Электронная библиотека » Хаким Сатторий » » онлайн чтение - страница 14


  • Текст добавлен: 29 апреля 2024, 18:00


Автор книги: Хаким Сатторий


Жанр: Исторические приключения, Приключения


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 14 (всего у книги 17 страниц)

Шрифт:
- 100% +

Muhammad Mo‘min Mirzo ota tomonidan Umarshayx Mirzo, ona tomonidan Mironshoh va Shohrux Mirzolarga xos aslzoda shahzoda edi. U 10 yoshida Astrobod hokimi qilib tayinlangandi. 12 yoshida esa fitna qurboni bo‘ldi (1497).

Umarshayx Mirzoning oltinchi o‘g‘li Boyqaro o‘z dovyurakligi, shijoati bilan ajralib turardi. Biroq turli qutqularga uchib, Shohrux va farzandlariga qarshi isyonlar uyushtiradi. Tarovat va jasoratda tengsiz, deb tan olingan Boyqaro 31 yoshida Ulug‘bek farmoni bilan qatl etildi (1423).

Abusaid Mirzoning yettinchi o‘g‘li Abubakr shijoatli, jasur, himmatli bo‘lgan. Badaxshonni boshqargan Abubakr otasi vafotidan so‘ng Sulton Husayn dargohiga intilgan. Alisher Navoiy iltifotiga sazovor bo‘lgan. O‘zaro nizolar davomida qo‘lga tushib, 22 yoshida qatl etiladi (1479).

Boshqa bir Abubakr – Shohrux Mirzoning nabirasi (otasi – Muhammad Jo‘qi) ham ko‘plarning e’tiboriga tushgan edi. Xuttalon, Arxang, Solisaroy, Balxni tasarrufida tutgan shahzodani Mirzo Ulug‘bek kuyov qilish niyatida Samarqandga chorlaydi. o‘alamislar aralashib, 23 yoshida uning umri Ko‘ksaroyda poyoniga yetkaziladi (1449).

Bunday shum taqdir Shohruxning boshqa bir avlodi– Ibrohim Sultonning o‘g‘li Abdulloni ham domiga tortadi. Har jihatdan barkamol bo‘lgan bu yigit 19 yoshida Sulton Abusaid va Abulxayrxonning birlashgan qo‘shinlari bilan jangda halok bo‘ladi (1451).

Abulqosim Boburning yagona o‘g‘li Shoh Mahmud bobolarining munosib davomchisi bo‘lishi mumkin edi, ammo u Kobulga hujum chog‘ida 14 yoshida halok bo‘ladi (1459).

Bunday yo‘qotishlar kutilayotgan inqirozning darakchilari bo‘lmaganmikan? Qolaversa, Temuriylar tarixida ancha salmoqqa ega bo‘lgan Shohrux Mirzo avlodlarining taqdiri sirli ravishda birdaniga, juda tez yakun topadi (ularning so‘nggi vakili – Yodgor Muhammad 20 yoshida 1470-yilda mahv etiladi). Bunday fojiali hol tarix kitoblarida turlicha izohlangan.

Xullas, bu shajara ana shunday rang-barang va betakror. Uning har bir qatida qanchalab insonlar taqdiri yashiringan. Biz qayd etgan voqealar esa o‘shalarning boqiy yashab kelayotgan aks-sadolaridir.

* * *

Har qanday nasabnoma (genealogiya, rodoslovie)da yagona umumiylik bo‘lgan (masalan, xonlar, beklar, sayyidlar, degandek). Temuriylar nasabnomasi haqida gap ketganda, Zahiriddin Boburning quyidagi qaydi e’tiborli: «Ushbu tariqqacha Temurbekning avlodlarini bovujudi saltanat Mirzo derlar edi…» «Mirzo» so‘ziga ba’zi lug‘atlarda «Ota tomonidan shahzoda bo‘lg‘usi zot» (ona tomonidan shahzoda esa – Mirak) tarzida izoh berilgan. (Ba’zi turkiy xalqlarda, jumladan, qozoqlarda «mirzo» so‘zi «janob» ma’nosida ham qo‘llanilmoqda). Demak, ism-shariflari keltirilayotgan barcha zotlarga «mirzo» nisbasini qo‘shish joizdir (bu o‘rinda ortiqcha belgilarni ko‘paytirmaslik uchun «Mirzo» so‘zi qo‘shilmadi). Temuriylar ismiga «Mirzo» qo‘shib atash – joriy qilingan qat’iy tartib, inchunin, bizning kitobxonlarimiz ham bu talabni hisobga oladilar.

Bobur yuqoridagi qaydida davom etib yozadi: «… Ushbu navbat buyurdimki, meni podshoh degaylar». Bu ham istisno tariqasida muomalada bor.

Manbalarda Temuriylar nasabnomasi ilk marotaba Shohrux Mirzo saroyida tuzilgani haqida ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, o‘sha zamon tarixchilari yo‘l-yo‘lakay ularning qarindoshlik munosabatlarini qayd etib o‘tganlar. Keyinchalik ham bu yumush to‘xtab qolmagan. Nasabnomalar tuzilgan, turli ko‘rinishdagi shajaralar nashr etilgan. Bu boradagi eng keyingi mukammal tadqiqotlardan biri sifatida yirik tarixchi olim, marhum Turg‘un Fayziyevning «Temuriylar shajarasi» (Toshkent, «Yozuvchi», 1995-yil) asarini ko‘rsatib o‘tish lozim.

Menga rahmatlik Turg‘un aka bilan ko‘p martalab suhbatlashish nasib etgan. Bu nodir insondagi fazilatlarni ko‘rib, ilm ahli – u toshkentlikmi, viloyatlikmi – bir xil – xoksor, kamsuqum va beozor bo‘lishiga ishonganman. Domla chinakam fidoyi, ta’ma-yu izzattalablikdan yiroq pokiza inson edi.

«Temuriylar shajarasi» kitobi olimning e’tiqodi mahsuli o‘laroq, uzoq yillik tadqiqotlari natijasida yuzaga kelgan. U zamonlarda tarixiy mavzular qatag‘on qilingan edi. Kitobning so‘zboshisidagi «… hazrat Sohibqiron Amir Temurga bo‘lgan ehtiromim o‘laroq, «Farzandlarimga mendan xotira bo‘lib qolar», degan umid bilan mazkur asarni xufiyona uyda yozishga jazm qildim», degan e’tirofda muallifning pok niyati va porloq umidi aks etganga o‘xshaydi.

* * *

Temuriylar nasabnomasi «Hurriyat» gazetasida e’lon qilina boshlangach (2006-yil, yanvar–aprel), «Sohibqiron bobomizning to‘g‘ri dan to‘g‘ri avlodlari hozir mavjudmi?» tarzidagi savollar paydo bo‘ldi. Unga javob berishdan oldin bir tafsilot bilan tanishib o‘taylik.

Rossiya televideniyesining «Vremya» dasturi bir tadqiqot haqida axborot tarqatgan edi (2004-yil, 30-iyunda). Emishki, Oksford (Angliya) universiteti professori Bernan Sayks (eshitgan bo‘yicha yozildi) odam naslining ko‘payishiga doir qandaydir qonunlar asosida tahlil o‘tkazibdi. Uning natijasiga ko‘ra, hozirgi paytda yer yuzidagi har 400 kishidan biri Chingizxon avlodi bo‘lishi mumkin ekan. Demak, ayni damda dunyoda 16 million kishi shu avlodga mansub bo‘ladi.

Agar bu dalilni faraz deb qaraydigan bo‘lsak, boshqa bir haqiqatni tan olishimiz shart. Sohibqiron bobomizning avlodlari Chingizxon naslidan farq qilib, o‘troq, shaharlashgan turmush tarziga ega bo‘lganlar va ular hozirgi O‘zbekiston hududlarini to‘la nazoratga olgan edilar. Yana, o‘shandan beri 700 yilga yaqin davr o‘tdi, avlodlar qariyb 20 marta yangilandi. Endi oddiy matematik hisob-kitob qiladigan bo‘lsak ham, 2 (er-xotin) sonining 21-darajasi 2097152 ga teng bo‘ladi, inchunin, bu miqdor hozirgi yurtimiz aholisining 15 foizga yaqinini tashkil etadi. Holbuki, Temuriylar bir emas, bir necha oila edilar. Binobarin, aniq ko‘rinib qoladiki, Temuriylar nasli butun O‘zbekistonni egallab bo‘lgan, ya’ni bizning hammamiz qaysidir (nechanchidir) avlodimiz bilan (orqali) shu ulug‘ shajaraga borib taqalamiz. Demak, bizning har birimizning tomirimizda buyuk bobokalonimiz qoni (bu o‘rinda – gen, DNK ma’nosida) oqmoqda. Bu haqiqatni tarix ham, tabiat ham e’tirof etadi.

Qolaversa, Sohibqiron Amir Temur ot mingan va davr-u davron surgan zaminda biz yashab turibmiz. Biz bu ajdodimizning chinakam vorisimiz!

3. SHAJARA

Ushbu nasabnomani tuzishda keyingi yillarda nashr etilgan barcha manbalar bilan matbuotda e’lon qilingan yangi dalillar qiyosiy o‘rganilib, ulardan foydalanildi. Xususan, taniqli tarixchi olim Turg‘un Fayziyevning «Temuriylar shajarasi», tarix fanlari doktori Azamat Ziyoning «O‘zbek davlatchiligi tarixi» kitoblaridagi ma’lumotlar ular bilan solishtirib chiqildi, muqobil dalillar qavs ichida ko‘rsatildi. «Farzandlar»ning qavs ichidagi raqamlari esa manbalarda tilga olingan, biroq jiddiy amaliy faoliyat bilan shug‘ullanmagan (aksariyati yosh vafot etib ketgan) zurriyotlarni bildiradi. Ularning ismini keltirishga imkon darajasida harakat qilindi. Albatta, bu borada hech qanday mushkulot sezilmasa kerak: raqamlar o‘g‘illarni, harflar esa qizlarni ifodalaydi.

Ishlash jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, hali aniqlik kiritiladigan, to‘ldiriladigan o‘rinlar ko‘p ekan. Bu yumushlar, albatta, yaqin kelajakda muvaffaqiyatli ado etiladi.


(Raqamlarni tushunish uchun izoh: Sohibqironning 4 o‘g‘li (Jahongir – 1, Umarshayx – 2, Mironshoh–3, Shohrux – 4) bosh raqamlar bilan belgilangan, keyingi har bir raqam esa bir avlodni bildiradi. Masalan: 1.2.5. – Jahongir(1)ning 2-o‘g‘lining 5-o‘g‘li (Buzanjar) yoki 3.6.2.3.A. – Mironshoh(3)ning 6-o‘g‘lining 2-o‘g‘lining 3-o‘g‘lining 1-qizi (Bekabegim).

1. MUHAMMAD JAHONGIR

Sohibqironning malika Turmish (Burmish, Nurmushk) oqa bilan nikohidan tug‘ilgan farzandi, 1356-yil–1376-yil.

Oliynasab. Xorazm va Jeta yurishlarida qatnashgan, mardligi va jasoratlari bilan otasining tahsiniga sazovor bo‘lgan.

Shahrisabzda dafn etilgan.

2 o‘g‘il farzand qolgan (2/3).

Umri – 21-yil.


Malikalari:

Sevinchbeka (Xonzodaxonim). (1373-yilda uylangan).

Baxtmulk oqa (1374).

1.1. MUHAMMAD SULTON

1376-yil, Samarqand,–1403-yil, 12 mart, Turkiya.

Otasi – Muhammad Jahongir (1)

Onasi – Xonzodaxonim.

Samarqand hokimi (1399), Hulogu mulki hukmdori (1401-yil, mart). Farzandlari – 3 o‘g‘il, 1 qiz (5/6).


(O‘g‘illari: Yahyo (1400–1408), onasi – Xonika, Muhammad Jahongir (1.1.1.), Sa’d Vaqqos (1.1.2.), Ismoil – La’lchechak, Nuh – Xonsulton.

Qizlari: Oqabegim – Xonika, Mirzo Ulug‘bek (4.1.)ka unashtirilgan (v. 1419y.), Azizsulton – Nigor oqa, Oyshabegim – Nigor oqa, Saydi Ahmad (3.7.)ga turmushga chiqqan, Shodmulk – Davlatsulton, Fotima – Davlatsulton, Sivindiksulton – Janibeka).

Umri – 28-yil.

1.2. PIRMUHAMMAD

1376-yil, aprel, Samarqand–1407-yil, fevral, Balx.

Otasi – Muhammad Jahongir (1).

Onasi – Baxtmulk oqa.

Kobul viloyati hokimi (1392). O‘trordagi tahlikali lahzada Sohibqiron uni valiahd qilib tayinlagan edi. Afsuski, ishonch oqlanmadi, natijada, saltanat jilovi qo‘ldan chiqdi.

Farzandlari – 7 o‘g‘il (9/5).

(Malikalari: Sabursulton – muzaffariy Shoh Shujo’ning o‘g‘li Jaloliddinning qizi. 1384-yil bobosining taklifi bilan uylanadi; O‘rdumulk. Yana 5 malika.

O‘g‘illari: Dovud, Mahdi (qolganlari haqida quyida ma’lumot bor).

Qizlari: Maxdumasulton – O‘rdumulk, avval Rustam (2.2.), keyin Saydi Ahmad (2.5.)ga turmushga chiqqan. Sohibjamol, Bibixon, Fotimasulton, Shohsulton).

Umri – 32-yil.

1.1.1. MUHAMMAD JAHONGIR

1396-yil–1433-yil, Hisor.

Otasi – Muhammad Sulton (1.1).

Onasi – Nigor oqa.

Xalil Sulton (3.3) Samarqandni egallaganda (1405) uni faxriy hukmdor qilib ko‘targan.

Hisor hokimi (1409-yil).

1413-yil sentyabrda Shohrux (4)ning qizi Maryamsultonga uylangan. Malika 1441-yil 14 iyunda vafot etgan.

Farzandlari – 2 o‘g‘il (2/1).

Umri – 38-yil.

1.1.2. SA’D VAQQOS

1398-yil–1418-yil.

Otasi – Muhammad Sulton (1.1). Onasi – Totlibibi.

Saroymulkxonim tarbiyasida bo‘lgan. (Farzandi – /1, Osiyobeka).

Umri – 21-yil.

1.1.3. YAHYO

1401-yil–1408-yil.

Otasi – Muhammad Sulton (1.1).

Onasi – Xonika.

Umri – 8-yil.

1.1.1.1. MUHAMMAD SULTON

1423-yil, avgust, Hisor–1448-yil, Hisor.

Otasi – Muhammad Jahongir (1.1.1).

Onasi – Maryamsulton.

(O‘g‘li Muhammad – Oysha xotun. Qizi Xadichabegim – Ruqiyasultonbegim),

(Farzandi – 1/1)

Umri – 26-yil.

1.1.1.2. MUHAMMAD XALIL SULTON

1426-yil–1459-yil, Hisor.

Otasi – Muhammad Jahongir (1.1.1).

Onasi – Maryamsulton.

Farzandlari – 1 o‘g‘il, 1 qiz (1/3). Umri – 34-yil.

1.1.1.2.1. MUHAMMAD UMAR

1442-yil–1471-yil, Qandahor.

Otasi – Muhammad Xalil Sulton (1.1.1.2).

Onasi – Sohibsulton.

Sulton Husayn (Boyqaro) saroyida mulozim, so‘ngra unga qarshi isyon ko‘taradi.

Umri – 30-yil.

1.2.1. QAYDU

1396-yil–1418-yil, Hirot.

Otasi – Pirmuhammad (1.2).

Onasi – Sabursulton.

Kobul hokimi (1407-yil).

Otasining mulki berilgan.

Shohrux (4) tomonidan asirga olingan va Ixtiyoriddin qal’asida vafot etadi.

Umri – 23-yil.

1.2.2. XOLID

1399-yil–1427-yil.

Otasi – Pirmuhammad (1.2). Onasi – Sabursulton. Shohrux saroyida mulozim. Umri – 29-yil.

1.2.3. SA’D VAQQOS

1400-yil–1418-yil, Ozarbayjon.

Otasi – Pirmuhammad (1.2).

Onasi – O‘rdumulk.

Mironshoh (3)ning qizlaridan biri Rajabsultonbegimga uylangan. Malika oqila va jasur bo‘lgan. 1414-yilda Sa’d Vaqqos Qum viloyatining hokimi Qora Yusuf tarafiga o‘tib olgan.

Umri – 19-yil.

1.2.4. QAYSAR

1401-yil–1427-yil.

Otasi – Pirmuhammad (1.2).

Onasi – Sabursulton.

Shohrux (4) saroyida xizmatda bo‘lgan. Umri – 27-yil.

1.2.5. BUZANJAR

1402-yil–1422-yil, avgust.

Otasi – Pirmuhammad (1.2).

Onasi – Sabursulton.

Shohrux saroyida xizmatda bo‘lgan. (Farzandi – /1).

Umri – 21-yil.

1.2.6. JAHONGIR

1402-yil–1433-yil.

Otasi – Pirmuhammad (1.2).

Onasi – Sabursulton.

Shohrux saroyida xizmatda bo‘lgan.

(Farzandi – 1 /-. Muhammad – Kichkinaxonim). Umri – 32-yil.

1.2.7. SANJAR

1403-yil–1429-yil.

Otasi – Pirmuhammad (1.2).

Onasi – Sabursulton.

Qaydu (1.2.1) saroyida, so‘ngra Hirotda, Shohrux xizmatida bo‘lgan. (1418-yil).

(Farzandi – 3/2).


(O‘g‘illari: onalari – Shohsulton ko‘kaltosh, Abusaid;

Abuishoq, uning o‘g‘illari: Jahongir – Hojisulton, Pirmuhammad – Shahrbonu;

Abulxayr, uning o‘g‘illari: Ibrohim, o‘g‘li – Muhammad Temur, Abusolih, o‘g‘li – Aliakbar, Malikqosim, o‘g‘li – Sanjar, uning o‘g‘li – Nuriddin)

Umri – 27-yil.

2. UMARSHAYX

Sohibqironning To‘lin oqadan tug‘ilgan farzandi. 1356 (1354) yil, Samarqand (Kesh)–1394-yil, 16-yanvar, Kurdiston.

Hinduvon qal’asini egallash (1370)da alohida jasorat ko‘rsatgan, Andijon hokimi (1375). Xizrxo‘janing lashkarboshilaridan Anqa To‘rani chegarada bartaraf etadi (1388). Uch yillik va besh yillik yurish davomida mislsiz qahramonliklar ko‘rsatadi. Fors hukmdori (1393-yil).

6 nafar o‘g‘il qolgan (12/5).


(O‘g‘illari: Isfandiyor – Malikat oqa, Muhammad – Bekmulk oqa, Bistom – Baxtsulton, Ali – Mehrnush, Umar – Mehrnush, Doston – Tekish xotun. Qolgan o‘g‘illar haqida quyida ma’lumot beriladi.

Qizlari: Nasabsulton – Sulton oqa, Bobobeka – Bekmulk oqa, Zubaydasulton – Baxtsulton, Saodatsulton – Mehrnush, Jahonsulton – Qutlug‘ Turkon?).

Umarshayx Mirzo Kesh (Shahrisabz)da dafn etilgan.

Umri – 39 (41) yil.


Malikalari:

Mulkat oqa – Xizr O‘g‘lonning qizi. Umarshayxning vafotidan so‘ng Shohrux (4)ga turmushga chiqqan.

Qutlug‘ Turkon oqa, 1 o‘g‘il, 1 qiz.

Sulton oqa, 1 qiz.

Bekmulk oqa – xoja Yusuf ibn Uljaytu apardining qizi, 1 o‘g‘il, 1 qiz.

Baxtsulton – Yasovur jaloyirning qizi, 1 o‘g‘il, 1 qiz.

Tug‘luqsulton

Mehrnush, 2 o‘g‘il, 1 qiz, Tekish xotun, 1 o‘g‘il.

Sevinchqutlug‘ oqa (1390) – Sohibqironning singlisi Shirinbeka oqaning qizi.


O‘g‘illari:

2.1. PIRMUHAMMAD

1379-yil–1410-yil. Kermon.

Otasi – Umarshayx (2).

Onasi – Mulkat oqa.

Fors hukmdori bo‘lgan. (1394–1400, 1403–1410).

O‘zi sharbatdorlikdan amirlik darajasiga ko‘targan Xoja Husayn tomonidan safarda zaharlab o‘ldiriladi.

Farzandi – 2 o‘g‘il (7/1).

Umri – 32-yil.

2.1.1. UMARSHAYX

1398-yil–1429-yil, Hirot.

Otasi – Pirmuhammad (2.1).

Onasi – Nigor oqa.

Buvisi Mulkat oqa qo‘lida tarbiyalangan.

Isfahon hokimi (1408). Iskandar (2.3) xizmatida. 1411-yildan

Shohrux saroyida mulozim.

Umri – 32-yil.

2.1.2. SOLIH

1406-yil–1452-yil, Hirot.

Otasi – Pirmuhammad (2.1).

Onasi – Nigor og‘o.

Shohrux saroyida mulozim. Abdullatif (4.1.4)ga nisbatan kek saqlardi.

Farzandi – (4/3).

(O‘g‘illari: Abulays – Shohsultonbeka, Sulton Xalil – Shohsultonbeka, Pirmuhammad, Umarshayx. Qizlari: Ruqiyasulton, Fotimasulton, Sharifasulton, onalari – Shohsultonbeka).

Umri – 47-yil.

(Yana Pirmuhammad (2.1.)ning o‘g‘illari: Darvish Muhammad – Nigor oqa, Ilongir – Nigor oqa, Abuishoq – Nigor oqa, Jonqobil – Odilsulton oqa, Buzanjir v. 1422 y.)

2.2. RUSTAM

1381-yil–1424-yil, Isfahon.

Otasi – Umarshayx (2).

Onasi – Qutlug‘ Turkon og‘o.

Isfahon hokimi (1405). Akasi Pirmuhammad (2.1)ga qarshi kurashadi. Iskandar (2.3)ni qatl etadi. Iroq va Fors hukmdori (1415).

Farzandi – 2 o‘g‘il (9/-).

Umri – 44-yil.

2.2.1. PIRMUHAMMAD

Otasi – Rustam.

Onasi – Mahdumasulton. Farzandlari – 3/5.

2.2.2. SULTON JALOLIDDIN

Otasi – Rustam.

Onasi – Mahdumasulton. Farzandlari – 4/1.

(O‘g‘illari: Rustam – Bekajon oqa, uning o‘g‘illari: Sultonali – Yodgorbegim, Sulton Mas’ud, uning o‘g‘li – Mirzajon; Ja’far, uning o‘g‘illari: Farruxzod, Mahmud Sulton, Sanjar, Sanjar, Ahmad, Turdi Muhammad, uning o‘g‘li Ali; Umarshayx, Boyqaro).

(Yana Rustam (2.2.)ning o‘g‘illari: Usmon (1400–1424) – Dilshod qipchoq, uning o‘g‘illari: Sultonali, uning o‘g‘li Sulton Husayn; Sulton Muhammad – Oyshabeka, uning o‘g‘illari Sa’d Vaqqos va Umar; Olimshayx – Saodatsulton, Sulton (1404–1423) – Saodatsulton, Ja’far – Dilshod qipchoq, Muhammad Qochuli – Isan mo‘g‘ul, Suyurg‘atmish – Isan mo‘g‘ul, Muhammad Sulton – Baxtsulton).

2.3. ISKANDAR

1384-yil–1415-yil.

Otasi – Umarshayx (2).

Onasi – Mulkat oqa.

Yazdiy «Zafrnoma»sida katta yoshida ham sut emgani qayd etilgan.

Andijon (1399), Hamadon (1403) hokimi. Juda chalkash va qiziq taqdir sohibi. Undan Pirali ismli o‘g‘il qolgan (1400–1415).

(Farzandlari – 3/1).

O‘g‘illari : (Pirali – Jonmalik, Sultonali – Jonmalik, Mahdi – Sherzodmalik)

Umri – 32-yil.

2.4. AHMAD

1388-yil–1425-yil.

Otasi – Umarshayx (2).

Onasi – Mulkat oqa.

Bobosi Sohibqiron 1404-yil sentyabrda Konigilda uylanish to‘yini o‘tkazgan edi. Shohrux (4) saroyida, Farg‘ona hokimi (1409). Ulug‘bek bilan ziddiyatlardan so‘ng Qashqarga o‘tib ketadi (1414). Shohrux da’vati bilan qaytadi va sharobga ruju qo‘yadi…

(Farzandlari – 8/5).

(O‘g‘illari: Muhammad Ali – Tojmulk, Sulton Mahmud – Xurshid oqa, Sanjar (v. 1459 y.) – Tojmulk, Sulton Ibrohim – Xurshid oqa, Sulton Boyazid – Xurshid oqa, Sulton Muhammad – Xurshid oqa, uning o‘g‘illari – Isfandiyor, Ahmad, Orif, onalari – Saodatsulton; Sulton Muhammad – Davlatkelmish oqa, Sulton Muhammad – Fotima)

Umri – 38-yil.

2.5. SAYDI AHMAD

1391-yil–1429-yil.

Otasi – Umarshayx (2).

Onasi – Tug‘luqsulton jaloir.

Bobosi Sohibqiron 1404-yil sentyabrda Konigilda uylanish to‘yini o‘tkazgan edi. Shohrux (4) saroyida. Shibirg‘on suyurg‘ol qilingan.

Farzandlari – 2 o‘g‘il.

Umri – 39-yil.

2.5.1. AHMAD

1420-yil–1498-yil, Hirot.

Otasi – Saydi Ahmad (2.5).

Onasi – Mahdumasulton og‘o.

Sulton Husayn Xurosonni olgach, Hirot shahrining dorug‘asi bo‘lgan.

Umri – 78-yil.

2.5.1.1. MUHAMMAD SULTON (Kichik Mirzo)

1458-yil–1484-yil.

Otasi – Ahmad (2.5.1.)

Onasi – Oqabegim (2.6.3.B) (Sulton Husayn (2.6.3.2)ning kichik opasi).

Aqlli, bilimdon yigit bo‘lganidan tog‘asi Sulton Husayn (2.6.3.2) saroyida sohibixtiyor bo‘lgan. Yoshlik g‘ururiga borib, mavqeyini yo‘qotadi. Xoja Abdullo Ansoriy mozoridan qaytishda shahanshoh (tog‘asi)ga odobsizlik qilgani uchun Ixtiyoriddin qal’asiga tashlanadi…

(Farzandlari – 3/4).

Umri – 27-yil.

2.5.2. USMON

Saydi Ahmad (2.5)ning o‘g‘li, ma’lumot saqlanmagan, faqat undan Abdulboqi (2.5.2.1) ismli o‘g‘il qolgani ma’lum. Uning onasi oqqo‘yli turkmonlardan ekan.

Shayboniyga qarshi jangda (1507) halok bo‘lgan.

2.6. BOYQARO

1393-yil–1423-yil, Samarqand.

Otasi – Umarshayx (2).

Onasi – Mulkat oqa.

Bobosi Sohibqiron 1404-yil sentyabrda Konigilda uylanish to‘yini o‘tkazgan edi. Tarovat va jasoratda tengsiz bo‘lgan. Dastlab Fors o‘lkasi hukmdori (1412), so‘ng bu joylarni Shohrux (4) egallaydi.

Shohrux 1414-yilda Hamadonni suyurg‘ol qilib beradi. Iskandar (2.3)ning qutqusi bilan Shohruxga qarshi borib, Sherozdan Ibrohim Sulton (4.2)ni quvib chiqaradi. Qaydu (1.2.1)ga suiqasd uyushtiradi. Ulug‘bek (4.1) farmoni bilan qatl etiladi.

Farzandlari – 3 o‘g‘il (6/6).

Umri – 31-yil.

2.6.1. MUZAFFAR

1409-yil–1429-yil.

Otasi – Boyqaro (2.6).

Onasi – Qutlug‘sultonbegim.

Umri – 21-yil.

2.6.2. MUHAMMAD

Ma’lumot uchramaydi.

Otasi – Boyqaro (2.6).

Onasi – Ofoq oqa.

O‘g‘li – Sulton Uvays (2.6.2.1) Sulton Abusaid (3.6.2) xizmatida bo‘lgan va unga qarshi isyon ko‘targan.

2.6.3. G‘IYOSIDDIN MANSUR

1413-yil–1445-yil, Hirot. Otasi – Boyqaro (2.6).

Onasi – Qutlug‘ Turkon oqa.

Hukmronlik qilmagan, oddiy odamlardek yashagan.

Farzandlari – 2 o‘g‘il, 2 qiz (5/5).

Umri – 33-yil.


(Yana Boyqaro (2.6.)ning o‘g‘illari: Muzaffar – Odilsulton oqa, Temurbek – Mehrnush oqa Ahmadqora – Mehrnigor oqa.

Qizlari: Saodatsulton – Bekasulton, Saodatsulton – La’lbeka, Xonsultonbeka – Mironshohning o‘g‘li Muhammad Temurga turmushga chiqqan, Maryamsultonbeka – Odilsulton oqa, Jahongir (1.2.6.)ga turmushga chiqqan, Beka – Ofoq oqa, Fotimasulton – Bekasulton).

2.6.3.A. BADIUJJAMOLBEGIM (Badakabegim, Badrjamolbegim)

Otasi – G‘iyosiddin Mansur (2.6.3).

Onasi – Feruzabegim (A.1.A).

Sulton Husayn (2.6.3.2.)ning opasi.

Dashti Qipchoq sultonlaridan Pirbudoqqa, u o‘ldirilgach, Oltin o‘rdalik Ahmadxonga turmushga chiqqan. Uning qizi Xonzodabegimni 1487-yil Sulton Husayn (2.6.3.2) suyukli o‘g‘li Muzaffar Husayn (2.6.3.2.6)ga nikohlab beradi. Sulton Mahmudxon, Bahodir Sulton ismli o‘g‘illari ham bo‘lgan.

2.6.3.B. OQABEGIM

Otasi – G‘iyosiddin Mansur (2.6.3).

Onasi – Feruzabegim (A.1.A).

Saydi Ahmad (2.5)ning o‘g‘li Ahmad (2.5.1.)ga uzatilgan. Ularning nikohidan yagona o‘g‘il – Muhammad Sulton (Kichik Mirzo) (2.5.1.1.) tug‘ilgan.


(G‘iyosiddin Mansur (2.6.3.)ning o‘g‘illari: Darvish Muhammad, Muhammad Badi, Muhammad Muzaffar, onalari – Zubaydasul ton, Ahmad (2.4.)ning qizi). Qolgan o‘g‘illar haqida quyida ma’lumot keltiriladi.

Qizlari: Shahrbonu, Mehrnigor, onalari – Zubaydasulton, O‘runsultonxonika – Feruzabegim).

2.6.3.1. BOYQARO

1430-yil–1487-yil.

Otasi – G‘iyosiddin Mansur (2.6.3).

Onasi – Feruzabegim (A.1.A), Sohibqironning katta qizi Tog‘ayshoh Oqabegim (A.)dan nabirasi Sulton Husayn(A.1)ning qizi bo‘lgan. (U 1469-yil iyulda vafot etadi). (Sulton Husaynga Mironshoh(3)ning qizi Qutlug‘sulton uzatilgan edi.)

Bir necha muddat Balxni boshqargan.

Farzandlari – 3 o‘g‘il (3/4).

Umri – 58-yil.

2.6.3.1.1. SULTON MUHAMMAD

1449-yil–1483-yil

Otasi – Boyqaro (2.6.3.1).

Onasi – Zubaydasulton

Sulton Husayn (2.6.3.2.) saroyida xizmatda bo‘lgan.

Umri – 35-yil.

2.6.3.1.2. SULTON UVAYS

1451-yil–1491-yil.

Otasi – Boyqaro (2.6.3.1).

Onasi – Saodatsulton.

Sulton Husayn (2.6.3.2) katta qizi Zaynabsultonimbegim (2.6.3.2.A)ni unga nikohlab bergan. 1 qiz, 1 o‘g‘il ko‘rgan. O‘g‘li – Muhammad Sulton keyinchalik Bobur xizmatida bo‘lib, Kunnuj viloyatini boshqargan.

Umri – 41-yil.

2.6.3.1.3. ISKANDAR

1455-yil–1502-yil.

Otasi – Boyqaro (2.6.3.1).

Onasi – Saodatsulton.

Sulton Husaynning yettinchi qizi Sultonnajodbegim (2.6.3.2.Yo) ga uylangan.

Umri – 48-yil.

2.6.3.2. SULTON HUSAYN (Shahanshoh)

1438-yil, iyul– 1506-yil, 5-may, Hirot.

Otasi – G‘iyosiddin Mansur (2.6.3).

Onasi – Feruzabegim (A.1.A.).

Abulqosim Bobur saroyida (1452), uning Abusaid (3.6.2)ga qarshi Samarqandga yurishlarida qatnashdi, hibs etildi. Sanjar Mirzo (2.4.3) huzurida, unga kuyov. Xivani egallagan (1467). Xuroson hukmdori bo‘lgan (1469-yil, 24 martdan). Davlati chegaralari – shimolda Xorazm, janubda Qandahor, sharqda G‘azni va Balx, g‘arbda Domg‘on va Bistom. Uning davrida Hirot madaniyat va san’at markaziga aylangan. Buyuk shoir Alisher Navoiyning do‘sti, «Husayniy» taxallusi bilan she’rlar yozgan. Temuriylar sulolasining eng yorqin namoyandalaridan biri bo‘lgan.

Farzandlari – 14 o‘g‘il, 11 qiz (21/17).

Umri – 69-yil.


Malikalari:

Bekasultonbegim, 1457-yil uylangan, Ahmad Mirzo(2.4)ning nabirasi, 1 o‘g‘il farzand ko‘rgan.

Cho‘libegim, qozoq beklarining qizi, 1 qiz.

Shahribonubegim, Sulton Abusaid (3.6.2)ning qizi. Taloq qilgan.

Poyandasultonbegim, Sulton Abusaid qizi,1 o‘g‘il, 4 qiz.

Xadicha oqabegim (1451), amir Muhammad Sariq qizi, 2 o‘g‘il.

Popo (Bobo) oqachabegim, 5 o‘g‘il, 4 qiz.

Ofoqbegim, Popooqachabegimning emakdoshi.

Menglibiy oqacha, o‘zbek xonimlaridan. 3 o‘g‘il, 2 qiz.

Latifasulton oqacha, kanizaklardan, 2 o‘g‘il. (2/1)

Begimsulton oqacha.

Zubaydabegim, 1 qiz.

To‘lakbegim, Husayn so‘fi qizi.


Sulton Husaynning o‘g‘illari:

2.6.3.2.1. BADIUZZAMON

1458-yil–1517-yil, Istanbul.

Onasi – Bekasultonbegim.

Astrobod, Balx hokimi. Xulq-atvori go‘zal, ma’naviyati yetuk shaxs bo‘lish bilan birga turkiy va forsiy tilda she’rlar yozgan. Ta’b nazmini Alisher Navoiy yuqori baholagan.

Farzandi – 2 o‘g‘il (2/1).

Umri – 58-yil.

2.6.3.2.1.1. MUHAMMAD MO‘MIN

1486-yil–1497-yil.

Otasi – Badiuzzamon (2.6.3.2.1).

Onasi – O‘rinsultonxonikabegim (Abusaid (3.6.2)ning Shohruxning nabirasi Alouddavla (4.3.1)ning qizi Ruqiyasultonbegim nikohidan tug‘ilgan qizi).

Astrobod hokimi. Bobosi Sulton Husayn farmoni bilan Ixtiyoriddin qal’asida qatl etilgan.

Umri – 12-yil.

2.6.3.2.1.2. MUHAMMAD ZAMON

1496-yil–1539-yil.

Otasi – Badiuzzamon (2.6.3.2.1).

Onasi – Tahmatinbekning qizi.

Eron shohi mulozimatida, Astrobod hokimi bo‘lgan.(1515). Shayboniy bilan jangda asir tushib, qochgan. Kobulga hujum qiladi, so‘ngra Bobur (3.6.2.4.1) xizmatida bo‘lgan. Bobur o‘z qizlaridan biri – Ma’sumani nikohlab bergan. Bihar viloyati hokimligiga tayinlaydi. «Boburnoma»da hurmat bilan tilga oladi.

Umri – 44-yil.

2.6.3.2.2. SHOHG‘ARIB

1471-yil–1496-yil.

Onasi – Xadichabegim.

Hirot shahri hokimi. Jasur, tabiati chiroyli, so‘zlari yoqimli, biroq bukri bo‘lgan. «G‘aribiy» taxallusi bilan she’rlar yozgan, devon tuzgan. Iqtidorini Alisher Navoiy yuksak baholagan, «Farhod va Shirin» dostonining 53-bobini unga bag‘ishlagan. Qabriga Sulton Husayn o‘zi uchun tayyorlatgan «Sangi haft qalam» qora tosh o‘rnatiladi.

Umri – 26-yil.

2.6.3.2.3. ABU TUROB

1472-yil–1498-yil.

Onasi – Menglibibi oqacha.

O‘g‘li – Suhrob (1490–1509). Bobur ma’lumoticha, «g‘arib badhay’at, bir ko‘zi ko‘r edi». Abuturob Iroqqa ketadi va darveshlikni ixtiyor etadi.

Umri – 27-yil.

2.6.3.2.4. ABULMUHSIN

1472-yil–1507-yil. Onasi – Latifasulton.

Umri – 36-yil.

2.6.3.2.5. MUHAMMAD MUHSIN (Kepak Mirzo)

1474-yil–1507-yil.

Onalari – Latifasulton oqacha.

Sulton Husayn Abulmuhsinga Marv, Muhammad Muhsinga Obivard viloyatini bergan edi. Mo‘min Mirzo qatlidan so‘ng ular g‘azablanib, otalariga qarshi isyon ko‘taradilar, qattiq zarbalar beradilar. Ko‘p ixtiloflardan so‘ng murosaga keladilar. Ularga Tus, Mashhad, Obivard, Niso viloyatlari beriladi. Shayboniyxon uyquda Mashhadni bosadi, kuchli qarshilik ko‘rsatadilar. Yengilib, aka-ukalar qatl etiladi.

Umri – 34-yil.

2.6.3.2.6. MUZAFFAR HUSAYN

1473-yil–1509-yil, Astrobod.

Onasi – Xadichabegim.

Astrobod hokimi (1497). Og‘ir dard bilan vafot etadi.

Umri – 37-yil.

2.6.3.2.7. MUHAMMMAD HUSAYN

1476-yil–1503-yil.

Onasi – Menglibibi oqacha.

Otasi kasalligida Abuturob (2.6.3.2.3.) bilan Iroqqa qochadi. 1498-yil qo‘shin bilan Astrobodni egallaydi, umrining oxirigacha boshqaradi. Hasba kasalidan vafot etadi. «Rofiziylikni qabul qilgan, shoirligi bor edi» (Bobur).

Umri – 28-yil.

2.6.3.2.8. FARIDUN HUSAYN

1478-yil–1510-yil.

Onasi – Menglibibi oqacha.

Akasi Muhammad Husayndan so‘ng Astrobod hokimi bo‘lgan.

She’rlar yozgan.

Shayboniyxon tomonidan qatl etiladi.

Umri – 33-yil.

2.6.3.2.9. HAYDAR MUHAMMAD

1479-yil–1502-yil.

Onasi – Poyandasultonbegim.

Mashhad va Balx viloyatlarini boshqargan. O‘z ajali bilan vafot etgan. Yagona farzandi – Shodibegim Bobur saroyida bo‘lgan.

Umri – 24-yil.


Popooqachabegimdan tug‘ilgan o‘g‘illar:

2.6.3.2.10. MUHAMMAD MA’SUM

1476-yil–1501-yil.

Qandahor berilgan edi. Boshqara olmaydi. Umri – 26-yil.

2.6.3.2.11. IBROHIM HUSAYN

1478-yil–1505-yil.

Balx hokimi. Darvesh Ali (Navoiyning ukasi) unga qarshi isyon ko‘taradi. Qoyin viloyati beriladi. Ichkilikka ruju qo‘yib, vafot etib ketadi.

Umri – 28-yil.

2.6.3.2.12. FARRUX HUSAYN

1480-yil–1503-yil. Hukmdorlik qilmagan.

Umri – 24-yil.

2.6.3.2.13. MUHAMMAD QOSIM

1482-yil–1507-yil.

Shayboniylarga qarshi Mashhadda kurashmoqchi bo‘ladi. Yengiladi va qatl etiladi.

Umri – 26-yil.

2.6.3.2.14. IBN HUSAYN

1486-yil–1513-yil Iroq.

Jasur va shijoatli bo‘lgan. Akasi Ibrohim Husayndan so‘ng 1504– yili unga Qoyin viloyati berilgan.

Umri – 28-yil.

Sulton Husaynning qizlari:

2.6.3.2.A.ZAYNABSULTONBEGIM, onasi – Cho‘libegim

Sulton Uvays (2.6.3.1.2.) (vafoti – 1491) va Abdulboqi (2.5.2.1.) Mirzolarga nikohlangan (1502). O‘tkir so‘z ustasi bo‘lgan. 1520-yil Bobur huzuriga ketayotganda Nilobda vafot etgan.


Poyandasultonbegimdan tug‘ilgan qizlar:

2.6.3.2.B. OQBEGIM

Qizi – Qorako‘zbegim Boburning inisi, G‘azni hokimi Nosir (3.6.2.4.3)ga uzatilgan. 1504-yilda vafot etgan.

2.6.3.2.D. BEKABEGIM

Xolasi Robiyasultonbegimning o‘g‘li Bobur (Mironshoh (3)ning avlodlaridan biri)ga uzatilgan. 1502-yil vafot etgan.

2.6.3.2.G. OQABEGIM

Xolasi R.ning boshqa o‘g‘li – Sulton Murodga uzatilgan.

2.6.3.2.D. KICHKINABEGIM

Sulton Mas’ud (3.6.2.3.1)ga onasi bermagan. Otasi hayotligida vafot etib ketgan. Sayid Ota avlodlariga turmushga chiqqan edi.


Popooqachabegimdan tug‘ilgan qizlar:

2.6.3.2.G. SAODATBAXTBEGIM (Begimsulton)

Sulton Ma’sud (3.6.2.3.1.)ning ko‘ziga mil tortilgach, unga uzatilgan. 1 o‘g‘il, 1 qizi bo‘lgan. Ka’batullohga o‘g‘li bilan ketib, o‘sha yerda qolgan.

2.6.3.2.H. SULTONNAJOTBEGIM

Iskandar (2.6.3.1.3.)ga uzatilgan.

2.6.3.2.I. MUNAVVARSULTONBEGIM

Andxo‘y sayidlaridan Sayid Mirzoga uzatilgan.

2.6.3.2.3. BAYRAMSULTONBEGIM

Onasi – Menglibiy oqacha.

Sayid Abdullo Mirzoga uzatilgan. O‘g‘li Sayyid Baraka Bobur Samarqanddaligida xizmatida edi, Astrobodda qizilboshlar qo‘lida halok bo‘lgan.

2.6.3.2.K. FOTIMASULTONBEGIM

Onasi – Menglibiy oqacha. Mironshoh naslidan Yodgor Mirzo (Saydi Ahmad (3.7)ning nabirasi)ga uzatilgan.

2.6.3.2.L. OYSHASULTON OQABEGIM

Onasi – Zubaydabegim. O‘g‘illari Qosim Husayn Sulton (Badovun hokimi) va Abdullo Sultonlar Bobur xizmatida bo‘lgan.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 | Следующая
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации