Текст книги "Асарлар. Махтумқули"
Автор книги: Махтумкули
Жанр: Поэзия, Поэзия и Драматургия
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 6 (всего у книги 19 страниц) [доступный отрывок для чтения: 6 страниц]
BESH NAMOZ
(Bu Maxtumquli alayhir-rahmanning Haq Taolo buyrug‘i besh vaqt namoz deb aytgani)
Haq Taolo buyurgan bandasiga besh namoz,
Bandasining niyozi bir kundagi besh namoz.
Haq Taolo aytgani, bandasining tutgani,
Har kundagi etgani bir kundagi besh namoz.
Haq Rasulning ummati, barjo qilar sunnati,
Eranlarning izzati bir kundagi besh namoz.
Haq rasulning so‘zlari, lomakonda yuzlari,
Har kundagi so‘zlari bir kundagi besh namoz.
Namoz qilgan bandalar, ko‘prik o‘tarda alar,
Ra’ddek tez o‘ta qolar, bir kundagi besh namoz
Eranlarning madadi, ko‘ngillarning quvvati,
Ikki jahon davlati bir kundagi besh namoz.
Olimlarning mungdoshi, oqillarning yo‘ldoshi,
Aziz jonning qo‘ldoshi bir kundagi besh namoz.
Turkistonning Ahmadi, to‘qson yerda suhbati,
Haqni anglash sumbati8484
Sumbati – bu yerda «xosiyati» ma’nosida (A.J.)
[Закрыть] bir kundagi besh namoz.
Qilsin menga ulug‘lik, Sulton Bobo ayn-ul-mulk,
Haq qoshida seviklik bir kundagi besh namoz.
Namozdan ustun qilsa. Kim imon istar bo‘lsa,
Namoz Sirot ko‘prigi, bir kundagi besh namoz.
Namoz Tangri farmoni, qilgan – ortar imoni,
Ilmi – «Qur’on» bayoni bir kundagi besh namoz.
Maxtum, bayon qil namoz, gunohlaring bo‘lgay oz,
Haq qoshida ming niyoz bir kundagi besh namoz.
EY BENAMOZ, EY BENAMOZ
Vallohi, billohi abu zim, ey benamoz, ey benamoz,
Bezordir sendan Xudo ham, ey benamoz, ey benamoz.
Har kim senga bersa salom, yo bersa bir luqma taom,
La’nat yog‘ar har subhu shom, ey benamoz, ey benamoz.
Arshi-a’lodan tashqari insu malak, dev-u pari,
Bezor erur Sendan bari, ey benamoz, ey benamoz.
Ro‘zi qiyomat ul kunda, bilgil Tarozi qurilar,
Avval namozdan so‘ralar, ey benamoz, ey benamoz.
Mahshar kuni ochsang ko‘zing, qora bo‘lib, qolgay yuzing,
Bilmam, nedur anda so‘zing, ey benamoz, ey benamoz.
Qo‘l-oyog‘ingni bog‘lasa, do‘zaxga eltib tashlasa,
Qolgung tamug‘da to abad, ey benamoz, ey benamoz.
Har kim namoz tark etar, qasddan qazo qilsa agar,
Andog‘ deydi Xayrulbashar, ey benamoz, ey benamoz.
Har benamoz o‘lsa anga xatmi-duo ermas ravo,
Andog‘ buyurdi Mustafo, ey benamoz, ey benamoz.
Maxtumqulining ayg‘oni, haq Mustafoning degoni,
Bir zarra yo‘qdir yolg‘oni, ey benamoz, ey benamoz.
BENAMOZ
(Bu Maxtumquli alayhirrahmanning benamozning shumligidan xabar berib o‘qigan ash’orlari turur)
Rahmon otlig‘ rahmidan umidi yo‘q benamoz,
Qahhor otlig‘ qahridan qo‘rquvi yo‘q benamoz.
Dunyosiga tayanar, besh kuniga inonar,
O‘zini odam sanar, ahmoq-johil, benamoz.
Dunyo moli – ma’buding, nafsi-havo masjiding,
Bilmam, nedir maqsuding ey bexabar, benamoz.
Bismilloh deb, o‘rningdan qo‘pgil, qadami-rost qil,
Borgil ravon suv sari, tahorat qil, benamoz.
Sajda sari qadam qo‘y, imomlarga borib uy8585
Uymoq – ergashmoq, iqtido.
[Закрыть],
Jannat ichida bir uy – imorat qil, benamoz.
Xudoyingni suymading, savol amrin tuymading,
Erta g‘amin yemading, vo-hasratlik benamoz.
Payg‘ambarni suymaysan, farmoniga uymaysan,
Kofirliging qo‘ymaysan, o‘ldirgulik, benamoz.
O‘laringni bilmaysan, farmoniga uymaysan,
Haq yo‘liga kelmaysan, botil, mal’un benamoz.
Benamozni keltirib, ta’zir birla had uring,
Hujjat qilsa o‘ldiring, kofir turur benamoz.
Majlis sari keltirmang, kelsa, yonida turmang,
Eshakdir, yuzin ko‘rmang, makr turur benamoz.
Xasta bo‘lsa, so‘rmangiz, imon arza qilmangiz,
Agar o‘lsa yuvmangiz, murdor turur benamoz.
Muhabbatlar yig‘ilsa, Haq kalomin yetkarsa,
Ma’rifatni kam qilsa, fojir turur benamoz.
Hayvon ho‘kiz yaxshiroq, najis to‘ng‘iz yaxshiroq,
Balki qo‘ng‘iz yaxshiroq(?), ori(y) o‘lmas benamoz.
Munkar, Nakir kirganda, «Rabbing kim?» deb turganda,
Gurzi olib urganda, ne qilgay sen, benamoz?!8686
Asar tugal emas.
[Закрыть]
DARYOYI HOL
(Maxtumquli alayhirrahmaning yana bir tamsil etib o‘qigan ash’ori)
Tashna keldim Sendan izlab gavhari obi-zilol,
Bir komilsan haqiqat bobida daryoyi hol.
Ikki olam naqdi oldingda muyassardir Sening,
Zindalaring boshidir yo‘lingga bo‘lgan poyimol.
Baxti qarolar podshohi men derman ne kuyimga,
Qaddi xam bo‘lgan jafo ko‘rgan o‘zim monandi dol.
Xokisori ko‘hi-irfoning erurman, rahm qil,
Asli umidim shudir, mahsharda ko‘rgayman jalol.
Navjuvon umrim xazon bo‘ldi muhabbat dardidan,
Yetmadim maqsadimga dog‘ ayladi vaqti zavol.
Ikki dunyodan ko‘zim yumdim Seni vasling bilan,
Kim Xudo tersdir unga darkor emas moli manol.
Xavotirimga himmat et, hamni keltirdim bu kun,
Chunki daryodan judo bo‘ldi, ko‘karmasdir nihol.
Otashi ishq oldida xasdur jahannam, g‘am yema,
Yuz xatardan o‘tkarar har bandani qurbi Jalol.
Ostoniga kelib turib ruhi-novmid emas erman,
YO Abulqosim, meni ummat debon dastimni magar ol.
Nomuroding qo‘lidan yiborgil Maxtumi sho‘ridaki,
Avvalin-oxirin qilsang vaqti mahsharda savol.
BULBUL NOLASI
Maskani Makka, Madina sakkiz uchmoq lolasi,
Har so‘zing izinda yuz ming qumri, bulbul nolasi,
Shamchirog‘dir olamga ul gul yuzining shu’lasi.
Qaddi-qomati baland, ey nuri-Haqning bolasi,
Sayr etgan to‘qqiz falak osmonni Sensan ey fari.
Makkadan gasht aylading shahri viloyat, yana… Sen,
Raf-rafil Kufa, Toriy, Basra, Xalab, Shirvona Sen,
Ham Misr ham Qaysaru Sheroz-la Isfaxona Sen,
Haybaru Hirot ila Lakloxaru Sakvona Sen,
Rahbin, bu olamning sultoni Sensan, ey fari.
Mo‘‘jizadir – Solihning toshdan chiqibdir moyasi,
Nuh to‘fonida yolg‘iz qoldi Nuhning doyasi,
YO, Muhammad-Ahmadim, yo dini-islom poyasi,
Keldilar iqror etib ul sheri Duldul egasi,
Baxsh etgan Duldul ila Samsamni Sensan, ey fari.
Shahri Farxor, Qars(u) Tiflis, Rum, Bag‘dod, Sifliyon,
Yazd, Kirmon, Shom(u) Mosul boshda bo‘lardi bog‘iyon,
Qayrosi Xarm, Xitoy, Qipchoq, Farangi, Jomiyon,
Sharqu G‘arbu, Hindi, Sind, Dakanu davri jahon,
To‘rt tariqning jam o‘lgan Ummoni Sensan, ey fari.
Yuqorisi shahri Qatnoq, Saroydir ul, bale,
Birisi Hazoraspu ham yana Xonkoh bila,
Andin o‘tib ham yana Hurganch ul Gurlan eli,
Aytadir Maxtumquli, Sensan jahonning jon guli,
Dinga solgan Fors ila Eronni Sensan, ey fari.
ORTSA KERAKDIR
Qachon yaqin kelsa oxirzamona,
Fasod ish kun-kundan ortsa kerakdir.
Xalqning aylagani fe’li yomona,
Hayratdan qo‘llarin tortsa kerakdir.
Olimlar, darvishlar so‘zlarlar sog‘iy,
Raiyatlar bo‘lar podshoga yog‘iy,
Musulmonlar bo‘lib bir-birna yog‘iy,
Bola-chaqalarin sotsa kerakdir.
Turli-tuman balo olamga kelgay,
Madrasada ilm o‘qimoq qolgay,
Olimlar xamr ichib, zinolar qilgay,
Zalolat bahriga botsa kerakdir.
Dajjol degan yomon kofir bo‘larmish,
Isfaxon shahridan xuruj qilarmish,
Uzoqdan yer yuzin tamom olarmish,
Iso, Mahdi halok etsa kerakdir.
Nuhning o‘g‘li YOfas ul ham avloddir,
Musulmonlar ishi ohu faryoddir,
Ya’juj-Ma’juj degan bir turfa zotdir,
Qof tog‘ini teshib kelsa kerakdir.
Yer evrilar derlar, yana uch joydan,
Dobbatil-arz chiqar necha yil, oydan,
Shariat ko‘tarlar faqirdan, boydan,
Yuz bilik jahonni tutsa kerakdir.
Olam titrar zolimlarning zulmidan,
Kimsa bo‘lmas so‘rgan mazlum holidan,
Bir ulug‘ o‘t chiqar Yaman elidan,
Xos. Avom, barchani yoqsa kerakdir.
Alloh Isrofilga farmon aylagay,
Isrofil ham ul dam Surini chalgay,
Eshitgan jon-jondor barisi o‘lgay,
Yolg‘iz Mavlom O‘zi qolsa kerakdir.
Qirq kun yomg‘ir yog‘ar, Oy, Kun bilinmas,
Havoning yuzidan tuman ayrilmas,
Suv chekilar, jahon qurir, nam bo‘lmas,
Qirq yil shunday bo‘lib tursa kerakdir.
Isrofil ham qolmas, yana Jabroyil,
Mikoyil-u, Firqoyilu-Ravoyil,
Barchasining jonin olib Azroyil,
Yana o‘z jonin ham olsa kerakdir.
Qirq yildan so‘ng yana Xoliq-al-ashyo,
Isrofilni yana aylayub ahyo,
«Urgil suringni!» deb aylagay nido,
Isrofil Surini chalsa kerakdir.
Qurt-qush bila hama odam tirilar,
Turbati-muqarrab so‘yga yurilar,
Bir Buroqqa tillo egar urilar,
Muhammadga in’om bo‘lsa kerakdir.
Vakolatli maloyiklar kezarlar,
Bir Buroqni turfa-ajib bezarlar,
Tillo egar la’li-gavhar tuzarlar,
Muhammad qabriga kelsa kerakdir.
Sado chiqar farishtalar biridan,
«Turg‘il, Muhammad, deb, yotgan yeringdan!»
«Labbayk!» deya turar ul ham yeridan
«Voy, ummatim!» deya tursa kerakdir.
Rasul Jabroyildan ul dam so‘ragay:
«Ummatlarim holi ne bo‘ldi?» degay.
Yer uza boshini sajdaga qo‘ygay,
So‘ngra Haqdan xitob bo‘lsa kerakdir.
«Maqsading ummating bo‘lsa, habibim,
Berdim loyiq ko‘rsang qaysi behishtim,
Jannat ichra borib bo‘linglar muqim», –
Tangri shunday ehson etsa kerakdir.
Yusuf jamolinda zar-toj boshinda,
Yigit, qari ham o‘ttiz besh yoshinda,
Zavqli ayshu ishrat surarlar anda,
Qayg‘u g‘am-g‘ussalar ketsa kerakdir.
Yana ko‘rmaganing nozu ne’matlar,
Xayolga kelmagan ayshu ishratlar,
Besh yuz yillik balandligi ul taxtlar,
Mo‘‘min qullar anga chiqsa kerakdir.
O‘shal g‘am-qayg‘uli, hasratli kunda,
Tangri qozi, Rasul shafqat qilganda,
Maxtumquli osiy, kamina banda
Shafoatdan umid etsa kerakdir.
MAHSHAR KUN YETKAZGIL MURODGA AMMO…
Nuri-mahvash quyosh qutlug‘ habibim,
Oting sardaftarda-Livoda* ammo,
Yetti osmon, to‘qqiz falak ustida
Bashar rasulida ziyoda, ammo.
Mohlarning tojisan, ko‘zlar chirog‘i,
Ko‘kda malak, yerda bashar xo‘brog‘i,
Zaminning rafig‘i, ko‘kning tirgagi,
Lavhi mahfuzda ham samoda ammo.
Shafi’ul-muznibin mahshar kuninda,
Maqomi-a’losan Haqning yo‘linda,
Shomu sahar ummatlarning tilinda,
Mo‘‘min tilagida, duoda ammo.
Malaklar qiymating bilmay qabiylar,
Oz bahoga sotdi necha sabiylar,
Orzulab o‘tdilar azal nabiylar,
Jalil rahmatisan, sanoda, ammo.
Muhabbating tanda, yurakda, jonda,
Ne bir jonda, balki, jumla jahonda,
Huru rizvon o‘qir jannat makonda,
«Toho-Yosin», barcha surada ammo.
Kelsin deya xabar kelgach Habibdan,
Buroq minib chiqding arzi-sharifdan,
Shafoating darig‘ tutma g‘aribdan,
Mahshar kun yetkazgil muroda ammo.
Aqlimni aynitdi ishqning havosi,
Yuz jon bo‘lsa bir ko‘rnishing fidosi.
Maxtumquli derlar, sharmanda-osiy,
Otasi Sahroyi-Ozoda ammo.
BO‘LMASDAN BURUN
Ey ko‘ngil, bedor bo‘l bemor bo‘lmasdan burun,
Bu aziz joning to‘shakda xor bo‘lmasdan burun,
Ko‘zingga bu yorug‘ olam tor bo‘lmasdan burun,
Joningga sheri-ajal xunxor bo‘lmasdan burun,
Jismi-ozoding lahadda zor bo‘lmasdan burun.
Tashlabon yolg‘iz boshingni qabr ichinda ul zamon,
Qavmu qarindoshing bari qaytib kelib cheksa fig‘on,
Lek sendan ne o‘tarin bilmagay hech kim ayon,
Bas, bu dam qil fikrini, ul uy senga bo‘lmay makon,
Andagi holat senga duchor bo‘lmasdan burun.
Bir o‘zingdan o‘zga bilmas andagi ahvolingni,
Barchadan qo‘ling yuvib ketgandagi amvolingni,
Kim bilar, ikki farishta birla qiylu qolingni,
Aylagay qolganlaring toroj yiqqan molingni,
Qil tafakkur bundog‘ ish izhor bo‘lmasdan burun.
Naylagungdir qabr azobidan yetishsa nori-nor,
Kelsalar ozoda jisming yemoq uchun mo‘ru mor,
Kim alar pomol qilmagaylar seni zoru nozor,
Yaxshilikni hamroh qil bu dam qo‘lingda ixtiyor,
Tiyra tuproq ostida nochor bo‘lmasdan burun.
Bir zamon andisha qil, boshingda savdo ko‘p turur,
Hashr bozorida yuz ming sho‘ri-g‘avg‘o ko‘p turur,
Kimsaning jannat ma’vosi mo’allo ko‘p turur,
Necha bo‘lgan vazni-a’molingda rasvo ko‘p turur,
Yig‘la bu kun holating dushvor bo‘lmasdan burun.
Diyda xunbor aylabon, havli-qiyomat yod qil,
Tur, sahar yod et Xudoni, uyquni barbod qil,
Oxirat ma’vosini ehson billa obod qil,
Gar qo‘lingdan kelsa, bir g‘amgin ko‘ngilni shod qil,
Kim senga tongla yurak afgor bo‘lmasdan burun.
Yig‘labon vaqti-safar rihlat chog‘i tayyor bo‘l,
Ehtiroz etgil yomondan, yaxshilarga yor bo‘l,
Foniy aylab, o‘zligingni voqifi-asror bo‘l,
Xobi g‘aflatdan ko‘zing och, doimo hushyor bo‘l,
Ko‘zlaring ro‘zi-jazo xunbor bo‘lmasdan burun.
Ixtiyoringni olib shayton bilan nafsi-havo,
Soldi boshing kosasiga hech tugamas mojaro,
Aymassan soati andishayi-ro‘zi-jazo,
Qolgusi har necha tutsang do‘sti mo‘l dorul-fano,
Xayr qil sohib anga ag‘yor bo‘lmasdan burun.
Nogahon yetsa ajal bermas anda bir dam omon,
Bu shirin jon achchig‘idan qilgaysan sho‘ri-fig‘on,
Molu mulking aylamas foyda ul dam-begumon,
Bu hayoting ichra hosil qil rizoyi-mastgon,
Har nafas to ohu otash yor bo‘lmasdan burun.
Aylagil fikrin sening xeshu taboring qaydadir,
Har ne ish ichra sening hamroz-yoring qaydadir,
Rozi dillarni deyishgan rozdoning qaydadir,
Barchasi bo‘lgan o‘limdan dilafkoring qaydadir,
Fikr qil, andog‘ senga kirdor bo‘lmasdan burun.
To ulardek bo‘lmayin uqbo ishin og‘oz qil,
Istabon ahli safoni, o‘zingga damsoz qil,
Ahli-dil jam’ini topgin, tarki-hirs soz qil,
Ahli-dunyo jumlasidan o‘zingni mumtoz qil,
To senga g‘am xirmoni xarvor bo‘lmasdan burun.
Fe’li zishtingdan yonib, doim pushaymon aylagil,
Yod etib ro‘zi-qiyomat, ko‘zni giryon aylagil,
Ohi-otashbor ila choki-giribon aylagil,
Qadri vazi’ngga munosib xayru ehson aylagil,
Qilganing mahshararo izhor bo‘lmasdan burun.
Jurmu usyon ahlida bormu meningdek, yo Iloh!
Doimo olamda qilgan ishlarim bari gunoh,
Ma’siyat daryosi ichra g‘arqman, holim taboh,
Lek bilmishman Seni kavnayn aro pushtu panoh,
Rahm qil jonim xoriqi-nor bo‘lmasdan burun.
Vahki, qilmishdir meni jomi jaholat usru-mast,
Chunki aylabdir havo zanjiri birla poyi-bast,
Bir but qo‘lida qilib meni sajdaga qadamii past,
Qutqarib andan meni, o‘z qo‘ling bergil nishast,
Toki belim po‘tasi zunnor bo‘lmasdan burun.
Lutf etib bergil, Xudo, yaxshilar ichra Vatan,
To tuzat bir dam alar birla muborak anjuman,
Qutlug‘ anfosi birla raf’ aylagayman ma’man,
Gardan nafsimga tushsin to shakan uzra shakan,
Hamnishinam kofiri-dayyor bo‘lmasdan burun.
Zoyiqam topmay haqiqat lazzatidan choshni,
Qo‘shmadim hech bir kasufat ahli birla boshni,
Ko‘hi-hasratdan olib, ko‘ksimga urmay toshni,
Kim qilarman xalq aro yuz ming g‘ashu farxoshni,
Ber menga tavfiq ulus ozor bo‘lmasdan burun.
Qildilar nafsi-havo behad menga makru firib
Kim nazar qilsam o‘zimga tushmish ahvoli-ajib,
Ayla do‘stingdan shafoatni menga, yo Rab, nasib,
Qil duo, Maxtumquli, etsin duoying mustajib,
Tongla qilgan ishlarim izhor bo‘lmasdan burun.
KELSA KERAKDIR
Amanno, saddaqno mahshar kunlari
Bir kun oldimizga kelsa kerakdir.
Hazar ayla, esar ajal yellari,
Jasaddan jonlarni olsa kerakdir.
Ajal to‘g‘ri kelsa qarshi turarsan,
Qochib imkoning yo‘q, ko‘ksing kerarsan,
Yoqasiz, etaksiz to‘nga kirarsan,
Tuynuksiz uylarga solsa kerakdir.
Munkar, Nakir so‘rar, qo‘ymas xushingga,
Hech doding yetarmi tegra-tashingga,
Yaxshi-yomon etgan ishing, boshingga,
Birin-birin qaytib kelsa kerakdir.
Dobbatil-arz chekar boshga g‘ironni,
Sayr etib kezarmish olam-jahonni,
Bir Nilcha suv yig‘lab, tutar dunyoni,
Ko‘rinmas bad’atlik kelsa kerakdir.
Yuragim jo‘shdirar ishqning havasi,
Yiqilar, yo‘q bo‘lar dunyo binosi,
Bir muncha bo‘ladir mahshar g‘avg‘osi,
Arosat maydonga kelsa kerakdir.
Inonmasang xabar olgil orifdan,
Andan so‘ng tinglagil, kel, shu g‘aribdan,
Saxara dashtiga, mashriq, mag‘ribdan,
Malaklar zarb urib sursa kerakdir.
Shafoatchi bo‘lar u kun eranlar,
Bir-birini tanir, qochar ko‘rganlar,
Inonmagin kofir bo‘lar, yoronlar,
Har kim bir suratda ko‘psa kerakdir.
A’moling so‘ralar, dema iqboldir,
G‘avg‘olar ko‘payar, ne ajab holdir,
Nechalar gung bo‘lar, nechalar loldir,
Nechalar til chaynab tursa kerakdir.
Nechalar qalqinib, tura bilmaslar,
Malak zarbiga dosh bera bilmaslar,
Nechalar ko‘zsizdir, ko‘ra bilmaslar,
Nechalar it kabi hursa kerakdir.
Kimsaning og‘zidan oqar iring, qon,
Kimisi sudralar, chiqmas qahba jon,
Kim chalqancha tushar, emaklar erkan…
Sudxo‘r boshi bilan yursa kerakdir.
Nechalarning ko‘rar ko‘zin o‘ydirib,
Nechalarga zahar-zaqqum yedirib,
Nechalarga otash to‘nin kiydirib,
Nechalar maymundek tursa kerakdir.
Bir tarafdan kelar, Mezon qurilar,
Bir tarafdan o‘tli gurzi urilar,
Bir tarafdan zarra-zarra so‘ralar,
Har kim o‘z hisobin bersa kerakdir.
Yilon chiqar fildek, tishi ar-ardek8787
Ar-ar – tog‘ kiparusi, archa.
[Закрыть],
Nechasi xachirdek, nechasi xardek,
Nechasi bug‘rodek, nechasi nordek,
Chirpinib-chirpinib tursa kerakdir.
G‘iybatkash surati to‘ng‘izdir-hukdir,
Qorni yerga tegar, ko‘zlari ko‘kdir,
Zinochilar Biyik Zulmatda bekdir8888
Berk demoqchi, ya’ni asir, bandi…
[Закрыть],
So‘zchini tilidan ossa kerakdir.
O‘g‘rining, ammo boq, tutgan qo‘llarin,
Dog‘larlar, tuzlarlar tutib tillarin,
Pushaymon qip yig‘lar o‘tgan kunlarin,
Abadiy zindonda qolsa kerakdir.
Rasul Arshning soyasida bo‘larlar,
Ummatlar ingrashib zori qilarlar,
Shariatsiz pirlar inak bo‘larlar,
So‘fisi bug‘rodek chuvsa kerakdir.
Maxtumquli, odam qolmas o‘lmagan,
Haqni yodga solib, qulluq qilmagan,
Bu dunyoda mastlik bilan bilmagan,
Mahshar kun oyilib, bilsa kerakdir.
O‘ZI BILAR
Ul Sirotga olib borarlar, sen anga bergil xabar,
Avvalo ro‘za tutib yurmagandan savol so‘rar,
Tong-namoz hozirdir avval, bu kalot qo‘lda turar,
Anda peshin yig‘lab aytar: «Ne gunohim bor erur?»
Bandaning holi xarobdir, ne qilar O‘zi bilar.
Ul namoz ko‘ngilda bo‘lsin ham senga darkordir,
Benamozlar ul Xudo diydoriga ko‘p zordir,
Benamoz banda bo‘lsang, bandaliging bekordir,
Ul namozxon bandaga sakkiz behisht tayyordir,
Qodir-Jabbor bandani ne qilsa O‘zi bilar.
Ul namozxon bandani o‘ziga do‘st tutdi Rasul,
Har savob etsa, ani qildi Xudoyim ham qabul,
Ul Sirotdan o‘tganda, ko‘nglida hech bo‘lmas malul,
Safba-saf ummat tizilsa noma chapdan kelsa ul,
Bandaning qilmishi holin ul Xudo O‘zi bilar.
Ul namozxon bandalarga kiydirarlar tojni,
Behisht ichra kirgizib, qo‘lga berar Me’rojni,
Benamoz bandani ko‘r do‘zaxda noilojni,
Benamoz yuzi qora dargohida muhtojni,
Bandaning holi xarobdir, ul Xudo O‘zi bilar.
Namozga bergil ko‘ngil, har kimsa beixlosdir,
YOshi o‘n to‘rtda o‘g‘lin bergan Sa’di Vaqqosdir,
Kim namoz o‘qiguvchi, barcha gunohdan xalosdir,
Benamoz qullar Xudo diydoriga havasdir,
Bandaning ne yozuqi bo‘lsa, Xudo O‘zi bilar.
So‘zlayur Maxtumquli, so‘zin bayon der erdiyo,
Benamoz qullarni Tangrim yuzlarin qonga bo‘ya(r),
Haqning zikrin aytadir Sulton Uvays er avliyo,
Kim zulm birla sitam qilsa bo‘lurlar ro‘siyo,
Bandaning holi xarobdir, qilmishin O‘zi bilar.
ZO‘RI KETMASMISH
Ahaddir, Samaddir ul Haqning oti,
Bir Allohning kuchi zo‘ri ketmasmish.
Bo‘lmas aning hargiz yaqini, yoti,
Qurilgan bozori, shahri ketmasmish.
Ul Haqning yonidan bir Gavhar chiqdi,
Tikildi gavharga, suv bo‘lib oqdi,
Rasul undan undi, azal hech yo‘qdi,
Rasulning yuzining nuri ketmasmish.
Ul Gavhar suv bo‘lib, daryoga do‘ndi,
Ellik ming yildan so‘ng bitta qush undi,
Qanotlarin silkib, Rasulga qo‘ndi,
«Rafig‘i kim?» deya, qahri ketmasmish.
To‘rt to‘qson(ming)? yilda ani bildilar,
«Rafiq Alloh» deya Rasul keldilar,
Necha yillab Rasul shunda bo‘ldilar,
Ul nurning sha’mining bori ketmasmish.
Ellik ming yildan so‘ng Dev kelib to‘ldi,
Necha yillab Haqning xizmatin qildi,
Qof tog‘ining naryog‘ida Dev qoldi,
U makondan uning «ar»i8989
«Ar»i, ya’ni arillab, o‘kirib-bo‘kirishi demoqchi.
[Закрыть] ketmasmish.
Ellik ming yildan so‘ng Yilqilar keldi,
Ular necha yillab davronda bo‘ldi,
Oxir ularning ham muddati to‘ldi,
Har yilqining ohi-zori ketmasmish.
So‘ng shohlikka bir tavr Qumursqa keldi,
Necha yillab Haqning xizmatin qildi,
Rasulning nuridan Yer, Ko‘kni soldi9090
Solmoq – qurmoq, yopmoq, (qurilish haqda).
[Закрыть],
Yer-Ko‘kning maloyik huri ketmasmish.
Ellik ming yildan so‘ng Banijon o‘tdi,
Odam Ato qirq yil balchiqda yotdi,
Undan so‘ng Shis kelib, lashkarin tutdi,
Kelgan bo‘ndan qaytib tirik ketmasmish.
To‘rt to‘qson ming ellik olti dunyoning bori,
Ikki ming ikki yuz Rasuldan beri,
Maxtumquli, ko‘rinmas Haqning diydori,
Ko‘rgan qulga Haq diydori ketmasmish.
DIYDOR BOR
Banda bo‘lsang, Haq amrin tut, tutmasang, Jabbor bor,
Rost yurgan bandalarga yaxshiligu diydor bor,
Kim yomonlik aylasa, ham bilguchi G‘affor bor,
Qilni qirq ayirmoqqa Munkar, Nakir tayyor bor,
Munda bir ozor bersang, anda ming(lab) ozor bor.
Ikki olamni yaratgan qodiri G‘affor ahad,
Bir ismingdir Qulhuvalloh, biri Allohusamad,
Tur sahar, yod et Xudoni, erta turmoq qil odat,
Osiy ummatlarga bergil, yo Muhammad, Sen madad,
Azroyildir, Jabroyildir, Jallodi-u Sattor bor.
Bir kun ul Dajjol chiqar, budir Qiyomatdan nishon,
Kimsalar yeldi-yugurdi, kimning bo‘ldi bag‘ri qon,
Ul Xudoning amridan ham, bexabar banda chunon,
Benamozning hamdamidir ul yilon birla chayon,
Uzoq yo‘llar, baland tog‘lar anda suvsiz cho‘llar bor.
Ul Payg‘ambor yetti do‘zaxdan otasin olmadi,
Podishohlarda odillik, yurtda rostlik qolmadi,
Namozxon olimni Alloh do‘zax ichra solmadi,
Benamoz bandalarga jannatga taklif bo‘lmadi,
Qildan incha9191
Incha – ingichka.
[Закрыть], shop9292
Shop – qilich.
[Закрыть]dan o‘tkir, anda incha yo‘llar bor.
Nechalar o‘yda-fikrda, nechalar imon talab,
Necha dunyosiga mag‘rur, aqlsiz, fisqu xarob,
Benamozni ming guzardan o‘tkazar yillab-oylab,
Ul muakkil kulini sovurar xo‘p maydalab,
Benamoz bandalarga anda zaqqum suvlar bor.
Benamozning og‘zidan ham qonu ham iring oqar,
Ham ilonlar «vish-sh»lashib, qurt ila mo‘rlar chaqar,
Orqadan kelsa muakkal, joyidir do‘zax Saqar,
Benamozlar chor tarafga hayronu vola boqar,
Benamozi bandaga otash libos-to‘nlar bor.
Benamoz chekkan azobga tog‘ bilan toshlar erir,
Benamozlar suv tilasa, suv emas zaqqum berur,
Orqadan kelsa muakkal do‘zaxga sudrab kelur,
Benamoz, bero‘zalarning holi unda voy bo‘lur,
Benamoz bandalarga anda iring, zahar bor.
Qo‘l-oyog‘ing bog‘labon, muzdan Senga kafan bichar,
Benamoz bandalari anda borib, zahar ichar,
Kimsa(gar) befarzand ersa, o‘lsa, aning o‘rni o‘char,
Ming azobdir boshlarida, nechalar har yon qochar,
Benamozi-bandaga qahr qilur Qahhor bor.
Ul Xudoning qudratin ko‘r, yetti do‘zax bor emish,
Benamozlar dod etar: «Oh-voy, Xudoyim, bu ne ish!»
Namozxon bandalarga muyassar sakkiz behisht,
Huri-g‘ilmonlar qoshida, oshi-nur-yemak yemish,
Namozxon bandalarga sakkiz behisht tayyor bor.
So‘zlasam, Maxtumquli, so‘zim ajoyib dur bo‘lur,
Ul Xudo amrida chin banda jannatda gul bo‘lur,
Rost yurigan bandalar Arsh ustida bulbul bo‘lur,
Benamoz fosiq Xudoning oldida munkir bo‘lur,
O‘tli gurzi, o‘tli kosov, anda ikki Ayyor bor.
Внимание! Это не конец книги.
Если начало книги вам понравилось, то полную версию можно приобрести у нашего партнёра - распространителя легального контента. Поддержите автора!Правообладателям!
Данное произведение размещено по согласованию с ООО "ЛитРес" (20% исходного текста). Если размещение книги нарушает чьи-либо права, то сообщите об этом.Читателям!
Оплатили, но не знаете что делать дальше?