Текст книги "Меҳнат ўқитиш методикаси"
Автор книги: Р. Мавлонова
Жанр: Учебная литература, Детские книги
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 7 (всего у книги 9 страниц)
4.4. O‘qitish metodlari
O‘qitish metodlari. Ta’lim nazariyasida o‘qitish metodlari markaziy o‘rin egallaydi. „Metod“ yunoncha so‘z bo‘lib, „yo‘l“ ma’nosini anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari usullaridir. Ta’lim metodlari o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o‘quv materiallarini nazariy va amaliy yo‘naltirish yo‘llarini anglatadi.
O‘qitish metodlari ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining qanday bo‘lishi, o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o‘quvchilar qanday ish harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi.
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo‘linadi. O‘quv bilim faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonini o‘zi uzatish, qabul qilish, anglash, o‘quv axborotlarni esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay olishni nazarda tutishni hisobga olsak, 1-guruh metodlariga so‘z orqali uzatish va axborotni eshitish orqali qabul qilish metodlari; o‘quv axborotini eshitish orqali qabul qilish metodlari, o‘quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish kiradi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan kelib chiqqan holda amaliyotda keng qo‘llanilayotgan metodlarni asosan quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Ta’lim metodlari

O‘quv materiallarini og‘zaki bayon qilish metodi maktab ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, mazkur metodga barcha o‘quv predmetlari bo‘yicha barcha sinflarda murojaat qilish mumkin.
Ushbu metod bayon qilinayotgan ma’lumotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qituvchining jonli nutqi orqali idrok qilinishi bilan tavsiyalanadi va ana shu xususiyatga ko‘ra ta’limning boshqa metodlaridan farq qiladi. O‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi quyidagi 5 turda qo‘llaniladi:

Hikoya qilish o‘qituvchi tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga oid fakt, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismalarga bo‘lib, obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishidir.
Maktab ma’ruzasi – o‘tilayotgan mavzuning haqiqiy mohiyatini ochib berish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish yo‘li bilan bir soatlik mashg‘ulot davomida bilimlarni izchillik bilan sidirg‘asiga bayon etishdir.
Suhbat metodi ko‘pincha savol-javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki bu metodda dars o‘tilsa, u asosan savol-javob yo‘sinda olib boriladi.
O‘qitish jarayonida o‘rganiladigan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qo‘llaniladi, shuningdek, o‘quvchilar tomonidan yangi o‘tilgan mavzuni qanchalik tushunganlarini tekshirish maqsadida ham suhbat o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotlar metodi quyidagi metodlardan iboratdir:

Mashq qildirish metodi asosan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkamlash va uni amalda qo‘llay olish, tegishli ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Laboratoriya metodi asosan fizika, kimyo, biologiya, fizika-geografiya kabi predmetlarni o‘rganishda qo‘llaniladi va u maxsus jihozlangan laboratoriya, xonada tegishli asboblar yordamida olib boriladi. Laboratoriya mashg‘uloti xususiyatiga ko‘ra uch xil bo‘ladi.

Ta’limda ko‘satmalilik metodining quyidagi turlaridan foydalaniladi:

Namoyish metodi o‘qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan ilmiy-nazariy bilimlarni o‘quvchilar puxta o‘zlashtirishlari uchun ularning sezgi organlari – eshitish, ko‘rish, hid va ta’m bilish, teri sezgilarining bir obyektga alohida yoki bir necha sezgi a’zolarini bir yo‘la safarbar qilish yo‘li bilan olib boriladi.
Darslik va kitob bilan ishlash – materialni og‘zaki bayon qilish metodining asosiy turi bo‘lib, maktab amaliyotida muhim o‘rin tutadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilarini darslik va boshqa o‘quv materiallari bilan birga xilma-xil qo‘shimcha adabiyot, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, gazeta-jurnal materiallaridan foydalanishga o‘rganib borish lozim.
Savollar
1. Та’limning tashkiliy shakllarini sanab bering.
2. Sinf-dars tizimini izohlang.
3. Dars tiplarini tavsiflang.
4. Ta’lim metodlarini tavsiflang.
5. Metodlarni tavsiflang.
6. Amaliy metodlarni so‘zlang.
V bob. TA’LIMNING NOAN’ANAVIY SHAKLLARI
Hozirda maktalarimizda pedagogikada bayon qilingan xilmaxil dars turlari bilan birga noan’anaviy dars tiplaridan ham foydalanilmoqda.
1970-yillarning o‘rtlalariga kelib maktablarda o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlari susayganligi ko‘zga yaqqol tashlanib qoldi. Bu muammolarni yechish uchun ta’lim jarayoniga noan’aaviy shakllarni kiritish va asosiy maqsad o‘quvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish edi.
Noan’anaviy dars bu – qolipga solinmagan dars shakli bo‘lib, oqituvchining ijodkorligi, tashabbuskorligi va o‘quvchilarning faolligi natijasida amalga oshiriladigan mashg‘ulotdir.
Noan’anaviy shakllarni amaliyot jarayonida qo‘llash natijasida xilma-xil qarashlar yuzaga keldi. Bir guruh pedagoglar bu ta’lim shaklini ijobiy baholab, ta’lim samaradorligini oshirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi, deb hisobladilar, ikkinchi guruh pedagoglar esa bu ta’lim shaklini qoralab, bu darslarni didaktik tamoyillarning buzilishiga asoslanib tuzilganligi, shuningdek, bu dars turi o‘quvchilarni dangasa, loqayd darsga mas’uliyat bilan qaramaydigan qilib qo‘yadi va darslarni o‘yinga aylantirilganligi deb hisoblaydilar.
Lekin noan’anaviy darslarni amaliyotda qo‘llash natijasida u ijobiy samara berdi. O‘quvchilarning faolligini, darsga qiziqishini oshirdi, mavzularni o‘zlashtirishga zamin yaraldi. Binday darslarning bir necha shakllari mavjud.
1. Ishbilarmon o‘yini.
2. Ilmiy anjuman darslari.
3. Musobaqa darslari.
4. KVN tipidagi darslari.
5. Teatrlashtirilgan darslar.
6. Konsultatsiya darslari.
7. Kompyuter darslari.
8. Ijodkorlik darslari
9. Auksion darslari.
10. O‘quvchilar tomonidan olib boriladigan darslari.
11. Zachyot darslari.
12. Ijodiy hisobotlar darslari.
13. Formula darslari.
14. Tanlov (konkurs) darslar.
15. Xayol (fantaziya) darslai.
16. O‘yin darslari.
17. Sud darslari.
18. Haqiqat izlab darslari.
19. Konsert darslari.
20. Dialog darslari.
21. Konferensiya darslari.
22. Rolli o‘yinlar darslar.
23. Seminar darslari.
24. Masofaviy darslar.
25. Ekskursiya darslari.
Bu darsni o‘z qobiliyaliga ko‘ra yosh muallim ham, uzoq yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan pedagog ham o‘tkazishi mumkin. Noan’anaviy dars uzoq izlanishlar, intilishlar natijasi bo‘lib, u juda yaxshi meva beradi. Noan’anaviy dars bu yangilik, xayolga bog‘liqlik, yangi bir uslub, yangi bir izlanish, o‘qituvchining yutug‘i demakdir. Bunday dars shakli juda qiziqarli bo‘lib, bir umr o‘quvchilar yodida qoladi, bilimi muslahkamlanadi.
Hozirda yurtimiz azaliy orzusi mustaqillikka erishib fan texnika, maorif, ta’lim-tarbiya sohasidagi samarali o‘zgarishlarni o‘rganib, pedagog erkin ishlab, ijod qilib, mehnatlari samarasi sifatida o‘ziga xos yangi dars shakli taqlif qilish, unda yaxshi natijalarga erishib, ta’lim-tarbiya sifatiga munosib hissa qo‘shishi mumkin.
Hozirgi zamon ta’lim jarayoniga didaktik o‘yinli darslar dadil qadamlar bilan kirib kelmoqda. Izlanuvchan va tajribali o‘qituvchilar talabalarni bilish faoliyatini faollashtirishda ta’lim olish jarayonini didaktik o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirib, yaxshi natijalarga erishmoqdalar.
O‘qituvchi didaktik o‘yinli darslarni o‘tkazish uchun juda ko‘p adabiyotlar bilan tanishishi, o‘quvchilar iqtidorini hisobga olishi darkor.
Didaktik o‘yinli darslarni bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga ko‘ra syujetli, rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmon o‘yini, konferensiyalarga bo‘lish mumkin. O‘qituvchi didaktik o‘yinli darslarni tayyorlashi, ularni muvaffaqiyatli o‘tkazish mumkin.
Misol uchun, aralash dars tipi quyidagi tuzilishga ega bo‘ladi.
Takroriy umumlashtiruvchi dars odatda o‘quv dasturining ma’lum bir qismi, bob, bo‘lim yoki yirik mavzu o‘tib bo‘lgandan keyin o‘tkaziladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida ba’zi o‘quv materiallarining ma’lum qismi yoki yirik mavzuni boshlashdan avval kirish darslari ham olib boriladi. Bunday darslar odatda gumanitar predmetlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Kirish darslarini o‘tkazishda o‘quvchilarning mustaqil ish olib borishlari nazarda tutiladi.
Bugungi kunda ta’limni tashkil etish tizimida yakka tartibda ta’lim oluvchining qiziqishi, ehtiyoji, xohishiga ko‘ra muayyan fan, predmet yuzasidan chuqur bilim olish, ma’lum fan yoki predmet bo‘yicha yuzaga kelgan o‘zlashtirmovchilik holatini bartaraf etish, shuningdek, uzoq vaqt sog‘liqni saqlash muassasalarida davolangan yoki tibbiyot xodimlari nazoratida bo‘lgan o‘quvchilatning o‘quv dasturi talablarini bajarishlariga ko‘maklashishi maqsadida tashkil etiladi. Yakka tartibda ta’lim olishning asosiy ko‘rinishlardan biri sifatida repititorlik ta’limi keng taraqqiy etib bormoqda.
Ma’ruza umumiy o‘rta ta’lima maktablar hamda yangi turdagi o‘quv muassasalarida 45 daqiqali yoki bir akademik soatdan iborat bo‘ladi. Umumiy qoidaga muvofiq ma’ruza bir dars davomida oxiriga yetkazilmay qolgan bo‘lsa, u yangi mashg‘ulotda davom ettiriladi. Har bir mavzu bo‘yicha ma’ruza materiallari tushuntirib bo‘lingach, o‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi. Har bir mavzu yuzasjdan foydalanish lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati taqdim etiladi.
Ta’limning noananaviy shakllarini darslarda qo‘llash uchun o‘qituvchi avvalo yangi pedagogik texnologiyalarni bilishi va ulardan dars jarayonida unumli foydalana olishlari lozim.
Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilandan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir.
Dars jarayonida «Aqliy hujum», «Kichik guruhlar bilan ishlash», «Kichik ijodiy guruhda ishlash», «Zamonaviy o‘qitish vositalari bilan ishlash», «O‘z o‘rningni top» kabi metodlardan foydalanish katta samara beradi.
Mashg‘ulotning borish tartibi:
I. Tashkiliy qismi (5´)
1) salomlashish;
2) guruhni 6—8 o‘quvchidan guruhlarga ajratish;
II. Asosiy qism (35´)
1) ma’naviyat daqiqasi;
2) klaster (format qog‘ozga birini yozish);
3) tasadifiy voqea;
4) dam olish bekati;
5) aqliy hujum: test savollari ustida ishlash;
6) dam olish bekati: «Chechanlik»;
7) qiyosiy xarita.
III. Yakuniy qism (5´)
1) baholash;
2) rag‘batlantirish;
– har bir guruh ishi uchun – 3 ball (yashil rang va kartochka);
– o‘yinda faollik uchun (har bir ishtirokchi) – 1 ball (qizil rang va kartochka);
– qo‘shimcha fikrlar uchun – 1 ball (sariq rangli kartochka).
VI bob. MEHNATNI O‘QITISH DARSLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
RE JA:
1. Boshlang‘ich sinflardagi zamonaviy darslarga qo‘yiladigan talab va ular samaradorligining shartlari.
2. Mehnat ta’limi darslarida texnik vositalardan foydalanish.
3. Diapozitivlar.
6.1. Boshlang‘ich sinflardagi zamonaviy darslarga qo‘yiladigan talab va ularning samaradorligi shartlari
„Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini o‘qitishni va tarbiyalashni va ularni mehnatga tayyorlashni yanada takomillashtirish haqida“gi qarorida dars o‘qitishni, o‘quvchilarda yuksak g‘oyaviy-ma’naviy sifatlarni tarbiyalash, ularni hayotga, mehnat faoliyatiga tayyorlashni tashkil etishning sinalgan shaklidir, deyiladi.
Maktab oldiga qo‘yilgan bunday buyurtmadan zamonaviy dars oldiga qo‘yiladigan eng muhim talab kelib chiqadi – dars ta’lim, tarbiya va o‘quvchilarni rivojlantirish vazifasini kompleks hal etishi lozim. Mana shuning uchun ham har bir darsga tayyorlanishda dastur hamda metodik qo‘llanmalar ko‘magida o‘quvchilarda qanday asosiy bilim, ko‘nikma va malakalar tarkib toptirilishi, ularning ongiga qanday tarbiyaviy g‘oyalar singdirilishi, dars bilish qiziqishlarini, o‘quv mehnatini ratsional tashkil etish malakalarini rivojlantirishga qanday yordam berishi ustida yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi.
Har bir dars tarbiyaviy xarakterga egadir. U o‘quvchilarni g‘oyaviy siyosiy, mehnat, ma’naviy va jismoniy tarbiyalash birligini ta’minlaydi.
Darsda o‘rganilayotgan fan asoslarining rivojlangan qurilish amaliyoti bilan aloqasi amalga oshiriladi.
Dars davomida o‘quvchilarda mehnatga munosabat tarbiyalanadi va ularga mehnat ko‘nikmalari, malakalari singdiriladi. O‘quvchilar moddiy ishlab chiqarish sohasidagi amaliy faoliyatga, kasbni ongli tanlashga tayyorlanadilar.
Darsda o‘quvchilarning chuqur va mustahkam bilimni egallash, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish masalalari hal etiladi. Har bir darsning o‘quvchilarda diqqatni, ratsional xotirlash, qiyoslay bilish, fikr yuritish, asosiy narsani ajratish, xulosa va umumlashtirishlar qilish, o‘z ishini rejalashtirish, uni kerakli sur’atda amalga oshirish, o‘zini o‘zi nazorat qilish usullarini shakllantirish imkoniyatlarini ko‘ra bilish kerak. Bu o‘rinda mazkur vazifalar hozirgi kunda boshlang‘ich sinflarning o‘quv dasturlarida u yoki bu darajada aks ettirilganligini nazarda tutish lozim.
Darsdagi o‘qitish vazifasi faqat kompleksgina emas, balki mazkur sinfni, umuman har bir o‘quvchining alohida xususiyatlarini nazarda tutuvchi maksimal aniqlilik ham bo‘lishi kerak. Ma’lumki, boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari maktabgacha tayyorgarliklari, ish qobiliyatlarining turliligi, esda saqlab qolish xususiyati, tengdoshlari bilan munosabati, qiziqishlarining har xilligi, xatti-harakatidagi madaniyat shakllari, tartib intizom bir birlaridan turlichaligi bilan farqlanadilar.
Dars tuzilishi o‘quv materialining maqsadi va mazmuni, o‘quv faoliyatining tashkil etilishiga qarab aniqlanadi.
Zamonaviy dars mazmuni, o‘quv faoliyatini tashkil etish usul va shakllari qanday talablarga javob berishi kerak?
Dars mazmuniga qo‘yiladigan eng muhim talab g‘oyaviylik va aniq maqsadga qaratilgan bo‘lishdir. Bu talab o‘quv jarayonida o‘quvchilarning bilish imkonnyatlarini rivojlantirish, ularda kundalik xatti-harakatning asosi sifatida odob-axloq asoslarini shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarni ta’minlash zarurligini anglatadi.
Boshqa muhim talab dars mazmunining ilmiy bo‘lishidir.
Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quvchilarni nazariy ma’lumotlar bilan qurollantirish, bunday bilimlardan faqat hodisalar o‘rtasidagi mavjud aloqalarni tushuntirishda doimo foydalanish xarakterli bo‘lib bormoqda.
O‘quvchilar mumkin qadar bot-bot va mustaqillik hissasini borgan sari oshirib, qonuniyat va munosabatlarni aniqlashni, kuchlari yetgancha umumlashtirishlar chiqarishni hamda o‘z fikrlarini yozma va og‘zaki bayon qilishni o‘rganishlari lozim. Boshlang‘ich maktabning o‘qitishdagi nazariy darajasining oshganligi aniq ifodalangan, amaliyot bilan uzviy aloqada bo‘lgan nazariyaning yetakchilik roli aniq sezilib turadigan yangi dasturi xuddi mana shularni maqsad qilib qo‘ygandir.
Shunday qilib, dasturga yangi nazariy materialning kiritilishi boshlang‘ich ta’limning ilmiy darajasini oshirishdagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Quyi sinflarda o‘qituvchi konkret hodisalarni ko‘rib chiqish va tahlil qilishga mumkin qadar e’tibor berib, nazariyaii keyinchalik ongli egallash uchun zamin hozirlab borishi kerak.
Dars mazmuniga qo‘yiladigan muhim talablardan biri darsning hayot, o‘quvchilarning shaxsiy tajribasi, mehnat, qurilish amaliyoti bilan chambarchas aloqador bo‘lmog‘i lozim. Ilg‘or o‘qituvchilar nazariy materialni o‘rganishni o‘quvchilarning shaxsiy tajribasi va kuzatishlari bilan uzviy bog‘laydilar. Yangi ma’lumot va aloqalar boshlang‘ich tasavvurlar mavzusiga mantiqan qo‘shiladi, bu esa pedagogik psixologiya ta’limiga ko‘ra, predmet nazariyasini ongli o‘zlashtirish shartidir.
O‘qitishni hayot bilan bog‘lashda darslarda o‘lkashunoslik materiallaridan foydalanish ancha qo‘l keladi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, bu darsning mazmunini o‘quvchilar uchun yanada yaqinroq, tushunarliroq bo‘ladi va bilimlarning ongli hamda mustahkam egallanishiga yordam beradi.
O‘lkashunoslik materialidan samarali foydalanishga o‘lkashunoslik asosida tuzilgan mehnat ta’limi dasturi ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quv materialining o‘quvchilarga tushunarliligi va ularning bunga ko‘nikma hosil qilishi dars mazmunining asosiy yutug‘idir. Aksincha tushunarsizlik o‘quvchilarni mexanik xotirlab qolishga, qiziqishining pasayishiga, ularning umumiy rivojlanishining sustlashuviga olib keladi.
Olimlar kishining har qanday qobiliyati, xarakterining xususiyati ana shu qobiliyat va intilishlar talab qilinadigan faoliyatda rivojlanishini ishonarli qilib isbotlaganlar. Agarda o‘quvchining o‘quv faoliyati undan faol fikr yuritib ishlashni talab qiladigan qilib tashkil etilgan bo‘lsa, bunday ta’lim o‘quvchining aqliy qobiliyatlarini har kuni mashq qildiradigan ta’limga aylanadi. Ta’lim ularni mantiqiy fikrlarning xilma-xil formalari, xulosalar va isbotlar bilan ta’minlab turadi.
Faol aqliy faoliyatga asoslangan ishdan bolalar katta qiziqish hissiyotiga ega bo‘ladilar. Ular o‘zlari yaratgan «kashfiyot»lardan quvonadilar va fahrlanadilar, o‘zlarining ajoyib misollarini topishga, ijodiy tashabbus va ijodiy qobiliyatini namoyon qilishga harakat qiladilar. Bundan zamonaviy darsga qo‘yiladigan muhim talab o‘quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini faollashtirishdir degan xulosa kelib chiqadi.
O‘quvchilarni faollashtirish, ayniqsa o‘qitishning zamonaviy bosqichi sharoitlarida anchagina murakkab pedagogik amaliyotdir. Shuning uchun o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini faollashtirishga yordam beruvchi vosita va usullarni tanlash o‘qituvchining doimo diqqat markazida bo‘lishi shart.
O‘quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini bir qator usullar vositasida faollashtirishga erishish mumkin. Bu usullarning ba’zilari bilan tanishtirib o‘tamiz:
Butun sinfga taklif etilgan muayyan ijodiy ishda har bir o‘quvchining iloji boricha mustaqil ishlash hissasini maksimal ta’minlash zarurdir.
Bu maqsadda o‘qitishning alohida va umumiy shakllarini optimal biriktirish usullari bilan birga maxsus didaktik tarqatma materiallardan foydalanish zarurdir.
Faoliyat turlarining o‘rganilayotgan material bilan to‘g‘ri munosabatini ta’minlash kerak.
Dastur materiali asosida darsda zehnlilik, diqqat, tasavvur va shu kabilarni tekshirish hamda shakllantirish maqsadida o‘ziga xos tanlovlar o‘tkazish zarur.
Mehnat darslarining muhim xususiyati shundaki, bolalar mehnat va texnikaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni xilma-xil amaliy ishlarni bajarish, o‘zlariga kerak bo‘lgan va odatda ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo‘lgan buyumlar yasash jarayonida egallaydilar.
Shuning uchun o‘qituvchining asosiy vazifasi har bir chorak va butun yil davomida darslarni shunday rejalashtirish kerakki, u bolalarning buyumlarni yasash va bolalar jamoasining kundalik hayoti uchun zarur bo‘lgan ishlarni bajarish; jamoa turmushini, sinfdagi tartib va tozalikni yo‘lga qo‘yish; tabiatdagi mashg‘ulotlar; mavzuga oid ona tili darslaridagi o‘quv ishlari; bayramlar o‘tkazish, bolalarning texnik ijodiy konstruksiyalash, qo‘l mehnatining har xil turlariga bo‘lgan qiziqishlarini qondirish va rivojlantirishda egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini kengaytirish va takomillashtirishni izchil biriktirishni ta’minlasin.
O‘qituvchi har qanday, hatto eng oddiy predmetni yasash jarayonida ham o‘quvchilarga qiyin va texnik bilim hamda ko‘nikmalarning butun bir jamlamasini berishni nazarda tutishi lozim.
I. Detallarni belgilash va tayyor mahsulot qilishga kirishishdan oldin bolalarga narsalarni yasash yoki biror ishni bajarish bo‘yicha o‘z mehnat faoliyatlarini oldindan rejalashtirishni o‘rgatish va singdirish lozim.
Bu: a) darsda hal etilishi lozim bo‘lgan vazifani va uning ahamiyatini yaxshi tushunish;
b) ishning xarakterini, mahsulot konstruksiyasini – qism yoki detallar sonini, ularni mahsulotga biriktirish usullarini, kerakli materiallar, o‘lchamlar, shakl, mahsulot va detallar qismni aniq tasavvur qilish;
d) detallarni yasash va ularga ishlov berish usullari; o‘lchash va hisoblash, materialda belgilash tartibi, ishlov berish, detallarni yig‘ish, yakuniy bezak berish va ishni umumiy baholash tartibini aniqlash;
e) mehnatni qanday tashkil etishni, ish joyini tayyorlashni, ishni kichik jamoa o‘rtasida taqsimlashni aniqlash demakdir.
Oldindan rejalashtirish bosqichi mehnat jarayonida bolalarning bilish faolliklarini rivojlantirish, ularning aqliy konstruktorlik texnik ko‘nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish manbayiga aylanishi uchun juda muhimdir. Oldindan rejalashtirish dasturning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Shunga ko‘ra mehnat darslari dasturiga bolalar izchil egallab olishlari uchun birinchi sinfdan boshlab texnik chizmachilik elementlari, ya’ni „texnik fikr“ni oldindan albatta grafik usulida tasvirlash, oddiy chizmalarni, rasmlarni o‘qiy bilish va ular asosida narsani yasay bilish kiritilgandir.
Ikkinchi sinfda chizmani qo‘llab mehnat topshiriqlarini bajarish faqat predmetning real namunasi mavjud bo‘lgandagina emas, balki u yo‘qligida, darslikdagi texnik rasm, fotosurat, shuningdek, tayyor chizma, og‘zaki tasvir, berilgan texnik shartlar va o‘lchamlar yoki o‘quvchilarning fikri asosida ham o‘tkaziladi.
II. Mehnat darslarida bolalar detallarni belgilash bo‘yicha tayyor mahsulot qilish, namuna, chizma, berilgan texnik shart va o‘lchamlar asosida to‘g‘ri hamda aniqligini tekshirishni; detallarni bir-biri bilan va mustahkamlash usuli turlicha bo‘lgan mahsulotda biriktirishni, tayyor mahsulotni bezashni mustaqil bajaradilar.
Mehnat faoliyatining barcha bosqichlarida ham bolalar oldiga ijodiy, hatto eng oddiy bo‘lsada, xarakterli topshiriqlar qo‘yilishiga alohida e’tibor berish zarur. Ba’zi hollarda bu mavjud tajriba, bilim, ko‘nikmalarni yangi sharoitlarda qo‘llashni talab qiluvchi topshiriq bo‘lishi mumkin. Boshqa hollarda esa bolalarga ular uchun yangi, ilgarigi tajribalarida uchramagan topshiriq, ya’ni predmet ayrim elementlarining yechimini topishni talab etuvchi vazifa beriladi. Bolalarga oddiy konstruksiyaga ega bo‘lgan predmetlarning texnik shartlarini tuzishni, o‘lchashlarini aniqlashni, chizma yoki belgilarini bajarishni ham topshiriq qilib bersa bo‘ladi.
O‘quvchilar ish joyini to‘g‘ri tayyorlashlari va ish vaqtida uni tartibli saqlashlari; to‘g‘ri ish qomatini egallab, uni ish davomida saqlashlari; asboblar, detallarni tayyorlash va mustahkamlashda ishlatiladigan materiallardan to‘g‘ri, tartibli, ehtiyotkorlik bilan foydalanish usullarini egallashlari; materiallarni tejamkorlik bilan sarflab, shaxsiy gigiyena hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak.
V. Mehnat darslarida bajarilgan har bir ish va buyumdan bolalarning texnik bilim doiralarini kengaytirishda foydalanish zarur. Bu bolalarni umumta’lim predmetlari darslarida egallagan bilim va ko‘nikmalarini mehnat jarayonida qo‘llashga o‘rgatish; turli materiallarning xususiyatlari, ularning kelib chiqishi, nimalarga mo‘ljallanganligi hayotda qo‘llanishi haqidagi bilimlarni egallashlariga yordam berish; oddiy asboblarning ish usullari bilan tanishtirish; mehnatda egallangan bilim, ko‘nikmalarni umumta’lim predmetlari darslarida qo‘llashga o‘rgatish demakdir.
Aytilganlar asosida texnik mehnat darslarini tashkil etishning quyidagi taxminiy chizmasini taklif etish mumkin.
1. Bolalar oldiga mehnat topshirig‘ining mavzusi va maqsadini qo‘yish:
a) darslarda bajarish mo‘ljallangan predmet yoki ishlarning bolalar jamoasi hayotining u yoki bu ehtiyojini qondirishdagi ahamiyatini ko‘rsatish;
b) belgilangan ishni yaxshi bajarish uchun qanday yangi bilim, ko‘nikmalarni egallash kerak bo‘lishini aytish.
2. Ish joyi qanday tayyorlanganligini, asbob-uskunalarni, materiallar, namunalar, doskadagi chizmani, „Mehnat“ darsliklarini tekshirish, yaxshi va uyushqoqlik bilan ishlash mumkin bo‘lgan ish joyi qoidalarini eslatish.
3. Bo‘lajak mehnat harakatlarini oldindan rejalashtirish:
a) namuna qismlar, detallar soni; kerakli materiallar; berilgan hajmlar;
b) chizmani o‘qishga o‘tish; chizmada tasvirlangan predmet va uning detallarini tushunish, barcha o‘lchamlar va ishchi chiziqlar (ya’ni predmetni yasash uchun qanday harakatlar qilish, qanday asboblardan foydalanish kerakligi)ni topish va o‘qish, mehnat harakatlarini birin-ketin bajarish tartibini aniqlash.
4. Materialni namuna va chizma, berilgan va chizmadan topilgan o‘lchamlar bo‘yicha belgilash (bolalar belgilashning tartibini bilishlari va uni doskada, belgilash o‘qituvchi bilan bir vaqtda bajarishlari kerak).
5. O‘lcham, chizma bo‘yicha bajarish ishlari. Detallarni tayyor mahsulot qilish va tayyorlashda hamda barcha detallarni yig‘ishga tayyorlashda, detallarni mahsulotga yig‘ishda, tayyor mahsulotga ishlov berish bilim, ko‘nikmalarini egallash.
6. Amalda sinash, xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash, ishni baholash.
7. Darsga yakun yasash. Yangi vazifalar berish.
Keltirilgan bu taxminiy chizmadan o‘qituvchi mazkur darsga mo‘ljallangan aniq buyum yoki ishning xususiyatlarini nazarda tutib foydalanishi mumkin. Tayyorlanadigan narsa bir, ikki va uch darsda bajarishga mo‘ljallanganligini hisobga olish ham muhimdir. Tabiiyki, agarda u 2—3 soatga mo‘ljallangan bo‘lsa, dastlabki darslarda oldindan rejalashtirishga aloqador harakatlar ustunlik qiladi. Keyingi darslarda ishlov beruvchi jarayonlar, o‘lcham, chizma, bezash va baholash ishlariga ko‘proq vaqt sarflanadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, ishni aytaylik, ikki-uch darsning birinchisida bolalar faqat chizish, oldindan rejalashtirish, ikkinchi darsda qo‘l bilan ishlash, uchinchi darsda bezash bilan shug‘ullanish tartibida taqsimlash mumkin emas. Ishni shunday taqsimlash kerakki, bolalar o‘lcham, chizma ishlarini bajarib bo‘lishlari bilanoq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri «qo‘l bilan ishlashga» o‘tsinlar.