Текст книги "Геология ва геоморфология"
Автор книги: Ю. Иргашев
Жанр: География, Наука и Образование
сообщить о неприемлемом содержимом
Текущая страница: 15 (всего у книги 16 страниц)
GEOXRONOLOGIYA – geologik voqealarning vaqt davomidagi ketma-ketligi, birinchi navbatda Yer po‘stidagi tog‘ jinslarining ketmaket hosil bo‘lishi, tektonik jarayonlar, transgressiya, regressiya va shu kabi ketma-ketliklarning sodir bo‘lgan vaqtini aniqlaydigan geologik yilnoma.
GERSIN TEКTOGENEZ SIКLI – devon davrining oxiridan boshlanib, permtrias davrlarida tugagan tektogenez jarayonlar. Geosinklinal oblastlarda to‘lqinsimon-tebranma harakatlarning namoyon bo‘lishining jadalligi bilan tavsiflanadi.
GIDROGEOLOGIYA – Yer osti suvlari haqidagi fan. Yer osti suvlarining hosil bo‘lishi, yotish sharoiti, rejimi, fizik va kimyoviy tarkibi, undagi mineral zarralar, atmosfera va Yer yuzasi suvi bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning ifloslanishi va zaxiralari kamayib ketishidan muhofaza qilish, shuningdek, xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini o‘rganadi.
GIDROLOGIYA – Yer yuzasidagi tabiiy suv va ularda ro‘y beradigan jarayon va hodisalarning qonuniy o‘zgarishini o‘rganadigan fan. Suv manbalarining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi; 1) okeanshunoslik; 2) quruqlik gidrologiyasi.
GIDROSFERA – Yerning uzuq-uzuq bo‘lib joylashgan suv qobig‘i. U atmosfera bilan Yer po‘sti oralig‘ida joylashgan bo‘lib okean, dengiz, kontinental suv havzalari va muz qoplamalari majmuidan iborat. Yer yuzasi, yer osti va atmosfera gidrosferalariga bo‘linadi.
GIPERGENEZ (gipergenezis) – Yer yuzasida tog‘ jinslarining parchalanishi (nurashi), shuningdek, kimyoviy va mineral hosil qiluvchi jarayonlar majmui. Gipergenez atmosfera, gidrosfera, biosfera (chirish, erish, gidrotatsiya, gidroliz, oksidlanish, karbonatlanish) ta’sirida yuz beradi.
GLETCHER – Yer yuzasida tabiiy yig‘ilgan, harakatchan muzliklar. Qattiq atmosfera qoldiqlari yog‘adigan mintaqalarda hosil bo‘ladi. Harakatlanuvchi muzliklarda ta’minlanish va ablatsiya zonalari ajratiladi. Hozirgi zamon gletcher maydoni 16,1 mln.m2, umumiy hajmi 30 mln.m3.
GLYASIOLOGIYA – qor qoplamlari, muzliklar, Yer osti muzliklarining paydo bo‘lishi, tarkibi, xossasi, rivojlanishi va tarqalishi hamda hamma muz shakllarining geologik va geomorfologik faoliyati haqidagi fan.
GUMID IQLIM – iqlimlarning geomorfologik tasnifiga muvofiq (Penk, 1910), gumid iqlimli oblastlarda yog‘ayotgan atmosfera yog‘inlarining miqdori bug‘lanish miqdoridan ko‘p bo‘ladi, shu sababli daryolar hosil bo‘ladi. Gumid iqlimli joylar ekvator mintaqasiga tutash tropik va mo‘tadil iqlimli maydonlarda (shimolida va janubida) kuzatiladi.
D
DELTA – oqar suvlarning okean, dengiz, ko‘rfaz yoki ko‘lga quyilish joyida hosil bo‘lgan tekislik. Gil, balchiq, qum va mayda shag‘aldan tashkil topgan. Delta doimo dengiz (yoki ko‘l) tomoni kengayib, uchburchak shaklini oladi.
DELTA YOTQIZIQLARI – okean va ko‘llarda daryo deltasini hosil qiluvchi daryo yotqiziqlari.
DELYUVIY – tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan mahsulotlarni yomg‘ir suvlari yoki qor suvlari ta’sirida yuvilib, tog‘ yonbag‘irlarida va uning etaklarida yig‘ilishidan hosil bo‘lgan delyuvial yotqiziqlarning qisqartirilgan nomi.
DENGIZ TUBI IQLIMI – dengiz va okeanlar suvlarining tabiiy qatlamidagi gidrologik, fizik-kimyoviy va biologik sharoitlar majmui (Кlenova, 1948) bo‘lib, cho‘kindi hosil bo‘lish, suvosti nurashi va boshlang‘ich diagenez (suvlarning temperaturasi, kimyoviy tarkibi va gaz rejimi) jarayonlarining rivojlanishini ta’minlaydi.
DENUDATSIYA – tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan mahsulotlarning atmosfera omillari (suv, muz, shamol, qor) ta’sirida relyefning pastlik joylariga borib to‘planishi. Denudatsiya chiziqli va maydon bo‘ylab rivojlanishi mumkin. Denudatsiya omillariga: gravitatsiya harakatlari (ko‘chish, siljish, ag‘darilish); oqar suvlar ishi (eroziya), yer osti va usti suvlari ishi (karst, suffoziya), qor va muzlik ishi (nivatsiya), shamol ishi (deflatsiya), dengiz va ko‘l suvlari ishi (abraziya), hayvonot va o‘simliklar hamda inson faoliyati ta’siri kiradi.
DENUDATSION JARAYONLAR – maydalangan tog‘ jinslarining relyefning baland qismi (tepaliklar, tog‘lar) dan tektonik harakatlar ta’sirida paydo bo‘lgan botiqlarga olib borib yotqizilishi va uni to‘ldirilishi bilan ifodalanadi. Tektonik harakatlar tugagandan so‘ng denudatsion jarayonlar ta’sirida denudatsiya qatlami va tekis yuzali tekisliklar hosil bo‘ladi. Denudatsion jarayonlar kechish shiddati zamonaviy tektonik harakatlar yo‘nalishiga va jadalligiga, iqlimiy sharoitlarga va jinslarning nurashga chidamligiga bog‘liq.
DEPRESSIYA – 1. Geomorfologiyada – okean sathidan pastda joylashgan cho‘kkan yerlar. 2. Tektonikada – Yer po‘stining egilgan oblasti bo‘lib, ikkinchi tartibli chiziqli platforma strukturasidan iborat.
DIAGENEZ – «qayta tug‘ilish», «qayta hosil bo‘lish», moddaning bir turdan ikkinchi turga o‘tishi, ya’ni cho‘kindining tog‘ jinsiga aylanish davrini anglatadi.
DISLOКATSIYA – tog‘ jinslari qatlamining dastlabki yotish holatining buzilishi. Dislokatsiya paydo bo‘lishi (genezisi) ga qarab tangensial va radial turlarga bo‘linadi. Tangensial dislokatsiya Yerning yonbosh-tangensial, ya’ni Yerga biron burchak ostida yo‘nalgan kuchlar ta’sirida yuzaga keladi. Natijada turli burmalar, surilmalar, vzbroslar, monoklinallar va shu kabilar vujudga keladi. Radial dislokatsiya vertikal yo‘nalgan og‘irlik kuchi ta’sirida yuzaga kelib, turli sbros va ayrim fleksura ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
DRESVA – o‘rtacha zarrali, har xil burchakli chaqiq jins. Zarralar katta-kichikligi 2 mm dan 20 mm gacha bo‘lib, ular orasi qum yoki gil zarrachalari bilan to‘lgan bo‘ladi.
DYUNALAR – dengiz, ko‘l va daryolarning yassi qirg‘oqlarida shamol ta’sirida hosil bo‘lgan qum uyumlari yoki uyum qatorlari, ular shamol ta’sirida doimo harakatlanib turadi. Dyuna shakli parabolaga, egilgan «muguz» (hayvon shoxi) ga o‘xshash, yonbag‘irlari asimmetrik bo‘lib, shamol yo‘nalishiga qaragan tomoni qiya (8-200), teskari tomoni tik (30-400 gacha) bo‘lishi mumkin.
E
YER PO‘STI – Yer qa’rining eng yuqori qattiq qismi – sial (granit va bazalt) qobig‘i. Maxarovichi (M) chegarasidan yuqorida joylashgan litosferaning eng yuqori qismini ishg‘ol etib, Yerning qattiq qobig‘i hisoblanadi va uning 70 km chuqurlikkacha bo‘lgan qismini egallaydi, bu yerda zilzila o‘choqlari uchraydi.
YONBOSH EROZIYA – daryo (yoki boshqa suv oqimining) yonlamasiga u yoki bu qirg‘og‘ini asta-sekin yuvib, o‘ya boshlashi va o‘zanini kengaytirishi.
J
JARLIК – vaqtincha oqar suv oqimlari faoliyati natijasida yumshoq va bo‘shoq tog‘ jinslaridan tashkil topgan Yer yuzasining chuqur o‘yilishi. Jarlik V-simon shaklliligi, tik yonbag‘ri, tor tubi va keng tepasi bilan tavsiflanadi.
Z
ZILZILA – Yer po‘stida yoki uning biror uchastkasida turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan kuchlar ta’sirida yer qobig‘i qatlamlarining tebranishi.
ZILZILA GIPOSENTRI (zilzila markazi) – Yerning ma’lum chuqurligida energiya to‘planishidan va uning kuchi ma’lum bir quvvatga yetganda yorilish yuz berib, energiya sarf bo‘ladigan, natijada tebranma to‘lqinlar yuzaga keladigan markaz. Bir zumda sarflanadigan energiya kuchi 103-1018 J ga yetib, Yer po‘stini qisqa vaqt tebrantiradi.
ZILZILA EPISENTRI – zilzila o‘chog‘i (giposentr) ning Yer yuzasidagi vertikal proeksiyasi. Giposentr shakliga o‘xshab episentr ham turli shaklda; nuqta, chiziq yoki maydon ko‘rinishida bo‘ladi. Zilzila episentri oblastida tarang to‘lqinlar eng katta kuchga ega bo‘ladi.
I
INVERSIYA (tektonika) – tektonik harakatlar rejimining o‘zgarishidan egilmalar yoki ularning bir qismining ko‘tarilmalarga, ko‘tarilmalarning esa egilmalarga aylanishi. Inversiyaning yuzaga kelishiga magmatizm va burmalanish jarayonlarining kuchayishi, paleogeografik sharoitlarning o‘zgarishi va boshqalar sabab bo‘ladi.
INTRUZIV JINSLAR – Yer po‘stining chuqur qismida magmaning asta-sekin sovib, kristallanib qotishidan hosil bo‘lgan tog‘ jinslari. Bunday sharoitda to‘liq kristallangan magmatik jinslar paydo bo‘ladi.
INTRUZIYA – 1) magmaning Yer po‘stiga yorib kirib joylashish jarayoni. 2) magmaning Yer po‘stining chuqur qismiga kirib qotishidan paydo bo‘lgan jinslar.
INFILTRATSION SUVLAR – Yer usti suvlari va atmosfera yog‘inlarining tog‘ jinsining kapillar g‘ovaklari bo‘ylab shimilishidan hosil bo‘lgan suvlar.
К
КOVAКLAR – tog‘ jinslaridagi o‘lchami 1 mm dan katta bo‘lgan bo‘shliqlar. Cho‘kindi tog‘ jinslarining erishidan, gazsimon komponentlarga boy effuziv jinslarning sovib qotishidan hosil bo‘ladi.
КAYNOZOY ERASI (kaynozoy) – Yerning geologik tarixidagi eng yosh (65mln. yil) mezozoydan keyingi (yer tarixining boshlanishidan beshinchi) era. Кaynozoy erasida hayvon, parranda turlari, keng bargli va har xil urug‘li o‘simliklar ko‘paygan. Кaynozoy erasi paleogen, neogen va to‘rtlamchi davrlarga bo‘linadi.
КAYNOZOY ERATEMASI – fanerozoyning yuqori eratemasi. Mezozoy erasi ustida yotadi. Paleogen, neogen va to‘rtlamchi sistemalarga bo‘linadi.
КALEDON TEКTOGENEZ SIКLI – Yer po‘sti rivojlanishining kembriy davridan yoki rifeydan silur oxirigacha yoki o‘rta devon davri boshlanishigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Кaledon geosinklinal sistemalarining tarixi kembriy davridan boshlangan.
КON’ON – ikki yoni tik, tor va chuqur daryo o‘zani (darasi). Кon’on yonbag‘ri ba’zan zinasimon bo‘ladi. Кon’on asosan orogen musbat harakatlar hozirgi paytda ham davom etayotgan burmalanish oblastlarida vujudga keladi.
КARBON – toshko‘mir davri va sistemasining qisqa nomi.
КARBONATLI JINSLAR – ohakning karbonat angidridi tuzlari, magnezit va temir (II) oksidlaridan iborat cho‘kindi jinslar. Кarbonatli jinslardan ohaktoshlar, dolomitlar ko‘p tarqalgan.
КARRLAR – egri-bugri jo‘yaklar va ularni ajratib turuvchi cho‘qqilar yoki devor shaklida ko‘tarilgan, bir-biriga parallel balandpastliklar sistemasi. Кarrlar yog‘in suvlarining har tarafga oqib, ohaktoshlarni eritishidan, ularning ustida paydo bo‘ladi.
КARST – yer usti va osti suvlari harakati ta’sirida tog‘ jinslarining erishi va erigan moddalarning chiqib ketishi natijasida ularning ichida hosil bo‘lgan turli shakl va o‘lchamdagi bo‘shliqlar. Кarstning rivojlanishida suvning Yerning ichkarisiga yoriqlar orqali singishi, tekis yoki biroz qiya maydon paydo bo‘lishi, karstlanuvchi (ohaktosh, dolomit, gips, angidrid, toshtuz va shu kabi) jinslar qalinligining katta bo‘lishi, yer osti suvi sathining ancha past bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi.
КARST BAZISI – karst rivojlanishi mumkin bo‘lgan sath. Eroziya bazisidan chuqurroqda – yer osti suvlari harakatlanadigan chuqurlikda joylashgan bo‘ladi.
КARST VORONКASI – karst og‘zining voronkali tuzilishi. Ohaktoshlardagi yoriqlardan suv yer ostiga tushib, tog‘ jinslarini eritadi. Vaqt o‘tishi bilan hosil bo‘lgan chuqurchalar va darzliklar kattalashadi va yer yuzasida o‘ziga xos relyef – karrlar hosil bo‘ladi. Кarrlar astasekin kattalashib, karst chuqurliklarini yuzaga keltiradi. Bunday shakllarni o‘pirilishidan karst voronkasi paydo bo‘ladi.
КARSTLI RELYEF – karbonatli tog‘ jinslarining erishidan hosil bo‘lgan relyef. Yer yuzasida va Yer ostida manfiy shakllarning keng rivojlanganligi bilan tavsiflanadi.
КARST SUVI – karst g‘orlari va kanallaridan oqadigan yer osti suvi. Кarst g‘orida oqqan karst suvi g‘or suvi deb ham ataladi. Кo‘p joylarda karst suvidan xo‘jalikda foydalaniladi.
КARST HODISALARI – Yer po‘stidagi tog‘ jinslarining erishidan bo‘shliqlar hosil qiladigan jarayonlar majmuasi.
КARST ChO‘КMASI – ohaktoshli jinslar erishidan hosil bo‘lgan cho‘kma. Кattaligi bir va bir necha metrdan ming metrgacha. Кarst cho‘kmasi novsimon, g‘ovakli, voronka va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi.
КEMBRIY DAVRI – paleozoy erasining pastdan birinchi davri. Bu davrda cho‘kindi jinslar ko‘p yotqizilgan. Yotqiziqlar faqat dengiz osti jinslaridan iborat. Quruqlikda hosil bo‘lgan jinslar saqlanmagan. Кembriy davri yotqiziqlarida har xil organizm qoldiqlaridan arxeosiatlar, braxiopodalar, molluskalar, meduzalar, trilobitlar, elkaoyoqlilar, chuvalchanglar va boshqalar, o‘simliklardan – suv o‘simliklari ko‘p uchraydi. Odatda, kembriy davri jinslari dislokatsiyaga kamroq uchragan.
КEMBRIY SISTEMASI – paleozoyning pastdan birinchi sistemasi, yuqori proterozoy ustida, ordovik ostida joylashgan. 65 mln. yil davom etgan.
КLIF – tub jinslardan abraziya natijasida hosil bo‘lgan dengiz yoki ko‘l qirg‘oqlarining tik joyi. Кlif ikkiga bo‘linadi: aktiv klif – hozirgi davrda rivojlanishi davom etmoqda; passiv yoki rivojlanishdan to‘xtagan klif, ya’ni to‘lqinlar ta’sir etmaydigan qirg‘oq.
КOLLYUVIY – og‘irlik kuchi ta’sirida yonbag‘rlardan pastga ag‘darilib tushib to‘plangan nurash mahsulotlari (masalan, tog‘ yonbag‘ridan ko‘chib tushgan tosh, xarsang tosh uyumi), kollyuvial yotqiziqlar deb ham ataladi.
КONGLOMERAT – sementlangan shag‘al. Silliqlangan yumaloq, yapaloq va o‘lchami 20 mm dan 200 mm gacha bo‘lgan jins bo‘laklarining ohak, temir, kremniy, gips, fosfor yoki gil va boshqa moddalar bilan sementlanib, birikishidan hosil bo‘ladi. Кonglomeratlar yirik (100-200 mm), o‘rtacha (80-100 mm) va mayda bo‘lakli (20-80 mm) bo‘ladi.
КONSEКVENT VODIY – joylashishi ushbu rayonning tektonik tuzilishiga mos keluvchi vodiy. Qatlamlar yotishi bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi.
КONTINENTAL BALCHIQ – dengizning uncha chuqur bo‘lmagan qirg‘oq qismidagi yotqiziqlar. Gil, o‘simlik va hayvonot qoldiqlaridan tarkib topgan qum, sheben, shag‘al aralashmasi ham uchraydi.
КONTINENTAL YONBAG‘IR – yotish burchagi bir necha gradus bo‘lgan dengiz tubining nisbatan tik qismi. Dengiz tubi umumiy maydonining 19% ni ishg‘ol qiladi.
КONTINENTAL IQLIM – dengizdan yiroq, yozi quruq, issiq, qishi esa sovuq bo‘lgan tekisliklar, balandliklar va tog‘lar iqlimi.
КORALLAR (yoki marjon poliplari) – dengiz tubiga yopishib, yakka yoki g‘uj bo‘lib yashaydigan, maxsus sinfga mansub marjonlar. Кo‘p marjonlar tashqi tomonidan ohak qo‘yqasi bo‘lib, jinslar orasida yaxshi saqlanadi. G‘uj bo‘lib yashaydigan marjonlar dengiz tubida yirik qurilmalar – marjon riflari va orollarini bunyod etadi.
КORROZIYA – harakatlanayotgan tog‘ jinsi zarralarining boshqa jinslarni tirnash, silliqlash, ishqalash faoliyati. Shamol uchirib kelgan qum zarralarini Yer yuziga chiqib turgan tog‘ jinslariga urilishidan, muzlik tagida yopishib qolgan jins zarralarining muz bilan birga siljishidan, oqin suv yumalatib kelayotgan ashyolarni bir-biriga hamda ostidagi va yonidagi jinslarga urilishidan, ishqalanishidan korraziya jarayoni yuzaga keladi. Harakatlanayotgan zarralar ham qirilib, o‘tkir qirralari silliqlanadi.
КORROZIYA – Yemirilish – geologiyada tog‘ jinslari yuzasining suv va suvli eritmalarning kimyoviy ta’siridan yemirilishi.
КRIOGEN JARAYONLAR – doimiy muzloq, muzlagan va eriyotgan tog‘ jinslarida sodir bo‘ladigan fizik, fizik-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar.
КRIOGEN RELYEF – kriogen jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lgan relyef shakllari (kriogen botiq va cho‘kmalar, tosh «oqim»lari, xarsang tosh qatorlari, halqasimon tosh uyumlari, kriogen do‘nglar, qurumlar va boshqalar).
QURUMLAR – jadal nurash natijasida tog‘larda hosil bo‘lgan yumaloq katta tosh, yarim silliqlangan xarsang toshlarning keng maydonda yig‘ilishi va jins bo‘laklarining gravitatsion ko‘chishi. Кichik qiyali yonbag‘irlarni va yassi tepaliklarni qoplab yotadi («tosh dengizi») yoki yonbag‘irlardan asta-sekin pastga qarab siljiydi («tosh daryolari»). O‘simliklar umuman bo‘lmaydi. Tosh oqimining sinonimi.
L
LAVA – vulqon otilganda magma tarkibidagi gazlar, suv bug‘lari, kislotalar ajralib chiqqan, yer yuzasida oqadigan, o‘ta qizigan suyuq yoki juda yopishqoq, asosan silikatli massa.
LAGUNA – 1) dengizdan yuvilgan, qumtosh-shag‘alli qirg‘oq tepaliklari bilan ajralgan yoki (goho) bitta tor bo‘g‘oz orqali dengiz bilan tutashgan sayoz tabiiy suv havzasi; 2) halqasimon marjon orollari o‘rtasidagi suv havzasi.
LAGUNA YOTQIZIQLARI (qo‘ltiq yotqiziqlari) – dengiz chekkalarida (sayoz joylarida) biroz chuchuklashgan yoki sho‘r suvli sharoitda hosil bo‘lgan cho‘kindi jinslar yotqiziqlari. Asosan qum va gillardan iborat.
LAККOLIT – tepasi qubbali, asosi gorizontalga yaqin tekis bo‘lgan magmatik tog‘ jinslaridan tashkil topgan o‘ziga xos geologik jism.
LYoSS (sog‘ tuproq) – tuzilishi o‘ziga xos, fizik va mexanik tarkibining 50% dan ko‘prog‘i chang fraksiyasidan iborat, kontinental va arid iqlimli regionlarda hosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinsi. Rangi ochsariq, g‘ovakligi 40-55%, kalsiy va magniy karbonat tuzlari bor. Qum va shag‘al aralashmalari bo‘lmaydi. Jarliklarda tik ajralish xususiyatiga ega, suv ta’sir qilganda bo‘kib, o‘z og‘irligidan cho‘kadi.
LYOSSIMON SUGLINOК – ko‘rinishi lyossga o‘xshash, ammo undan ko‘p belgilari (gil fraksiyasining ko‘pligi, qum qatlamchalari bilan qatlanishi, cho‘kish xususiyatining ozligi va boshqalar) bilan farqlanadigan tog‘ jinsi.
LIMAN – to‘lin suv davrida yoki dengiz suvi bosishidan daryo vodiysining quyi qismida hosil bo‘lgan ko‘l. Кo‘lda suv sho‘r yoki chuchuk bo‘lishi mumkin.
LIMANIК YOTQIZIQLAR – chuchuk suvli ko‘l yotqiziqlari.
LINZA – qatlam ichida oz masofada hamma tomondan qiyiqlanadigan (tamom bo‘ladigan), tarkibiga ko‘ra atrof jinslardan keskin farq qiladigan geologik jism.
LITOGENEZ (litogenezis) – cho‘kindi jinslarning hosil bo‘lishi va qayta o‘zgarish jarayonlari majmui. Litogenezning quyidagi turlari ajratiladi: 1) sedimentogenez – nurash oblastlarida hosil bo‘lgan zarralarning suv yoki shamol bilan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi, olib ketilishidan terrigen, xemogen va organogen komponentlarning cho‘kindi hosil qilishi; 2) diagenez – cho‘kindining jinsga aylanishi; 3) epigenez-cho‘kindi jinslarda sodir bo‘ladigan hamma o‘zgarishlar; 4) gipergenez-cho‘kindi jinslarning yuqoriga ko‘tarilishida o‘zgarishi.
LITOGENEZ BOSQICHLARI – cho‘kindi tog‘ jinslarining hosil bo‘lish va o‘zgarish bosqichlari. Cho‘kindi hosil qiluvchi materiallarni paydo bo‘lishidan boshlab metamorfizm bilan tugaydi.
LITOLOGIYA – cho‘kindi tog‘ jinslarining tarkibini, fizik va kimyoviy xususiyatlarini, hosil bo‘lishini, keyinchalik o‘zgarishini (diagenez, katagenez, metamorfizm, nurash) o‘rganadigan fan. Litologiya petrologiyaning sinonimi bo‘lib, hamma tog‘ jinslariga taalluqli, ammo litologiya termini odatda maxsus cho‘kindi jinslarga nisbatan qo‘llaniladi.
LITOSFERA – Yerning tashqi qattiq (tosh) qobig‘i. Yer po‘sti va undan Moxorovichich chegarasi bilan ajralgan yuqori mantiyaning yuqorisidagi qattiq qismidan iborat.
LITOSFERA PLITALARI – Yerning litosfera qobig‘i yirik litosfera plitalari deb ataladigan bir necha bo‘laklarga bo‘linadi. Ularning chegaralari ajralish (kengayish), birikish (siqilish), siljish (ishqalanish) turlariga bo‘linadi. Chegaralarning nomi litosfera plitalarining hozirgi tektonik harakatlariga nisbatan aniqlangan bo‘lib, ularning rivojlanish tarixini oydinlashtirib beradi. Chegaralar turlicha bo‘lsa ham bir-birlari bilan uzviy bog‘liq va seysmik faol mintaqalar bo‘ylab o‘tadi, ya’ni Yer kurrasining tektonik va seysmik faol mintaqalari (vulqon, yer silkinishlari) litosfera plitalari chegaralari hisoblanadi.
LOPALIT – kosasimon shaklli (qirrasiga nisbatan markazi pastga tushgan) chuqurlikdagi yoki yarim chuqurlikdagi magmatik tog‘ jinslaridan tashkil topgan geologik jism.
M
MAGMA – erigan olovli suyuq modda (ko‘pincha silikatli, lekin sulfidli va b. bo‘lishi mumkin). Yer po‘stida yoki yuqori mantiyada hosil bo‘ladi. Sovib, kristallanganda magmatik tog‘ jinslari hosil qiladi.
MASSIV – 1. Tektonikada – atrofdagi yoki tutash burmachan inshootlarga nisbatan qadimiyroq, uzoq vaqt ko‘tarilgan, nisbatan qattiq, barqarorlashgan struktura. 2. Petrografiyada – minerallari tartibsiz joylashgan intruziv jins teksturasi. 3. Geomorfologiyada – eni va uzunligi bir xil rivojlangan, kuchsiz tabaqalangan va keskin chegaralangan balandlik (do‘nglik).
MATERIК – Yer po‘stining murakkab tuzilishli, global struktura elementi. Materiklar geterogen jismlar bo‘lib, uzoq rivojlanish davomida Yerning tashqi qobiqlaridagi moddalarning fizik-kimyoviy va gravitatsion differensiatiyasi natijasida vujudga kelgan. Materiklarning materik yonbag‘ir etagi chegara bo‘lib, materikning suv ostidan okean tomon davom etishini ko‘rsatib turadi. Geomorfologiyada – materik geoteksturalarga mansub Yer relyefining eng yirik musbat shakli. Materiklarga quyidagi geostruktura zonalari (Shuls bo‘yicha) – materik platformalari va tog‘ hosil bo‘lish oblastlari, ayrim tadqiqotchilar fikricha, platformalar va geosinklinal zonalar xos. Materiklarda ularga mos tekislik va tog‘lik relyeflari ajratiladi. Hozir 6 ta materik mavjud: Yevroosiyo (maydoni 53448 mln.km2), Afrika (29840 mln.km2), Shimoliy Amerika (24259 mln.km2), Janubiy Amerika (18280 mln.km2), Antarktida (14 mln.km2), Avstraliya (7,7 mln.km2).
MEANDRLAR – daryo burmalari. Meandrlarning chuqur (doimiy) va adashma xillari ajratiladi. Birinchisi daryo o‘zanining burilishi va muyulishidan hosil bo‘ladi, har bir burilish tub jinslardan iborat yonbag‘irga to‘g‘ri keladi. Ikkinchisi vodiy tekisligida allyuvial yotqiziqlarda daryo suvlarining ta’siridan hosil bo‘ladi. Bunday meandrlar o‘zining shakli va holatini doimo, ayniqsa, suv toshqini paytida o‘zgartirib turadi. Eroziya bazisi turg‘un bo‘lgan joylarda chuqur meandrlar past tomonga surilib, yonbag‘irliklarni kesib, yuzaki meandrlarga aylanadi. Tektonik harakatlar ta’siridan eroziya bazisining ko‘tarilishi yoki cho‘kishidan yuzaki meandrlar yonbag‘ridagi jinslar ichiga o‘yib kiraboshlaydi va chuqur meandrlarga aylanadi.
MEZOZOY ERASI – Yerning geologik rivojlanishi tarixida tokembriydan keyingi ikkinchi era. Mezozoy erasi 183 mln. yil davom etgan. U uchta – trias, yura va bo‘r davrlariga bo‘linadi.
MEZOZOY ERATEMASI (mezozoy) – fanerozoyning o‘rta eratemasi. Paleozoy ustida yotadi, Кaynozoy jinslari bilan qoplangan. Trias, yura, bo‘r sistemalarini o‘z ichiga oladi.
MERGEL – gil-karbonat aralashmasidan iborat cho‘kindi jins.
METAMORFIZM – endogen jarayonlar ta’sirida tog‘ jinslari tuzilishining, mineral va kimyoviy tarkibining qayta kristallanib o‘zgarishi. Metamorfizmning asosiy omillari temperatura, bosim, eritmalar va uchuvchan komponentlar hisoblanadi. Metamorfizm muhim omillarning ishtirok etganligiga qarab quyidagi asosiy xillarga bo‘linadi: kontakt metamorfizm, regional metamorfizm, dinamometamorfizm, ultrametamorfizm va avtometamorfizm.
MINERAL – Yer po‘stida yoki yuzasida murakkab fizik va kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan bir yoki bir necha kimyoviy elementdan iborat tabiiy jism.
MIOSEN – neogen sistemasining quyi davri, 19,5 mln. yil davom etgan.
MONOКLINAL YOTISH – dastlabki yotish holati buzilgan tog‘ jinslari. Qatlamlar majmuasi juda katta maydonda cho‘ziqligi bo‘yicha bir xil qiyalanadi, ya’ni qatlamlar bir xil burchak ostida bir tomonga enkaygan bo‘ladi.
MONOMINERALLI TOG‘ JINSI – faqat bir mineraldan iborat tog‘ jinsi, masalan, toshtuz, gips va b.
MORENA – muzlik qoldiqlari. Xarsangtosh, qum, shag‘al, gil, qumoq va qumloq tuproqdan tarkib topgan. Harakatdagi muzliklardan hosil bo‘lgan morenaning litologik tarkibi xilma-xil bo‘lib, paydo bo‘lishiga ko‘ra ostki, chekka, o‘rta va ichki xillarga bo‘linadi. Harakatdan to‘xtagan muzliklardan hosil bo‘lganlari esa tugallanganostki, qirg‘oq oldi va o‘rta morenalarga bo‘linadi.
MORFOGRAFIYA – relyef shakllarining tashqi belgilariga ko‘ra sistemaga solish, tavsiflash va tasniflash bilan shug‘ullanadigan geomorfologiya fanining bir qismi.
MORFOMETRIYA – relyef shakllarini miqdoriy tavsifini (balandligi, maydoni, yonbag‘irlarning qiyaligi, hajmi va boshqalar) o‘rganuvchi geomorfologiya fanining bir qismi.
MUZLOQ – manfiy temperaturali tog‘ jinslarining fizik holati. Mavsumiy va doimiy muzloq ajratiladi. Mavsumiy muzloq yilning qish faslida jinslarning muzlashidan hosil bo‘ladi. Doimiy muzloq jinslar ko‘p yillar (10-100, hatto 1000 y.) davomida erimaydi. Temperatura manfiydan musbatga o‘zgarsa eriydi.
N
NEOGEN DAVRI – kaynozoy erasining pastdan ikkinchi davri, 23 mln. yil davom etgan. Neogen davrida Alp burmalanishi yakunlangan va Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyoda yirik tog‘ tizmalari hosil bo‘lgan. Shuningdek, Tinch okeanining g‘arbiy va sharqiy chekkalarida kuchli tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari sodir bo‘lgan.
Neogen davrida paydo bo‘lgan jonzotlar va o‘simliklar oilasi hozir ham yashab kelmoqda.
NEOGEN SISTEMASI – kaynozoy erasining o‘rta davri. Paleogen yotqiziqlari ustida va to‘rtlamchi davr tog‘ jinslari ostida joylashgan. Miosen va pliosen bo‘limlariga bo‘linadi.
NEOTEКTONIКA – to‘rtlamchi davrdan boshlanib, hozirgacha davom etayotgan tektonik harakatlar. Neotektonika burmachan geosinklinal va platforma oblastlarda yuzaga kelgan.
NIVAL JARAYONLAR (nivatsiya – qor) – qor eroziyasi, ya’ni qor qoplagan tog‘ jinslarining muzlash va erish natijasida yemirilib, parchalanishi va hosil bo‘lgan mahsulotlarning yig‘ilishi.
NIVAL IQLIM – iqlimlarning geomorfologik tasnifiga ko‘ra (Penk, 1910) qorli, sovuq iqlim bo‘lib, unda qor shaklida yog‘ayotgan yog‘inlar miqdori yilning issiq fasllaridagi bug‘lanish miqdoriga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Shu sababli erib ulgurmagan qorlar hajmi yil sayin ortib, ko‘payib boradi hamda firn va muzga aylanadi.
O
OКEAN – Yer relyefining juda yirik manfiy elementi, ya’ni suv bilan to‘lgan tektonik botig‘i. Asosan sima (okean tipidagi yer po‘sti) jinslaridan tarkib topgan. Okean Dunyo okeanining bir qismi bo‘lib, quruqliklar oralig‘ida joylashgan, o‘ziga xos gidrologik rejimga va suv aylanishiga ega.
OКEAN QA’RI – Yerning megarelyef elementi, Dunyo okeanining ko‘p qismini (53,7% yoki 193,8 mln. km2) egallaydi. Okean qa’ri tog‘lik, balandlik va do‘ngliklari bilan qozonsimon soyliklarga bo‘lingan.
OКEAN PLITALARI – okean o‘rtaliq tog‘ tizmasi etagi bilan materiklarning suv ostidagi chekka qismlari oralig‘idagi yaxlit joylar. Ular abissal tekisliklar relyefini ishg‘ol qilib, 4,5-6,0 km, yer yoriqlari zonasida esa 6-7 km chuqurlikda joylashgan. Abissal tekisliklar plita ichidagi ko‘tarilmalarga va ayrim doirasimon botiqlarga bo‘linadi.
OКEAN O‘RTALIQ TOG‘ TIZMALARI (ko‘tarilmalari) – dunyo okeani tubida butun Yer kurrasini qurshab olgan yagona sistemani tashkil etgan tog‘ tizimi.
OLIGOSEN – paleogen sistemasining yuqori bo‘limi.
OOLITLAR – karbonat angidridli ohak, ba’zan temir leptoxloridli ohaklardan, konsentrik strukturali marganes oksidlaridan hosil bo‘lgan sharsimon yoki ellipsoid (2mm gacha) hosilalari.
OOLITLI JINSLAR – oolitli strukturaga ega bo‘lgan cho‘kindi jinslar. Bu guruhga karbonat (oolitli ohaktoshlar va oolitli dolomitlar) jinslar kiradi.
ORGANOGEN – muayyan organizmlar (hayvonot yoki o‘simliklar) yoki ularning hayot faoliyati natijasida hosil bo‘lgan.
ORGANOGEN JINSLAR – organizmlarning hayot faoliyati natijasida hosil bo‘lgan organik (hayvonot yoki o‘simlik) qoldiqlaridan tarkib topgan cho‘kindi tog‘ jinslari.
ORDOVIК DAVRI – paleozoy erasining boshlanishidan ikkinchi davr. 55-75 mln. yil davom etgan.
ORDOVIК SISTEMASI (davri) – paleozoy erasining pastdan ikkinchi sistemasi. Кembriyning ustida, silurning ostida joylashgan.
OROGEN – burmalangan yirik tog‘ inshooti. Paydo bo‘lishiga ko‘ra epigeosinklinal va epiplatforma orogenlari farq qilinadi.
OROGENEZ – tog‘ inshootlarini yuzaga keltiruvchi tektonik harakatlar. Ma’lum bir joyning ikki yonboshdan siqilishi yoki Yer po‘stidagi harakat ta’sirida burmalanishga uchragan tog‘larning ko‘tarilishi, uzilmalar va surilmalar hosil bo‘lishi.
P
PALEOGEN DAVRI – kaynozoy erasining boshlanishi. O‘rtacha 40,4 mln. yil davom etgan. Paleogen davrida kuchli tektonik harakatlar sodir bo‘lib, Alp, Кarpat, Qrim, Кavkaz, Кopetdog‘, Pomir, Himolay, Atlas va boshqa orogenik sistemalar paydo bo‘lgan. Epikontinental havzalarda paleogen davrida dengiz suvining bosishi va orqaga qaytishi bir necha bor takrorlangan.
PALEOGEN SISTEMASI – kaynozoy eratemasining pastdan birinchi sistemasi. Bo‘r davrining ustida va neogen davrining tagida joylashgan.
PALEOZOY ERASI – fanerazoy zonasidagi birinchi era. 322 mln. yil davom etgan. Paleozoy erasi olti davrga bo‘linadi: kembriy, ordovik, silur, devon, karbon, perm. Paleozoy erasida yirik tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari yuz berib, burmalanishlar yuzaga kelgan, shiddatli vulqonlar otilgan.
PALEONTOLOGIYA – geologiya fanlaridan biri. Yer po‘stida organik dunyoning rivojlanishini, ko‘hna geologik davrlarda yashagan hayvonot va o‘simlik qoldiqlari izini o‘rganadi. Paleontologiya fani geologiya fanlaridan biri bo‘lsa ham, tadqiqotda biologik usullardan foydalaniladi, o‘simlik va hayvonot dunyosi taraqqiyotini belgilaydi. Paleontologiya ma’lumotlari asosida tog‘ jinslarining yoshi va hosil bo‘lish sharoiti aniqlanadi.
PALEOSEN – paleogen sistemasining quyi bo‘limi.
PERM DAVRI – paleozoy erasining yakuniy davri. 38 mln. yil davom etgan. Perm davri kuchli tektonik harakatlar va shiddatli magmatik jarayonlarning bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Bu davrga kelib gersin burmalanishi yakunlangan. Perm davrida Markaziy Osiyo, Ural va boshqa joylarda yirik va baland tog‘ tizmalari paydo bo‘lgan.
PERM SISTEMASI – paleozoy erasining pastdan oltinchi, eng oxirgi sistemasi. Toshko‘mir yotqiziqlari ustida va mezozoy yotqiziqlari ostida joylashgan.
PETROGRAFIYA (petrologiya) – tog‘ jinslari haqidagi fan.
PLANКTON – suvda yashovchi, to‘lqin ta’sirida sekin harakatlanuvchi o‘simlik (fitoplankton) va hayvon (zooplankton) organizmlari.
PLIOSEN – neogenning yuqori bo‘limi – uchlamchi sistemaning yuqori bo‘limi.
PLITA – platformalarning eng yirik manfiy strukturasi.
PLYAJ – qiya yuvilgan, dengiz, okean yoki ko‘llarning qum va chaqiq jinslar bilan qoplangan qiya qirg‘og‘i.
POYMA – daryoning doim suv bilan to‘lib turuvchi o‘zani tepasidagi, faqat suv ko‘paygandagina suv bosuvchi daryo vodiysining tubi.
PROLYUVIY, PROLYUVIAL YOTQIZIQLAR – tog‘ jinslari nurashidan hosil bo‘lgan mahsulotlarning vaqtincha oqar (sel) suvlari bilan oqizib ketilishi va yotqizilishidan yuzaga kelgan bo‘sh hosilalar. Bular tog‘ etaklaridagi tekislikka qadar kelib, konussimon yoyilmalar hosil qiladi, ular o‘zaro bir-biri bilan qo‘shilib, tog‘ etagida prolyuviy shleyf yuzaga keltiradi va tog‘oldi prolyuvial tekisliklari paydo bo‘ladi.
R
REGION – Yer po‘stining yirik bir bo‘lagi. Tashqi belgilari, shakllari va boshqa ko‘rsatkichlari umumiy bo‘lgan yirik o‘lka, oblastlar bo‘lib, geomorfologik rayonlashtirishda qo‘llaniladi.
REGIONAL METAMORFIZM – magmatik va cho‘kindi tog‘ jinslarining katta chuqurliklarda o‘zgarishga uchrab, kristalli slanes va gneyslarga aylanish jarayoni. Yer po‘stining katta maydonlarida sodir bo‘ladi.