Электронная библиотека » Хаким Сатторий » » онлайн чтение - страница 15


  • Текст добавлен: 29 апреля 2024, 18:00


Автор книги: Хаким Сатторий


Жанр: Исторические приключения, Приключения


сообщить о неприемлемом содержимом

Текущая страница: 15 (всего у книги 17 страниц)

Шрифт:
- 100% +
3. MIRONSHOH

Sohibqironning Menglibeka oqa Joniqurboniydan tug‘ilgan farzandi, 1366-yil, Movarounnahr–1408-yil, Ozarbayjon (Sardrud mavzesi).

14 yoshida Xuroson hukmdori, Xulogu davlati hududlari podshosi (1393). 1396-yil otdan yiqilib shikastlanadi, bu uning hayotiga keskin ta’sir etadi. So‘ngra sog‘lig‘i tiklanib, davlat ishlarida faol ishtirok etadi. Uning avlodi Temuriylar sulolasida eng uzoq davron surgan.

7 nafar o‘g‘il va bir necha qiz (12/6) qolgan.

Umri – 43-yil.


Malikalari:

Davlatqoldi – Poyandasultonbegim avlodidan (?).

Sevinbeka (Xonzodaxonim) – Jahongir Mirzo (1) vafotidan so‘ng uylangan.

O‘rinsultonxonika – Suyurg‘atmishxon qizi.

(Jami – 10 nafar)


Qizlari:

Fotimasulton.

Bekasultonbegim – Umarshayxning o‘g‘li Iskandar (2.3)ga uzatilgan.

Qutlug‘sultonbegim – Sohibqironning qizi Tog‘ayshoh oqabegim (A.)dan nabirasi Sulton Husayn(A.1.)ga uzatilgan.

Saodatsulton.

Rajabsultonbegim – Sa’d Vaqqos (1.2.3)ga, uning vafotidan so‘ng ukasi Sanjar (1.2.7)ga uzatilgan.

Robiyasulton.


O‘g‘illari: (Muhammad Qosim – Sevinchbeka, Jamshid – Murod, Qarochar – Ruhparvar, Muhammad Temur – Davlatbaxt. Qolgan farzandlari haqida quyida ma’lumotlar beriladi).

3.1. ABU BAKR

1382-yil–1417-yil.

Otasi – Mironshoh (3).

Onasi – mo‘g‘ul malikasi O‘rinsultonxonika.

1399-yilda otasi o‘rnida hokim qilib tayinlanadi, biroq rad etadi. Ukasi Umar (3.2) bilan bir umr ixtilofda bo‘lgan. Yazdiy «Zafarnoma»sida Abubakrni hoji Sayfuddinning qizi Shodmulkka, Boyazidning qiziga (1402), Mardin hokimi Sulton Isoning qiziga bobosining taklifi bilan uylanganini yozgan.

(Farzandlari – 5/7).


(O‘g‘illari: Ali – Dursulton oqa, Usmon Joli (1401–1408) –

Dursulton oqa, Cho‘lponmulk oqa tarbiyasida bo‘lgan, Ilongir (1396–1409) – Jahon xotun, Suhrob – Gulmulk, Afrosiyob.


Qizlari: Oyshasulton – Shohmulk oqa, O‘gasulton – Shohmulk oqa, Zohidasulton – Shohmulk oqa, Zuhrasulton – Dursulton, Odilsulton – Jahon xotun, Habibasulton – Gulmulk, Kermonsulton – Shohmulk oqa).

Umri – 36-yil.

3.2. UMAR

1383-yil–1407-yil, Hirot.

Otasi – Mironshoh (3).

Onasi – O‘rinsultonxonika.

Samarqand hokimi (1398, mart). 1399-yildan otasi o‘rnida hokim – Hulogu davlati hududlari podshosi. Bobosi vafotidan keyin bek atka Jahonshoh bilan ixtilofi mavqeyiga putur yetkazadi. Amakisi Rustam (2.2.) ko‘magida Sultoniyada turgan akasi Abubakr (3.1.)ga hujum qiladi. Biroq natija bo‘lmagach, Shohrux (4) huzuriga boradi.

(Farzandlari – 2/1)


(O‘g‘illari: Yasugey – Poyandabeka, Baxshoyish – La’lbibi, qizi Sultonbadrjamol – La’lbibi).

Umri – 25-yil.

3.3. XALIL SULTON

1384-yil–1411-yil, Ray.

Otasi – Mironshoh (3).

Onasi – Xonzodaxonim.

15 yoshida Hindiston yurishida jasorat ko‘rsatib, bobosining tahsiniga sazovor bo‘ladi. Yetti yillik yurishda ham faol qatnashadi. Sohibqironning singlisi Shirinbeka oqaning o‘g‘li Alining qizi Jahonsultonbegimga ham uylangan.

Sohibqiron vafotidan so‘ng Samarqand taxtiga o‘tiradi. Kanizak Shodmulk bilan ishqiy mojarolar boshlanadi. Shohrux unga Ray viloyatini beradi, shu yerda vafot etadi.


(O‘g‘illari: Muhammad Burg‘ul (1399 y.) – Jahonsultonbegim, Muhammad Bahodir –Jahonsultonbegim, Muhammad Boqir (1406–1434) – Shodmulk oqa, Ali – To‘qmoq.

Qizlari: Shirinbeka oqa – Jahonsultonbegim, Kichik oqa – Jahonsultonbegim, Sultonbadrulmulk – Shodmulk oqa, Mirzo Ulug‘bek (4.1.)ga turmushga chiqqan, Saroymulk oqa).

Umri – 28-yil.

3.4. IYJAL

1387-yil–1415-yil, Ray.

Otasi – Mironshoh (3).

Bobosi Sohibqiron 1404-yil sentyabrda Konigilda uylanish to‘yini o‘tkazgan edi.

Dastlab Badaxshon, so‘ng Ray (1411) hokimi.


(O‘g‘illari: Mironshoh – O‘rinsulton oqa, Muzaffar – Shohmulk oqa.

Qizlari: Poyandasulton – O‘rinsulton oqa, Saodatsulton – Shohmulk oqa).

Umri – 29-yil.

3.5. SUYURG‘ATMISH

1399 (1386) yil–1411-yil. Otasi – Mironshoh (3). Hukmronlik qilmagan. Umri – 13 (26) yil.


(O‘g‘illari: Muhammad Badi, uning o‘g‘illari: Umar, o‘g‘li Shoh Husayn; Usmon, uning farzandlari: Rustam, Sanjar, Muhammad Badi, Temur, Dursulton, Oqabeka, Poyandasulton; Muhammad Qosim, uning farzandlari: Bobur, Sultonmurod, Abulqosim, Oqbeka, Mehrbonu, Bekabeka, Oqabeka, onalari – Robiyasultonbeka;

Qosim;

Bahor, uning farzandlari; Jahongir, Suyurg‘atmish, Sa’d Vaqqos (o‘g‘li Muhammad Mironshoh) – onalari – Gulbekabeka Sulton Muhammad – Munissulton, Mehrbonubeka, Shahrbonubeka, yana 2 qiz).

Iyjil, farzandlari: Abdulla, Abduljabbor, Saodatsulton, Baxtsulton).

3.6. SULTON MUHAMMAD

Yashagan yillari haqida ma’lumot saqlanmagan.

Otasi – Mironshoh.

U Mironshohning qizlaridan birining o‘g‘li ham bo‘lishi mumkin (Olim Turg‘un Fayziyev izohi). Boshqa bir manbada Mironshoh Mirzo (3)ning o‘g‘illari qatorida 8–9 o‘rinda qayd qilingan. Suhrob kurdning qizi Shohislimga uylangan, undan 2 o‘g‘il, 1 qiz ko‘rgan, deyiladi.

(Onasi – Mehrnush)

Farzandlari – 2 o‘g‘il (2/1).

3.7. SAYDI AHMAD

Yashagan yillari haqida ma’lumot saqlanmagan.

Otasi – Mironshoh.

Onasi – Davlatqoldi.

Amakisi Shohruh zamonida faqir va darvishona hayot kechirgan. Shoir sifatida tanilgan. Navoiyning xabar berishicha, o‘zbekcha va forscha devon tuzgan. Dunyoviy adabiyotda mashhur bo‘lgan Xorazmiy «Muhabbatnoma»si ruhida «Taashshuqnoma» (1436) dostonini yozgan va uni Shohrux Mirzo (4.)ga bag‘ishlagan.

(Farzandlari – 10/2)


(O‘g‘illari: Abulmaoliy – Hoji xotun. Abusolih – Qutlug‘saodat.

Farruxzod – Qutlug‘saodat, uning o‘g‘illari Farruxqadam, Sulton Muhammad, Yodgor Farruxbek, uning o‘g‘illari Sulton Mansur, Sulton Murod, Bobur, Farruxnajot;

Sulton Ahmad (Mahmud) – Oyshabeka, o‘g‘li Muhammad Sulton;

Muhammad Boqir – Ruqiyasulton. Usmon – Ruqiyasulton. Zaynilobiddin – Ruqiyasulton. Muzaffar – Ruqiyasulton. G‘azanfar – Sohibsulton. Suhrob – Sohibsulton.

Qizlari: Davlatqoldi, Asilsulton, onalari – Ruqiyasulton).

3.6.1. MANUCHEHR

1418-yil–1469-yil, Rustamdor.

Otasi – Sulton Muhammad (3.6).

Onasi – Shohislim.

Ukasi Abusaid (3.6.2) xizmatida bo‘lgan.

Sulton Husayn (2.6.3.2)ga qarshi fitnada qatnashgani uchun qatl etiladi.

O‘g‘li – Malik Muhammad (1458(1448)–1494) Sulton Mahmud (3.6.2.3) Samarqand taxtiga o‘tirgach, o‘z qaynotasiga qarshi qo‘shin tortadi. Jangda asir tushib, Ko‘ksaroyda qatl etiladi.

Qizi – Qorako‘zbegim Sulton Abusaidning to‘rtinchi o‘g‘li Umarshayx (3.6.2.4)ga uzatilgan.

Umri – 52-yil.

3.6.2. SULTON ABUSAID

1424-yil–1469-yil.

Otasi – Sulton Muhammad (3.6).

Onasi – ?

Samarqandni egallash uchun dastlabki harakatlarida (1449) Mirzo Ulug‘bek (4.1)dan zarba yeydi.

Abdullatif (4.1.4) qatlga yetkazilganda (1450) Turkiston uning qo‘lida edi. O‘zbek xoni Abulxayrxon ko‘magida Abdullo (4.2.3) ni yengib, Samarqandni egallaydi. Xoja Ahror Valini Toshkentdan Samarqandga chaqirtirib, o‘ziga yaqin oladi. Abulqosim Bobur (4.3.3) vafotidan so‘ng Xurosonni ham fath etadi. O‘z donishmandligi, bir vaqtning o‘zida shafqatsizligi bilan mashhur. Ko‘plab shahzodalarni qatl etgan. Uzun Hasanbek boshliq oqqo‘yli turkmanlar Qoraboqqa borish yo‘lini to‘sib, Shirvonda mahv etadi.

Farzandlari: 11 o‘g‘il, 14 qiz (25/34).


(O‘g‘illari: Muhammad Jahongir, Sulton Jahongir, onalari – Davlatbaxt oqa, Sulton Ibrohim – Kanizakbegim oqa, Boysung‘ur (1456) – Ruqiyasultonbegim, Sulton Sanjar – Dilshod og‘acha, Ablullo – Boymulk og‘acha, Sulton Muhammad (v. 1494) – Hanifasulton og‘acha, Iskandar – Davlatsulton og‘acha, Shohmansur – Bo‘lg‘on og‘acha, Mironshoh – Gavharsulton og‘acha, Rustam – Gulshoh og‘acha, Sulton Usmon – Sabursulton og‘acha, Muzaffar – Bibisulton og‘acha. Qolgan o‘g‘illari haqida quyida ma’lumot beriladi.

Qizlari: Poyandasultonbegim – Dilshod og‘acha, Sulton Husayn (2.6.3.2.)ga turmushga chiqqan, Robiyasultonbeka – Dilshod og‘acha, Suyurtg‘atmish (3.5.)ning nabirasi Muhammad Qosimga turmushga chiqqan, Shahribonubeka – Boymulk og‘acha, Sulton Husayn (2.6.3.2.) ga turmushga chiqqan. Yana 31 nafar qizlar).

Umri – 46-yil.


Malikalari:

Xonzodaxonim – Abulxayrxon qizi.

Robiyasulton – Mironshoh (3)ning o‘g‘li Muhammad Temur(?) qizi.

O‘tabegim (Oqabegim) – Mirzo Ulug‘bek (4.1)ning qizi.

Ruqiyasultonbegim – Shohrux (4)ning Boysung‘ur o‘g‘lidan tug‘ilgan Alouddavla (4.3.1)ning qizi.

Ofoq oqacha ko‘kaldosh – Alouddavla (4.3.1)ning o‘g‘li Ibrohimning qizi.

Maliksultonbegim – O‘rdabug‘a tarxonning qizi.

Xonzodabegim – Tojiddin Termiziyning qizi.

Shahzodabegim – Shoh Muhammad Badaxshoniyning qizi.

Boymulk oqacha – Jon Darvishning qizi.

Xadichabeka – Mavlono Nasriddinning qizi.

Nusratsulton og‘o – Shohvali sulduzning qizi.

Bibisulton oqacha – Feruzshoh qavchinning qizi.

(Malika va kanizaklari jami – 35 nafar.)

3.6.2.1. SULTON AHMAD

1451-yil, Samarqand–1494-yil, Oqsuv.

Otasi – Sulton Abusaid (3.6.2).

Onasi – O‘rdabug‘a tarxonning qizi (Maliksultonbegim).

Otasi Samarqand va Buxoro viloyatlarini, keyinchalik Xo‘jand va O‘ratepani bergan. Shijoatli, mergan, hayoli (oyog‘ini uy ichida ham yopib yurarkan) odam. Ichkilikka ruju qo‘ysa, 20–30 kun tinimsiz ichgan. To‘rt bora jang qilib, hammasida yenggan. Kuyovi, mo‘g‘ul hukmdori Sulton Mahmudxon bilan ittifoq tuzib, Umarshayx (3.6.2.4)ga qarshi Andijonga hujum qiladi. Bobur (3.6.2.4)ga taxtni in’om etib, qaytayotganda yo‘lda vafot etadi.

Farzandlari – 2 o‘g‘il, 5 qiz (-/6).

O‘g‘illar yoshligida vafot etgan.


(Qizlari: Robiyasultonbegim (Qaroko‘zbegim) – Qutlug‘begim, Solihasultonbegim (Oqbegim) – Qutlug‘begim, Sulton Mas’ud (3.6.2.3.1.)ga turmushga chiqqan, Oyshasultonbegim – Qutlug‘begim, 5 yoshligida Bobur (3.6.2.4.1.)ga unashtirilgan, Samarqandni ikkinchi marta olganda uylangan, Faxriniso ismli qiz tuqqan, Bobur nikohidan chiqqan; Sultonbegim – Qutlug‘begim, Sulton Ali (3.6.2.3.3.) ga turmushga chiqqan, Ma’sumasultonbegim – Habibasultonbegim, Boburga (1507) turmushga chiqqan, Gulbekabegim, Suyurg‘atmish (3.5.)ning o‘g‘li Bahorga turmushga chiqqan).

Umri – 44-yil.


Malikalari:

Mehrnigorxonim – Yunusxonning katta qizi.

Tarxonbegim.

Qutlug‘begim. Oshiq bo‘lib olgan, suyukli malika bo‘lgan, fe’li erkaksifat shaddod ayol, may ichar ekan. 4 qiz tuqqan.

Xonzodabegim, Termiz xonzodalaridan.

Latifabegim.

Habibasultonbegim.

3.6.2.2. SULTON MUHAMMAD

1452-yil–1467-yil.

Otasi – Sulton Abusaid (3.6.2).

Onasi – Xonzodabegim.

Otasining Iroq yurishi (1467)da birga bo‘lgan. Umri – 16-yil.

3.6.2.3. SULTON MAHMUD

1453-yil–1495-yil.

Otasi – Sulton Abusaid.

Onasi – O‘rdabug‘a tarxonning qizi (Maliksultonbegim).

Astrobod hokimi. Ta’bi nazmi bo‘lgan, g‘azal yozgan.

Sulton Ahmad (3.6.2.1) vafotidan so‘ng Samarqand hukmdori.

Sulton Husayn (2.6.3.2) bilan ikki bora urushib, yengilgan. Zulm, fisqqa zo‘r bergan, duoyibad qilingan. Otasi vafotidan so‘ng xalq taxtdan mosuvo qilib, poytaxtdan haydab chiqaradi.

5 xotinidan 5 o‘g‘il va 11 qiz ko‘rgan (5/9).

Umri – 43-yil.


O‘g‘illari:

3.6.2.3.1. SULTON MAS’UD

1475-yil–1506-yil.

Onasi – Xonzodabegim Termiziy.

Hisor hokimi. Otasi vafotidan so‘ng ukasi Boysung‘ur (3.6.2.3.2) ga qarshi qo‘shin tortadi, natija bo‘lmagach, Sulton Husayn (2.6.3.2) huzuriga boradi.

O‘z otabegi Xusravshoh uning ko‘ziga mil tortadi. Husayn (2.6.3.2) qizi Begimsulton (2.6.3.2.E)ni nikohlab beradi.

Umri – 32-yil.

3.6.2.3.2. BOYSUNG‘UR

1477-yil, Hisor–1499-yil.

Onasi – Poshshabegim.

Ustozi – Sayid Mahmud shia mazhabidan edi. «Odiliy» deb she’r yozgan. Buxoro, Samarqand hokimi. Ukasi Sulton Ali (3.6.2.3.3) va Bobur (3.6.2.4.1)ga qarshi kurashadi. Samarqandni Boburga oldirib, Hisorga, Xusravshoh huzuriga boradi. Harbiy yurish asnosida Xusravshoh bo‘g‘ib o‘ldiradi.

Umri – 23-yil.

3.6.2.3.3. SULTON ALI

1483-yil–1500-yil, Qo‘lba.

Onasi – Zuhrabegim.

Qarshi, Buxoro hokimi. 1498-yil erta bahorda Samarqandni egal laydi. Boburga qarshi turish uchun onasi Shayboniyga xat yozib, uylanishni taklif qiladi. Shayboniy shaharni egallab, Sulton Alini yalanglikda qatl qiladi.

Umri – 18-yil.

3.6.2.3.4. SULTON HUSAYN

1481-yil–1493-yil.

Onasi – Xonzodabegim (Mir Buzrukning nabirasi).

O‘ratepa viloyati hokimi bo‘lgan.

Umri – 13-yil.

3.6.2.3.5. SULTON UVAYS (Mirzoxon)

1485-yil–1526-yil, Badaxshon.

Onasi – Nigorxonim (Yunusxonning qizi, Boburning xolasi).

Otasi vafot etganda tog‘asi, Toshkent xoni Sulton Mahmudxon saroyida edi. Keyin Bobur huzuriga boradi. Bobur Sulton Husayn ta’ziyasiga fotiha uchun Hirotga ketganda Sulton Uvaysni Kobul taxtiga o‘tqazadilar. Azl etib, Badaxshonni beradi.

Umri – 42-yil.


(O‘g‘li Sulaymon (1514–1589), uning o‘g‘li Ibrohim (1534–1559), uning o‘g‘li Shohrux (1557–1592), uning o‘g‘illari: Muhammad Zamon (1576–1613) va Hasan (1580–1605).

3.6.2.3.5.1. SULAYMON

1514-yil–1590-yil, Lohur.

Otasi – Sulton Uvays (Mirzoxon).

Otasi vafot etgach, Bobur Badaxshonni beradi.

«Zukko» taxallusi bilan she’rlar yozgan. Garchi mijozi sust bo‘lsada, hokimiyat ishtiyoqida harakati jadal bo‘ladi. Muhammad Hakim (3.6.2.4.1.1.2)ga qarshi Kobulni olish uchun 4 marta hujum qiladi.

Nabirasi Shohrux (3.6.2.3.5.1.1.1) bilan ko‘p kurashadi, Abdullaxondan yordam so‘raydi. Akbar saroyida vafot etadi.

Umri – 77-yil.


Sulton Mahmud (3.6.2.3)ning qizlari:

3.6.2.3.A. BEKABEGIM

Xonzodabegimdan tug‘ilgan qizi. Sulton Husayn (2.6.3.2) Hisorni qamal qilganda Bekabegimni kelinlikka so‘raydi va Poyandasultonbegimdan tug‘ilgan o‘g‘li Haydar (2.6.3.2.9)ga nikohlaydi (1495).

3.6.2.3.B. Ismi noma’lum. Onasi Poshshabegim. Malik Murod (Muhammad) (3.6.1.1) ga turmushga chiqqan.

3.6.2.3.V. OQBEGIM

Onasi – Xonzodabegim.

3.6.2.3.G. OYBEGIM

Onasi – Xonzodabegim, Umarshayx (3.6.2.4)ning o‘g‘li Jahongir (3.6.2.4.2, Boburning ukasi)ga uzatilgan (1504).

3.6.2.3.D. ZAYNABSULTONBEGIM

Onasi – Xonzodabegim. 1504-yil Bobur nikohiga olgan.

3.6.2.3.G. MAHDUMASULTONBEGIM

Onasi – Zuhrabegim. Badaxshonda yashagan.

3.6.2.3.Yo. RAJABSULTONBEGIM

Onasi – kanizaklardan.

3.6.2.3.J. MUHIBSULTONBEGIM

Onasi – kanizaklardan.

3.6.2.3. Z. Oybegim – Xonzodabegim Termiziy
3.6.2.4. UMARSHAYX

1456-yil, Samarqand–1494-yil, Andijon (Axsi).

Otasi – Sulton Abusaid (3.6.2).

Kobul, Andijon hokimi. Toshkent va Sayramni ham boshqargan. Farzandlari – 3 o‘g‘il, 5 qiz.

Umri – 39-yil.


Malikalari:

Qutlug‘nigorxonim, Yunusxonning 2-qizi, Toshkent hukmdori Sulton Mahmudxonning singlisi. 1526 (1505) yilda vafot etgan. 1 o‘g‘il, 1 qiz (Bobur va Xonzoda)ning onasi.

Ulus oqa.

Fotimasultonbegim, o‘g‘li – Jahongir Mirzo (3.6.2.4.2)

Mahdumasultonbegim.

Qorako‘zbegim – Manuchehr (3.6.1)ning qizi.

Oqasultonbegim.

Umidxonim, andijonlik kanizaklardan.

Qaroko‘zbegim.

Tursun (Tun)sultonbegim.


Qizlari:

3.6.2.4.A. XONZODABEGIM

1478-yil–1544-yil.

Onasi – Qutlug‘nigorxonim.

Shayboniyxonga asir tushib qoladi (1501), undan tug‘ilgan o‘g‘li Xurrambek yoshligida vafot etadi. Kobulga, Bobur huzuriga qaytib, umr kechiradi. Oqila, Humoyun (3.6.2.4.1.1) saroyida maslahatchi.

Umri – 67-yil.

3.6.2.4.B. MEHRBONUBEGIM

1481-yil tug‘ilgan.

3.6.2.4.V. SHAHRBONUBEGIM

1491-yil tug‘ilgan.

3.6.2.4.E. YODGORSULTONBEGIM

Oqasultonbegim ismli kanizakdan vafotidan so‘ng tug‘ilgan. Shayboniy avlodlariga tushib ketgan.

3.6.2.4.F. RUQIYASULTONBEGIM

Mahdumasultonbegimdan 1494-yilda tug‘ilgan. Shayboniylarga kelin bo‘lgan.

3.6.2.4.1. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD (Bobur) podshoh

1483-yil, 14-fevral, Andijon–1530-yil, 25-dekabr, Agra.

Otasi – Umarshayx (3.6.2.4).

Onasi – Qutlug‘nigorxonim.

Andijon hokimi (1494-yil, iyun). Boysung‘ur (3.6.2.3.2.)ga qarshi Samarqand ustiga yurish qilgan (1496-yil, yoz). Samarqandga ikkinchi yurish (1497-yil, may) va taxtni egallagan, Bobur Sohibqiron taxti vorisi (1497-yil, noyabr), 100 kun hukmronlik. Andijon qo‘ldan ketadi. Andijon taxtiga ikkinchi o‘tirish (1499-yil, iyul). Sulton Ali (3.6.2.3.3) Shayboniyga taslim bo‘ldi (1500-yil, boshi). Bobur yana Samarqandda (1500-yil). Kobulni egallash (1504-yil, sentyabr). Shayboniy vafotidan so‘ng Shoh Ismoil (Eron) bilan ittifoqlikda Samarqandni yana qo‘lga kiritish va 8 oy hukmronlik (1510-yil). Beshinchi yurishda Panipat jangida g‘alaba (1526-yil, aprel) va Hindiston fathining boshlanishi. Dehlida Bobur podshoh nomiga xutba o‘qildi (27-aprel).

«Boburnoma», «Muxtasar», «Vaqfnoma» singari asarlar muallifi. Favqulodda jismoniy qudrat egasi bo‘lish bilan birga guldek nozik qalb sohibi – go‘zal she’rlar yozgan shoir, tarjimon. Xatti Boburiyni kashf qilib, Qur’onni ko‘chirtirgan…

Temuriylar sulolasining eng yorqin yulduzlaridan biri. Hindistonda Buyuk Boburiylar imperiyasi asoschisi.

Farzandlari – 9 o‘g‘il, 9 qiz, 11 nafari bolaligida vafot etgan. Bobur dunyodan o‘tganda 3 o‘g‘il, 4 qizi hayot edi.

Umri – 47-yil.


Malikalari:

Oyshasultonbegim, Sulton Ahmad (3.6.2.1)ning qizi, 5 yoshligida beshikketti qilingan.

Zaynabsultonbegim (3.6.2.3.D).

Mohimbegim, eng o‘ktam, oqila, 5 farzand ko‘rgan (Humoyun, Borbo‘l, Mehrjahonbegim, Eshondavlatbegim, Foruq. Humoyundan tashqari hammasi bolalikda vafot etgan).

Gulruhbegim, Bobur 1508-yil uylangan. 5 farzand ko‘rgan (Komron, Askariy, Shohrux, Sulton Ahmad, Gulizorbegim. Keyingi uch nafari bolalikda vafot etgan). 1534-yil 23 aprelda olamdan o‘tgan.

Dildorbegim (farzandlari –Gulrangbegim, Gulchehrabegim, Hindol, Gulbadanbegim, Olur Mirzo).

Ma’sumasultonbegim – Sulton Ahmad (3.6.2.1)ning qizi, tug‘ish paytida vafot etgan va qiziga ismi berilgan.

Mehribegim, Mehrjon ismli qiz tuqqan.

Afg‘oniy oqacha (Bibi Muboraka) – Malik Mansur Yusufzayning qizi, pushtunlardan.


(O‘g‘illari: Olur (1508–1556) – Mohimbegim, Sulton Ahmad (1517–1523) – Gulruhbegim, Borbo‘l (1518–1521) – Mohimbegim, Forug‘ (1526) – Mohimbegim, Shohrux (1522–1527) – Gulruhbegim). Qolgan o‘g‘illari haqida quyida ma’lumotlar bor.

Qizlari: Faxrunniso (1501 – Oyshabegim, Ma’sumasultonbegim, onasining ismiga qo‘yilgan, Muhammad Zamon (2.6.3.2.1.2)ga turmushga chiqqan, Gulrangbegim (1514 – ?) – Dildorbegim, Gulbadanbegim (3.6.2.4.1.V), Gulchehrabegim (1515/17– 1560) – Dildorbegim, Gulzorbegim – Gulruhbegim, Mehrjahonbegim – Mohimbegim, Esondavlatbegim – Mohimbegim).

3.6.2.4.2. JAHONGIR

1485-yil–1508-yil.

Otasi – Umarshayx (3.6.2.4).

Onasi – Fotimasultonbegim.

Otasi vafotidan so‘ng Axsi tarafdagi yerlarni bo‘lib oladi. Aka-ukaning o‘zaro nizolari va sulh (1500-yil, fevral). Bobur (3.6.2.4.1) 1504-yil Jahongirga G‘azni viloyati hokimligini bergan. Bobur Sulton Husayn (2.6.3.2.)ning ta’ziyasiga borganda (1507-yil) birga edi. Vafoti haqida «Boburnoma»da ma’lumot yo‘q.

Umri – 24-yil.

3.6.2.4.3. NOSIR

1487-yil–1525-yil, G‘azni.

Otasi – Umarshayx.

Onasi – Umidxonim.

Bobur 1504-yil Ninglahar tumani, Mandirovar, Darayinur, Qunar, Nural va Jig‘ansaroyni in’om qiladi. Qandahor (1508), keyin G‘azni viloyati hokimi. Ichkilikka ruju qo‘yib, vafot etadi.

Umri – 38-yil.

3.6.2.5. SULTON MUROD

1456-yil, Samarqand – oxirgi taqdiri noma’lum.

Otasi – Sulton Abusaid (3.6.2).

Onasi – Boymulk oqacha.

Garmsir, Qandahor viloyatlari in’om qilingan. Otasi vafotidan so‘ng Sulton Husayn (2.6.3.2) saroyida bo‘ladi.

Umri – ?

3.6.2.6. SHOHRUX

1458-yil, Hirot–1493-yil.

Otasi – Sulton Abusaid.

Onasi – Ruqiyasulton. Alouddavla Mirzo (4.3.1)ning qizi.

Otasining Iroq yurishida akasi Sulton Muhammad (3.6.2.2) bilan asir tushib qoladi va g‘ariblikda yashaydi.

Umri – 36-yil.

3.6.2.7. ABUBAKR

1458-yil–1479-yil.

Otasi – Sulton Abusaid.

Onasi – Shahzodabegim (badaxshonlik).

Shijoatli, jasur, himmatli bo‘lgan. Badaxshon hokimi edi. Otasi vafotidan so‘ng Sulton Husayn (2.6.3.2) iltifotiga intilgan. Alisher Navoiy Hirotga olib keladi. Ko‘p o‘tmay yaqin maslahatchisi Jaloliddin Majid arg‘unni o‘ldiradi. Akasi Sulton Mahmud (3.6.2.3) va Kermon dorug‘asiga qarshi kurashadi. Hirotga hujum qiladi. Astrobodda qo‘lga tushib, qatl etiladi.

Umri – 22-yil.

3.6.2.8. ULUG‘BEK (Kobuliy)

1460-yil, Hirot–1501-yil.

Otasi – Sulton Abusaid.

Kobulda hukmdor. 2 o‘g‘il, bir necha qizi bo‘lgan.

(Bir qizi Bekabegim (Sulton) Muhammad Ma’sum (2.6.3.2.10)ga turmushga chiqqan).

Umri – 42-yil.

3.6.2.8.1. ABDURAZZOQ

1480-yil–1525-yil, G‘azni.

Otasi – Ulug‘bek (3.6.2.8).

Bobur tortib olgan Zunnun arg‘ungacha Kobulning hokimi bo‘lgan. So‘ng Bobur xizmatida. Ukasi Nosir Mirzo (3.6.2.4.3) boshqargan hududlarni Abdurazzoqqa bergan.

Umri – 46-yil.

3.6.2.8.2. MIRONSHOH

1484-yil–1507-yil.

Otasi – Ulug‘bek (3.6.2.8).

1498-yil otasi bilan janjallashib, Hazoraga, undan Hisorga, Xusravshoh huzuriga ketadi. Sulton Mas’ud (3.6.2.3.1) ham shu yerda edi. Bomiyonga jo‘natadi, keyingi taqdiri noma’lum.

Umri – 24-yil.

3.6.2.9. SULTON UMAR

Ma’lumot yo‘q.

Otasi – Sulton Abusaid (3.6.2).

Onasi – Qutlug‘beka oqa.

Akasi Sulton Ahmad (3.6.2.1) Movarounnahrdan chiqarib yuboradi. Badaxshonda, so‘ng Hirotda umr kechirgan.

3.6.2.10. VALAD

Ma’lumot yo‘q.

Otasi – Sulton Abusaid.

Onasi – Nusratsulton oqa.

Arlot umarolari safida oddiy hayot kechirgan.

3.6.2.11. SULTON XALIL

Ma’lumot yo‘q.

Otasi – Sulton Abusaid.

Onasi – Davlatbaxt oqa.

Otasi vafot etgach, Sulton Husayn Hirotdan Movarounnahrga jo‘natib yuborgan.

3.6.2.4.1.1. NOSIRIDDIN HUMOYUN podshoh

1508-yil, Kobul–1556-yil, Dehli.

Otasi – Zahiriddin Muhammad Bobur podshoh (3.6.2.4.1)

Onasi – Mohimbegim.

U dastlab Badaxshonga, so‘ngra Sumbulga hokim qilib tayinlangan edi. Kasal bo‘lgach, kemada Agraga keltirishadi va otasi uning kasalini o‘ziga «oladi»… 1530-yil dekabrda ota taxtiga o‘tiradi. Bihar hokimi Sherxon (Shershoh)ga qarshi qat’iyatli janglar olib boradi, taxtni yo‘qotgach, Eron shohi Taxmosp (1524–76) yordamida ukalariga qarshi kurashadi va Sur sulolasini yengib, 1555-yil iyul oyida Dehlini qo‘lga kiritadi.

Kutubxona zinapoyasidan yiqilib tushadi, shikastlanib, vafot etadi.

Turkiy va forsiy tilda g‘azallar bitgan, ma’rifatli, metsenat kishi bo‘lgan.

Farzandlari: 5 o‘g‘il, 6 qiz (5/9).

Umri – 49-yil.


Malikalari

Hamidabonubegim. Mohichuchukbegim. Xonish oqabegim. Bekabegim. Bibigunnarbegim. Shonbegim. Mevajonbegim.Shohim oqa.


(O‘g‘illari: Al-Omon (1528) – Mohichuchukbegim, Farruxfol (1547–1552) – Mohichuchukbegim, Muhammad Hakim (3.6.2.4.1.1. 2), Ibrohim Sulton (1533) – Xonish oqa, Akbar (3.6.2.4.4.1).

Qizlari: Baxtinisobegim (1530) – Mohichuchukbegim, Aminabonubegim – Mohichuchukbegim, Sakinabonubegim – Mohichuchukbegim, Aqiqabegim (1551) – Bekabegi, Baxshibonubegim (1540– ?) – Bibigunnarbegim, 1550-yilda Ibrohim Mirzo (?)ga turmushga chiqqan, Jahonsultonbegim (1545–1547), Faxrulnisobegim – Mohichuchukbegim, 1565-yilda Abulmaoliy Termizlikka turmushga chiqqan, Najibulnisobegim (1547–1607), Hamidabonubegimning qizi, ismi ? 1544-yil t.).

3.6.2.4.1.2. KOMRON

1509-yil, Kobul–1557-yil, dekabr, Makka.

Otasi – Zahiriddin Muhammad Bobur.

Onasi – Gulruhbegim.

Kobul va Qandahorda hukmron bo‘lgan. Ukasi Askariy (3.6.2.4.1.3) bilan Humoyun (3.6.2.4.1.1)ga qarshi kurashgan. Ko‘ziga mil tortilgan (1553). Ka’batullo ziyoratiga jo‘natiladi. Xadichai Kubroning oyoq taraflariga dafn qilingan.

Komron Mirzo turk, fors tillarida she’rlar yozgan. 15 ming misradan iborat devoni 1556-yilda ko‘chirilgan bo‘lib, u Hindistondagi Xudobaxsh kutubxonasida saqlanadi. O‘zbekistonga kitobdan fotonusxa keltirilgan.

Farzandlari – 2 o‘g‘il va 2 qiz (2/3).

Abulqosim (1528–1559), Ibrohim Sulton (1530–1553), Xadichabegim (eri – Oqsulton, qaynotasiga qarshi gapiradi), Oyshasultonbegim.

Umri – 49-yil.

3.6.2.4.1.3. ASKARIY (Muhammad)

1512-yil, Kobul–1558-yil, Makka. Otasi – Zahiriddin Muhammad Bobur. Onasi – Gulruhbegim.

Mevab, Qandahor viloyatlarini boshqargan. Humoyun (3.6.2.4.1.1) ga qarshi janglarning birida asir olinadi, gunohi kechirilib, haj safariga ketadi.

Umri – 47-yil.

3.6.2.4.1.4. HINDOL

1518-yil, Kobul–1551-yil.

Otasi – Zahiriddin Muhammad Bobur.

Onasi – Dildorbegim.

Humoyun (3.6.2.4.1.1) Badaxshonga o‘z o‘rniga Hindolni qo‘yib kelgandi. So‘ngra Bobur saroyida, Humoyun Mevab va Olur viloyatlarini bergandi. Komron (3.6.2.4.1.1)ga qarshi jangda yaralanib, vafot etadi.

Umri – 34-yil.

3.6.2.4.1.V. GULBADANBEGIM

1523-yil, Kobul–1603-yil, Dehli.

Otasi – Zahiriddin Muhammad Bobur.

Onasi – Dildorbegim.

Hizr Xo‘jaxonga turmushga chiqib (1539), Saodatyor ismli o‘g‘il ko‘radi. 1556-yildan Akbarshoh (3.6.2.4.1.1.1) saroyida «Humoyunnoma» asarini yaratadi. Haj ziyoratini ado etgan (1575–82).

Umri – 81-yil.

3.6.2.4.1.1.2. MUHAMMAD HAKIM

1544-yil–1585-yil.

Otasi – Humoyun.

Onasi – Mohichuchukbegim.

Kobul hokimi. Dastlab onasi ko‘magida boshqaradi. Otasining beklaridan termizlik Abulmaoli singlisiga uylanib, keyinchalik qaynonasi va nufuzli beklarni o‘ldiradi, mustaqillik e’lon qiladi. Sulay mon Mirzo (3.6.2.3.5) A.ni qatl etadi. Akbarshoh (3.6.2.4.1.1.1) yana Kobulni egallab, ukasiga beradi va umrining oxiriga qadar Kobulni boshqaradi. Oxirida mayxo‘rlikka ruju qo‘yib, to‘satdan vafot etadi.

Umri – 42-yil.

Farzandlari – 2 o‘g‘il.

Afrosiyob (1571–1597), Qayqubod (1574–1591). Akbarshoh saroyida mulozim.

* * *

«Temur tuzuklari»ning «Hindistonni zabt etish uchun qilgan kengashim» bobida qayd qilinishicha, Sohibqiron navbatdagi yurish oldidan katta harbiy kengash chaqirgan. Uning muhimligi va nufuzi shu darajada bo‘lganki, mashvaratda o‘sha paytda G‘azni viloyatini boshqarib turgan Pirmuhammad Jahongir, Andijondan Muhammad Sulton va Xuroson hukmdori Shohrux Mirzo taklif etilgan va ular ham Samarqandga yetib kelgan.

Kun tartibidagi masalaning mohiyati shundan iborat ediki, Sohibqironni Xitoy fathi bezovta qilar va besh yillik yurish (1392-yil, iyun–1396-yil, iyul) zafarli yakun topgan, demak, Xitoy azmi amalga oshishi mumkin edi. Biroq Hindistondan kelayotgan tashvishli xabarlar (chunonchi, Multon qal’asini olishning cho‘zilib ketgani) katta rejani o‘zgartirishga olib keladi. 1398-yil mart oyida Sohibqironning Hindiston yurishi boshlanadi.

Oradan yillar o‘tib, hazratning shavkatli avlodlaridan Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonni yana fath etadi. 1526-yil 27 aprelda Dehlida Bobur nomiga xutba o‘qiladi (1398-yil 20 dekabrda Sohibqiron nomi xutbada zikr qilingan, 1399-yil 1 yanvarda Dehlidagi Feruzobod masjidida ikki rakaat namoz o‘qib, ortga qaytilgan edi).

… Sohibqiron chaqirgan harbiy kengashda shahzodalar, tajribali amirlar Hindiston yurishi yuzasidan o‘z mulohazalarini o‘rtaga tashlagan edilar. Jumladan, «Hindistonni olsak, naslimiz yo‘qoladi, avlodlarimiz o‘z aslidan ajrab, hatto tillari hindcha bo‘lib ketadi», qabilida tashvishlar bildirilgan ekan. Ne ajabki, bunday qismat, tilga olinganidek, Sohibqiron emas, Boburning farzandlariga ato etilgan ekan. Bobur fathidan 43-yil o‘tib, evara – shahzoda Salim (otasi – Akbarshoh) tug‘iladi. Uning onasi rajput rojasining qizi edi. Shundan keyin bu avlodning mahalliy aholiga qo‘shilib ketish (assimilyatsiya) jarayoni boshlanadi. Garchi keyingi Boburiy shahzodalar islomiy e’tiqodlarini saqlab qolgan bo‘lsalar-da, endi ularni to‘la ma’noda turkiy qavmdan, deb atash qiyin edi.

Biz nasabnomada masalaning texnik tomoni (raqamlarning juda cho‘zilib ketgani)ni hisobga olib, Jaloliddin Muhammad Akbarshoh (3.6.2.4.1.1.1)dan boshlab, yangi shartli belgi (A – 0)ni qo‘lladik va bundan keyingi avlod A – bilan davom etadi. Bu hol aslo bo‘linish chegarasini bildirmasligi kerak, negaki, Boburiylar, demak, Sohibqiron avlodi yagona ildizdan tarqagani haqiqat, buni hech kim rad eta olmaydi.

(A–0) 3.6.2.4.1.1.1. JALOLIDDIN MUHAMMAD AKBAR-SHOH (Buyuk Akbar)

1542-yil, 15-oktyabr (12 avgust)–1605-yil, 17-oktyabr. Otasi – Humoyun podshoh (3.6.2.4.1.1). Onasi – Hamidabonubegim. Panjob hokimi bo‘lgan (1555), 1556-yil 14 fevraldan e’tiboran ota taxtiga o‘tirib, davlatni boshqargan. Deyarli butun Hindiston yarim orolini imperiya tarkibiga birlashtiradi. Uning qariyb 50-yillik hukmronligi davrida Boburiylar davlati nurli sarhadlarga chiqib oldi. Bu davr Hindiston tarixining shonli sahifalaridir. Farzandlari – 3 o‘g‘il (5/4). Umri – 64-yil.


(Malika va kanizaklari: Ruqiyabonu (1542–1626), Hinol qizi.

Qimobonu, arabshoh qizi, 1574-yilda uylangan. Man Kaxan qizi, 1579 y. Shamsjon qizi, 1592 y. Bibidavlatshod. Salimasultonbegim (1550–1612).


(O‘g‘illari: Mirzo Hasan (1564), Mirzo Husayn (1564), Sulton Salim (A–1/ 3.6.2.4.1.1.1.1), Sulton Shohmurod (1570–1599), uning o‘g‘li Sulton Rustam; Sulton Doniyol (1571–1601), uning o‘g‘illari: Tahmuras (v. 1627y.), Hushang (v. 1627y.), Boysung‘ur..

Qizlari: Durudaro (1569), Orombonubegim (1584–1624) – Bibidavlatshod, Shukrulnisobegim – Bibidalatshod, 1593-yil Shohrux Mirzo? nikohiga kirgan, Shahzodaxonim (1569), 1593-yil Muzaffar Husayn Mirzo(?)ga turmushga chiqqan).

(A–1) 3.6.2.4.1.1.1.1. SALIM (Nuriddin Muhammad Jahongirshoh)

1569-yil, 30 (10) avgust, Agra (Fathnur)–1627-yil, oktyabr, Lohur.

Otasi – Akbarshoh (3.6.2.4.1.1.1)

Onasi – Amber rojasi Bhar Malning qizi Hira Kunvari (Maryam uz-Zamoni Sohibabegim).

Arzanda o‘g‘il Ollohobod viloyatini mustaqil boshqaradi (1601) va otasini tan olmaydi. Nihoyat, 1603-yilda sulh tuziladi. 1605-yil 27 oktyabrda ota taxtiga o‘tiradi. Bosh ko‘targan katta o‘g‘li Xusravga qarshi ayovsiz kurashadi. Otasi yo‘lini davom ettirib, Bengaliyani (1612-yil), uch urinishda Mevar viloyatini (1615-yil), Nagarkot tosh qo‘rg‘onini (1620-yil), Dekan viloyatini qayta qo‘lga kiritadi.

Tabiatan murakkab bo‘lgan bu zot ko‘plab islohotlar o‘tkazgan. «Tuzuki Jahongiriy» («Jahongirnoma») kitobini yaratgan. Qur’onni rexta-hindistoniy tiliga tarjima qilgan.

Kashmir sayohatidan qaytayotganda yo‘lda vafot etadi.

Malikalari va xos kanizlari – 16 nafar.

Farzandlari – 5/6.


(O‘g‘illari: Sulton Xisrav (1587–1622) – roja Bahgavandas Kachvaha qizi, uning o‘g‘illari: Baland Axtar, Dovarbaxsh Buloqiy, Girshosp;

Sulton Parvez (1589–1626) – xoja Hasan qizi.

Sulton Xurram – Shohjahon (1592–1666) – roja Udi Sanga qizi (A.–1. 3).

Sulton Jahongir (1605) va Sulton Shahriyor (1605–1627), onalari – xos kanizaklardan.

Qizlari: Sultonnisobegim (1586–1646) – Kachvaha qizi. Davlatnisobegim (1589) – Darbo Balxanas qizi. Bahorbonubegim (1589–1646) – Gisudas Radhur qizi, 1625-yilda Sulton Doniyolning o‘g‘li Tahmurasga turmushga chiqqan. Begimsulton (1589) – roja Muna. Shukrulnisobegim (v. 1653y.) – kichik Tibet hukmdori qizi).

Umri – 59-yil.


1611-yilda 35 yoshli Mehriniso (Nurjahonbegim) ismli juvonga uylanadi. Salimning ajdodi eronlik bo‘lgan bu ayolga uylanishiga otasi Akbarshoh (3.6.2.4.1.1.1) qarshi edi. Baribir bir necha yil o‘tkazib, beva qolgan juvonni nikohiga oladi. Ayolning otasi E’timoduddavla – bosh vazir, akasi – Osafxon saroy boshqaruvchisi edi. «Nurmahal» nomi bilan mashhur bo‘lgan Mehriniso 1645-yil vafot etadi.

A–1.1. XUSRAV (Shahzoda)

1587-yil–1622-yil, Agra.

Otasi – Salim (Nuriddin Muhammad Jahongirshoh).

Onasi – roja Baxgavandas Kachvaha qizi.

Salim taxtga o‘tirgach, Xusravni ushlatib, Agrada mahbuslikda saqlaydi. U yerdan qochib chiqqan Xusrav qo‘shin to‘plab, otasiga qarshi boradi. Yengilgach, qochib ketadi. Kema qumga tiqilib, qo‘lga tushadi. G‘azablangan ota o‘g‘lining ko‘ziga mil torttiradi. Ukasi Xurram (A– 1.3) akasini bo‘g‘ib o‘ldiradi.


Страницы книги >> Предыдущая | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 | Следующая
  • 0 Оценок: 0


Популярные книги за неделю


Рекомендации