Читать книгу "Заҳарли газандалар"
XOTIMA
Zaharli gazandalarga bag‘ishlangan hikoyamiz nihoyasiga yetib qoldi. Tabiiyki, zaharli hayvonlarning har biri haqida ma’lumot berishning iloji yo‘q, bunga zarurat ham bo‘lmasa kerak. Umuman olganda, zaharli gazandalar orasida ilonlar birmuncha yaxshi o‘rganilgan. Ammo, ilon zahrining ko‘p jihatlari hali anchagina izlanishlarni talab etadi. Zaharli ilonlarning o‘ziga kelganda ularning ekologiyasini ya’ni hayot tarzini hozirgi zamon fan yutuqlari darajasida o‘rganmoq kerak bo‘ladi. Gap shundaki, hozirgi kunda hayvonlar ekologiyasini turlar darajasida o‘rganish ekolog mutaxassislarni qanoatlantirmaydi, ya’ni hayvonlarning populyatsiya darajasidagi guruhlari ekologiyasini o‘rganmasdan turib, ularning tabiatda rivojlanish qonunlarini bilmasdan turib ularning evolyutsiyasini boshqarish, ya’ni inson uchun kerakli tomonga yo‘naltira olmaymiz. Ilon zahri tarkibiy qismlarga ajratilgan bo‘lsa-da, undagi ayrim komponentlarning xossalari tavsiflangan bo‘lsa-da, tirik organizmning zaharlanishini tushuntirishda bir qancha masalalar o‘z yechimini kutmoqda.
Ilonning yog‘i, qoni, o‘ti ba’zi bir mamlakatlar tibbiyotida keng qo‘llanilmoqda, lekin bunday tadbirlar hanuzgacha nazariy jahatdan asoslab berilmagan. Bu sohada maxsus ilmiy ishlar bajarilgan bo‘lsada qaysi bir moddalar hisobiga bemor organizmi shifo topishi yoritib berilmagan. Zahar toksinlarini ta’sir etish mexanizmi va asosiy zaharlovchi komponentning tabiati haqida ba’zi bir holatlarni istisno etganda hanuzgacha qoniqarli ma’lumot yo‘q.
Tutqunlikda dunyoga kelgan ilon bolalari ma’lum darajada xonakilashgan bo‘ladi, chunki bunday ilonlarda tutqunlik sharoitiga qisman bo‘lsa-da ko‘nikma paydo bo‘ladi. Binobarin, keyinchalik ularning nasl berishi birmuncha yengil ko‘chadi. Erksizlikda turli populyatsiya vakillarini urchitish yo‘li bilan ilonlarni duragay zotlarini yaratish kabi dolzarb masalalar o‘z yechimini kutmoqda. Umuman olganda tutqunlik sharoitida ilonlarni ko‘paytirish ularning tabiiy zahirasini saqlab qolishda birdan-bir to‘g‘ri chora-tadbir hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mukammal texnika bilan qurollangan hozirgi zamon kishilari tabiatda ham revolyutsiya qilishga qodir. Ba’zan shunday bo‘ladiki, odamlar o‘z manfaati yo‘lida tirik tabiatga putur yetkazganini o‘zi ham sezmay qoladi. Bunga abadiy yo‘qolib ketayotgan jonivorlar yaqqol misol bo‘ladi. Tabiatdan to‘g‘ri va oqilona foydalanish uchun biz insonlar tabiatga yanada yaqinroq aloqada bo‘lmog‘imiz kerak. Tabiatda yuz berayotgan hodisalar to‘g‘risida, undagi tirik mavjudotlar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lmog‘imiz kerak.
Kezi kelganda shuni ham ta’kidlash kerakki, 300 million yil oldin quruqlikka birinchi chiqib, tuxum qo‘yadigan sudraluvchilar paydo bo‘lmaganda edi, ehtimol evolyutsiya suvda ko‘payadigan amfibiyalar darajasidan nariga o‘tmagan bo‘lar edi.
Hayvonot olamida ro‘y bergan ana shu olamshumil voqea qushlar va sutemizuvchilarning paydo bo‘lishiga, pirovardida odamning ham kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
ADABIYOTLAR
1. Азнаурьян М.С. Ядовитая медуза крестовик. – Владивосток, 1964.
2. Андреева Е.М. Пауки Таджикистана – Душанбе, «Дониш», 1976.
3. Артёмов Н.И. Пчелинный яд – М., Из– во АН СССР, 1941.
4. Баркаган З.С., Перфильев П.П. Ядовитые змеи и их яды. – Барнаул, Алтайское книжное из-во, 1967.
5. Бердиева А.Т. Змеиные яды и их токсическое действие. – Ашхабад, «Илим», 1974.
6. Богданов О.П. Экология пресмыкающихся Средней Азии. М., «Наука», 1965.
7. Беклимишев К.Н. Пространственная и функциональная структура популяций. – Бюлл.МОИП отд.биол., 1960.
8. Вопросы герпетoлогии. Тез. докл. III-VII Всесоюзных герпет. конф. М., “Наука”. 1973–1989.
9. Давлатов Я.Д., Давлатов С.Я. Қизиқарли зоология. – Т., «Илм-Зиё», 2007.
10. Говалло В.И. Этот многоликий иммунитет. – М., «Знание», 1980.
11. Иванов А.В. Пауки их строение, образ жизни и значение. – Л., Изд-во ЛГУ, 1965.
12. Yodgorov T. Ilonlar izidan – T., “O‘zbekiston”, 1973.
13. Исхаки Ю.Б., Жаворонков А.А. Яд змей гюрзы. – Душанбе, «Ирфан», 1968.
14. Кларке Б. Причины биологической разнообразия. Клетки и молекулы, 1977.
15. Мариковский П.И. Тарантул и каракурт. – Фрунзе, 1956.
16. Механизмы действия зоотоксинов. Межвуз. Сб. (Под.ред. Б.Н.Орлова). – Горький., Изд-во Горковского ун-та, 1976, 1977, 1978, 1980-1987.
17. Мусхелишвили Т.А. Пресмыкаюшиеся Восточной Грузии. – Тбилиси, 1970.
18. Ненилин А.Б., Усманов П.Б., Ташмуҳамедов Б.А. Механизмы действий ядов как допольнительный критерий в систематике пауков. // Журн. Общ. биол., 1986. Т. ХVII. № 1.
19. Omonov A.A., Mirzayev U.T. O‘zbekiston baliqlari. – T.:, «Fan», 1993.
20. Орлов Б.Н, Вальцива И.А. Яд змей. – Т., «Медицина», 1977.
21. Орлов Б.Н., Гелашвили Д.Б., Ибрагимов А.К. Ядовитые животные и растения СССР. – М., «Высшая школа», 1990.
22. Петров Р.В. Иммуналогия от Пастера до наших дней. М., «Наука», 1968
23. Пигулевский С.В. Ядовитые животные, токсикология позваночних. – Л., «Медицина», 1966.
24. Пигулевский С.В. Ядовитие животные, Токсикология беспозвоночних. – Л., «Медицина», 1975.
25. Сабунаев В.П. Занимательная зоология. – М., 1976.
26. Садиков А.С., Ахунов А.А., Салихов Ш.И. Яд каракурта. – Т., 1985.
27. Саид-Алиев С.А Земноводние и пресмикающиеся Таджикистана. – Душанбе, «Дониш», 1979.
28. Сахибов Д.Н., Сарокин В.Н., Юкельсон Л.Я. Химия и биохимия змейних ядов. – Т.:, «Фан», 1972.
29. Султанов М.Н. Укусы ядовитых животных – М., «Медицина», 1977.
30. Скочилас Р. Строение и функции слюнних желез змей. // Зоол. обозрение. Том IV, тетрадь 1.
31. Талызин Ф.Ф. Змеи. – М., Изд-во АНСССР, 1963.
32. Талызин Ф.Ф. Ядовитые животные суши и моря. – М., «Знание», 1970.
33. Туракулов Я.Х., Сахибов Д.Н. Итоги и переспективи биохимического исследования ядов Среднеазиатиских змей. // В кн.: Ядовитые животные Средней Азии и их яды. – Т., 1970.
34. Туракулов Я.Х., Давлатов Я.Д. Взаимосвязь между иммунологическими свойствами ядов и сыворотки крове змей. // Узб. биол. журн., 1974. № 5.
35. Туракулов Я.Х., Давлатов Я.Д. Популяционные различия в саставе яда Среднеазиатской гюрзи. // Жур. Эволюционнфя биохимия и физиология, 1975 Т. ХI.
36. Хачачко П., Сомеро Д. Стратегия биохимической адаптации. – М.:, «Мир», 1977.
37. Шварц С.С. Экологические закономерности эволюции. – М., «Наука», 1980.
38. Шаммаков С. Пресмыкающиеся равнинного Туркменистана. – Ашхабад, «Ылим», 1981.
39. Ergashev N.E. Qoraqurtning hayoti va yashash sharoiti. – T.:, «Fan», 1973.
40. Яблоков А.В. Популяционная биология. – М., «Высш. школа», 1987.
41. Tu Antony Conthavorn S Comparison of Naja n siamensis and N naja atra venoms Toxicon. 1968, 3. p. 207-211.
42. Gitter S., Kochwa E., Yries A. Studies on electrophoretic fractions of Y.X. Palestinae venom. // Amer J Troh Med and Hyg., 1957. Vol. 6 N 1.
43. Goncolves A. Puriё cation and properties of crotamine venoms. // First international conference of venoms. – Washington, 1956. r. 261-263.
44. Russell F. Comparative pharmacology of some animal toxins. // Fed Proc., 1967. r. 16-19.