Электронная библиотека » Р. Мавлонова » » онлайн чтение - страница 5


  • Текст добавлен: 27 апреля 2024, 21:40


Автор книги: Р. Мавлонова


Жанр: Учебная литература, Детские книги


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 5 (всего у книги 9 страниц)

Шрифт:
- 100% +
2.5. Boshlang’ich sinflarda mehnat xonasini jihozlash
REJA:

1. Mehnat papkasi.

2. Sanitariya gigiyena talablari.

3. Ish joyini tahlil qilish.

4. Ish qurollari va ularni ishlatish.

Boshlarig‘ich sinflar deganda davlat ta’lim tizimi qonunida asosan 1-sinfdan 4-sinfgacha tushuniladi.

Boshlang‘ich sinfda mehnat tarbiyasi darsi bo‘lishi uchun alohida ustaxona bo‘lmaydi. Balki o‘zlarining xonasida o‘tirib shug‘ullanadi.

Mehnat o‘qituvchisi o‘quv yilining boshida ota-onalar bilan suhbat o‘tkazib har bir bolaning qoldirib ketadigan mehnat papkasi bo‘lishi kerak ekanligi aytadi va ota-onasidan ta’minlashini so‘raydi.

Mehnat darslarida sanitariya gigiyena talablariga va texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak.

Xonaning kattaligi partaning mosligi, qulayligi Davlat Ta’lim Standartiga ega bo‘lishi kerak.

Xonada qo‘l yuviladigan va sochiqlari bo‘lishi kerak.

Xonaning qishda issiqligi va yozda salqinligini pechka va ventelyator orqali ta’minlash kerak.

Ish joylarini ta’minlash uchun o‘qituvchi har bir bolaga uqtirish kerak.

Mehnat papkasi, ish qurollari partaning tepa burchagida bo‘lishi kerak.

Ish qurollari, ularni ishlatish. Ish qurollari ishlatilishi bo‘yicha ikki guruhga bo‘linishi mumkin:

a) rangli qog‘ozlar bo‘yicha ishlash;

b) tikuv ishlari bo‘yicha ishlash.

O‘qituvchilarda, darsda rangli qog‘oz, yelim, qaychi va hokazolar bo‘lishi kerak.

Ish xonasi va shu ish xonasidagi qo‘l mehnati darslari to‘g‘ri tashkil etilsa, o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabat muntazam rivojlanadi va ishlab chiqarish, texnik madaniyat shakllanadi. Ish xonasi shunday tashkil etilishi kerakki, u o‘quvchilarni quyidagilar bilan tanishtirsin: 1) ishlov beriladigan materiallardan: qog‘oz, kardon, gazlama, tola, sim, yog‘och, ayrim qurilish materiallari (qum, joy, sement) kabilar texnologiyasi bilan tanishtirish. 2) Yuqoridagi materiallar faqat qo‘l mehnati bilan bajariladigan moslama emas, balki mexanizatsiyalashtirilgan moslamalar bilan tanishtirish. 3) Materiallarga ishlov berishning asosiy metodlari: mexanik, kimyoviy, energetik kabilar bilan tanishtirish. 4) Sanoat va ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari bilan tanishtirish.

Ish xonasida bolalarni ishga yo‘llash, intizomlilikni rivojlantirish. Bulardan tashqari konstruktorlikni, kashfiyotchilikni rivojlantirish va ishni rejalashtirish, kontrol qilish va hisobga olishni odatlantirish. Ish xonasidagi barcha mashg‘ulotlar, o‘quv organlari uzviy aloqada bo‘lishlari lozim. Asboblar bolalarning yosh xususiyatlariga va sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi kerak.

O‘quvchilar papkalarining qo‘llanishi 1—4-sinf o‘quvchilarida qo‘l mehnatini to‘g‘ri tashkil etish va ularni muntazam o‘tkazish imkonini beradi. Bunday papkalarning qulayligi shundaki, bunda har bir o‘quvchi dars vaqtida kerakli narsalarga ega bo‘ladilar. Papka o‘quvchilarda o‘z ish joylarini va mehnat jarayonini uyushtirish, ko‘nikma va malakalari shakllanishiga yordam beradi.

Ish xonasida bo‘lishi kerak bo‘lgan asbob-uskunalar ro‘yxati: 1) yog‘och bilan ishlash uchun: arra, bolg‘a, tesha, atvyorka, 2) qog‘oz va karton bilan ishlash uchun: qaychi, qalam, chizg‘ich, yelim, bigiz solingan g‘ilof, rangli qog‘oz. 3) Turli materiallar bilan ishlash: pichoq, sim, loy. Texnik tayyorgarlikka ega bo‘lish qo‘yilgan mehnat vazifalarini bajarishda, asboblaridan turi va ratsionalroq foydalanishda yordam beradi. Shuningdek, bu tayyorgarlik kerakli ishlar chiqarish operatsiyalarini qanday va qaysi izchilikda amalga oshirish, qanday asboblarni qo‘llash va uning sabablarini anglashga ko‘maklashadi.

Texnik bilimlar asosan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fan-texnika yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg‘o‘tadi.

Texnik bilim doirasi faqat mehnat darslardagina kengaytirilmaydi. Bunga o‘qitilayotgan boshqa predmetlar ham o‘z ulushini qo‘shadi. Mehnat ta’limining boshqa darslar bilan aloqasi boshlang‘ich maktabda elementar texnik bilimini ta’minlovchi asosiy vositadir.

O‘quvchilarga berilayotgan texnik bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga o‘rgatishni ma’lum nazariy darajada amalga oshirishga imkon beruvchi zamindir.


Savollar

1. Boshlang‘ich maktab mehnati ta’limining asosiy vazifalari nima?

2. Mehnat bo‘yicha berilgan politexnik ta’lim o‘quvi nimani o‘rgatadi?

3. Texnik tayyorgarlik nima?

III bob. BOSHLANG‘ICH SINFLAR MEHNAT DARSINI O‘QITISHDA O‘QUV-TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI

REJA:

1. Og‘zaki bayon qilish metodi.

2. Mustaqil ishlar.

3. Muammoli vazifalar.

Ilmiy texnik tafakkurning borgan sari o‘suvi va yoshlarning fan texnikaning jo‘shqin rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat ta’lim mazmunini emas, balki o‘qitish jarayonining usuli va tashkil etilishini, o‘qishga qiziqishni, ijodiy qobiliyatni, egallangan bilimlarni amalda ijodiy qo‘llay bilishni rivojlantirish maqsadlarida yanada takomillashtirishni ham talab qiladi. «Bu esa maktab zimmasiga yoshlarda ijodga ehtiyoj uyg‘otish, ijodiy qobiliyatlar, har qanday faoliyatga ijodiy yondashish asoslarini tarkib toptirish, ijodiy masalalarni mustaqil hal etishga o‘rgatish vazifasini yuklaydi»

Texnik mehnatga o‘rgatishning ahamiyati texnik mehnat malakalarini egallash imkoniyatini berish bilan cheklanmaydi. Balki bu malakalar hamma uchun kerakligini e’tirof qilish kerak. Ko‘pgina ilmiy ekspeditsiyalar, agarda unda qatnashgan kishilar turmush ishlarini bajarishni: ovqat pishirish, kiyimni yamash, ozodalikni saqlash va shu kabilarni bilmaganlarida shunchalik muvaffaqiyatli chiqmagan bo‘lar edi.

Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘qitishning turli metod va usullarini qo‘llab, shuningdek, sinfdan tashqari ishni qiziqarli tashkil etib, yaxshi o‘zlashtirish natijalariga erishmoqdalar va bilimga muhabbat hamda qiziqishni singdirmoqdalar. Bunday o‘qituvchilar qo‘l mehnatini o‘rgatishda o‘quvchilarga turmush mehnati sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini singdirish bilan birga, ularda ijodiy qobiliyatlarni va bilishga qiziqishni, mustaqil faollikni o‘stirishga yordam bermoqdalar.

Qo‘l mehnatiga o‘rgatishda, boshqa predmetlarni o‘rgatishda bo‘lganidek, o‘qitishning xilma xil metodlari qo‘llanilib, ular yordamida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishlariga, shuningdek bilish qobiliyatlarining rivojlanishiga erishiladi.

O‘qitish metodlari – bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning ish usullari bo‘lib, bular yordamida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga erishiladi. O‘qituvchi o‘z amaliyotida o‘qitishning xilma xil usullaridan foydalanish mumkin. Bitta darsning o‘zida o‘qitishning turli usullari qo‘llanishi mumkin. O‘qituvchining intilishi, xatti-harakati darsda o‘quvchilarning diqqat e’tiborlari susaymasligiga, fikrlarining jamlangan bo‘lishiga, ularning charchamasliklari va zerikmasliklariga yo‘llangan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi darsning har bir daqiqasini qadrlab, o‘quvchilarni ham shu narsaga o‘rgatishi kerak.

Har bir o‘qituvchiga o‘z uslubi, o‘z usulining o‘ziga xosligiga ega bo‘lish huquqi berilgan, biroq shuni aytish muhimki, bularning barchasiga mustahkam bilim birinchi qarashda hammaga ravshan bo‘lgan haqiqatlarni egallab olganlaridagina erishish mumkin. Nota savodi, gamma va kerakli texnikani egallamay turib Chaykovskiy asarlarini bilib bo‘lmaganidek, darsning tekshirilgan klassik shaklini o‘zlashtirmasdan turib o‘qituvchi o‘z uslubini shakllantira olmaydi. O‘z faoliyatini o‘qituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi bo‘lgan yosh o‘qituvchilar mana shu hammaga ma’lum haqiqatni o‘zlashtirishdan boshlashlari kerak. Ular mashhur triadani: darslarda suhbat, gapirib berish, laboratoriya ishlari kabilardan foydalanib o‘zlashtirilganni tekshirish, yangi mavzuni tushuntirish va o‘tilganini mustahkamlashni eng boshidan o‘rganishlari lozim. Faqat barchaga ma’lum haqiqatlar o‘zlashtirilgandan keyingina o‘z imkoniyatlari va sinfning imkoniyatlarini nazarda tutib, yangisini qo‘llash mumkin.

O‘qitish metodlari bilimlarning shunday darajada egallanishiga xizmat qilishi kerakki, unda o‘quvchilar chizmani o‘qituvchi chizgan o‘lchamlar asosida emas, balki o‘tilgan buyumning istalgan o‘lchami bo‘yicha chizib, egallagan bilimlarini amalda qo‘llay olsinlar.

Qo‘l mehnatiga o‘rgatishda qo‘llanadigan asosiy uslublar tasnifi quyidagichadir:

1. Og‘zaki bayon qilish. 2 Tushuntirish va hikoya qilish. 3. Instruktaj. 4. Suhbat. 5. Mashqlar. 6. Amaliy ishlar. 7. Grafik ishlar. 8. Laboratoriya ishlari. 9. Mustaqil ishlar. 10. Ekskursiya. 11. Kitob bilan ishlash. 12. Kino. Ta’limning texnik vositalari.

3.1. Og‘zaki bayon qilish metodi ikki shaklda mavjud bo‘lishi mumkin

1. Monologik bayon qilish, bunda faqat o‘qituvchi gapiradi, o‘quvchilar esa uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo‘l mehnati darslarida u tushuntirish va hikoya qilish, instruktaj ko‘rinishida bo‘ladi. 2. Dialogik bayon bo‘lib bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro suhbatidir.

Hikoya qilish – bu dastur materialini jonli va obrazli bayon qilishdir. Bu holda yangi bilimni o‘qituvchining o‘zi beradi. Ba’zan suhbat davomida o‘quvchilar tushuntirilayotgan narsalarni qanchalik o‘zlashtirayotganliklarini aniqlash maqsadida ularga savollar bilan murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agarda bajarilgan ishlar, natural namunalar, rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni ko‘rsatib qilinsa, anchagina tushunarliroq bo‘ladi. Bu o‘rinda tushuntirayotganingda ko‘rsat, ko‘rsat va tushuntir degan qoida bajariladi. Yangi materialni bayon qilishda o‘quvchilarning bir xil emasligini nazarda tutish lozim. Tushuntirishda bo‘sh o‘zlashtiruvchilarga alohida e’tibor berish lozim. Hikoya qilish jarayonida ularning idroklarini faollashtirish maqsadida tushuntirilayotgan material yuzasidan ularga bir ikkita savol berish mumkin.

O‘qituvchi hikoyasi quyidagi talablarga javob berishi kerak: U mazmuniga ko‘ra – dasturda nazarda tutilgan barcha o‘quv materialini aniq va to‘liq qamrab olishi kerak;

► bayon etilish shakliga ko‘ra aniq, tushunarli, mantiqiy, iboralari sodda bo‘lishi zarur;

► material qiziqarli va o‘quvchilarning fikrini faollashtiradigan, diqqatini yangilikning asosiy elementlariga jalb qiladigan bo‘lishi lozim.

Hikoyada o‘qituvchini o‘quvchilarbop fakt va tushunchalarga asoslanishi lozim. Nutq soda va aniq bo‘lmasa, o‘quvchilarning hikoyaga, keyinchalik predmetga bo‘lgan qiziqish so‘nishi mumkin. O‘qituvchining hikoyasida o‘quvchilarning nutqini yangi axborot va so‘zlar bilan boyitish, yangi so‘z va atamalar bo‘lishi, ularning ma’nosini shu vaqtning o‘zida tushuntirishi shart.

Hikoya jarayonini o‘quvchilar yaxshiroq tushunib olishlari uchun ko‘rgazmali qurollar – tikuvchilik mahsulotlari, natural predmetlar, rasmlar, fotosuratlar vositasida o‘qituvchi voqeani namoyish etib bermog‘i darkor.

3.2 Instruktaj – mehnat ta’limining samarali metodlaridan biridir

3.2 Instruktaj – mehnat ta’limining samarali metodlaridan biridir. Instruktajning maqsadi o‘quvchilarning amaliy faoliyatlarini uyushtirish va yo‘naltirish orqali ularning amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlarini hamda ularda mehnatga ongli ijodiy yondashishni tarbiyalashni ta’minlashdir. Instruktaj olgan o‘quvchiga ishning maqsadi va usullari ravshan bo‘lishi kerak. Instruktajning vazifasi o‘quvchilarga texnologik jarayonni ongli va to‘g‘ri rejalashtirishni o‘rgatishdan iboratdir.

Instruktaj olgan o‘quvchilar: ishni ratsional usullarda va to‘g‘ri izchillikda bajara bilishlari, mehnatni tashkil etishning belgilangan formalari va xavfsizlik texnikasi qoidalarini amalga oshirishlari, yo‘l qo‘yilgan xatolarni ish jarayonida tuzatishlari va ularning paydo bo‘lish sabablarini bartaraf eta bilishlari kerak.

Instruktaj og‘zaki va yozma, individual, qator yoki guruhga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.

Og‘zaki instruktaj suhbat yoki hikoya qilish metodi orqali berilishi mumkin. Suhbat va hikoya qilish jarayonida ham predmetlar yoki ish usullari namoyish etilishi mumkin.

So‘z va ko‘rsatishning bir biriga munosabati ishning to‘g‘ri va murakkabligiga ko‘ra hal etiladi. Masalan, ko‘ylak tikish ishini rejalashtirish nazarda tutilganda asosiy ish tushuntirishga, choklarni tikishga o‘rgatishga, ko‘rsatishga taalluqli bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, biror chokni qanday tikish kerakligi ko‘rsatilayotganda bu harakatning maqsadi albatta tushuntirilishi lozim.

Instruktajdan so‘ng o‘quvchi egallagan bilimlarini amaliy mehnat harakatlariga tatbiq etishi darkor. Biroq barcha o‘quvchilar ham instruktajni bir xilda idrok etmaydilar, birlari kerakli harakatni og‘zaki bayondan tasavvur qila olmaydilar, ikkinchilariga ko‘rsatish, tushuntirish kerak bo‘ladi, uchinchilari tushuntirish vaqtida hamma narsani tushunadilar, biroq ishga kirishgan onlariyoq, ularni unutadilar. Bu holat ulardagi bilish usulining xususiyatlariga hamda birinchi va ikkinchi signal mavzulari munosabatlarining xususiyatlariga aloqadordir.

Topshiriqning yaxshiroq anglanishi va bajarilishi uchun instruktaj jarayonida o‘quvchilarni bo‘lajak ishni rejalashtirishga jalb qilish, topshiriqni bajarishga aloqador masalalarni ular bilan muhokama qilish, instruktaj o‘tkazishda o‘quvchilarning diqqatini o‘ta muhim texnologik jarayonlarga jalb qilish: xavfsizlik texnikasi qoidalarini eslatish lozim.

Hamma ko‘rsatilgan harakatlarni o‘quvchilar mustaqil bajarishlari kerak bo‘lganligi uchun, ular bu harakatlarni aniq va puxta idrok etishlari hamda xotirlab qolishlari lozim. Shuning uchun ko‘rsatish hajmi bir karra xotirlashdan ortiqcha bo‘lmasligi kerak.

Qo‘l mehnatini o‘rgatishda yozma instruktajdan bot-bot foydalaniladi va u ko‘pgina hollarda og‘zaki instruktaj bilan qo‘shib olib boriladi. Darsda instruksion kartaning mavjud bo‘lishi og‘zaki instruktaj vaqtini ancha qisqartiradi, savollarni deyarli istisno etib, mustaqil ishlashga o‘rgatadi. Instruksiya xaritalaridan keng foydalanish lozim.

Instruksiya xaritasi bilan quyidagi tartibda ishlanadi:

• o‘quvchilarni instruksiya xaritasi bilan tanishtirish, ularga kartaning tuzilishi va mazmunini tushuntirish, unda qanday ma’lumotlar borligini ko‘rsatish;

• ishning izchilligini qisqacha tushuntirish.

O‘quvchilarning karta bilan ishlashlari, kartani o‘qish va unda ko‘rsatilgan harakatlarni bajarish, bajarilayotgan ishni karta bilan solishtirib muvofiqligini tekshirib ko‘rish kerak.

Instruksiya xaritasidagi ko‘rsatmalar soni o‘quvchilarni yanada ko‘proq mustaqillikka undash maqsadida asta-sekin qisqarib borishi kerak.

Yozma instruktaj tarkibida ishning borish jarayoni, xavfsizlik texnikasi, ish o‘rnini tashkil etish va shu kabilarning illyustratsiyalari hamda bayoni tasvirlangan ko‘rgazmali plakatlar, jadvallar ko‘rinishida ham amalga oshirilishi mumkin.

Mo‘ljallanilishi va maqsadiga ko‘ra kirish, joriy hamda yakuniy instruktaj bo‘ladi.

Kirish instruktajida topshiriqning maqsad va mazmuni ochib beriladi, ishni bajarish usullari va tartibi, ishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar va ularning oldini olish yo‘llari ko‘rsatiladi. Vaqtni tejash maqsadida kirish instruktaji butun guruh uchun o‘tkaziladi. Ayrim o‘quvchilar kirish instruktajidan so‘ng berilgan ishning hammasini bajarishda qiynaladilar, ana shunday vaqtda o‘qituvchi o‘quvchilarning ishlarini kuzatish va nazorat qilish asosida joriy instruktajni o‘tkazadi. Joriy instruktaj butun guruh uchun ham, guruhning ayrim qismi yoki bir o‘quvchi uchun ham o‘tkazilishi mumkin. Butun guruh uchun joriy instruktaj o‘qituvchi o‘quvchilarning ko‘pchiligida bir xil xarakterli xatolarni sezganda yoki ish (tikish) ning texnologiyasini eslatish zaruriyati tug‘ilganda yoxud xavfsizlik texnikasining buzilish xavfi tugilgan vaqtlarda o‘tkaziladi. O‘quvchining ishini to‘g‘rilayvermaslik, buning ustiga ishning biror qismini ham o‘quvchi uchun bajarmaslik kerak.

O‘quvchiga yo‘l qo‘ygan xatosini anglashiga yordam beradigan yo‘llovchi savol berish, uning ishiga mustaqillik, tashabbuskorlik, bajarayotgan ishiga ijodiy yondashishni uyg‘otadigan qilib aralashish maqsadga muvofiqdir. Biror buyum tayyorlanayotgan vaqtda doskada o‘quvchilar bajarayotgan ishlarining namunasi sifatida tayyor buyumning osig‘liq turishi juda o‘rinlidir.

Yildan yilga, ya’ni 1-sinfdan 4-sinfga qarab joriy instruktajning hajmini qisqartirib, o‘quvchilarga ko‘proq mustaqillik berib boriladi.

Yakuniy instruktaj ish oxirida o‘tkazilib, unda asosiy e’tibor yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilishga qaratiladi. Yo‘l qo‘yilgan xatolar tahlilini shunday tashkil etish kerakki, o‘quvchilarda o‘z ishlarini tahlil qilish malakalari, o‘z xatolarini va ularni bartaraf qilish ko‘nikmasi, psixologik jarayonni takomillashtirish, shuningdek o‘z ishini baholay bilish ko‘nikmalari asta-sekin shakllanib borsin.

3.3 Suhbat turli

Suhbat turli o‘quv maqsadlarida, ya’ni yangi dastur materialini bayon qilish, bilimlarni mavzulashtirish va chuqurlashtirish uchun takrorlash jarayonida, o‘quvchilarning bilimini tekshirish uchun qo‘llanishi mumkin.

O‘quvchilarni ulardagi qiziquvchanlikni qo‘zg‘ab, savollar berishga undash foydalidir.

Umumlashtiruvchi suhbat yaxshi samara beradi. Masalan, 3-sinfda „Mashinalar – ko‘makchilar“ mavzusi o‘rganilgach, mavzu bo‘yicha bilimlarni mavzuga solish, chuqurlashtirish va mustahkamlash maqsadida umumlashtiruvchi suhbat o‘tkazilishi mumkin. Suhbatni quyidagi savollar bo‘yicha olib borish maqsadga muvofiqdir:

1. Qanday mashinalarni ko‘makchilar deyiladi?

2. Qanday ko‘makchi mashinalarni bilasiz?

3. Ular kishi mehnatini qanday yengillashtiradi?

4. Bu mehnat oldin qanday bajarilardi?

Ba’zan yangi materialni tushuntirishdan oldin ilgari o‘tilgan materialni xotirada tiklash zarur bo‘lib qoladi. Bunday ehtiyoj ko‘pincha chizmalarni chizishda tug‘iladi. Bunday hollarda chizmaning ma’lum qismi qanday izchillikda bajarilganligi qisqa va aniq shakllantirilgan savollar yordamida eslanadi. Oldingi darsda to‘xtalgan joyga kelgandan so‘ng o‘qituvchi yangi materialni tushuntirishni boshlaydi.

Suhbat xuddi hikoya singari ma’lum talablarga javob berishi, ya’ni:

– savollar shunday shakllantirilishi lozimki, ular o‘quvchilar tafakkurini faollashtirsin, ularni aniq va ishonarli javobni izlashga undasin;

– mavzuni ochib berishda izchillik bo‘lishi uchun suhbatning rejasi, oldindan tuzib qo‘yilgan savollari albatta bo‘lishi kerak;

– o‘quvchilarning diqqati qaysi fakt va xulosalarga qaratilishi oldindan belgilanishi lozim.

Suhbat o‘quv materialining chuqur va ongli egallanishiga yordam berishi: o‘quvchilarda bo‘lajak amaliy ishni ongli rejalashtirish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda vosita xizmatini o‘tashi; egallangan bilimlarni amalda qo‘llash malakalarini singdirishga yordam berishi kerak.

3.4. Mashqlar olingan

Mashqlar olingan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. O‘qituvchi ko‘nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida o‘quvchilarga turli mashqlar beradi, bunda u ijodiy xarakterdagi ishlarni tashkil etib qo‘proq mustaqillik talab etuvchi mashqlarni nazarda tutadi.

Bu metodning mohiyati borgan sari murakkablashib boruvchi usul va harakatlarning ongli hamda ko‘p karra takrorlanishidadir.

Masalan, oddiy choklarni tikish muntazam mashq qilish metodi yordamida mexanik bajarilishgacha yetishi, ya’ni ish tez, tartibli bajarilishi va qaviqlar orasi mutlaq bir xil o‘lchamda bo‘lishi kerak. Boshqa ish turlarida ham (qog‘oz karton bilan ishlash) mana shularga erishish lozim.

Mashqlar guruhli va individual bo‘ladi, ya’ni butun guruh bir xil ishni va barcha o‘quvchilar turli ishlarni bajarishlari mumkin.

Mashqlarning xarakterli xususiyati ayni bir harakatning takrorlanishi bo‘lganligi uchun o‘quvchilarda bajarilayotgan ishga nisbatan qiziqishni saqlash talab etiladi.

Mashqlar yakunida ishlarni tahlil qilish, eng yaxshi ishlarning tahliliga tayanib, kim qanday natijalarga erishganligini ko‘rsatish lozim. Ayni bir vaqtda kamchiliklar ustida ham to‘xtash va ishning sifatini yaxshilash yoki bajarish tezligini oshirish uchun nimalar qilish kerakligini tushuntirish lozim.

3.5. Grafik ishlar texnik mehnatni

Grafik ishlar texnik mehnatni o‘rgatishda muhim o‘rinni egallaydi. Biror narsaning chizmasini chizishga butun bir dars, ba’zan ikki dars bag‘ishlanadi. Shuning uchun texnik mehnat darslarida chizmani chizishga kirishishdan oldin, chizmachilikda o‘quvchilarni dastur asosida chizmalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan elementlari bilan tanishtirish lozim.

Chizmani tayyorlashga kirishishdan oldin masshtabning qanday belgilanishini chizg‘ichlar yordamida amalga oshirish zarur.

Chizmalar daftarda emas, balki chizmachilikka mo‘ljallangan albomda bajariladi. Chizmaning butun texnik mehnat ta’limi darslarida bitta albomda bajarilgani qulay, maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarning chizmalarini muntazam tekshirish va baholab borish kerak. Chizmalarni qoralama qog‘ozlarga chizish tavsiya etilmaydi. Chizmani bevosita albomga toza qilib chizishga odatlantirish kerak.

O‘qituvchi o‘quvchilardan chizma va yozuvlarni aniq, ravshan va tartibli bajarishlarini talab qilishi lozim. Chizmani aniq bajarmay turib, o‘quvchilarga chizmani materialga to‘g‘ri ko‘chirishga, chizmani o‘qishga o‘rgatib bo‘lmaydi; qo‘l mehnati darslarining asosiy vazifasi esa ana shundan iboratdir.

O‘qituvchi ish sifatini o‘quvchilarning albomlarni qanday tutganligi bilan baholashi mumkin. Amaliy ishlar o‘quvchilarga egallagan bilimlarini amalda qo‘llashni o‘rgatishda yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil tuzishlari katta ta’lim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

3-sinfda „Sinf xonasini yig‘ishtirish“, „Xona o‘simliklarini parvarish qilish“ kabi amaliy ishlarni o‘tkazishdan oldin har bir qator ma’lum topshiriq oladi. Bunda har bir qatorga olgan topshirig‘iga ko‘ra ish rejasini mustaqil tuzishni topshirish maqsadga muvofiqdir.

Ko‘rgazmali qurollarning o‘quvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy ishlarga kiritish mumkin, bu egallangan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 | Следующая
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации