Электронная библиотека » Хаким Сатторий » » онлайн чтение - страница 16


  • Текст добавлен: 29 апреля 2024, 18:00


Автор книги: Хаким Сатторий


Жанр: Исторические приключения, Приключения


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 16 (всего у книги 17 страниц)

Шрифт:
- 100% +

Dovarbaxt ismli o‘g‘il qolgan. Eronga ketgan.

Umri – 36-yil.

A–1.2. PARVEZ (Shahzoda)

1586-yil–1626-yil.

Otasi – Salim (Jahongirshoh). Onasi – xoja Hasan qizi.

Mevarni qo‘lga olishda bosh bo‘lgan. Ollohobod viloyati hokimi.

Shahzoda Xurram (A– 1.3) isyonlarini bostirishda faol ishtirok etadi.

Valiahd edi. To‘satdan vafot etgan.

Umri – 41-yil.

A–1.3. XURRAM (Shahzoda) – SHOHJAHON

1592-yil, yanvar, Lohur–1666-yil, Agra.

Otasi – Salim (Jahongirshoh).

Onasi – roja Udi Singh qizi.

1612-yilda Osafxonning 19 yoshli qizi Arjumandbonu (Mumtozmahal)ga uylanadi. Taxt uchun zimdan kurash olib boradi, guruhbozlik kuchayadi. Otasi xush ko‘rmas edi. Taxt valiahdlarining vafot etishi unga shohlikni in’om etadi. 1628-yil fevralida Agradagi ota taxtini egallaydi. Buxoro amirligi bilan aloqalarni mustahkamlaydi. Dekan, Qandahorni qaytarib oladi.

1637–1638-yillarda Yamanda qo‘lga kiritilgan «Temur tuzuklari»ni Muhammad Hifz al-Buxoriy tomonidan mukammallashtiradi.

O‘g‘illari o‘ziga qarshi turadi. 1658-yildan uy qamog‘ida saqlaydilar.

Bobosi Akbarshohning mehrini qozongan Shohjahon (Xurram) qurilishga zo‘r berdi. Poytaxtni Agradan Dehliga ko‘chirdi. Agrada mashhur Tojmahal obidasini barpo etdi. Bu maqbara uning sevimli malikasi Arjumandbonu (Mumtozmahalbegim) xotirasiga (u 1631-yilda o‘ninchi(?) farzandni tug‘ish chog‘ida vafot etgan edi) bunyod etilgan.

Farzandlari: 4 o‘g‘il, 1 qiz (6/6).


(O‘g‘illari: Doroshukuh, Shohshujo’a, Avrangzeb, Murodbaxsh haqida quyida ma’lumotlar bor. Yana: Umidbaxsh (1619–1624 – Mumtozmahal, Jahonafruz (1619–1620) – Shahnavozxon qizi).

Qizlari: Hurilnisobegim (1613–1616). Jahonorobegim (1614–1681), Boburiylar sulolasining iftixorlaridan biri (A–1.3.A). Ravsha norobegim (1617–1671). Surayyo (1621–1628), Gavharorobegim (v. 1706y.), Husnorobegim (1603-?). Onalari – Mumtozmahalbegim).

Umri – 75-yil.

A–1.4. SHAHRIYOR (Shahzoda)

1596 (1605) yil–1627-yil.

Otasi – Salim (Jahongirshoh).

Onasi – xos kanizaklardan.

Nurjahonbegimning avvalgi eri Sharafkandan bo‘lgan qizi Lodilabegimga uylangan edi. Irodasiz va qat’iyatsiz Shahriyor qo‘g‘irchoq bo‘lib qoladi. Osafxon uning ko‘ziga mil torttiradi.

Umri – 32-yil.

A–1.3.1. DOROSHUKUH

1616-yil–1659-yil.

Otasi – Shohjahon (Xurram).

Onasi – Mumtozmahalbegim.

Allohobod, Panjob, Mo‘lton hokimi. «Qodiriy» taxallusi bilan badiiy-irfoniy asarlar yozgan, tarjimalar qilgan. Uning tasavvuf nazariyasi, qadimgi hind va islom tarixiga doir qarashlari (bu mavzuda o‘ndan ziyod risolalar yozgan), xattotlik, umuman, kitobatchilikdagi faoliyati, tarjimonligi umumbashariy ahamiyatga ega.

Otasi kasal bo‘lib qolganda taxtni boshqaradi. Ukalari birlashib, unga qarshi kurashadilar. 1658-yil 29 mayda Agraga yaqin Samugarxdagi hal qiluvchi jangda yengiladi (u erka o‘sgan, iqtidorsiz rahbar edi). Qochib, belujlarning Dedar viloyati sultoni Malik Jevondan boshpana so‘raydi (uni bir paytlar o‘limdan olib qolgan edi). Malik Jevon esa uni tutib, Avrangzebga topshiradi. Qatl qilib, kesilgan boshini otasiga kiritadilar.

O‘g‘li Sulaymonshukuh najot topolmay, Avrangzeb qo‘lida vafot etadi (1662).

(Farzandlari – 4/2).


(O‘g‘illari: Sulaymonshukuh (1635–1662), Sepahrshukuh (1644), uning o‘g‘li A’lo Tabor; Mahrshukuh (1638), Mumtozshukuh (1643), onalari – Sulton Parviz qizi)

Umri – 44-yil.

A–1.3.2. SHOHSHUJO’A

1617-yil–1661-yil.

Otasi – Shohjahon (Xurram).

Onasi – Mumtozmahalbegim.

Bengaliya hokimi, 1659-yil yanvarda Hajvda Avrangzeb o‘nglanmas zarba beradi. Oilasi va 40 nafar navkari bilan Bengaliyadan chiqib, Birmadagi Agrakan o‘rmoniga qochib boradi. Mahalliy magx qabilasi o‘ldirib yuboradi.

(Farzandlari – 2/1).


(O‘g‘illari: Sulton Zayniddin (1639) va Sulton Baland Axtar (1645) – roja Utarsin Kashtvara qizi).

Umri – 45 yil.

A–1.3.3. AVRANGZEB (Abuzafar Muhyiddin Muhammad Olamgir)

1619-yil, 24-sentyabr–1707-yil, Ahmadobod.

Otasi – Shohjahon (Xurram).

Onasi – Mumtozmahalbegim.

Dekan viloyati hokimi (1636), 1644-yildan otasiga qarshi harakatlarni boshlab yuborgan, nihoyat, 1658-yil iyunda ota taxtini egallaydi. 49-yillik hukmronligi davrida shafqatsiz siyosat olib bordi. «Fatavoyi Olamgiriy»ni joriy etdi. Uning podsholigi Boburiylar saltanati oyining to‘lishgan payti edi…

(Farzandlari – 5/5).


(O‘g‘illari haqida quyida ma’lumotlar bor.

Qizlari: Zeybulnisobegim (A–1.3.3. A), Ziynatulnisobegim (1643-?) – Dilrasbonu, Badrulnisobegim (1647–1670) – Rahmatulnisobegim, Zubdatulnisobegim (1651–1707) – Dilrasbonu, Mehrulnisobegim (1661–1704).

Umri – 88-yil.

A–1.3.A. JAHONOROBEGIM

1614-yil–1681-yil, Agra.

Otasi – Shohjahon (Xurram).

Onasi – Mumtozmahalbegim.

Onasi vafotidan so‘ng saroy yumushlarini o‘z zimmasiga oladi. Og‘alari o‘rtasidagi ixtiloflarni yumshatishga intiladi. Agrada jome masjidi, Dehli, Surat, Ambola, Bahol, Panipatda karvonsaroylar, Lohurda katta bog‘, Kashmirda Parimahal bog‘i, Shaxdxonobodda Ali Mardonxon arig‘ini bunyod etishda bosh-qosh bo‘ladi. «Risolai sohibiya» kitobini yozadi. Umrining oxirini notavon otasi xizmatiga bag‘ishlaydi.

Umri – 68-yil.

A–1.3.4. MURODBAXSH

1621-yil–1661-yil.

Otasi – Shohjahon (Xurram).

Onasi – Mumtozmahalbegim.

Gujarot hokimi. Avrangzebning makriga uchib, akasi Doroshukuhga qarshi kurashadi. 1657-yil o‘zini Ollohobodda podshoh deb e’lon qiladi. Avrangzeb taxtni olgach (1658-yil, iyun), Murodbaxshni ushlatib, Gvalior zindoniga tashlaydi va qatl ettiradi.


(O‘g‘illari: Muhammadyor (1646). Yazdbaxsh, v. 1706y.), uning o‘g‘illari: Dodarbaxsh va Dovarbaxsh).

Umri – 41-yil.

A–1.3.3.1. MUHAMMAD SULTON

1637 (1639) yil–1672 (1675) yil.

Otasi – Avrangzeb.

Onasi – Rahmatulniso.

Amakisi Shohshujo’ani ta’qib qilib, Bengaliyaga borgandi. Shohshujo’a qizi Gulruhbegimni unga bermoqchi bo‘lgan. Keyinchalik otasi lashkarboshi Mirjumladan buni bilib qoladi va Muhammad Sultonni zindonga tashlaydi. E’tiroz bildirgan qizini ham akasi yoniga qamaydi. Shu yerda vafot etishadi.

Umri – 36-yil.

A–1.3.3.2. A’ZAMSHOH

1643 (1653) yil–1707 (1705) yil, Agra.

Otasi – Avrangzeb.

Onasi – Dilrasbonu.

Dekan hokimi bo‘lib turgan A’zamshoh otasi vafot etgach, 65 ming otliq, 45 ming piyoda bilan Agraga bostirib keladi. Ukasi Muazzam (Shoh Olam) (A–1.3.3.3)dan yengilib, halok bo‘ladi.

Umri – 65-yil.

A–1.3.3.3. MUAZZAM (Shoh Olam, keyinchalik – Bahodirshoh)

1645-yil–1712-yil.

Otasi – Avrangzeb.

Onasi – Rahmatulniso.

Qo‘rqoq, qat’iyatsiz bu odam otasi vafot etganda Kobulda edi. 110 ming qo‘shin bilan Agraga yaqinlashib, A’zamshoh (A–1.3.3.2) ni yengadi va taxtni egallaydi (hukmronligi !707–1712-yillar). Mamlakatda parokandalik boshlanadi.

Farzandlari – 4 o‘g‘il (6/1).


(Malikalari: Rup Sanga Rathur qizi, 1661y., Abdulmo‘min qizi, Sanjar Najmisoniyqizi Nurilnisobegim, Faxrulnisobegim.

O‘g‘illari: Sulton Mu’iziddin (1661–1713), uning o‘g‘illari I’zaddin, A’ziddin (Olamgir P, uning o‘g‘li Jaloliddin Ali Gavhar (1727–1806), u(Shoh Olam P)ning o‘g‘illari: Muhammad Javonbaxt va Abulnasr Mu’iniddin (1760–1837), Mu’iniddin (Akbarshoh P)ning o‘g‘illari: Muhammad Jahongir va Abulmuzaffar Sirojiddin (1775–1862), Sirojiddin Bahodirshohning o‘g‘illari: Mo‘g‘ul Mirzo (1796–1858) va Xizr Sulaymon Mirzo (1799–1858), Xizrning o‘g‘li Abubakr Mirzo (1821–1858);

Sulton I’zaddin (1664);

Muhammad A’zim (1664–1712) – Rup Sanga Rathur qizi, uning o‘g‘illari: Muhammad Karim (1679) – Kisr Sanga qizi, Muhammad Farruxsiyar (!688–1719), (A–1.3.3.3.3.2) uning o‘g‘illari: Jahongirshoh (1713) va Jahonmurodshoh (1716 – Sodotxon qizi; Husaynbaxt; Ruhulquds (1695) – Oliyabegim, Ismi ? (1709) – Oliyabegim).

Rafiushshon (1670–1712) – Nurilnisobegim, uning o‘g‘illari: Rafiuddarajot (1692–1719), taxtda 1719 y. Rafiuddavlat (1696–1719), taxtda 1719 y..Muhammad Ibrohim (1699–1721).

Muhammad Xo‘jasta Axtar (1674–1712) – Faxrulnisobegim, u(Jahonshoh)ning o‘g‘illari: Farxanda Axtar va Ravshan Axtar (1702–1748), u(A–1.3.3.3.6.2)ning o‘g‘li Ahmadshoh (1728–1774), u(A–1.3.3.3.3.6.2.1)ning o‘g‘li Bidarbaxt (1788-yilda taxtda).

Muhammad Humoyun (1677-?).

Umri – 68-yil.

A–1.3.3.4. MUHAMMAD AKBAR

1647 (1657) yil–1705 (1707) yil.

Otasi – Avrangzeb.

Otasi hayotligida maxarajlarga qarshi yurishlarga boshchilik qiladi. Rajputlarga kelib qo‘shiladi va 1681-yil o‘zini podshoh deb e’lon qiladi. Avrangzeb bostirib kelgach, maratxlardan panoh topadi. Oxiri Eronga o‘tib ketadi.


(O‘g‘ilari: Abdulvahob, Xo‘jasta Axtar, Nigusiyar (1679–1719), taxtda 1719-yil. Muhammad Askar).

Umri – 59-yil.

A–1.3.3.5. KOMBAXSH

1667-yil–1709-yil, yanvar, Haydarobod.

Otasi – Avrangzeb.

Onasi – roy Udipuriy qizi.

Dekanda turdi. Muazzam (Shoh Olam) (A–1.3.3.3) taxtga o‘tirgach, Kombaxshga qarshi hujum qilib, jangda halok bo‘ldi.


(O‘g‘illari: Umidbaxsh, Mahiussunnat, (1689–1707), Firuzmand, Boraqquloq v. 1709y.).

Umri – 43-yil.

A–1.3.3.A. ZEBUNNISOBEGIM (Zeybulnisobegim)

1639-yil, fevral– 1702 (1707)-yil, Dehli.

Otasi – Avrangzeb.

Onasi – Dilrasbonu (Bobur (3.6.2.4.1)ning Gulbadanbegim (3.6.2.4.1.V) ismli qizi avlodidan).

Zamonasining allomalaridan Hafiza Maryam, Ashraf Isfahoniy, mullo Jevondan ta’lim olgan. Shoira, olima, sozanda va xattot bo‘lib yetishgan. «Zeb at-tafosir» (769 varaq), «Zeb an-nashaot» asarlarini yozadi, «Fatavoyi Olamgiriy»ni fors tiliga tarjima qildiradi.

Yolg‘iz o‘tadi. Deydilarki, opasining to‘lg‘oq azobidan qo‘rqqan emish. Yoshligida Oqilxon Roziy bilan sevgisi Avrangzeb tufayli barbod bo‘ladi.

Zarzari qabristonida dafn etilgan.

Shogirdlaridan biri Mirzo Bedilning qizi edi.

Umri – 64-yil.

A–1.3.3.3.3 2. FARRUHSIYAR

1688-yil–1719-yil.

Otasi – Azimushshon (Muhammad A’zim) (1670 (1664)–1712) Muhammad Bahodirshoh (A–1.3.3.3) o‘g‘li.

Onasi – Kisr Sanga qizi.

1713-yilda hokimiyatga keladi. Iste’dodsiz, bo‘shang, qo‘rqoq bu odam o‘rnida sayyidlar yetakchi edi. Nihoyat, Barxiy sayyidlari uni qatl etadi. Avrangzeb bu haqda «Ahkomi Olamgiriy» asarida juda to‘g‘ri bashorat qilgan ekan.

Umri – 32-yil.

A–1.3.3.3.4.6.2. RAVSHAN AXTAR (Muhammadshoh)

1692 (1702) yil–1748-yil.

Otasi – Muazzam (Shoh Olam) o‘g‘li Muhammad Xo‘jasta Axtar.

Aka-uka sayyidlar (Hasan va Husan Ali) ta’sirini barbod qiladi, biroq bo‘linish boshlanadi. 1739-yil Eron podshosi Nodirshoh Hindistonga bostirib kiradi. Muhammadshohga qaytadan toj kiydiradi. Dehlini qo‘lga kiritib, qimmatbaho ko‘hinurni, Shohjahonning «Tovus taxt»ini va boshqa boyliklarni talab ketadi.

Tanazzul boshlanadi.

Umri – 57-yil.

A–1.3.3.3.6.2.1. AHMADSHOH

1711-yil–1754-yil.

Otasi – Ravshan Axtar (Muhammadshoh).

Otasi vafotidan so‘ng taxtga o‘tiradi (hukmronligi 17481754-yillar). Bu paytda Nodirshoh o‘ldirilgan (1747), afg‘on qabilalari kuchayayotgan edi. Nihoyat, Ahmadshoh Durroniy Afg‘onistonni ajratib oladi. Lohur, Kashmir ham qo‘ldan ketadi.

Umri – 44-yil.

A–1.3.3.4.2. OLAMGIR II (A’ziddin)

1727-yil–1760-yil.

Otasi – Sulton Muiziddin (Shoh Olam o‘g‘li).

Otasi vafotidan so‘ng taxtga o‘tiradi (hukmronligi 17541760-yillar). Durroniylar yana ichkari siljiydi, mahalliy aholi mustaqillik kurashini boshlaydi.

Umri – 34-yil.

A–1.3.3.3.4.2.1. SHOH OLAM II (Jaloliddin Ali Gavhar)

1743 (1727) yil–1806-yil.

Otasi – Olamgir II.

1788-yildan taxtda. (17601788-yillarda taxtda Shoh Olam 1 ?). Maratxlar va singhlar kurashi kuchayadi, Durroniylar yana ko‘p viloyatlarni bosib oladi. 1757-yil Bengaliyada Ost-Indiya (Angliya) kompaniyasi harakatini boshlaydi, moliya ishlarini ixtiyoriga oladi. Inglizlar mahalliy aholi qarshiligini bostirishda Shoh Olam II hokimiyatidan foydalanmoqchi bo‘ladi, unga nafaqa tayinlaydi. Faqat Dehli qo‘lda qoladi. 64-yil umr ko‘rib, vafot etgach, o‘rniga o‘g‘li


AKBAR II (Abulnasr Mu’iniddin, 1760–1837)

(hukmronligi 18061837-yillar, 31 yil, umri – 78 yil)


o‘tiradi. U nomigagina taxt egasi edi, barcha yumushlar, xususan, moliya masalalari inglizlar qo‘lida edi.

(O‘g‘illari: Muhammad Jahongir, Abulmuzaffar Sirojiddin (1776–1862).

BAHODIRSHOH II

1776-yil, Dehli – 1862-yil, Rangun.

Otasi – Akbar II (Shoh Olam P o‘g‘li).

1837-yilda taxtga o‘tiradi. Sipohiylar uni podshoh deb e’lon qilib, qo‘mondonligida inglizlarga qarshi kurashmoqchi bo‘ladi. Katta o‘g‘li Mo‘g‘il Mirzo (1796–1858) bosh qo‘mondon, o‘g‘li Xizr Sulton Mirzo (1799–1858) va nabirasi Abu Bakr Mirzo (1821–1858) qo‘shin bo‘limlariga rahbarlik qiladi. Biroq ular uquvsiz kishilar edi. 1857-yil iyulda sipohiylar Baxtxon boshliq Dehliga kiradilar, ammo ular yetarlicha ko‘mak ololmaydilar. 65 ming sipohiy 6 ming inglizdan yengiladi. 21-sentyabrda Bahodirshoh II va avlodi asir olinadi. O‘zi Rangun (Birma)ga badarg‘a qilinadi, bolalari otib tashlanadi…

Umri – 87-yil.

* * *

«Boburiynoma» kitobining muallifi, taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonovning qayd etishiga ko‘ra, shu qirg‘inda Bahodirshoh II ning o‘g‘li Quyosh Mirzo tasodifan omon qoladi va uning avlodlari hamon barhayot yashab kelmoqda. Yana boshqa ishonchli manbalarning guvohlik berishicha, Hindiston, ayniqsa, Pokiston, Bangladesh davlatlari hududlarida Boburiylarning ko‘plab avlodi hozir ham umrguzaronlik qiladi. Hatto Pokistonning sobiq Bosh vaziri Benazir Bxutto (uning otasi Zulfiqor Bxutto ham uzoq yillar Pokiston hukumatini boshqargan) ham o‘zini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Boburning avlodi, deb hisoblaydi. Bu haqda Chingiz Aytmatov va Muxtor Shaxanov yozganlar. (Qarang: «Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori». Toshkent. «Sharq», 1998-yil. 311312-betlar).

4. SHOHRUX

Sohibqironning Tog‘ay Turkon oqadan tug‘ilgan farzandi. 1377– yil, 20-avgust–1447-yil, 12-mart, Hirot.

Saroymulkxonim tarbiyasida ulg‘aygan. Harbiy yurishlarda qatnashgan. 1394-yil 17-sentyabrda otasi Samarqand shahri hokimi etib tayinlagandi. 20 yoshdan (1397) Xuroson hukmdori. 50-yildan ortiq taxtni boshqardi. Shahanshoh, buyuk davlat arbobi, metsenat.

«Nasabnoma»ni tuzdirgan.

Uning hukmdorligi davrida Xuroson gullab-yashnagan, ilm-fan va san’at yuksalgan o‘lkaga aylandi, boqiy qadriyatlarning tamal toshi qo‘yildi.

Farzandlari: 7 o‘g‘il, 2 qiz (9/6).

Umri – 71-yil.


Malikalari:

Gavharshodbegim, G‘iyosiddin tarxonning katta qizi. 1388-yilda uylangan. Davlatni idora qilishda faol aralashgan. 3 o‘g‘ilning onasi. 1457-yilda Abusaid (3.6.2)ning farmoni bilan chopib o‘ldiriladi.

To‘tibegim.

Mulkat oqabegim, Xizr O‘g‘lonning qizi. Umarshayx (2) Mirzo vafoti (1394)dan so‘ng Shohrux nikohiga o‘tgan. Ko‘plab obidalar bino etgan. Konigilda o‘tgan mashhur to‘yda Shohrux nomidan qatnashgan. 1440-yilda Kobulda vafot etgan, Balxda dafn etilgan.

(Malikalar jami 6 nafar)


Qizlari:

Maryamsulton oqa – Muhammad Jahongir (1.1.1)ga turmushga chiqqan. 1441-yil vafot etgan. Saodatsulton oqa. Qutlug‘ Turkon oqa. Poyandasulton oqa. Tog‘ay Turkon oqa. Qutlug‘sulton oqa.


O‘g‘illari:

(Jahonshoh – Mulkat oqabegim, Beko‘g‘li – Oqsulton, Jono‘g‘lon (1403–1411) – Oqsulton, Muhammad Yordiy (1404–1409) – La’ltegin (Beruyi, Bozuyi, Yoruti)

4.1. MUHAMMAD TARAG‘AY (Ulug‘bek)

1394-yil, 22-mart, Sultoniya–1449-yil, 25-oktyabr.

Otasi – Shohrux (4).

Onasi – Gavharshodbegim.

Saroymulkxonim va mashhur olim shayx Orif Ozariy (5 yoshidan) tarbiyasida ulg‘aydi.

Bobosi Sohibqiron 1404-yil sentyabrda Konigilda uylanish to‘yini o‘tkazgan edi.

Harbiy yurishlarda, chunonchi, Sohibqironning Xitoy safarida birga edi. 1409 –1449-yillarda Samarqand hukmdori.

Samarqandda observatoriya qurdirgan, ulkan kutubxonasi bo‘lgan. «Ziji Ko‘ragoniy» asarida 1018 osmon yoritgichlari o‘rnini o‘ta aniqlik bilan aks ettirgan. O‘z davrining Fanlar akademiyasiga asos solgan.

Dunyo masshtabidagi eng buyuk olimlardan biri. Temuriylar sulolasining faxri.

40 yil muttasil podsholik qildi, ammo betimsol ilmiy salohiyatini hukmronlikda namoyish eta olmadi, oftobdek charog‘on aql sha’mi saroy zulmati qurshovida xira tortib, tafakkur va iste’dod hokimiyat xurujlari qarshisida chorasiz qoldi, xullas, bir qinda ikki qilich – olim va podsho sig‘madi, bir qo‘lda ikki kemani tutib turish imkoni bo‘lmadi. O‘g‘li – valiahd Abdullatif bu inqirozni bartaraf etishda ojizlik qildi, aksincha, o‘zi ham shu fitnaning qurboniga aylandi. Bularning bari esa bebaho hayotining, aziz umrining bemahal xazon bo‘lishiga olib keldi. Buyuk olim Muhammad Tarag‘ay – Ulug‘bek Mirzoning qismati odamzod olamining eng dahshatli fojealaridan biridir.

Farzandlari: 5 o‘g‘il, 7 qiz (13/10).

Umri – 55-yil.


Malikalari:

Oqabegim – Muhammad Sulton (1.1)ning qizi (1395-yil–1449– yillar). 1404-yil uylangan. Habibasulton ismli qiz (4.1.A) tuqqan.

Oqsultonxonika – Mahmudxonning qizi. Sevimli malika edi, lekin taloq qiladi.

Husnnigorxonika – Sham’ijahonxon qizi, chig‘atoyi malika.

Sultonbadrulmulk – Xalil Sulton (3.3)ning qizi.

Xullas, haramida 5 malika, 6 kanizak (16) bo‘lgan.


Qizlari:

Habibasulton (Begika, Hasiba).

O‘tabegim (Oqabegim) – Sulton Abusaid (3.6.2)ga turmushga chiqqan.

Robiyasultonbegim – Abusaidning qistovi bilan Abulxayrxonga uzatilgan (1451). 2 o‘g‘il ko‘rgan: Ko‘chkinchixon, Suyunchixon. Marqadi Turkiston shahrida, Ahmad Yassaviy maqbarasi qarshisida, baland gumbaz ko‘tarilgan.

Yana bir qizini Abdullo Mirzo (4.2.3)ga turmushga chiqqani haqida ma’lumot bor. (Bu Robiyasultonbegim bo‘lishi mumkin).


O‘g‘illari:

Ibodullo 1412-yil tug‘ilib, 1417-yil vafot etadi.

Abdullo 1420–1433-yillar.

Abdurahmon 1421–1432-yillar yashagan. (Yana: Abdulsamad, Abduljabbor, Temur, Abdumalik, Abdurazzoq va Sultonmalik oqadan 3 o‘g‘il).

4.1.4. ABDULLATIF

1428-yil–1450-yil, 9 may.

Otasi – Muhammad Tarag‘ay (Ulug‘bek).

Onasi – Ruqiya xotun.

Hirotda buvisi Gavharshodbegim tarbiyasida ulg‘ayadi. 1441-yildan – Samarqandda. Iste’dodli, biroq shuhratparast odam bo‘lgan. Balx hokimi (1448). Shohrux (4) vafotidan so‘ng Hirotni egallaydi. Otasini jangda yengadi, Ulug‘bekni Samarqandga kiritmaydilar. Abdullatif shafqatsiz siyosat olib boradi. Bobo Husayn bahodir kamondan o‘q uzib, halok qiladi.

Umri – 23-yil.

Farzandlari – 5 o‘g‘il.

Abdurazzoq (4.1.4.1). Ahmad (4.1.4.2). Mahmud (4.1.4.3). Muhammad Jo‘qi (4.1.4.4). Muhammad Boqir (4.1.4.5).

Dastlabki 4 aka-uka Abusaid (3.6.2) qo‘lida o‘lim topadi.

4.1.5. ABDULAZIZ

1430-yil–1449-yil.

Otasi – Muhammad Tarag‘ay (Ulug‘bek).

Erkatoy va arzanda o‘g‘il otasi Abdullatif (4.1.4)ga qarshi jangga ketganda Samarqandda aslzoda go‘zallar bilan ishratni avj oldiradi, bu esa Ulug‘bekka qarshi isyonga sabab bo‘ladi. Abdulaziz Yunusxonning singlisiga uylangan bo‘lishi mumkin.

Umri – 20-yil.

4.2. IBROHIM SULTON

1394-yil, avgust–1435-yil, may.

Otasi – Shohrux

Onasi – To‘tibegim

Tuman oqabegim tarbiyasida ulg‘ayadi.

Bobosi Sohibqiron 1404-yil sentyabrda Konigilda uylanish to‘yini o‘tkazgan edi.

Xitoy yurishida bobosi bilan birga edi. Balx hokimi (1409). O‘qimishli kishi bo‘lgan. Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»ni uning saroyida tugatgan.

Farzandlari – 3 o‘g‘il (4/2).

Sulton Abu Is’hoq (1419–1427), Ismoil (1423–1432) bolaligida vafot etadi.

Umri – 42-yil.

4.2.3. ABDULLO

1433-yil–1451-yil, Bulung‘ur.

Otasi – Ibrohim Sulton (4.2).

Onasi – Mehrsulton xotun.

2 yoshidan otasi taxtida. Yaxshi muhitda ulg‘ayadi. Ulug‘bek (4.1.) o‘ziga kuyov qiladi.

Abdullatif (4.1.4)dan so‘ng Samarqand hukmdori. Sulton Abusaid (3.6.2) va Abulxayrxonning birlashgan qo‘shinlari bilan jangda halok bo‘ladi.

Umri – 19-yil.

4.3. BOYSUNG‘UR

1397-yil, 15-sentyabr–1433-yil, dekabr.

Otasi – Shohrux.

Onasi – Gavharshodbegim.

Astrobod viloyati hokimi (1414), vazir (1416–20). Eron Ozarbayjoni hokimi (1421–31). Hukmronlikda omadi kelmagan – otasi Samarqand taxtiga o‘tirishida xayrixohlik ko‘rsatmagan. Gavharshodbegim (momo lari)ning aralashuvi bilan ukasi Suyurg‘atmish (4.4.) o‘rtasida ixtiloflar yuzaga kelib turgan. Bu hollar hayot tarziga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.

Uning tole’i madaniyat-ma’naviyat jabhasida porladi. San’at, ayniqsa, adabiyotni juda qadrlagan. Firdavsiy «Shohnoma»sining mukammal nusxasini tayyorlab, so‘z boshi yozgan. Hirot tasviriy san’at maktabiga asos solgan. O‘z qo‘li bilan ko‘chirgan va oltin suvida bezatilgan Qur’on bobosi Cohibqiron Amir Temurning qabri ustida turardi.

Farzandlari – 3 o‘g‘il (3/10).

Umri – 37-yil.

4.3.1. ALOUDDAVLA

1417-yil–1460-yil, sentyabr.

Otasi – Boysung‘ur (4.3).

Onasi – Jonmalik oqa.

Buvisi Gavharshodbegim unga alohida mehr bilan qarar va taxt vorisi deb bilardi. Shohrux (4) vafotidan keyin Hirot taxtini egallaydi. Abdullatif (4.1.4) boshliq Samarqand qo‘shinini yengib (1447-yil, 27-aprel), Abdullatifni asir oladi. Ulug‘bek (4.1)ning aralashuvi bilan Abdullatif ozod etiladi. Ulug‘bek Mirzo va o‘g‘li 90 ming kishilik lashkar bilan Alouddavlaga qarshi kelib, 1448-yil bahorida Tarnob mavzesida uni yengishadi. Xuroson Abusaid (3.6.2) tasarrufiga o‘tgach, Mo‘g‘uliston taraflarda, so‘ng Xorazmda yashaydi. Kasallanib, vafot etadi. Hirotda dafn etiladi.

Umri – 44-yil.

Farzandlari – 2 o‘g‘il, 1 qiz (2/2).


(O‘g‘illari: Abulhoris Boysung‘ur (1435–1456) – Zaynab, Ibrohim (1440–1459) – Murodsulton).

Qizi – Ruqiyasultonbegimni Abusaid (3.6.2) nikohiga olgan, farzandi – Shohrux (3.6.2.6).

4.3.1.2. MUHAMMAD IBROHIM

1440-yil–1458-yil, avgust. Otasi – Alouddavla.

Onasi – Murodsulton.

Amakisi Abulqosim Bobur (4.3.3)ga qarshi Xuroson taxti uchun kurashda asir tushib qoladi. Abulqosim Bobur. vafotidan so‘ng Ixtiyoriddin qal’asidan qochib, qo‘shin to‘playdi, Shoh Mahmud (4.3.3.1) ni yengib, Hirotni egallaydi. Turkmon hukmdori Jahonshohga qarshi kurashda Abusaid (3.6.2) uni aldaydi va yengiladi.

Asab kasali bilan vafot etadi.

Umri – 19-yil.

4.3.2. SULTON MUHAMMAD

1418-yil–1451-yil, Hirot.

Otasi – Boysung‘ur (4.3).

Onasi – Xandon oqa.

Sultoniya, Qazvin, Ray va Qum viloyatlari hukmdori Sulton Muhammad bobosi Shohruxga qarshi qo‘shin tortadi, Isfahonni bosib oladi. Sherozni qamal qiladi (1446). Isyonni bostirib qaytayotganda Shohrux Mirzo betoblanib, vafot etadi.

Xurosonga hujum qilib (1449), ukasi Abulqosim (4.3.3) bilan to‘qnashadi. U o‘n yillik hukmronligi davrida ukasi bilan uch marta to‘qnashadi va oxiri qatl etiladi.

Umri – 34-yil.

Farzandlari – 2 o‘g‘il. Sa’d Vaqqos (1437–1452) va Yodgor (4.3.2.2)

4.3.3. ABULQOSIM BOBUR

1422-yil, Hirot–1457-yil, mart, Mashhad.

Otasi – Boysung‘ur.

Onasi – Gavharnasab oqa Xorazmiy.

Shohrux Mirzo vafotidan so‘ng Ulug‘bek (4.1), Abdullatif (4.1.4) va Sulton Muhammad (4.3.2)ga qarshi taxt uchun janglar olib bordi. 1451-yildan Xuroson taxtini qo‘lga kiritdi. She’riyat muxlisi, ilm-fan homiysi bo‘lgan. Yosh Sulton Husayn va Alisher Navoiyga iltifot ko‘rsatgan.

Farzandi – 1 o‘g‘il.

Umri – 36-yil

4.3.3.1. SHOH MAHMUD

1446-yil–1459-yil.

Otasi – Abulqosim Bobur (4.3.3).

Otasi vafotidan so‘ng uni Mashhadda shoh deb e’lon qiladilar. Hirot sari yurishda Muhammad Ibrohim (4.3.1.2)dan yengiladi.

Kobul hukmdori amir Boboga qarshi jangda halok bo‘ladi.

Umri – 14-yil.

4.4. SUYURG‘ATMISH

1398-yil–1426-yil, noyabr.

Otasi – Shohrux (4).

Onasi – Mulkat oqa.

Kobul hukmdori (1418).

Farzandlari – 2 o‘g‘il (6/2).

Otasining o‘rniga dastlab Mas’ud (4.4.1), so‘ng Qorachar (4.4.2) hokim etib tayinlanadi.


(O‘g‘illari: Sulton Mas’ud (1413–1443) – Shodbaxt, o‘g‘li Aliasqar (1428–1446). Sulton Mahmud – Feruzbaxt, Muhammad Sulton – Baxtsulton, Qarochor (1414–1439) – Baxtsulton, Muhammad Sulton – Saodat, Sulton Mahmud – Ashura.

Qizlari: Ruqiyasultonbegim, Muhammad Jahongir (1.) avlodidan Muhammad Sultonga turmushga chiqqan. Ulug‘ oqa).

Umri – 29-yil.

4.5. MUHAMMAD JO‘QI (Joku)

1403-yil–1445-yil.

Otasi – Shohrux.

Onasi – Gavharshodbegim.

Mo‘g‘uliston xoni, marhum Sham’ijahonning qizi Mehrnigor oqani nikohiga oladi (1419). Garmsir (1433), Balx (1443) hukmdori. Ulug‘bek (4.1), Boysung‘ur (4.3) bilan hammaslak bo‘lgan. Onasi yoqtirmagan. Asab kasali bilan vafot etgan.

Farzandlari – 3 o‘g‘il (1/2).

Umri – 43-yil.


4.5.1. ALI (1423–1424) – Bo‘lg‘on mo‘g‘ul, bolaligida olamdan o‘tgan.

4.5.2. MUHAMMAD QOSIM

1422-yil–1448-yil.

Otasi – Muhammad Jo‘qi (4.5).

Onasi – Mehrnigorxonim (Baxtdavlat).

Otasining mulki unga tekkan edi.

Ukasi Abubakr (4.5.3)ga qarshi jangda halok bo‘ladi. Umri – 27-yil.

4.5.3. ABUBAKR

1427-yil–1449-yil.

Otasi – Muhammad Jo‘qi.

Onasi – Mehrnigorxonim (Baxtdavdat).

Har jihatdan mukammal bo‘lgan Abubakr Xuttalon, Arxang, Solisaroyni boshqarardi. Balxni egallab, harbiy qudratini yana mustahkamlaydi. Ulug‘bek Mirzo (4.1) kuyov qilish niyatida chorlaydi. g‘alamislar aralashib, fitna chiqaradilar. Ko‘ksaroyda qatl etishadi.

Umri – 23-yil.

4.3.2.2. YODGOR MUHAMMAD

1451-yil–1470-yil.

Otasi – Sulton Muhammad (4.3.2).

Onasi – Tundibeka.

Ammasi Poyandasultonbegim tarbiyasida o‘sadi. Maishatni yaxshi ko‘radigan, harbiy salohiyatsiz yigit edi. Turkmon hukmdori amir Hasanbek ko‘magida Astrobod, so‘ng Hirotni egallaydi. Talonchilik avj oladi. Tunda Alisher Navoiy va boshqa beklar shahzodani qo‘lga olishadi. Sulton Husayn (2.6.3.2)ning farmoni bilan qatl etiladi. U Shohrux Mirzo avlodidan hukmronlik qilganlarning so‘nggi vakili edi.

Umri – 20-yil.

* * *

Sohibqiron bobomiz tavalludiga 670-yil to‘lgan sanada sa’yharakatimiz bilan u zoti sharifning nasabnoma(genealogiya)si tuzib chiqildi va «Hurriyat» gazetasi sahifalari orqali jamoatchilikka ma’lum qilib borildi. Gap shundaki, bunday yumush mustaqillik yillarida birinchi marta ado etildi. «Temuriylar» sarlavhasi ostida e’lon qilingan ma’lumotlar boshdan-oxir bir sidra o‘qib chiqilsa, kishining ko‘z oldida ajib bir manzara paydo bo‘lardi.

Bu – o‘sha, qariyb olti yuz yil tarix sahnasida harakatda bo‘lgan ulkan saltanatning shukuhi. Nasabnomada ta’riflangan 300 ga yaqin shahzoda va malikaning har biri bir dunyo. Ularning har qaysisi haqida alohida kitob yaratsa bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, ular odam naslining qay darajadadir kamolga yetgan bir vakili. Zero, hammaga ham saltanat yuritish, yurt so‘rash nasib etavermaydi.

Ana shunday shavkatli silsilaning bosh halqasi – hazrat Sohibqiron Amir Temurdir. Bugungi kunda ham bobomizning olamshumul shuhrati g‘ayirlarning boshini aylantirib, ul zotga qarshi axborot urushi e’lon qilishgan ekan, maydonda ulug‘ sarkarda va uning ortidagi uch yuz chog‘li lashkarni ko‘rib, raqiblarning yuragiga g‘ulg‘ula tushsa, ajab emas. Ular avvalo o‘zlarining kichkina xonadonini epaqaga keltirsin-da, so‘ng maydon talab aylasin. Nasabnoma ularga munosib javobdir.

Shubhasiz, bu shonli tarix, xususan, nasabnomalar ustidagi izlanishlar davom etaveradi. Yillar g‘ubori ichida yashiringan bu sinoat o‘z jamolini tobora ko‘z-ko‘z qilib boraveradi. Inshoollo, tadqiqotchilarni bu ummondan javohir izlash istagi tark etmagaydi, degan ezgu niyat bilan mazkur mavzudagi ilk qadamlarga yakun yasaymiz.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 | Следующая
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации