Текст книги "Амир Темур севган юрт"
Автор книги: Хаким Сатторий
Жанр: Исторические приключения, Приключения
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 8 (всего у книги 17 страниц)
Ertalab birinchi qozoq kosmonavti To‘xtar Avbakirovning nomiga qo‘yilgan ko‘chada do‘stlar bilan xayrlashdik. Turkiston shahrida bizni kutishayapti. Bu joy faqat turkiylar orasida emas, islom olamida mashhur. Bu, albatta, dunyoga o‘z ko‘zi bilan qaray olgan buyuk zot, yangi bir tariqat asoschisi Јo‘lxoja Ahmad Yassaviy (hazrat Sulton) xilxonasining shu yerdaligi bilan izohlanadi. Inson zoti borki, yaxshi yashashga, boylik to‘plashga intiladi. Hatto dunyoning o‘tkinchiligini, umr besh kunlik qisqa fursat ekanini butkul unutib yuborganlar – son ming. Ahmad Yassaviy molparastlik, dunyo lazzatiga mukkasidan berilish, umrni yengil havaslar yo‘lida qurbon qilishga qarshi o‘z ta’limotini yaratdi. Uning mohiyati shundan iboratki, bu dunyo – o‘tkinchi, balki haqiqiy hayot – narigi dunyoga borish oldidan sinov. Mol-dunyo, boylik – harom, uni talashish esa gumrohlikdir.
Kishi umrini toat-ibodatda, dilida Olloh ishqini tugib, uning visoliga tezroq yetishni niyat qilib yashashi kerak. Avliyoning shiori – «O‘lmasdan burun o‘ling!» bo‘lgan. O‘z e’tiqodiga amal qilgan shoir 63 yoshdan keyin dunyodan voz kechgan va qolgan umrini tanholikda, yer ostida o‘tkazgan. o‘oyalarini «Hikmatlar»da ifodalagan.
Sohibqiron Amir Temur Yassaviyni ma’naviy pirlaridan biri deb bilgan. Bu o‘rinda chiroyli nomutanosiblikka duch kelasiz: behisob boylik va mamlakatlar egasining tarkidunyo qilgan darvishni pir tutishi bobokalonning qalb ummoni bag‘oyat kengligidan dalolat. Ehtimol, dunyo chopqinida chatnab ketgan qilichini Yassaviy nafasi ila tobiga keltirib olgandir. Ehtimol, bu munosabat Sohibqironning o‘zi ta’kidlaganidek, nima ish bo‘lsa dini islom rivoji uchun qilganining, jahongirlik da’vosi bo‘lmaganining isbotidir.
Yo‘l yana bepoyon dalalardan o‘tdi. Daraxtlar kam, onda-sonda tentirab yurgan tuyalar ko‘zga tashlanadi. Qatnov ko‘p, og‘ir yuk mashinalari tinimsiz o‘tib-qaytadi. Yo‘l chetida ba’zan yarim oy yoki xoch ko‘tarilgan xotira lavhalari uchraydi, ayrimlariga avtomobil chambaragi suyab qo‘yilgan. Bular yo‘lda avariyada nobud bo‘lgan haydovchilarning qabrlari ekan. Taomilga ko‘ra marhumni joyida dafn etisharkan. Dengizchi o‘limini dengizda topadi, deganlari shu bo‘lsa kerak-da.
Jamoaning kayfiyati bayramona. Chaqchaqlashib yo‘lda davom etayapmiz. Sulton aka bir ishning dardiga chalingan: ekspeditsiya madhiyasini yaratish shart. Buning uchun yaxshi she’r lozim. Ba’zan holi-joningga qo‘ymay yozib ber, deb turib oladi. Qani tezroq qofiyalar uyqashib kela qolsa? Nihoyat, bugun uning istagi amalga oshdi chog‘i. «She’r tayyor, muallifi – Temuriylar», dedi g‘olibona. Hatto jo‘r bo‘lib aytdik ham.
(P. S. Afsuski, o‘sha she’rni topib bo‘lmadi. Shuningdek, Turkiston shahrida Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevga telegramma jo‘natib, safar maqsadi bayon qilingan, madad va hamkorlik istagi izhor etilgan edi. Shu telegramma matni ham saqlanmagan ekan.
Muallif. 2005-yil).
Ajoyib shoir Mirtemir domla tavallud topgan Iqon qishlog‘idan o‘tdik. Bu yerdagi uy-muzeyni qaytishda ziyorat qilishni mo‘ljalladik, chunki belgilangan vaqtdan kechikayapmiz. Bir oz o‘tgach, ufqda ulkan qoyadek imorat tarhi ko‘zga tashlandi. Bu – mashhur maqbara. Ashrafxo‘jayev «Poklaninglar, tahorat qilib olinglar», deb hammani avtobusdan quvib chiqardi. Bunga bajonidil rozi bo‘ldik, biroq atrofdan suv topilmadi.
Shahar ma’muriyatining binosiga yetib borganimizda bizni kutayotganlar ketib qolgan, ikki soat kechikkan ekanmiz. Hokimning yordamchisi Hakim karvonsaroyga boshlab bordi. Uni shirkatchilar o‘z mablag‘lari hisobidan qurgan ekan, yonida mehmonxona ham bor.
Shavgar (X asrgacha), Yassi (XIV asrgacha), Turkiston nomlari bilan ma’lum bu shaharni ayni paytda turkiylarning ramziy ruhoniy poytaxti deb tan olishadi. Hozir tevarak-atrofi bilan qo‘shib hisoblanganda 82 ming aholisi bor ekan, uning 33 foizi o‘zbeklar. Yaqinda Turkiston Toshkentning Yunusobod tumani bilan birodarlashibdi.
Ahmad Yassaviy maqbarasi Turkistonning tayanch nuqtasi, uni 1397-yilda bobomiz Amir Temur farmoni bilan qurilishi boshlangan, vafotlaridan keyin ish to‘xtab qolgan, XVI asrda Buxoro xoni Abdullaxon qurilishni oxiriga yetkazgan. Bu hol ikki davr surati sifatida imoratda o‘z aksini qoldirgan: quyi qismi milliy naqshlarga bo‘yangan, rangdor, yuqorisi esa sidirg‘a g‘ishtdan terilgan, rangsiz. Balandligi – 41 m, ichi – 39 m, gumbazi – 18metr ekan. Uning mahobatini Bibixonim masjidi va Oqsaroyga tenglashtirish mumkin. Kiraverishda, oyna ichida tarixiy hujjat sifatida Sohibqiron farmoni bilan yozilgan va tasdiqlangan vaqfnoma osib qo‘yilgan. Unda xazinadan muttasil ajratilishi ko‘zlangan mablag‘ va uning sarf-xarajatlari belgilab berilgan. Shu joyda mashhur 40 quloq qozon ham turibdi, u 1399-yilda usta Abdulaziz rahbarligida Qarnoqda quyilgan ekan. Og‘irligi – 2 t, bo‘yi – 167 sm, eni – 247 sm.
Bu – maqbaraning eng katta xonasi, xuddi shunday 35 ta xona bor va ular turli maqsadlarda foydalanilgan, masalan, oshxona, kutubxona, machit, quduqxona, xilxona, Oqsaroy kabi. Yo‘g‘onligi odamning belidek, 2 metrlik chamasi uzunlikdagi tol yog‘ochidan o‘yib tayyorlangan ulkan tovoqlar odamning diqqatini o‘ziga tortadi. Ularda darveshlarga halim tortilgan ekan. Beliga kashkul va nosqovoqlar osib olgan, sochlari o‘siq qalandarlarning bir idishdan talashib ovqat yeyishlari o‘sha davrning xos manzarasi bo‘lsa ajab emas.
Yassaviy hazrat mangu makon topgan xonani biz uchun maxsus ochib ko‘rsatishdi. Kishini hayajon qoplaydi, o‘zgacha salobat yelkadan bosadi. Yashil rangli ulkan nefrit tosh jasadning ustiga emas, yoniga o‘rnatilgan. Uni bobokalonimizning farmoni bilan Hindistondan keltirishgan ekan. O‘ozir ta’mirtalab joylariga ishlatish uchun bunaqasini hech joydan topa olmayotgan emishlar.
Yondagi xonada zamonasining mashhur kishilari qabr toshlari saqlanar, hatto ular dafn qilingan ham ekan. Ovchi Yo‘lbarsxon otgan arxar shoxlari ham devorga tarmashtirilgancha turibdi. Mirzo Ulug‘bekning Jo‘ji avlodidan bo‘lgan Dashti Qipchoq xoni Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiyasultonbegimning sag‘anasi ham shu yerda.
Tarix va madaniyatdan so‘zlovchi jihozlar ko‘p. Bular – kumush shamdonlar, muhrlar, qadimiy Qur’on, «Devoni hikmat» nusxalari, papirus qog‘ozlari, marmar laganlar, turli sovg‘alar. Vaqt har xil yo‘sinda o‘z izini qoldirgan. Bosqinchi Chernyayev qimmatbaho toshlar bilan bezangan oltin naqshinlarni ko‘chirib olgan, boshqa biri to‘pga tutgan.
Yo‘lboshlovchi Mohidil 40 ustunli machitni ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. U bir oz tepalikda joylashgan ekan. 1982-yilda tasodifan topilgan chuqurlik kavlab ko‘rilganda butun boshli ulkan imorat qoldig‘iga duch kelinibdi. Hatto xilvatxonaga olib tushadigan tuynuk ham topilibdi. Hozirgacha yer ostida 4 xona aniqlangan, ular 42 ta degan taxminlar bor. Yer osti yo‘li Sayramgacha davom etgan, deyishadi. Ma’lumki, ulkan tasavvuf shoiri Ahmad Yassaviy xilvatda oltmish yilcha umr o‘tkazgan, 4500 hikmat yozgan, degan farazlar bor.
Hozir muzeyga aylantirilgan Sharq hammomi qadimda odamlarga maishiy-kommunal xizmat ko‘rsatish a’lo darajada bo‘lganini ko‘rsatib turibdi.
Rosti, maqbara va uning atrofini orasta, doimiy e’tibordagi joy deb o‘ylagan edim. Aksincha, qarovsizlik, beparvolik alomatlari yaqqol sezilib turibdi. Hatto ta’mirlash bahonasida me’morchilikning azaliy milliy uslubiga shikast yetkazilgan. Aytishlaricha, bu yerda qurilish ishlari olib borgan beshta guruh ham suiiste’molda qo‘lga tushib, ishini sudda ko‘rishibdi. Mana, qadriyatlarga zamonaviy munosabat namunasi.
Shahar hokimligida bo‘lgan uchrashuvda o‘z fikrlarimizni bildirdik. Unda yaqinda Olmaotada «Ipak yo‘li» milliy qo‘mitasi tuzilganini, unga Bosh vazir yetakchilik qilayotganini ma’lum qilishdi. Undan umidlari katta ekan.
4. Qarnoqda aziz qo‘noqBu qadim tuproqning har qarichida bir necha qat tarix yashirinib yotganiga Qarnoqda yana shohid bo‘ldik. Qishloq ko‘rinib turadigan tepalikda mezbon Saidahmad Yoqubov VII asrda qal’a, rastalarning bugungi o‘rnini ko‘rsatar ekan, bu joy paxta dalasidan farq qilmas edi. Yillar yuki, chang-g‘uborlari har qanday buyuklikni ham mahv qilishga qodir. Qadimiy xalqlar emas, o‘z o‘tmishini avaylab-asraganlar mangulikka daxldor.
Qishloqdagi Shomat eshon madrasasini ko‘rib, ancha xijolat bo‘ldik. Yog‘ochdan original ishlangan gumbaz, chillaxona, darsxo nalari bo‘lgan obida qarovsiz holda yotardi. Yodgorliklarga munosabatda yuqori rahbarlik bilan mahalliy aholi o‘rtasidagi ixtilofni har qadamda sezish mumkin. Odamlar madrasani ta’mirlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar natijasiz ketganini afsuslanib aytib berishdi.
Mezbonlar Јumaylitosh qirlari bag‘rida joylashgan, 16 km naridagi sahoba Ukosha ota ziyoratgohiga yo‘l boshladilar. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bu zot haqida «Tirik jannati odamni ko‘raman desanglar, hazrat Ukoshoga boqinglar», degan ekanlar.
Asosan, farzandtalablar ixlos bilan tavof qiladigan bu joy ikki qir tutashgan soylikda ekan. Uzoqda daraxtlar ko‘rinib turadi. Ularni dunyodan yolg‘iz o‘tgan, sirli fazilatlari ko‘p, otdan ham ildam Komilqori va singlisi ko‘kartirgan, deyishadi.
24 qadamli uzun qabr atrofi tosh devor bilan o‘ralib, usti yopilgan, kirish joyida kichkina gumbaz va tug‘ ko‘tarilgan. Qabrning uzunligiga sabab – dushmanlar sahobani qatl qilganlarida bu yerlarga qon sachragan va boshlari dumalab uzoqdagi quduqqa tushib ketgan emish. Bu gaplarni hikoya qilib bergan mujovul qariyaning ham dunyoga o‘z nazari, falsafasi bor. U quyilib kelgan tog‘ning soy bo‘yida to‘xtab qolishini hazratning karomatidan, deb bilsa, Amir Temur haqida «Ko‘ragon – ka’bani ko‘radigan, degani. Namozga turganlarida qalblari bilan sajda qiladigan tarafni aniqlar ekanlar», dedi.
Avtobusga kuzatar ekan chol: «Endi qozoqlarimga borib qaqqillay», deya bizni tark etdi.
Quduq bir yarim chaqirimlar beridagi qoyaning belida. Unga 130 zinadan chiqib bordik. 40 metrli arqondan tashlangan chelakka har doim suv chiqavermas ekan. Og‘zi tor, ichida toshlar turtib chiqqan, xuddi parmaning qolipiga o‘xshagan quduq faqat gunohsizlarga marhamat qilar ekan. Bizga, har holda, uning suvi nasib etdi.
Qarnoqda eng yayragan Iskandar bo‘ldi. Bu joy uning ota yurti, padari buzrukvori – mashhur yozuvchi Odil Yoqubov shu qishloqda tug‘ilgan. Ularning hovlisi Irmoq daryosi yoqasida, ilon izi suv yo‘li bo‘yida. Minglab tollar shoxlarini tarvaqaylatib qo‘r to‘kib turishibdi. Shu manzarada bir ajib sehr bordek tuyuldi. Yana qimmatli tomoni shundaki, yetti xil ma’dandan Qarnoqda quyilgan doshqozonning ustalari safida qarnoqliklar ham bo‘lishgani tarixdan ma’lum. Agar Amir Temur uncha-buncha odamga ishonch bildiravermaganini hisobga olsak, bu yerda qadimda hunarmandchilik rivojlanganiga shak-shubha yo‘q.
Qishloq maktabidagi uchrashuv juda ta’sirli o‘tdi. Biz o‘quvchilarga O‘zbekistonning qaynoq mehrini yetkazdik. Ona xalqimiz tarixini chuqur o‘rganishga, uning unsurlarini ko‘z qorachig‘idek asrashga ruhlantirdik.
Bir paytlar shu qishloqlik ziyoli Abdulla Abduxoliqov Qarnoq tarixini yozgan ekan. Qanday ibratli ish. Unda yasha-yotganlarning 41 avlodi (ular to‘plarga bo‘lingan) shajarasi tuzib chiqilgan. Maktab jamoasi tashrifimizdan minnatdorchilik izhor etdilar. Kelgusi yil shu yerda «Turkiston» gazetasi kunlarini o‘tkazish taklifi bildirildi.
5. Buyuk hayot shomiUmmon qancha teran bo‘lsa, uning tubida javohirlar ham shuncha ko‘p bo‘lishi tabiiy. Bizning milliy faxrimiz, iftixorimiz sanalmish buyuk bobokalonimiz Amir Temurni ham tubsiz ummonu javohirlar sandig‘iga, hatto mangu porlab turuvchi osmon yoritg‘ichiga, abadiy nur va harorat manbayiga qiyoslash mumkin. Ma’rifatsizlik, jaholatdan ortiq gumrohlik yo‘q. Zar qadrini zargar biladi, deganlaridek, madaniyat durdonasi hisoblanmish kichkina quticha bilan o‘choqqa yoqiladigan o‘tinni farqlash uchun kishining qalbida bir chimdim go‘zallik tuyg‘usi bo‘lishi shart. Asrlar davomida misqollab yig‘ilgan tafakkur xazinalarini jaholat gulxanida yoqib, taftiga isinib kelganlar odamlarning ma’rifatsizligidan, haqiqatni bilmasligidan manfaatdor edi.
Mabodo, yillar bo‘yi Temurning «zolim»ligi haqidagi va’zni to‘tiqushdek takrorlab kelgan domla Ibn Arabshoh yoki Herman Vamberining Sohibqiron haqidagi hayrat to‘la hikoyalaridan birini o‘qiganda, uyatdan yuragi yorilardi. Afsuski, bu kitoblarni bizning avlodlar o‘qish baxtiga muyassar bo‘lishmadi. «Amir Temur tarixi», «Buxoro tarixidan lavhalar», «Zafar yo‘li» singari kitoblarning chop etilishi, «Zafarnoma» (Sharafiddin Ali Yazdiy)ning tarjimasi va boshqa xayrli harakatlar bobokalonni yaqindan bilishga turtki bo‘lmoqda, yo‘l ochmoqda.
O‘ayratlanarlisi shundaki, biz qancha ko‘p ma’lumotga ega bo‘lsak, hurmatimiz shuncha oshib, iftixor tuyQulari kuchayib boradi. Jumladan, bobokalonning qutlug‘ izlarini tavof qilib, bunday hisni yana bir chandon kuchliroq kechirish mumkin bo‘lmoqda.
Dillarni charog‘on, yo‘llarni ravon, tillarni biyron etuvchi bu betimsol hikmat sohibi aziz va mo‘tabar Shahrisabz (Kesh) zaminida dunyoga keldi. Shahrisabz – islom olamining Sohibqironiga beshik bo‘lgan muqaddas tuproq. Qolaversa, Turon zaminning sarvari – quyoshi o‘z safarini shu joydan boshladi. Bu buyuk hayot, barcha insonlar uchun o‘lim haq bo‘lganidek, tarix kitoblarida yozilishicha, O‘trorda o‘z safarini qaritdi. Shahrisabz – mashriq bo‘lsa, O‘tror – mag‘rib. Bizning bu tarixiy joyga safarimiz mo‘ljallangan kun havo bulutli, yomg‘ir ham yog‘ib o‘tgan, izg‘irin shamol esardi.
Bugungi kunda O‘tror tuman nomi sifatida saqlanib qolgan, huv narida 200 gektar maydonda qadimiy qal’a o‘rni ham mavjud. Tuman markazi qadimgi Forob, hozirgi Shoulder deb ataladigan qasaba sochlarini shamol taragan cho‘l odamlarini eslatadi.
Rivoyat qilishlaricha, ishqi tillarda doston bo‘lgan Shomil ismli yigit va Dur otli qiz oshiq-ma’shuqlikning to‘siqlarini yengib, shu joyda uchrashgan, ularning sharafiga shaharcha nomi Shomildur (keyinchalik – Shoulder) bo‘lib qolgan ekan.
Kutilmagan sovuq shoshirib qo‘ydi, safar yo‘rig‘i tezlashdi. Shu yerda buyuk bobokalonlarimizdan alloma Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn O‘zlog‘ al-Forobiy at-Turki (870-yil, O‘tror–950-yil, Damashq)ning uy-muzeylari bor ekan. Bino qozoq qalpoqlari kabi cho‘qqili, o‘ziga xos. Ichkarisi qimmatbaho ashyolardan ishlangan. Milliy libos – kashtali kamzul va uzun ko‘ylak kiyib olgan Sharqgul xonalarni aylantirib, rosa qiziq hikoya qildi. Eng qadimgi zamondan hozirgacha bo‘lgan davr buyumlar, suratlar, diarama vositasida aks ettirilgan. Ayniqsa, maishiy turmushni ko‘rsatishga keng o‘rin berilgan. Јozoq xonadoni, uy anjomlari, oshxona idishlarining barcha turidan qo‘yilgan.
Muzeyda ilmiy xodim bo‘lib ishlaydigan qozoq yigiti Muxtor Xo‘jayev o‘ziga xos tarix ishqibozi, Amir Temurning chinakam muxlisi ekan. U Sohibqironga bag‘ishlangan alohida bo‘lim ochmoqchiligini bildirdi. Ma’lumot uchun bir paytlar Olmaotadagi eng katta muzeyda Amir Temur surati qo‘yilganini, bu joy tashrif buyurganlar, ayniqsa, chet elliklar bilan kun bo‘yi gavjum bo‘lishini, buni ko‘ra olmagan ichi qora odamlar suratni oldirib tashlaganini aytib berdi. Oyni etak bilan to‘sib bo‘larmidi, nodonlar? Bunday qilmoqchi bo‘lgan odamning etagi ko‘tarilib, o‘zi sharmanda bo‘ladi-ku!
Muxtor yaqinda bir tush ko‘ribdi. Uning mazmuniga qaraganda, Amir Temur vafot etgan joyda Qur’on o‘qish kerak ekan.
Yassaviy maqbarasini ziyorat qilishni niyat qilgan kishilarning shunday taomili bor ekan: safarni Sayramdan boshlab, Arslonbobda tunashar, keyin tongda Turkistonga yo‘l olisharkan. Xalqimizda «Arslonbobda – tuna, Yassaviydan – tila» degan naql bor.
Yana rivoyat qilinishicha, Ahmad Yassaviy maqbarasini tiklashga kirishilganda bir ho‘kiz kelib devorni ag‘darib ketaveribdi. Ta’bir qilibdilarki, shoirning ustozi Arslonbobning qabri ham qarovsiz (xuddi shunday hikoyat Toshkent yaqinidagi Zangiota ziyoratgohiga nisbatan ham aytiladi). Sohibqiron qabrni izlab, otda ketayotganlarida yerdan bir qo‘l chiqib, otlarining oyog‘idan ushlab to‘xtatibdi. Keyin shu joydagi xaroba maqbara ta’mirlanibdi. XII asrda qurilgan, keyin bir necha marta tiklangan, 1907-yilda qayta barpo etilgan muhtasham imorat yaydoq dashtda, eski qabriston o‘rtasida joylashgan. Unda Yevropa me’morchiligining izi bilinib turibdi.
Manbalarda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom 300 yoshli Arslonbobga bir omonat topshirib, uni tilining ostida saqlashini, bir zamon kelib, yosh bola shu omonatni so‘rashini, shunda unga topshirishini tayinlaganlari yozilgan emish. Oradan 500 yil o‘tgach, 11 yoshli Ahmad Arslonbobning yo‘lini to‘sib, xudo tiliga solganidek, omonatini talab qiladi…
Bob (bobo) bir oliy unvon bo‘lib, dinning qoqpasi (eshigi), bilimdoni va himoyachisi ma’nolarini bildirar ekan. O‘tmishda bunday zotlar bisyor bo‘lgan. Shu tufayli odamlar orasida «O‘trorda – o‘ttiz bob, Turkistonda – tuman bob, Samarqandda – sonsiz bob» degan naql yurarkan.
Badanni teshgudek izg‘irin shamol kuzatuvida O‘tror tomon yuramiz. Oqshom cho‘kmoqda, atrofda kulrang sukunat. Avtobusdan tushib, ancha piyoda ketdik. Qal’a o‘rni simto‘rlar bilan o‘ralgan, kirishda qulflangan darvoza. O‘tror – eng qadimiy kitoblarda ham darj etilgan, boshidan qanchalab siru savdo o‘tkazgan shahar tuproq uyumlari ostida do‘ppaygancha qancha asrorlarni yashirib yotibdi. Bug‘doydek sochilib yotgan qizil toshchalar maydalangan pishiq g‘isht ushoqlarimi? Yerdan xuddi yog‘ sizib chiqib yotgandek.
Bu joyda mo‘g‘ul qirg‘ini juda dahshatli bo‘lgani kitoblarda yozilgan. Tepalikning u yer-bu yeri kovlangan, kimdir nomzodlik yoki doktorlikka yetadigan ulushni olgan-u, ketgan. Batafsil o‘rganilmagan. Tepadan bir oz surib ochilgan joydan ulkan imorat devorlarining izlari chiqdi. U yerdan ancha baland qismi bo‘lsa kerak, ustunlar holida yakkam-yakkam. (Bu Sohibqiron qurdirgan ulkan masjid qoldiqlari ekan). Tuproqlar orasidan suyaklar, sopol idish parchalari ko‘zga tashlanadi. Afsuski, ular gung, biz esa hayronmiz. Bu tilsimotlar qachon ma’lum bo‘ladi?
Bir parcha joyni ko‘rib xayoldan qancha gap o‘tadi. Holbuki, O‘tror qo‘riqxonasi 200 gektarni tashkil etadi. O‘ur’on tilovat qilib, taqvodorlar nafil namozini o‘qib, orqaga qaytdik.
Shaulderga besh chaqirimlar yetmasdan «Temur» degan joy ham borligini yo‘lda bilib qoldik. Jahongir so‘nggi soatlarini yo o‘sha joyda, yo xon saroyi joylashgan tepalikda o‘tkazgan, degan taxminlar bor. Bular qat’iy aniqlanishi lozim. Hali bu borada talay ishlar navbatda turibdi. Amir Temur sharafiga arzirli yodgorlik o‘rnatish, muzey ochish keyingi yillarda amalga oshar, inshoolloh!
Negadir, O‘trorda ta’bimiz xira bo‘ldi, dunyoga sig‘may qoldik. Qorong‘u tushib qolgan bo‘lsa-da, Sayramga qaytishga ahd qildik. Qariyb 200 km yo‘l bosishga to‘g‘ri keldi. Afsuski, Sayramda ham bizni hech kim kutib turmagan ekan. Tajang bo‘lib o‘tirgan tuman hokimi qo‘lini siltagancha, uyiga ketib qoldi. Ko‘chada qoldik. Avtobusda tong ottirib bo‘lmaydi, havo sovuq.
Musofirxonani topib, uning xo‘jayini – koreys qizga yalinishdan boshqa iloj qolmadi. Biroq bironta ham bo‘sh joy yo‘q edi. Valyaning rahmi keldimi, bizni tushundimi, xonalarni taqillatib, «ortiqcha ko‘rpalarni beringlar» degancha hammani uyg‘otib chiqdi. Yo‘lini qilib, majlisxonada joy tayyorlab berdi. Shu kecha polda dumalab, tong ottirdik.
Ertalab hokimlikka «tishimizni qayrab» borgan edik, muovin Anatoliy Kenjayev shashtimizdan tushirdi. U sayramliklar ham mehmondo‘st bo‘lishini ta’kidlab, iltifot bilan muomalada bo‘ldi. Hatto nonushtaga taklif qildi.
1930-yilda tashkil topgan tumanda 44 millatga mansub 200 ming aholi yashar ekan. Ularning 57 foizi o‘zbeklar, 23 foizi qozoqlar. Bizning Qibray bilan musobaqadosh. Do‘stlik rishtalari juda mahkam bog‘langan.
Oqsuv, undan keyin Јizilsuv bo‘ylab ketgan yo‘l balandlikka ko‘tarilib boradi. Atrofda tokzorlar, bog‘lar, paxta dalalari. Uzoqdan tog‘larning qorli boshi ko‘rinadi. Sayramga kiraverishda sizga Ibrohim ota maqbarasi peshvoz chiqadi. Fotima ona avlodiga mansub bo‘lgan bu zot Ahmad Yassaviyning padari buzrukvori.
6. Teran tarix xilxonasiBa’zi manbalarda yoshi 7 ming yil deb, Saryom, Isfijob, Madinat ul-bayzo, O‘rinkent, Sayram nomlari bilan mashhur bu maskan haqiqatan tabarruk joy ekan. Unda 80 ga yaqin ulug‘lar, aziz-avliyolar bilan bog‘liq tarixiy obidalar mavjud. Deyarli har bir ko‘chasida bir machit yoki xonaqohga ko‘zingiz tushadi. Sayramning tuprog‘ida Movarounnahrdan chiqqan barcha allomayu buyuklarning oyoq izi bor, desak yanglishmaymiz.
Idris payg‘ambar qurgan maqbara yaqingacha bor ekan, uni 1967– yil buzib tashlashibdi. Sayram–Turkiston orasida yer osti yo‘li o‘tgan, degan ma’lumotlar uchraydi. Suzuk otaga 3 km li bunday yo‘l borligi rost.
XVIII asr tarixchisi Muso Sayramiy bu shaharni hozirgacha 13 marta vayron qilishganini, biroq taslim bo‘lmaganini yozadi. Sayramda hech qachon ocharchilik bo‘lmagan.
Amir Temur bu zaminga ilk bora 1366-yili, hali Samarqand taxtini egallamasdanoq qadam qo‘ygan, deyishadi. «Sayram» so‘zi sarkarda Mirzo Boburning harbiy parol (o‘ron)laridan biri bo‘lgan.
Sayram tarixi muzeyida bir ilmiy tekshirish ins-titutiga manba bo‘ladigan ashyolar saqlanmoqda. Uning xodi-mi Mirahmad Mirxoldor o‘g‘li jonli tarix, bu mavzuda risolalar yozgan. Bizni musulmonchilikni joriy qilishga safarbar etilgan lashkarboshi, otashparastlarga qarshi urushgan, 71 joyidan o‘q yegan boblardan Azizbob maqbarasiga boshlab bordi. Ahmad Yassaviy Arslonbobdan omonat – til ostidagi xurmoni qabul qilib olgan joy – Xonko‘prikni uzoqdan ko‘rsatdi.
Shunda og‘ziga xurmoni solgan Ahmad holsizlanib, behush bo‘lib qolgan. Keyin o‘ziga kelgan ekan. Maktabdan qaytishda Qur’onni boshiga qo‘yib, orqasi bilan hovlidan chiqarkan. Ustozi Oqota bobo talabalarini tekshirish uchun «Ertaga bittadan xo‘rozni xudo ko‘rmaydigan joyda so‘yib kelasizlar», deydi. Shogirdlaridan biri og‘ilning ichida, biri ko‘prikning tagida so‘yib boribdi. Ahmad esa xo‘rozni tirik keltiribdi. Sababini so‘raganda: «Qayerga berkitib, so‘ymoqchi bo‘lmay, xudo ko‘rib turganini sezdim», deb javob bergan ekan.
Ahmad Yassaviyning volidai muhtaramasi Qorasoch ona – Oysha Xotunning qabrlari ham shu yerda. Ul zoti oliya nasl-nasabi jihatidan imom A’zam hazratlariga taqalar ekanlar. Shu yerga yaqin joyda muazzam masjid qurilayotgan ekan, muborakbod qildik.
Sayramda o‘n kun bo‘lsa ham kamlik qiladi, biroq vaqt ziq. Qolaversa, qish o‘chog‘i tor, deganlaridek qimmatchilik zamonida ortiqcha erkalik ham ketmaydi.
Istirohat bog‘idagi tantanaga tashrif buyurib esa barcha taqchilliklarni esdan chiqargandek bo‘ldik. Bu yerda bir nechta xayr-saxovat va mehr-oqibat oqimlari birlashganga o‘xshaydi. Jambuldagi ver tolyotda yuk tashish harbiy polki uchinchi maktab-internatga safdan chiqqan vertolyotni sovg‘a qilishibdi. Unda Anvar Hayitmetov boshliq kichik korxona «Bo‘tako‘z» degan kafe tashkil etibdi. Shuning ochilishi munosabati bilan besh juft kelin-kuyovga guvohnomalar topshirish marosimi bo‘layotgan ekan. Albatta, atrofda bayram kayfiyati, hamma shod. Biz ham xursandchilikka sherik bo‘ldik…