishga harakat qiling va oqim va girdoblarni kuzatib borishni unutmang. Bu cho‘qqiga chiqishning ajoyib usuli.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 | Следующая
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации